9 daqiqada öqiladi

157 marta körilgan

Qotil. Hikoya

Aleksandr Kuprin

Sönggi voqea-hodisalar haqida gap borardi: ölim jazosi va otib taşlanganlar, tiriklayin yoqib yuborilganlar, ayollar nomusining toptalişi, öldirilgan keksalar va bolalar, nozik hurriyatparvar qalblarning buzuqlik, zöravonlik va özboşimçalik bilan vayron qilinişi haqida.

Uy egasi dedi:

– Hayotimiz qançalar özgarib ketdi – öylaşning özi qörqinçli! Ança ilgarimidi? Bundan beş yilça avval rus jamiyati birgina zöravonlik haqida eşitib qançalar dahşatga tuşar va xavotirlanardi. Posbonlar qamoqda amaldorlarni döpposlar, zemstvo boşliği esa talabani hurmatsizlik qilgani uçun qamoqqa olardi. Hozir-çi! Goh u yerda olomon ogohlantirişlarsiz otib taşlangan bölsa, goh bu yerda familiyadoş biri xatolik tufayli boşqasining örniga qatl qilindi, hatto odamlarni şunçaki heç bir sababsiz, miltiqlar öqdonini böşatiş uçungina otib taşlaşyapti. Soldat va ofitserlarga bepul köngilxuşlik körsatiş maqsadida yoş yigitni besabab uşlab kelib qamçi bilan savalaşmoqda. Natija esa – mana! bu bizda heç qanday taajjub va hayrat uyğotmay qöydi. Bari odatiy holdek bölib qoldi.

Divanning bir çekkasida ötirganlardan biri ğimirlay boşladi. Ğimirlaşidan uning gapirmoqçiligini anglab, hamma uning oğziga tikildi. U sekin, töxtab-töxtab, noodatiy titroq ovozda gapira boşlagani zahoti qalbidagi kuçli hayajon va ğam-anduhni bazör bosib turgani barçaga sezildi.

 – Men… aytmoqçi edimki… Menimça, bu… bunga moslaşiş… notöğri. Qasos oliş uçun qotillik – bunda qandaydir… qandaydir vahşiyona zavq bor. Raşk tufayli közni kör qilgan hirs sabab, jahl ustida, va albatta, duelda sodir etilgan qotilliklarni tuşunaman. Ammo insonlar buni özlari anglamagan holda bepisandlik bilan, heç qanday javobgarliklardan qörqmasdan… hatto qarşilik ham kutmasdan… Yöq, bu göyo aql bovar qilmas jallod psixologiyasi kabi men uçun ham xuddi şunday aqlim yetmaydigan darajada vahşiyona va qörqinçli. Qirğinlar, bosqinçilik yurişlari yoki uruş vaqtida otryadga ortiqça yuk bölmasligi uçun asirlarning yöq qilinişi haqida öqisam yoki öylasam, boşim gangib özimni yöqotib qöyaman. Inson qalbi tubsiz jar yoqasida turganini anglayman… Va heç narsani tuşuna olmayman… Nafrat qözğaydigan… jirkanç va vahimali… ammo… ğalati, sitamgar, zolim bir qiziqiş meni… uşbu mudhiş… tobora ğarq bölayotgan tubsiz jarlikka… rom qilib qöyadi.

Biroz jim bölib, orada entikib-entikib xörsinib qöydi va yana gapira boşlaganida özgaça, ovozi böğiqroq çiqişidan yuzini kafti ortiga berkitib olganini anglaş qiyin emasdi.

– Ha, mana… baribir… men buni aytib berişim kerak. Mening ham yuragim tubida tamğa bölib qolgan çandiq mavjud. Bundan ön yil muqaddam qotillikka qöl urdim. Bu haqda heç kimga oğiz oçmadim, ammo… baribir… Menga tegişli yerda, odamlar yaşaydigan yoğoç kulbada bir muşuk ham bölardi. Oriqqina, nimjon… kiçkinagina … oq yungli… xullas, u har doim peçka ostida yaşardi. Doim yağir kulrang yoki kökimtir tusda edi.

