12 daqiqada öqiladi

345 marta körilgan

Yöllar turli-tuman, ammo mezonlar özgarmas

Yöllar turli-tuman, ammo mezonlar özgarmas

Ön yilça oldin adabiy jamoatçilik luğatida “bozor adabiyoti” degan atama paydo böldi. Til ham örgandi, quloq ham. Bir qarasang binoyidek, ammo haqqingiz ketganini sezasiz! “Adabiyotni ham bozorga solib böladimi?” deb öylaysiz. Ammo hurmatli adiblarimizdan biri: “Har qanday adabiy jarayon özining içki qonuniyatlariga böysunadi. Adabiyotda qanday asarlar yaratilyapti, ijodiy muhit, kayfiyat qanday, badiiylik mezonlari töğri tanlanganmi-yöqmi – bularning bari öşa qonuniyatning samarasi…

Adabiy jarayondagi har qanday yangilaniş, intiliş munosabat bilan tirik. Munosabat – badiiy ijodga hayot baxş etuvçi qudratli kuç. Bizning “bozor adabiyoti”miz malakali va xolis munosabatga juda muhtoj!” deb aytgandan söng hayron bölib qoldik.

Bu haqda yoş ijodkorlar nima der ekan?

Saʼdullo QURONOV:

– Ijodkor şaxs – ijtimoiylik farzandi. Şunday ekan, uning dunyoqaraşi, turiş-turmuşi şu ijtimoiylikning tutumlari bilan uyğun holda keçadi. Bugun bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatda yaşayotganimizni his qilişimiz uçun atrofga “közlarimizni katta-katta oçib qaraşimiz” şart emas. Obrazli qilib aytganda, bozor kayfiyati ruhimizga singib ketdi. Keyingi paytlar adabiy jarayonda ayni şu mavzu köp kötarilyapti, nazarimda. Matbuotda, televideniye va radioda bot-bot çiqişlar qilinsa-da, sezilarli natija yöq. Nega? Bu savolga javobni ziyolilarning har biri özidan qidirişi kerakday. Mana biz, hammamiz matbuotda, ijodga yaqin sohalarda işlayapmiz. Döstlarimiz, hamkasblarimiz va özimiz ham kitob çiqarganmiz, jilla qursa, şunga öxşaş masalalarga aralaşganmiz. Xöş, qaysi ijodkor bugun kitob çiqarar ekan, bozorboplik masalasini çetlab öta oladi?! Kitobning dizayni, nomi, heç bölmasa, qoğozi bozor talabiga moslaştirilmayaptimi?! Endi mavzuning bozorbop qilib tanlanişiyu ommaviy öquvçini nazarda tutib kitob çiqarişni qöyavering. Nima, “Daydi qizning daftari” kabi nomlar faqatgina muallifning didsizligiyu noşirning savodsizligi bilan paydo bölibdimi? Yöq, buning ortida öşa bozor turibdi…

Aytmoqçi bölganim, "bozor adabiyoti" şu ijtimoiy-iqtisodiy zarurat yuzasidan çiqayotgan tabiiy hodisa ekanini nazardan qoçirmasligimiz kerak. Aks holda, soğlom fikrlaşdan qoçib, hayot haqiqatlaridan yuz ögirgan bölamiz.

Men bu bilan şamol qayoqqa essa, şunga qarab ketaveraylik, demoqçi emasman. Şunçaki, şamolga qarşi turganimizni eslatib ötmoqçiman, xolos. Albatta, “bozor adabiyoti”ga butunlay barham berib bölmasa-da, muayyan çora-tadbirlar bilan muvozanatni saqlab turiş mumkin. Gapning indallosini aytadigan bölsak, bu muvozanat tizginini uşlab turiş faqat ijodkorga boğliq emas.

Behzod QOBULOV:

– Mening kuzatişlarimga qaraganda, bugun bozorgir (“bozor adabiyoti” demaylik, “bozorgir asarlar” deyilsa, asliga töğri böladi, şekilli) asarlar haqidagi tanqidiy-tahliliy fikrlarni umumlaştirsak, adabiyotşunoslikning bu boradagi konseptual qaraşlarini qayta baholaş, özgartiriş zarurati haqida gap ketayotgani oydinlaşadi. Sodda qilib aytganda, ilm bugungi adabiy jarayonni baholaşning metodologiyasini özgartirişi kerak, degan fikrdaman. Adabiy janrlarning tipologiyasi evolyutsiyaga uçraganini va bu jahon adabiyotida ança burun boşlanganini nazarda tutib, endilikda janr xususiyatlarini nazariy jihatdan uzil-kesil şarhlaş, farqlaş kerak. Öşandagina bu jiddiy va bu siyqa degan yalpi bölinişda mantiq böladi. Hozirgi munosabatlarda jöyali nazariy asosning yöqligi, fikrlarning hissiyotlargagina asoslanib qolayotgani yozarlarni ham, öquvçilarni ham, olimlarni ham qoniqtirmayapti. Biz har qanday asarga janr talablariga muvofiq baho berişimiz kerak. Yozuvçiga ham, olimga ham, köngilli bir tahlilçiga ham yagona nazariy asos kerak. Nazariyaga köz taşlamay turib, taassuf va taassurotlarni qalaştirib taşlaş, aytilajak fikr quvvatini susaytiradi. Yana bir gap. Siz bozor haqiqatlarini katta bir kuçga qiyos qilibsiz. Bu – xato fikr. Odamzod ming yillardan beri bozor atrofida aylanadi. Bozor geografik tuşunça, moddiyat kasb etgan maydon emas, uning juda çuqur maʼnolari bor. Dunyoning boqiy sifatlaridan biri ham – bozor. Har qalbning yaratiğiga talabgor bor – talab va taklif aro boğlanişda hayotning köhna mantiği mavjud. Bozor biz uçun yangilik emas. Ilm va adabiyotning ommaviy özlaştirilişi hamişa öz maromida keçgan, bu jarayonga katalizatorning heç bir keragi yöq, aks taʼsir qilişi mumkin. Adabiy jarayonga bozorning taʼsiri haqida gap sotiş bemaʼni tuyuladi menga. Sotsiologlar, faylasuflar bu haqda öylaşayotgandir. Fanning qamrovidan çekiniş, zimmasiga ulkan yuk ortib qöyiş depsinişga olib keladi. Sistemalar, tuzumlar haqida bahslaşiş ilmning özagidan çalğitadi.

Jasur KENGBOY:

– Men adabiyotşunos emasman. Ammo bir öquvçi sifatida, köp qatori badiiy baquvvat, mağizli asarlar bilan “karra jadvali”dan iborat bitiklarning farqini sezaman. Suhbatimizda kötarilayotgan mavzu – asl adabiyot va “bozorgir adabiyot” degan narsaning ahamiyati unça yöq men uçun. Nega? Mening nazarimda, adabiyot – adabiyot degani. Bozorbop nom qöyilib, ohanjama dizaynda çiqarilgan kitoblar orasida adabiyotga daxldori yöq, deyişga şoşmaylik. Ayni paytda adabiyotşunoslarimiz kökka kötarib maqtaydigan asarlar içida ikki sahifasidan u yoğiga odam esnay boşlaydiganlari ham topilsa kerak…

Demak, hamma gap – adabiyotning mazmun-mohiyati, mağzida. Bugun istagan kutubxonangizga kiring: biz ikki qutbga ajratib, gapirayotgan adabiyotning ikkisi ham öz mijozi – isteʼmolçisini topganini köramiz. Faqat… rastabop, bozor qonuniyatlariga sözsiz böysungan kitoblar çaqqon sotiladi.

