“Yozuvçi bölişdan avval öquvçi böliş kerak”. Bu – aksioma. Zero, Abdulla Qodiriy taʼkidlaganidek, “Yozuvçi birovni takrorlab qöymaslik uçun ham öqişi kerak”. Agar tarixga nazar taşlansa, köplab buyuk adiblar mutolaa orqali mahoratini oşirganini köriş mumkin. Jumladan, Jeyms Joys ham.
Gabriele D’Annunsio. Fransuz adibi Floberdan keyin Tolstoy, Yakobson va D’Annunsio yaxşi romanlar yozdi.
Daniel Defo asarlari menga juda yoqadi. Kutubxonasida hamma yozuvçilarning saylanma asarlari bölib, u barçasini oxirigaça öqib çiqqan. Jumladan, Flober, Ben Jonson va Ibsenni. U “Robinzon Kruzo” asarini inglizlarning “Uliss”i deb aytgan edi.
Gans-Kristian Andersen – Daniyadagi eng yaxşi yozuvçi. Dunyoda undan yaxşi yozadigani yöq. Heç kim Andersençalik tarixni bolalarga yaxşi hikoya qilib berolmaydi. U – jahonda noyobdir.
Stendal asarlari Napoleon uruşlari, yaʼni fransuzlar dunyoga hukmron bölgan davrlar haqida. Uning pozitsiyasi şunday. Bundan taşqari, uning kitoblari romantizmdan iborat, biroq ularda muallifning his-tuyğusi juda kam. U heç qaçon sentimentalizm ruhida şakllanmadi.
Jon Donn ijodi Şekspir asarlari singari jozibador va öqişli. Agar boşqa asarlar bilan soliştirilsa, aminmanki, fransuz şoirlari kitoblarining siyqasi çiqqani oydinlaşadi. Jon Donn klassitsizm oqimi ortidan ergaşmagan daho. U va Çoser “mömin-qobil” odamlarga qöşilmagan, hayotni sevguvçi adiblar edi.
Aristotel
mening nazdimda, hamma zamonlarning eng buyuk mutafakkiri. Uning asarlarida hamma narsaga aniq va oddiy taʼrif beriladi. Keyinçalik esa uning fikrlari asosida tom-tom kitoblar yozildi.
Uilyam Vordsvort barça ingliz şoirlaridan köra buyukroq, ham daholikka loyiq. Uning oqpadar öğil haqidagi kitobi – “Ekskursiya”ni öqing.
Ernest Heminguey hayot va adabiyot orasidagi tafovutni kamaytirdi. Aslida, bu işni barça yozuvçilar qilişi kerak. Ernest Heminguey hamma narsani boriça yozdi. Şuning uçun ham biz uni sevamiz. U biz yozuvçilarni yozgan va hali yozişga ulgurmagan hayotga olib kirdi.
Onore de Balzakning donği va mahorati öquvçini uşlab turadi, deb öylayman.
Aleksandr Puşkin. Men bir narsani tuşunolmayman: Puşkinning askarlar, yovuz odamlar, tanti qahramonlar haqidagi asarlaridan qanday zavqlaniş mumkin? Puşkin bolalarça yaşadi va yozdi, şu tariqa öldi ham.
Lev Tolstoy. Hamma davrlarda ham adabiyotga yangilik olib kirganlar eng yaxşi yozuvçi deb tan olingan. Lev Tolstoy buyuk adib. Uning asarlari heç qaçon ölmaydi. Çunki uning yelkasida doim boşi bölgan.
Dante. Italyan adabiyoti Dantedan boşlanib, Danteda tugaydi. Şuning özi kifoya. Danteda hamma narsa tiklaniş ruhida. Men Danteni Bibliyani sevgançalik sevaman. U ruhimni oziqlantiradi. Qolgan hammasi dahmaza.
Jek Londonga qarşi biror gap aytolmayman. Çunki biz bir-birimizdan tubdan farq qilamiz.
Gi de Mopassan. …Qiziqarli va jonli… ammo uning asarlarini buyuk işlar deb aytmagan bölardim.
