Men shoir emas, rostgo‘y edim

0
89
marta ko‘rilgan.

Shunday ijodkorlar bo‘ladiki, bir umr faqat hayrat bilan boqib o‘tasan kishi. Yaratgan ularga taqdim etgan ko‘ngilga va iste’dodga havasing keladi. Asqar Mahkam ana shunday ijodkorlardan edi.

1958 yili 27 noyabrda Tojikistonning Kofarnihon tumanida tug‘ilgan shoir ijodining kamoloti Toshkent shahri bilan bog‘landi. U Xo‘jand davlat pedagogika ins­titutini tamomlagach, maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishladi. So‘ng Toshkentga kelib, turli muassasalarda mehnat qildi.

Shoirning turli yillarda “Tazarru” (1982), “Navro‘z” (1988), “Ibodat” (1993), “Tavajjuh”, “Ishq” (1994), “Haq” (1998), “Analhaq”, “Tabriz daftari”, “Oqkitob” (2003) kabi kitoblari nashr etildi. Uning tarjimonlik mahorati “Avesto”, Xoja Abdulloh Ansoriyning “Kashf ul-asror” (Qur’oni karimning adabiy-irfoniy tafsiri), Jaloliddin Rumiyning “Ma’naviy masnaviy” (1- va 2-daftar), Shams Tabriziyning g‘azallari hamda Eron shoirlari she’rlaridan qilgan tarjimalarida yaqqol namoyon bo‘ldi.

Asqar Mahkam 2007 yil 6 martda Toshkent shahrida vafot etdi.

 

 

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.