(Hikoya)
Kompyuterda nimadir yozib ötirgan edim, taşqarida tez-tez bosilayotgan qadam tovuşi eşitildi. Şartta turib, köp qavatli uyning ikkinçi qavati derazasidan taşqariga qaradim. Pastda esa qayoqqadir şoşgança Men ketib borar edi. Badanim jimirlab ketdi, aslida, qaysi biri haqiqiy Menman?! Bu dunyoda bir mehmon, biroq özini mezbondek tutadigan xotirjam Menmi, yo har soniya özini ötga, çöqqa uraveradigan, göyo tezlaşmasa, nelardandir quruq qoladigandek yuradigan köçadagi şoşqaloq Menmi?..
Darrov köçaga çiqib, şoşqaloq Menning ortidan yugurdim. Taxminan, ikki yuz qadam oldinda u ketib borar, qadami tobora tezlaşar edi. Ayni damda çekkim kelib yonimdan sigaret olib tutatgan ham edim, maşinaning qattiq tormoz bosgani eşitildi. Yalt etib ortidan borayotganim şoşqaloq Men tomon qaradim.
Yerda kimdir yotar, uç-tört odam uning tepasida nimanidir muhokama qilişar edi. Yugurib ularning yoniga bordim. Ne köz bilan körayki, yerda şoşqaloq Men közlari baqraygança ölib yotardi. Ha, essiz, unga qança gaplarim bor edi-ya.. Darvoqe, ölik…
* * *
…Ölikdan, qabristondan, janozadan qörqaman. Tiriklardan qörqiş kerakligini bilaman, lekin men şundayman-da. Közim örgansin, deb bir janozaga bordim. Ha, töğri, hammasi oddiy ekan! Yurib, gapirib turgan odam endi jimgina yotibdi. Balkim baridan qutilgandir, balki tutilgandir. Ammo qabrga qöyilayotgan murdaning yuz tuzilişi kafandan körinib ketdi. Jasad ham Men ekanligimni körib, rosti juda hayratlandim. Axir, men yuribman-ku, qaçon öldim?!
Xayolimga tartibsiz öylar kela boşladi… Şu ondan özimni zarra deb hisoblay boşladim. Boşqalarni ham. Umuman, hamma narsa zarra, degan qarorga keldim. Axir, dunyo zarralarning jipslaşuvidan taşkil topgan. Bir kun kelib hamma narsa zarralarga parçalanib ketadi. Qiziq, öşanda bu çeksiz koinotda nima qolar ekan a!?
Marhumning uyida janoza tugab, yiğilganlar tarqalgan mahal qabristonga qarab yöl oldim. Muddao – qabrdagi murdani yana bir köriş. Endi oldingi qörquvimdan asar ham qolmadi. Özimda adoqsiz bir şiddat sezdim. Quyoş allaqaçon ufqqa boş qöygan, qişloq ahli öz yumuşlarini bitirib, uy-uylariga kirib ketgan. Mozorotgaça taxminan yetti yuz qadamni juda tez fursatda bosib ötdim. Qabriston darvozasidagi “Xuş kelding, ey köngli butun odam!” degan yozuvni öqib, negadir kulgim keldi. Albatta, birinçi jumlaga, negaki… Ha, mayli, balki kimlar uçundir, balki, hamma uçun bu manzilga keliş, “xuş kelişdir”. Darvozadan kirişim bilan tirgagiga suyab qöyilgan velosipedga közim tuşdi. Atrofga alangladim, heç kim körinmadi.
Içkariga kirdim. Hali tuproğining nami ketmagan lahad tepasidaman. Yenglarimni şimarib, qabrni kavlay boşladim. Birozdan söng yelkamga bir qöl ohista tegdi. Sekin ortimga qaradim. Negadir men heç narsadan qörqmayotgan edim. Odatda, bunday hollarda odam seskanib ketadi. Mendagi qörquv hissi qayoqqadir yöqolgan edi. Ortimda oppoq soç-soqolli qariya jiddiy tikilib turardi.
