* * *
Nafrat eski, muhabbat eski,
Dard eskidir, tabobat eski,
Borliq menga tobe emaski,
Xudolikka daʼvo aylasam.
Nay eskidir, navo eski,
May eskidir, maʼvo eski,
Har işq degan roviymaski,
Tariqatin bajo aylasam.
Din eskidir, diyonat eski,
Vafo eski, xiyonat eski,
Qarşimdagi Usmon emaski,
Özni tiyib hayo aylasam.
Vazn eski, turoq eski,
Köksimdagi firoq eski,
Bu gaplar yangilikmas-ku
Şoirlikka daʼvo aylasam.
* * *
Qaynoq bösalarni soğindim
Va kimnidir sevib qolişni.
Döstlar bilan şarob sipqorib,
Husnbuzarimdan nolişni.
Suruv boqib keng dalalarda,
Tongni şomga ulardim arang.
Balon yoqib tunning qöynida,
Tayoq uçun yönardim zarang.
Ezib kuylar qurbaqa – hofiz,
Qöşni qizning iti yodimda.
Men yolğizman, koinot yolğiz,
Faqat tuyğu bor bisotimda.
Afsus, bari ötmişda qolgan,
Tubsiz jarga ketganday çökib.
Elitmaydi şarob ruhimni,
Zavq topmayman tamaki çekib.
Yölga çiqdim yöllar qulluq deb,
Kuylab eski asotirlarni.
Soğinç borar iç-etimni yeb,
Taʼqib etib xavotirlarim.
Bir lahzaga qaytolmayman, oh,
Endi na ruh, na qalb bokira.
Meni ezar ikki zolim şoh –
Biri – umid, biri – xotira!
* * *
Sevgilim, kördingmi – sinib tuşdi oy,
Sevgilim, yulduzlar qular aftoda.
Sevgilim, dunyoda qolmadi çiroy,
Keçagi orzular bugun ğamboda.
Sevgilim, dunyoning işini qara,
Qismat ters ögrildi bizga kelganda.
Sen yiğlab ötasan, men esa isyon…
Mayli qilaversin Xudo bilganin.
Bilaman, tanangga siğmayapti ruh,
Bilaman, bu hisni tizginlaş qiyin.
Sevgilim, boşingni sajdaga qöygin,
Men esa kundaga qöygum atayin.
Sevgilim, şu erur işqning matlabi,
Kuyinma, bir kuni baxtga yetasan.
Men esa intilib dor oğoçiga,
Ğamgin şeʼrlar yozib ötib ketaman.
* * *
Beğuborsan haddan ziyoda,
Boğlagansan özingni ipsiz.
Umidlaring köpdir dunyodan,
köp narsani bilmaysan, essiz.
Vafo kutma heç qaçon bunda,
Aytganingdek, ötkinçi bari.
Va özingni asragin mendan,
Xudoning men sevgan asari.
Bilsang, jonim, barçasi sarob,
Bir kun ğoyib bölgay ilkisdan.
Hayotimsiz, deysan entikib,
Ammo hayot boqiy emas-da…
* * *
Sevgilim!
Toşkentda qor yoğmoqda, kel,
Uni sevarding-ku haddan ziyoda.
Qara, falak senga uzatmoqda qöl,
Töyganing bilganday qorsiz dunyodan.
Otilib çiqaman dimiqqan uydan,
Şaharni bağrimga bosaman ilkis.
Men bir daydi şoir işqingda kuygan,
Sen esa Bilqissan, sen esa Bilqis!
Soçimga qor qöndi, rangim oqardi,
Qismatga ming bora ayladim taʼzim.
Avval bulut edim – kökdan boqardim,
Bilsang endi men ham qorman, azizim.
Bas! Yetar!
Dimiqqan xonangdan voz keç,
Axir, çarçagansan haddan ziyoda.
Sitora, özing ham öyladingmi heç?
Sen yaşay olmaysan qorsiz dunyoda.
* * *
Sehrli kulgular aldadi meni,
Yoqimli tuyğular aldadi meni,
Unutdim eng oliy maqsad neligin…
Ğaflatli uyqular aldadi meni.
Köp çopdim, har yonga halloslab,
Özimni zörlarga taqqoslab,
Borim deb, labimga bosib lab:
“Bolman”, deb oğular aldadi meni.
Uy dedim, joy dedim, töy dedim,
Şeʼr dedim va qöşiq, kuy dedim,
Boşimda ming bitta öy dedim,
Ötkinçi qayğular aldadi meni.
Sehrli kulgular aldadi meni,
Yoqimli tuyğular aldadi meni,
Tangrim, özing meni uyğotib yubor,
Bomdodda uyqular aldadi meni.
Ravşan HAQMUROD
1993-yili Qaşqadaryo viloyati Koson tumani Pistali qişloğida tuğilgan.
“Yangi rivoyat” nomli kitobi naşr etilgan.
Toşkent davlat agrar universiteti talabasi.
2024/12
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida