Asad Dilmurod 1947 yil 20 iyulda Samarqand viloyati Urgut tumanidagi Qoratepa qishlog‘ida tavallud topdi. ToshDU (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning jurnalistika fakultetida sirtdan tahsil olgan.
Mehnat faoliyatini “Urgut sadosi” gazetasida adabiy xodim sifatida boshladi (1969), so‘ngra “Zarafshon”, “O‘zbekiston ovozi” gazetalari, “Kamalak” (hozirgi “Yangi asr avlodi”) nashriyoti, “Sog‘lom avlod uchun”, “Sharq yulduzi” jurnallari, “O‘zbekkino” milliy agentligida turli vazifalarda mehnat faoliyatini davom ettirgan.
Adib ijodida tarix bilan zamon ruhi o‘zaro sintezlashgan. “Mulk”, “Girih”, “Intiho” (1988–1991) qissalari, milliy qahramonlardan biri Mahmud Torobiy taqdiri va qo‘zoloni haqidagi “Mahmud Torobiy” (1990–1998) hamda “Pahlavon Muhammad” romani (2001–2006) shalar jumlasidandir. “Fano dashtidagi qush” (1998–2002), “Rang va mehvar” (2012) romanlari o‘quvchilarni befarq qoldirmadi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Asad Dilmurod asarlari rus, ukrain, qozoq, tojik, turk, uyg‘ur tillariga tarjima qilingan.