yoxud zarvaraqdan adabiy maydonga safar
Hozirgi özbek nasrining faol va isteʼdodli vakillaridan biri Luqmon Börixondir. Yozuvçi özbek adabiyoti maydoniga ötgan asrning 80-yillarida kirib keldi. Özining betakror asarlari bilan öquvçilar qalbini zabt eta olgan yozuvçilardan hisoblanadi. Şu yil Luqmon Börixonning “Imom Moturidiy” tarixiy romani dastlab “Yoşlik” jurnalining 2022-yilgi 1-, 2-, 3-sonlarida çop etildi.
Mazkur roman özbek nasrida Imom Moturidiy hazratlari haqida yozilgan ilk asar ekani bilan ham ahamiyatga molik. Bu, albatta, nafaqat özbek adabiyotining, balki turkiy xalqlar adabiyotining ham ulkan yutuği hisoblanadi.
Adabiyotşunos Ibrohim Ğafurov “Imom Moturidiy” romani haqida “Yoşlik” jurnalida şunday yozadi: “Yozuvçi tarix sahifalarida yetib kelgan maʼlumotlarni misqollab yiğib, örganib, tahlil va talqin qilib, buyuk ilohiyotşunos olimning badiiy qiyofasini hayotiy, insoniy tarzda yoritişga muvaffaq böldi.
Muallif öz romanida öşa zamonlarda avj olgan diniy-ilmiy, ilohiy nuqtayi nazarlar juda keskin bayon qilingan munozaralar muhiti va oqimlarini içidan körsatadi, imon-eʼtiqod öşa davr kişilari uçun qançalar hayot-mamot kabi ahamiyatli bölganiga eʼtibor qaratadi”.
Darhaqiqat, adib bilan telefon suhbatlarimizdan söng, maʼlum böldiki, adib Imom Moturidiy hayoti, avliyolik sifatlari haqidagi Narşaxiy, Tohirxöja, Alişer Navoiylarning manoqib xarakterdagi asarlarida qisqa tarzda bayon etilgan tarixiy faktlar va xalq oğzida maʼlum va maşhur bölgan afsona, rivoyatlarni romanga nihoyatda mahorat bilan singdirib yuborgan. Roman tili nihoyatda sodda va ravon. Yozuvçi oddiy öquvçi öqisa ham bemalol anglab yetişi mumkin bölgan roman yaratişga erişgan. Bizningça, bu yozuvçining eng katta yutuğidir. Roman “Muqaddima” va uç qismdan iborat. Voqealar Xolid Xalaj boşçiligida somoniylarning yildirim laşkari isyonçilarini tor-mor qilgani, Isʼhoq ibn Nuhning Jayhun ortiga qoçib qutulgani, Saʼd Nasr ibn Ahmad esa Xolid Xalajni Samarqand hokimi etib tayinlagani haqidagi xabar xattot Qutluğ Muhammad Nuriy quloğiga yetib kelgani haqidagi tafsilot bilan boşlanadi. Romanning muqaddima, yaʼni yoş toliblarning xattot Nuriy bilan suhbatlaridayoq mötazila qavmi bilan konflikti, bu qavm kişilarining öz yangliş diniy oqimiga odam töplaşi, öziga xos imo-işoralari haqida gurung bölib ötadi. Xattot Qutluğ Muhammad ustozi Imom Moturidiydan xavotirda bölib, karvonga qöşilib, yölga çiqadi. Xattot nihoyatda hurmat qilgan, qadrlayotgan ustoz Moturidiy hazratlari qandayligiga yozuvçi ana şunday qiziqarli tafsilotlar bilan roman ekspozitsiyasida kiriş qiladi.
