U mening tönğiç farzandim, közimning oqu qorasi edi: uning bu köhna dunyoga kelişi, ilk marta göyo ona qornidagi taftli va orombaxş hayoti buzilganidan köngli qattiq ozor çekkandek, dafʼatan çinqirib yiğlab yuborişi jismu jussamdagi mudroq tortgan tuyğularimni birdan junbuşga keltirgan, tuşkun va zerikarli, imillab keçayotgan hayotimga rang va mazmun olib kirgan edi, yöq, yöq, uning dunyoga kelgani haqidagi xuşxabarni eşitib turib, göyo uzoq yillardan buyon hayotning qoronği puçmoqlaridan jonim halak bölib izlab yurgan muqaddas narsani kutilmaganda topib olgandek, quvonçdan özimni butkul yöqotib qöygan, yuragim azbaroyi orziqib ketganidan, töyib-töyib yiğlagim kelgan edi.
U mening tönğiç farzandim edi: unga nisbatan könglimda mehru muhabbat, şafqatu muruvvat va işonçu umidim çeksiz edi, öşa dunyo asta-sekin tunning harir pardasiga öralib borayotgan, tim qora osmonda yulduzlar miltirab jilva qilayotgan ayni oqşom pallasida men tuğruqxonaning betartib böyoq çaplab taşlangan derazasi ortida qörquv va hayajon girdobida ğarq bölib turar ekanman, nogoh içkaridan uning xuddi dunyoni buzib yuborgudek çinqirib yiğlaşini eşitib turib, garçi bunga uzoq payt özimni işontirolmay yurgan bölsam-da, umrimda birinçi marta yuragimda otalik tuyğusi uyğongan va özimni tuyqus ulğayib qolgandek his etgan edim.
U mening tönğiç farzandim edi: u haqda öylarkanman, göyo kutilmaganda hayotning sirli köçasiga kirib qolgandek, aqlim şoşib, muqaddas bitik singari qadim ajdodlarimdan ötib kelayotgan, baʼzan nohaq tökilib-soçilgan, baʼzan ğazabdan köpirib toşgan, baʼzan esa zulm va qabohat köz oçirmaganidan tönglab qolgan, ammo heç qaçon közi bekitilgan buloq singari qurib bitmagan qaynoq qon endi uning jajji vujudida jimirlab oqayotganini sira aqlu tasavvurimga siğdira olmas va dafʼatan odam bolasi yaralgandan to yöq bölib ketgunga qadar anglab bölmas xilqat ekaniga iymon keltirardim.
U mening tönğiç farzandim edi: menga, avvaliga, kim tuğilişi – öğil köramanmi yoki qizmi, mutlaqo farqsiz va ahamiyatsiz tuyulgan edi, hatto bu haqda öylab ham körmagan, faqat kunlardan bir kun yurak qörimdan yaralgan mujda sokin oqayotgan hayotimga taşrif buyurişini, u bilan mening qismatu aʼmolim to abad eş bölib ketişiga qattiq işonar va şunday saodatmand kunlar tezroq yetib kelişini orziqib kutib yaşardim. Faqat xotinimning taqdiri azaldan kutgan inoyati, istak-xohişi boşqaça edi, u öşa köngli aynib, heç narsa yoqmay yurgan ilk kunlaridayoq qiz tuğilişini orzu qilar, yillar ötgan sayin sölib-sarğayib, unut bölib borayotgan ön sakkiz yoşidagi öy-xayol, orzu umidlarini mana şu beğubor istak timsolida qayta kaşf etgan va oxir-oqibat bunga qattiq işonib qolgan bölsa-da, bari bir öğil tuğildi. Yöq, yöq, men xotinimning sarob bölib çiqqan orzu-umidi ustidan kulayotganim yöq, bunday bemaʼni öyni heç qaçon hayolimga ham keltirmaganman, aksinça, öşa kezlarda uning şunday beğubor öy-xayollar qurşovida masrur qiyofada yurganini kuzatib turib, rost gap, iç-içimdan unga havasim kelgan, u közimga yanada jozibali va gözal bölib köringan edi. Buning ustiga, men öğil emas, qiz tuğilgan taqdirda ham toleimdan şunday suyungan bölardim.
U mening tönğiç farzandim edi, men uning dunyoga kelgani haqidagi xuşxabarni eşitib, özimni xuddi hayotning tez va şitob bilan oqayotgan katta özaniga tuşib qolgandek his etgan, dafʼatan dunyo ham, odamlar ham közimga öta saxiy va mehr-muruvvatli köringan, hamma-hamma narsani könglimga yaqin olgan edim.
U mening tönğiç farzandim, u göyo mitti sehrgar kabi qalbimda yaşaşga, hayotda zavq-şavq olişga betizgin iştiyoq uyğotgan edi.
Men öşa kun, odatdagidek, tuğruqxonaga yegulik kötarib bordim, bu, çamasi, öğlim tuğilganining ikkinçi kuni edi, xotinim deraza tabaqasidan engaşib yegulikni olar ekan, öğlimga ism qöyiş lozimligini aytib qoldi. U, boya aytganimdek, öğil emas, qiz tuğilgan taqdirda, bu haqda gapirib ham ötirmas, balki töqqiz oydan buyon yuragining qat-qatida asrab-avaylab kelayotgan, hatto mendan ham qattiq sir tutgan öşa sirli ismni endi qizarib-tortinib oşkor qilar va bu ism menga ham, heç şubhasiz, yoqib tuşar edi. Çunki xotinimning didi juda nozik va baland edi, u hayotdan oddiy, ammo gözal narsalarni sira adaşmay topa olar edi. Ammo kutilmaganda öğlimning tuğilişi uning könglini jöştirib kelgan orzu-umidlarini bir zumda çippakka çiqarib yubordi. Uning “Endi öğlingizga özingiz ism toping”, deya xiyol zarda va iddao aralaş aytgan sözlarida ham şu narsa sezilib turar edi.
Ammo bu men uçun unçalik muhim emasdi, çunki öğlim tört muçasi but va soppa-soğ dunyoga kelgan, hayot ham mehri iyib, unga öz bağridan joy bergan edi. Endi unga munosib ism qöyişim kerakligini anglab turardim.
Aslida öğlim bu serşovqin va notinç şaharda emas, balki özimning kindik qonim tökilgan olis qişloqda tuğilganda, heç şubhasiz, hamma-hammasi boşqaça keçardi. Birgina uning dunyoga kelişi barçani birdek quvontirib yuborar, qarindoş-uruğ, qöni-qöşnilar xuddi özlarining hayotida möjiza yuz körsatgandek, bir-birlarini qutlaşib, suyunçi ulaşişga tuşar, onam azbaroyi şoşib qolganidan özini qöyarga joy topolmay qolar, u yoqdan-bu yoqqa yugurgança, şu mitti mehmonning taşvişini çekkan bölardi. Otam esa bunday xosiyatli kunda, albatta, jonliq söyib, qon çiqarardi. Şunday paytda kimdir öğlimga heç kimning xayoliga kelmagan möjaz ism ham topar va bu ism hammaga birdek maʼqul tuşar edi. Keyin otam erta tongda hovlimizga mulloni boşlab kelar va u öğlimning quloğiga ismi bilan birga azon aytgan bölardi…
Bularning bari qişloqdagi hayotning özi kabi tabiiy bir yösinda keçar, heç kim oldindan şunday qiliş kerak, deb atay öylab qöymasdi.
Men bularni xuddi umrimning allaqaysi pallasida röy berib ötgan voqea singari xayolimdan ötkazar ekanman, beixtiyor könglim çökib ketar, ayni damda hayhotdek şaharda hatto quvonçu şodligimni baham köradigan yaqin odamim yöqligini öylab turib, özimni yolğiz his etardim.
U mening tönğiç farzandim edi, men ham uning bu musofir şaharda tuğilişini sira istamagan, ammo şunga qaramay, ayni çoğda, şaharni taşlab ham ketolmasdim, uç yildan buyon nihoyasiga yetmay çözilib kelayotgan ilmiy işim qöl-oyoğimni ipsiz boğlab turardi. Xotinim esa yolğiz özi qişloqda turişni sira xohlamas, ayniqsa, oy-kuni yaqin qolganda uni şunga köndirişga neçoğlik urinmay, baribir, biror-bir natija çiqmagan edi. Biz eski şahardagi tang-tor, devorlari zax tortib ketganidan ilvirab yotgan körimsizgina hovlida ijarada turardik. Xotinim qişloqda emin-erkin hayotga könikkanidan, bu yerda qisinib-qimtinib yaşar, nazarimda, rang-röyi ham salqi tortib ketgandek tuyular edi. Ammo bunga qaramay, u ortiqça injiqlik va gina-kudrat qilmas, hamişa mening könglimga qarab iş tutardi.
Men xotinim bilan xayrlaşgaç, tuğruqxona hovlisidan çiqib, bekat tomon kelar ekanman, öğlimga ism qöyiş haqida öylar, bu fikr allaqaçon xayolimni band etib olgan edi. Albatta, öğlimga munosib ism qöyiş, eng avvalo, mening birinçi otalik burçim ekanligini iç-içimdan his etardim.
Yaşirib nima qildim, öğlimga ism qöyiş haqidagi fikr birdan özimga juda yoqib tuşgan, u xuddi huzurbaxş va lazzatli öy singari yuragimni hapriqtirar, xayolimni öynoqlab, olis- olislarga olib ketar edi. Aslida esa, bu şunçaki jön va oddiy yumuş emasdi, balki men keçagina dunyoga kelgan va najot sörayotgandek, javdirab tikilib turgan bir tirik jonga ism berişim kerak edi. U kelajakda ana şu ism ostida ösib-ulğayadi, hayotning bağriga şu nom bilan kirib boradi, hamma uni şu ism orqali taniydi.
Avvaliga öğlimga ism topiş juda oson va yengil tuyulgan, uzoq vaqt boşim qotib qiynalaman, degan fikrni xayolimga ham keltirmagan edim. Axir, dunyoda nima köp – ism köp, şulardan bittasini tanlayman, tamom-vassalom.
