4 daqiqada öqiladi

164 marta körilgan

Muhabbat “bomba”si

Albert Eynşteyn

Albert Eynşteynning qizi Lizerlga yozgan maktubi

 

1922-yili XX asrning eng maşhur şaxs­laridan biri, fizik olim Albert Eynşteyn Yaponiya poytaxti Tokioga maʼruza öqişga keladi. Olim mehmonxonadaligida, eşik taqillab, xat taşuvçi qölida şoşilinçnoma bilan kelib qoladi. Öşanda Eynşteynning çöntagida çoyçaqa berişga puli bölmaydimi yoki poçtaçi yapon anʼanalariga köra çoy­çaqadan voz keçadimi, işqilib, olim, qanday bölmasin, minnatdorlik bildiriş niya­tida bir enlik qoğozga bir neçta sözlarni yozib, poçtaçiga beradi. Eynşteyn hozirgina  fizika böyiça Nobel mukofotiga sazovor bölganidan xabar topgan edi. Xat taşuvçining qölidagi qoğozçaga esa quyidagi sözlar yozilgandi: “Osoyişta va kamtarona hayot, muvaffaqiyatga intiliş va unga hamroh böladigan doimiy taşvişdan köra köproq baxt keltiradi”. Şunday bölsa-da, maşhur olimning ham hayotida oğriqli nuqtalari bor edi. Albert Eynşteyn tönğiç farzandi – qizi Lizerl Eynşteynni qöliga oliş tugul, hatto körolmaydi ham. Gap şundaki, avvalboşda yoş olimning qöli kaltalik qilib, rafiqasi Mileva Mariçni ota uyiga jönatişga majbur böladi va öşa yerda qizaloq Lizerl dunyoga keladi. Qizaloq ikki yoşga ham tölmay qizilça bilan oğrib, vafot etadi. Oradan vaqt ötib, Eynşteyn özi körmagan qizaloğiga mehr-muhabbatga töla maktub bitadi. Bu maktubni çindan olim yozgan-yozmaganligi haqida turli qaraşlar mavjud, lekin dunyoni asrab qoluvçi “bomba” haqidagi hikmatli maktubni sizga ham ilindik.

“Nisbiylik nazariyasi”ni ilgari surganimda, aksar odamlar meni tuşunmagan edi. Insoniyatga yetkaziş uçun hozir senga maʼlum qiladiganlarimni ham tuşunmasliklari yoxud notöğri tuşunişlari turgan gap. Quyida yozganlarimni jamiyat tuşunadigan ahvolga yetib kelmaguniça yillab, yoinki ön yillab sir saqlaşingni sörayman. Bularni tuşunişingni emas, şunçaki boriça qabul qilişingni istayman.

Butun borliqda hozirga qadar ilm-fan tuşuntirib berolmagan kuç-qudrat mavjud. Bu şunday kuçki, boşqa barça kuçlarni öz “komiga tortadi” va ularni boşqaradi. Köplarini hali körmagan va körganimizni ham anglab ulgurmagan voqea-hodisalar ortida ham ana öşa Kuç turadi. Bu kuç-qudrat Muhabbat deb ata­ladi!

Olimlar Koinotning yagona nazariyasini qidirarkanlar, közga körinmaydigan eng qudratli kuçni yodlaridan çiqarib qöyişdi. Ular odamlarni bir-biriga intilişga majbur qiladigan gravitatsiya kuçiga bepisand qaradilar. Faqat nurdan iborat bölgan va öşa nurni ulaşayotgan-u qabul qilayotgannigina porlatadigan kuçni unutdilar. Hayotimizdagi ezguliklarni yuzaga çiqarguvçi hamda ziyoda qilguvçi, jami insoniyatni kör-körona xudbinlik qaʼriga ğarq bölişdan asraguvçi Muhabbatni esga olmadilar.

Biz Muhabbat uçun yaşaymiz va Muhabbat uçun jon beramiz. Sevmoq Yaratmoqdir, Yaratmoq – sevmoq. Muhabbat kuçi tufayligina barçasiga javob topa olamiz, hayotimizga mazmun kirita olamiz. Başariyat Muhabbatni uzoq vaqt rad etib keldi, negaki undan yurak hovuçlab yurdi. Muhabbatni boşqarib bölmaydi, uning qiymati çeksiz va ilmiy nuqtai nazardan ham tuşuntirişning iloji yöq. Ehtimol, şuning uçun ham xiyla uzoq vaqt davomida eʼtibordan çetda qolib kelgan tuyğu hisoblanar.

Muhabbatni ifodalaş uçun özimning maşhur formulam – E=mc2 dan foydalandim va unga oddiy bir özgartiriş kiritdim. Agar mana şu tenglamani qöllagan holda, Muhabbatni yoruğlik tezligi kvadratiga köpaytirsak, butun dunyoning dardiga davo böladigan energiyani olişimiz mumkin ekan. Ana şunda biz Muhabbatning eng buyuk kuç ekanligiga amin bölamiz, çunki bu kuçning çegarasi yöq.

Insoniyat koinot kuçlarini idora qilişga behuda urinmasligi lozim, aks holda, bu kuçlar özimizga qarşi çiqişi mumkin. Şu nuqtai nazardan, umumbaşariy najot uçun insoniyat muhabbat energiyasiga şönğişi kerak…

Muhabbat energiyasi insoniyatga Yerdagi har bir tirik jon omon qolişi uçun ham zarur. Bu eng töğri javob va yagona töğri yeçimdir. Faqat Muhabbat orqali hayotimiz maʼnosini topa olamiz, dunyoni va har bir anglaguvçi hamda his qilguvçi mavjudotlarni saqlab qola olamiz. Faqat Muhabbat orqali sivilizatsiyamizning yaşab qolişiga yordam bera olamiz.

Biz içimizdagi Muhabbatning buyuk kuçini parvarişlaşni va uni baham körişni örganişimiz kerak, qizaloğim Lizerl. Yer yuzida yaşovçi har bir inson, butun koinot Muhabbatning har qanday kuçdan ustun kelişga qodir ekanligini anglaşi va qabul qilişi zarur, çunki Muhabbat hayotimizning asl mohiyatidir.

Hozirça insoniyat nafrat, xudbinlik, yolğon va oçközlikni, sayyoramizni xarobaga aylantirib, yeb bitiradigan illatlarni yer bilan yakson qilguvçi baquvvat uskuna – “muhabbat bombasi”ni ixtiro qilişga tayyor emas. Lekin bu hozirça, xolos… Şunday kun keladiki, olimlar, albatta, muhabbat bombasini ixtiro qilişga kiri­şişadi. Ana öşanda köksida mittigina, ammo quvvati zör Muhabbat generatori bölgan har bir odam mana şu loyihada iştirok etadi. Har birimizning içimizdagi yuzaga çiqmagan Muhabbat energiyasi allazamonlardan beri ozod bölişni kutib yotibdi.

Odamlar Muhabbat energiyasini ulaşişni va qabul aylaşni, albatta, örganib olişadi, qizaloğim Lizerl. Muhabbat ğoliblik demak, nega desang, u şunday ulkan energiyaki, barçasini özgartirişga qodir.

Umrim davomida sen uçun sassiz-sadosiz urib kelgan yu­ragimdagilarni izhor qilolmaganimdan çuqur afsusdaman. Ehtimol, uzr söraşga juda keç qolgandirman, lekin vaqt nisbiy tuşunça. Şuni bilginki, nuridiydam Lizerl, seni jonimdan ortiq yaxşi köraman, sening şarofating bilan hayotimdagi yakuniy javobni topişga muvaffaq böldim.

 

Otang Albert Eynşteyn”

Ahror ABDURAHMON tarjimasi

2024/2

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)