Hammasi qişda sodir böldi… ha, keç qişda edi. Tong juda ajoyib, osuda. Quyoş özining iliq nurlarini atrofga taratar, yaltirab turgan qor esa közni qamaştirardi. Öşa yil haddan ziyod köp qor yoğganidan hammamiz çanğida yurdik. Va mana öşa tongda ham çanğilarni kiydim-da, quyonlar bir keçaning özida vayron qilib taşlagan mevazorni közdan keçirgani bordim. Saf tortib turgan olma nihollari yonidan ötib borardim. Hamon yodimda – qor puştisimon. Nihollarning soyasi şunçalar moviy va maftunkor ediki, şu yerga özimni yuztuban taşlagim kelardi.

Yonimga sobiq işçim Tilçi keldi. Bu uning haqiqiy ismi emas, laqabi deyaqolaylik. Yonma-yon yurib borardik – u ham çanğida edi – u yoq-bu yoqdan gaplaşdik. Tösatdan kulib gapirdi:

– Barin, bizning muşukça oyoğidan ayrildi.

– Nima uçun? – deb söradim.

– Katta ehtimol bilan böriga qöyilgan qopqonga tuşgan, yarim oyoği ketgan.

Uni körmoqçi bölib, kulba tomon ketdik. Köp ötmay ketma-ket mayda qirmizi doğlardan iborat ingiçka izlar yölimizni kesib ötdi. Izlar bizni yaralangan muşukça turgan supaga eltdi. Muşuk bizni körişi bilan közlarini yumgança oğzini hazin oçib uzoq miyovladi. Tumşuği ğayrioddiy ozğin va yağir edi. Öng old oyoği tizza böğimi tepasidan tişlangan va xuddi yarador qöl singari oldinga ğayrioddiy çiqib qolgandi va oz-ozdan tomayotgan qon oq yungli ingiçka oyoğiga sörilib borardi.

Tilçiga buyurdim:

– Yotoqxonamga kirib miltiğimni olib kel. Karavot tepasida osiğliq turibdi.

– Uni nima qilmoqçisan? Bunisi ortiqça! – u eʼtiroz bildirdi.

Men öz fikrimda turib oldim. Tasqaralaşgan jonivorning çekayotgan azobiga barham berişni istadim. Bundan taşqari, jarohat ertami-keçmi yiringlaşiga va qoni zaharlanib, baribir, muşukning ölim topişiga işonçim komil edi.

Tilçi miltiqni keltirdi. Bitta stvoli bulduruqlarni otiş uçun maxsus mayda öqlar bilan töla edi, boşqasida esa börilarga möljallangan yirik öqlar. Muşukni çaqira boşladim – kel, kelaqol, muşukça, kel. U sekin miyovladi va bir neça qadam yaqin keldi. Şunda men, muşuk çap tomonimda bölişi uçun öng tarafga ötdim va uni nişonga olib öq uzdim. Jonivor uzoği bilan olti-yetti qadam narida edi, öq uzganimdan söng uning yonboşida ikkita muştumim kattaligida qora tuynuk paydo bölgandek tuyuldi. Ammo, uni öldira olmadim. U jon aççiğida miyovlab, ğoyat çaqqonlik bilan umuman oqsoqlanmay mendan qoçişga tuşdi.

Uning keng hovli böylab bir yuz ellik qadam masofani qanday bosib ötganini va, oçiq tursa-da, doimo qoronğu böladigan quritiş xonasiga kirib ketganini aniq kördim. Özimni bir on ayançli, jirkanç, razil his qildim. Uning ortidan yugurdim. Yölda oyoğim çanği uzangisidan çiqib ketdi. Yonboşlab qorga yiqildim va arang örnimdan turdim. Oyoğimdagi çanğining kasrigami harakatlarim besönaqay edi, yengimning yarim möynasi qor bilan qoplangan, qölim esa tinimsiz titrardi.

