Xalqimizning sevimli adiblaridan biri, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik olamdan o‘tdi

0
103
marta ko‘rilgan.

Tohir Malik 1946 yili Toshkent shahrida ziyoli oilada dunyoga kelgan. Adib Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU)ning jurnalistika fakulteti kechki bo‘limida tahsil olgan. Yozuvchi “Tong yulduzi” gazetasida adabiy xodim, bo‘lim boshlig‘i, Respublika radiotelevideniye qo‘mitasida muharrir, “Guliston”, “Sharq yulduzi” jurnallarida mas’ul kotib, O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi kotibi bo‘lib ham xizmat qiladi.

Tohir Malik 1991–1992-yillarda “Yoshlik” jurnali bosh muharriri bo‘lgan. Bu davrda jurnalda o‘qishli asarlar, ijtimoiy muammolar aks etgan maqolalar jurnalxonlar e’tirofiga sazovor bo‘lgan.

 Yozuvchining birinchi asari 1971-yili “Hikmat afandining o‘limi” nomi bilan chop etilgan fantastik qissasi bo‘ldi. So‘ngra “Zaharli g‘ubor” (1978), “Somon yo‘li elchilari” (1979), “Chorrahada qolgan odamlar” (1985), “Qaldirg‘och” (1987), “Bir ko‘cha, bir kecha” (1988), “Alvido, bolalik” (1989), “So‘nggi o‘q” (1990).

So‘nggi yillarda adib insonning ma’naviy-ruhiy olamini tadqiq etishga ko‘p e’tibor qaratdi. Buning samarasi o‘laroq “Jinoyatning uzun yo‘li” (2001), “Ayovsiz ilon” (2009), “Aql va Oqil” (2010), “Kelinlar daftariga” (2010), “Tilingni asra”, “Mehmon tuyg‘ular” ma’rifiy asarlari hamda uch kitobdan iborat “Odamiylik mulki” (2012), Munojot” (2013), “Umidlar dashti”, “Umidimiz yulduzlariga” (2014), “Po‘rtanali ummonda suzar hayot qayig‘i (2015) kabi roman, qissa, hikoyalar, badealar kitoblari nashr etildi.

Taniqli yozuvchi Tohir Malik qoldirgan badiiy-ma’rifiy asarlar o‘zbek xalqining eng sevimli kitoblari sifatida o‘qiladi. Adibning oxirati obod, joyi jannatda bo‘lsin!

 

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.