Xöş, nega bugungi yozuvçi zap asar yozib, uni bozorgir qilişga qiziqmasin ekan? Özi asar yozsa, özi pul tölab naşr qildirsa, sotiş ham öz gardaniga tuşsa… Yozuvçini çalğitadigan, çarçatadigan iş emasmi bular? Undan köra, asarni ham pişiq bitib, kitob nomidan tortib rangi-röyigaça jozibador, xaridorgir qilgani behroq emasmi? Albatta, bu fikrlarimni “bozor adabiyoti”ni qöllab-quvvatlaş deb tuşunmaslik kerak. Fikrimça, adabiyot mezonlari davrlar oşa özgarib tursa-da, öquvçining adabiyotdan kutadigani, umidi asliça qolgan – yangi ğoya, yangi gap, yangi tasvir. Kitobxonni puç ğoyalar bilan bir aldasangiz, qaytib mehrini qozonib bölmaydi. Şuning uçun adabiyotning qay yöldan ketişi, qaysi mezonlar asosida yaşab qolişi alal-oqibat adibga boğliq bölib qolaveradi.

Umid YOQUBOV:

– Yozuvçi aslida qutuliş uçun yozadi. Yozadi, özini qiynayotgan his-tuyğulardan ozgina qutuladi. Tamom. Ammo u yozganlarini kimdir öqişini istaşi bilan, ha, aynan çop etişi emas, istaşi bilan bozorga kiradi. Bozor esa olağovur. Heç kim öz mahsulotini yomon demaydi:

“Ixtilofi juzv ila kun mundadur –

Kim taraqqiyu tanazzul mundadur…”

(Alişer Navoy).

XX asr özbek nasri xulqlanişni hayotiy maqsad, ahdni eʼtiqod, vafoni hayo, öziga sadoqatni burç deb bilişdan boşlangandi. Bu inson ğalabasini, Eşqobil Şukur tili bilan aytganda, “insonni insonday körmoq orzusi” edi. Bugun esa şu boşlanmaga qaytişning özi katta gap bölib qoldi. Çunki yillar töfonida bu qaraşlar evrildi, özgarmoqda (bu ham mobil telefon rivojiga öxşaydi-da: u dastlab faqat gaplaşiş vositasi bölgan bölsa, hozir uning dasturlari bitta odamning vaqtini bemalol olişga yetadi, hamma gap şu vaqtning qanday taqsimlanişi, istifoda qilinişida). Şunday ekan, adabiyotning ham hamişa yaxşi maʼnoda öz bozori bölgan, deyişsa, yoqavayron bölmang. Faqat bu bozor halol savdoga asoslanişi lozim. Yaʼni, sotuvçi öz xaridoriga sifatli asar yetkazib berişi kerak: geni özgartirilgan yo kimyoviy öğitlar bilan kökartirilgan narsasini toza, tabiiy mahsulot deb ötkazişga uriniş – oçiq pastkaşlik, muttahamlik.

Bu masalada yana bir jihat: “maʼnaviy hamyon” masalasi. Bozorga bodini körgani bormaydilar, deyişadi, odamning nimadir xarid qiliş maqsadi böladi. Ammo xarid qurğur hamyonga yaraşa-da. Öquvçi ham badiiy adabiyotni “maʼnaviy hamyoni”ga yaraşa xarid qiladi. Hamyoni böş odamni “Qimmatbaho narsani nega sotib olmading?” deb söroqqa tutiş behuda.

Jasur KENGBOY:

– Yaxşi, isteʼdodli adiblar avlodi qaysi davrda köproq yetişib çiqqan bölsa, öşa zamonda adabiyotning piligi baland, ijodkorning ham manglayi yarqiroq bölgan. Tarixga qarang – ming bitta dalil. Şunday ekan, haqiqiy adib, haqiqiy ijod özi qanday böladi, degan savol doim bizni qiynaşi kerak, deb öylayman. “Haqiqiy yozuvçi – öng-söliga qarab, ehtiyot bilan qadam bosişga fursati bölmaydi. U öz vazifasini ado etadi-yu, dunyodan ötadi. Agar siz oddiy isteʼdod egasi bölsangiz, uzoqroq yaşaşingiz kerak, negaki, tuzukroq biror narsa yoziş uçun vaqt darkor. Qobiliyatsiz yozuvçilar esa abadiy yaşamasa bölmaydi”, deydi Ernest Heminguey. Darhaqiqat, şunday. Ammo, eng açinarlisi, bugun qobiliyatsiz “ijodkor”lar ham köpayibgina ketdi-da. Böş vaqti böldi degunça kitob çiqarib taşlayotganlar qança…

Toşi yengil gazetalarning oddiy xronologik voqealar asosida töqib-biçilib, uçi-keti yöq hodisanoma bitiklari ham bir zarbda töplanib, qalin-qalin asar, detektiv kitoblar şaklida rastaga çiqarilmoqda. Buning oqibati hammani öylantirişi kerak…
Odob bozorda sotilmaydi, deydi xalqimiz. Asosi, tayanç nuqtasi odob hisoblangan adabiyot ham bozorga solinmaydi. Bozorga solindimi endi, u adabiyot emas, qiymati uç pulga qimmat matohga aylanadi-qoladi. Men, şundan asrasin, deyman.

Behzod QOBULOV:

– Körayapmizki, masalaga har xil nuqtayi nazardan yondaşiş mumkin va şunday bölişi ham kerak. Jasurbek aytganday, adabiyotni farqlamay, ajratmay qöyaqoliş prinsipi bugungi aksariyat ziyolilarning yöli, tutumi. Bunda ular haq. Lekin adabiyotşunoslik ilmi bunday yöl tuta olmaydi. Çunki u alohida bir şaxsning imkoniyatlari bilan çegaralanmaydi. Aniqroği, xalq, ziyolilar, qolaversa, yozuvçilarning özi ham bu maydonga çiqqan kattayu kiçikning jami yozganiga munosabat kutadi. Demak, tahlil uçun material haddan ziyod köpaygan bir paytda adabiyotşunoslik ularni turkumlaşi kerak edi. “Bozor adabiyoti”, “bozorgir adabiyot” deganlari şunday ehtiyoj tufayli paydo bölgan tuşunçalardir. Bunday ajratişning öziyoq, aslida bozorgir asarlar turkumiga xolis va haqqoniy munosabatdir. Ijobiy va salbiy xususiyatlari bilan birgalikda bu adabiyot bugungi özbek adabiyotining uzviy bir qismini taşkil qiladi. Faqat asar fabulasida, tasvirda, syujet yaratişda adib, öquvçining savqi tabiiysini inobatga olgan holda, qayerda qanday ğirromlik qilganini …şunoslar juda yaxşi biladi. Aslida, bizning gurungimiz ana öşa ğirromlik ustida boryapti, nazarimda.

Umid YOQUBOV:

 – Öquvçi kutilganidan kamroq öqiyotgani, adabiy saviya, did pasayib ketayotgani haqida köp gap bölmoqda. Albatta, quruq diydiyo bilan iş bitmaydi. Prezidentimiz taʼkidlaganidek: “Endi odamlar, yoşlar kitob öqimay qöydi, deb faqat nolib ötirmasdan, taʼsirçan zamonaviy axborot vositalari orqali adabiyotimizni keng tarğib etiş, xususan, internet imkoniyatlaridan foydalanib, yetuk badiiy asarlarni yoşlarga yetkaziş ustida ham jiddiy boş qotiriş zarur”.

Foydali oziq-ovqat tanimizga quvvat, ruhimizga darmon beradi. Şunday ekan, nazarimda, badiiy adabiyotning ham bitta mezoni bor – inson ruhiga, maʼnaviyatiga foydali bölişi.

Sof badiiyat – insonning öz-özi (nafsi, istaklari) bilan mangu kuraşi, qadriyatlar, tutumlar taftişi ifodasi. U inson tafakkuri va tasavvurining badiiy inʼikosi, timsol bilan tillaşiş, dunyoni, insonni yangiça idrok etiş va öşa idrokni ifodalab, kerak bölsa, isbotlab beriş. Biroq “yoziş – tanlay oliş salohiyati” (A. Kamyu) ekanini ham unutmaslik kerak. P.Lagerkvist aytganidek, “odamning maʼnaviy ehtiyojlariga daxl qiliş sanʼatning yutuği emas”. Adabiyot – maʼnaviy tozarişga, ibodatga aylangandagina, öz mohiyatiga yaqin keladi.

