97 marta körilgan

Yomğirning sasiga öxşar ovozing…

Mahliyo Karimova

Iltimos

Baxt haqida yozma! Barisi yolğon,

Özingni baxtlardan qizğonasan sen.

Umidlarga emas, ğamga urilib,

Qanotlari kuygan parvonasan sen…

Nur haqida yozma! Zulmatni quçib,

Aslida, Quyoşni sevganing yolğon,

Xazon dardidasan, axir rango-rang

Gullarga xaridor bölganing yolğon…

Işq haqida yozma! Endi oz qoldi,

Bitirgin batamom yuragingni yeb.

Özingni örtama, qilaring tayin,

Qutilgin “manglayga yozilgani” deb…

Yanami? Butun bir işq ahli aro

Dengiz kuyçisi deb afsonasan sen.

Aslida, uni ham sevganing yolğon,

Asli, dengizlarga begonasan sen…

Ofarin! Yozişga ustasan lekin!

Eng gözal yumuş

Goh yengib qöyadi çarçoqlar,

Ortganday böladi taşvişim.

Kun söngi… Aslida, onamni

Soğiniş – eng gözal yumuşim…

Onajon! Boraman birozdan

Keldingmi, bolam, deb suyasiz,

Tabassum qilaman. Rost! Yolğon!

Har bitta holimni bilasiz…

Ha, rosti, çarçayman baʼzida

Goh hayot, goh köngil işidan,

Könglimni oğritar… Ranjiyman

Könglimga eng yaqin kişidan…

Deymanki, holimni öqiysiz,

Hojati yöq, asli, aytişni.

Şundandir huzuri boşqaça

Işdan söng uy tomon qaytişni…

Onamni soğiniş, aslida,

Kun böyi eng gözal yumuşim!

Işq bu…

Işq bu faqat borligida sevmoq emas,

Işq bu faqat yorligida sevmoq emas.

Ha… Baʼzida “ket” sözida “kel” deydi yor,

Işq bu faqat “kel” deganda sevmoq emas.

Tikonlari botganda ham borolsang – işq,

Diydalari qotganda ham sevolsang – işq.

Joning yonar, qalbing yonar, ruhing yonar,

Yonişlarga xöp deb rozi bölolsang – işq.

Işq bu, balki, ixtiyorni boy berganing,

Jon yoqqanga yuragingdan joy berganing.

Baxting şudir, darding şudir, boring şudir,

Dilozorga dil bermoqqa ulgurganing…

Yor poyiga ğururingni qöyolsang – işq,

Közlaridan yuragini bilolsang – işq.

Agar bilsang muhabbat bu – boqiy azob,

Uning uçun ming tirilib-ölolsang – işq…

Yonolsang – işq.

            Yonolsang – işq.        

                        Yonolsang – işq…

Ovozing…

                                Hatto suratingni sevsa böladi.

                                                 Jörabek RAMAZON

Yomğirning sasiga öxşar ovozing,

Göyo musiqaday bölar eşitsa.

Jarangli-jarangli yoğişlarini

Böladi soğinib, intizor kutsa.

Yoki men telbaman, yo sen sehrgar,

Seni deb devona bölsa böladi.

Hali-ku özingni aytganimça yöq,

Hatto ovozingni sevsa böladi.

Qörqma!

Döstim! Qörqma mening qadamlarimdan,

Yölingni tösişga çoğlanganim yöq.

Men odam bölay deb yölga çiqqanman,

Men dunyo işiga boğlanganim yöq.

Rosti! Qörqma mening qadamlarimdan,

Özim bölay degan dardim yöq meni.

Yonma, şubhalanma, tamom-vassalom,

Biror manfaat yoki şartim yöq meni.

Böldi! Qörqma mening qadamlarimdan,

Men sening rizqingni yemayman, axir.

Endi xotirjam böl, sen istasang ham,

Senga yomon bölsin demayman, axir.

Faqat qörqma mening qadamlarimdan,

Bir Xudo yorlaqab qalam tutganman.

Bandasi bergani menga ne zaril –

Xudo beradigan kunni kutganman.

Tinçlan! Qörqma mening qadamlarimdan,

Mening örnim boşqa, seniki bölak.

Sen yaşaşing uçun ne istasang qil,

Men yaşaşim uçun yozişim kerak.

Döstim! Qörqma mening qadamlarimdan!

Mahliyo KARIMOVA

 

1994-yili Xorazm viloyatining Qöşköpir tumanida tuğilgan. Urganç innovatsion universiteti talabasi. Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari iştirokçisi.

 

2024/4

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Oldingi
Keyingi

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (325)

Ayol

Yigitlar maktubin bitganda qondan,
Kelinlar firoqdan çekkanda yohu,
Uning ham panohi qaytmadi jangdan,
Ön töqqiz yoşida beva qoldi u.