10 daqiqada öqiladi

580 marta körilgan

Yoşlarga tayanç böliş baxti

Yoşlarga tayanç böliş baxti

“Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati markaziy kengaşi raisi Bahodir ĞANIYEV bilan suhbat

– Muhtaram Bahodir Muxtoroviç, yoşlarning har tomonlama barkamol voyaga yetişi, ijtimoiy faol bölişi va mustaqil hayotda munosib örin egallaşiga kömaklaşiş maqsadida “Kamolot” yoşlar ijtimoiy harakati tizimida köplab loyihalar amalga oşirilmoqda. Bu yönalişdagi amaliy tadbirlar faqat şaharu tuman markazlarida yaşayotgan yoşlarnigina emas, balki eng çekka qişloqlardagi yigit-qizlarni ham qamrab olayotgani quvonarli. Şu örinda tabiiy bir savol tuğiladi: ötkazilayotgan tadbirlar qanday samara beryapti? Zamonaviy yoşlar uçun taʼsirçanligini yöqotgan eski tarğibot usullari örniga qanday yangi yondaşuvlar, tarğibot texnologiyalari tatbiq etilmoqda?

– Oilada biror farzanding muvaffaqiyatga erişsa, beixtiyor xursand bölib ketasan. Bu muvaffaqiyat zamirida nafaqat sen bergan tarbiya, balki davlatimizning yoş avlodga qaratayotgan eʼtibori, ğamxörligi poydevor bölayotganini idrok etsang, şunday yurtda yaşayotganingdan ğurur tuyasan. Bu ezgu jarayonda “Kamolot” YOIH ham faol bölişga harakat qilmoqda. Uşbu intiliş­lar bugundanoq öz mevasini bera boşladi. Masalan, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureati Mehrinoz Abbosova ham yaqinda “Kamalak” bolalar taşkilotining sardori edi. Özining ortidan jajji-jajji tengdoşlarini ergaştirgan, biz hali qizaloq deb yurgan qizimizning “Mayda qadamlar” şeʼri uning ança ulğayganini sezdirib qöydi.

Manzilga eltmaydi mayda qadamlar,

Mayda orzularga bermaylik qanot.

Mayda gap-sözlarni qöying, odamlar,

Toki maydalaşib ketmasin hayot.

Mayda dardlardan ham asrangin yurak,

Katta şeʼriyatni sol dilistonga.

Katta maqsad, katta qadamlar kerak

Katta yölga çiqqan Özbekistonga!

Bugun bu şeʼrni bilmaydigan yoşni topiş qiyin.

“Kamolot”çilardan yana biri Turin politexnika universtitetining yetakçisi Olimjon Töyçiyevdir. U yaratgan robotlar bilan xalqning orasiga kirganimizda, nuroniylarimizning: “Yaşavor, otaöğil!” degan olqişini eşitib, faxrlanamiz. Töğri, dunyoda robotlar köp yaratilgan. Lekin Olimjonning roboti özbekça gapiradi.

