(Qissa)
Boboravşanga deganlarim
Boboravşanning hikoyalariga matbuotda közim tuşgan. Ammo asarlarini yaxşi olib öqimagan edim. Uning “Şom va tong orasida” deb nomlangan qissasini öqidim, yoqdi. Qissada bundan qariyb yuz yil burungi şöro yurtimizni ğorat qilgan davr voqeligi qalamga olingan. Yoş baxşi Mengziyo bir “qöli juqa” eldoşining töyida xizmat qilib tongga qadar “Alpomiş”ni kuylaydi, lekin tugatolmaydi. Sababi, u ilhom bilan özi töqigan voqealarni qöşadi. Ultonning amriga köra yurt baxşilari oğizda çöp tişlab doston aytişga majbur qilinibdi. Çunki baxşilar Qalmoq yurtida qolgan Alpomişni soğinib kuylaşgan edi. Bu Ultonga yoqmaydi. Çöp tişlab doston kuylamoq esa heç kimning qölidan kelmaydi. Oqibatda el baxşilarining bari öldiriladi, çöllarga badarğa qilinadi.
Mengziyoning otasi birinçi bor ajablanib: “Har zamondi öz qöşiği bölarkan-da baxşijon”, deydi hayratlanib. Ne ajabki, öşa badarğa qilingan baxşilarning qismati öşa kundan Mengziyoning boşiga tuşadi. Ertalab Toşqul şöro uni mahkamaga oborib qamaydi. Mahkama deganlari borsa kelmas joy. Yaʼnikim, dostonda aytilgani kabi, baxşi eli ozod, hur qöşiq kuylaşni bas qilib, saqovga, mum tişlaşga majbur qilingan yurt Ultonga öxşagan zolimning qölida qolib qulga aylanadi, degan baxşining nafaqat kökayi kesiladi, balki jismonan özi yöq qilib yuboriladi.
Şöro baxşining otasi Tangriqul boboni, ukasi Öktamni, xotini Oydinni ham tinç qöymaydi. Köçiş, qoçiş, sargardonlik boşlanadi. Bu oilaga-ku, elda boşpana topiladi. Ammo gulday körkam Oydinning “yer oyinlab” kasalga mubtalo bölişi, öğli Elmurodning ham ayni paytda issiği kötarilişi, oqibatda tunda Oydinning joni uzilişi, Tangriqul boboning qişloqdan bir siqim tuproq olib kelmaganiga afsus çekib, yana köç-köronini kötarib, mehribonçilik körsatgan toğ odamlari bilan xayr-xöşlaşib yurtga qaytişi… öquvçini şoşirib qöyadi. Çunki Mengziyo baxşi qaytmas bölib ketdi. Tangriqul boboning özi, öğli Öktam, kelini Oydin ham qidiruvda edi. Endi bular sirtmoqni böyinga olişga rozi bölib ketayotgan odamlar. Qiziq. Odamni örtab yuboradi.
Qissada odamning taqdiri, odatlar, irimlar xususida ğaroyib hikmatlar, iboralar bor. “Tulki öz iniga qarab ulisa, qötir böladi”. Tangriqul bobo qamaldi – qaytmadi. Öktam urişga çaqirildi – qaytmadi. Toşqul şöro ham uruşga boradi, lekin soppa-soğ qaytib, tağin öz ayşini suradi, uzoq yaşaydi. Ammo umri söngida “qötir” böladi. Xalqning qarğişi uni esdan judo qiladi. Farzandlaridan ham röşnolik körmay ölib ketadi. Mengziyoning birgina öğli Elmurod bobo bölib mustaqillik kunlarida umrguzaronlik qiladi.
Men Boboravşanning tengqurlari içida xuddi şu mavzuda bitilgan hikoya va qissalarni öqiganman. Qiziqki, ular bir asr burungi voqealarni tilga olganlarida çalkaşib ketmaydilar, syujet orqasidan ergaşib uloqmaydilar. Har safar boş qahramon yo öz qavmi, öz hamqişloği bölgan şöro xiyonati va razilligiga duçor bölib qismati kesiladi.
Asarda möljal nişonga töğri olingani şundan iboratki, inson agar öz eldoşi duşmanligidan omon qolsa, qişloqdoşlari bilan “ovzi bir” bölsa, u baxtli hayot keçirar edi.
Özbekni şu xiyonat, qörqoqlik abgor qilgan…
Aslida xiyonatni böyniga olgan xalq mörtdir.
Biz buyuklarimiz bilan maqtangan holda, ularning qirçinidan qiyilişida aynan öz odamlari boş sababçi bölganini jonimiz oğrib bayon qilamiz, axir bu – özbekning uyat joyi, oriyati-ku!..
Boboravşanning tengqurlarida goho sözga saxiylik, baʼzan özi topgan ibora, holatlarga mahliyo böliş yoxud butunlay sözga eʼtiborsizlari bor. Özini takrorlovçi, bilib-bilmay taqlid qiluvçilar, uslubda qiynalayotganlar ham uçraydi.
Katta mezonlardan oğişmay, ötkinçi taʼsirlarga berilmay, sobitlik bilan ijodni davom ettiriş – töğri yöl.
Boboravşanga şu uluğ yöl umrbod muyassar bölsin!
Sobir ÖNAR
Qoraçiroq yoruğida muk tuşib kitob öqib ötirgan Tangriqul bobo loysuvoq devorga suyanib bir lahza şiftga termildi. Baytni mulohaza qilib jilmaydi. Keyin kitobni oçib, qayta öqişga tutindi. Mutolaa söngida tomoq qirib, sandal atrofida ötirgan yaqinlariga qaradi. Maryam momo kelini Oydin va kenjasi Öktam bilan möysafidga xalal bermaslik uçun piçirlab suhbatlaşardi. Çol tağin yötalib oldi. Ular baravariga xonadon sohibiga yuzlandi. Diqqatni jamlagan Tangriqul bobo boyagi baytni qiroat bilan baland ovozda qayta öqidi:
– Özlarini xalqlar aro tutqoy uluğ,
Botirlari içra yöqtur zarra furuğ…
Odatda, Tangriqul bobo jimgina kitob xatm qilib ötirar, öziga yoqqan misra yoxud baytni farzandlariga takror öqib berar, söng ularga buning maʼnosi haqida sözlardi. Hozir ham Ahmad Yassaviy hikmatlarini mutolaa qila turib, şu baytni köngliga yaqin oldi. Uni öqib bölgaç, maʼnosi haqida sözlamoqçi edi, eşik oçilib, bir qöliga dömbira, boşqasida tugun kötarib olgan Mengziyo kirib keldi. U ostona hatlaşi barobarida salom berdi. Böyniga osilgan öğli Elmurodga dömbirani tutqazdi. Xotini Oydin esa tugunni oldi. Öktam ham örnidan turib, akasini qarşiladi. Mengziyo janda1dan qavilgan çoponini yeçib, eşik yonidagi ilgakka ildi. Quyonteri telpagini deraza rafiga qöydi. Söng ostonaga qaytib borib ötirdi-da, maxsisini yeça boşladi va:
– Rayimboy töy qilib, xumordan çiğayin degan ekan, – dedi ovozini baralla qöyib. – Keçgaça ruxsat bermadi. Öziga öxşagan beş-olti jörasi kegan ekan, şölardi “ha-ha”laganiga uloğib tomoqdan na ovqat ötdi, na suv. Keçgaça doston aytdim.
Uning zavq bilan aytayotgan sözlarini onasi bölib:
– Nasibadan gapiring, – dedi sinovçan ohangda.
Onasidan bu gapni kutmagan Mengziyo şoşib qoldi. Nima deyişni bilmay, otasiga umidvor nigoh taşladi. Söng onasiga qarab:
– Tuşum-ku, yaxşi böldi, – dedi çaynalib. – Rayimboy deganimiz qöli juqa2 odam-da, ena! Bömasa birgina töqli söyib töy qilama? Şunga topganimdi töyana qilib…
– Xöp, binoyi iş qilibsiz, baxşijon, – dedi Maryam momo öğlini alqab.
Mengziyoning çehrasi oçilib, boyagiday quvnoqlik bilan gapida davom etdi:
– Çin tinglovçi bösa, odam çarçamaskan. Qurda ötirganlar töy oxirida, “Baxşi, bugun boşqaça aytdingiz, Rayimboy dadilroq ataganmi?” deb hazil-xuzul ham qilişdi, – dedi.
