Oltinday yaraqlagan iroda

0
44
marta ko‘rilgan.

XX asr o‘zbek adabiyotining iste’dodli namoyandalaridan biri shoir, nosir va dramaturg Shuhratdir. Adib nasrda barakali ijod qilgan bo‘lsada, barcha asarlarida avvalo shoirligi bo‘yu basti bilan ko‘rinib turdi. Shu bois domlaning nasriy asarlarini o‘qigan o‘quvchini nazmning go‘zal ohanglari maftun etmay qo‘ymaydi. Ammo yana shunisi ham qiziqki, adib hayotda qancha murakkab vaziyatlarni, urushning dahshatli kunlarini boshdan kechirgan bo‘lmasin, yozganlarida, his va kechinmalarida norizolik, siniqlikni ko‘rmaysiz, uchratmaysiz. Aksincha, adibning mard va to‘g‘riso‘z, odil hamda adolatli shaxsi oltinday yarqirab turadi

Shu kunlarda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Shuhrat tavalludining 100 yilligi adabiy jamoatchilik tomonidan keng nishonlanmoqda. Ana shu ayyom munosabati bilan o‘zbek xalqining tanti farzandi, ulkan qalb sohibi Shuhratning fotosuratlarini, zamondoshlari va shogirdlarining adib shaxsiyati hamda ijodi haqidagi fikr-mulohazalarini Siz aziz jurnalxonlarga taqdim etmoqdamiz.

  

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.