Beş tilda xorijliklar bilan bemalol suhbat qura oladigan Nav­röza Yahyoyevadek qobiliyatli qizga qoyil qolmay böladimi? U bugun xuddi şu tillarni köngilli ravişda yoşlarga örgatmoqda. Ön töqqiz yoşida ikkita korxonaning rahbari bölgan, tadbirkorlik faoliyatini yölga qöygan Murodjon Masaliyev ham ayni kunda agrar sohasida ilmiy iş bilan şuğullanmoqda. Oliy Majlis Qonunçilik Palatasida qonun muhokamalarida dadil qatnaşayotgan deputatlarning 9 nafari özimizning “Kamolot”çi faollarimiz. Şaxmat donalarini öktamlik bilan surib kelayotgan xalqaro grossmeyster Nafisa Möminova hozirda özining şaxmat maktabini oçib, yoşlarga saboq bermoqda. Tabiiyki, bunday aql-zakovat egalari bilan işlaş yangi yondaşuvlarni talab qiladi. Çunki bugun zerikarli, taʼsirçanligini yöqotgan tarbiya usullari samara bermaydi. Şu bois dastlab tizimimizda mavjud taşkilotlar faoliyatini zamon nuqtayi nazaridan qayta körib çiqdik. Baʼzilarini qayta taşkil etişga töğri keldi. Umuman, “Kamolot” YOIHning taşkiliy tuzilmasiga öz vaqtida kiritilgan muhim özgariş­lar bugun faoliyatimizda öz samarasini bermoqda. “Kamolot” yetakçilarni tarbiyalaydigan taşkilot bölgani bois, avvalo, yoşlarning manfaatiga xizmat qiluvçi ğoyalarni örganamiz va şu asosda özimizning rejalar­imizni tuzamiz. Faoliyati qayta taşkil etilgan “Yetakçi” yoşlar markazi ötgan davr mobaynida yigirmaga yaqin yoşlar muammolari yuzasidan qator ijtimoiy tadqiqotlarni olib bordi. Harakat qoşidagi öquv-uslubiy markazlar esa yetakçi va faol kadrlarni tarbiyalaydigan zamonaviy taʼlim maskaniga aylandi. 2015-yili qabul qilingan “Kamolot” muassisligidagi bosma naşrlarni rivojlantiriş dasturini amaliyotga tatbiq etiş natijasida taşkilotimizning axborot manbalari faoliyati yangi bosqiçga kötarildi. “Bun­yodkor” yoşlar teleklubi­ning yoşlar siyosatiga doir ­audiovizual mahsulotlari bugun davlat va nodavlat telekanallar orqali muntazam namo­yiş etilmoqda. “Yangi asr avlodi” naşriyoti bilan hamkorlikda jahon va özbek adabiyotining eng sara durdonalar­ini tarğib etiş maqsadida har bir hududda “Kamolot” kitob dökonlari faoliyati yölga qöyildi. Şuningdek, madaniy-maʼrifiy tadbirlarni taşkil etişda Harakat öz oromgohi, madaniyat va istirohat boğlari, yoşlar markazlari, yoşlar ijtimoiy xizmat markazlari faoliyatini rivoj­lantirişga alohida eʼtibor qaratmoqda. Bundan taşqari, oxirgi beş yil içida yoşlarning muammolarini bartaraf etişga qaratilgan loyihalarni amalga oşirişda ijtimoiy hamkorlik masalasiga alohida eʼtibor qaratdik. Buning natijasida taşkiloti­­mizda yoşlarning ijtimoiy faolligi va huquqiy savodxonligini oşiriş yönalişida oxirgi 5 yil içida loyihalar 5 barobarga, iştirok etadigan yoşlarning soni 8 barobarga, hamkor taşkilotlar soni 2 barobarga oşdi. Ayni paytda “Kamolot” YOIH Oliy Majlis Senati, Qonunçilik Palatasi, Oliy Majlisning Inson huquqlari böyi­ça vakili (Ombuds­man), Inson huquq­lari böyiça milliy markaz hamda turli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda iş olib bormoqda. Hamkorlarimizning yordami, turli soha vakillarining iştiroki tufayli loyihalarimiz samaradorligi oşmoqda. Agar biz yoşlarga biznes sohasi böyiça saboq bersag-u, ğoyani hayotga tatbiq etişda maydonni keng oçmasak, mablağ yönaltira olmasak, moliya muassasalari va biznesni yölga qöyişda boşqa taşkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlasak, yoşlarning işonçini yöqotişimiz tayin. Bundan xulosa qiliş mumkinki, bugun ijtimoiy loyihalarni amaliyotga tatbiq etişda yoşlarning xohiş-iro­dasini örganiş, uni röyobga çiqarişga qaratilgan barça şart-şaroit va imkoniyatlarni aniq belgilab oliş va aynan şu ğoyaga muhtoj bölgan qatlamlar orasida yangiça şakl va usullarda tarğib etişni davrning özi taqozo qilmoqda. Şubhasiz, bu borada zamonaviy axborot texnologiyalari, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy media imkoniyatlaridan ham unumli foydalanmoqdamiz. Birgina internetning özida yoşlarga axborot texnologiyalarini, xorijiy tillarni onlayn tarzda örgatadigan önga yaqin loyihalarimiz bor.

Yana bir katta yangilik, xuşxabar desa ham böladi, yaqinda “Kamolot FM” radiokanali yoşlarimizning jöşqin ovozini respub­likamiz böylab jaranglaşini rejalaştirgan. Öylaymizki, “Kamolot” radiokanali yoşlarning yetakçi minbari böladi.

