yoxud kelajakka sayohat
(Ertak-qissa)
Muallif hikoyasi
Bu dunyoda muxbirlikdan qiyin yumuş yöq. Siçqonning teşikdan çiqişini poylagan muşukdek, quloqlarni ding qilgança qayerda yangi xabar bor ekan, deb kutib yaşaysan. Yangilik – muxbir qozoniga taşlangan töma. U bölmasa, tirikçiliging ham rasvo: maqola kam yozilgaç, oylikning ham çöği bölmaydi. Naçora, peşonaga bitilgani şu ekan.
Şu kunlarda qalamim uçi yönilmagaç, tiğtaroşni zang bosgandek göyo. Biror-bir şov-şuvning uyasiga çöp tiqilmadiki, men bekorçiga iş topila qolmadi. Faqat paşşa qörib ötiriş – naq dözaxning azobi. Muharrir qovoğini osiltirgança har kuni “Tandirdan uzilgandek yangi xabar top”, deb qistaydi. Oyşa xolamning toğorasidekkina tumanda har kuni yangi xabarni urçitiş uçun yo uçiga çiqqan yolğonçi yoki lofni qop bilan urişga ustasi farang böliş kerak.
Xonada dimiqib ötiravergaç, zerikkanimdan köçaga çiqişga şaylandim. Dahlizga çiqqanim zahoti muharrirning eşigi “ğiyq” etib oçildi.
– Beruxsat qayerga otlandingiz? – dedi Bolta Xolmatov.
– Özingiz… tandirdan uzilgandek… xabar top, dedingiz-ku.
– Ha, mayli, unday bölsa… sovimasdan opkeling, bugungi songa qöyvoramiz, – dedi muharrir har tugul qöpollik qilmay.
Köçaga çiqarkanman, sovimagan yangilikni qayerdan izlaşni öylagança tuman markazining duç kelgan tomoniga qarab yura boşladim. Şu çoğda şogirdim Berdixon blogerning qönğiroq qilib qolgani jonimga jon qöşgandek böldi. Özimni xuddi dor ostidan qutulgan qahramondek his qildim. Çunki u har safar sim qoqqanida olamşumul yangiliklarni qalaştirib taşlardi-da.
– Ustoz, siz eşitmabsiz, bu dunyoga kelmabsiz, bizning qişloqda şunaqangi köz körib, quloq eşitmagan voqealar bölyaptiki, asti söramang, – dedi u salom-alikni ham nasiya qilib. Keyin özi guvoh bölgan voqealarni birma-bir aytib bera boşladi.
– Hoy, şoşma, sen hammasini şartta aytib taşlasang, menga heç qiziği bölmaydi. Yaxşisi, özim qişloğingga borib, odamlar bilan uçraşib, zör bir maqola yozib kelaman, – dedim.
– Bölmasa, tezroq keling, – degança Berdixon göşakni qöydi. Men hayallamasdan markazdan naq ellik çaqirim olisdagi ovulga qarab jönayotgan avtobusga çiqdim. Tovoqdekkina qişloq arining uyasidek ğuvillab, hamma yoqni ğala-ğovur, şov-şuv bosayotganini iç-içdan his qilib borardim. Çunki yölovçilarning biri olib, biri qöyib, ajabtovur voqealar haqida tinimsiz gapirar, baʼzilari öşa voqealarga guvoh bölganini aytib, qasam ham içib qöyişardi…
…Avtobus manzilga yetib kelganida bekatda meni Berdixon bloger kutib turgan ekan. Hali kollej öquvçisi bölgan bu şogirdim öpkasini qöltiqlagança salom-alikni ham unutib, meni çetroqqa tortqiladi. U tinimsiz ğaroyibotlar, allaqanday odamga öxşab gapiradigan xöroz haqida bidillardi.
– Agar işonmasangiz, yuring, Jöravoy muallimnikiga oboraman, öşa xörozni öz közingiz bilan körasiz, – derdi u meni tirsagimdan tortgança.
Berdixonga hovliqmalikni xudo bergan ekan, u meni bir zumda Jöravoy muallimnikiga boşlab bordi. U yerda tumonat odam, qöni-qöşni, yor-birodarlar töplanişgan. Forma kiygan, norğul bir yigit – uçastka noziri şekilli – peşayvonda nimalarnidir qoralab ötirardi. Sezişimça, Bayonnoma bölsa kerak. Nima uçun deysizmi? Bilmadim. Har tugul militsiya degani işiga puxta böladi, körgan-keçirgan narsalarini hujjatlaştirib, rasmiylaştirib qöyadi.
Hovliga töplangan odamlar bilan birma-bir boş silkib körişarkanman, özimning tuman gazetasi muxbiri ekanimni aytişni ham unutmadim. Buni eşitiboq odamlar guvillab ustimga yopirildi-da, bir-biriga gal bermasdan şovqin-suron bilan gapira ketdi.
– Hoy, baraka topkurlar, bu yer sizga Hazoraspning “Qozoq bozori” emas-ku! Navbat bilan gapiringlar! – deya Berdixon yondaftariga gapiriş istagidagi qişloqdoşlarining röyxatini tuza boşladi.
Gapning pöskallasi, ana şu röyxat asosida bu yerda yiğilganlarning hikoyalarini tinglay boşladim. Bir-biridan qiziq bu hikoyalar sizni ham beeʼtibor qoldirmasligi aniq. Keling, yaxşisi, diktofonimga yozib olgan ana şu hikoyalar bilan siz ham tanişing. Ularga işoniş-işonmaslik özingizga havola. Men voqelikni ommaga yetkazuvçi oddiy bir muxbirman, xolos.
Bekjonboyning hikoyasi
Dunyoning işlariga sadağang ketsa arziydi. Bir-biridan ajoyib va ğaroyib voqealar guvohi bölgaç, közlaringga işonmaysan. Barini ertakmi deb öylaysan. Aslida, hammasi öngda – sen yaşab ötayotgan hayot sahnasida yuz berayotgan böladi. Baʼzida özing ham turli-tuman hodisalarning qahramoniga aylanib qolasan. Bu esa insonning tarjimayi holidagi eng yorqin sahifalaridan biri sifatida esda saqlanib qoladi.
Akang qarağayning hayoti ham juda qiziq voqea-hodisalar bilan davom etmoqda. Şu yil 5-sinfni tugatib, yozgi taʼtilda biyday qişloqda tarallabedod qilib öynab yurardim. Javzo adoği edi. Onam yangi meva-çevalardan ilinib, ammamni körgani otlandi. Tixirlik qilgança onamga ergaşdim.
– Etagimga yopişma-yey. Eşşakmidim, ortimdan xötikday ergaşasan. Ayvonda momong bilan mazza qilib televizor tomoşa qilib ötirmaysanmi?! – degança onam meni jerkib berdi.
– Birga opketavermaysanmi?! Bu yerda uzzukun qoş-qaboğimni öqib ötirsinmi?! – buvim yonimni olgan böldi. – Şahar bahona muzqaymoq yalab qaytadi.
Özimning buvijonimdan aylanay! Zap könglimdagini topib gapiradi-da. Aslida, ammam bahona, muzqaymoq yalaş ğanimat. Mendek köça xandon bola uçun şahardagi qarindoşlarnikiga mehmonga boriş – naq azobning özi. Qutidekkina uyda na yayrab öynab, na quvnab baqir-çaqir qilib böladi. Lekin…
Ana şu “lekin” ostida muzqaymoq yalaş umidi pisib yotadi.
Xayriyat, onam buvijonimning sözini rad qilolmadi, meni özi bilan birga olib ketadigan böldi. Yaşasin, xaloskor buvijonlarimiz!
Şaharga otlanganimizda çoşgoh edi. Manzilga yetib kelgunimizça kun tikka keldi. Avtobusdan tuşiboq meva-çevaga liq töla katta savatni bazör kötargança gavjum köçada surinib ketayotgan onajonimga ergaşaman. Bu yerlarga birinçi marta kelişim bölmasa-da, osmonning qorniga boşini tirab turgan köpqavatli uylar, rango-rang yozuvli dökonlar yana hayratimni oşirardi.
“Bekjonboy, hadeb sudralmay tez-tez yursang-çi!” – Onamning bu sözlari quloqqa urilmasa, tamom, angraygança turnaqator maşinalarni tomoşa qilgança qotib turib qolgan bölarmidim.
Sergak tortib, yugura boşlayman va onamga yetib olgaç, savatning bir çetidan uşlab olaman. Nazarimda, onam yugurayotgan odamga öxşardi. Orqada qolmaslik uçun pildirab-pildirab odimlayman. Hamma yoğimdan jiqqa ter quyiladi. Hapriqqança nafasim tomoğimga tiqilgandek böldi göyo. “Qani edi bir yalam muzqaymoq bölsa!” – iç-içdan orzu qilaman. Biroq “ğing” deyolmayman. “Miq” etsam, bas, onam jerkib berişi tayin. “Menga ergaşib balo bormi?! Uyda momongning yonida ertak eşitib ötiraversang bölmaydimi?!” – degan taʼnalarni eşitmaslik uçun jonholatda çopqillayman. Onam esa xuddi robot xotinday çarçaş nimaligini bilmasdan qadam bosadi. Göyo unga saratonning issiği çikora.
Asli onamning ismi Xoljonbeka. Dadam bekorga “Polvonbeka” deb çaqirmas ekan.
Toqatim toq böldi. Yugurgilaş jonimga tegdi.
– Oyi, çarçadim, muzqaymoq obering! Tilim qiltillab qoldi, – dedim yalingannamo ohangda.
– Sabr qil, yetib borsak, ammang oberadi. Axir bekorga mehmonga kelayotganimiz yöq-ku!
Onaginamning tejamkorligiga qoyil qolmay ilojim yöq. Alining maydoniday köçalarning bir neçasini kesib ötgaç, nihoyat arining inidek ğuvillab turgan bozorning röparasidagi köpqavatli uylarning oldida töxtadik. “Xudoga şukur, yetib keldik”, deb köproq quvonibman, şekilli, hamma azob zinama-zina odimlaşda boşlandi. Ammaginam öziyam töqqizinçi qavatda yaşar ekan. Na lift işlaydi, na “Mahallada duv-duv gap” filmidagi Mehrixon ayani “lip” etib yuqoriga kötargan kran. Onam savatni boşiga qöndirvolib, harsillab-harsillab nafas olgança yuqoriga örmaladi. Afsus, savatga mahkam yopişib olsam onam meni tortqilaganday bölarmidi?! Endi iloji yöq. Faqat töqqizinçi qavat sari olğa qadam bosiş kerak.
Törtinçi qavatga çiqqanimizda biroz nafas rostlaşga töxtadik. Ortimizdan yetib kelgan barzangiday yigit:
– Ha, kelinbibi, olma sotib yuribsizmi? – deb qoldi.
– Yöq, Poşşoxonni körgani kelyapmiz… qişloqdan… özimizning boğdan! – deb soddalik bilan javob qildi onam.
– E-e, dehqonçilik deng! – degança barzangi savatga panja urdi va ikkita olmani olib qöyniga soldi. Bu ham yetmaganday yana bittasini olib kavşagança yuqoriga lapanglab çiqib ketdi.
Oltinçimi yoki yettinçimi qavatga çiqqanida “Kelinbibi, rozi böling”, degan ovoz eşitildi. Onam tepaga qarab baqirdi: “Yukimni tört qadamga bölsa ham kötarişganingdami… jon-jon deb rozi bölardim”. Tepadan “Uzr, belimda çurra bor”, degan javob eşitildi. “Şu çurra nafsingda bölsa, ajab bölardi-da”, – deya minğirlagança onam yana yuqoriga odimladi. Ortidan ergaşdim.
Nihoyat, osmonga boşini tirab turgan uyning sönggi qavatiga yetib keldik. Tugmaçasini bosmasimizdan ammam bizga avval eşikni, keyin esa quçoğini oçdi.
– Kelinglar, kelinglar! Balkondan sizlarni körib, hozir peşvoz çiqaman deb turgandim, – deya mulozamat qildi ammam.
– Körib, tanigan ekansan, yugurib çiqavermaysanmi?! – Onam biroz xafasirangandek böldi. Bir-birini bağriga bosgaç iliqqina mehr taftidan bu xafasiraniş muzdek eridi-ketdi.
Içkariga kirganimizdan söng ammam dasturxon tuzaşga tuşdi. Töğrisini aytsam, men bu yerga ikkinçi yo uçinçi marta kelişim. Ammam esa biznikiga tez-tez bölmasa ham oyda-yilda öğli Azamatni ergaştirib borib turadi. Şaharliklar jonining rohatini bilişadi. Azamat hozir oromgohda dam olayotgan ekan. Tamom, zerikib ölsam kerak. Juda xafa bölib ketdim. Axir endi kim bilan maza qilib şahar aylanaman?!
Xömraygança televizorga tikilib ötiraverdim. Poşşoxon ammam ham quvgina ekan. Içimdan nelar ötayotganini sezdi, şekilli, darrov avraşga tuşdi:
– Özimning jiyanginamdan aylanay! Azamat yöqligidan siqilma. Men senga ajoyib tuxumbarak pişirib berayki, yesang tani-badaning yayraydi.
Tuxumbarak – eng aziz mehmonning siylovi. Palov Xorazmda kunda-kunora pişadi. Eng hurmatli mehmonlar kelgandagina tuxumbarakka unnaladi. Lekin mening şu paytda tomoğim taqillab turgandi – mazza qilib muzqaymoq yalasam, qusurim çiqarmidi?! Ha, mayli, avval tuxumbarak bölsa, tuxumbarak-da! Muzqaymoqni qaytişda yalasam ham bölaveradi. Unga dovur ammam dasturxonga qöygan “Cola” va “Fanta”lar bilan hovurimni bossam ham bölaveradi.
Onam xörillatib issiq-issiq çoy içyapti. Bu xotinlarga hayronman, saratonda ham, qahratonda ham qaynoq-qaynoq çoy içişadi. Men esa “Cola”ni oçdim-u bosib-bosib ikki piyola içdim. Qarasam, ammam yeng şimarib oşxonada timirskilanyapti.
– Bekjonboy, jiyan, menga ozroq qaraşib yubor! – deya çaqirdi ammam. Pildirab oldiga bordim.
– Men xamir qoriyman, sen esa mana bu tuxumlarni idişga çaqib, yaxşilab iylagin!
“Boş ustiga!” degandek tezda işga kirişdim. Bir-biridan sara tuxumlar naq yumruqday ekan desam, lof emas. Axir, men endigina ön bir yoşga töldim. Bu yoşda yumruğim tuxumday bölmay, zamçadek bölsinmi?!
Eh, darvoqe, Xorazmda muştni yumruq deyişadi. Otaginam – muallim. Uning aytişiça, Navoiy bobo ham bu sözni öz kitoblarida qöllagan ekan. “Yumaloq” degan söz ham “yumruq” degan sözga yaqinroq ekan. Tuxumni yumurta deyişlarining sababi ham şundan bölsa kerag-ov.
– Hoy, tuxumlarni avval yaxşilab yuvib, qatron qiliş kerak. Axir tovuqning ketidan tuşgan, – dedi onaginam galdagi çoynak çoyini şopirarkan.
– Yuvib qöyganman, kelinbibi, – deya javob qilarkan ammam menga qarab öğrinça köz qisib qöydi va “Boşlayver!” degandek imo qildi. “Bismilloh” degança tuxumlarni tağoraçaga çaqa boşladim. Bir, ikki, uç va hokazo… Piçoqça bilan “tiq” etib sekingina uraman, tuxum pöçoği “tirss” etib yoriladi. Uni ikki pallaga ayirsam bas, içidagi bulutlar orasiga yaşiringan quyoşdek suyuqlik idişga oqib tuşadi.
Galdagi tuxumga piçoqni sekingina urdim. Nima balo, pöçoği alibastrdanmi, zarb unga kor qilmadi. Yana bir bor “tiq” etib urdim, öz holiça turibdi.
– Bu tuxumni qayerdan olgandingiz, heç yorilay demaydi-ku! – dedim terlab-pişib xamir qoriyotgan Poşşoxon ammamga. U miyiğida iljayib dedi:
– Qattiqroq ursang yoriladi…
Jöğrofiya öqituvçisi xarita körsatkiç tayoği bilan bilmasvoylar peşonasini niqtagandek piçoqni tuxumga tirab turib, qattiqroq soldim. Piçoq qurğur, töqlining şoxçasidek buralib, qiyşayib qoldi.
– Yo tavba, – dedi bir çekkada çoy içib kuzatib ötirgan oyim, – timsoh-pimsohning tuxumi bölmasin tağin!
Ammam qah-qah otib kulib, dedi:
– Qanaqa timsoh?! Axir biz Xorazmda yaşayapmiz, Afriqoda emas.
– Töğri, timsohlar daryo va köllarda yaşaşadi, – bilağonlik bilan gapni maʼqulladim. Oyim esa böş kelmadi:
– Daryo va köl degani faqat zanjilarning peşonasiga bitibdimi?! Ana Xivaning kunçiqarida Şörköl – dengizday yastanib yotibdi. Amudaryo esa naq Urgançning biqiniga töş uradi. Bunday suvliqni topgan timsoh jon-jon deb yaşayveradi.
Bu gaplardan ammamning yuragiga ğulğula tuşdi, şekilli, yoqasiga tuflab qöydi. Zarbalarim kor qilmagaç tuxumni ustal ustiga qöydim. Qarasam, bir çekkada bolğaça turibdi. Sekin uni qölga oldim-da, kötarib turib tuxumni bir urdim. Tuxum pöçoğiga oz-moz darz ketdi. Rostdan ham timsohça çiqib qolsa-ya, degan xavotir bilan bu yoriqlarga diqqat bilan qaradim. Lekin heç narsani anglab bölmasdi. Möljallab turgaç ikkinçi zarbani urişga qaror qildim. Şundan sönggina tuxum “tars” etib yorildi-da içidan bulutlar orasiga yaşiringan quyoşdek suyuqlik emas, balki… kulrang jöja boş çiqardi. Hammamiz hayratdan qotib qoldik. Tomoşaga öç oyim ham allaqaçon çoyini taşlab yonimizga kelgandi. Ammam xamirli qöllari bilan yoqasini tutgança angrayib turardi.
Ajabtovur jöja qanotçalarini yozib bi-ir kerişgan böldi va tumşuğini uzoq oçib turdi-da, söng ohista yumdi. Nazarimda, u çaqaloqqa öxşab yoqimligina esnayotgan edi. Boşini dubulğadek bosib turgan pöçoqni patsiz qanotçalari bilan zör-bazör kötardi va şamdek miltillab turgan közlari bilan atrofga boqdi.
“Salom, yangi dunyo, salom döstlar!” Bu çiyildoq sözlar televizordan kelyaptimi deb öyladig-u, hammamiz birrov ekran tarafga “yalt” etib qaradik. Biroq u yerda quriyoliklarning “Tangem” seriali namoyiş qilinayotgan ekan. Yuzimizni yana şitob bilan jöja tomonga burdik.
“Hoy, bola, anqayib turmasdan yordam bersang-çi! Boşimdan manavi sabil qolgurni olib taşla!”
Gapirayotgan mana şu miqtigina jöja ekan. Ammam bilan oyim huşidan ketayozdi. Mening esa azaldan ertaklarga öçligim bor. Sehrli olam sarguzaştlarini hamişa orzu qilib yurardim. Jöjaning multfilmlardagidek gapirişini köriş – ana şu orzumning röyobi deb bildim.
“Nima balo, karmisan?! Manavi pölat popoqni boşimdan olsang-çi!” – Jöjaning bu gapidan söng sal özimga kelgandek böldim va darhol boşini bosib turgan tuxum pöçoğini olib taşladim. Jöja esa yana çirqillagança dedi: “Rahmat! Endi esa bu toğoradan meni çiqaz!”
Şoşgança qölimni unga uzatdim. U esa jimjiloğimga osilgança pöçoqning pastki pallasidan ustal ustiga çiqdi.
– Voy, Poşşoxon, nimalar bölyapti özi, tuşimmi yo önggimmi?! – dedi kursida tizzalari qaltiragança ötirib qolgan oyim.
– Erimning öynaşining işi bu. Uyimga sehr-jodu qilgan, – deya yiğlamsiradi ammam.
– Bu yaqin atrofda kinnaçi topiladimi? – ingrangança savol qotdi oyim.
– Narigi “dom”da Qurbon nayrang degani bor deb eşituvdim.
– He, ölsin, tuzukroq laqabi ham yöq ekan. Nayrang qilaverib orttirgan bölsa kerak.
– Dami juda ötkir deyişadi.
– Bölmasa, darrov çaqir öşani!
Ammam çöntagidan uyali telefonini olgan ham edi, jöja “pirr” etib uning oldiga sakradi va tizzasiga çiqib oldi.
– Töxtang, Poşşoxon yanga! Aql bilan iş qiling. Yoş bolaga öxşab dovdiramasangiz-çi! Qurbon nayrangni çaqirsangiz, u ölgur nayrang bilan bor-budingizni şilib ketadi. Men esa öşa-öşaligimça qolaveraman. Yaxşisi, qölni taşlang, tanişib olaylik! – dedi jöja çirqildoq ovozda. Esi oğib qolayozgan ammam oğzining tanobi qoçib iljaydi va tizzasida dikonglab turgan jöjaga kaftini tutdi.
– Poşşoxon!
– Siz özingizni taniştirişga hojat yöq. Menga hammasi ayon. Siz Poşşoxon Azizovasiz, yoşingiz 30 da, bir nafar öğlingiz bor, ismi Azamat. Hozir u lagerda dam olyapti. Poççamning ismi Töraboy, kasbi şifokor. Öynaş-pöynaşi… hozirça yöq.
– Hozirça deganing nimasi? – bazör esini yiğib söradi ammam.
– Çunki Töraboy oğa şifoxonada uzzukun işlaydi, öynaş haqida öylaşga vaqtiyam yöq.
– Keyin-çi, öynaşi böladimi?
– Keyinçalik ham xuddi bugungiday işi boşidan oşib yotsa… qarilik bösağasiga yetib oladi, – donolik bilan javob berdi jöja.
– Qariganda-çi, pensiyaga çiqib, bekor ötirganida-çi, öynaşi…
Ammamning savoli oğzida qoldi. Huşini yiğib olgan oyim bidillay ketdi:
– E-e, qanaqa xomkalla xotinsan, qarigan erkakda öynaş ne qilsin?! Jazman degani qirçillama yigitlarni ovlaydi.
Bu gaplardan söng ammam sal öziga kelgandek böldi va jöjani sizlab, Xizrxöjadek bilib, savollarga kömib taşladi:
– Ayting-çi, jöjamirza oğa, biz qaçon maşinali bölamiz?
– Siz hozir ham maşinalisiz-ku! Köçaga çiqsangiz, avtobus, trolleybus, taksi… bari xizmatingizga şay.
– Özimizning şaxsiy maşinamiz bölsa degandim-da, – dedi köngli singandek bölib ammam.
– Unda bori – seniki, senda bori – uniki! Bu özbeklar falsafasi. Hozirça borlaridan foydalanib turavering. Birinçi navbatda hovli oling, Azamatni öqiting, odam bölsin, undan keyin maşinaga gal yetadi.
– Rost aytadi, bu tor katalakdan tezroq qutul. Bor-yöği ikki xonali kvartirada emin-erkin yaşab bölarkanmi?! – deya oyim jöjaning gapini maʼqulladi.
Kimga hassakaş yoqmaydi deysiz. Jöjaga gaplarini maʼqullab, peşkaşlik qilayotgan oyijonim yoqib qoldi. “Pirr” etib oyimning tizzasiga ötib oldi.
– Mendan aslo qörqmang, Xoljonbeka opa, – dedi u yoqimli çirqildoq ovozda.
– Voy, ismimni ham bilarkan, tuşmagur. Tariqdekkina jöjadan qörqib ölibmanmi?! – dedi oyim kulgança. Lekin uning kulçadek yuzlarida allaneçuk xavotir alomatlari közga taşlanib turardi.
– Ha, men hamma narsani bilaman. Menga hamma narsa ayon. Sizning ikki öğil, bir qizingiz bor. Eringizning ismi Jöravoy muallim. Qaynonangiz Guljon momo – yetmiş yoşda. Ikki sigir, ikki buzoğingiz, uç eçki, bir muşuk va itingiz bor.
– Yaşavor-ey, topding! – oyimning qulfi-dili oçilib ketdi. – Juda topoğon ekansan-ku. Ayt-çi, men odatda nima yumuş bilan şuğullanaman?
Jöja öylanib ötirmasdan javob bera boşladi:
– Siz qişloqda donği ketgan sutçi yangalarning xolaboşisisiz. Bozorda sut-qatiq sotasiz. Örtoqlaringizga sutga suv qöşib sotmang, gunoh böladi, deb nasihat qilasiz. Har bozorda 150 000 söm pul işlab kelasiz. Lekin qaynona va eringizga 100 000 söm işladim deb yolğon gapirasiz. 50 000 söm pulni urib qolib, taxmon orasiga yaşirasiz.
– Voy, men ölay, bu bilağon yomon çiqdi, – degança qah-qah otib kuldi oyim.
Kutilmaganda oraga bir zum sukunat çökdi. Hamma bu jöjani endi nima qilamiz degan öyga tolgan körinardi.
– Jöjamirza oğa, – yaltoqlana boşladi ammam. – Özingiz körib turganingizdek, qutidekkina uyda turamiz. Sizni yaxşisi, “Zoopark”ka oborib qöysam nima deysiz?!
– Esingiz joyidami? – gapni çört kesdi oyim. – Şunday aqlli jonivorni hayvonlar orasida qöyib böladimi? Tuyaquş yoki turna-purnalar bir çöqib miyasining qatiğini çiqarib qöymaydi deb kim kafolat bera oladi? Yaxşisi, uni Maʼmun akademiyasiga topşiriş kerak. Olimlarga ustozlik qilib ötiradi.
– Yaşang, kelinbibi! – ammam oyimning sözlarini maʼqulladi.
Akang qarağay esa… jöjamirzaga jöra tutinsam, aslo kam bölmasligimni juda yaxşi his qilib turardim. Axir şunday aqlli, bilağon va hozirjavob jörani topiş oson ekanmi?!
Töğri, jöralarim yöq emas, bor, albatta. Biroq ular mana şu jöjadek bilağon emas-da! Nima qipti, inson jöja bilan döstlaşsa, buning qayeri yomon?! Döstlik masofa tanlamaydi degan ekan donolar. Menimça, döstlik tur ham tanlamaydi. Inson parranda-yu darrandalar bilan ham qadrdonlaşişi mumkin. Şu bois uni na “Hayvonot boği”, na akademiyaga topşirişni istamayotgan edim.
– Jöjani uyga olib ketaman! – dedim qatʼiyat bilan. Oyim çöçib tuşgandek darrov menga yeb qöygudek öqrayib qaradi va tişlarini qisgança sekin şivirladi:
– Esing joyidami?! Uyda enang yetmagandek, endi jöja ham kun böyi aql örgatib, boşimni qotirsinmi?!
– Qörqmang, – dedi jöja qanotlarini beliga tiragança oyimning tizzasidan pastga sirğalib tuşarkan, – pul urib qolişingizni heç kimga aytmayman.
– Voy, jöjamirza-yey! Aytsang-aytaver, birovdan qörqadigan joyim yöq. Taxmonga pul yaşirgan bölsam, şu qoraköz bolalarimning kelajagini öylab yaşirganman, – deb oyim özini oqlamoqçi böldi.
Yiğlaşdan beri bölib, tösrayib qoldim. Oyimning könglida darrov mehr iyib, rozi böldi:
– Böpti, opketsak, opketaveramiz. Lekin bir şart: jöjamirza, jiğimga tegib, meni birovlarga yomonlab yurmaysan-a! Kelişdikmi?
– Kelişdik! – degança jöja mitti qanotlarini oyimning kaftiga taşladi. Quvonib ketganimdan baqaloqqina oyimni quçoqladim.
(Davomini jurnaldan öqiysiz)
Erpölat BAXT
1971-yili tuğilgan. ToşDU (hozirgi Özbekiston Milliy universiteti)ning Jurnalistika fakultetida tahsil olgan.
“Quyoşning tabassumi“ nomli kitobi çop etilgan.
2022/6
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