Ammo köz oçib yumgunça oradan ikki kun ötib ketganiga qaramay, biror-bir töxtamga kelişim qiyin böldi. Men keçayu kunduz şu haqda öylaganimdan, boşimda ming bitta ism ğujğon tortib aylanar, ular bir-biridan çiroyli, ohangdor, quloqqa xuddi mayin kuydek yoqimli eşitilar va bir zumda kişini öziga mahliyo etib qöyardi. Ammo men ularning qaysi birini tanlaşni bilmasdim. Baʼzan qaysidir ism könglimga yoqib tuşar va yengil tortgan köyi öğlimga munosib ism topdim, deb öylardim. Ammo hali çuvalaşib yotgan öy-xayollarimni yiğiştirib olişga ulgurmay turib, göyo öğlimga şu ismni qöysam, qandaydir noxuş voqea röy berib qoladigandek, şoşa-pişa fikrimdan qaytardim. Söng yana butun vujudim bilan ismlar aralaş-quralaş bölib yotgan olamga şönğib ketardim. Meni avvaliga ismlarning çiroyi, körki va jarangdorligi köproq qiziqtirgan va xayolim dunyosida suzib yurgan ismlarning köproq şu tomoniga eʼtibor bergan edim. Ammo keyinçalik bu meni qiziqtirmay qöydi. Men endi ismlarning quloqqa yoqimli va jarangdor eşitilişidan köra qanday maʼnoni anglatişiga köproq qiziqib qolganim bois butun fikru xayolim bilan şuni bilişga urinar edim.
Men uzoq manzilni qora tortib, safarga otlangan, biroq özi sezmagan holda yöldan adaşib ketayotgan yölovçiga öxşar, ismlarning maʼno-mohiyatini bilişga urinar ekanman, asosiy maqsadimdan tobora olislab borayotganimni özim ham iç- içimdan sezib turardim.
Bir safar – öşanda oqşom mahali uyda yolğiz özim xayolga botib ötirgan edim – boşimga kutilmaganda urilgan fikrdan beixtiyor qörquvga tuşib, yuragim orqaga tortib ketdi. Mening nazarimda, bu dunyoda odam bolasi kötarib yurişga arziydigan birorta ham munosib ism qolmagan, barça ismlar xuddi eskirgan libos singari allaqaçon ohori tökilib, puturidan ketgan edi. Yöq, yöq, ismlar uzoq yillar oğizdan-oğizga çaynalib ötib kelayotganidan özining uluğvorligi, jarangi va jozibasini yöqotib qöygan, u endi xuddi boyquş çinqiriğidek quloqqa xunuk va yoqimsiz eşitilar, göyo ism ism emas, balki tavqi laʼnat tekkan kimsaning ihraşiga öxşab qolgan edi.
Yöq, yöq, töğriroği, ismda ayb yöq, balki odam bolasi qöl urgan jamiki yovuzlik, jaholat va tubanlik nuqsi aynan ismga muhrlanib qolgan, o, nafaqat muhrlanib qolgan, balki uni butkul örab-çirmab olgan edi, şuning uçun qaysi bir ismdan fahşning şilta hidi “gup” etib dimoqqa urilar, boşqa bir ism qonga botgan, yana boşqa bir ism esa tubanlik va razolat timsoli sifatida yurakka vahm va qörquv solib yangrardi. Kim biladi, ehtimol, ism heç qaçon qarib-qartaymaydi, eskirmaydi, abadiy yoş va körkam, u öz sohibini qabrgaça kuzatib qöyib, yana bir boşqa odamning yelkasiga “minib” olib, heç narsa körmagandek yaşayveradi, degan fikrda ham jon bordir. Ammo meni ayni paytda könglimning bir çetida ğimirlab turgan boşqa fikr qiynar edi: ism ham insonning özi kabi neçoğlik uzoq yaşasa, şunçalik razolatga botadi, tubanlaşib ketadi va oxir-oqibat, heç kim unga havas qilmay qöyadi.
Ehtimol, men piça oşirib yuborayotgandirman, biroq ayni damda boşqaça fikr yurita olmasdim. Çunki men keçagina dunyoga kelgan öğlimga ism izlayotgandim. Ha, şunday, men bugun ismga xaridor edim, odatda, xaridor miridan-sirigaça sörab-suriştiradi, tortişib-bahslaşadi, söng qaysi mol köngliga yoqsa, şuni tanlaydi. Men ham injiq va talabçan xaridor singari hamma-hammasini bilişni istardim.
Albatta, ism töğrisidagi bunday sovuq va tuşkun öylar mening bezovta tortgan ruhimga juda yomon taʼsir qilar, könglimdagi qiziqiş va iştiyoq hissini söndirar edi.
Biroq ayni paytda bunday muşkul ahvolga tuşib qolganimga qaramay, öğlimga tavakkal qilib biror-bir ismni qöyişni xayolimga keltirmasdim.
Men xayolimning olis öngirlarida suzib yurgan har bir ism haqida erinmay boş qotirar edim: bu ism qaçondan boşlab odamlarning tiliga tuşgan, u qanday maʼnoni anglatadi, ötmişda şu nom ostida kimlar yaşab ötgan, ular hayotda qanday iz qoldirgan, xullas, hamma-hammasini bilişga urinar, turli-tuman kitoblarni titkilar, özimga tinçlik bermayotgan savollarga javob izlar edim.
Buning ustiga, öğlimga ism izlab öy-xayolim çuvalaşib yotgan ayni öşa kunlari allaqaysi kitobdan “Qorayimlar qissasi”sini öqib qoldim-u, ism töğrisidagi fikrlarim yanada qatʼiy tortdi.
O, öşanda nafaqat ism töğrisidagi fikrlarim kutilmaganda ğoyibdan rağbat va quvvat olgandek yanada qatʼiy tortgan, balki huv qadimda yaşab ötgan va asrlarning suronli töfoniyu evrilişlari ostida kömilib qolgan qorayimlarning aççiq qismatu aʼmoli, hayotiy tutumi va eʼtiqodu intilişlari sirli mujda yangliğ meni çinakamiga hayratga solib qöygan edi.
Men hayajonga tuşgan köyi uşbu asarni öqir ekanman, xayolan yillar ustalik bilan parda tortgan olis ötmişga, qorayimlar yaşagan davrga sayr qilar, bu yovqur odamlarning poyonsiz sahroda mağrur qad rostlagan ötovlariga kirib borar, ular bilan gulxan atrofida tongga qadar suhbat qurardim.
Ayniqsa, qorayimlarning ismni muqaddas tuğ kabi boşlari uzra ozod kötarib yaşagani, göyo bu ism emas, balki özlarining qismatu aʼmoli bitilgan ilohiy bitik kabi unga çuqur eʼtiqod qöyişgani yuragimni orziqtirib yuborar edi.
Bundan ham qiziği şunda ediki, qorayimlar qabilada farzand dunyoga kelsa, unga ism qöyişga aslo şoşilmas, balki avvaliga gödakni şunçaki bir nom bilan, masalan, çömiçboymi, qozonboymi, deb ataşar edi. Albatta, bu bolaga berilgan muvaqqat nom edi, haqiqiy ismni ösib-ulğayib, voyaga yetgaç, öspirinning özi olişi şart qilib qöyilar edi.
Yöq, yöq, kitobda qayd etilişiça, qabilada ism beriş marosimi quvonçu hayajon, asasayu qiyqiriqlarga ğarq bölib keçar, u baʼzan bir neça kunga çözilib ketar, kattayu kiçik barça qabila ahli bayramona yasangança katta maydonga töplanişar va ismga talabgor öspirinning har bir xatti-harakatini közdan qoçirmay kuzatişar edi. Qabila oqsoqollari esa, xaloyiqning köz öngida ismga talabgor öspirinni ming bitta sinovdan ötkazişar, unga turli-tuman savollar berişar, allaqanday murakkab va xatarli şartlarni bajarişni talab qilişar va şundan söng uzoq kengaşib, unga munosib ism berişardi.
Marosimda öspiringa ism bilan birga sovut, qiliç va oq ot ham tortiq etilar va u endi qabilaning haqiqiy aʼzosiga aylanardi.
Kitobda qayd etilişiça, qorayimlarning avloddan-avlodga ötib kelayotgan ism beriş marosimi öta qatʼiy tartibda, murosasiz ruhda ötar va bu marosimga özgartiriş kiritişga heç kim jurʼat etolmasdi.
Albatta, marosimda hukm suradigan ana şunday qatʼiyat va murosasizlik tufayli ism oliş nasib etmagan, yaʼni maşaqqatli sinovlardan öta olmagan öspirinning keyingi qismati juda ayançli keçardi: maydonga yiğilgan xaloyiq oqsoqolning “Unga ism berilmasin!” degan sözlari yangraşi bilan tuyqus junbuşga kelar, hamma qahr-ğazabi, nafratiyu alamini öşa baxtiqaro öspirinning ustiga soçar, heç kim rahm-şafqat qilişni xayoliga keltirmas, odamlar qahrdan guvranib taşlanar va uni urib-sökib haydagança qabiladan mangu badarğa etardilar. Keyin esa qorayimlar bu noşud, şörpeşona öspirinni, göyo özlari bilan heç qaçon baqamti yaşamagandek, qayta yodga olmasdi ham.
Ismni ana şunday uluğlab yaşaş qorayimlarning hayot tarziga şu qadar çuqur singib ketgan ediki, bu aqidani buzişga yoki unga jinday bölsa-da, özgartiriş kiritişga heç kim jurʼat etolmagan.
Qorayimlar asrlar qaddini bukkança, şu taxlit yaşab ötgan edi.
Men “Qorayimlar qissasi”ni öqigaç, azbaroyi hayajonlanganimdan ilmiy rahbarim bölmiş professorga ham taassurotlarimni gapirib berdim. Ammo kutganimdan farqli ölaroq, uning tund yuzida biror-bir hayratlaniş yoki özgariş ifodasi sezilmadi.
– Eramizdan oldingi asrda yaşagan qorayimlarni aytayapsizmi? – dedi u xotirjam ovozda. – Ha, bilaman, tarixda şunday elat yaşab ötgan. Ularning ismga nisbatan ğalati munosabati, töğriroği, ismni ilohiylaştirişi bir paytlar meni ham xuddi sizga öxşab qattiq hayajonga solgan edi. Lekin keyinçalik çuqurroq mulohaza yuritib, öylab qarasam, qorayimlarning tanazzulga yuz tutişi va oxir-oqibat tarix sahnidan butunlay yöq bölib ketişiga, avvalo, ularning özi qattiq eʼtiqod qöygan ana şu ism sabab bölgan. Nega deysizmi? Buning izohi juda oddiy: qorayimlar öziga munosib ism ololmagan noşud öspirinni öylab ham ötirmay qabiladan haydab solgan. Yaʼni, ismsiz qolgan kimsani heç kim qorayim sanamagan. Yillar ötişi bilan öziga munosib ism ololmagan va qabiladan badarğa qilinganlar soni köpayib ketgan. Bu, ikkinçi tomondan, haqiqiy qorayimlar tobora kamayib borgan, degan maʼnoni anglatadi. Oxir-oqibat ahvol şu darajaga borib yetganki, qabilada barmoq bilan sanasa böladigan, beş-ön nafar qorayim qolgan. Biroq şunda ham bu öjar odamlar eski aqidadan voz keçişni xayollariga keltirmagan. Oxir-oqibat qorayimlardan nom-nişon qolmagan. Mana sizga, qandaydir aqidaga kör-körona eʼtiqod qöyib yaşaşning oqibati.
Professorning işonç bilan kesib-kesib gapirişi va uning aççiq xulosasi meni bir zumda gangitib qöydi. Ammo har narsa bölganda ham könglimda qorayimlarga nisbatan çuqur hurmat tuyğusi uyğongan, ayniqsa, ularning ismni uluğlab yaşagani hamon hayratimni qözğatardi.
* * *
Kim biladi, ehtimol, men bunday mantiqsiz, notayin öy-xayollarga berilib, behud qörquv va vahimaga tuşayotgandirman?! Ehtimol, öğlimni azbaroyi yaxşi körganimdan unga har qanday ismni ravo körmayotgandirman?! Balki ism topişga qiynalayotganimga özimning tabiatimdagi injiqlik va xudbinlik sabab bölayotgandir?!
Hozir bu haqda aniq bir narsa deya olmayman. Ammo men butunlay umidsizlikka tuşmagan, özim öjarlik bilan izlayotgan ism haqida, garçi buni söz bilan aniq-taniq ifodalab berolmasam-da, ğira-şira tasavvurga ega edim. Bu ism öğlim tuğilgan kundan buyon xayolimning olis öngirlarida bir uyum oppoq bulut kabi ohista suzib yurar, baʼzan tuşlarimda uni allakim qöşiq singari kuylayotganini eşitib qolar edim. U ming bir ohangda jaranglab, yuragimda umid va quvonç gulxanini yoqib, öziga tomon betinim çorlar, faqat uni eslab qolişga qiynalayotgan edim. Baʼzan noxuş öylar taʼsirida tuşkunlikka berilib, hafsalam pir bölib turgan paytlarda ana şu sirli ism xayolimda “yalt” etib paydo bölar va u qudratli kuç singari könglimda yana umid va iştiyoq çiroğini yoqar, tinimsiz öylaş va izlanişga undar edi. Şuning uçun men kunlar ötib borayotganiga qaramay, hamon öğlimga munosib ism topmaganimga unçalik eʼtibor bermas, könglim nimadandir ança xotirjam edi.
Har gal tuğruqxonaga yegulik kötarib borganimda, xotinim közlari javdirab oğzimni poylar, öğlimga qanday ism qöyganimni eşitişni toqatsizlik bilan kutar edi. Biroq hali ism topmaganimni eşitarkan, birdan avzoyi özgarib ketar, azbaroyi jahli çiqqanidan yonoqlari “pir-pir” uçib, andişani ham unutgan köyi şanğillab gapirişga tuşardi:
– Xayolingiz qayerda, özi? Öğlingiz qolib, nimalarni öylab yuribsiz?
Xotinim göyo ism öğlimga emas, balki öziga zarurdek, astoydil kuyunib gapirar, ora-sira öpkalanib, köz yoşi ham qilib olar, izimga qaytayotganimda esa, qayta-qayta yana şuni uqtirar edi:
– Ertaga öğlingizga ism qöyib, guvohnomasini olib keliş esingizdan çiqmasin! Yöqsa, döxtirlar uyga javob bermasmiş…
Men qadamimni sudrab bosgança, tuğruqxona hovlisidan çiqarkanman, özimni xuddi adaşib, boşi berk köçaga kirib qolgan kimsa singari noçor his etar, öy-xayollarim butkul çuvalaşib ketganidan, ism haqida ortiq öylaşga ham yuragim bezillar edi.
Buning ustiga, aynan öşa kunlari xuddi atay qilgandek, yölak çetida tanda qöyib ötiradigan tilançi çolning kutilmaganda aytgan sözlari xayolimni battar ostin-ustun qilib yubordi.
U – tilançi çol xudoning bergan kuni universitet kutubxonasiga boradigan yölakning bir çetida tanda qöyib ötirar va zoriqqan ovozda allanimalar deya minğirlagan köyi ötgan-ketgan yölovçilardan xayr-sadaqa sörar edi. Uning aft-angoriga qarab bölmasdi, betartib ösib ketgan soç-soqoli yuziga qörqinçli va yovvoyi tus berib turar, közlari maʼnosiz va tuşkun boqar, jussasi qiltiriqdek ozğin, yelka suyaklari tugilgan muştdek börtib çiqqan, egnidan esa qişin-yozin rang-tusi öçgan eski tön tuşmasdi. Uning mana şunday isliqi, taşlandiq, ğarib va benavo qiyofasiga qarab turib, kişining könglidan beixtiyor turiş-turmuşi şunday bölgaç, bu dunyoda tilançi bölmay qayga ham borardi, degan öy keçardi. Aftidan, u hayotda odamdek yaşaş, umrguzaronlik qilişni allaqaçonlar unutib yuborgan, könglida ham sof va beğubor tuyğular allaqaçon öçib ketgan va özini yerga urib, odamlar oyoği ostida öralaşib yaşaşdan or qilmay qöygandi.
Uning yölakda tanda qöyib ötirişi, qoqsuyak qöllarini çözgança javdirab xayr-sadaqa söraşi, umuman aytganda, isliqi aft-angori köngilda faqat nafrat va ijirğaniş hissini qözğar edi. Odatda, yölovçilar xuddi nuqsi urib qoladigandek, uni çetlab ötişga urinişar, köpinça oçiq-oşkor nafrat bilan tikilib qöyişar edi.
Men öşa kuni ana şu tilançi çolning oğzidan sira aql bovar qilmaydigan sözlarni eşitib, dafʼatan huşyor tortdim.
Aslini aytganda, u bilan örtamizda biror-bir tanişlik yoki şunga öxşaş yaqin munosabat yöq edi. Bunday munosabat qaydan bölsin, axir, u kim edi-yu, men kim edim?! Şu paytga qadar onda-sonda, şunda ham çöntagimda mayda çaqalar paydo bölib qolganda, xayr-sadaqa qilganimni aytmasam, unga biror marta tuzuk-quruq eʼtibor ham bermagan, biror oğiz söz ham qotmagan edim. Har doim uning qarşisidan beeʼtibor va loqayd ötib-qaytar, uning yölakda ivirsib ötirişi meni mutlaqo qiziqtirmasdi.
Ammo ayni öşa kunlarda u öğlim dunyoga kelgani-yu, men unga ism izlab butkul xayolga botib yurganimdan qanday xabar topdi, buni qayerdan bila qoldi – şunga hali-hanuz aqlim yetmaydi. Kim biladi, ehtimol, men yölakdan ötayotib, kimgadir öğil körganim-u, unga ism izlab yurganim töğrisida gapirgan va bu gap-sözlar tasodifan uning quloğiga ham çalinib qolgan, endi esa u pismiqlik bilan özini salkam avliyo çoğlab, nimaiki eşitgan bölsa, barini oqizmay-tomizmay özimga qaytarib aytayotgandir. Ehtimol, u bu pismiqligi evaziga mömaygina sadaqa undiriş payidadir. Ehtimol, keyingi kunlarda mening hayotimda qanday voqea röy berib ötgan bölsa, barini u savqi tabiiy xislati bilan bilib olgandir.
Bilmayman, har narsa bölişi mumkin. Ammo meni butkul tang qoldirgan narsa öşa kun ertalab, odatdagidek, kutubxonaga borayotib, negadir könglimda sadaqa beriş istagi tuğildi va çöntagimdan qöldan-qölga ötaverganidan uvadasi çiqib ketgan qoğoz pulni olib, engaşgan köyi unga uzatayotganimda, kutilmaganda, boşini ilkis kötardi va kiprik qoqmay, yuzimga sovuq tikilgança, söz qotib qoldi:
– Öğlim, – dedi u xuddi qiroat qilayotgandek bosiq va dörillagan ovozda, – avvalo hammasi xudodan, ammo ism tanlaşda aslo şoşilmang. Har bir ism özining ruhi va yuki bilan yaralgan. Şuni sira yoddan çiqarmang: ismda sir bor, uning qatida bolaning qismati yaşirib qöyilgan. Öğlingizga çuqur öylab, söng ism qöying. Omiyn, atagan xayr-sadaqangizni xudo öz dargohida qabul qilsin! – u qoqsuyak qöllarini oçib, yuziga fotiha tortdi-da, söng yana boşini quyi solib oldi.
Ha, ha, u xuddi qiroat qilayotgandek, salobatli ovozda: “Ismda ham sir bor”, dedi. Keyin sira kutilmaganda, uning turqi-avzoyi birdan özgardi, göyo hozirgina örtamizda heç qanday gap-söz bölib ötmagandek, boşini köksiga tekkizgudek alfozda quyi solib oldi-da, tağin zoriqqan ovozda allanimalar deya minğirlaşga tuşdi. Men uning boşi ustida azbaroyi hayrat va taajjubga tuşganimdan toşdek qotib qolgan, oyoqlarim ostida bukçayib ötirgan tilançi çolga içki bir qörquv va hayrat bilan tikilar va tikilgan sayin u haqidagi burungi uzuq-yuluq tasavvurlarim xuddi puturidan ketgan uy singari birdan qulab tuşgan va u közimga bu köhna va quv dunyoning barça sir-sinoatini beş barmoğidek biladigan sehrgarga öxşab körinardi. Men tik qotgan köyi tilançi çolga tikilarkanman, könglimda qiziqiş va hayratim tobora ortib borar, tilançi çolni yana gapga solişni, özimni şu paytga qadar qiynab kelgan barça jumboq va çigalliklarga javob olişni istardim. Ammo u mening istak-xohişimga zid ölaroq, allaqaçon tönini butkul teskari kiyib olgan, boşini kötaray demas, ovozi ham içiga tuşib ketgandek, tinib qolgan edi. Faqat u dam-badam közi osti bilan oyoqlarimga qarab-qarab qöyar, aftidan, mening bu yerdan tezroq ketişimni kutayotgan edi.