– Kimsiz? – dedim tahdid ohangida. U javob beriş örniga:
– Özing kimsan, namozşomda birovning qabrini bezovta qilayotgan şakkok!? – dedi.
– Marhumni körmoqçiman, bu men uçun juda muhim, – dedim öylangança.
– Mumkin emas, bu qonunda ham, şariatda ham taqiqlangan, – deya keta boşladi. Birpas ölik sukunat hukm surdi. Mozor darvozasidagi yozuv yodimga tuşib, qariyadan:
– Nega darvozaga “Xuş kelding!” deb yozgansiz? – deya söradim.
– Könglingdan savolingga javob topasan! Qalbi butun odamlargina buni anglay oladi! – dedi. Darvoza tomon yura boşladim. Öyladim. Qanday? Nega? – degan savollar miyamda aylanardi.
Ortimdan “Yaxşi bor, köngli butun odam!” degan ovoz keldi. Çaqmoq urgandek böldi. “Böldi, endi hammasini sörayman!” deb özimga vaʼda berdim. Undan nega menga ikki tomçi suvdek öxşaşini, könglim butun yo butun emasligini qayerdan bilişini söramoqçi edim… Lekin endi qariya heç qayerda körinmas edi…
* * *
Yolğiz yurişni yaxşi köraman. Baʼzida köçalarni, bozorlarni yolğiz aylanaman. Yolğiz yurişda nedir sinoat bordek tuyiladi menga. Yolğiz yursam, özimni tezroq topadigandek his etaman. Şunday kunlarning birida katta beton yöl yoqalab ketib borar edim. Birdan yerda yotgan oq qoğozga közim tuşdi. Ajib bir qiziqiş bilan uni qölimga oldim. Qoğozdagi sözlar yanada qiziqiş uyğotdi. Şu tobda nega boşqalar bu qoğozga eʼtibor bermagan ekan, degan fikr xayolimdan lip etib ötdi. Balki hamma osmonga qarab yurar, men esa yerga…
Qoğozda “Ey köngli butun odam, seni uyda kutaman! Bilaman, sen, albatta, kelasan!” deb yozilgan edi. Maza qilib kuldim. Axir buni kimdir zerikkanidan yozgan va kutgan odami kelişi bilan maşina oynasidan uloqtirgan yoki biron talaba darsda bekor qolib yozgan-u, uyga qaytişda çöntagidan çiqarib otgan bölişi mumkin-ku, deb öyladim. Lekin öşa bolalik paytimdan odat sarguzaştsevarligim xumor qilib, qoğozda körsatilgan manzilga jönadim.
Yölda ketar ekanman, nimagadir kayfiyatim zör edi. Inson hayotida meʼyorlarsiz ham yaşab körişi kerak. Şunda u meʼyorning naqadar kerak ekanini anglaydi, degan fikr ötdi könglimdan.
Mana, manzilga yetdim. Endi xayolimga turli gumonlar kela boşladi. Bu yerda biror uruşqoq ayol yaşasa, umrimda eşitmagan tuhmatlar bilan menga yopişsa-ya?! Yo biror bezorilar tödasi bölsa-çi!? Yöq, dedim past ovozda özimga özim qatʼiyat bilan. Jilovsiz xayollarimni bir joyga yiğib, eşikni taqillatdim. Çunki uning qönğiroği yöq edi. Içkaridan “Kiravering, eşik oçiq”, dedi ayol kişi. Könglimdagi şubhalar yana jonlandi. “Ölding”, dedim içimda. “He”, dedi yana bir könglim. Tavakkal, deb içkariga kirdim. Orasta uy. Közimga birinçi taşlangan narsa ayvon devorida osiğliq turgan kiyik şoxi. Şox yoğoçdan yasalgan bölsa-da, haqiqiyga öxşar edi. Poyabzalimni yeçmasdan bir oz turib qoldim. “Kiring, nega jim böp qoldingiz?” dedi ayol kişi içkaridan. Tuflimni yeçib, ayol ovozi kelayotgan xonaga kirdim. Katta stol bayramona bezalgan. Bu ertaklardagi oçil dasturxonning xuddi özi edi.
– Assalomu alaykum, – dedim sal yengil tortib. Şunda beixtiyor ayolga qaradim. Qarşimda közi tim qora, soçi yoyiq, yuziga parda tortilgan öttiz beş yoşlardagi juvon turardi. Izn söramasdan stulga ötirdim. Ertalabdan köçada yurib çarçaganman.
– Yaxşimisiz, nimaga yuzingizga parda tutib oldingiz, nima uçun qoğozga bunday gapni yozib, köçaga taşlab keldingiz? – dedim ayolga termilib.
– Men sening kelişingni bilardim! – dedi u savollarimni javobsiz qoldirib.
Bu yerda qandaydir sir bor yoki şunçaki hazil, degan fikr ötdi könglimdan.
– Qayerdan bilardingiz? – dedim kulimsirab.
– Ha, bilardim, çunki sen mening erimsan-ku! – dedi ayol körinişi özgarmay. Boşimga kimdir temir bilan urgandek böldi. Ana endi tuhmatga qoldim, deb öyladim içimda.
– Men sizning qanday eringizman! Kun körişga, non topişga boşqa yöl qolmadimi? Manavi narsalarni ham mendan oldingi “erlaringiz”dan undirgan bölsangiz kerak! – dedim jahl bilan stoldagi narsalarga işora qilib. Ayol gapirmadi.
– Sizdan inson sifatida rozi emasman! – deb örnimdan turdim.
– Ötir, ötir qayoqqa ketyapsan, köngli butun odam! – dedi u. Ho-holab kulib yubordim.
– “Köngli butun” sizning ov parolingiz şekilli?! – dedim.
U jimgina orqa tomonidagi tokçada turgan suratni körsatdi. Suratda xuddi menga öxşagan odam va mana şu ayol turar edi. Şartta ayvonga çiqdim, tuflimni kiyib köçaga yugurdim. Duç kelgan birinçi restoranga kirdim. Maqsadim töyib içiş. Balkim men kasaldirman. Bölişi mumkin-ku! Masalan, şizofreniyaning boşlanğiç holati. Bu narsalar mening közimga körinayotgandir. Özi oxirgi paytlar kam uxlaydigan bölib qolgan edim.
Restoranga kirib barmenning oldiga bordim. Çöntagimga qöl soldim, lekin çöntagimda içkilikka yetadigan pul yöq, faqat ikki dona sigaretga yetadigan pul bor ekan. Holatimni körgan barmen:
– Ha, işdan haydaşdimi, örtoq? – deb söradi.
– Yöğ-ey, şunçaki, özim, bir içmoqçi edim. Pulim yöq ekan. Sigaret beraqoling! – deya çöntagimdagi pulni uzatdim. Barmen pulni olib, ikki dona sigaret uzatar ekan “Ha-a, bu bozor iqtisodi, puling bor bölsa, yaşaysan, bölmasa, yöq. Tekin narsa faqat masjidda böladi!” dedi salmoqlab. “Töğri, töğri!” dedim jilmayib.
* * *
Bomdod mahali azon tovuşidan uyğonib ketdim. Örnimdan turib ötirdim. Azonning köngilga orom beradigan ovozi tindi. Birdan din, namoz haqida öy sura boşladim. Telefonimning kalendariga qaradim – juma. Musulmonlarda juma muborak kun. Şu kun musulmon jam bölib ibodat qilişadi. Xuddi şunday yahudiylar şanba, xristianlar yakşanba kuni jamlanib, öz diniy amallarini ibodatlarda bajaradi. E, şu hammasi bir kunda ibodat qilsa bölmasmikan!? Axir, Xudo bitta-ku!