Luqmon Börixon zamonaviy mavzuda yozgan romanlarida ham tabiat tasvirlaridan nihoyatda unumli foydalanadi. Şu maʼnoda, mazkur tarixiy asarda ham yozuvçi peyzaj tasvirlarni qahramon ruhiyati yoxud tarixiy voqealar ruhiga eş holda tasvirda hamohanglilikka erişgan. Romanning birinçi qismi “Uç otliq” fasli kuzning pişiqçilik, tökinçilik oyi tasviri bilan boşlanadi. Qiziği şundaki, yozuvçi dunyoga taniqli, maşhur Imom Mansur Moturidiy portretini çizar ekan, uni nihoyatda ozğin, kamtar körinişda tasvirlaydi. Çang-tözon bilan manzil tomon oşiqayotgan navkarlar ortidan xayolçan qarab qolgan Moturidiy bexos ovoz çiqarib: “Ey, rahmli va mehribon parvardigor! Hikmatingning, himmatingning çek-çegarasi yöq. Abu Mansur qulingning qadrini nomidan ham, tomidan ham baland qilding. Ul ğaribingga ato etilgan neʼmatlar şukronasini qilmoqqa imkon ber. Nogoh jonini olma!” – deb Allohga iltijo qiladi. Ayni şu nuqtada çöpon qiyofasidagi bu ozğin va körimsiz odamning Moturidiy hazratlari ekanini kitobxon anglab yetadi. Şu örinda adib tasviridagi Moturidiyning taşqi portret detallariga eʼtibor qaratamiz: “Uning asl yoşini biliş qiyin: ellikning etagidan tutgan bölsa-da, ozğin, çayir jussasi, yakkam-dukkam oq oralagan soç-soqoli, xatti-harakatlari yigitlarga xos, quyuq qoşlar ostidan öyçan, sinçkov boquvçi közlar, qirra burun, börtiq yonoqlar çehrasiga xuşsuratlik, xuşfeʼllik baxş etib turadi”. Kuzatib turganimizdek, yozuvçi özining ijodiy badiiy fantaziyasi bilan qahramonning taşqi portret çizgilarida oddiy, ozğin, çayir jussali, harakatçan, börtiq yonoqli, qora qoşli, ellik yoşlardagi odam tasvirini çizadi.
Romanning asosiy voqealari uç otliq voqeasi bilan boşlanar ekan, navkarlarni Imom Moturidiyni yangi hokim Xolid Xalaj Qalʼayi qasrga taklif etgani haqida xabar keltiriş tasviri bilan boşlanadi. Yozuvçining öziga xos kinoyaviy ohangi tarixiy roman sahifalarida ham, boş qahramon Imom Moturidiy nutqida ham yaqqol közga taşlanadi. Jumladan, Moturidiyning qasrga taklif qilib kelgan navkarlarga javobida ham bu yorqin aks etgan: “Qalʼayi qasr bu yerdan ikki toş masofada, illo, eşagim ham, men ham qarib qoldik”, – deb javob beradi.
Romanning ikkinçi fasli “Sirli maktub” deb nomlanadi. Mazkur faslda qozikalon Idris ibn Vaysal Şomiy Xolid Xalajga ulamolar ziyofatiga kelmaganini, hokimga yöllagan maktub mazmunini telba-teskari tarzda uqtirişi voqealaridan iborat. Yozuvçi tasvirda Imom Moturidiy – Xolid Xalaj va Imom Motrudiy – uni körolmaydigan diniy ulamolar konfliktini juda mahorat bilan yoritadi. Idris Şomiyning ğarazli, badbin niyati tufayli hokimning bergan savollarga javobida Imom Moturidiy “tili aççiq”, “yuzing-közing demay söylaydigan”, “birovlarning ustidan kinoya qilişni yaxşi köradigan”, “har bir sözi tilsim”, “beadab”, “zahar-zaqqum” odam sifatida taʼriflanadi.