Söng ustozining, baxşi umrida bir marta daryoday tölib, şerday naʼra tortib qöşiq aytmasa, aytar gapi içida armon bölib ketadi, degan gapini esladi. Bugun özi mana şunday tölib, bor dardu hasratini tökib doston aytganini va birdan böşagan xumday bölib qolganini his etdi. Tağin ustozining, agar bu baxşining oxirgi qöşiği bölsa, içi böşab, govara3si şovşab qoladi, degan sözi yodiga tuşib vujudi titrab ketdi. Şunda boşiga baland qasaba kiyib urçuq yigirayotgan onasi, oppoq soqoli köksiga tuşib, kitob varaqlayotgan otasi va sut tişi endi katilgan öğlidan tortib uyidagi qoraçiroqqaça şu qadar aziz bölib körindiki, beixtiyor bularning barçasini birdan yöqotib qöyadiganday qörqib ketdi. Öğlining mahzun bölib qolganini körgan ona:
– Tinçlikma, bolam? – dedi.
– Bilmayman, ena. Könglim allatovur bölib ketdi… Şu bugun “Alpomiş” heç oxiriga jetmadi. Hakimbek çakka tuşgan joyidan söng xiyli narsa qöşib jubardim, – dedi.
Boyadan buyon öğlining gapini jimgina eşitib ötirgan Tangriqul bobo yalt etib unga qaradi va:
– Nima deb aytding?! – deb söradi.
Bu söroqda qörquv va allaneçuk umidvorlik bor ediki, Mengziyoni otasining vazmin, ayni damda jarangdor ovozi gunoh ustida qölga tuşgan boladay sarosimaga solib qöydi. U hadik bilan gap boşladi:
– Alpomiş Qalmoqda qolib ketgandan keyin yuzboşilar Elboşini soğinib qöşiq boşlabdi, – dedi Mengziyo otasidan közini olib qoçib. – Bu Ultonga yoqmabdi. Baxşilardi bandi qilay yaki qöşiq ayttirmay desa, eldi köngli battar undan soviydiganday… Şunda u bir şumlikdi öylab, öylaganidan özi rohatlanib kulibdi… Ulton degani çörining bolasi emasmi, allaqayerdan irğiy tayoqni topib kelib, uni barmoqday-barmoqday uzunlikda bölib çiğibdi. Söng tayoqçalardi jugurdagiga berib, “Baxşiman degandi bariga bundan bittasini berasan, qöşiq aytsa şuni tişida tişlab, oğzidan qöymay aytsin, bömasa boşini qöltiqlab kelib kundaga köndalang qöyabersin, men – Ulton biyning amrim şul”, debdi. Buni eşitgan baxşilar uning farmonini avval hazil bilibdi. Qarasa, çinga öxşaydi. El oldiga tuşib, oqsoqolman degan tört-beş odam borib, Ultonga arz qigan ekan, ulardi boşini olib, Boysundi tört tomonidan keladigan karvon yöliga osib qöyibdi. Şunda yuzboşilardi bir xili qörqib, baxşilikdi taşlab, dömbirani körsa qoçadigan bölibdi. Boşqalari çöpni tişlab, minğirlab nima deyayotganini öziyam bilmaydigan bölib qolibdi. Yana boşqa birlari qöli qonab, juragi ado bögunça dömbirani turli nağmalarda çalib-çalib, tilini tişlab aytar gapi oğzida qolib, sözdi oğirligidan urti yorilib, dunyoyi qötirga qöl siltab ketibdi. Na unisiga, na bunisiga könmaganlar Qalmoq çöliga surgun qilinib, adoqsiz sahroda özilariga özlari qöşiq ayta-ayta izsiz ketibdi.
Mengziyoning gapini tinglagan otasi boya kitob öqiyotib bir zum tin olib, mulohazaga berilgani kabi bir muddat sukutga çökdi. Keyin hukm öqiyotgan qoziday ovozini baralla qöyib:
– Har zamondi öz qöşiği bölarkan-da, baxşijon, – dedi.
Tangriqul bobo öğlini birinçi bor “baxşi” deb atagan edi. Bu: “Öz qöşiğingni yaratibsan, yuzboşi bölibsan”, degani edi. Otasining sözidan quvongan Mengziyo daryoday oqib dömbira çalgisi, toğday tebranib qöşiq aytgisi keldi. Tuni bilan uxlay olmadi. Yuragi hapriqib qöli dömbiraga qarab ketaverdi. Ammo boşqalarning oromini buzgisi kelmay, tonggaça piçirlab doston aytib çiqdi. U bugun aytganlarini takrorlar, tağin dostonga yangi-yangi voqealar qöşar, bundan Ultonning hunari köpayib, Alpomişning yurtga qaytişi olislab ketayotgan edi. Mengziyoning köngli xijil böldi. Axir, tong otgunça ham “Alpomiş”ni nihoyasiga yetkaza olmadi. Örnidan turişi bilan dömbirani qöliga olmoqçi edi, avval itning hurgan ovozi, keyin kimningdir qattiq sökingani va, nihoyat, Mengziyoni yöqlagan çaqiriq tovuşi quloğiga çalindi. Istar-istamas eşikka qarab yurdi.
U taşqariga çiqqanida Toşqul şöro yaqin kelib qolgan edi. Toşqul şöro novça, oqsariqdan kelgan va kosasidan börtib çiqqan közi atrofga besaranjom boqadigan kişi edi. Uning kalta iyagi baqbaqasiga qöşilib ketgan va qaddini ğoz tutib yurişidan öziga bino qöygani şundoq bilinib turardi. Hozir ham odatiga köra salmoqlab qadam taşlar, boşini adl tutib qölidagi tayoq bilan vovullayotgan itni nari haydab kelarkan, ortiga qarab-qarab qöyardi. Mengziyo uni körişi bilan könglidagi hadik battar avj oldi. Axir, Toşqul şöroning tongdan birovning hovlisiga bostirib kelişi heç qaçon yaxşilik keltirmagan. Şunday bölsa-da, yuzidagi samimiyatni yöqotmaslikka urinib, oçiq çehra bilan salom berib, mehmonni uyga taklif etdi. Toşqul şöro uning muomalasini öziça tuşunib, miyiğida kuldi. Qölidagi tayoq bilan kirza etigiga urib, çangini qoqqan böldi. Keyin şunçaki bir körib ketiş uçun kelganday hovlining çor tarafiga loqayd köz taşladi. Ammo şu qaraşning özidayoq har bir narsaning qanday, qayerda turganini yodlab qolayotganday taassurot uyğotardi. Nihoyat mehmon tilga kirdi:
– Mengziyo baxşi sizmi? – dedi. Bu gapni eşitgan baxşi piq etib kulib yubordi va:
– Toşqul aka, nima, meni tanimayapsizmi? Yo keça töyda anavindan köproq olib, a?! – dedi Mengziyo boyagi dilxiraligini unutib.
Bu gapdan şöroning qovoq-tumşuği battar osilib ketdi. Unga yeb qöyguday tikilib:
– Men öyin uçun kemadim. Sizdi hukumat idorasiga olib ketişga jönatilgan odamman, – dedi.
– Tinçlikma, Toşqul aka? – sarosimaga tuşib söradi Mengziyo. – Bizdan nima gunoh ötibdi?
– Birinçidan, senga aka-pakamasman! Ikkinçidan, nima gapligini borganda bilasan. Hozir savol beravermay oldimga tuş, – dedi endi sensiraşga ötib.
Mengziyo uning niyati jiddiy ekanini körib, köngliga ğulu tuşdi. Qaçon va qayerda nima ayb, qanday gunohga qöl urganini eslaş uçun zör berib öylay boşladi. Ammo biror arzirli sabab topolmadi. Bundan biroz tinçlandi. Bir-ikki söroq-savol qilib qöyib yuborişadi, deb öyladi. Toşqul şöro öziga qarab angrayib turgan Mengziyoga:
– Tez-tez böl, nima, gapdi eşitmadingma? – dedi pöpisa qilib. Mengziyo sergak tortdi. U ust-boşini aliştiriş uçun xonaga qaytib kirmoqçi edi, şöro yölini tösdi.
– Şunday yuraver. Seni töyga olib ketayotganim yöq, – dedi.
Mengziyo uning gapini tuşunmadi. Lekin şöro yölini tösib turgani bois:
– Otib taşlasangiz ham, çoponimdi olib çiğay. Yo şuyam mumkinmasma? – dedi aççiq bilan.
Mengziyoning vajohatini körgan şöro unga yon berdi.
– Uyga kirib qarab turaman.
– Qörqmang, qoçib ketmayman. Gunohim bölsayakan, qörqib qoçsam… Işonmasangiz, nimayam derdik. Kiring!
Mengziyo şunday deya eşikni lang oçib, qölini köksiga qöydi. “Mehmon” istehzoli kulib etigini yeçmasdan içkariga bir qadam taşladi. Söng xavfsiraganday bösağada turib oldi-da:
– Şu joyda qarab turaman, tez çiq, – dedi. Mengziyo xonaga kirişi bilan Oydinning titroq ovozda yiğlagani eşitildi. U Mengziyodan nima aybi borligini, ne sababdan şöro uni olib ketiş uçun kelganini sörardi. Ayni paytda Oydin içki bir sezgi ila oldinda katta kulfat kutib turganini his etardi. Mengziyo ham şu kabi xayolga borar va şunday paytda Oydinning ustma-ust savol berişi uning ğaşini keltirgan edi. U xotiniga ilk bora sababsiz qattiq gapirdi.
– Men qayerdan bilaman? Biror işi borki, kegan. Buyam garangmas-ku, qurtlagan kallasini duç kelgan uyga suqib ketaberadigan.
Ostonada turib bu gapni eşitayotgan şöro:
– Tilim bor deb valdirayverma! Tez-tez böl! Yana bir marta minğilasang, tilingni suğirib olaman, – dedi vajohat bilan.
Şu payt paydo bölgan Tangriqul bobo şöroning ortida turib:
– Ha, Toşqulboy, tinçlikma? Kallayi saharlab qip-qizil xörozday birovdi bösağasida ğöddayib turibsan, – dedi.
Tösatdan baralla yangragan ovozdan çöçib tuşgan şöro apil-tapil özini önglab:
– Hukumatdi odamini haşuva qimang, – dedi çiranib. – Qamoqqa ketgingiz kelayotgan bösa, ayting.
– Bizga öxşagan munkillagan çoldi hukumat nima qiladi? Yo ketimizga şapatlab, yaxşi bola böl, deb pöpisa qilama? – dedi Tangriqul bobo battar uning jiğiga tegib.
Şöroning lablari pirpirab, közi ola-kula bölib ketdi. Körsatkiç barmoğini boboga nuqib:
– Siz apasniy çelovek, – dedi. – Hozir baxşi bilan gaplaşib olay, keyin özim bilaman!
– Böldi, tomoşani bas qi, – dedi toqati toq bölgan Tangriqul bobo çörtkesarligiga borib. – Mengziyo heç qayerga bormaydi!
Toşqul şöro ne deyişini ham, nima qilarini ham bilmay bir zum taraddudlanib turdi-da, şaxt bilan özini içkariga urdi. U uyga kiriş barobarida bor ovozda kimnidir yordamga çaqirdi. Mengziyoga otasining gapi dalda bölib derazadan çiqib qoçmoqçi edi, şöro uni epçillik bilan tutib qoldi. Şu payt uyning ikki tomonida panalab turgan qizil askarlar miltiğini öqtalib yugurib kela boşladi. Birinçi askar öziga qarab hurib borayotgan itga öq uzdi. Köppak ğingşiganday çöziq uvladi-yu, ikki qadam nariga otilib ketdi, qora qoniga belanib qoldi. Miltiqning gumbirlagan ovozidan yeru kök larzaga keldi. Oydin bu tovuşdan çöçib, dodlab, boşini çangallab, ötirib qoldi. Mengziyo şöroning qölidan otilib çiqib, qörquvdan yiğlab yuborgan Elmurodni quçib oldi. Öktam esa molxona tomondan yugurib keldi. Qölini muşt qilib qizil askarlarga taşlanmoqçi edi, otasi uni mahkam tutib qoldi. Öktam dam otasiga, dam qurol kötarib olgan askarlarga qarab alami böğziga tiqildi. Bu ğala-ğovurdan endi xabar topgan Maryam momo kafti bilan quloğini berkitib: “Bola-a-am-mm”, deb dodlab yubordi. Mengziyo öğlini yupatişga urinib, bağriga qattiq bosib turardi. Bularning barçasi şu qadar tez sodir böldiki, Mengziyo butun voqeani idrok etişga ham ulgurmadi. Toşqul şöro esa ularning sarosimaga tuşib qolganini körib, ajib bir mağrurlik ila qölidagi tayoq bilan Mengziyoning yelkasiga gursillatib urdi va:
– Qani, oldimga tuş, sotqin! – dedi baralla.
Mengziyo beixtiyor qölini boşining orqasiga qöyib örnidan turdi. Keça barça yaqinlari va uyidagi narsalargaça köziga aziz bölib köringani kabi hozir ham mana şu lahzalar unga vidolaşuv onidek tuyuldi. Hozirgidek keç kuzakning izğirinli kunlaridan to navrözgaça çöği öçmaydigan sandal, uning atrofida yaqinlari jam bölib ötirib suhbatlaşişlari, otasining hikmat öqişi, onasining urçuq aylantirib burunği matallardan aytişi… bularning barça-barçasi juda olis xotira va ayni damda yetib bölmas orzuday körinardi. Illo, endi ukasi Öktamni, öğli Elmurodni qayta körmasligini, Oydinning qölidan bir piyola çoy içolmasligini his etardi. U Toşqul şöroning oldiga tuşib ketarkan, dod-fiğon qilib yiğlayotgan onasining ham, ayoli Oydinning ham aytimlarini eşitmaganday özini loqayd tutişga urinar, içidagi titroqni bazör bosib, zöraki iljayardi. Bu bilan şöro va qizil askarlar oldida boşini adl tutmoqçi edi. Ammo otasi bilan közlari töqnaşdi-yu, butun vujudini allaqanday dard ayovsiz ezğilab taşladi. Şu damda şöroni yoqavayron qilib döposlamoqçi böldi. Lekin quloqlari ostida boya itning vanğillab yiqilgani va öq ovozining aks sadosi bong urib, tişini tişiga bosdi. U endi ukasiga qaramaslik uçun tez-tez qadam taşlab ötib ketdi. Şu payt içkaridan yugurib çiqqan Elmurod ovozining boriça:
– Ota-aa, – deb baqirdi.
Qizil askarlar qurşovida ketayotgan Mengziyo ortiga ögirilib qarar ekan, Tangriqul bobo Elmurodni quçib töxtatib qolganini kördi. Öğli ikkala qölini bobosining yelkasi uzra oşirib unga talpinar, möysafid esa boşini egib hiqillab yiğlar, bu uning titrayotgan jussasidan şundoq körinib turar edi.
* * *
Mengziyo askarlar qurşovida mustahkam devor bilan örab olingan istehkomga yetib borganida Amudaryo tölqinida quyoşning zaif nuri mavj urar edi. Kuni bilan tuz totmagan Mengziyo yöl azobidan çarçab, oçlikdan sillasi qurigandi. Uning közi kosasiga çökkan, jussasi kiçrayib, avvalgi Mengziyo bilan hozirgisining orasida yer bilan osmonça farq bor edi. Baxşi şunça azoblarga qaramasdan, yöl böyi tilini yeb qöyganday jim keldi. Zero, şörodan tayinli gap çiqişiga işonmagan va barça savollariga şu yerda javob topmoqçiydi.
Mengziyo kabi mahkumlar qamalgan bu istehkom qadim Termizning boş-adoği körinmas biyday çölida qad rostlagan. Imoratga ğarbiy darvozadan kirib borgan Mengziyoning köziga dastlab çor tarafi devor bilan öralgan qalʼaning möl-köl hovlisi va öz yumuşi ila andarmon askarlar, ular uçun zarur buyum va qurol-yaroqlar körindi. Undan söng himoya devoriga qöşilib ketgan xonalarning eşik-derazasiga qaradi. Bu vaqtda narida turgan soqçi askar ularning yoniga yetib keldi. Mengziyoni olib kelganlar unga nimanidir tuşuntirdi. Söng soqçi Mengziyoni yetaklab ketdi. Ular oçiq maydonda devor böylab borib zinadan pastga tuşdi. Qorovul ularni körişi bilan temir darvozani oçib içkarida osiğliq fonusni olib yöl boşladi. Eşikdan kirgan Mengziyo yana ikki-uç zina enib, askarlar qurşovida boş-adoği körinmas, qoronği va zax yölakning söl tomoniga qarab uzoq yurdi. Yoruğdan kelib birdan zimistonga kirib qolgan Mengziyo özini lahadga tuşganday his etdi. Nihoyat qorovul temir panjarali eşik yonida töxtab, fonusni şerigiga tutqazdi. Özi qulfni oçib, Mengziyoni içkariga kiritdi. Baxşi ostona hatlab, qayoqqa yurişini bilmay bir muddat serrayib qoldi.
