* * *
Lahzalar sudralar, ketiş-ku oson,
Millarning millarga köçişiday gap.
Köksimga bir armon qönar, Xudojon,
Kunlarning kaftiga bosolmadim lab.
U hayot istadi, men-çi tobora
Hislarni sonlarda çaqdim mukammal.
Dildan voz keçaman aqlimga qarab,
Tiriklik sulhiga qilaman amal.
Bu qanday tariqat?!
Bezdim özimdan,
Könglim kapalakning qanotiday mört.
Eltaman boşoqni sudrab inimga,
Goho şu boşoqqa siğinaman, kör!..
Şundan yurakka ham urayapman döq,
Qölingga ol deyman toş-u tarozi.
Mayli, qöyavergin, hayot tabarruk:
Mehrning siniği, qadrning ozi.
* * *
Ayt-çi, yurak, hey öjar,
Oyda bormi qizğaniq?!
Sevarmidi Nilufar?
Sevardimi – noaniq.
Men-çi hamon xomuşman,
Tuşman, taʼbir topilmas.
Osmon unutgan quşman,
Sening eşitging kelmas.
Sörar: sevasanmi, yöq?
Men tiz çökib deyman: ha!
Faqat sevgi – tabarruk,
Qolgan bari töqima!
Nuriddin Rasulov
1990-yili tuğilgan.
Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari qatnaşçisi.
2022/6
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida