TABIIY HOL
Qölingga non olsang, adaşmay sira,
Töğri eltasan-ku, oğzingga alhol.
Holbuki, oğzingni körib turmaysan,
Parvo ham qilmaysan – bu tabiiy hol.
Yoki boş oğriğin olsin deb biroz,
Tong sahar közingni oçib-oçmasdan.
Oftoba tölatib muzdayin suvni,
Qölingga quyasan töğri, şoşmasdan.
Birov sörab qolsa: “Nega şunday”, deb,
Tuşuntirolmaysan ammo heç qanday.
Barin beixtiyor qilasan xuddi,
Şunday bölmoqligi kerak bölganday.
Endi bir öylab kör – bu alam neçun,
Bu savol ostida armonlar qat-qat.
Ayo, döst! Ayt, menga, qaçon biz uçun
Tabiiy hol bölar yurtga muhabbat?..
* * *
Bulutlar özini taşladi yerga,
Toşqinga lab bosdi anhorning labi.
Sening hov öşa kun titroq qöllaring,
Yelkamdan özini taşlagan kabi.
Daraxtlar kiyimsiz qolganligini,
Şunda payqab qoldi: badanlari höl.
Men ham söng angladim toğday yelkamni,
Tutib turganligin öşa ikki qöl.
* * *
Har holda közimga sançilganda çang,
Yordamga şoşadi toza qöllarim.
Har holda hamrohim qilganda nayrang,
Oyoğim tanigay sodiq yöllarim.
Har holda heç yerda qolmagan yukim,
Yelkamga olsam bas, ketaman tortib.
Har holda payqasa sal oğu yuqin,
Tişlarim tilimni turadi artib.
Har holda şunça yil özni yolğizlab,
Qörquvga botgandim şu qadar çuqur.
Har holda yuragim qolmabdi muzlab,
Seni soğinyapman…
Xudoga şukur!
Jaloliddin SAYID
1990-yili tuğilgan.
Şeʼrlari viloyat, respublika naşrlarida eʼlon qilingan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida