Fidoyi olimlarimizdan biri Sirojiddin Ahmad umrini jadidlar hayoti va ijodiy merosini tadqiq etişga bağişlagan. Uning özi ham uluğ maʼrifatparvarlar singari “xodim ul-millat” bölişni niyat qildi va şunga monand umr yölini bosib ötdi. Kamtar inson ziyoliga xos ravişda kibrlanmadi, kekkaymadi. Söz bersa gapirdi, tilanib söz olmadi. Ilmda ikkilanib, farazlarga berilmadi, millat tarixidagi haqiqatni aniq dalillar bilan körsatdi. Şon-şuhrat yoki amal-martaba qayğusida emas, millat ilinjida xizmat qildi, e’zoz topdi. Xurşid Döstmuhammad bir uçraşuvda u kişini “XXI asr jadidi” deb atagandi. Yozuvçi nihoyatda xos va mos taşbehni topib aytdi. Ha, insonning amali qismatiga aylanadi. Agar aʼmoli haqiqat va ezgulik yölidagi maʼrifatparvarlik bilan boğlansa, bilingki, uni Yaratgan siylabdi…
– Neça yillardan buyon davlat arxivlarida sarğaygan qoğozlar orasiga yaşirilgan, ha, ataylab bekitilgan haqiqat izlarini topiş maşaqqatini çekmoqdasiz. Aynan mana şu sohani tanlaşingizning sababi nima?
– Savolingizga javoban “Hayot – ustoz, turmuş – muallim”, degan bir jumla bilan qanoatlansam bölardi. Ammo bu javob biroz qisinti. Yoşligimdayoq eski şahar bilan yangi şaharning farqini “oğa”larimiz körsatib qöyganini fahmlardim. Hali ijtimoiy-siyosiy jihatdan közi oçilmagan ğör bolani janubiy viloyatlarga hayot majburiyati sababli qilingan sayohat birdaniga bir neça yoşga ulğaytirdi.
1966-yilgi zilzila, 1967-yilgi “Paxtakor” voqealari, mahalliy aholiga qurilgan uylarga binokorlarning özlari joylaşib olişi ta’sirida mafkura va milliy madaniyatga siyqa qaraşlar özgardi. Biz özligimizni, özagimizni, teran tomirlarimizni ilğay boşladik.
Mustaqillik arafasi va dastlabki yillarni xotirlang: matbuot xodimlari, adabiyotşunoslar, yozuvçilar milliy madaniyatimizning xufiya sahifalarini tiklaşga kirişdilar. Oçilgan sirlar faqatgina yoşlarni emas, balki tarixiy voqealarning bevosita guvohi bölgan kişilarni ham şoşirib qöydi. Davr olimlar oldiga keçiktirib bölmas talab qöydi: yaqin ötmişimizning qoronği puçmoqlarini dalillar, raqamlar, guvohlarning xotiralari orqali yoritiş. Adolat bilan yozilgan tadqiqotlargina xalqimiz va istiqbolga beminnat xizmat qiladi. Olimlar har masalada öz millatining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy manfaatini yuqori qöyişlari kerak. Aks holda, biz yana aldanamiz.
– Mahmudxöja Behbudiy, Munavvarqori Abduraşidxonov, Abdulla Avloniy, Ğozi Yunus kabi millat oydinlari haqida jiddiy tadqiqotlar olib bordingiz. Ularning har biri alohida fenomen. Bugun yurt istiqboli uçun aynan şunday şaxslarga ehtiyoj sezilmayaptimikin?
– Tarixning odil hukmiça, har bir xalq Mahmudxöja Behbudiy, Munavvarqori Abduraşidxonov, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid Çölpon, Ğozi Yunus, Mannon Uyğur kabi buyuklarga doimo muhtojlik sezadi. Çunki ular öz millatining közgusi, ezgulikka eltuvçi yalovbardorlaridir. Atrofimizdagi xalqlarga nazar taşlang, ularda şunday alplar bormi? Ayni damda ikkimiz eslagan uluğlar har qanday mamlakatga şaraf keltiruvçi siymolardir. Şu bois xalqimizning ularga mehri sira sönmaydi, borgan sayin kuçliroq tovlanaveradi. Mana, 2020-yili yurtimizda Mahmudxöja Behbudiy tavalludining 145 yilligi keng nişonlanar ekan, bundan faqat biz yutamiz, ma’naviyatimiz yutadi.