Men uning boşi ustida ança payt turib qoldim, ammo undan sas-sado çiqmadi, buning ustiga, yölakdan ötib-qaytayotgan yölovçilar ajablanib qarayotganini sezgaç, noiloj kutubxona tomon yöl oldim.
Hayotda nimalar bölmaydi, deysiz? Ammo tilançi çol meni, rostdan ham, qattiq hayratga solib, xayolimni bir zumda ostin-ustun qilib yuborgan edi. Men boyagina uning oğzidan eşitgan gap-sözlarga özimni sira işontirolmas, bu voqea öngimda emas, balki tuşimda röy berib ötganga öxşab tuyular edi. Boşqa bir kimsa şunday başorat qilsa, ehtimol, men bunçalik hayratga tuşmas, barçasini tabiiy yösinda qabul qilgan bölardim. Ammo har kun yölakda ivirsib ötiradigan, na zoti, na nasl-nasabining tayini bor daydi va isliqi bir kimsadan nogahon bunday dilxoh sözlarni eşitişni sira tasavvurimga siğdirolmay qiynalar edim. Aslida kim özi bu tilançi çol?! Mening fikru-xayolimni ana şu öy band etib olgan, kutubxonaning zax hidi anqib yotgan nimqoronği xonasida ilmiy işimga taalluqli kitoblarni nomigagina titkilab ötirar, biroq boşimga heç narsa kirmasdi.
Ammo ertasi kuni ertalab, çamasi, haftaning seşanba kuni edi, kutilmaganda, şunday ğalati voqeaning ustidan çiqdimki, kimdir boşimga tuyqus bir muşt tuşirgandek, battar gangib qoldim.
Şu kuni ertalab tuğruqxonadan çiqib, kutubxonaga borayotgan edim, yölak örtasida – aynan haligi tilançi çol tanda qöyib ötiradigan joyda bir töda odamlar töplanib, bir-birlarining yelkasi oşa böyinlarini çözgança, allanimani berilib tomoşa qilayotganiga hali olisdan közim tuşgan va könglimda qanday voqea röy beribdiykin, degan öy keçib, qadamimni qanday tezlatganimni özim ham sezmay qolgandim. Odamlar töplanib turgan joyga yetib kelib, dafʼatan şunday voqeaga guvoh böldimki, aqlim şoşganidan nima qilişni bilmay qoldim. Rosti gap, men kunlardan bir kun şunday voqea röy beradi, deya sira öylamagan, bu hatto yetti uxlab tuşimga ham kirmagan edi. Şundan tuyqus qöl-oyoğim böşaşib, köz oldim qoronği tortib ketgandek böldi. Ey, xudo, nimalar röy berayotganini hatto aytişga ham odamning tili bormaydi axir. Ikki barvasta yigit boşqa birovni emas, aynan haligi tilançi çolni qöllaridan mahkam tutgan köyi huv narida eşigi lang oçib qöyilgan maşina tomon sudragandek bir alfozda olib borar, yölakning bir çetida esa, tumonat odam, nafasini içiga yutgan köyi ulardan köz uzmay turardi. Haligi ikki yigit allanimadan qattiq ğazabga mingan, ularning yuzida qahrning oğir şarpasi suzib yurar, azbaroyi jahlning zöridan közlari kosasidan çiqqudek kattarib ketgan edi. Ular tilançi çolning muşaklaridan xuddi jirkanç bir narsani tutgandek oçiq-oşkor ijirğanib uşlab olgança, sudrab borişar, dam-badam, garçi bunga heç qanday zarurat bölmasa-da, ovozlarini kötarib, şaloq sözlar bilan sökingança, uni siltab-siltab taşlaşar va qönji kalta etiklari uçi bilan tepib-tepib qöyişar edi. Beçora tilançi çol bunday tahdid va zuğumdan butkul özini yöqotib qöygan edi, nazarimda, uning jussasi battar kiçrayib, bir burda bölib qolgandek tuyular, şalviragan köyi oyoqlarini bazör sudrab bosarkan, qörquv töla közlari atrofga xuddi najot va yordam sörayotgandek, javdirab boqar va ança olisdan ham aʼzoyi badani qalt-qalt uçib tuşayotgani aniq-ravşan sezilib turardi.
Men bu manzarani ança olisdan kuzatib turar, xuddi tuyqus tuzoqqa ilingan quş singari butkul umidsizlikka tuşib qolgan tilançi çolga qararkanman, yuragim gursilab tez-tez urar, iç-içimdan qattiq bir hayajon kötarilib kelardi. Men ana şu hayajon va hadik taʼsirida yölakni band etib olgan odamlarni itarib-turtib oldinga qanday ötganimni sezmay ham qoldim. Va haligi tilançi çolning aft-angoriga yaqindan nazar taşlar ekanman, butkul boşqa manzaraga közim tuşib, aqlim battar şoşib qoldi. Yo, tavba, nimalar bölayapti, özi?! Yöq, yöq, tilançi çol, men boya öylagandek, qörquv va vahimadan sira özini yöqotib qöymagan edi, aksinça, göyo boşiga heç qanday körgilik va musibat tuşmagan, balki hamma narsa azal- azaldagi singari tinç va osuda keçayotgandek, özini mutlaqo xotirjam va beparvo tutar, yuzida sokin va xotirjam bir ifoda kezinar, faqat labining bir çetida allaqanday zaharxanda va istehzoli kulgi şarpasi bilinar-bilinmas közga taşlanib turardi. Menga unga qarab turib, közlarimga işonmasdim. Axir, tilançi çol özini bunday boqibeğam alfozda tutişi juda qiziq va ğalati edi. Yöq, yöq, çamasi, u özini atay şunday göllikka solib olgan, göyo özimni ovsardek qiyofaga solib olsam, bu balo-qazoning çangalidan oppa-oson qutulib ketaman, deb xomtaʼma bölayotganga öxşar edi. Kim biladi, ehtimol, kutilmagan tahdid va zuğumdan uning yuragi kiçrayib, aqlu şuuri butkul karaxt tortib qolgan va ayni paytda ana şu yuragini örab-çirmab olgan qörquv va vahima taʼsirida heç narsani idrok etmay qöygandir. Ha, ha, şunday, boşqaça bölişi mumkin emas, çunki anavi ikki barzangi yigit uning boşi ustida xuddi osmondan tuşgandek, tösatdan paydo bölib, qöllaridan mahkam tutgança sudraşga tuşganda, uning yuragi qörquv va vahimaga tölib, esi oğib qolgan va şundan hali-hanuz öziga kela olmagandi. Kim biladi, balki uni uzoq vaqt poylab yurib, nihoyat, bugun naqd ayb ustida qölga tuşirişgan va şundan u dami içiga tuşib ketib, miq etmay qolgandir. Bilmadim, har narsa bölişi mumkin. Lekin, nazarimda, ayni damda tilançi çolning huşi özida emasga öxşab körinar edi.
Haligi ikki barzangi yigit uni sudragandek bir alfozda maşina oldiga olib kelgaç, qöllarini qöyib yuborib, maşinaga çiqişni buyurdi. Tilançi çol esa yoşiga yaraşmaydigan bir epçillik bilan maşinaning temir zinasiga oyoğini dadil qöydi-da, içkariga boş suqdi va söng xuddi tubsiz çohga tuşib ketgandek, birdan közdan ğoyib böldi. Faqat maşinaning yon tomonidagi kiçkina tuynukdan uning qop-qora yuzi ğira-şira közga taşlanib turar, u, çamasi, örindiqqa çökkan va boşini quyi solib olgan edi. Uning ayni mana şu qop-qora tortib ketgan yuzi xotiramga qattiq muhrlanib qoldi. Keyinçalik har gal tilançi çolni eslaganimda, eng avvalo, uning maşinaning kiçkina tuynugi ortidan dunyoga iymangan va tortingandek bir alfozda qarab turgan mana şu holati lop etib, xotiramda jonlanar va xuddi özimning hayotimga bevosita daxldor ayançli voqea singari dafʼatan yuragimda alam va oğriq qözğar, iç-içimdan kötarilib kelgan iztirobmi, öksinişdan dunyoga siğmay qolardim. O, aslida ham, uning öşa tuynukdan közga elas-elas taşlanib turgan çuvakkina yuzi va zim-ziyo tun qöynida unutib qoldirilgan bir juft şamdek yonib turgan közlari juda qayğuli va alamnok edi, bu oğir manzara tilançi çolning köpçilikka noayon qismatu aʼmoli, sargaşta umri haqida juda köp narsalarni unsiz sözlayotgandi.
Haligi ikki barzangi yigit maşina eşigini zarb bilan şaraqlatib yopdi. Şundan söng maşina şiddat bilan örnidan qözğaldi-da, tez orada közdan ğoyib böldi. Yölakda tomoşatalab yölovçilar tirband bölib ketgan edi, ular tobora olislab borayotgan maşinadan bazör közlarini uzib, birdan şivir-şivir qilişga tuşişdi: kimdir tilançi çolni isliqi qiyofada bekinib yurgan aşaddiy qotil desa, yana kimdir qip-qizil öğri ekan, köpdan buyon iziga tuşib, bugun qölga olişga muvaffaq bölişibdi, der, yana kimdir bundan ham vahimali taxminni töqir edi. Yölovçilarning bunday tuturuqsiz taxminu farazlari mening ensamni qotirib, ğaşimga tegardi. Şuning uçun bunday gap-sözlarni eşitişga ortiq sabrim çidamay qadamimni sudrab bosgança kutubxona tomon yöl oldim.
Men bu tilançi çolni ança paytdan buyon bilar edim, uning isliqi turqu raftoriga xudoning bergan kuni közim tuşar, ammo şunga qaramay, heç qaçon unga tuzuk-quruq eʼtibor bermagan, kim özi bu çol, nega bunday ayançli ahvolga tuşib qolgan, uning oilasi, bola-çaqasi bormi, ular qayerda, deb loaqal biror marta öylab körmagan edim. Aslini aytganda, unga nafaqat mening, balki yölakdan ötib-qaytadigan barça yölovçilarning közi könikib ketgan, heç kim ortiqça eʼtibor bermas, uning borligi ham, yöqligi ham heç kimni qiziqtirmasdi. Buning ustiga, şu paytga qadar uni biror-bir kimsa yölakdan quvib solmagan va u bu yerdagi hayotga şunçalik singişib ketgan ediki, agar bir kun qorasini körsatmay qöysa, göyo yölak böm-böş tortib, huvillab qoladigandek tuyular edi.