Romanning “Oy tölişgan tun” faslidan eʼtiboran Imom Moturidiyga umuman mos bölmagan semiz, oçköz, şallaqi ayoli Mastonbibi obrazi kirib keladi. Mastonbibi Moturidiy dunyo boyliklaridan yuz ögirib, jamiyatda yuqori mansab-u martabalarda ötirib işlamayotgani-yu, hokimning taklifiga binoan ziyofatga bormaganidan qattiq jahli çiqib, erini ayblaydi. Albatta, yozuvçi ikki dunyoqaraşli juftlik (er-xotin) obrazini kitobxonga taʼsirçan yetkaziş maqsadida hayotiy tarixiy faktlarni örgangan holda badiiy taʼsirçanlikka erişiş uçun ançagina mubolağador tasvirlar va töqima voqealarga keng örin bergani ayni haqiqatdir. Asarda köpgina voqealar ortga qaytib xotirlaş (retrospektiv syujet) usulidan foydalanib yaratilgan. Xususan, “Oy tölişgan tun” faslida Imom Moturidiyning bolaligi, ota-onasi, taʼlim va tahsil yillari uning xayolida keçgan eski xotiralar tarzida bayon etilgan.
Asardagi obrazlarni tarixiy şaxslar obrazi va badiiy töqima obrazlar deb ikkiga bölib örganiş mumkin. Xususan, romanda Imom Moturidiy, Ahmad ibn Ismoil Somoniy, Mastonbibi, Xolid Xalaj, Abul Qosim Vosiq, Iyodiy, Tusiy kabi obrazlar tarixiy şaxslardir. Şu bilan birga Javod, Xattot Nuriy, Tötiyo, Bibinor, Surayyo, Sora, Gulsum, Gulziyo kabi obrazlar esa badiiy töqimadir.
Romanga Xolid Xalaj obrazi olib kirilar ekan, ana şu obrazning içki ruhiy dramalari va xatti-harakatlari orqali voqealar sodir bölayotgan makon, zamon istifodasini topadi. Jumladan, Xolid Xalaj içida şunday öylaydi: “Nega biz turklar ot ustida tuğilib, ot ustida ölamiz? Yozuğimizda neçun faqat jang-u jadal? Nega bir parça yaylov, bir suruv çorva, ot va yaroğ biz uçun hayot-mamot masalasi?! Umrimizga, qadr-qimmatimizga emas, ana şu arzimas matohlar uçun qayğuramiz. Ana, umrida öq-yoy körmagan, qiliç taqmagan odamlar ham tuppa-tuzuk tirikçilik qilib yuribdi-ku?! Biri savdogar, biri binokor, biri taqinçoqlar yasaydi, biri kiyim-keçak tikadi. Nega biz yil-ön ikki oy qon va qurum keçib yuramiz? Ammo turmuşimiz ularniki yangliğ tökin emas. Bugun topganimiz ertaga yetmaydi. Neçun bu ayançli hol?!”
Romanda, ayniqsa, Imom Moturidiy – Idris Şomiy, Imom Motrudiy – mötaziliylar örtasidagi ziddiyat nihoyatda teran oçilgan. Bu ikki şaxs örtasidagi kuraş göyoki, ezgulik va yovuzlik örtasidagi kuraşga, yoinki oq va qora ranglar qarama-qarşiligiga, suv bilan olov jangiga monand tarzda romanda aks ettirilgan. Xolid Xalaj Böronbiy Imom Moturidiyni jazolamoq uçun özi yölga çiqadi, bundan Idris Şomiy benihoya xursand bölsa, Vosiq ibn Qosim esa könglida qandaydir ökinç, şafqat hislarini tuyadi. Çunki ular bolaligidan döst edi. Qaçon ular bu qadar bir-biriga ğanim bölib qolişdi? Qahramon ana şunday ezgin savollarni örtaga taşlaydi. Vosiq ibn Qosim Imom Moturidiy bilan bolaligida ham, talabalik çoğida ham hamsaboq bölgan. Talabalik yillarida ustozi Iyodiy Imom Moturidiydagi kuçli ilm va zehnni anglab, uni nihoyatda qadrlaydi. Ustozning şogirdiga oşiqça mehr-u muhabbati Vosiqning yuragida hasad çöğini alangalatib yuboradi. Aslida, ular bolalikdan qalin döst edi. Luqmon Börixon ikki döst orasida paydo bölgan körolmaslik, hasadgöylik, içiqoralik kabi salbiy illatning ildiz-ildizlarini topiş uçun harakat qiladi. Aslida, hasadgöylik illati başariyat hayotida azal-azaldan yomon kasallik singari odamzodning ruhida, qonida yaşab keladi. Yozuvçi asarda Imom Moturidiyning ilmiga, sobit toat-ibodatiga, xalq orasidagi obröyiga, avliyoligiga, nazarkardaligiga hasadgöylik bilan munosabatda bölgan Idris Şomiy, Vosiq Qosim singari qator ulamo va vazir-u vuzaroning çirkin içki dunyosini teran tahlil etib berişga erişgan. Şu örinda yozuvçining roman kompozitsiyasida asosiy syujet usuli sifatida tanlagan orqaga qaytib eslaş (retrospektiv syujet) unsurlaridan yana unumli foydalanadi. Roman voqealari va qahramonlar örtasidagi ziddiyat va kuraş kuçaygandan kuçaya boradi. Bu keskin munosabatlar fonida Imom Moturidiy qiyofasi yanada uluğvorlaşadi, yanada kattaradi. Luqmon Börixon ana şu oliy maqsadiga romanda erişa olgan, deb xulosa çiqarişimiz mumkin, albatta.
Yozuvçi romanda ayollar bazmini tasvirlar ekan, Ibn Vosiq Qosimning ayoli Tötiyoning kiyinişiga, gapirişiga taqlid qilib yaşovçi ayollarni kinoyaviy modusda kuzatadi. Jumladan, Imom Moturidiyning tanbal ayoli Mastonbibi Tötiyo xonimga taqlidan yaraşsa-yaraşmasa kiyimlar kiyadi. Tötiyo xonim taşkil qilgan ziyofatlardan qolmasdan, dasturxon ustiga neki qöyilgan bölsa, oçközlik bilan tanovul qiladi. Mastonbibi obrazi orqali yozuvçi L.Börixon bugungi kunda zamondoşlarimiz feʼli-tabiatida paydo bölgan, tobora yomon illatga aylanayotgan “taqlidçi”lar, “mustaqil fikrsiz”, “didsiz, farosatsiz” zamondoşlarimiz ustidan kuladi.
Romanning “Alamzada ayol” faslida Imom Motrudiyning xotini Mastonbibining ruhiy dunyosi çuqur talqin qilingan. Mastonbibi ulamo va fuzalolar yoşi ötinqirab uylanişi haqidagi amma-xolalarining gaplariga quloq solib, Muhammadga turmuşga çiqar ekan, tökin-soçin hayotda yaşaşni orzu qiladi. Ammo uning qizlik tasavvuridagi serhaşam turmuş amalga oşmaydi. Axir uning turmuş örtoği Moturidiy hazratlari bu ötkinçi dunyoning mol-u davlatiga havasmand odam emas. U boqiy dunyo taşvişi bilan yaşaydi. Yaratgangagina toat-ibodat qiladi. Nihoyatda bir faqirona hayot keçiradi. Ana şundan Mastonbibi alamzada bir ayolga aylanib qoladi, imonidan ayriladi, butun umr yonidagi Allohga yaqin kişiga azob berib keladi.