Yogann-Volfgang Hyote. Keksa Faustning yoşartirilişi menga yoqmaydi.
Mixail Lermontov. “Zamonamiz qahramoni” asari jahonda mening kitobimga öxşagan yagona asar. “Zamonamiz qahramoni”ning şafqatsiz taqdiri menga kitobimni eslatib turadi.
Homer barça aspektlar va spetsifikalarni “Odisseya”da ifodalab bergan, şu jumladan, mayda detallarni ham. U oddiy sözlardan favqulodda maʼnolar çiqara oladi. Homerning asarlari şu darajada ajoyib yozilganki, ulardan bir neçta yozuvçilarni topiş uçun odam juda aqlli bölişi şart emas. Bular ertaklardek ajoyib va butun yer yuzini birdek boğlab turadigan asarlardir. Ularni qayta yozişning iloji yöq. Hammasidan köra eng ajoyibi va keng qamrovlisi “Odisseya”dir. U “Hamlet”, “Don Kixot”, “Ilohiy komediya”, “Faust”dan ham buyukroq va ijtimoiyroq.
Anton Çexov adabiyotga yangilik olib kirdi. Sirtdan qaraganda, u birinçi dramaturg. Çexov kiçkinagina detallardan ham tragediya, komediya, xarakter va his-töyğu yarata oladi. Şuningdek, uning asarlarini öqiganda pyesalar xuddi köz oçib yumgunça tugab qolgandek taassurot uyğotadi. Çexov asarlarida qahramonlar doim közböyamaçiliklardan özini tiyadi va parda tuşiriladi. Ammo, bilingki, ular his-tuyğuni unutib, yangi közböyamaçiliklarni yaratişadi.
Marsel Prust – analitik natyurmortçi. U faqat gersoginyalar haqida yozadi. Meni esa ularning xizmatkorlari köproq qiziqtirgan.
Françesko Petrarka meni maftun etolmagan, çunki unda intellekt yetişmaydi. U gözallik şaydosi, xolos.
Fyodor Dostoyevskiy.
Öylab topilgan qotillikni böyniga oladigan Fyodor Dostoyevskiy qahramonlaridan köra Russoning qanday qilib kumuş qoşiqçalarni öğirlagani töğrisidagi iqrornomasini eşitiş qiziqroq.
Ivan Turgenev asarlarida psixologik analizning ilk körinişi namoyon bölsa-da, eskiça yösinda yozilgani bois ğijirlagan eşikdek odamning joniga tegadi. Men uning yaxşi odamligini yoqtiraman. Kuçsiz sevgidan köra sevmagan durust deganlariday. Şuning uçun Ivan Turgenevni buyuk yozuvçi deb tan ololmayman.
Prosper Merime asarlari qiziqarli, biroq bu durust yozuvçi degani emas.
Kardinal Nyumenning nasri yuqori baholangan. Lekin Kardinal Nyumen asarlarini öqigan odam işonib bölmaydigan narsalarga duç kelaverib çarçaydi.
Henrik Ibsen. Norvegiyalik buyuk adib Henrik Ibsenning asarlarini öqib taʼsirlangan kamina Joys ruhoniylikni taşlab, adabiyotga özini urdi. Va şuningdek, barça havaskor yozuvçilardek kumiriga maktub ham yozdi:
“Universitetda tahsil olgan yillarimda doim Sizning nomingizni Irlandiyada hammaga tanitiş uçun köklarga kötarardim. Har doim Sizning drama tarixidagi haqiqiy örningizni odamlarga körsatiş uçun jon-jahdim bilan kuraşdim. Siz heç qaçon isteʼdodingizni peş qilib xalq oldida obröngizni oşirişga urinmagansiz, nazarimda, inson qadr-qimmati ham şunda. Qolaversa, sizning satirangiz, dramatik mahoratingiz va pyesalaringizdagi jozib ohangdorlik har qança maqtovga loyiq. Sizning sarkaş jasoratingiz esa hayot sirlarini bilişga undaydi”.
Azim Röziyev tayyorladi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


