1 daqiqada öqiladi

329 marta körilgan

Töğrilik har qanday unvonni bezaydi

Töğrilik har qanday unvonni bezaydi

Fridrih Shiller hikmatlaridan

* * *
Buyuk qalblar iztiroblarini sukut bilan ötkazadilar.

* * *
Zulmni murosasiz yomon köradigan kişigina ezgulikni çeksiz sevişi mumkin.

* * *
Işni tezroq tugallaş harakatida böl.

* * *
Iroda inson bolasining öziga xos sifatidir, aql esa irodani boşqariş uçun özgarmas qoidadir.

* * *
Öz topqirligidan zavqlanib kulgan kişining askiyasi kuçini yöqotadi.

* * *
Işongan odam boşqalarni ham oson işontiradi.

* * *
Şeʼriy asar özini özi himoyalaşi kerak. Harakat gapirmaydigan joyda söz foyda berişi dargumon.

* * *
Işni yarim yölda taşlab, çetga çiqib oladigan va endi bu yoği nima bölar ekan, deb oğzini oçib qarab turadigan odam haqiqiy ahmoqdir.

* * *
Rasmga mahliyo bölib, uni çizgan kişini butunlay unutib qöyganimiz, aslida, rassomga eng katta maqtovdir.

* * *
Özini boşqara oladigan odamgina erkindir.

* * *
Har qanday ğalabadan ustun narsa keçirimdir.

* * *
Yaxşi aktyorlar uçun yomon rol yöq.

* * *
Mardonalik instinktga qarşi kuraş ifodasidir.

* * *
Nomus hayotdan azizroq.

* * *
Töğrilik har qanday unvonni bezaydi.

* * *
Yöqotilgan daqiqani hatto abadiyat ham qaytara olmaydi.

* * *
Odam maqsadlari kattargani sari ulğayib boradi.

* * *
Minnatdorlik eng tez unutiladigan narsadir.

* * *
Ota-onalar özlarining nuqsonlarini bolalarida körganlarida köproq jahllanadilar.

* * *
Tabiatga qarşi bölgan narsa heç qaçon yaxşilikka olib bormaydi.

* * *
Yaramas işlarning oxiri voy: ular yangi-yangi qabihliklarni keltirib çiqaradi.

* * *
Faqat qatʼiyatgina maqsadga eltadi.

Orif Tolib tarjimasi

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)