(Qizlar aytişuvi yoxud sevgi dostoni)
Oydin:
Yana bahor keldi, dugona,
Nafasiga burkab olamni.
Biram xuşnud sayraşar quşlar,
Çuğurlaşib ötkazmay damni.
Kurtaklarning közida quvonç,
Möralaşib boqar atrofga.
Köklamoyning sevgi ziyosi,
Soçilgandir hamma tarafga.
Hayot:
Ha, dugona, gaplaring töğri,
Ariqlarda yuguradi suv.
Quşlar kuylab – sozini çalib,
Yuraklarga soladi ğuluv.
Pidanalar ariq roşida
Oyoqlarin çayişar suvga.
Dil rozini aytadi hayot,
Duduqlanib köklam suluvga.
Oydin:
Yaşil libos kiygan maysalar
Sevinişib öynar dalada.
Quvonadi suluv majnuntol,
Soçlarini yuvib jalada.
Çor atrofda quvnagan sabo
Nihollarning silar boşini.
Köngillarda maʼsuma sevgi
Axtaradi öz sirdoşini.
Hayot:
Dugonajon, oçayin sirim,
Dilginamda sevgi kurtagi.
Oçilibdi, angladim, bildim,
Qalbim bugun oyning örtoği.
Bilmay qoldim, qayerdan keldi,
Yuragimga sevgi savdosi.
Boşlanmasin deya çöçiyman
Boşginamda sevgi ğavğosi.
Oydin:
Dugonajon, muborak bölsin
Dilingdagi sevgi savdosi.
Çöçimagin, dugona, endi
Oçiladi qalbing ğunçasi.
Qadamingga yaşil poyondoz
Töşar quvnab, dilbar bahoroy.
Dilginangda hislar – gullaring
Kundan-kunga oçadi çiroy.
Hayot:
Tuşunmayman özimni özim,
Goho şodman, gohida ğamgin.
Qörqamanki, sevgi gulimni
Nogoh sovuq urmasin tağin.
Qanday asray, deya öylayman
Işq atalmiş rasida hisni.
Zavq bağişlar dilimga tinmay,
Dugonajon, bahoroy husni.
Oydin:
Sevgi yaşar pokiza dilda,
Qorlar yöqdir, hozirda bahor.
Sen çöçima, öylama qorni,
Qadamingga bahor intizor.
Jilğalarning kuyday oqişi
Qalbginangga bağişlar huzur.
Dilginangda maʼsuma sevgi,
Gulga kirar, bağişlab huzur.
Hayot:
Köz öngimda uning boqişi
Nur bağişlar dilim qatiga.
Dil rozimni yozgim keladi
Qaldirğoçning qanotlariga.
Kuç beradi har aytgan sözi,
Ammo buni özi bilmaydi.
Balkim, balkim, holimni anglar,
Balkim… nazariga ilmaydi.
Oydin:
Sen öksima, qayoqdan bilsin
Qalbginangda gullagan işqni.
Sen, yaxşisi, berilib tingla
Bahor aytgan quvnoq qöşiqni.
Hislaringga hamohang bölib,
Qöşiq aytib yuribdi şamol.
Quyoş kulib boqqança har kun,
Tabiatdan sörayverar hol.
Hayot:
Suratiga boqsam gohida,
Nigohimda hayo balqiydi.
Dengizdagi tölqinday bölib,
Sohir dilda hislar qalqiydi.
Qaydam, yaxşi körişimni goh,
Aytsammikan, öylab qolaman.
Könglimdagi şu öyim sabab,
Öz-özimdan, eh, uyolaman.
Oydin:
Sevgi – dilda köz oçgan bahor,
Gulga belar köngil boğini.
Osmondagi oftobday bölib,
Nurlantirar yoşlik çoğini.
Hayo – qizning libosi asli,
Şu libosda yurganing maʼqul.
Öksimagin, oftobday bölib,
Sen, yaxşisi, çaraqlagin, kul.
Hayot:
Mahzun öylar suraman goho,
Xayollarim yetaklab ketar.
Öqimoqçi bölib şamoljon,
Dilginamning kitobin titar.
Yurgim kelar yomğir ostida,
Köylaklarim jiqqa höl bölib.
Çiqayotgan dil hovuridan,
Baʼzan, hatto ketaman kuyib.
Oydin:
Mahzun öylar Zebinisodan
Bizga qolgan saxiy merosdir.
Sevgi dilga möralaganda,
Xayol surmoq qizlarga xosdir.
Ammo, berma heç ham siringni,
Dugonajon, şamolga aslo.
U öynoqi sotadi siring,
Bölib yursin qomating raso.
Hayot:
U haqdagi öylar dilimga
Bağişlaydi huzur, osoyiş.
Soğinç dilda şodon yaşaydi,
Hijronga heç bermasdan royiş.
Yonginamda bölmasa hamki,
Baxtdir asli uning borligi.
Quvonç solar yurakkinamga
Muhabbatning dilga yorligi.
Oydin:
Qizğaldoqlar hayotni bezab,
Köz-közlaydi çiroyin, körkin.
Maysalarning dillari hanuz,
Qara, körgin sevinçdan tökin.
Qir, adirda yayragan epkin
Angrayadi, boqar husniga.
Huv, balandda kamalak – gullar
Rang qöşadi osmon tusiga.
Hayot:
Közmunçoğim taqqim keladi
Maysajonning jajji qöliga.