Ahmad ibn Ismoil Somoniy davrida mötazila, qadariya kabi yangliş oqimlar ahli sunnaga raxna solişdi. Turli adaşgan oqimlarning xato fikrlari kuçayib ketdi. Ana şu paytda Ismoil Somoniy saroyda maşvarat ötkazib, Imom Moturidiy yangliş diniy oqimlarga qarşi fikriy kuraş qilib, ularning xatolarini va nuqsonlarini hukmdor oldida, butun majlis ahli orasida isbotlab beradi. Aynan şu tarixiy fakt ham romanga kiritilgan. Mazkur voqea romanning ikkinçi qismidan örin olgan. Bu bahs-munozara “Amir huzuridagi bahs” faslida xotira tarzida Moturidiyning xayolida qayta jonlanadi. Asardagi eng katta fasllardan biri aynan şu qismdir. Bu munozarada Imom Moturidiy bilan Vosiq ibn Qosim yuzma-yuz turib, bahslaşişadi. Ilmda bir-biriga raqib bölib kelgan ikki ulamo jamoat orasida har biri özining ilmiy salohiyatini namoyiş etadi. Imom Moturidiy Amir huzurida mötazilaçilarning taxmin va gumonlarga tayanib fikr yuritişini yana bir bor isbotlaydi. Hazrat Ibn Vosiqnigina emas, mötazilaçilarning katta rahnamosi Abu Rizo Tusiyni ham yengib çiqadi. Romanning “Qatl” faslida Imom Moturidiyning köz öngida yoş toliblar orasida adaşgan diniy ğoyalarni tarqatgani uçun, fitna qözğagan uçun, Imom Moturidiyning maktubini notöğri anglatgani uçun Xolid Xalaj uning boşini qiliç bilan çopib taşlaydi. Şunçalik duşmanliklar, fisq-u fasodlar qilganiga qarmasdan, Imom Moturidiy Xolid Xalajdan Idris Şomiyni afv etişini ötinib söraydi. Ammo qölida qiliç öynatib örgangan hukmdor islom diniga, davlatga xiyonat qilgan, xufiyona tarzda fitnalar qilgan Idris Şomiyni aslo keçirmaydi.
Romanda Javod va Bibinor syujeti, Izro dovot syujeti, Xolid Xalaj va Surayyo syujet liniyasi va boşqalar alohida şakllantirilgan. Bu syujet liniyalari qöşilişib, Imom Moturidiy va uning Islom olamida qilgan xayrli va tadbirli işlarini, diniy, maʼnaviy, ruhiy dunyosini batafsil oçib berişga xizmat qilgan. Roman Imom Motrudiyni oxirgi manzilga kuzatiş lavhasi bilan yakunlanar ekan, hasadgöy Vosiq ibn Qosimning içiqoraliklari yana bir bor kinoyaviy fonda badiiy talqin etiladi. Moturidiy döstiga aytib bergan oppoq karvonning kelib, hurlar bilan qöşilişib ketişini körişga urinadi. Taʼziyaga kelgan Ibn Vosiq özining şum niyati tufayli qiyaga dumalab, yiqilib tuşadi. Xolid Xalaj Imom Moturidiyni öziga ustoz deb tan oladi. U hokimlikdan voz keçib, zohidlik yöliga kiradi. Yozuvçi Luqmon Börixon Xolid Xalaj qismatini romanga olib kirişda, tabiiyki, tarixiy faktlarga suyangan. Şu örinda aytiş lozim, asarda Imom Moturidiy va Xolid Xalaj obrazi estetik ideallar sifatida bugungi kun kitobxoniga taqdim etilgan.
Luqmon Börixon qadim ötmiş odami Imom Moturidiyning hayoti va faoliyatini badiiylaştirgan holda ravon va silliq uslubda bir roman bitganki, bu asar nafaqat özbek romançiligining, balki turkiy xalqlar romançiligining ham katta muvaffaqiyatlaridan biri bölib qoladi.
Marhabo Qöçqorova,
filologiya fanlari doktori.
1976-yili tuğilgan.
ÖzMUning Özbek filologiya fakultetini tamomlagan.
“Badiiy söz va ruhiyat manzaralari”, “Ötmişdan ertaklar tadqiqi”, “Abdulla Qahhor Istiqlol adabiyotşunosligi közgusida”, “Hozirgi özbek nasrida badiiy şartlilik” monografiyalari çop etilgan.
2022/11-12
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


