2 daqiqada öqiladi

218 marta körilgan

Uyingizda tunaganimni eslaysizmi?

Vasiliy Şukşin

* * *
Maşhur adib Jorj Simenon sermahsulligi bilan dunyoga dovruği ketgan edi. Umr böyi 220 ta roman yozgan. Şundan 84 tasi komissar Megrega bağişlangan.
Kunlardan bir kuni yozuvçining uyiga Amerikadan kinorejissyor Alfred  Xiçkok telefon qiladi. Simenon bu paytda navbatdagi – 158- romanini yozayotgandi. Xotini erini ijoddan çalğitmaslik  uçun telefon göşagini özi kötaradi.
– Jorj yangi romanini yozayotgandi, uni bezovta  qilmagan maʼqul, – deydi uy bekasi  rejissyorga.
– Bemalol  yozaversin, – deydi rejissyor hozirjavoblik bilan, –  u yozib tugatgunça men kutib turaman.

* * *
Kunlardan bir kuni maşhur italyan qöşiqçisi Karuzo pulini oliş uçun poçtaga keladi. Yonida pasporti bölmagani uçun poçtaçi pulni bermaydi. Şunda Karuzo öz şaxsini tasdiqlaş uçun bir operadan ariyani qoyilmaqom ijro etib, pulini oladi.
Bu voqeani eşitgan bir tanqidçi Karuzoga iddao qilib deydi:
– Enriko, bu axir sanʼatni tahqirlaş-ku!
– Işing qistalang bölib turganda közingga sanʼat ham körinmaydi! – deya javob qiladi Karuzo.

* * *
Bernard Şou noyob kitoblar dökonida öz piyesalarining ilk naşrini  körib, suyunib ketadi. Ammo unda öz dastxatini körib, hayron böladi. Şunday sözlar bitilgandi: “Robert Fuksga. Hurmat bilan Bernard Şou”. Adib kitobni  sotib olib, yana öşa odamga yuboradi. Bu gal sal boşqaçaroq dastxat bitadi: “Sizga bölgan hurmatimni yana bir  karra tasdiqlayman. Şou”.

* * *
Maşhur yozuvçi, rejissyor va aktyor Vasiliy Şukşin öz yurti Oltoydan Moskvaga kelib, kinematografiya institutiga imtihon topşirayotgan edi. Yotoqxonada joy  bölmagani bois tunaş uçun daryo sohiliga borib, şu yerdagi bir örindiqqa çöziladi. Endi közi ilinay deganda uni baland böyli, qotmagan kelgan, qölida tayoği bölgan bir odam turtib uyğotadi. Şukşin uni qorovul bölsa kerak deb öylab, qörqib ketadi.
– Nega bu yerda uxlayapsan? – deb söraydi haligi odam.
– Yotadigan joyim yöq, – javob qiladi Şukşin.
– Yur biznikiga, öşa yerda uxlaysan, – deydi notaniş odam.
U Şukşinni uyiga boşlab keladi, mehmon qiladi  va tuni bilan suhbatlaşib çiqadi.
Şukşin institutda öqiy boşlaganda kimdir uzoqdan unga maşhur rejissyor Ivan Пырьевни körsatadi. Şukşin şunda uyida tunagan öşa odamni taniydi.
Oradan köp yillar ötganda bir kuni Şukşin özaro gurungda Пырьевдан sörab qoladi:
– Uyingizda tunaganimni eslaysizmi, Ivan Aleksandroviç?
– Eslolmayman, – deya javob qiladi Пырьев. – Mening uyimda köp odamlar tunagan…

Şodmon OTABEK tarjimasi

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)