Yöq, yöq, men bugun – umrimda birinçi marta bunday çuqurroq öylab qarasam, u xayr-sadaqa ilinjida lablari gezarib ötiradigan olçoq tilançilarga ham unçalik öxşamas ekan. Ha, rost, men uni olçoqlarça qöllarini çözib, ötgan-qaytganning etagiga yopişgani, oğzidan tupugini saçratib diydiyo qilganini heç qaçon körmaganman. U, odatda, yölakning bir çetida boşini quyi solgan köyi ötirar, baʼzan kun uzoği ham boşini kötarib, atrofiga qaramas, faqat past va tuşuniksiz tovuşda allanimalar deb minğillar, ammo uning ovozida hasrat va zoriqiş ohangi sezilmas, balki u köhna bir qöşiqni çözib-çözib hirgoyi qilayotgan va şuning taʼsirida mastu mustariq bölib qolgan kimsaga öxşar edi. U yölak çetida nafsining ilinjida emas, balki bu quv dunyo butkul zada qilib taşlagan yolğiz va öksik könglini ovutib ötirgandek, yölovçilar onda-sonda taşlab ötadigan xayr-sadaqalarga ham boşini kötarib qaramas, sariq çaqa va ğijimlangan qoğoz pullar uning oyoği ostida betartib soçilib yotar edi.
Biroq kişini tang qoldiradigan tomoni şundaki, u butkul oromu xotirjamligini hayotning mana şu xilvat göşasidan topib olgandek, har kun yölakka çiqişni kanda qilmas, qişin-yozin uni heç ikkilanmay yölakdan oppa-oson topib oliş mumkin edi. Faqat u tunlari alla-qayoqqa ğoyib bölar va yana tong azonda yölakka birinçi bölib uning poyqadami tegar edi.
Men tilançi çol haqida öylagan sayin qiziqişim tobora ortib borar, könglimda bir-biridan ğalati va jumboqli savollar boş kötarib kelar edi: tilançi çol kim edi, özi? U hayotning qop-qoronği va böm-böş yölagidan nimani izlab ötdi? Uning şunça payt odamlar oyoği ostida özining ğururu şaʼni, or-nomusi va umrini toptab ötirişdan közlagan maqsad-muddaosi nima edi? U öziga nega bunday ayançli va tuban qismatni ravo kördi? U kimning vasvasasi, makru hiylasiga uçib, özini yerga urdi, umrini yelga sovurib yubordi? Yoki u bu qadim va quv dunyo-dun neçoğlik jilvakor va joduli körinmasin, baribir, şundan bölak heç narsaga arzimasligini tuyqus anglab yetdimi?!
Bilmayman, har narsa bölişi mumkin. Ammo, nazarimda, tilançi çol kunidan qolgan ğarib va notavon, şuning uçun ham yölakda tanda qöyib, odamlarning xayr-sadaqasiga köz tikib yaşaydigan kimsaga sira öxşamasdi. Men endi bunga şak-şubha qilmay qöygan edim. Zero, könglimning tub-tubida unga nisbatan açiniş hissi aralaş iliq mehrga öxşaş tuyğu uyğonib kela boşlagan, u akam yo amakim, işqilib, yaqin bir kişimga aylanib qolgandek tuyular edi.
Xöş, u kunidan qolgan notavon kimsa bölmasa, unda kim edi? Bu savol asta-sekin xotirjam tortayotgan xayolimni yana qayta tözğitib yuborar, özimni tuyqus boşi berk köçaga kirib qolgan kimsa singari noçor his etar va tilançi çolni neçoğlik könglimga yaqin olişga urinmay, baribir, u haqda mutlaqo heç narsa bilmasligimga, men uçun butkul begona va yot kimsa ekanligiga dafʼatan iqror bölardim.
O, yöq, u nafaqat menga, balki mana şu hayhotdek keng va köhna dunyoga ham begona edi. U heç qaçon hamma narsa aralaş-quralaş bölib yotgan hayot bağriga singişib ketmagan, har doim xuddi suvning loyqasi singari tubga çökkan, ammo umri bino bölib, biror-bir kimsaga qismatning bunday şafqatsiz yozdiğidan zorlanmagan, könglidagi alamu iztirobini tökib solmagan, özining çuvalaşib yotgan umr yölidan nimaiki topgan va nimaiki yöqotgan bölsa, hamma-hammasini jimgina içiga yutgan va oxir-oqibat heç kimga oşkor etmay özi bilan olib ketgan edi.
Ha, darvoqe, keçagina u menga ism töğrisida juda ğalati va ajib hikmatomuz gaplarni aytgan edi. Yöq, bu şunçaki jön va omadi gaplar emasdi, axir, bunday narsalar haqida şunçaki nomiga gapirib bölmaydi. Meningça, bu sözlar uning sarkaş va şafqatsiz keçgan, iztirob va alam bir lahza ham köz oçirmagan umri davomida qayta-qayta boşidan keçirgan, ammo har gal tan olişni istamay öjarlik bilan rad etgan, tuşkunlik va umidsizlikka yuz tutgan öy-xayollarini atay boşqa narsalar bilan ovutgan, hamişa özini xuddi omadi çopgan kimsadek mağrur va baxtiyor tutgan, biroq baxtga qarşi bu körgulik va azob-uqubatlarning adoği körinmay, qismat hamişa yöldan adaştirib ketavergaç, oxir-oqibat taqdirga tan berib, işonib qolgan qatʼiy xulosasi edi. Çunki keça u ortiqça hayajonu ehtirosga berilmay, işonç bilan kesib-kesib gapirgan, har bir sözi yuragining qat-qatidan otilib çiqqan, közlari esa göyo aytayotgan fikrlarini tasdiqlayotgan singari olovdek çaqnab turgan edi. Ha, şunday, u yolğon gapirmagan edi, aslida meni aldaş va laqillatişdan unga heç qanday foyda yöq edi. Buning ustiga, u loaqal bergan xayr-sadaqamga nomiga bölsa-da, köz taşlab qöymagan edi. Men şu fikrni xayolimdan ötkazar ekanman, tuyqus juda muhim sirni anglab yetgandek, birdan yuragim şitob bilan tez-tez urib ketdi: qiziq, tilançi çolning ismi nima ekan?!
Harqalay, u ismsiz kimsa emas, bir paytlar dunyoga kelganda, ota-onasi unga yaxşi niyat bilan ism qöygandir?!
Biroq menga uning ismi ham umri singari qoronği va notaniş edi.
Men ayni damda boşqa bir narsaga iç- içimdan qattiq işonib turardim: uni kim deb ataşganidan qatʼi nazar, u umr böyi öz ismidan köngli tölmay yaşagan, hayotining har bir qadamida böyniga osib qöyilgan bu tavqilaʼnatdan xalos bölişga uringan, qattol qismat rahm-şafqat qilmay boşiga qanday musibat va körgiliklarni tökib solgan, yurak-bağrini pora-pora qilgan bölsa, u barça-barçasini mana şu peşonasiga azaldan bitib qöyilgan ismdan körgan, yöq, yöq, bu ism emas, balki yovuzlik va razolat tamğasi singari uni bir umr taʼqib etib kelgan, yuragiga qörquv va vahm solgan, köziga dunyoni xunuk va vahimali qiyofaga solib körsatgan, uzoq yillar davomida hayotning çigal va qoronği söqmoqlarida maqsad-muddaosiz sarson-sardon adaştirib yurgan, dunyo, odamlar va umrning maʼno-mazmuni haqida turli xil yolğon vaʼzlar öqigan va oxir-oqibat boşiga şunça dardu sitam va iztirobga solgani yetmagandek, battar masxara qilgan köyi yölakka – odamlar oyoği ostiga olib kelib taşlagan edi.
Aftidan, şundan sönggina u ism haqida yuragi bezillab öylaydigan bölib qolgan va boyagi qatʼiy xulosaga kelgan edi.
Ha, şunday, boşqaça bölişi mumkin emas. Axir, hayotda heç kim özi boşidan keçirib, işonç hosil qilmagan narsa haqida bunçalik qatʼiyat bilan gapira olmaydi.
Nimasini aytay, tilançi çol, uning noayon keçmişi fikru xayolimni butkul band etib olgan, garçi özim qaysi biriga işonişni bilmay tursam-da, u haqida turli-tuman taxminu farazlar töqir edim. Buning ustiga, uning keça ism haqida aytgan sözlari hali-hanuz yuragimga qörquv solib turardi. Zero, men öğlim tuğilganiga olti kun bölganiga qaramay, hali unga ism qöymagan edim.
* * *
Ittifoqo, men ana şunday kunlarning birida öğlimga ism topdim: uni Muayyad deb atadim. Bu ism tözğib yotgan xayolimda kutilmaganda qayerdan paydo böldi, öğlimga nega aynan şunday ism qöydim, bu ism qanday sehru jozibasi bilan könglimni zabt eta qoldi, gapning rosti, hozir buni tuzuq-quruq tuşuntirib berolmayman. Kim biladi, ehtimol, bu ism şuuru tasavvurimning qat-qatlarida uzoq yillardan buyon kömilib yotgan, biroq men uning xayolim ummonida yaşayotganini heç qaçon payqamagan, faqat öğlim çinqirib yiğlagança dunyoning zalvorli eşigini nozikkina barmoqlari ila ohistagina qoqayotgan mahal şu ism ham uzoq safarga otlangan yölovçi singari birdan qalqib yuzaga çiqqandir. Ehtimol, haligi tilançi çol aytgandek, öğlimning peşonasiga bitilgan qismatu aʼmolning özi uni yodimga solib qöygandir. Bilmayman. Faqat bu ismni xotinim ilk marta tilga olganda neçoğlik ensasi qotib, jahli qözigan bölsa, u özimga şunçalik yoqar, nazarimda, bu ism to ufqqa qadar çözilib ketgan, hali biror-bir kimsaning izi tuşmagan yolğizoyoq yöl kabi sirli va jozibali körinar edi.
Xotinim mening oğzimdan bu ismni eşitgan zahotiyoq xuddi yoqimsiz narsaning taʼmini tuygandek, birdan yuzi burişib ketgan, iç-içidan aççiği kötarilib kelganidan oçiq-oşkor şanğillaşga tuşgan edi:
– Muayyad degani nima emiş? Dunyoda şundan bölak tuzukroq ism qurib qolgandimi? Siz almisoqdan qolgan şunday ism topişingizni özim ham bilardim… Odamlar bitta öğliga ham eplab tuzukroq ism qöyolmabdi, demaydimi?!