– Yoşlarimiz zamonaviy bölsin, taraqqiy etgan mamlakatlarning yoşlari bilan har tomonlama böylaşa olsin, deyapmiz. Bu boradagi yutuqlarimizni halqimiz, jahon ahli körib turibdi. Ayni paytda yoş avlodga yana bir muhim tilagimiz bor: ular milliy qadriyatlarimizga sodiq bölib, tafakkuri zamonaviy bilimlar, qalbi özbekona fazilatlar bilan ziynatlansin, deymiz. Bu ikki jihatni uyğunlaştiriş uçun, avvalo, nimalarga eʼtibor qaratiş kerak, deb hisob­laysiz?

– Prezidentimiz “Yuksak maʼnaviyat – yengilmas kuç” asarida şunday taʼkidlaydi: “Taʼlimni tarbiya­dan, tarbiya­ni esa taʼlimdan ajratib bölmaydi. Bu şarqona qaraş, şarqona hayot falsafasidir”. Haqiqatan ham, qayerda tarbiya va taʼlimni ayri holda körar ekanmiz, öşa joyda fojia yuz berişi aniq. Taʼlim-tarbiya – juda nozik masala. Bu jarayonda xatoga yöl qöyib bölmaydi. Çunki el-yurtimiz özining yoruğ istiqbolini, ertangi baxtu saodatini farzand­larida köradi. Cizning savolingizga Yurtboşimizning fikr­lari bilan javob bersam: “Biz xalqimizning heç kimdan kam bölmay, farzandlarimizning bizdan köra kuçli, bilimli, dono va albatta, baxtli yaşaşlari uçun bor kuç va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, avvalo, maʼnaviy tarbiyaga alohida eʼtibor qaratmoğimiz lozim”. Haqiqat­an, yoşlarimizni zamonaviy bilim, könikmalar bilan qurollantirsag-u, maʼnaviy tarbiyasiga, milliy fazilatlar bilan töyinişiga beparvo qarasak, katta xatoga yöl qöygan bölamiz. Bu borada oila, mahalla, taʼlim muassasalari va jamiyat özaro uyğun iş olib borişi darkor. Uşbu kuçlar birlaşsa, yoşlari­­miz ham yangiça fikrlaydigan, ham milliy qadriyatlarimizga sodiq qoladigan farzand bölib kamol topadilar. Aslida, kattaga hurmat, kiçikka izzat, mehr-oqibat, yaxşilik degan tuyğular bizning qon-qonimizga, jon-jonimizga singib ketgan. Tört faslda nuroniy otalarimiz, onalarimiz bilan yelkama-yelka milliy qadriyatlarimizdan biri – haşarda jonbozlik körsatamiz.

“Kamolot” haşarda, “Har bir yoşga bir nihol” kabi aksiyalar muntazam ötkazib kelinadi. Bu işlarning samarasi sifatida hududlarimizda “Kamolot” boğlari” bunyod etildi. “Yangi nigoh” video­roliklar tanlovi ham muqaddas meʼmorçilik inşootlari, tarihiy obidalar, muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar va yodgorlik­larni tarğib etiş orqali yoşlarimizda milliy iftixor va ğurur tuyğularini şakllantirmoqda. Tanlov tarkibida bir neça nominatsiya­lar bor. Birgina “Milliy qadriyat va urf-odatlarni tarğib etişga qaratilgan eng yaxşi videorolik” nominatsiyasida aynan milliy fazilatlarimizni yoşlar ong-şuurida qaror toptiriş maqsadi közda tutilgan.

Har yili anʼana­viy tarzda bölib ötadigan “Biz – buyuk yurt farzandlarimiz” festivali ham yoşlar orasida umuminsoniy va milliy fazilatlarni keng tarğib etişga, yoşlarda yaratuvçanlik, yakdillik tuyğular­ini şakllantirişga xizmat qilmoqda. Tadbirlarning viloyatlarimizdagi çekka hududlarda – qişloqlarda ötkazilişi bejiz emas. Festival doirasida tarğibot guruhlari tomonidan 14 ta loyiha amalga oşiriladi. Har bir loyihaning öz ijtimoiy maqsadi, vazifasi bor. Masalan, “Zamonamiz qahramonlari” loyihasida Özbekiston Qahramonlari bilan uçraşuvlar taşkil etilayotgani iqtidorli yoşlar uçun örnak bölayotgan bölsa, “Soğlom turmuş tarzi tarafdorimiz”, “Prezident asarlari bilimdoni”, “Erta nikohga qarşimiz” kabi aksiya­lar doirasidagi tadbirlarimiz ham yoşlar tarbiyasiga ijobiy taʼsir ötkazayotgani şubhasiz. Şuningdek, “Biz – buyuk yurt farzandlarimiz” festivalida hududlar böylab “Sotqin”, “Gumrohlar” kabi vatanparvarlik tuyğulari bilan suğorilgan filmlarning kinolektoriyalarini ötkazdik. Qizğin bahs-munozaralarga ommaviy madaniyatning salbiy taʼsiriga duçor bölgan yoşlarni ham taklif etdik. “Özbekkino” Milliy agentligi bilan hamkorlikda tasvirga olingan, yoşlarni harbiy vatanparvarlikka undovçi “Şunqorlar” badiiy filmidan esa yoşlar­imiz bugungi zamon qahramonlarini topgandek böldi. Ongi ilğor bilimlar, yuragi özbekona fazilatlar bilan töyingan yoşlarni tarbiyalaş uçun qölimizdagi barça imkoniyatlarni işga solmoqdamiz. Şu örinda “Kamolot” yoşlar simfonik orkestri faoliyati yölga qöyilganini aytişim mumkin. Bugungi kunda Özbekistonda xizmat körsatgan artist Kamoliddin Örinboyev boşçiligidagi jamoa musiqiy merosimizning noyob durdonalarini katta sahnalarga olib çiqmoqda. Yaqinda Kamolot yoşlar ijod saroyida atoqli şoira Zulfiyaning 100-yilligi munosabati bilan “Bahor keldi seni söroqlab” nomli konsert taşkil etildi va şoira qalamiga mansub eng gözal qöşiqlar, şeʼrlar yoşlar eʼtiboriga taqdim qilindi. Zalda jaranglagan “tasanno”, “balli” degan olqişlar hammamizning qalbimizni zavqqa töldirdi. Yoşlarni milliy va zamonaviy ruhda tarbiyalaşning eng taʼsirçan usullaridan biri sanʼat ekanini yana bir bor angladik.

– Bugun yoşlarimiz ilm-fan, madaniyat, sport sohalarida özlarini körsatib kelişmoqda. Ularning ijtimoiy-siyosiy faolligi haqida nima deya olasiz?

– Agar 20 yil oldin özbek bolasi qonun loyihalariga taklif beradi, desa, bunga işonadiganlar kam topilardi. “Kamolot” yetakçilari oxirgi uç yilda önga yaqin qonun loyihalariga taklif berdi. Hozirgi kunda yoşlar davlat hokimiyati bilan doimiy muloqotda. Bugun tuman, şahar, viloyat hokimlari bilan yoşlar örtasida bir oyda bir marta muntazam uçraşuvlar taşkil etilmoqda. Şuningdek, sudyalar bilan uçraşuvlar qizğin pallaga kirgan.

Huquqiy savodxonlikni oşirişda Harakat tomonidan ötkazilayotgan tanlovlarning örni beqiyos. “Siz qonunni bilasizmi?” tanlovimizning joriy öquv yilidagi bosqiçlarida 1500 dan ortiq akademik litsey va kollejlarning 220 ming nafardan ortiq öquvçilari iştirok etdi. Bu ham yoşlarimizning huquqiy madaniyati ösib borayotganidan dalolat. Mazkur tanlovning ahamiyatli tomoni şundaki, unda öquvçilar biror-bir qonunni öqib yoki yoddan aytib beriş bilan kifoyalanmaydilar, balki mustaqil fuqarolik pozitsiyasiga ega bölgan holda qonunçilikka öz takliflarini ham bildiradilar. Şuningdek, oliy öquv yurtlari talabalari örtasida anʼanaviy tarzda ötkazib kelinayotgan “Tafakkur sinovlari” tanlovi ham keng auditoriyasiga ega.

Katta haqiqat aks etgan bir surat xayolimda doim gavdalanib turadi. Farğona davlat universiteti “Sarbon” jamoasi aʼzolaridan biri Abbosning uşbu asari Özbekiston yoşlari qalbida hayajon qözğagan edi. Bu suratga jamoa sardori Gözal Ergaşeva şunday taʼrif bergani yodimda: “Biz tasvirlagan suratda öz xalqini qoronğilik, zulmatdan yoruğlik tomon boşlab borayotgan Sarbon tasviri tuşirilgan. Eʼtibor bering-a, Sarbon otda ketayotgani yöq. U buyuk xalqini ulovlarga ötqizib, özi esa piyoda holda, boşini baland kötarib, qonun ustuvorligi aks etgan yöldan oydin manzillar sari dadil boşlab borayotir”. Bunday ijodiy işlarni köriş ham, munosib baho beriş ham kişidan katta masʼuliyat talab qiladi.

