Xalq yuragidagi shoir

0
37
marta ko‘rilgan.

Mirtemir zamonaviy o‘zbek she’riyatining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan ardoqli lirik shoirdir. U milliy mumtoz adabiyotimizning barhayot an’analarini, xalq og‘zaki ijodini chuqur o‘rganib, o‘zlashtirib, o‘z she’rlarida ularni ijodiy davom ettirdi, hozirgi o‘zbek adabiyotini boyitdi.

Shoir she’rlarida tuyg‘u, hissiyot bo‘rtib turadi. U goh tarix sahifalarini varaqlab, otabobolarining ulug‘vor ishlaridan hayratga tushadi. Gohi bu hayratlari o‘z zamonasining mard, tanti insonlari bilan muloqotlardan she’rlarga ko‘chadi. Shoirning ijodidagi bosh mavzu nima deb so‘ralsa, yurtga, tabiatga oshiqlik, bolalik xotiralariga sadoqat, o‘z xalqidan faxrlanish, uni chin dildan sevish va ardoqlash deb aytish mumkin. Mirtemir she’rlarida bu mavzular ko‘pincha birikib, omuxtalashib keladi. Bir she’rning o‘zida ham tabiat go‘zalligi, ham xotiralar, ham iftixor tuyg‘usi va yana hayotga muhabbat kabi tushunchalarning ifodalanishini ko‘rish mumkin.

* * *

Nechog‘lik xokisor edingiz, ustoz,

Yalangto‘sh, mehnatkash, qalam dehqoni.

Qadim Turkistonning tanti o‘g‘loni,

Pokiza edingiz misli oq qog‘oz.

Sizning armoningiz yashar qog‘ozda,

Balki, u bo‘ylagay asrlarni ham.

Vo darig‘, mana shu satrlarni ham

Yozsam bo‘lmasmidi Siz tirik chog‘da…

 Abdulla Oripov

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.