Odatda, xotinim öğlimning ismini aytayotganda hadeganda tili aylanmay qiynalganidan battar jahli qözib ketardi. Biroq uning bunday norozi ohangda javraşlari uzoqqa çözilmadi, oradan köp ötmay u indamay qöydi.
Demak, bundan buyon hamma öğlimni Muayyad deb ataydi. U şu ismning ostida ösib-ulğaydi. Bu göyo ism emas, muqaddas tumor singari uni hayotning xatarnok köçalaridan kiprigiga gard ham yuqtirmay olib ötadi, köngliga hamişa eng huzurbaxş orzu-umidlarni solib turadi.
Kim biladi, balki men havoyi va puç öylar taʼsirida xayolparast bir kimsaga aylanib qolgandirman. Ehtimol, öğlimning ismi bu dunyodagi millionlab boşqa ismlardan biror-bir jihati bilan farq qilmaydi, u ham oddiy va jön bir ismdir.
Umuman aytganda, ism ham allaqaysi bir zamonda xudkom bir kimsa tomonidan ilohiylaştirilgan, bezab-bejalgan va u haqda bir-biridan ğaroyib rivoyatlar töqilgandir. Aslida esa, ismda heç qanday sir-sinoat ham, xosiyat ham yöq, u insonning taqdiru aʼmoli, keçmiş hayotiga ziğirça daxl qilolmaydigan şunçaki bir jön narsadir.
Men bu sovuq öylar taʼsirida tuşkunlikka tuşgandek birdan böşaşib ketar, özimning holatim özimga ham kulgili bölib tuyulardi. Biroq oradan bir lahza ötib-ötmay, tağin umidbaxş öylar xayolimni band etib olar va yana öğlimning ismi haqida öylardim.
Mening nazarimda, öğlimga qöygan ism bağrida hali odamzot bolasiga nasib etmagan, bir qaraşdayoq aqlu tasavvurni butkul lol qoldiragan möjiza yaşirinib yotgandek tuyular edi.
Mana şu öy yuragimni xulyo kabi junbuşga solar, xayolan juda köp narsalar haqida vaʼda berar edi. Buning ustiga, men xuddi taqdirdan heç qaçon mehru muruvvat körmagan, balki har doim ögay öğil singari bir çetga itqitib taşlagan kimsa kabi öğlimning kelajagiga umid va xavotir bilan qarar, göyo hayotda şundan bölak ilinju işonçim qolmagandek, mudom u haqda öylar edim.
Öğlimning çaqaloqlik damlari xuddi qadim ertaklardagi singari tinç, osoyişta va sirli tarzda ötib borardi: odatda, keçayu kunduz uyqudan köz oçay demas, uzoq vaqt qotib uxlar, hatto biz bilan bitta uyda yaşayotgani ham aytarli sezilmasdi. Faqat qorni oçgan payt tamşanib-tamşanib past ovozda yiğlar, uning ovozi yiğidan köra köproq endi köz oçayotgan kuçuk bolasining ğingşişiga öxşab ketar va xotinim şoşa-pişa kökrak tutganda, u bir-ikki marta tortqilab-tortqilab kökrak sörar va ema turib, tağin közlari uyquning sirli törlariga ilinib qolar edi. Baʼzan uyqu uni özining sirli domiga şunçalik çuqur tortib ketardiki, hatto nafas olayotgani ham sezilmay qolar, çippa yumilgan közlari va ifodasiz tusga kirgan oqpar yuziga tikilib turib, kişi dafʼatan noxuş va sovuq öyga borganini sezmay qolar edi. Gohida xotinim unga tikilib turib, çamasi, könglidan şunday noxuş öy keçgandanmi, tuyqus rang-quti öçib tipirçilab qolar va şoşa-pişa öğlimning köksiga boş qöyib, yurak urişiga quloq tutar, ammo biroz özini bosib olganiga qaramay, baribir, yuragidagi xavotiri bosilmasdi, şekilli, atay burnini çimçilab, uyqusini buzib uyğotar edi.
Buning ustiga, öğlimning jismu jussasi juda kiçkina va nozik edi. Men u tuğilgan kunlari juda köp marta uning yuzi, közlarining rangi va miyiğida yoyilib kulişini özimça tasavvur qilişga uringan va oxir-oqibat çehrasi kulgidan yorişib turgan löppigina gödakning qiyofasi xayolimdan joy olib ulgurgan edi. Men öğlim tasavvurimda yaşayotgan ana şu gödakka quyib qöygandek öxşaydi, deb öylar va bunga qattiq işonar edim.
Buning ustiga, u tuğilgan kunlarda har gal tuğruqxonaga yegulik kötarib borganimda, xotinim derazadan boşini çiqarib, öğlimni xuddi esini tanib qolgan boladek taʼriflar, uning lablarini yoyib, beğubor kulişiyu qöl-oyoqlarini tipirçilatişi, hatto soçlarining rangi, qoşu közlari kimga öxşab ketişini şunday zavq-şavq bilan gapirib berardiki, beixtiyor özimning ham yuragim orziqib ketardi.
Biroq öğlimni tuğruqxonadan olib kelgan kun men hayajonga tuşgan köyi harir çoyşabni kötarib, uning yuziga qararkanman, dafʼatan ayançli manzaraga közim tuşgandek, aʼzoyi badanim birdan seskanib, könglim noxuş tortib ketdi: yörgakda yotgan gödak – mening öğlim tasavvurimda ança paytdan buyon yaşab kelayotgan va könglimga juda yaqin bölib qolgan gödakka sira öxşamas edi. Rostini aytganda, yörgakdagi gödakni rosmana çaqaloq deb ham bölmasdi, uning köpçigan xamirdek rangpar yuziga hali qoş-kiprik bitmagan va u bir parça qip-qizil göştga öxşar, faqat ona qornida ösgan siyrak soçlari qop-qora va uzun edi. Men unga qarab turarkanman, xuddi orzu-umidim bir zumda sarobga aylangan kimsadek böşaşgan köyi uning oldidan qanday nari ketganimni özim ham bilmay qoldim.
Eng yomoni, öşanda bu holat xayolimda qattiq örnaşib qoldi, undan uzoq vaqt qutula olmay qiynalib yurdim. Şu öy taʼsirida öğlimning beşigiga yaqinlaşişga yuragim betlamasdi.
Ammo bularning bari ötkinçi ekan, çunki öğlim kunlar ötgan sayin asta-sekin ulğayib borar edi: hademay uning tölişib, tip-tiniq tortib qolgan yuziga rang va çiroy kirdi, qoşu kipriklari xuddi şitob bilan ösa boşlagan bahorgi maysa singari yalt etib közga taşlanib qoldi, nazarimda, u endi xayolimda yaşayotgan gödakka öxşar, kulgiçlari tuyqus yoyilib ketganda, kişiga bir dunyo zavq-şavq bağişlar edi. Men öğlim özining jismu jussasida har daqiqada qanday qudratli va hayratomuz özgariş röy berayotgan bölsa, barini uyquning sirli hamda lazzatbaxş bağridan topayotganini iç-içimdan sezib turardim. U kunni tunga, tunni kunga ulab uxlar, uyqu xuddi mehribon va oqköngil enaga singari undan mehru muruvvati, qalb qöri va quvonçu şodligini sira ayamas, tunu kun boşi uzra parvona bölar, uning möjaz ruhiyatiga orom va halovat, közlariga esa nur bağişlar, muşaklarini kuç-quvvat bilan töldirar edi. Öğlim uyquning sirli quçoğida orom olgan köyi ulğayib borardi. O, yöq, yöq, uyqu xuddi keksa va ustamon afsungar kabi uni bir nafas ham öz quçoğidan böşatmay, hayotning köz ilğamas olis söqmoqlariga safarga hozirlar edi. Öğlimning ayni damdagi hayotida bizning mehru muhabbatimizdan köra uyquning sehri va qudrati ustuvor edi.
* * *
Oradan köz oçib, yumgunça sakkiz oydan ziyod vaqt ötib ketdi. Kunlar göyo şamol singari şitob bilan yelib ötgan, men vaqt qanday keçganini sezmay qolgan edim. Yöq, yöq, aniqroq aytsam, hayotdan kutilmaganda katta maʼno va mazmun topgan kimsadek, könglim butkul xotirjam tortgan, ötayotgan kunlar töğrisida sira öylamay qöygan edim. Öğlim soğlom ösar, u yoşiga nisbatan ança tetik, yerdan allaqaçon bağrini uzib olib, apil-tapil emaklaşga tuşgan, baʼzan allanimani qölçalari bilan mahkam tutib, dovdirab-dovdirab örnidan turar va qadam taşlaşga urinar edi. Uning har bir xatti-harakati, gödaklarga xos muğombirligiyu soddaligi, közi tuşgan narsaga xayolga tolgan köyi uzoq-uzoq tikilib qolişi, uyqusidagi sirli jilmayişlari, xullas, hamma-hammasi kişini çinakamiga hayratga solar, köngilning tub-tubida zabun va unut bölib yotgan tuyğularni tuyqus uyğotib yuborar, xayolni bolalikning olis dunyosiga boşlab ketardi.
Baʼzan men öğlimga tikilib turib, odamzot bolasi ösib-ulğayib, bu dunyoning bağrida neçoğlik çuqur ildiz otmasin, nega baribir, özi bir paytlar tark etib ketgan va umrining huv olis bekatida qolgan bolaligiga qaytişni, yana bir marta dunyoga gödak nazari bilan qaraşni istaydi, qömsaydi, nega bu öy garçi sarob bölsa-da, heç qaçon odamzot könglini tark etmaydi, balki u olisdagi mayoq yangliğ hamişa köngilni junbuşga solib, özi tomonga betinim çorlaydi, deb öylardim. Aslida özim ham bolalik kezlarimni juda köp qömsar, ayniqsa, kindik qonim tökilgan qişloqdan uzoqda – musofir şaharda yaşay boşlaganimdan buyon bolalikdagi xotiralarim hayotimning ajralmas bir bölagiga aylanib qolgan edi. Yöq, deb öylardim men, odam bolasi aslida umr yölining ibtidosida xuddi eski libos singari taşlab ketgan bolalik davrini emas, balki hayotining ayni şu pallasida qadimiy alla kabi qalbini erkalab, maʼsum va umidbaxş tuyğular bilan töldirgan, xayollari yuksak-yuksaklarga parvoz etişida qanot bölgan, köziga bu keksa va quv dunyoni sodda va jön qiyofaga solib körsatgan masrur tuyğularini soğinadi, yuragini oğir kölanka singari bosib yotgan iztirobu alamini unutib, şafqatsiz dunyoning yuziga yana bir marta gödak nazari bilan qaraşni, uni yovuz va mudhiş emas, bolalikning özi kabi sodda va beğubor qiyofada körişni istaydi, köngilning tub-tubida xira miltirab turgan bu istak-xohiş unga sira tinçlik bermaydi.