Quritiş xonasiga kirdim. Muşukni çaqirmoqçi böldim-u, biroq negadir xijolat bölib ketdim. Nogahon yuqoridan sekin, darğazab irillagan tovuş eşitildi. Yuqoriga qaradim va faqatgina uning közlarini – yonib turgan ikkita yaşil nuqtani kördim. U peçkada ötirardi.

Ikkita nuqtaga qarata nişonga ham olmasdan çamalab öq uzdim. Muşuk pişqirdi, çinqirdi, özini u yoqdan bu yoqqa urdi… Söng tinçib qoldi… Endi ketmoqçi bölib turgandim, peçkadan yana ğazabnok irillaş eşitildi. Ögirilib qaradim. Zulmat içra yonib turgan, iblisona nafratga töla ikki yaşil alanga soçim uçidan to oyoğimgaça etimni junjiktirib yubordi.

Darhol uyga bordim. Tayyor miltiq patroni qolmagan edi. Biroq bir quti töla patroni bilan “Smit va Vesson” töpponçasi bor edi. Barabanga oltita patronni joylaştirdim va quritiş xonasiga qaytdim.

Muşuk hali yetmasimdan özining dahşatli irillaşi bilan kutib oldi. Oltita patronning barini unga qarata böşatdim, söng uyga qaytib takror töpponçani öqladim va yana unga qarab olti marta öq uzdim. Har safarida peçkada tirmalanib tipirçilaş, iztirobli çinqiriqlar va yana ikkita yaşil alanga hamda uzoq davom etgan serğazab xirillaş bor edi.

Unga ortiq açinmay qöydim, hatto menda heç qanday ğijiniş ham qolmagan edi. Esankirab qoldim. Heç qonmaydigan mudhiş, sovuq qotillik hissi butun badanimni, qöl-oyoğimni, harakatlarimni tamomila çulğab olgandi. Ongim allaqanday botqoqlikda nozik pardaga burkanib uyquda yotgan edi. Butun tanam muzlay boşladi va vujudim uzra yoqimsiz behuşlikning yaqinlaşayotganini sezdim. Özimni töxtata olmadim.

Esimda, öşa yoqimli, munavvar qiş tongi hayratomuz özgarib qoronğilaşa boşladi: qorlar sarğaydi, osmon kulrang tus oldi, menda esa butun borliqqa nisbatan jonsiz, maroqsiz loqaydlik bor edi: samo-yu quyoşga ham, daraxtlarga-yu ularning musaffo moviy soyalariga ham.

Tağin öqlangan töpponçam bilan uçinçi marotaba uydan quritiş xonasiga keldim. Ammo xonadan Tilçi qölida qipqizil qonga belangan, tilka-pora qilingan, içak-çavoqlari körinib qolgan va çinqirayotgan nimanidir orqa oyoqlaridan kötargança çiqib keldi.

Meni körib ters ohangda dedi:

– Nima bor yana… kerak emas… ket… men özim.

Közimga qaramaslikka urinardi, ammo uning yuz ifodasida namoyon bölgan kuçli nafratni yaqqol kördim va bu nafrat aniq menga nisbatanligini darhol fahmladim.

U burçakka borib bir silkinib oldi va xoda bilan muşukning boşiga qattiq urdi. Hammasi tugadi…

Hikoyaçi biroz jim bölib qoldi. Uning divanda qanday burnini tortgani va betoqat bölayotgani sezilib turardi. Keyin u avvalgidan ham ohista, hasrat va hayrat tuyğusi ila davom etdi:

– Şunday qilib… kun davomida uşbu qonli röyo xayolimdan ketmadi. Allamahalgaça közimga uyqu kelmay, faqat öşa oq yağir muşuk haqida öyladim. Va xayolan özimni har safar quritiş xonasiga borayotganimni, yana öşa sitamkor, qahrli xirillaşni, vahm va nafratga töla yonib turgan yaşil nuqtalarni, ularga qarata tinmay qayta-qayta öq uzayotganimni körardim… Tan olişim kerak, janob… bu – hayotimdagi eng oğir, eng dahşatli xotira bölib qoldi!.. Oq qötir muşuk uçun zarraça afsuslanmayman… Yöq… Köplab buğu va ayiqlarni otişimga töğri kelgan… Uç yil oldin poygada bir otni nişonga oldim. Jin urgur, uruşda ham qatnaşdim!.. Yöq-yöq, bu unday emas. Umrimning oxirigaça qalbim tubidan allaqanday qabih, olçoq hamda yengilmas, nomaʼlum, yovuz kuç dabdurustdan uyğonib, qanday qilib ruhimni öziga qamrab, oğdirib va çulğab olganini aslo unutmayman. Oh, bu qonli tuman, bu jonsiz, bu şuursiz beparvolik, bu sassiz qotillik iştiyoqi!..

U yana jim bölib qoldi. Kimningdir uzoqdan past ovozi eşitildi:

– Ha, töğri… Qanday oğir xotiralar…

Lekin hikoyaçi birdaniga uning gapini ğayrat bilan böldi:

– Yöq-yöq, siz bir öylab köring, faqat qotillik qilgan, odam öldirgan badbaxtlar haqida, xudo haqqi özingiz bir öylang. Öylaymanki, ularga kunduz ham qoronğu tun singari zulmat tuyuladi! Öylaymanki, ular qondan jirkanişsa ham, baribir özlarini töxtata olişmaydi. Ular bugun uxlaşi, yeb-içişi, hattoki suhbatlaşib kulişi ham mumkin, biroq bu ularning özligi emas, aslida, közini parda qoplagan va vujudi ortiga yaşirinib olgan şaytondir… “Badbaxt” deyapman, zero, ularning bugunini emas, oradan yillar ötib, kelajakdagi qarilik çoğlarini tasavvur qilyapman. Axir, ular bugun qalblarini abadiy bulğagan vayronkor, qabih va mudhiş onlarni heç qaçon, heç qaçon unuta olişmaydi. Va men ularning keksalikdagi nihoyasiz, uyqusiz tunlarini, ularning qörqinçli tuşlarini faraz qilyapman! Ular quyuq osmon ostida uzun yöl böylab yurib borişar ekan, ikkala tomonda uzluksiz zanjirband qilingan mazlum odamlarni döpposlaşayotganini, ularga öq uzişayotganini, qöndoq bilan urilayotgan boşlarni, barça-barçasini tuş körib alahsirab çiqişadi… Ortiq qotillarda na qahr, na afsus, na bir ökinç bor, biroq ular endi özlarini töxtata olişmaydi, çunki qonga belangan razil çandiq ularning ongini çulğab bölgan. Ular dahşat içra uyğonişadi, közguda öz aksini körib dağ-dağ titraşadi, yiğlaşadi, Tangriga qarşi çiqişadi va bevaqt, hayotining eng yorqin damlarida öz qöllari poyoniga yetkazgan umrlarga havas qilişadi. Ammo ularning ruhiga ega çiqqan şayton zinhor ularni tinç qöymaydi. Hattoki ular jon taslim qilayotganda ham köz öngida faqatgina tökilgan qonlarni körişadi.

 

Aleksandr Kuprin

1870-yili Rossiyaning Varovçat şahrida tuğilgan. “Ofat”, “Yakkama-yakka olişuv”, “Öra”, “Olesya”, “Gambrinus”,  “Yoqut közli bilakuzuk”, “Yunkerlar”, “Janeta” kabi qissa va hikoyalari bilan nom qozongan. Adib 1938-yili vafot etgan.

 

Rus tilidan Dilnoza Yusufaliyeva tarjimasi

 

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)