(Hikoya)
Bu şaharga kelganimning ilk kunlaridayoq Bibliya qiroat qilayotgan juldur kiyimdagi kişi atrofida töplanib turgan olomon diqqatimni tortdi. Vaʼzxonning oyoqlari tagida yotgan itni bir qaraşda payqamabman, terçiragan va sip-silliq jun qoplagan, zulukdek qop-qora, bahaybat va xunukdan-xunuk bu köppakni darhol körmaganimga hayron qoldim. Köppakning közlari oltingugurtdek sap-sariq, jağlarini yirib oçganda esa yirik-yirik söyloqlarga közim tuşdi, özi umuman turq-afti şunday vahimali ediki, uni biron tirik jonzotga mengzay olmasdim. Bu ulkan maxluqqa uzoq tikilib turolmay, nigohimni uning egasi – juldurvoqi kaltabaqayga burdim. Kiyimining ilma-teşikaridan körinib turgan terisi toza, faqirona libosi pokizaligi bilan boşqalarnikidan ajralib turar, qölidagi Bibliya esa çinakam xazina edi: tilla va olmos suvi yugurtirilgan jildi yalt-yult qiladi. Ovozi öktam, sokin. Sözlari aniq-tiniq, nutqi sodda-keskin; kinoyayu qoçirimlardan yiroqligi şundoqqina bilinib turibdi. U ziğirça mutaassiblikdan holi ravişda Bibliyadan hikoya keltirar, mabodo birorta gap-sözi işonçsiz çiqsa, bu, şubhasiz, oyoği ostida yotib, tinglovçilardan sarğiş közlarini uzmayotgan itning dastidan edi. Xöjayin va köppakning aynan mana şu tajassumi meni asir etdi va butun diqqat-eʼtiborim bu odamning kimligini aniqlaşga qaratildi. U Xudoning bergan kuni şaharda pand-nasihatlarini öqişni kanda qilmasdi. Garçi öz işi bilan tun pardasi yoyilgunça maşğul bölsa-da, har safar uni topiş amri mahol keçardi. Şahar aniq va oddiy çizma asosiga qurilgan esa-da, adaşib qoliş heç gap emasdi. Vaʼzxon makonini turli vaqtda tark etar, umuman aytganda, uning xatti-harakatlarida ketma-ketlik körinmasdi. Gohida u uzzukun bir maydondan siljimasdan tinimsiz söylar, gohida joyini har çorak soatda almaştirardi. Qaçon qarama qora va ulkan it uning ketidan qolmas, yurganda-turganda yonida bölar, vaʼzxonlikni boşlaşi bilan töşama yölga yotib olardi. Tinglovçilar hadeganda topilavermas, köpinça bir özi qaqqayib turaverardi. Fahmimça, u bundan zarraça xijolat tortmasdan, joyidan jilmay javrayverardi. Köpinça uni kiçikroq köça örtasida taqqa töxtab, baland ovozda munojot qilayotgan holda körardim. Nariroqda, kengroq köçada esa ötgan-ketganlar unga qiyo boqib qöyişmaydi. Uni zimdan kuzatişning evini qilolmadim, har gal tasodifga tayanardim – şu bois uning kulbasini izlaşga tuşdim, biroq heç kim uyini körsatib berolmadi. Bir gal kun böyi ortidan izma-iz boraverdim. Bir neça kun urinişlarim zoye ketdi, qançalik niyatimni yaşirişga tirişib, kişibilmas taʼqib qilmay, oqşomga borib izsiz ğoyib bölardi. Nihoyat, bir oqşom köçalardan biridagi uyga lip etib kirib keganini öz közim bilan kördim, bilişimça, bu köçada şaharning boyvaççalari istiqomat qiladi, bundan ozmunça lolu hayron bölmadim. Öşandan keyin yuriş-turişimni özgartirdim, yaşirinişni bas qilib, uning yon-verida öralaşaverdim; men unga sira xalal bermasdim, ammo yaqinlaşişim bilan it irillaşga tuşardi. Şu tariqa bir neça hafta ötib ketdi. Yozning oxirgi kunlaridan birida u Yuhanno bayon etgan Kalomni tamomlab, qoşimga keldi va uyigaça kuzatib qöyişimni söradi. Yöl böyi miq etmadi. Uyga kirganimizda, şunçalik qoronğu ediki, uy sohibi kaminani manzirat etmiş kattakon xonada moyçiroq yonib turardi. Xona köça sathidan quyida ekan, eşikdan içkarilaşimiz bilanoq bir neça pillapoyadan pastladik. Şunçalik köp kitob terib taşlanganidan devor körinmasdi. Moyçiroq tagida – qoraqarağay taxtasidan yasalgan katta, jön stol, yonida tim-kök köylakda bir qiz kitob öqib turibdi. Qilt etmadi. Xonada ikkita deraza bölib, qalin pardalar osilgan, bitta derazaning ostiga oddiy töşak yozilgan, uning töğrisidagi devor tagida karavot, stol yonida – ikkita stul. Eşik tagida esa peçka. Yaqinlaşganimiz zamon qiz ögirildi va men uning yuzini kördim. U menga qöl uzatib, stulga ötirişga iltifot qildi, şunda men uy sohibi töşakka joylaşgani, it esa uning oyoqlariga boş qöyib yotganiga közim tuşdi.
– Mening otam, – dedi qiz, – u allaqaçon uxlab qoldi, bizni eşitmaydi. Itning laqabi yöq. Bir kuni keçasi otam vaʼz aytayotganida, e yöq-be yöq uyimizda paydo bölib qoldi. Eşik yopiq edi. It panjasi bilan tutqiçni itarib, içkariga kiribdi.
Qizning qarşisida garangsib turaverdim, keyin asta otasi kim bölganini söradim.
– Otam juda boy bölgan, bir qança fabrikalari bor edi, – dedi qiz közini yerga qadab, – lekin u odamlarga haqiqatni yetkaziş uçun onam va aka-ukalarimni taşlab ketgan.
– Otang tarğib qilayotganlarining barçasi haqiqat deb öylaysanmi? – deb söradim.
– Ha, şunday, – deb javob qildi qiz, – bunga hamişa işonib kelganman, şuning uçun ham otam bilan şu yertölaga kelib yaşayapman. Ammo haqiqatni oşkor qilişlari bilan it ham paydo bölişini bilmagandim.
Qiz jimib, xuddi mendan nimanidir yurak yutib sörolmayotganday möltiradi.
– Köppakni haydab yubor, – dedim, lekin qiz boş çayqadi.
– Uning laqabi yöq, şunga heç qayoqqa ketmaydi, – dedi qiz şivirlab. U esankirayotganimni körib, stulga ötirdi. Men ham çökdim.
– Nima, qörqasanmi? – deb söradim.
– Men undan har doim qörqqanman, – javob qildi qiz. – Bir yil burun onam aka-ukalarim va advokat bilan kelib, otam ikkovimizni uyga qaytarmoqçi bölişganda, ular ham itdan ölgudek vahimaga tuşişgan. Keçasi örnimda yotganimdayam undan çöçiyman, lekin endi hammasi boşqaça tus oldi. Mana, sen kelding, endi heç balodan qörqmayman. Kelişingni bilardim. Albatta, qanday körinişingni tasavvur qilib körmaganman-u, ammo-lekin bir kun emas, bir kun moyçiroq yoqilib, köçada şovqin tinganda, otam bilan kirib kelişingga işonardim. Yarmi yerga botgan mana şu xonada, karavotimda, kitoblar yonida menga nikoh keçasini hadya etiş uçun kelişingni bilardim. Biz, erkak va ayol, ana şunday yonma-yon yotamiz, anavi yerda, töşakda otam uxlaydi. Otam qoronğuda gödak misol uxlab qoladi, bahaybat qora it bölsa, baxtiqaro işqimizga soqçilik qiladi.
* * *
Sevgi qissamizni qanday unutay! Uyiga qaytayotgan mast-alastlarning aldam-qaldam qadam tovuşlari, goh örin almaşayotgan fohişalarning sallolanib odim otişlari, gohida esa saf tortib ketayotgan askar etiklarining gurs-gursi, undan söng jarangdor ot tuyoqlarining taq-taqi, fayton ğildiraklarining ğiçir-ğiçiri bizgaça yetib kelardi. Biz iliq zimistonga çulğangan yer ostida heç narsadan qörqmay-çöçimay yotardik, bir burçakda, töşakda sassiz ölikday dong qotib uy sohibi uxlar, it oyning sariq gardişi misol ikki közini bizdan uzmay poyloqçilik qilardi.
* * *
Lovullab-qizarib oltin kuz keldi, undan söng bulturgi misli körilmagan ayozsiz, sassiz, mötadil qiş keldi. Oşna-oğaynilarim bilan taniştirib, teatrga (qaysiki buyuk işlar amalga oşirilayotgan) birga boriş yoki oqşom çökayotgan mahal şaharga tutaşib ketmiş tölqinsimon tepaliklarda yastanib yotgan örmonda sayr qiliş uçun qizni biron marta yertöladan aldab-suldab olib çiqolmadim – u doim, qoraqarağaydan yasalgan stulga qapişgança, uyda qolar, otasi bahaybat it bilan qaytib kelganda, derazalardan tuşib turgan sarğimtil nurlar ostida meni töşakka tortardi. Ittifoqo, köçalari çilp-çilp loy şaharda qor erib ulgurmagan erta köklam çoği qiz xonamda paydo böldi. Derazadan quyoşning siniq nurlari tuşib turibdi. Şom yaqinlaşyapti, peçkaga bir-ikki göla taşlagan böldim. Şu dam ostonada bözdek oqarib, titrab-qaqşab qiz paydo böldi, aftidan muzlab qolgandi, egnida paltosi yöq, birgina tim-kök köylagida. Oyoqlarida, huv, öşanda, uni ilk bor uçratganimdagi qizil möynali tuflisi.