– Siz har kuni yoşlar davrasidasiz. Bugungi avlodning tabiatidagi öziga xosliklarni yaxşi bilasiz. Özingizning yoşlik davringiz bilan qiyoslaganda qanday farqli jihatlarni körasiz?

– Baxtning surati qanday böladi, degan savolga men heç ikkilanmay, yurtimiz farzandlarini körsatib, javob berişim mumkin. Çunki heç bir davlat öz bolalarini Özbekistonçalik sevmaydi, boşiga kötarmaydi. Yoş yigit-qizlarining köksiga davlat mukofotlarini taqib qöyişdek tantilik Özbekistonning­gina qölidan keladi. Bugungi yoşlarga havas qilsa arziydi. Bizning paytda ham bir-ikkita tanlov bor edi. Lekin bunday rağbat, bunday otalarça mehrni tuymasang, “Ha, barakalla, bolam”, deb qöllab-quvvatlab turadiganlar bölmasa, qiziqişing ham sönib ketarkan. Bugun bir ösmirda uçta-törtta iqtidorni köraman. “Sport malikalari” körik-tanlovida 1-örinni olgan qiz şeʼr ham yozadi, pianino ham çaladi.

Masalan, sirdaryolik faollarimizdan Sevara Qözibekova “Sukunatni istab” şeʼriy töplami muallifi, uç tilda erkin gap­laşa oladi, sinxron suziş böyiça 3 karra Özbekis­ton çempioni, 30 dan ortiq şogirdlari ham Özbekiston çempioni. Yaqinda tadbirkorlik faoliyatini yölga qöymoqçi. Qarang, bir qizda şunça qobiliyat. Dunyoning manaman degan yigit-qizlari bilan bellaşa oladigan bunday yoşlar nomini uzoq vaqt töxtamay sanaş mumkin.

Bugun zamon tezkor, yugurmasang, heç narsaga ulgurmaysan. Yoşlarimiz ham ğayratli, közlari şijoatga töla, izlanuvçan, yuksak salohiyatga ega. Ular kasb-hunar sirlarini örganiş bilan birga, nufuzli xalqaro fan olimpiadalari, körik-tanlovlar, sportning qator turlari böyiça ötkazilayotgan jahon musobaqalarida ham faol qatnaşmoqdalar. Ğoliblik naşidasini surib, şoda-şoda oltin medallarni qölga kiritib, hayot maydonida öz örnini topmoqdalar. Prezidentimizning “Bugun yoşlar katta kuç bölib hayotga kiryapti. Men ularga özimga işongandek işonaman”, degan sözlari tasdiğini aynan şunday zakovatli yigit-qizlar timsolida köriş mumkin.

– Suhbatimiz söngida Özbekiston yoşlarining adabiy-ijtimoiy jurnali – “Yoşlik” öquvçilariga dil sözlaringiz bölsa, marhamat.

– Hayotni goho poygaga öxşatadilar. Vaqtning uçqur tulporida marraga yetib keliş çavandozning mahoratiga boğliq. Mavhum narsalar heç qaçon oldinga eltmaydi. Aniq maqsadlar bilan maydonga çiqqan odam manziliga tez va oson yetib borişi şubhasiz. “Yoşlik” jurnalining öquvçilariga faqat aniq maqsadlar bilan yaşaş baxtini, ezgu orzular röyobini tilayman. Jurnal ham yoşlarni öziga şunday, ipsiz boğlab qöysinki, naşrni talaşib-tortişib, qölma-qöl öqiydigan yigit-qizlar köpaysin…

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (73)

Şeʼr ham, şoir ham millat uçun oyna

XX asr özbek şeʼriyatidagi mavzularning turfaligi, taşbehlarning ohorli ekannida ustoz şoirlarning çuqur bilim va saviyasi körinib turadi. Bu şeʼriyat tarixiy voqealarga, uluğ şaxslarga murojaat etdi, şuning barobarida…