Agar öquvçilar, çindan ham, “bugun taşviqoti zör, nomi ohanjama asarlarga emas, tom maʼnodagi yaxşi asarga ehtiyoj sezib qolgan” bölsa, yaxşi. “Yomondan yaxşini ajrata olib, tanlab öqişni boşlagan” bölsa-ku, nur ustiga nur. Ammo unaqa öquvçilar köp emas deb öylayman. Adaşayotgan bölsam, xursand bölardim. Masalan, yaqinda bir professor aytdi: “Taʼtilda beşta kitob öqidim”. Öqiganlari nima ekan desam, öşa, yengil-yelpi bitiklar yozib yuradigan akamizning “eʼjod” mahsuli. Kundalik gazetalarda parça öqib, asabim buzilgani uçun hayron bölib söradim: çindan yaxşi asarlarmi? Professor aytdiki: “Ha, çunki boşni oğritmaydi, odam dam oladi”. Beşta kitobni u sotib olgan. Çunki “maʼnaviy hamyon” şuni taqozo etgan. Kim bilsin, vaqti-vaqti bilan şunday ham bölib turar. Çunki özi turmuş taşvişlaridan çarçagan odam, deylik, Raskolnikov, Mişkin, Stavrogin yo Merso kabi odamning asabini egovlaydigan, biz könikkan hayot qoidalarini tan olmaydigan qahramonlarning taşvişini kötarişga majoli bormi? Özidan ortib, ularning iztirobini özida keçirişga, yaşaşga irodasi, quvvati yetadimi? Özi, şunga majburmi?

Bugun kitob rastalari va öquvçilar javonini egallab olgan “asar”larni saralab oliş, foydali-foydasizga ajratiş – adabiy tanqidning işi. Balki bizda bugun tom maʼnoda Butun va Sof adabiyot nazariyasiga ehtiyoj borligi uçun ham çin ijod bilan qalbakilik kundan-kun qorişib ketayotgandir. Balki Abdulla Qahhor singari murosasiz ustozlarning “qalampir” sözlari  yetişmayotgandir. Bilmadim. Bilganim, asarni yaxşi-yomonga ajratiş – bugun öquvçining gardanida: u beçora esa taʼmi şörmi yo tuzi kammi, aççiqmi yo öta şirinmi – baridan bir özi tatib körişga majbur.

Bu masalada körsatuvlar qilinyapti, maqolalar yozilyapti. Yaqinda bir körsatuvda öşa “yallaçi şoir” çiqib, menga yordam beringlar, aybimni tuşuntiringlar, dedi. Albatta, şunday degani uçun ham rahmat, lekin hamma bilib turgan aybini özi tuşunmayotgani – unga yordam berişning imkonsizligidan darak.

Jöramizning “qobiliyatsiz “ijodkor”lar mör-malaxdek köpayib ketgani”dan kuyunganiça bor. Ammo ularning urinişi vaqt çiğiriğidan baribir öta olmaydi, desak, özimizga taskin bergan bölamiz. Axir, ularning vaqt çiğiriğidan öta olmaganini körişni kutiş uçun umrimiz yetarmikan?!. Sabrimiz-çi?! Farzandlarimizning maʼnaviy olami nima böladi?!

Behzod QOBULOV:

– Menimça, bunday taşvişli savol qöyişga hojat yöq. Çunki sifatsiz narsalar asl bahosini juda oladi. Ehtimol, asar yozib bölingan paytidayoq muallifning özi çin qalbdan:  “Esiz vaqtim”, deb örtansa kerak. Harholda, qöliga qalam uşlagan yozar baribir özi yaratgan asarning asl bahosini sezadi, biladi, kuyunadi yoki sevinadi – azaldan şunday. Lekin Umid Yoqubov aytgan boşqa bir masala, yaʼni adabiy didning taraqqiysi qayon ketib borayotgani, çindan ham, öylovga muhtoj masaladir. Baribir, zör asarning paydo bölişi – noyob voqelik. Buni tan olişimiz kerak. Butun boşli adabiyot tarixida salmoqqa yaraydigan asarlar köp emas. Dunyoda ham, özimizda ham. Ammo bu örinda boşqa bir xosiyat bor, yaʼni ijodkor özi mansub bölgan adabiy jarayonning rivojlanib, ildamlab, yangiliklarga quçoq oçib borişini taʼmin etadi. Şu tarz keyingi hodisaga vaziyat yetiladi. Xuddi ijtimoiy munosabatlar kabi adabiy jarayonda ham xaosning muayyan tartibga kelişi, fluktuatsiya jarayoni sodir bölib, yangi tartibga boşlovçi kuçning tuğilişi uçun juda köp va xilma-xil voqelik talab etiladi. Umid Yoqubov taʼkidlaganidek, keyingi yuz yillikda negadir adabiyotimizda fikrlar maromi, ideallar kutilmagan yönalişga özgarib bordi. Qahramonlarning qadriyatlarga munosabati mutlaqo özgaça, baʼzan qörqinç tus oldi. Axloq, eʼtiqod, vafo, hayo, sadoqat, burç kabi tuşunçalarning mazmuni, sovet adabiyoti misolida, qaşşoqlaştirildi, tuzumga sadoqat boş mezon sanaldi. Hozir şunday bir fikr tuğildiki, öşa jimjimador adabiyot taʼsiridan xalos bölişni niyat qilgan davrimizda bozorgirlikka oşiqqan adiblarning birdan bodroqday köpayişi, rastalarni egallab olişi aslida kutilgan, keçişi muqarrar jarayon bölsa-çi? Çunki bitta yaxşi asarning paydo bölişi uçun yuzlab tajribalar, umri qisqa bitiklar ham kerak bölganday, asillik bilan xom-xatalani farqlaş uçun muayyan maydon, material, sodda aytganda, raqib zarurmikin, deb öylab qoldim. Ammo bu jarayonlar, adabiy reaksiyalar biz nima deb öylaşimizdan qatʼi nazar, bizning inon-ixtiyorimizdan taşqarida, öz-öziça rivojlanişini nazarda tutişimiz kerak.

Nurilla ÇORI:

Nazarimda, bugungi suhbatimiz besamar bölmadi, mavzu böyiça öz qaraşlarimiz, fikrlarimizning bir-birimizga havola etib, çiğiriqdan ötkazib oldik. Örtaga taşlangan masalalar bizni qançalik öylantirmasin, Behzod döstimizning fikriga qöşilaman: har bir asar Vaqtdan haqqoniy bahosini oladi. Olganda ham, uzoq emas, qisqa fursatda oladi. Hozirdanoq buning alomatlari sezilmoqda, odamlar ilgarigiday oldi-qoçdi hikoyalarni köp öqimayapti, bunday “asar”larni çop etayotgan naşrlarning ham bozori avvalgidek çaqqon emas. Öquvçi asl, jiddiy adabiyotga qaytmoqda. Şubhasiz, bunda davlatimiz tomonidan olib borilayotgan maʼnaviy islohotlar, çinakam kitobxonlikning tarğiboti, yoş ijodkorlarga berilayotgan eʼtibor va boşqa omillar muhim örin tutmoqda. Xalqimiz “Zar qadrini zargar biladi”, deydi. Ikkilanmasdan aytiş mumkinki, yurtdoşlarimiz orasida ana şunday yuksak taʼbli “zargar” kitobxonlar köpçilikni taşkil qiladi…

Nurilla ÇORIYEV yozib oldi.

Davra suhbati Alişer Navoiy nomidagi Özbekiston Milliy kutubxonasi bilan hamkorlikda tayyorlandi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (73)

Şeʼr ham, şoir ham millat uçun oyna

XX asr özbek şeʼriyatidagi mavzularning turfaligi, taşbehlarning ohorli ekannida ustoz şoirlarning çuqur bilim va saviyasi körinib turadi. Bu şeʼriyat tarixiy voqealarga, uluğ şaxslarga murojaat etdi, şuning barobarida…