Öşandan buyon ham uç kun ötdi. Mengziyo xonaning odam böyi yetmas balandlikdagi darçasidan tuşayotgan yoruğlikka qarab kun bilan tunni farqlar va, ayniqsa, keçalari vaqt yanada imillab qolar edi. Boz ustiga, u tunni deyarli uyqusiz ötkazardi. Qoronği va zax xonada qamalib ötirgan Mengziyoni oçlik va uyqusizlik qançalik horitgan bölsa, javobsiz savollar undan-da battar azobga solardi. Holbuki, u ötgan vaqt içida faqat gunohi nima ekani haqida boş qotirardi. Lekin savoliga javob topilmas, bundan Mengziyoning yuragi battar siqilar edi. Tağin xayollari çuvalaşib, uni olib ketişayotganda onasining dodlab yiğlagani, Elmurodning yugurgani, otasining közidagi dard va ukasining qölini muşt qilib, çorasizlikdan titrab turgani köz öngidan ötib: “Uying kuygur Toşqul”, derdi. Mengziyo namxuş xonada çoponga öranib ötirar, tağin bir zum ötar-ötmas örnidan turib, majolsiz oyoğini sudrab u yoqdan-bu yoqqa borib-kelardi va sovuqdan dir-dir qaltirardi. Tağin kuzakning izğirini panjarali darçadan kirib, xonani zabtiga olardi.
Bu ham yetmaganday, bugun keç tuşişi bilan qöşni xonada allakimning tinimsiz dodlaşidan quloği tom bitdi. U: “Gunohim nima?” deb baqirar, yalinib-yolvorib bolalarining qarovsiz qolganini aytar, tağin oğziga kelgan sökişni qaytarmay, qöpol sözlarni qalaştirib taşlardi.
Nihoyat, kimdir temir eşikni ğiyqillatib oçdi. Boyagi mahbus eşik oçmişga yalina boşladi. Söng birdan taşlanib qoldi, şekilli, tös-töpolon boşlanib ketdi. Köp ötmay miltiqning gumbirlagan ovozi çiqdi-yu, dunyo birdan sukutga çökdi. Keyin kimdir temir eşikni qarsillatib tepdi. Rusçalab sökindi va yonidagi şerigiga:
– Endi buni çiqarib taşlaş kerak. Turgan-bitgani dahmaza, – dedi.
Mengziyo qöşni kameradagi qabohatni his etib boşini çangallab muk tuşdi. Mengziyo qizil askarning gapini tuşunmadi. Lekin ular şunçaki qorovul emas, qonxör qotil ekanini bilib butkul sarosimada qoldi. Uning yuragida nimadir uzilganday iç-içidan ezilib ketdi. Baxşi özini unutar darajada madorsizlandi.
Hamon quloğiga öq ovozi eşitilib turarkan, Mengziyo miyasiga örnaşgan bu tovuşdan qutula olmay, ançagaça esini yöqotib eşik yonida qolib ketdi. Baxşi şu holida Toşqul şöro haqida öylardi. U Toşqulning mana şu kimsalarga hamtovoq ekaniga işongisi kelmasdi. Mengziyo şörodan qançalik nafratlanmasin va Toşqulni pastkaş va sotqin ekanini bilsa ham, uni bunçalikka boradi deb öylamas edi. Ayni paytda Toşqul qanday qilib hukumat xizmatiga ötib qolgani haqida öylarkan, ança yillar oldingi voqea yodiga tuşdi.
Mengziyo bolalik çoğida tengqurlari bilan bahorning seryoğin kunlari kunbotar tomondagi adirda, boşqa vaqtlari esa daryo sohilida mol boqib kun ötkazardi. Öşanda Toşqul, Mengziyo va yana ikki yigitça qöradan molni haydab çiqib, köçada qay tomonga ketişni kelişa olmay turişardi. Toşqulning özi bir yoq bölib sohilga borişni, qolganlar esa tepaga çiqişni aytib bahslaşardi. Şu payt Tursun polvon kelib qoldi. Qişloqda polvonning obrösi baland edi. Tursun polvonning gapini unça-munça odam ikki qilmasdi. U yigitçalarni körib:
– Köçada serraymay bir tomonga ketsalaring bömaydima? Mollaring bor daraxtni kamirib çiqdi, – dedi. Ularning qayoqqa borişni kelişa olmayotganini bilgan polvon:
– Boharda adirga çiğiş kerak-da! Halamzamat öt qaytadi. Söng daryoga borasilar, – dedi.
Polvonning gapidan söng Toşqul birdan özgardi va çaqqonlik qilib:
– Şuni bularga tuşuntira olmayappan-da, polvon bova. Hammasi birigib daryo tomon boramiz deyapti, – dedi. Uning gapiga boyagi ikki yigit beozor kulib qöydi. Lekin Mengziyoning rostgöyligi tutib:
– Torozining pallasiga qarab gapirmang-da, Toşqul aka, – dedi. – Hozir özingiz adirga çiqmaymiz, dedingiz-ku!
Toşqul aççiqlanib Mengziyo bilan sen-menga borib qoldi. Polvon ularni ajratib qöydi.
Toşqulning aççiqlanişiga sabab bor edi. U şunday vaziyatda toş qay tomonga bossa, öşa yoqqa oğib ketardi. Şu sabab qişloqdoşlar Toşqulga “Tarozi” deb laqab qöyişgan edi. Toşqul hukumat işiga yollangaç, “Tarozi” laqabi esidan çiqib, “Şöro” degan nom oldi.
Mengziyo şular haqida öylarkan, Toşqul şöro bu bandixonani körganmikan, degan xayolga bordi. Darhaqiqat, şöro istehkomga bir neça marta kelgan edi. Ammo u yertöla borligini yetti uxlab tuşida ham körmagan. Zero, şöro qamoqning tepasidagi şifti baland haşamdor xonalarga, pörim libosli askarlarga, taşqi devordagi tuynukda tumşuği çiqib turgan zambarak va yana özi uçun yangilik bölgan barça narsaga mahliyo bölib ortiga qaytgandi. Hukumatning kuç-qudrati yonida özini kuçliroq şamolda uçib ketadigan töyaqorin1day his etardi. Toşqul şöro öz inon-ixtiyori bilan tobe bölarkan, hukmfarmo boylar va “qonxör bosmaçilar”ni mavh etgan hukumatning adolatparvarligiga zarraça şubhalanmasdi. Şöro şular haqida xayol surganida komandiri unga yöl-yöriq körsatib yelkasiga qoqib dalda berganini eslarkan, “uluğ oğasi”ga taqlid qilib papiros tutatar va bundan huzurlanardi.
Oqşom çökib, darçadan tölin oyning yoğdusi butun xonaga oqib kirar, faqat panjaraning şakli tuşgan yer qorayib körinar edi. Mengziyo darçadan möralab turgan oyga çuqur botgan közlari bilan uzoq vaqt termilib ötirdi. Oy yoruğida ğamning qora çiziqlari qaboqlari ostida qalin iz qoldirgani şundoq körinib turar va ozib-tözib ketgan yuzida paydo bölgan bir taram ajinga urilgan yoğdu butun xona böylab taralardi. Oyga boqar ekan, uning yuzidagi qora doğni bir vaqtlar urçuq yigirayotgan momoga mengzagani yodiga tuşdi. Şu payt öşa momo birdan jonlanib, köziga onasi bölib körindi va beixtiyor: “Ena-aa”, deb yubordi. U bu sözni şu qadar titroq va xastahol ohangda aytdiki, ovozi quloğiga ham yetib bormay havoga singib ketdi. U yana uzoq vaqt sözsiz kökka qarab ötirdi. Oy esa najot kutayotgan mahbusday panjaraga yuzini qattiq bosib turardi.
Mengziyo şu köyi uzoq vaqt heç narsa haqida öylamaslikka urinib jim ötirdi. Nihoyat, tun yarimdan oqqan mahal temir eşik şaraqlab oçildi va fonus kötarib turgan askar Mengziyoning qölini orqaga qayirib xonadan olib çiqdi. Ikkinçisi esa miltiq öqtalib ortidan yurib zinadan tepaga kötarildi. Ular hovliga çiqişgaç, öng tomondagi xonalardan biriga kirişdi. Şifti baland va keng xonaning örtasida stol-stul turar, oppoq rangga böyalgan devorda dohiyning suratidan boşqa heç narsa yöq edi. Xona törida devorga qöşib qurilgan ğiştin peçdan çiqayotgan tutun derazaning oçiq közidan taşqariga örlardi. Mengziyo soqçi körsatgan burçakka borib turdi. Köp ötmay pörim libos kiygan kişi xonaga kirib, tutundan böğilib qaytib çiqdi. Şu yerda turgan askar şoşa-pişa peç tagini kavladi. Eşikni keng oçib qöydi. Peç gurillab yonib, tutun ğoyib böldi. Şundan söng boyagi kimsa qaytib keldi, eşik-deraza mahkamlandi. Tergovçi stulning birini peç yoniga qöyib ötirdi. Uning izidan kelgan kotib esa örtadagi stulga joylaşib, yozişga tutindi. Tergovçi qölidagi qoğozlarni sinçiklab öqidi-da:
– Sen juda xavfli bosmaçi ekansan-ku! – dedi. Keyin labidagi papirosni yerga taşlab, oyoği bilan ezğiladi. – Keçagi yakşanbada qayerda eding, nima iş bilan şuğullanding?
Mengziyo quruqşab qolgan lablarini yalab tomoq qirdi. Xonaning harorati yuziga urib qizardi. Ammo içidagi sovuq titroq battar kuçayib, madorsiz oyoqlari öziga böysunmay, devorga suyanib qoldi. Keyin savol bermişning sözlarini tuşunişga urinib diqqat bilan quloq tutdi. Bundan tergovçining jahli çiqib savolni takrorladi:
– Töğri tur! Sendan sörayapman. Öşa kuni qayerda eding?!
– Örisçani tuşunmayman, – dedi Mengziyo.
Savol bermiş uning gap ohangi va özini tutişidan nima deyotganini tuşunib, baralla sökinib yubordi. Söng eşikoğasidan tarjimon bor-yöqligini söradi. Tağin öziga-özi:
– Hozir hammasi tönğizday qotib uxlayotgandir, – dedi asabiy holatda. – Bu ahvolda işlab böladimi?.. Mayli, davom etamiz. Takror sörayman: öşa kuni qayerda eding?!
Mengziyo uning birorta gapiga tuşunmadi. Bundan tergovçining battar fiğoni çiqdi. Uning işorasi bilan soqçilardan biri Mengziyoning qölini qayirib qiynoqqa soldi. Bundan qanoatlanmay, qöliga kamar olib Mengziyoning yelkasiga zarb bilan urdi. Baxşining közidan öt çaqnab ketdi. Gandiraklab yiqilib tuşdi. Tergovçi jahl bilan soqçining qölidan kamarni oldi-da:
– Tönini yeçib, erkakka öxşab ur! – dedi.
Mengziyo yertöladagi kameraga qaytib kelganida ölar holatga tuşib qolgandi. Tergovçi nuqul baqirib-çaqirib gapirdi. Soqçi uni savalaşdan, kotib esa nimanidir yozişdan töxtamadi.
Keyingi bir haftada Mengziyo bundan ham battar azobni boşidan ötkazdi. Sönggi söroq kunigaça Mengziyo qiynoqdan şu darajada zada böldiki, bu azobdan qutuliş uçun jonini berişga ham tayyor edi.
Tağin savol bermiş barçasini boşidan boşlab söradi:
– Öşa kuni qayerda eding?
Tarjimon baxşiga savolni takrorladi. Mengziyo javob berdi:
– Töyda.
– U yerda nima qilding?
– Doston aytdim.
Tergovçi qaysi doston, uning mazmun-mohiyatini söradi. Baxşi “Alpomiş”ni qisqaça aytib berdi. Tarjimon uning gapini bilganiça rusçada takrorladi. Savol bermiş öylanib xonada u yoqdan-bu yoqqa borib keldi. Söng Mengziyoning röparasida töxtab uzoq gapirdi. Tarjimon tağin tötiday takrorladi:
– Alpomiş yakkahokim bölgan. Podşolik qiliş uçun uruş qilib, oddiy odamlarni azobga qöygan. Sen şuni maqtab doston aytgansan…
– Doston aytişim çin. Lekin Alpomiş siz aytganday odam emas. Ana Ultonni yomon desa böladi.
– Vey, qanday odamsan özi?! Alpomişning yomonligini bilmagan ekanman, keçiringlar, desang bir joying kamayib ketadima? – dedi tarjimonning jahli çiqib.
– Bölar gap şu bölsa, ötirik (yolğon) aytayma?
– Alpomiş jon jigaringmidi, bunça tarafini olasan?
Mengziyo ğazab va açiniş qorişgan nigohi ila tarjimonga tik qaradi. Nimadir demoqçi bölib oğiz juftladi. Ammo röparasida turgan kimsa çaqqonlik qilib tergovçiga qarata:
– Bu odam bölmaydi, – dedi. Şu asno baxşi yana kaltak ostida qoldi. Bu azoblarga endi çidab bölmasdi. Mengziyoning oyoq-qöli qançalik şalvirab qolgan bölsa, ruhiyati undanda battar ahvolda edi. Uni diqqat bilan kuzatib turgan tergovçi:
– Manavi qoğozga imzo qöysang böldi, işing yopiladi, – dedi. Mengziyo uning nima deganini bilgaç tarjimondan:
– Barmoq bosganimdan söng nima böladi? – deb söradi.
– Hammasidan qutilasan. Ikkovimizam tinçiymiz. Bulardi aytganini qisang yomonlik körmaysan, – dedi. Uning söziga işongan va özga çorasi yöqligini yaxşi bilgan Mengziyo hujjatni imzoladi. Bu aybnomada quyidagiça xulosa bitilgan edi: “Mahbus Mengziyo Tangriquloviç aql-huşi joyida bölgani holda özini telbadek tutib, tergovning oğir keçişiga sababçi böldi. Holbuki, biz uning nihoyatda xavfli nusxa ekanini, turli marosimlarda eskilik sarqiti bölgan eposni aytib, odamlar orasida yakkahokimlik va aksilşöroviy ğoyalarni tarğib qilayotganini aniqladik. U olib borilgan tergov jarayonida bu ayblarga töla iqror böldi.