Demak, bugun juma ekan. “E, yaxşi böldi, men ham bugun jumaga çiqaman” deb köngildan ötkazdim. Keyin öylab qoldim: “Keça içmaganmidim?!” Yöq, öt qopim oğrigani bois ançadan beri içmayotganim esimga tuşdi.
Nonuşta qilib, işga jönadim. Avtoulovga çiqişim bilan, bir narsa yodimga tuşib, özimdan özim uyalib ketdim. Axir, men oxirgi işxonamdan böşaganimga endi uç kun böldi-ku! Hali yangi işga kirganim yöq. “Mayli, juma namozigaça bozorlik qilib kelaman”, deb özimga taskin berdim.
Bozor röparasidagi bekatda avtobusdan tuşib qoldim.
Bozorga kirdim. Şovqin alomat. Tez-tez rözğorga kerakli narsalarni olib bozordan çiqayotgan edim, römol sotib ötirgan ayolga közim tuşdi. Römollar közimga çiroyli körinib ketdi. Ayolimga sotib olmoqçi bölib, sotuvçiga yuzlandim.
– Buni qançaga berasiz? – dedim napormon römolni uşlab.
– Bir yuz ellik ming! – javob berdi sotuvçi.
– Öh-hö, – dedim ajablanib.
– Turkiyaniki, sifatli narsa, – deb ajablanişimga izoh berdi sotuvçi.
Beş daqiqaça tortişib savdo qildim va öşa römolni bir yuz öttiz mingga sotib oldim. “Ayolim bir xursand bölsin!” deb öyladim içimda.
Ozroq yurganimdan keyin bir tanişimni körib qoldim. Erkak bölib, ayollarning haligi narsalarini sotayotgan ekan. Salom-alikdan söng unga hozirgina sotib olgan römolni körsatib: “Arzon oldim, turkiyaniki ekan!” dedim maqtangannamo. Tanişim römolni körarkan, kulib: “Kamida yetmiş mingga yeb qöyibsiz-da!” dedi.
– Iye, nega yeb qöyaman?!
– Bu heç qanday Turkiyaniki emas, özimizda vodiydan çiqadi. Huv, ön metr narida eng zörini ellik-oltmiş mingdan sotişyapti, – dedi u menga açingandek.
Tanişim bilan xayrlaşib, avtobusga çiqdim. Ketar ekanman, xayolimda sotuvçi ayolni öylar edim. “Axir, u meni aldadim, deb öylaydi. Ertaga biron falokatga yöliqadi. Keyin men va menga öxşaganlarning aldab topgan pulini, kerak bölsa, undan ham köpini sarflaydi. Nega u bu dunyoda heç kim birovning haqini birov yeyolmasligini tuşunmaydi-ya!”
Uyga keldim. Narsalarni ayolimga berib, soatga qaradim. Namozga qirq daqiqa qolibdi…
Juma namozi boşlandi. Imom sura öqiyotgan mahal unga közim tuşdi. Negadir men imomga juda öxşar ekanman. Tuş körayotgan bölmay tağin, deb öng tarafimdagi odamga qaradim. Hayhot, u bilan ham bir xil ekanmiz. Keyin çap yonimdagi kişiga qaradim, tavba, u bilan ham ikki tomçi suvdekmiz. Ilojsiz, mumkin bölmasa ham, közimni yumib oldim.
Juma namozi tugadi. Imom duo qilayotganda ham közimni oçmadim. Nihoyada örnimdan turib, masjiddan çiqiş eşigiga qarab yurdim. Atrofga qaradim. E, qiyomat, hamma odamlar bir xil körinişda edi. Asli köriniş kimniki bilmayman, ammo bir xil tusdagi odamlar, bir tomonga, çiqiş eşigiga intilar edi.
Furqat ALIMARDON
1991-yili tuğilgan. Özbekiston davlat san’at va madaniyat institutini tamomlagan.
Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari iştirokçisi.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi tomonidan “Birinçi kitobim” ruknida “Quyoş kulib boqadi” nomli hikoyalar töplami çop etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