– Ötgan yili Abdulla Qodiriy yubileyi ham ana şunday tantana qilingan edi. Adib siyrati asarlari bilan çambarças örganilsa, köplab kutilmagan ma’lumotlar yuzaga qalqib çiqişi mumkin. Bugun Abdulla Qodiriy haqida qanday yangi gaplarni aytgan bölar edingiz?
– Bul zot haqida köp olimlarimiz yozdi. Ayniqsa, Bahodir Karim katta işlar qildi. Sanobarxon, özingiz ham hazilakam tadqiqot yaratmadingiz. Adibning hayoti va ijodi yaxşigina örganildi. Ammo u yaşagan davrga tarix kesimida qaraydigan bölsak, hali köplab ilmiy izlanişlarga ehtiyoj seziladi. Özbekka xos axloq, muomala madaniyati, xalqimiz psixologiyasi aks ettirilişi, el san’ati va el adabiyoti (folklor)ning, “Farhod-Şirin”, “Vomiq-Uzro”, “Asli-Karam”, “Böz yigit” va boşqa asarlarning adib ijodiga ta’siri, uning luğatçilik va tarjimonlik faoliyati, xossatan, öz davrining yoş islohotçisi ekaniga nazar solganimizça yöq. Din-dindor, bid’at masalasini-ku qöyavering…
– Yaqinda juda kam nusxada bölsa-da naşrdan çiqqan “Milliy hurriyat adabiyoti” kitobingiz xalqimiz uçun juda katta tuhfa böldi. Risolaning mundarijasi noan’anaviyligi bilan e’tiborni tortdi. Fasl nomlari ham ötgan asr boşidagi jadidlarning kitobni tartiblaş usulini eslatadi. “Ğorat yoxud harbiy kommunizm davri”, “Milliy qarama-qarşi turiş adabiyoti” kabi bölimlarni şunday ataşdan maqsad nima edi?
– Bilasizki, uzoq muddat Çölpon, Fitrat, Qodiriy, Ğozi Yunus, hatto Avloniyning nomi tarix sahifasidan olib taşlandi. Ularning aksariyati siyosiy va fuqarolik jihatdan oqlanganidan keyin ham asarlari bosilmadi. Man qilinsa ham, qisqartirişlar bilan çiqarildi. Xöş, nomlari zikr etilgan adiblar va nomlari zikr etilmagan davlat va madaniyat arboblarining aybi ne edi, nega ular qatağon qilindi?!
Sobiq ikki imperiya qöl ostidagi qardoş xalqlarning qay biriga nazar taşlamang, boşida doimo qiliç, miltiq turganiga şohid bölasiz. Sababi, har ikki saltanatning pardalangan siyosati böyiça turkiylar rus xalqi tarkibiga singdirib yuborilişi, ya’ni assimilyatsiya qilinişi şart edi. Butun tarğibot-taşviqot şunga qaratilgan. Fikrimning isboti uçun bir misol keltiraman: qoraqalpoq filolog olimi Najmiddin Dovqarayev öz xalqining yozma va oğzaki adabiyotini örganib, tört jildlik asar yozgan. Rus madaniyatining ijobiy ta’sirini körsatmagansan, deb doktorlik dissertatsiyasi tasdiqlanişini ortga surişdi. “Qoraqalpoğistondan ança olisda bölgan rus adabiyotining bizga qanday ta’siri sezilişi mumkin”, degan haqli savoli uçun unga mafkura pardasi ostidagi şovinistlar qança azob berişdi. Iste’dodli olimning yoşgina vafot etişiga sababçi böldilar.
Şöro hukumati Örta Osiyo xalqiga va’da qilingan ozodlikni bermadi. Mahmudxöja Behbudiy, Munavvarqori Abduraşidxonov singari ziyolilarimiz “Haq olinur, berilmas”ligini juda yaxşi tuşunib yetdilar. Maskov olib borayotgan ikki yuzlama siyosatga qarşi turganlari uçun ham aziz hayotlaridan ayrildilar. Atoqli davlat arbobi Xidir Aliyev Maskovga ketib, joniga qasd qilişdan oldin “Biz ham byudjet nimaligini tuşunib qoldik”, degan ekan. Oxiri uning jasadi krematoriyda kuydirildi. Adabiyotimiz namoyandalari mavjud vaziyatdan keskin noroziliklarini baralla bildirdilar. Demak, bizning faqatgina ziyolilarimiz, arboblarimiz emas, balki adabiyotimiz mustabid mustamlakaçi tuzumga qarşi turdi. Şu bois kitobni “Milliy qarama-qarşi turiş adabiyoti” deb qöygan edim, keyin döstlarning taklifi bilan “Milliy hurriyat adabiyoti” deb ataldi.
Inqilobning dastlabki yili “harbiy kommunizm davri” deb ataldi. Qizillar şu bahonada aqliga siqqan nomaʼqulçilikni qildilar. Xalqning madaniy va moddiy mulki ayovsiz talandi. Ulkan madaniyat va köhna tarixga ega, jahon ilm-faniga olamşumul hissa qöşgan xalqni öz köziga madaniyatsiz körsatişga intildilar. Ana şu siyosiy-harbiy holat “Milliy qarama-qarşi turiş adabiyoti”ni vujudga keltirdi. Atoqli jamoat arbobi Nizomiddin Xöjayev şörolar syezdida kim nima desa, deyaversin, men qul emasman, degan. Şoir Çölpon “kişan kiyma” deb jar solgan. Maqsad – xalqimiz va adabiyotimizning maş’um tarixiy voqealarga siyosiy munosabatini, zulmga qarşi turişini körsatiş.
– Yana şu kitobdagi “Olaböji izlaş yoxud millatga, milliy madaniyatga qarşi terror”, “Zamon va sovuq ziyolilar” degan fasllarda özbek ziyolilari orasida yuz bergan içki bölinişning asl sabablarini izohlaşga çoğlangansiz.
– Turkistondagi jiddiy ma’naviy va jismoniy qarşilikni körgan şöro hukumatining mafkurabozlari har bir xalqning qoloq qismidan öz madaniyati, milliy hurriyatiga qarşi turuvçilar guruhini tarbiyaladi. Xalqim, vatanim deb yaşaydigan kişilarni tarix va siyosat sahnasidan yöqotiş uçun “Olaböji izlaş yoxud millatga, milliy madaniyatga qarşi terror”ni ularning qöli bilan işga soldi. Siz aytgan içki böliniş sun’iy ravişda vujudga keltirildi. Milliy madaniyati va mustaqilligiga avomlarça munosabatda bölgan kişilar özlarini “sovuq ziyolilar… temir kurakçilar” deb ataşdi. Ularning çiqişlari Xitoyda ötgan madaniy inqilob davridagi xunveybinlar harakatidan farq qilmaydi.
Ammo… xirmontepa endi bizniki, deb öylaganlar çuçvarani xom sanagan edi. Ular boşoq u yoqda tursin, hatto bitta donni Maskovning iznisiz oliş vakolatiga ega emasdi. 1937– va 1950-yillar qatağoni ularning ham safini juda siyraklaştirib qöydi. Bunga tarix şohid. Zotan, bölinganni böri yer, ayrilganni – ayiq…
Vatanimiz tarixi, adabiyoti, san’ati Tangritoğdek ulkan va jozibador, örganilmagan tomonlari hali juda köp. Biz hali özligimizni töla kaşf etganimiz yöq. Har bir tadqiqotçi, har bir ziyoli özagiga yaqinlaşgani sari tarixning köhna sahifalarini oçaveradi va ona xalqining nihoyatda körkamligini yurakdan his qilaveradi, muhabbati oşaveradi. Vatanni sevmaslikdan, unga maftun bölmaslikdan, millat foydasiga işlamaslikdan Yaratganning özi asrasin.
Sanobar TÖLAGANOVA
suhbatlaşdi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