Tangriquloviç Mengziyo xatosini tan olişdan avval tergovni çalğitiş maqsadida rus tilini bila turib, savollarimizga ataylab öz tilida javob qaytardi. Millatçilik qildi. Aziz vaqtimiz qançalik isrof bölişiga qaramasdan tergovni töxtatib, mahalliy tarjimonni çaqirib, uning xolis xizmatidan foydalanişga majbur böldik va hokazo…”
* * *
Köp vaqt ötmay, Mengziyo va unga öxşagan yana öttiz-öttiz beş çoğli kişining oyoq-qölini zanjir-kişanlar bilan mahkamlab, temiryöl vokzaliga olib borişdi. Bularning barçasi baxşi kabi arzimas sabablar bilan mahkamaga keltirilgan va eng oğir jinoyatçi deb topilgan edi. Yigirmadan ortiq qizil askarlar ularni birma-bir sanoqdan ötkazib, hammasi joyida ekaniga qayta işonç hosil qilgaç, vagonga çiqara boşladi. Yuk uçun möljallangan vagon temir panjara bilan xonalarga bölingan va har birining eşigida otning kallasiday qulf osilib turardi. Ular mahbuslarni qafasga qamab, qulflab qöyişdi. Söng qayta sanoq ötkazib, vagon eşigini orqasidan yopişdi. Poyezd çöziq signal çalib, qattiq tebrandi-yu, ohista yurib ketdi. Borgan sari uning tezligi oşib, bir maromdagi taraq-turuği kuçayib, quloqni qomatga keltirar darajaga yetdi. Mahbuslarning barçasi öz dardi bilan bölib jim yotişar, köpçiligi madorsizlik va söngsiz azoblardan deyarli huşsiz bölib qolgan edi. Mengziyo ham ançagaça nimalar bölayotganini bilmay yotdi. Uning köz öngidan bahorgi yaylov va qirda tiklangan ötovda çordona qurib ötirgan otasi, sal narida qöy soğayotgan onasi va hayrovdan endi qaytib, kunçuvoqda toblanib yotgan ukasi öta boşladi. Keyin Oydin köriniş berdi. Şu payt öğli qoqilib yiqildi va: “Ota-a!” deb yiğlab yubordi. Çöçib tuşgan Mengziyo bu voqea xayolidan ötdimi yo tuş kördimi, bilolmadi. Köngli xijil bölib, bu yonboşiga ağdarilib yotdi. Yoğoç örin badaniga botib ketgan bölsa-da, turib ötirişga majoli yetmadi. Boz ustiga temir izga boş urayotgan ğildiraklar miyasiga kelib tegayotganday asab tolalarini taranglaştirar edi. Tiş oğriği kabi biroz zaif, ammo muttasil azob beradi. Mengziyo bularning barçasidan qutuliş uçun butun vujudini quloqqa aylantirib, temir tovuşni tinglay boşladi. Bu şovqin avval allaqanday ohangga va asta-sekin kuyga aylandi. Söng dömbiraning sehrli ovozi butun olamni tutganday böldi. Şundan söng Mengziyo ozgina çalğisa, bu kuy yana sovuq temir tovuşga aylanib qolişidan çöçib qöşiq ayta boşladi:
Oqar daryo murdor bölmas,
Sakson köppak sorisa.
Bir kapgir oş elga yetar,
Boşiga Xidir dorisa.
Botir yigit şul bölar,
Yovdan yurtin qörisa.
Şoir kişi şul bölar,
Sözi yurtga porisa…
U öz-öziga terma aytar ekan, Ultonning farmoni bilan Qalmoq çöliga surgun qilingan baxşilar köz öngidan ötib, alami böğziga tiqilib, tobora ona yurtidan olislayotgan poyezdda borsa-kelmasga ketib borardi.
* * *
Poyezd Sibirning qoru muz bilan qoplangan quyuq örmonlari tomon yeldek uçib borar ekan, temir izlar Tangriqul boboning kökragidan ötganday kökayi kesilib, aftodahol bölib qolgandi. Möysafid öğlining ahvoli ne keçganidan qayğurar, neça oydan buyon Mengziyodan biror darak topolmaganidan xavotirda edi. Bu hadik uning yuragiga toşdek oğir botib toliqtirardi.
Tangriqul bobo bugun ham tong yorişmasidan burun tuman markaziga qarab yöl oldi. U odatdagiday çakmonini egniga taşlagan, boşiga quyonteri telpakni bostirib, quloqçinini iyagi ostidan ötkazib boğlagan, jussasiga yaraşa uzun va baquvvat qölida qamçini öynatib, otga nomigagina urib qöyardi. Uning qiyiq közlari atrofga sinovçan boqar, röparadan urayotgan şamolda köksiga tuşgan oppoq soqoli ikki yonga yoyilib, qoziq iyakli çözinçoq yuzini kiçraytirib körsatardi. Tangriqul bobo toşloq yölda bir maromda yörğalayotgan qaşqa jiyronning yurişiga monand tebranib borardi. Tuman markaziga eltadigan bu toşloq yöl Surxon daryosining öng sohili böylab ketgan edi. Sohilning ikki yonida ham past-baland tepaliklar yastanib yotar, uning bir tomoni Bobotoqqa, ikkinçisi Boysun toğiga borib tutaşgandi.
Sohildagi yöldan Boysun toği deyarli körinmas va kun asrdan oğişi bilan quyoş huv baland tepaliklar ortiga omonat yaşiringanday bölardi. Şu bois bu yerlarga tez qoronği tuşar edi. Narigi qirğoqdagi tepaliklar ham baland bölişiga qaramay, Bobotoğ közga yaqqol taşlanar edi. Tangriqul bobo mana şu keng va bepoyon daştni yorib ötgan daryo sohilida tuğilib ösgan, feʼl-atvori ham şunga yaraşa edi. Uning köngli daşt kabi keng, keksa tepaliklar yangliğ vazmin, mulohazali va ayni damda daryoning quyi oqimi kabi şijoatli edi. Şu bois yoşi yetmişdan oşgan bölsa-da, tetik va doim qaddini ğoz tutib yurardi. Mengziyoni olib ketişganidan buyon yuzi sölğin tortgan, burgutköz nigohi toliqqanday taassurot uyğotardi. Boz ustiga, qaddi egilib, otameros asoni olib yurişni odat qilgandi. Hozir öğlini izlab ketar ekan, qaddini yanada egib, sovuq havodan köksini tösişga urinar edi. Tağin kimsasiz yölda otning “tak-tuk”lab yurişi va quloqçini orasidan şamolning uvillab kirişidan boşqa sas-sado eşitilmas va bu sukunatdan quloği tom bitgan, faqat öy-xayollargina uni dahşatli yolğizlikdan qutqarardi.
Möysafid şu alpozda ançagina yölni bosib ötdi. Bir payt kimningdir salom bergani eşitildi. Tangriqul bobo jilovni tortib, atrofga alangladi va sal naridagi, töqay içidagi otliqni körib töxtadi. Tangriqul bobo tomon kelayotgan yölovçi ellik yoşdan oşgan, qoramağiz va polvon kelbat kişi edi. U Tangriqul boboga yaqinlaşgaç salom berdi. Ular ot ustida turib, uzalib körişdi. Ming yillik qadrdonlar kabi quyuq söraşişdi.
– Yöl bölsin? – dedi boyagi yölovçi Tangriqul boboga qarata daştliklarga xos jarangdor ovozda.
– Şörçiga…
– Özim ham şunday bösa kerak, deb öyladim. Yölimiz bir ekan, gangir-gungur qilib ketamiz-da, a?!
Yölovçining samimiyat bilan aytgan sözidan Tangriqul boboning köngli yorişdi va şunday yöldoş topilganidan mamnun bölib:
– Ha, odam zaxini odam oladi. Olis yölga yakka çiqişdi xasiyati yaxşimas, – dedi. Söng uning uloviga razm solib qaragan möysafid: – Ot daryoni keçib ötgan körinadi, Xöjamulkidanmisiz?! – dedi narigi sohildagi qişloqni nazarda tutib.
– Xöjamulkidan. Tovoşar boboni eşitganmisiz? – dedi yölovçi özini tanitib. – Şu kişining örtança uli bölaman.
– Ey, şunday deng! Polvon boboni nebarasi ekansiz-da. Ha, yaşang! – dedi Tangriqul bobo. Söng uning ozib-tözib ketgan otiga sin solib qarab, gapida davom etdi. – Bu jonivordi kayitib1 qöyibsiz-ku!
– Bilmadim, şu saratonning adoğidan boşlab et taşladi. Bömasa, oğzi tinmaydi. Jegani porimay qoldimi, deyman. Özi-ku ölguday baquvvat. Ovgayam minaman, boşqagayam. Tindirmayman. Çarçamaydi. Bir-ikki vaqt dam olsin, deb uydan çiğarmay qöydim. Özgariş qayerda, battar ozib ketdi.
– Içida illati bösa kerak-da?
– Bor! Bömasa şöytama. Ha, bozorlab jönadingizma? – dedi ot egasi gap daromadini burib.
– Bozor desayam böladi, – dedi Tangriqul bobo hafsalasizgina xörsinib. – Molimiz qolib, jonimiz bozorga tuşgan. Gunohini aytmay, hukumatdi odami olib ketgan ulimdi daraklayapman.
– Obbo! Çatoq iş böbdi-ku, – dedi u gap nimada ekanini bilib. – Ulingizni kim degiç edi?!
– Mengziyo…
Tangriqul bobo öğlining ismini aytişi bilan yölovçi uning gapini ilib ketdi:
– Mengziyo baxşima?.. Otasi bölsasizma?! Eşitganman. Bizdi qişloqqa töyga borganda körişganmiz, – dedi faxrlanib. Keyin öylanib qoldi va bir muddat ötib: – Ulingizdi Toşqul olib ketganma?! – dedi bu gaplardan unça-munça xabari bor kişiday salmoqlanib.
– Ha, şu Toşqul şöro…
– Özi ovçiman, – dedi yölovçi boboning gapini bölib. – Quyon, tulki ovlab, terisini hukumatga topşiramiz. Hozir ham xurjun töla surlangan teri. Şunga rayondagi gap-sözdan eşitib turaman. Meni yöldan qoldiryapti, demang, ulingizdi Şörçidan izlaşingiz bepoyda! Ulardi barini rayonda jamlab, Termizga jönatadi. Daragini şu yaqdan topasiz. Şörçidagilar odamga gap bermaydi…
– Özimam şundayma, deb öyladim. Neça kundan bermağon eşik poylayman. Birov nimasan, demaydi. Qorovulga, hukumatning oldiga kirit, desam, könmaydi. Ulim qayerdaligini özing ayt desam, men qayerdan bilaman, bir kunda undaylardi neçovi kelib-ketadi, deydi.
– Aytdim-ku, bular gap bermaydi deb, – aytgani rost çiqqanidan quvonib, davom etdi u. – Bugundan qomay, Termizga jönang. Baxşini Şörçida olib ötirgan bölsayam (qamab deyişga tili bormadi), termizliklar aytsa, javob beradi.
Bu gaplardan söng Tangriqul bobo ne qilarini bilmay öylanib qoldi. Möysafid jilovni keskin tortganidan şaşti qaytgan jiyron depsinib oldinga intilar, ot egasi esa uni yonga burib tinçlantirmoqçi bölar edi. Boboning aro yölda qolganini körgan yöldoşi:
– Xohlasangiz, Şörçiga borib, söng qayting. Men bilganimça aytdim, – dedi gunohi uçun uzr sörayotgan kişiday.
Ovçi özini aybdorday his qilayotganini körgan möysafid:
– Yöq, jöra, – dedi, – gazandani kallasidan uşlaş kerak. Nima bölsa ham, Termizga borganim maʼqul.
Tangriqul bobo ortiga qaytib ketarkan, öğli haqida eşitgan-bilgan odam topilganidan quvonib borardi. Jiyron esa şaşti qaytganidan bir-ikki taysalladi-yu, yörğalab ketdi. Şamol ham endi teskari tarafdan urayotgan edi. Bu vaqtda kun çoşgohdan ötgan bölsa-da, quyoş jamolini körsatmas, bulut qoplagan osmon bözarib turardi. Esayotgan izğirin esa tez orada qor yoğişidan darak berayotgan edi. Tangriqul bobo yöl-yölakay dastlab qayerga boriş kerakligini mulohaza qilib, peşin vaqtida uyiga kirib bordi. U deyarli yuz çaqirim uzoqdagi şaharga boriş uçun, avvalo, uyining yonidan qaytib ötişi va, eng muhimi, oilasidagilarni ogohlantirib qöyişi kerak edi.
Möysafid uyida peşin namozini ado etdi va yöl uçun yemak hozirlab oldi. Bobodan öğli haqidagi xuşxabarni eşitgan Maryam momo ovçini alqab uzoq duo qildi. Öktam esa neça paytdan buyon Toşqul şöroni izlab uyiga borar, uni topguday bölsa: “Sizdan ginamiz yöq. Akamning qayerdaligini aytsangiz böldi”, deb Mengziyo haqida bilib olmoqçiydi. Ammo u köpdan beri Toşqul şöroni topolmadi. Hozir ham tarvuzi qöltiğidan tuşib qişloqdan qaytgandi. Öktam ham yangilikni eşitib quvondi. Söng otasi kabi qiyiq közlari bilan yer çizib, yağrindor jussasi bilan eşikni tösdi va:
– Ota, – dedi titroq ovozda. – Termiz köp uzoq yöl. Sizdi şunça joyga borişingiz… Akamdi özim daraklab kesam-çi?!
Öktamning sözlaridan söng Tangriqul boboga sinovçan qarab turgan yaqinlari möysafid boşini kötarib qaraşi bilan közlarini olib qoçdi. Faqat Öktam otasiga umidvor termilib turardi.
– Yöq, – dedi Tangriqul bobo uning umidini puçga çiqarib, – hukumatdi odami seni yoş bola bilib gap bermaydi.
– Lekin…
– Lekin-pekini yöq! – dedi möysafid öğlining gapini keskin bölib. – Gap şu! Endi şöroni uyiga borişdi bas qi. Qölida xayr bor odam bu qiliqdi qimasdi. Tuhmatiga qolib ketma.
Öktam boyagi turişida:
– Xöp, – deya boş irğadi. – Siz kelabering, xurjunni olib borib, otdi egarlayman.
– Xurjunga dadilroq arpa sol. Yöl uzoq. Ot çarçaydi.
Öktam otni yölga hozirlaş uçun ketgaç, Tangriqul bobo dasturxonga duo qildi. Söng röparasiga kelgan nabirasini tizzasiga ötqazdi. Elmurod:
– Bobo, otamdi oldiga borasizma? – dedi bolalarça samimiyat bilan.
Tangriqul bobo gödak közidagi soğinçni körib yurak-bağri ezilib ketdi va:
– Ha, – dedi.
– Meniyam olib boring.
– U yaqqa bolalar bormaydi-da, otajon.
Tangriqul bobo nabirasiga şunday dedi-yu, Elmurod Mengziyoga juda öxşaş ekanini payqab qoldi. U ham otasi kabi qöyköz, soçi qalin va qattiq, yuzi buğdoyrang, barmoqlari ham tirnoqlariday uzun va yana qotmadan kelgan, yoşiga nisbatan novça edi. Tangriqul bobo nabirasiga qarab turib, öğlini körganday böldi va böğziga nimadir tiqilib açişdi. Közi yoşlandi. Möysafid duo qilganday kafti bilan yuzini siypalab yoşini artdi. Közini uzmay turgan Elmurod bobosining böyniga osilib, yuzidan öpdi va:
– Unday bösa, otam kegança kutib turaman, – dedi.
Labini tişlab kuzatib turgan Maryam momo:
– Ha, balam-a! – deb yubordi.
Tangriqul bobo esa nabirasini bağriga bosib, yuzidan hidlaganday bölib ohista öpdi. Bobosining soqoli qitiğini keltirgan Elmurod özini çetga tortdi. Tangriqul bobo uni qöyib yuborib, örnidan turdi. Burçakda römolining uçini tişlab jim ötirgan Oydin borib eşikni oçdi. Tangriqul bobo işonç bilan ostona hatladi.
* * *
Möysafid boyagiday jiyronni yörğalatib qişloq oralab borardi. Tepadan pastga qarab tarqoq joylaşgan ovul uylari oralab ötgan yöl esa goh burilib, goh töğri ketardi. Qişloq adoqlab qolgan joyda, qalin töqayzorga duç kelgan yöl biroz tepaga kötarilib, Toşqul şöroning uyini aylanib ötar edi. Hozir Tangriqul bobo öşa yerga yaqinlaşib borar ekan, beixtiyor ot jilovini tortdi. Bir muddat tadoriklanib, söng daryo sohilidagi töqay oralab ketdi. Ammo ot namxuş yerga çuqur botgan tuyoğini uzib, tağin betartib ösgan jangalzor oralab yurişga ança qiynalib qoldi. U goh pattaning betartib ösgan novdasi xurjundan uşlab qolgani bois burilib ketar, goh qalin ösgan yulğun aylanib ötişga majbur bölardi. Bundan Tangriqul boboning jahli çiqardi. Illo, töğri yöl qolib, bu yoqdan yurişga majbur edi. Mabodo u yöldan ketsa, şöroga duç kelişi tayin. Tangriqul bobo uni uçratib qolsa, ayab ötirmasligini özi ham yaxşi bilar, şu bois imkoni qadar şörodan nariroq yurişni istardi. Hozir otdan ham, töqaydan ham nolimas, faqat şöroni koyirdi. Nihoyat, Toşqulning uyidan uzoqlaşib, şu bilan birga, qişloqdan ham olislab katta yölga çiqib oldi. Bu yerda yöl tepalikdan oşib tuşar va bir tomondan daryo sohilidagi töqayzor çegaralab turgan, ikkinçi tarafidan esa adirlar qöriqlab yotgan qişloq közdan ğoyib bölar edi. Tangriqul bobo öşa yerdan turib qişloğiga yana bir qur nazar taşladi. Köziga şipşiydam tepalar sarğayib munkayganday, töqayzor esa qişloqning bargsiz daraxtlari ila uyğunlaşib qorayib körinar edi. Boz ustiga, daryoning yuqori qismidan örlagan quyuq tuman manzaralari yanada xiralaştirib qöygandi. Möysafid bularning barçasini oniy lahzada his etdi-yu, otga qamçi bosib, daryo oqimi böylab ketdi.
