Yosh shoira Baxtiniso Mahmudova vafot etdi

0
113
marta ko‘rilgan.

Yoniq she’rlari bilan so‘z ixlosmandlarining ko‘nglidan joy olgan, bir necha ko‘rik-tanlovlarning g‘olibi bo‘lgan shoira Baxtiniso Mahmudova uzoq davom etgan og‘ir xastalikdan so‘ng vafot etdi.

Baxtiniso Mahmudova Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanida 1993 yil 31 oktyabrda tug‘ilgan. “Hovuchdagi yurak”, “Ufqqa yo‘l” nomli she’riy to‘plamlari nashr etilgan. “Yurt kelajagi – 2015” iqtidorli yoshlar tanlovi g‘olibasi bo‘lgan. Shuningdek, 2017 yil O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tanlovda she’riyat yo‘nalishi bo‘yicha “Yilning eng yaxshi yosh ijodkori” sifatida e’tirof etilgan. 2018 yil Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminari ishtirok etib, ustoz shoirlarning nazariga tushdi.

Baxtinisoning she’rlarida yorug‘ Iztirob, Umid, Mehr va Muhabbat balqib turadi. Satrlari qatida ko‘nglining yorug‘ tabassumi aks etardi. Eng asosiysi, ko‘ngil bitiklarining bari rost, bari samimiy edi.

Tahririyatimiz Baxtiniso Mahmudovaning oila a’zolariga, barcha yaqinlariga hamdardlik bildiradi. Yaratgandan ularga sabr so‘rab qolamiz. Baxtinisoning oxirati obod bo‘lsin!

2018 y. 7-son

 

2017 y. 4-son

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.