473 marta körilgan

Men seni uçratdim sendan ayrilib

Men seni uçratdim sendan ayrilib

Olisdagi yaqin gözalim

Men seni yöqotib men seni topdim,

Men seni uçratdim sendan ayrilib.

Sendan yiroq ketib sen tomon çopdim,

Senga yuzlanyapman har yon qayrilib.

Çöğ kabi sovqotdim qaro kunlarda,

Oq-oydin tunlarda  gurladim muzday.    

Hayqirdim, dod soldim sözsiz – gunglarday,

Ne ajab, barg yozdim bemavrid, kuzda.

Öylasam, hayotim tuş kabi, röyo,

Tuşlarim hayotdir endi men uçun.

Yuksalganim sari çökyapman göyo,

Tobora sensizman, huvillar oçun.

Bu qanday azobdir, bu qanday baxtdir.

Sevgi avvalimdir, sevgi azalim.

Sen – aççiq qismatim, sen – yoruğ taqdir,

Mening olisdagi yaqin gözalim.

Men seni yöqotib men seni topdim,

Men seni uçratdim sendan ayrilib.

Sendan yiroq ketib sen tomon çopdim,

Senga yuzlanyapman har yon qayrilib…

Navoiyning navosi

Zanglagan idrokingni

Naqş etadi Navoiy,

Özingga özligingni

Baxş etadi Navoiy.

Şeʼriyat osmonida

Yulduz emas, oy emas,

Mangu osmon singari

Aks etadi Navoiy.

Örgatadi hayotni,

Qalbingni körsatadi,

Boyimassan balki, lek

Şaxs etadi Navoiy.

Afğon toğlari

            Afğonçi Xoliyigit buvamga

Hamon tuşlarimga kiradi Afğon,

Yuragimni tirnar iztirob tiği.

Eslasam, töladi közlarimga qon,

Qalbimni örtaydi köhna doğlarim,

Keçalar qaydandir keladi yiği –

Hamon tuşlarimda Afğon toğlari…

Yiğlab qoldi ğamxör, jonkuyar onam,

Yiğlab qoldi suyuk qalam qoşligim.

Olis ölkalarga böldim ravona,

Qonlar keçib ötdi maʼsum çoğlarim,

Afğon toğlarida qoldi yoşligim,

Hamon tuşlarimda Afğon toğlari…

Har kuni falakka boqib közlarim,

Matonat sörardim, duoda qölim.

Gödakday yiğlardi majruh döstlarim,

Jangga kirar edi qolgan soğlari,

Har kuni jaholat, har kuni ölim,

Hamon tuşlarimda Afğon toğlari…

Kim uçun kuraşdim özi, aslida

Uruşni boşlagan befahm gumroh.

Men kuzakka yetdim bahor faslida,

Xazonga kömildi hayot boğlari,

Qirqqa kirmasimdan qaridim, ey voh,

Hamon tuşlarimda Afğon toğlari…

Uruşda mağlub yöq, yöq unda ğolib,

Uruşlar hamişa hissiz, mazmunsiz.

Tunlar uyğonaman çöçib, tölğonib,

Yiğlasam, böğzimda qotar ohlarim,

Keçalar yiğlayman tovuşsiz, unsiz,

Hamon tuşlarimda Afğon toğlari…

Telbani körganday boqadi olam,

Yuragimda bitmas hasrat, ozorlar…

Holimni bilmaydi hattoki bolam.

Har biri qadrdon döst-örtoqlarim –

Jasur botirlardan qolgan mozorlar,

Hamon tuşlarimda Afğon toğlari…

Arafa

Albatta, ertaga kuladi quyoş,

Albatta, ertaga eriydi muzlar.

Quvonçdan çeçaklar tökadi közyoş,

Ohista nozlanar gullar, yalpizlar.

Ertaga daraxtlar oçadi bağir,

Nasimlar barçani erkalar birday.

Kim ham soğinmaydi bahorni, axir,

Axir, kim ham sayr qilmas yomğirda.

Qor ostidan ötlar kötaradi boş,

Boşimizni silar beozor yellar.

Böronlar tinadi tortişib yuvoş,

Boşlanar köklamgi bayram, sayillar.

Quşlar qöşiq aytar erta sahardan,

Nolalar bölmaydi dilni örtagan.

Qaytib kelgan kabi olis safardan

Yurakdan körişar hamma ertaga…

Xulosa

            Bu dunyoninng işlari çalkaş…

                                    Anvar Obidjon

Bu dunyoning işlari çalkaş –

U dunyoning borligi töğri.

Imonsizmas har bitta alkaş,

Sotqin emas har qanday öğri.

Qafas içra hayqirsa şerlar,

Yuragimni siqadi bir dard –

Nokasga goh omad berilar, 

Suyanadi sabriga goh mard.

Inson ötar balanddan, pastdan,

Lek bir holat dilni ğaşlaydi –

Kimdir yaşab öladi asta,

Kimdir ölib yaşay boşlaydi…

Nomard erur nomardga eş kim,

Haq yölida böl sobitqadam –

Erkak bölib tuğilmas heç kim,

Erkak bölib ulğayar odam.

Davlatjon KARIM

1991-yili tuğilgan. Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetining özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.

Şeʼrlari matbuotda eʼlon qilingan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.