Mehr
Universitetni bitirib kelib, endi maktabda iş boşlagan paytlarim edi. Bu orada onam: “Qizim, qariqiz bölib qolasan”, deb şoşa-pişa erga berib ulgurgan, ham iş, ham oila yuki hiyla oğirlik qilar, maktabga çopsam, qaynonam “hay-hay”lab, uyga yugursam, direktor yoqamdan olardi. Boşimni silaydigan bir mehribon qölga muhtoj edim. Goh-gohida meni yaxşi körmaydi, deb erimdan xafa bölib qöyardim. Axir, suysa, suyganiga qayişmaydimi? U esa har doim onasi taraf böladi.
– Köchani supurib qöydingmi?
– Ha!
– Çollar saharkez namozga ötadi-da.
– …
– Sigir soğdingmi?
– Ha!
– Nonuştaga qaymoq yerkanmiz-da?!
– …
– Non yopdingmi?
– Ha!
– Issiq nonning hidi biram yoqimliki…
– …
Bu kabi suhbatlar bora-bora yod bölib ketdi, hatto zerika boşladim. Yangi kelin “uf” tortadigan, jerkib javob beradigan böldim.
Bir gal onam mehmonga kelib, quloğimni burab ketdi.
– Ayol degan eriga şunaqa gapiradimi, qizim? Sen kimga tortding-a?! Tağinam kuyovimning köngli keng, qaynonang sabrli, indaşmaydi, boşqasi bölsa, şartta-şartta yuzingga aytadi-qöyadi.
Lab burdim. Çunki maqtalgan kuyovlari töydan keyin tamoman özgarib qolganini, sovuq muomalasini onam qayoqdan ham bilsin?! Xuddi oramizga birov sovuqçilik tuşirganday, yon-atrofimdagilardan xafa bölib qöyaman. Onasining köngli uçun yaşayapti-da, deyman özimça sababini öylab. Onamning ögitlarini qoş çimirib eşitaman. Qaynonamning sözlariga esa noiloj jilmayaman. Taşim kulsa ham, içim kulmaydi. Yuragim qişki boğ kabi huvillab yotibdi.
Har keç bolişga boş qöyarkanman, közlarimda şaşqator yoş.
– Mehrga muhtoj boladay begonaman! Axir, bu qanday gap?
– Nima? – deydi u hayron bölib. – Nimadir dedingmi?
– Ayol muhabbat istaydi, ayol köngli mehrga zor.
U jimgina yelka qisadi. Sözlarimni anglamaydi.
“Qölidan ketmon tuşmaydigan, umri dalada ötayotgan erkak bu sözlarni qayerdan ham tuşunsin?! Kelib-kelib şu odamni tanladimmi? Negayam şu odamga tegdim-a?” – zorlanib qöyaman içimda. “Essiz orzularim…” – afsuslanib ketaman.
Öqiş payti qizlar bilan qilgan xayollarimiz yodimga tuşadi. Qanday çiroyli baxtni orzulardik? “Qalliq degani qattiq sevsa, sevgisi uçun har nimaga tayyor bölsa… istasang, daryoni suzib ötsa-yu, söraganingni muhayyo qilsa… mehribon bölsa, muhabbati tugamasa…” Istaklarimizning oxiri yöq edi. Şunday inson uçrasagina rozi bölamiz, deb ahd qilgandik. Biroq… biroq dadam “Özimizning yurtning (qişloqning) odami ekan”, deb qattiq turib oldi. Men nima ham derdim?! Qiz bola boşim bilan nima qila olardim?!
* * *
Qişloqda faqat yozda yaşagulik, yöli biram yomonki, bahor yomğirida loyga belanib yotadi. Oyoq kiyiming bir yursa, boşqa kiygulik siyoqi qolmaydi.
– Bir-ikki söm orttirsam, maktab yöliga şağal töktiraman, – deydi ahvolimga açinib.
“Odam qölidan keladigan işni gapirsa-da!” – tufligimning loyini yuvayotib, qoş çimiraman.
– Endi issiqroq kiyinib yur, sovuq tuşib qoldi, – deydi ertasi işga otlanayotganimni körib. Sözlari biram dağal eşitiladiki, xuddi qöpollik qilayotgandek tuyilib ketadi. Ğaşim kelib jiyirinaman.
“Sevmaydi-da”, – deyman arazlab. – “Esa boşqa söz qurib qolganmi?
Tuşligini çitdurrasiga örab, dalaga otlanarkan, ortidan nimadir kutganday qarab qolaman. Yana könglim toğday çökadi.
– Xayriyatki, maktab bor, – deyman işga otlanayotib.
Maktab yaxşi, men uçun eng sevimli maskan, rözğor taşvişlari, har turli öy-xayollardan yiroqda, öquvçilarim bilan ovunaman. Baʼzan qaysi bir muallimning işi çiqib qolsa, örniga ham meni kiritişadi. Öquvçilar bilan yaxşi kelişaman.
* * *
Keça şunday böldi. Mumtoz muallimning işi çiqib qolibdi. Hayit oldi yöqlaydigan joylari bor ekan. Örniga 7 B-sinfga kirib, piça gaplaşib ötirdim. Dardini doston qilişdi, biri olib, biri qöyib hayot taşvişlaridan nolişdi. Tavba, dunyo bor dard-taşvişini bolalarning yelkasiga ilib qöygandek… Ota-onang tirik bölsa, nima ğaming bor, dedim kulib. Bölmadi, nolişda davom etişdi, şukronalik haqida inşo yozdirdim.
Bugun esa, mana,
6 A-sinfda bir soat dars yöq, Zamira muallim nevarali bölganmiş. “Bolalar böş ötirmasin”, deb meni kiritişdi. Qöşimçasiga, “inşo yozdiring”, deyişdi. Hay, dedim, bundan osoni bor ekanmi? “Mavzu ixtiyoriy”. Öylab qoldim, mehr nima… Şu dam içimdan bir sado otilib çiqdi. U qanday izhor etiladi?
Savolim oxiriga yetib yetmay sinfda ğala-ğovur boşlanib ketdi.
– Inson mehr-muhabbatsiz yaşolmaydi. Biz yaqinlarimizdan mehr kutamiz. Mehr bilan tirikmiz, – dedi kimdir.
– Mehr Alloh bergan eng gözal neʼmat, – dedi boşqasi şoşa-pişa örnidan turib.
– Har birimiz özgaçamiz, demak, mehrning ham turli körinişi bor. Kimdir bir şirin söz aytib, kimdir mehrini eʼtibor orqali bildiradi, qimmatbaho sovğalar bilan izhor etadi, – dedi yana kimdir.
– Eng oson mavzu, – dedi öquvçilar çuvillab.
Söng har kim bilganini yoza boşladi. Mening esa bu savolga javobim yöqday xörsinib qöydim. Söng xayol dengizida suzib, bolaligim yodimga tuşdi. Dadam işdan kelsa, onam atrofida parvona bölar, qayerda bölmasin, xayoli uyda, uyga şoşilardi. Dadam esa “Qöling juda şirin”, derdi har gal onamni maqtab.
“Men-çi?” – qaysarligim tutib, tan olmayman. “Axir, ovqati tayyor, kiyim-boşi toza, uy-joyi saranjom, yana nima qilay? U-çi? U nima qilib qöyibdi? Biror marta bölsin maqtab qöymaydi”.
Birpasda qönğiroq çalinib, yozganlarini yiğib berişdi. Kimdir bir varaq, kimdir ikki varaq, yana kimdir uç varaq yozgan. Birma-bir közdan keçiraman, har biri qiziq, söng berilib ketaman, bolalikning pokiza tuyğulari böğzimga tiqiladi.
Qizlar otasining peşonasidan öpib qöyişi-yu, onasining şirin sözlarini misol keltirgan, öğil bolalar esa sevgan qizi haqida yozgan. Faqat bittasi deyarli böm-böş. Yaxşiroq qarayman, ikki varaq qoğoz, atigi ikkitagina gap yozilgan, xolos.
Qayta-qayta öqiyman: “Mehr – muhabbat sözining sinonimi. Mehr bu issiqroq kiyinib ol, taşqari sovuq degan birgina söz”. Negadir közlarim yoşlanadi. Kipriklarim orasidan sirğalib çiqqan tomçi yoş qoğozga tomadi. Şoşa-pişa artaman. Qoğoz yuzasidagi siyoh köz yoşim bilan qorişib böyalib ketadi. Yuzimni qöllarim bilan yaşiraman. Köksimga siğmay gupillab urayotgan yuragim mehr nimaligini endi anglaganday böladi. Mehr neligini tuşuna boşlayman.
Ketiş
– Ketsin! Uyimizdan ketsin, deyapman! – öğil qölini şop qilgança içkariga işora qilar, nafasi halqumiga tiqilib tinmay bir sözni takrorlar edi.
Ona bölsa körsatkiç barmoğini labiga tekkizib:
– Jim, öğlim, jim, – der, xijolat bölar, bor gavdasi bilan öğlining yölini tösib, narigi xonaga ötişiga qöymas edi.
– Nima, siz keçirdingizmi? Bizni taşlab ketganini unutdingizmi? – derdi öğil közlari kosasidan çiqquday olayib. – Axir, qaysi yuz bilan keladi?
– Jim, öğlim, jim, uyat böladi, – ona öğlini tinçlantirişga behuda urinardi.
– Yöq, siz ayting, voz keçib ketiş oson ekan-da? – öğil adolatsizlikka çidolmayotganday tölğonardi göyo. – Boqolmayman, deb taşlab ketadi-da, ön yil ötib, heç nima bölmaganday qaytib keladi. Vijdon degani bormi?
– Unaqa dema, bolam, unaqa dema, – ona taşvişlanar, öğil esa jahldan tuşay demas edi.
Şu dam ön yil oldingi voqealar ona xayolida jonlandi.
…öşanda ham izğirinli qiş edi. Qor böralab yoğar, har eşik oçilganida, içkariga ğuvillab sovuq kirar edi. Köçadan quruq qöl bilan kirib kelgan ota ayolining köziga qaramaslik uçun nigohi yer çizgança içkariladi. Kattasi tizzalarini quçoqlab deraza oldida ötirar, örtançasi esa kigiz töşalgan polda yonboş yotar edi, otasining kelganini körib xursand boş kötardi. Biroq otasining qölida heç nima yöq edi. Bolalar otasining ortidan kirgan onasiga javdirab qaraşdi. Ularning qorni judayam oçiqqandi. Şu payt endigina bir haftalik bölgan çaqaloği “inga”laşga tuşdi. U ham yegulik sörayotgandi, ehtimol.
Ota heç nimaga qaramay, peçkaga yaqinroq bordi. Tizzalab ötirdi. Sovuqdan qotib qolgan qöllarini bir-biriga işqaladi. Özi ham ikki kundan beri tuz totgani yöq. Quruqşagan lablarini tişladi, yutindi. Xotini çaqaloğini qöliga olib, suti qoçib qurib qolgan kökraklarini tutdi. Çaqaloq qoniqmay yana yiğlaşga tuşdi.
Otaning köziga şu çaqaloq bariga aybdordek körinib ketdi. “Özi bazör kun körayotgan bölsak… Yana öğil ekan, oldirib taşla”, deganida xotini yiğlab uyiga ketib qolgan, söng norasidani dunyoga keltirişga qaror qilib qaytib kelgan edi. “Buvisi bilimçilik qilgan. Şu bola sizlarga hali köp quvonç keltiradi, degandi. Tuğdi ham, bor pulini şunga sarfladi. Mana endi bir burda non yöq, bu turişda hammasi oçdan öladi, tuğmaslik kerak edi…” Qovoğini uygança, xotiniga nafrat bilan boqdi.
Örtançasi zaif ovoz çiqarib non söradi, kattasi yutinib, lablarini tişladi. Otaning köziga yoş qalqdi. Ojizligini körsatmaslik uçun ham ehtimol yuzini ters burdi. Ustidagi qor endigina erigan qalpoğini boşiga kiydi-yu, örnidan turayotib gandiraklab ketdi. Xotini besaranjom boqdi. Yoşligida maşina bosib ketgan oyoğini sudragança, ota eşik oldigaça borib, söng ortiga qaradi. Xotini javdirab turardi. Çaqaloq esa hali-hamon çinqirab yiğlamoqda edi.
Ota yelkasiga çoponini ilarkan, şunday dedi:
– Men ketyapman, ertagaça qaytmasam, onangnikiga bor…
Eşik qars etib yopildi-yu, ayol oğiz juftlagança qoldi. Eri qaytmadi. Ayol bolalarini olib onasinikiga ketdi…
* * *
Bugun ertalabdan kattasi bilan örtançasini işga, kiçigini öqişga jönatdi-yu, özi ham endi çiqib ketaman deb turgandi. Eşik qönğiroği çalindi. Hayron böldi, saharda kelgan kim ekan? Atrofga alangladi-yu, stul ustida unutib qoldirilgan portfelni kördi.
– Hozir, öğlim, hozir…
Eşik zulfini tuşirib, qiya oçdi-yu, közlari kirtaygan, soqol-möylabi ösib yuzining yarmini qoplagan, ust-boşi xarob qariyani körib dong qotdi. Axir… axir… u…
Ayol erining yuziga sözsiz termildi. U ham lablarini tişlagança jim qarab turardi. Ayol şu payt erining egniga qöngan qorlarni qoqib tuşirmoqçi böldi, çoği, qöl çözdi-yu, muzga tekkandek, seskanib ketdi. Söng rahmi kelganidanmi yoki açinganidanmi, gavdasi bilan yöl oçdi.
– Kiring, – dedi duduqlanib.
Ota içkariladi. Xuddiki oradan ön yil ötmagandek, xayolida keça ketib, bugun kelgandek edi. U öşandagidek peçka oldiga çökdi. Qöllarini bir-biriga işqaladi. Ayol qölini çözib, erkakning egnidagi çoponini söradi. Çopon qor yeb sovuqda taraşadek qotib qolgandi. Ayol stulning ustiga çoponni taşlab, peçkaga yaqinroq surdi. Söng oşxonaga ötdi. Keçagi ovqatdan bir kosa qolgandi, isitdi. Dasturxon yozdi, non va ovqatni erining oldiga keltirib qöydi. U esa ön yildan beri oç yurgandek, nonga şoşib qöl çözdi. Pala-partiş ovqatlandi…
Ayol yana eski xotiralarini esladi. …qarzlaridan qutuliş uçun onasi quloğidagi ziragigaça yeçib bergan, özi esa nikoh uzugini sotişga majbur bölgandi. Keyin esa ikki oylik çaqaloğini onasiga taşlab işga çiqib ketdi. Qiyin böldi, albatta, biroq amallab qişdan çiqib olişdi. Ammo har qadamda yöqçilik soya solardi, bolalarning qornini töqlay desa, kiyimiga yetmas, kiyim olay desa, ovqatga pul orttirolmas edi…
Ular ança payt jim ötirişdi. Sözsiz gaplaşişdi. Ota ovqatni yeb bölgaç, nimadir demoqçi böldi-yu, biroq heç bir söz tiliga köçmadi. Ikkisining ham gaplaşib olişi kerak bölgan gaplari köp, ammo sözlagani söz topilmasdi. Söng ota qöyniga qöl soldi-yu, ğijimlangan bir dasta pul çiqarib, töşakning tagiga yaşirdi. Ayol buni körib erining yuziga yalt etib qaradi. Şu payt eşik qönğiroği çalindi.
– Öğlim, – ayol şoşib qoldi, – otang kelgandi… – Onaning gapi böğzida qoldi.
– Nima? Nimaga keladi? Qay yuz bilan keladi?
Ona gavdasi bilan öğliga yöl bermadi.
– Ketsin! Ayting, ketsin, deyapman, – öğil tinmay bir sözni takrorlardi.
Şu dam qöşni xonada öğlining “Ketsin” degan hayqiriqlarini eşitib ötirgan otaning oğir xörsiniği eşitildi. Boşini egib tobora ğamga botib borarkan, uning ham köz oldida ön yil oldingi voqealar jonlandi.
* * *
…havo sovuq edi. Uydan çiqib köça boşigaça bordi, söng öşa yerda uzoq öylanib turdi. Qor tinay demas, izğirin şamol ğuvillar edi. Qayerga boradi? Kimdan non söraydi? Atrofda heç zoğ körinmasdi.
Öylab-öylab, oxiri tavakkal, boşi oqqan tomon keta berdi. Möl yurdi, birdan qarşisida dökon paydo böldi. Içkariladi, yolğiz sotuvçidan bölak heç kim yöq edi. Avvaliga bitta nonni qöyniga soldi. Keyin közi kassadagi pullarga tuşdi. “Qişdan çiqib olamiz”, deb öyladi öziça. Keyin beixtiyor pul tomon uzaldi. Sotuvçi bilan nima sodir bölgani esida yöq. Ğijimlangan bir dasta pulni qönjiga tiqqani-yu, söng nonni quçoqlagança xursand ketib borayotgani yodida qolgan, xolos. Keyin qayerdandir formali kişilar paydo böldi va uyigaça yetib kelolmadi…
* * *
Ona endi yolvora boşladi.
– Öğlim, unaqa dema, axir… axir, otang-ku…
– Otam emas, otam bölganida, boqib katta qilardi. Oç-nahor taşlab ketmasdi. Otam emas…
Şu payt içkaridan çiqib kelgan ota öğliga aybdorona boqdi. Qölidagi qorlari endi eriy boşlagan qalpoğini boşiga qöndirdi-yu, yirtiq çoponini yelkasiga taşlab, nigohlarini yerga qadagança, indamay çiqib ketdi. Ayol çöloqlanib borayotgan erining ortidan maʼyus qarab qolarkan, yuragi allaqanday uvişdi. Çeksiz bir alam bilan “endi qaytmaydi”, dedi piçirlab, söng öğlining “hay-hay”laşiga qaramay erining ortidan oyoqyalang yugurgilab ketdi.
Raxşona AHMEDOVA
1987-yili tuğilgan.
Özbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan.
“Orzu va dengiz” (2020), “Soyabon ostida” (2021) nomli kitoblari naşr etilgan.
2024/4
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