Isiriqlar solgim keladi
Dovdiragan epkin yöliga.
Qizğaldoqqa tumorim taqib,
Asray deyman yomon közlardan.
Kamalakka bergim keladi
Guldastalar yasab sözlardan.
Oydin:
Yomğir tinmay doira çalar,
Yuraklardan yuvib zanglarni.
Sening toza tuyğularingdan
Olgan bahor turfa ranglarni.
Kezib yurar sezdirmay senga
Atrofingda işqning nafasi.
Yaşillagan daraxtzor aro,
Sollanadi köklam havosi.
Hayot:
Sevgim manim dilda pinhondir,
Bu holatdan bölaman masrur.
Soğinçimning yöq nihoyasi,
Köz öngimda çehrasi zuhur.
Öylab qoldim, aslida tanim
Qorilganmi sevgi loyidan?
Daraxtzorda ötu ölanlar
Joy olişgan daraxt poyidan.
Oydin:
Qöşilişib yoğar yomğirga
Tilginangdan tilaklar ezgu.
Keng dunyoni tiniq körsatar
Közlaringga muhabbat – közgu.
Samolarning ulkan bağridan
Hayot isi keladi çunon,
Aslida-çi, işqning loyidan
Hayot tani qurilgan, dugon.
Hayot:
Oçiladi namozşomgulday
Bağrimdagi hislarim balqib.
Tun bağrida oymomo yayrar,
Dengizdagi qayiqday qalqib.
Bilmam, qaydan keladi baʼzan
Ayriliqning qora şarpasi.
Oy ham, körgin, yopinib yotar
Bulutlarning qora körpasin.
Oydin:
Sen, yaxşisi, sevgidan gapir,
Heç ham, dugon, bölma bezovta.
Nima böpti, yopinsa tunda
Bulutlardan oymomo körpa.
Hali ajriqday çirmaşib ösar
Dilginangga quvonçlar şodon.
Köngil degan böston sahnida
Atirgullar otadi xandon.
Hayot:
Quvonaman, u bilan birga
Olayapman havodan nafas.
Uning böyu bastiga boqib,
Hatto gullar qiladi havas.
Dugonajon, baxtliman juda,
U hayotda borligi uçun.
Taqdirimdan roziman işqning
Dilginamga yorligi uçun.
Oydin:
Pinhon sevib, pinhon örtaniş
Yaraşiqli bizlarga, dugon.
Yuz-közdagi hayo pardasi
Yaraşiqli qizlarga, dugon.
Sevgi bizga momomerosdir,
Asra uni, gardni qöndirma.
Yonginangda bölmasa ham u,
Sevgi ötin heç ham söndirma.
Hayot:
Dugonajon, sirimni aytsam,
Öylovdimki, osmon yorilar.
Qavat-qavat turgan olamlar
Bir-biriga çunon qorilar.
Biram yengil böldim, dugonjon,
Yaxşiyamki borsan baxtimga.
Yonginamda bölmaganingda,
Ayt-çi, könglim oçardim kimga?
Oydin:
Aslida-çi, diling osmondir,
Senga nasib sevgining husni.
Bir umrga avayla, dugon,
Yuragingga mehmon şu hisni.
Havaslanib yulduzlar senga
Boqar kökdan suqlanib, körgin.
Bahoriston boğida, dugon,
Kuylab, öynab, quvonib yurgin.
Hayot:
Gul umrimning körkam faslida
Jaranglaydi yoşlik bayoti.
Qalbginamning kengliklarida
Çiqaradi orzu qanotin.
Şu musaffo kengliklar aro,
Uçsam deyman sevgimni quçib.
Bir kun, dugon, işon, albatta,
Diydor quşim keladi uçib.
Oydin:
Hayotiston bağrida yayrab,
Böy çözmoqda quvonç gullari.
Sirlaşmoqda yulduzlar, körgin,
Köz yumolmay uzun tunlari.
Biz tomonga kelar Nodira,
Huv, moziyning yölidan qaytib.
Yurtim bugun yölga çiqqandir
Kelajakning qölidan tutib.
Hayot:
Obodiston bağrida mamnun
Erkalanib hayot ulğayar.
Vujudimiz zarralarida
Jurʼat, ğayrat, qudrat uyğonar.
Yurt jamoli közni olguday,
Huşginamdan ayirmoq istar.
Quyoş qalbim ufqlarida
Sarxuş bölib yonboşlab yotar.
Oydin:
Qalbing – oftob, qalbing– osmondir,
Osmoningni asra, dugonjon.
Boşqalarga oçmagin siring,
Dillar emas oçildasturxon.
Tölib-toshib ketganda içing,
Şeʼrlar öqi, kitoblar öqi.
Sen siringni şunday asraki,
Tegolmasin ğiybatlar öqi.
Hayot:
Dugonajon, vasl suviga
Taşna juda dilginam, qaqroq.
Işonaman, albatta bir kun
Köz oçadi diydor – qizğaldoq.
Oppoq yomğir yoğmoqda, mayin,
Ipakdayin, silab boşimni.
Qutlamoqda köklam jilmayib,
Ön sakkizga kirgan yoşimni.
Oygul Ubaydulla qizi
1962-yilda tuğilgan. Toşkent davlat universiteti
(hozirgi ÖzMU)ning
jurnalistika fakultetida tahsil olgan.
“Şohsuvor”, “Yolğizlik guli” şeʼriy kitoblari naşrdan çiqqan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida