So‘z va a’moli bir shoir

0
320
marta ko‘rilgan.

Matnazar Abdulhakimning birgina she’rini o‘qigan har qanday o‘quvchi asl she’r ta’mini tuygandek bo‘ladi. Adabiyotimiz tarixida o‘zidan ham avval she’riga haykal qo‘yilgan shoir bir umr ko‘ngil kishisi bo‘lib yashadi, ijod qildi. Eng muhimi, so‘zni sharafladi, uning sha’nini yuksaklarga ko‘tardi.

Shoirning qalb ibodatlarida ham xokisorlik, yaxshilik, tantilik bor edi:

 

Qo‘ralarga soladi qiron,

Uyalarda qiladi buzg‘un.

Bola ko‘rsin, baribir, bo‘ri,

Jo‘ja ochsin, baribir, quzg‘un.

 

Shoirning mumtoz adabiyotimiz namoyandalari ijodi xususidagi jiddiy tadqiqotlari, ilmiy maqolalari ham borki, undagi oydin qarashlar, tahlillar sizni ularga-da shaydo qiladi.

Matnazar Abdulhakim o‘z ijodi, ezgu e’tiqodi va ixlosi bilan inson ruhiyatining chin tarbiyachisi, kuychisi bo‘lib qoladi.

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.