***
Şoşmagil, öynoqi şabboda,
Oydinda birga sayr etamiz.
Yam-yaşil bedazor oralab
Ikkimiz piyoda ketamiz.
Yulduzli bu oydin gözal tun –
Oşiqlar panohi, yaşirin.
Kuylaylik muhabbat, işq uçun,
Tinglaylik yulduzlar şivirin.
Oy kökka örlagan onida
Uylarning çiroği öçadi.
Huv… öşal majnuntol yoniga
Xayollar, xayollar uçadi…
Yur endi, ketaylik ikkimiz,
Tegmaylik oşiqlar joniga.
Şabboda olib ket, men yolğiz,
Köklarga, yulduzlar yoniga.
***
Keçalari oy allalaydi
Yulduzlardan tumorlar taqib.
Tuşlarimga köp möralaydi
Gözal qizlar qoşlarin qoqib.
Tong çoğida uyğotar sabo,
Sekingina soçim siypalab.
Şundanmikin, ayting, döstlarim,
Tuğilaman har kun ertalab.
Quyoş meni sevadi juda,
Boşim uzra nurin soçadi.
Gul parilar şirin uyquda
Tuşlarimni olib qoçadi.
Tuş öğrisi, ey gözal pari,
Kiprigingda sevgim öynama.
Sen tomonga borganim sari
Yiroq ketib, jonni qiynama.
Közing qaro, yiğlab yurmagin,
Çap köksimga kiprik tiğin ur.
Kunduzlari izlab yurmagin,
Tuşlaringda meni kutib tur.
***
Tun çökadi qişloqqa,
Fonuslar yaltiraydi.
Moyi qoçgan pilikday
Yuragim qaltiraydi.
Qişloqqa tun çökadi,
Köz uzolmam yulduzdan.
Oy şuʼlasin tökadi,
Qolişmay deb kunduzdan.
Humoyun Quvondiqov
1998-yili tuğilgan.
Samarqand şahridagi 1-pedagogika kollejini tamomlagan. Şeʼrlari markaziy naşrlarda eʼlon qilingan.
“Yurt kelajagi” tanlovining respublika bosqiçi iştirokçisi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida