7 daqiqada öqiladi

107 marta körilgan

Bolalarga orzu bering!

Kaylaş Satyarthi

Nobel maʼruzasi

 

 

Zoti oliylari, Oliynasab Qirollik xonadoni aʼzolari, muhtaram Nobel qömitasi vakillari, aziz döstim Tom Xarkin, qadrdonlar, opa-singillar va aziz qizim, Malala!

Döstlar, Nobel qömitasi meni hurmat qilib maʼruza öqişga taklif etdi. Maʼzur tutasizlar, men bunday qilolmayman. Çunki men bu yerda sukunat ovozining, aybsizlik faryodining, qadrsizlikning vakiliman. Men millionlab bolalarning vakiliman va şu sababli yonimga ularning xotirasi uçun böş stulni qöydim. Men bu yerga faqat farzandlari­mizning ovozi va ularning orzularini eşittiriş uçun keldim, çunki ularning barçasi farzandlarimizdir.

Men bolalarning qörquv va çarçoq töla közlariga tikildim. Ular­ning jonsiz tanalarini qölimda tutdim va ruhlari bezovtaligini his qildim.

Yigirma yil muqaddam Himoloy toğlari etaklarida kiçkina, ozğin işçi bolakayni uçratgandim. U mendan: “Dunyo şunçalik qaş­şoqmi, qurol-yaroğ uşlaşga majburlaş örniga menga öyinçoq va kitob berolmaydimi?” – deb söragandi.

Boşqa bir safar ekstremistik qöşin tomonidan öğirlab ketilgan sudanlik askar bola bilan uçraşdim. Birinçi maşğulot sifatida uni döstlari va oilasini öldirişga majburlaşibdi. Öşanda askar bolakay kaminani: “Mening aybim nima?” – deya söroqqa tutgandi.

Ön ikki yil oldin, Kolumbiya köçalarida battol odam savdosi tufayli sotilib ketib, keyin zörlaniş, qullik oqibatida baloğatga yetmay ona bölgan qiz şunday savol berdi: “Mening heç qanday orzum yöq. Demak, norasidam ham şu köyga tuşadimi?”

Döstlar, barça dinlar bizni bolalarimizga ğamxörlik qilişga örgatadi. Iso alayhissalom: “Bolalarga yöl beringlar, Mening oldimga ke­lişlariga tösqinlik qilmanglar! Zero, Xudoning Şohligi şundaylarnikidir”, – deydi. Qurʼoni karimda esa: “Bolalaringizni faqirlikdan qörqib öldirmanglar”, – deyiladi.

Döstlar! Farzandlarimizning orzularini inkor etişdan ortiq zöravonlik yöq.

Şuning uçun…

Barça maʼbudlar, masjidlar, çerkovlar va ibodatxonalarda bolalarimizning orzulari uçun joy yöqligiga işonib bölmaydi.

Bir haftalik global harbiy xarajatlar evaziga barça bolalar maktabga borişini taʼminlay oladigan dunyo juda qaşşoq ekanini tan olmayman.

Qonun-u konstitutsiyalar, politsiya va sud­yalar farzandlarimizni himoya qilolmasligini qabul qilolmayman.

Men qullik kişanlari ozodlikka intilişdan kuçliroq bölişi mumkinligini qabul qilişdan boş tortaman.

Mening hayotdagi yagona maqsadim:

– har bir bola emin-erkin yaşasin;

– erkin össin va rivojlansin;

– erkin ovqatlansin, uxlasin va yoruğ kunni ötkazsin;

– erkin kulsin va yiğlasin;

– erkin öynasin va örgansin;

– bepul maktabga borsin;

– va birinçi navbatda, erkin orzu qiliş huquqiga ega bölsin.

Men bir maqsadni közlagan köplab jasur insonlar bilan işlaş şarafiga muyassar böldim. Biz heç qaçon heç qanday tahdid yoki hujum tufayli maqsadimizdan voz keçmaganmiz va heç qaçon taslim ham bölmaymiz.

Sönggi ikki ön yillikda katta muvaffaqiyatga erişdik. Biz maktabga bormagan bolalar sonini ikki baravar, bolalar mehnati sonini uçdan birga kamaytirdik. Bolalar ölimi va oç qolayotgan bolalar soni qisqardi.

Ammo, hali oldinda katta qiyinçiliklar turibdi. Xato qilişga haqqimiz yöq.

Döstlar, insoniylikka putur yetkazgan eng katta zarar yoki eng katta inqiroz qörquv va murosasizlikdir.

Biz bolalarimizga taʼlim berişda butunlay muvaffaqiyatsizlikka uçradik. Hayotning mazmuni va maqsadini beradigan kuç bu – taʼlim. Yoşlarda umuminsoniylik tuyğusini beruvçi kuç ham taʼlimdir.

Men bu muvaffaqiyatsizlikning umumiy natijasi misli körilmagan zöravonlik bilan yakunlanadigan va insoniyat uçun özligini öldiradigan kun unçalik uzoq emasligidan qörqaman.

Huquqlar, xavfsizlik umidini faqat taʼlim orqali tiklaş mumkin.

Malala kabi yoşlar… Men uni qizim Malala deb atay boşladim, faqat Malalani emas… Şunday qilib, qizim Malala va boşqa qizlarim, jumladan, Kayanat… aslida… ikkita Kayanat, Şazia va Afrikadan hamda butun dunyodan kelgan qizlarim. Ular boş kötarib, zöravonlikdan tinçlikni, ekstremizmdan bağrikenglikni, qörquvdan jasoratni afzal körişmoqda.

Yeçimlar paydo bölmoqda. Ammo bu yeçimlarni faqat konferensiyalardagi muhokamalarda yoinki masofadan turib berilgan tavsiya-maslahatlarda ham topib bölmaydi. Bu yeçim har kuni muammoga duç kelayotgan kiçik guruhlar, mahalliy taşkilotlar va şaxs­larda. Agar ular örganilmasdan, aniqlanmasdan va dunyoga nomaʼlumligiça qolaversa, yeçim ham ular bilan birga halok böladi.

Bir kişining qölidan nima ham kelardi, deyişingiz mumkin. Keling, men sizga bolaligimda eşitgan bir rivoyatni aytib beray. Alqissa, örmonda kuçli yonğin çiqadi. Hamma jonivorlar, jumladan, örmon şohi arslon ham qoçişga tuşibdi. Tösatdan u olov tomon uçib kelayotgan kiçkina quşni körib qoladi. “Nima qilyapsan?” – deb söraydi arslon ajablanib. Quşça: “Men olovni öçiraman”, – deb javob beradi. Arslon kulib: “Qanday qilib öçirasan? Axir, tumşuğingda bir tomçi suv uşlab turibsan-ku!” – desa, quş qatʼiy: “Men qölimdan kelganini qilyapman”, – deydi.

Bundan ön sakkiz yil oldin millionlab odamlar butun dunyo böylab namoyişga çiqib, bolalar mehnatining eng yomon şakllarini bekor qiliş uçun yangi xalqaro qonunni talab qildilar. Bunga erişildi ham. Biz buni uddaladik, millionlab odamlar uddaladi.

Döstlar! Biz jadal globallaşuv davrida yaşayapmiz. Biz yuqori tezlikdagi Internet orqali aloqa örnatganmiz. Biz tovarlar va xizmatla­rimizni yagona global bozorda almaştiramiz. Har kuni minglab parvozlar bizni dunyoning bir burçagidan boşqa burçagiga boğlaydi.

Ammo bitta jiddiy uziliş bor va ana şu joyda heç qanday rahm-şafqat yöq.

Keling, bir inson mehr-şafqatini umumbaşariy hamdardlikka singdiraylik. Keling, dunyoga hamdard bölaylik.

Mahatma Gandi şunday deydi: “Agar biz bu dunyoda haqiqiy tinçlikni örnatmoqçi bölsak… buni bolalardan boşlaşimiz kerak”. Kamtarlik bilan qöşimça qilamanki, keling, farzandlarimizga rahm-şafqat orqali dunyoni birlaştiraylik.

Bu bolalar futbol koptoklarini tikişadi, ammo-lekin özlari heç qaçon töp tepmaydilar. Ular kimning bolalari? Kakao yiğib, şokolad tatib körmagan kimning farzandlari? Eboladan ölayotganlar kimning farzandlari? Öğirlab ketilgan va garovga olinganlar kim­ning farzandlari? Ularning barçasi bizning farzandlarimiz.

Esimda, sakkiz yoşli qizaloqni toş konidagi majburiy mehnatdan qutqargandik. Qizça qutqarilgandan keyin maşinamda ötirganida darhol mendan: “Nega oldinroq kelmadingiz?” – deya söragandi.

Qizaloqning ğazabnok savoli hanuz meni larzaga solmoqda. Bu savol butun dunyoni larzaga keltiradigan kuçga ega. Uning savoli barçamizga qaratilgan. Biz nima qilyapmiz? Nimani kutyapmiz? Qançadan-qança qizlar qutqarilmayotganiga nega beparvomiz?

Bolalar bizning harakatsizligimizdan şubhalanişadi va harakatlarimizni kuzatişadi.

Biz zudlik bilan jamoaviy harakatlarga muhtojmiz.

Har bir daqiqa muhim, har bir bola muhim, har bir bolalik muhim.

Şuning uçun men bolalarimiz atrofidagi sustkaşlik va badbinlikka qarşi çiqaman. Men sukut madaniyati va sustkaşlik madaniyati, betaraflik madaniyatiga qarşi çiqaman.

Men barça hukumatlarni, hukumatlararo idoralarni, biznesni, diniy yetakçilarni, işçilarni, öqituvçilarni, nodavlat-notijorat taşkilotlarini, har birimizni bolalarga nisbatan zöravonlikning barça şakllariga çek qöyişga çaqiraman.

Qullik, odam savdosi, erta turmuşga uzatiş, bolalar mehnati, jinsiy zöravonlik va savodsizlik kabi illatlarga heç qaysi sivilizatsiyalaşgan jamiyatda örin yöq.

Hukumatlar bolalarga nisbatan döstona siyosat olib borişi, taʼlim va yoşlarga sarmoya kiritişi kerak. Korxonalar yanada masʼuliyatli, javobgar va innovatsion hamkorlikka oçiq bölişi darkor. Hukumatlararo idoralar harakatni tezlaştiriş uçun birgalikda işlaşi zarur. Global fuqarolik jamiyati, odatdagidek, biznes va tarqoq kun tartibidan ustun turişi lozim. Barçamiz farzandlarimiz bilan birga bölişimiz kerak. Biz jasoratli, şijoatli va irodali bölişimiz, vaʼdalarimizni bajarişimiz şart.

Ellik yildan köproq vaqt oldin, ilk maktabimga çiqqan kunim maktab darvozasi oldida ötirgan özim tengi etikdöz bolaga közim tuşdi. Men ustozlarimdan: “Nega u taşqarida işlayapti? Nega u maktabda biz bilan emas?” – deb söraganimda, öqituvçilarim mum tişlab qolişdi. Bir kuni yurak yutib bolaning otasidan söradim. Ota: “Janob, men bu haqda heç qaçon öylamaganman. Biz işlaş uçun tuğilganmiz”, – deya javob berdi. Uning javobi meni ğazablantirdi. Öşa ğazabim hali-hamon bosilmagan.

Bolaligimda dam-badam ertangi kunni tasavvur qilardim. Tasavvurimda öşa etikdöz bola sinfxonada men bilan bir partada ötirardi.

Endi öşa ertangi kun bugunga aylandi.

Men bugunman, siz ham bugunsiz. Bugun har bir bola yaşaş, erkinlik, soğlik, taʼlim
oliş, xavfsizlik, qadr-qimmat, tenglik va tinçlik huquqiga ega böliş vaqti keldi.

Bugun zulmatning narigi tomonida miltil­lovçi yulduzlarda bolalarimizning tabassumdan porlayotgan çehralarini köraman. Bugun ummonning har bir tölqinida farzandlarim öynab, raqsga tuşayotganini köraman. Bugun har bir köçatda, har bir daraxtda, toğ-u toşlarda farzandlarimizning erkin ösib borayotganini körib turibman.

Döstlar, bugunni qalban körişingizni va his qilişingizni xohlayman.

Aziz opa-singillarim va akalarim, aytganimdek, bugun juda köp qiziqarli voqealar sodir bölmoqda. Ana endi qölingizni yuragingiz ustiga qöyişingizni iltimos qilaman. Közingizni yuming va qalban bolani his qiling. Endi öşa bolani tinglang. Eşiting, iltimos.

Bugun men minglab Mahatma Gandi, Martin Lyuter King va Nelson Mandellalarning bizga qönğiroq qilayotganini körmoqdaman.

Keling, bilimni teng huquqli qilib beraylik. Keling, adolat uçun kuraşaylik. Keling, umumbaşariy hamdardlikni birgalikda şakllantiraylik!

Sizni şu xonadan turib, butun dunyo böylab çorlayman.

Men ekspluatatsiyadan taʼlimga, qaşşoqlikdan umumiy farovonlikka, qullikdan ozodlikka va zöravonlikdan tinçlikka qarab borişga çorlayman.

Jaholatdan uyğoniş sari, zulmatdan yoruğlik tomon, ölimdan ilohiylikka qarab yuraylik.

Keling, birgalikda qadam taşlaylik!

 

2014-yil 10-dekabr, Oslo

Kaylaş SATYARTHI (1954)

Tinçlik yönalişi böyiça hindistonlik Nobel mukofoti sohibi, bolalar huquqlari, jumladan, umumiy taʼlim himoyaçisi.

 

Ingliz tilidan Rohilabonu ĞÖÇÇIYEVA tarjimasi

 

2024/6

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)