4 daqiqada öqiladi

1 574 marta körilgan

Yangi davr şeʼriyatining Çölponi

Ayni ijodi gullagan davrida mustabid tuzum qurboni bölgan xalqimizning ötyurak farzandi Abdulhamid Sulaymon öğli Çölpon ijodiga, şaxsiyatiga qiziqiş heç qaçon sönmadi. Adib merosi, ayniqsa, istiqlol yillari yurtimizda, şuningdek, xorijda ham katta qiziqiş bilan örganila boşladi. Tatariston xalq şoiri Radif Gataşning Çölponga bağişlangan maqolasi fikrimiz isbotidir. Uşbu maqola qisqartirib eʼtiboringizga havola etilmoqda.

Yigirmançi asrning birinçi çoragida özbek adabiyotining tong yulduzi bölib balqigan, uning boyişida muhim örin egallagan şoir, şubhasiz, Çölpondir. U şeʼrlar bilan bir qatorda roman, hikoyalar yozdi. Badiiy puxta pyesalar bitib, özbek teatrlarida sahnalaştirdi. Bundan taşqari, Gotssi, Şekspir kabi adiblar asarlarini (“Turandot”, “Gamlet” va hokazo) özbek tiliga ögirdi.

Abdulhamid (Çölpon  – uning taxallusi, ayrim asarlariga  “Qalandar”, “Mirzaqalandar”, “Andijonlik”  deb  imzo qöygan) 1897-yili Andijonda Sölaymon savdogar oilasida tuğilgan. Otasi, eskiça taʼlim olgan bölsa-da,  farzandlarini  jadid madrasalarida (Andijon va Toşkentda), keyinçalik  özbek-rus maktabida öqitgan. U Qozon, Orenburg va Toşkentda bosiladigan eng yaxşi jurnalar, hattoki Misr hamda Hindistonda turkiy tilda çiqadigan gazetalargaça olgan. Şu bois Çölpon juda ziyrak, bilimdon, dunyoqaraşi keng şaxs bölib yetişdi. Şoir deyarli barça turkiy tillarda gaplaşgan. Arab, fors adabiyoti bilan bir qatorda rus, Ovrupa şeʼriyati bilan ham yaxşi taniş edi. Çölponning otasi Sulaymon ham şeʼriyatga köngil qöygan kişi bölib (u ham şeʼrlar yozgan) öziga manzur kelgan eron şeʼriyati durdonalaridan devon tuzgan.

Ahmad Zakiy Validiyning maşhur “Xotiralar” kitobini öqigan kişi biladi: muallifning butun salohiyati, pedagogik, siyosiy  faoliyati adabiyot bilan çambarças boğlangan edi. Esdaliklarida u köplab Qozon adiblarini, Orenburgdagi yozuvçilar davrasini yorqin tasvirlagani ham aslida şundan. Turkiy va forsiy şoirlar yozgan asarlardan misralar, parçalar keltirib, zamondoşlari  – Dardmand, Mağjon, Çölpon haqida ehtirom bilan yozadi. Musofirlikda yaşaganda ham ularni doim eslab turadi  va asarlarini “maʼnaviyat xazinasining durdonalari”, deb biladi. Çölponni “modern (zamonaviy) özbek adabiyotining uluğ şoiri”, deb ataydi. Mağjon Jumaboyevni ham…

Xotiralardan şuni anglaş mumkinki, bu isteʼdodli şoirlar Orenburgda Babiç bilan tanişib döst bölib qoladi. Men bu uç şoir lirikasida, obrazlarida, hasratlarida hamohanglik köraman.

1914-yili Ahmad Zakiy Validiy qadimgi madaniy merosimizni tadqiq  etiş niyatida ilmiy safarga çiqib,  Toşkent,  Andijon, Buxoro şaharlarida  Mahmudxöja Behbudiy, Vasliy, Munavvar Qori kabi  özbek ziyolilari bilan tanişadi. U safar davomida  andijonlik yoş şoir hamda uning otasi bilan uçraşadi. Aslida, olimning asarlarini öqib, u haqida köp eşitgan Çölpon “yoş tarixçi qari Zakiy”ni (Babiç sözi) mehmonga taklif etgandi.

Çölpon mehmonning oldida bir dösti bilan özaro suhbatlaşib ötiradi. Sulaymonning bu holatdan noroziligini sezgan  Ahmad Zakiy Validiy: “Bulbul – betakror sayroqi quş. Ammo u sayraganda boşqa quşlar jim (sayramay) turmaydi…” deb mavlono Rumiydan bayt keltiradi. Bu sözdan mezbonning köngli taskin topadi.

Axir bolaligidan Rumiyni, Saʼdiyni, Hofizni, bizning Töqayni sevib, ularning “sayraşiga” mahliyo bölgan Çölponning özi ham bir umr “sayrab”, “köylab” ötdi. Ovozi tobora tiniqlaşib, kuçga kirdi. Natijada, turkiy xalqlarning umumiy iftixori — uluğ şoir bölib yetişdi. Bu yoruğ dunyoda sayroqi quşlar ham, şoirlar ham  öz tinglovçilarini topadi!

Yigirmançi yillarda “yorliqlar (kambağallar) şoiri emas” deb, sinfiy pozitsiyadan kelib çiqib, Çölponga matbuot orqali ön yilga yaqin hujum uyuştirildi. Bu paytda şoir ayni kuçga tölgan, ijodi yanada gurkiraydigan davr edi. Moskvada ham, Toşkentda ham Çölpon ijodini qadrlagan döstlari, şogirdlari köp edi. Masalan, Ğafur Ğulom, Oybek, Hamid Olimjon, Uyğun kabi şoirlar Çölponni öziga ustoz deb bilgan va şoirni himoya qilişga uringan. Lekin tez orada ular “xatolarini tan olişga” majbur böldi. Maxsus adabiy “sud”lar, şoir ijodi töğrisida maxsus çiqişlar, keyinroq esa uni qoralaşlar böldi. Natijada, 1937-yili hibsga olingan şoir 1938-yili otildi…

1990-yillarga qadar hatto uning ismini ham öçirib taşlaşga harakat qilindi. Lekin şuni bilmadilarki, bunday şoirni unutib böladimi? Mumtoz Şarq adabiyoti  traditsiyalarini davom ettirib, yangi adabiy kaşfiyotlar qilib, zamon özgarişlarini sozga solgan, öziga xos uslubini röyobga çiqarib, taʼsirli, ötkir şeʼriyat yaratgan Çölponni-ya!

Ahmad Zakiy Validiyning “Xotiralar”ini öqiganimda, Çölpon ijodi bilan yaqindan tanişişni könglimga tugib qöygan edim. Çölpon asarlarini uzoq vaqt izladim. Kitobini topmoqçi bölib, özbek döstlarimdan söradim. 2009-yili “Qozon ötlari” jurnalining aprel sonida olmon olimi M.Fridrixning Dardmand ijodiga bağişlangan maqolasi (I.Giylajev tarjimasida) bosilib çiqdi. Olimning: “Unga (Dardmanga) faqat Çölponni tenglaştiriş mumkin”, degan fikri mening qiziqişimni yanada oşirdi. Uning yana bir fikri diqqatga sazovor: tabiat hamda mangulik mavzusi, hayotning öziga xos şeʼriy modelini yaratişda bizning şoirlarga hamohang, ustozlar U.Uitmen va R.Tagor nomini keltirib, Dardmand va Çölponga yuksak baho beradi. Öşa maqola Çölpon asarlarini topişga yanada kuçli iştiyoq uyğotdi. Nihoyat, niyatimga yetdim. Kitobni topib, şoir ijodini örgana boşladim.

Tatarçadan Zulfiya Hasanova,

Adhambek Alimbekov tarjimasi

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)