Men ana şunday öy-fikrlarni xayolimdan ötkazar ekanman, dafʼatan odam bolasi asli farişta qavmidan yaralgani, uning köngil intilişi, böy-bastidan hamişa anvoyi gullarning muattar hidi baralla ufurib turişi, bu qarimsiq dunyo unga jirkanç va yovuz narsalardan betinim saboq berib, öz izmu ixtiyoriga solişga urinmasin, baribir, könglining tubida miltirab turgan gözallik, mehr-şafqatga taşnalik hissidan batamom mahrum qilib, oxir-oqibat hissiz bir mahluqqa aylantirib qöyişga ojiz ekanligiga yurakdan iymon keltirar edim.
Aslida ham şunday emasmi?!
Axir, şunday köz öngimda heç narsani xayoliga keltirmay öynayotgan öğlim ham könglimdan keçayotgan bu öylarni unsiz tasdiqlab turardi: u köziga taşlangan har bir narsaga özining röy-rost va adolatli fikrini bildirar – buni uning yuziga dafʼatan qalqib çiqqan ifodadan ham biliş mumkin edi, heç narsaga şubha va badgumonlik bilan qaramas, taʼma ilinjida yalinib-yaltoqlanmasdi. Yöq, yöq, u bu qadim dunyo aslida qanday jön va sodda yaralgan bölsa, uni şunday tabiiy yösinda qabul qilar, uning murğak va tonggi şabnamdek musaffo köngli saltanatida hali xudbinlik va yovuzlik daraxti ildiz otmagan, u dunyoda eng haqgöy va xolis hakam edi. U ayni şu jihatlari bilan bizdan uluğ va ustun edi.
Ammo öğlim ham betinim talpingança, qarşisida ulkan mahluqdek yastanib yotgan hayot qöyniga kirib borar edi, yöq, aniqroği, dunyoning özi ming bir tusda jilvalanib, jodugar kampir singari aldab-avrab uni bağriga çorlayotgan edi. Öğlimning köziga bu köhna dunyoning qöynida ayqaş-uyqaş bölib yotgan hamma narsa qiziq va sirli körinar, könglida çeksiz hayrat va taajjub uyğotar, ipakdek mayin xayollarini öz domiga tortib ketardi. U közi tuşgan har bir narsaga kiprik qoqmay uzoq tikilib qolar, göyo xayolida allanimalarni muhokama qilayotgandek, peşonasini tiriştirar, hayratdan katta-katta oçilgan közlarida hadik va qiziqiş ifodasi suzib yurardi.
Ehtimol, aytsam işonmaysiz, bir safar öğlimni hatto bizning – men va xotinimning qiyofamiz, yuriş-turişimiz, söz qotişu kulgularimiz ham möjiza yangliğ hayratga solişi, uning murğak tasavvurida adoqsiz qiziqiş uyğotişini ilkis payqab qoldim. Öşanda yozning iliq oqşom mahali edi, xotinim bolalik çoğida röy bergan qiziq bir voqeani gapirib berayotgan edi: u allaqaçon xotiraga aylanib qolgan öşa voqeani ayni damda boşidan keçirayotgandek, hayajonga tuşgan köyi jöşib gapirar va zavqi kelgandan dam-badam şaraqlab-şaraqlab kulib qöyar edi. Uning çehrasi yanada oçilib ketgan, hayajonlanayotgandanmi yonoqlari qip-qizil tortgan, berilib zavq-şavq bilan gapirişi quloğimga mayin va yoqimli eşitilar edi. Şu bois men uning gaplariga butkul mahliyo bölib, qilt etmay ötirardim. Ammo bir çoğ tuyqus allanimadan xayolim bölindi-yu, ğalati holatga közim tuşib qoldi: öğlim – töqqiz oylik gödak göyo hamma narsani aniq-taniq anglayotgan singari qilt etmay onasiga tikilib ötirar, uning qiyofasi butkul jiddiy tortgan, faqat onda-sondi allanimadan zavqi kelgandami, miyiğida kulib-kulib qöyar edi. Men unga tikilib qararkanman, dafʼatan uni onasi gapirib berayotgan voqea emas, balki uning qanday alfozda gapirişi, lablarini tez-tez qimirlatişiyu şaraqlab kulişi hayratga solayotganini payqab qoldim-u, özimni tutolmay birdan kulib yubordim. Ovozim uy içini tutib ketdi. Öğlim ham sergak tortdi va menga yalt etib qaradi-yu, yuzi qizarib ketdi va yoyilib kulgança apil-tapil yuzini yaşirib oldi. Xotinim, tabiiyki, heç narsani payqamadi. Keyin men unga qanday voqea röy berganini gapirib bergandim, ammo u meni xayolparastga yöyib, gaplarimga işonmadi.
Öğlimning tabiatidagi gödaklarga xos soddalik könglida keçayotgan öy-xayollarni yaşirib qolişga imkon bermasdi. Agar unga biror-bir narsa yoqib tuşsa, kulgiçlari öz-özidan yoyilib ketar va u qörquv hamda hadikni ham unutgan köyi betinim irğişlagança öşa tomonga talpinib qolar edi. Xunuk va yoqimsiz narsalar, tabiiyki, öğlimning ruhiyatiga yomon taʼsir qilar, bunday paytda uning yuzi birdan burişib, ayançli tusga kirar va tuyqus çinqirib yiğlab yuborar edi.
Bir kuni şunday voqea röy bergan edi: öşanda kun endi uzilayotgan palla – ayni şom mahali edi. Uy derazasining tabaqalari oçib qöyilganidan içkariga salqin şabada ğir-ğir oqib kirar va dimiqqan havoni haydab solar edi. Men botayotgan quyoşning deraza oynasida öynayotgan şafaqlariga jimgina tikilib ötirar, kun böyi kutubxonada kitob titkilaganimdan boşim tinimsiz ğuvillar va özimni qattiq toliqqandek his etardim. Öğlim ham boyagina uyqudan uyğongan, ammo ong-şuurini hali uyqu karaxtligi butkul tark etmaganidan, öziga kela olmay xomuş tortib ötirar edi. Xotinim taşqarida – oşxonada keçki ovqatga unnar, uy içiga allaqanday oğir jimlik çökkan edi.
Biz, öğlim ikkimiz mana şunday xayolga ğarq bölib turgan payt kutilmaganda uy içiga qandaydir adaşgan kapalak dovdiray-dovdiray uçib kirdi. Kapalak juda çiroyli va nafis edi, uning sarğiş tusdagi qanotlari quyoşning alvon şafaqlarida yalt-yalt etib tovlanib, közni olar, havoda kapalak emas, göyo bir parça çöğ uçib yurganga öxşab tuyular edi. Kapalak qörquv va hadikni ham unutgança töppa-töğri mening boşim ustida doira solib, aylanib uça boşladi.
Men unga közim tuşib, beixtiyor könglimdan arvoh kapalak bölsa kerak, degan öy keçdi-yu, birdan sergak tortdim. Men tabiatan irim-sirimlarga unçalik işonmasdim. Lekin kapalaklar töğrisidagi noxuş taassurot bolaligimdan xotira bölib qolgan, oradan uzoq yillar ötgan bölişiga qaramay, hali-hanuz bu öydan qutula olmasdim. Bolaligimda oqşom mahallari hovlimizda tez-tez allaqayoqdan sariq kapalaklar paydo bölib qolar, onam esa ularga közi tuşgan zahotiyoq birdan tinçini yöqotib, bezovta tortar, dam uyga kirib, dam taşqariga çiqib, özini qöyarga joy topa olmas, piçirlab allaqanday duolarni öqir va ora-sirada bizga bir qadar hayajonli vahimali ovozda: “Bular arvoh kapalaklar, tağin tega körmanglar”, deya qayta-qayta uqtirar edi.
Sariq kapalaklar juda yuvvoş, heç kimga zarari tegmas, ular hovlidagi gullarga qönib, uzoq vaqt uçib yurardi. Onam tun çökib, kapalaklar közdan butkul ğoyib bölgunga qadar bizga nomaʼlum qörquv va sarosimadan qutula olmas, u baʼzan kapalaklarning katta-kiçikligi, uçişiga qarab turib, bugun otamning yoki onamning arvohi keldi, deb öz-öziga piçirlab qöyardi. Söng arvohlar umidvor bölayapti, deya albatta böğirsoq yoki çalpak pişirib, qöni-qöşnilarga tarqatardi. Onamning öşanda öta ğalati tarzdagi qörquv töla sözlari bolalik xotiramga qattiq muhrlanib qolgan, şundan buyon nafaqat sariq kapalaklar, balki barça kapalaklarga çöçib, allaqanday qörquv bilan qarar, ularga közim tuşgan zahotiyoq öz-özidan yuragimga vahima oralab qolardi.
Ayni damda uyga uçib kirgan kapalakni közdan qoçirmay kuzatar ekanman, içimda uning şom mahali paydo bölganini qandaydir falokatning alomatiga yöyar, biroq yuragim qattiq bezovta tortib ketayotgan esa-da, örnimdan turib, uni taşqariga quvib çiqarişga zinhor botina olmasdim.
Öğlim uy içiga kapalak uçib kirganini payqamay qoldi, u hali-hanuz xomuş tortib lanj qiyofada ötirar, lablarini çöççaytirib, boşini quyi solib olgan, dam-badam közlari yumilib-yumilib ketar edi. Men ham iç-içimdan uning közlari kapalakka tuşib qolişini sira istamas, göyo bu şumniyat jonzotga közi tuşsa, qandaydir falokat sodir böladigandek, xavotir bilan tez-tez unga qarab-qarab qöyardim.