– Itni öldir, – dedi qiz nafasi böğziga tiqilib. Soçlari yoyilgan, közlari ola-kula. Arvohning özginasi. Şkafni oçib, töpponçani oldim.
– Bir kun kelib mendan şu narsani söraşingni bilgandim, – dedim, – şunga atab qurol sotib olganman. Buni qaçon qilişim kerak?
– Hoziroq, – dedi qiz astagina. – Otam ham itdan qörqyapti, avvallari ham qörqqan ekan, endi tuşundim.
Töpponçani tekşirib, paltomni kiydim.
– Ular yertölada, – dedi qiz yerga qarab. – Otam kuni böyi töşagida qimir etmay yotibdi, turişga qörqyapti. Hatto ibodat ham qilolmayapti, it esa eşik tagiga yotib olgan.
* * *
Daryo tomon tuşib, toş köprikdan ötdik. Samo alanga olayotganday töq-qizil tusda. Boyagina quyoş botdi. Şahar odatdagidan köra jonlangan. Köçalarda odamlar va maşinalar zuv-zuv qatnaydi. Ular göyo allatovur qonli dengiz aro suzişardi, negaki deraza va devorlarda qip-qizil şafaq nurlari jilvalanardi. Biz olomonga qöşilib ketdik. Ğala-ğovur, zuv-zuv avoz battar avj olardi. Biz qattiq tormoz bergan avtomobillar va közlari nursiz öt soçib turgan kattakon maxluq misol çayqalib ketayotgan omnibuslar orasidan ötib, zör berib imo-işoralar qilayotgan kulrang dubulğali politsiyaçilar yonidan şoşib bordik. Men şunday şiddat ila olğa intildimki, qiz ançagina ortda qoldi; nihoyat harsillab, paltom tugmalari yeçilib, quyuqlaşayotgan binafşarang oqşomni qarşi olib, yuqorilab, kerakli köçaga kirib bordim. Hayhot, keç qolibman. Qölimda töpponça bilan şitob-la yertölaga sakrab, eşikni zarb bilan tepib oçib kirganimda, oynani sindirib, köçaga otilgan qörqinçli mahluqning ulkan soyasini körib qoldim. Polda it tanib bölmas darajada ğajib taşlagan uy sohibi oğzidan köpigi kelib, qora qonga belanib yotardi.
* * *
Qörquvdan dağ-dağ titrab, devorga suyangança, kitoblarga kömilib turganimda, köçada maşinalar signali yangradi. Zambil kötargan odamlar kirib kelişdi. Keyin jasad tepasida turgan vraçning ğira-şira qiyofasini, tiş-tirnoğigaça qurollangan bözdek oqargan politsiyaçilarni kördim. Hammayoqni olomon bosdi. Ovozim boriça qizni çaqirdim. Şahar içiga otildim, tağin köprikdan ötib, uyimga keldim. Qiz yöq. Ruhim tuşib, uyqu, tin olişni bilmay, yeb-içişni-da unutib, qizni har yerdan qidirdim. Politsiya oyoqqa turdi. Öşa bahaybat itdan hamma qörqarkan, qidiruvga mahalliy garnizon askarlari ham jalb qilindi, ular zanjir bölgança atrofdagi örmonlarning tit-pitini çiqarib oralab çiqişdi. Loyqa daryoda tinmay qayiqlar oqib turdi, uzun-uzun xodalar bilan daryo tubini tekşirişdi.
Şahar va tevarak-javonibga kökning iliq köz yoşlarini tökkança köklam keldi. Qidiruv işlari toş konidagi ğorlarga köçdi. Qöllarda maşʼala bilan qizni baqirib çaqirişdi. Uni kanalizatsiya tunnellarida, hatto mahalliy çerkov tomi ostlaridan ham izlaşdi. Şundan keyin qiz bilan itni qaytib heç kim körmadi.
Oradan uç kun ötib, qoq yarim tunda uyga qaytdim. Bor umidimni uzib, yeçinib-netmasdan, özimni karavotga tappa taşladim va şu asnoda köçadan qadam tovuşlari eşitildi. Çopib borib, derazani lang oçdim-u, tun bağriga köz tikdim. Pastda hali yomğir suvi qurib ulgurmagan qop-qoronğu köça içakday çözilib yotibdi. Höl asfaltda köça çiroqlarining nurlari notekis zarrin doğday akslanib turibdi, köça böylab daraxtlar yonidan qoramtir köylak va qizil tuflida qiz ketib borardi, taram-taram uzun soçlari kökiş tovlanadi, uning yonida muloyim-yuvoşgina bölib, sarğiş közlari yiltillab, qaro tunday qop-qora it lakillab borardi.
Fridrix DYURRENMATT (1921-1990)
“Sudya va uning jallodi”, “Adolat”, “Avtohalokat”, “Tibetdagi qişgi uruş”, “Oy tutilişi”, “Buyuk Romul”, “Şahar”, “Pilat”, “Minotavr” kabi intellektual-falsafiy, detektiv roman, qissa, pyesa va hikoyalar muallifi.
Rus tilidan
Saidjalol Saidmurodov
tarjimasi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