Buni qarangki, bir çoğ kapalak xuddi könglimdan keçayotgan xavotirni sezgandek, töppa-töğri öğlimning boşi ustiga uçib bordi-da, doira solib aylana boşladi. Uy içiga oğir jimlik çökkan, kapalakning havoni ohista-ohista sirmayotgan qanotlari sasi, nazarimda, aniq-taniq eşitilayotgandek tuyular va yuragimdagi vahima battar ortib borar edi.
Kapalak şu alfozda jimir-jimir etib uçgança, ança payt öğlimning boşi ustida aylandi. Bir payt hamon mudrab ötirgan öğlim boşini ilkis kötardi va közlarini katta-katta oçib, yuqoriga qaradi. U boşi ustida pir-pir öynayotgan kapalakka közi tuşib, bir muddat angraygan köyi qotib qoldi. Ammo uning hayrati uzoqqa çözilmadi, könglida qiziqiş va iştiyoq hissi ustun keldi, şekilli, kulgiçlari öz-özidan yoyilib ketdi.
O, men nimasini ham aytay, anavi ayyor va quv kapalak havoda yal-yal tovlangança bir zumda öğlimni öziga mahliyo qilib qöydi. Öğlim ham közlari yonib unga qararkan, yuragida tuyğulari junbuşga kelganidan, özini tutib tura olmadi, şekilli, mitti qölçalarini xuddi kapalak qanotlaridek apil-tapil silkitgança irğişlaşga tuşdi. U, aftidan, kapalak singari uçişni istab qolgan, şu bois qölçalarini şitob bilan tez-tez silkitar va tuşuniksiz, ammo hayajon töla tovuşda allanimalar deb qiçqirib-qiçqirib qöyar edi. Uning katta-katta oçilgan közlari çöğdek yonib turar, yonoqlari qip-qizil tortib ketgan edi. Kapalak ham allaqaçon undan çöçimay qöygan, xuddi atay öğlim bilan öynaş uçun uyga uçib kirgandek, uning boşi ustida tinimsiz aylanar, goh yuqorilab, goho pastlab uçar, qanoatlarini esa raqsga tuşayotgandek nozli-nozli silkitib qöyardi.
Men, rosti gap, öğlim kapalak bilan bunçalik tez el bölib ketişini sira kutmagan edim. Ularga qarab turib, yuragim orziqib ketar, xayolimni band etib olgan boyagi vahimali va noxuş öylar asta-sekin kötarilib borar edi. Men iç-içimdan öğlimga havasim kelardi, zero, u hali tili çiqmagan gödak biror-bir ilmu amalsiz tabiiy yösinda bu dunyoning bağridan adaşmay-oğişmay gözallikni izlab topgan va undan zavq-şavq olayotgan edi.
Aslida kapalak ham göyo fariştalar yurtidan uçib kelgandek, gözal va maftunkor edi, şuning barobarida, hali suyagi qotmagan öğlimning ruhiyati ham masʼum va beğubor edi. Ular bir-birini oppa-oson topib olgan va qörquv hamda hadik bilmay öynayotgan edilar.
Şu kun quyoşning alvon şafaqlari batamom sönib, tun çöka boşlaganga qadar öğlim kapalak bilan öynagan edi.
U mening tönğiç farzandim, közimning oqu-qorasi edi, uning ismi Muayyad edi. Hayotimiz şunday tinç va osoyişta ötib borar, biz Muayyad bilan ovunar va quvonar, uni özimizga taqdirning eng katta siylovi deb bilardik. U mitti sehrgar kabi könglimizga hamişa umidu işonç solib turar, közimizga bu keksa dunyo öta saxiy va muruvvatli bölib körinar, yaşaş esa naqadar zavqli tuyular edi.
U mening tönğiç farzandim edi, biz, xotinim ikkimiz endi farzand mehrini tuygan, birimiz özimizni ota, birimiz esa ona deb his eta boşlagan edik.
Ammo yoz ötib, şaharga kuzning namxuş nafasi kirib kelgan, dov-daraxtlar yaproği zaʼfaron tus olgan kezlarda kutilmaganda öğlimning ruhiyatida ğalati özgariş yuz körsatdi va biz, xotinim ikkimiz azbaroyi qörquv va vahimaga tuşganimizdan özimizni butkul yöqotib qöydik.
Bu haqda xotinim ilgari ham ikki-uç marta xavotirga tuşgan köyi gapirgan, ammo men u şunçaki vahima qilayapti, degan öyda bu şörişlarga tuzuk-quruq eʼtibor bermagan edim. Aslida nimadan xavotirga tuşişni bilmasdim, axir, öğlim şunday köz öngimda tört muçasi soppa-soğ öynab yurar, ahvol-ruhiyasi, yuz-közida biror-bir dardning alomati sezilmasdi. Men baʼzan öğlimga qarab turib, xotinim nega bunçalik xavotirga tuşayotganini sira tuşuna olmasdim.
Öşa kuni esa keçga tomon uyga qaytganimda, xotinim şunday vahimaga tuşgan köyi gapirdiki, beixtiyor özimning ham könglimga xavotir oralaganini sezmay qoldim.
– Öğlingizga nima bölgan – sira tuşunolmayman, – dedi u yiğlagudek bir ovozda. – Kun uzoği köziga bir çimdim uyqu olmaydi, beşigini tebrataverib, qölim uzilib tuşay dedi. Qani endi, közini yuma qolsa, qayda deysiz, biğillab yiğlagança qöl-oyoğini tipirçilatib, beşikdan yeçib ol, deganday tinmay xarxaşa qiladi. Beşikdan yeçib qöysam, boladek öz köyida öynab ötirsa, mayli edi. Buningiz gödakka öxşab bir nafas öynaş örniga odamnng xayoliga kelmagan qiliq çiqargan. Hali gilamning qatini kötarib, ostidan allanima izlaydi, hali taxmonning orasiga qöl suqib titkilaydi, hali sizning anavi kitoblaringizni olib, bitta-bitta varaqlaydi. Öynagan bölib, şunday qilsa, görga edi, yöq, buningiz titkilab-titkilab, axiyri, öz-özidan çinqirib yiğlab yuboradi. Tovba, xuddi allanarsa çaqib olgandek, şunday qaqşab yiğlaydiki, ovozidan uy köçib ketay deydi. Yiğlaganda rang-röyini körsangiz, qörqib ketasiz. Uni ovutib, öziga keltirgança, jonim naq böğzimga keladi. Bola bölib, bolaga öxşamaydi, bir burda holi bilan nimani izlaydi, hayronman…
Men xotinimning gaplarini eşita turib, uy örtasida xuddi özi haqida gapirayotganimizni anglagandek boşini quyi solib, xomuş ötirgan öğlimga yaxşiroq razm soldim: u dafʼatan közimga ğamgin va maʼyus körindi. Közlari ham botgan, rangi siniq edi, aftidan, qandaydir dard qiynayotganga öxşar edi. Men şunça kundan buyon öğlimga tuzuk-quruq eʼtibor bermaganimga özim ham hayron qoldim. Ayni damda, u közimga qandaydir oğir dardga çalinib, birdan sölib qolganga öxşab körindi. Men uni kötarib olib, bağrimga bosdim va yuzidan öpib, erkalagan böldim. Ammo u, odatdagidek, quvonçdan irğişlab, bağrimga talpinmadi, erkalaşlarimga ham parvo qilmadi. U qöllarimda şalvirabgina turar, butun vujudi karaxt tortib qolgandek, heç narsani payqamas, çamasi, uning xayoli özida emas, allaqayoqlarda uçib yurardi.
Oqşom xotinim ikkimiz bir-birimizga söz qotişga ham hafsala qilmay jimgina ovqatlandik. Öğlim tuğilgandan buyon uyimizga heç qaçon bunday oğir jimlik çökmagan, kutilmaganda uning ruhiyatida röy bergan özgariş bizni birdan ğam-ğussaga botirib qöygan edi.
Ammo ovqatlanib bölib, dasturxonga fotiha öqilgaç, ğalati voqea yuz berdi: şunça paytdan buyon çiroyi oçilmay tumşayib ötirgan öğlim birdan öz-özidan jonlanib qoldi, uning sönik va rutubatli közlari çaqnab ketdi, yuziga ham qizillik yugurib, göyoki dafʼatan nimadir yodiga tuşib qolgandek, şoşib örnidan qözğaldi-da, apil-tapil emaklagança uy töridagi taxmon tomon keta boşladi. Men uning kutilmaganda jonlanib qolganini körib, birdan huşyor tortdim va unga qarab turib, hayrat va taajjubga tuşganimdan toşdek qotib qoldim: öğlim muştdek bola boşi bilan allaqanday yovqur va öjar qiyofaga kirgan, yuzini şiddatli ifoda qoplab olgan, közlari yonib turardi. U ayni damda hali esini tanimagan gödakka emas, balki öljasi tomon şitob bilan bostirib borayotgan sirtlonga öxşar, harakatlari keskin va qatʼiy, şu tobda uni heç qanday kuç iziga qaytarişga qurbi yetmasdi, çoği. Aftidan, öğlimning özi taxmon tomonga nega bunçalik şoşib emaklab borayotganini yaxşi bilar, fikru xayolini yolğiz şu narsaning yodi band etib olgan edi.
Uy içiga yurakni tars yoradigan jimlik çökkan, biz, xotinim ikkimiz nafasimizni içimizga yutgança öğlimdan köz uzmay turardik. Ammo öğlim taxmon qarşisigaça emaklab borişga negadir sabri çidamadi, şekilli, sal bu yoqda, devorga yaqin joyda töxtadi. Kim biladi, ehtimol, u aslida taxmon tomonga emaklab bormayotgan, faqat menga şunday tuyulgandir. Bilmadim, işqilib, öğlim uy örtasida devorga yaqin joyda töxtab, oyoqlarini uzatgan köyi yastanib, ötirib oldi-da, qölçalari bilan şoşib gilam qatini kötardi va böynini çözib, uning ostiga qaradi. Çamasi, xotinim boya rost gapirgan, öğlim, çindan ham, allanimani izlar va öşa özi izlayotgan narsasini gilam ostidan topib olişga sira ikkilanmasdi, şekilli, işonç va umid bilan kiprik qoqmay tikilar, butun qiyofasidan mana şu ifoda şuʼlasi yoğilib turardi.
(Davomi keyingi sonda.)
Şodiqul HAMRO
1965-yili tuğilgan. ÖzMU jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Suratdagi ayol” , “Qora kun”, “Karvon qönğiroği” kabi nasriy töplamlari naşr etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