Tangriqul bobo borgan sari otni qistab keçgaça köproq yöl bosişga urinardi. Zero, qoronği tuşişi bilan bu yerda çiyabörilar galasi sanğib yurar va hatto qobonlar ham uçrab turardi. Buni yaxşi bilgan Tangriqul bobo jiyronga ustma-ust qamçi bosib, namozşomdan burun Makidon köprigiga yetib oldi. Yilning bu faslida köprik tagidan ötgan suv ança past taşlar edi. Şu sabab asrlar böylaşgan köhna ğiştin köprik bu yoqda qolib, töğridagi keçuvdan bemalol ötişi mumkin. Ammo möysafid terlagan otni muzday suvga keçirişni istamadi. Yontoqzor oralab köprikka qarab yurdi. “Tavba, – deb öylardi u köprikka yaqinlaşgan sari. – Iskandarday jahangir pişiq-puxta köprik qurib nima qilardi?! Dunyoning narigi çetidan ne bir daryolardi keçib kegan odam bu yerdan sakrab ötsayam bölardi… Olloni karomatini qarang, Iskandar Zulqarnay dunyoga qança ğavğo somasin, baribir, qöli oçiq ötib ketdi, lokin mundayin köpriklar qolaberarkan”.
Şunday öylar bilan ketayotgan Tangriqul bobo keçaning bir mahalida yölda duç kelgan ovulga burildi. U qator joylaşgan pastqam uylarning eng çekkadagisi tomon borib, qopağon itlarni “Tur! Tur, ket”, deb haydab, kulbaga yaqinroq kelib:
– Kimsan aka… Hu-uvv Boybova, – deb çaqirdi. Köp ötmay içkaridan: “Hozir!” degan ovoz eşitildi. Söng kimdir fonus kötarib çiqdi. U avval itlarni quvib soldi. Keyin:
– Kimsiz?! Keling! – dedi notaniş yölovçiga sinçiklab qarab.
– Mehmon qabul qilasizma?!
– Mehmon atoyi Xudo! Kelabering, – dedi uy sohibi allaneçuk hadik, ammo samimiyat bilan.
– Assalomu alaykum! Boybova, uzr endi, sizdi bemahal bezovta qildik. Şu deng Termizga jönab edim, keç qoldim.
– Eh-hey, Termiz qayerda, birov qayerda! Bu yoqqa burilib töğri qilibsiz. Bemahalda yöl unmaydi! – dedi mezbon endi yanada oçiq çehra bilan ot jilovidan tutib. – Qani, otdan tuşing-çi. Yöldo-oş! Ho-oo, Yöldoş! – deya uy egasi ortiga qarab çaqira boşladi.
Loysuvoq uyning pastqam eşigi oçilib, içkaridan ösmir bolaning ovozi eşitildi.
– Labbay!
– Uyga mehmon keldi! Söng özing berman qara.
Bola onasiga örin hozirlaşni aytib çiqdi, şekilli, uyga birrovga kirib, söng otasi tomon yugurib keldi. Qoronğida yuraverib közi ravşanlaşib qolgan möysafid uning kelişidanoq örta böyli, töladan kelgan yigit ekanini fahmladi. U yetib kelar-kelmas salom berib, mehmonga qöş qöl uzatdi.
– Otni olib borib joylaştir, – dedi otasi unga jilovni tutqazib. – Egarini yeçib ol-da, oşxonadagi kigizdan birovini yopib qöy. Kun sovuq. Bedadan taşla. Somon berma tağin.
Yöldoş otasining gaplariga: “Xöp-xöp”, deb javob qaytarib olisladi. Uning ovozidan mamnunligi aniq sezilib turardi. Aftidan, Yöldoş uylariga mehmon kelgani va yana jiyronni unga işonib topşirişganidan quvongan edi.
Mezbon Tangriqul boboni uyga boşladi. Uy torgina dahliz va uning ikki yonidagi bir juft xonadan iborat edi. Ular öng tarafdagi çoğroq xonaga kirişdi. Bu yerga allaqaçon yangi körpa-töşak solingan va dasturxonda bir juft zoğora non bor edi. Tangriqul bobo uy sohibining qistovi bilan törga ötib, çordona qurdi. Mezbon esa poygakda omonat çökib, qölini köksiga qöydi. Ular uzoq va quyuq ahvollaşdi. Bu orada Yöldoş qaytib kelib, qöşni xonaga kirib-çiqdi. Uning izidan onasi ham taşqariga çiqdi, şekilli, eşiklar yana ğiyqillab oçilib-yopildi. Taşqaridan ötinning qarsillab singan tovuşiga qöşilib ona-bolaning ovozi eşitilib turdi. Köp ötmay ostonada Yöldoş paydo böldi. U avval çoynak-piyola, ikki kosa suyuq ovqat olib keldi.
– Bu nima taşviş?! – dedi Tangriqul bobo astoydil xijolat tortib.
– Taşvişi borma?! Allağaytib bir kebsiz, – dedi mezbon – Töra aka öşa-öşa samimiyat ila.
Ular bu vaqtgaça bir-birlari haqida suhbatlaşib olgandi. Endi Tangriqul boboning qayerdan kelayotgani, qayoqqa, ne sababdan ketayotgani haqida sözlaşib ötirişgandi. Dasturxonga qaralgaç, örtaböy, töladan kelgan va qalin lablari osilib turadigan mezbon gapini boya töxtab qolgan joyidan boşladi.
– Nimasini aytasiz, mehmon. Zamonasiga öt tuşdi. Hamma yoq alğov-dalğov. Mana, bizam asli tangiharamlikmiz, – piçirlab sözini davom ettirdi u. – Şöroning zulmidan qoçib, şu yerlarga keb qoldik. Yangi hamsoyalarga “Heç kimimiz jöq. Özim soğir ösganman. Yaşaşdan qiynalib köçib keldik”, dedim… Nima bölganini söramang! Bir keçada qizil askarlar uyimizga bostirib kelib, otamdi olib ketdi. Söng duşmanning bolasi, deb özimdi ham qistovga olaberdi. Yo qoçib, yo ölib qutulaman, deb elingizga qarab kelaberdim. Qança sörab-suriştirdim. Söng bilsam, otam öqiydigan kitoblar hukumatga qarşi yozilganmiş. Tovba, deysan kişi. Huv, burunği zamondan qogan kitobdi ularga nima aloqasi borakan?! Bizdi bobolar bu kitoblardi yozganda dunyosida şöro borligini bilmagan bösa kerak?!
– Rost-rost, jöra. Ulimda qanday guno bor edi? Qiladigan hunari yoğoç jönib, qora uy (ötov), otga egar, odamga dömbira yasaş. Nari borsa, qişloqdagi töylarda, doston aytardi.
– Ey, ulingiz yuzboşimidi?! – hovliqib söradi mezbon.
– Ha, töy-pöyga borib turadi.
– Böldi-böldi! Uniyam tangiharamlik baxşiday doston aytgansan, xalqdi miyasini zaharlagansan, deb olib ketgan. Bular uyda jimgina kitob öqib ötirgan odamdi qamaydi-yu, uni qöşiq qilib aytgandi tinç qöyama?! Nima böganda-yam, eldi manaman degan ğujurli jigitlarini saralab olib ketyapti ukkağarlar!
– Tuşunmay qoldim. Heç zamonda qöşiq aytgan odamdi qamaydima?! – dedi Tangriqul bobo eşitayotgan gaplariga işonmay.
– Zamonasi şuytib aqldan ozib qoldi-da, mehmon bobo!
* * *
Bu vaqtda Oydin öğlini bağriga bosib yotar, undan sal narida Maryam momo ham uxlay olmay, u yondan-bu yonga ağdarilardi. Oydin qaynotasi keksayganida bunday sarson bölib yurgani, qaynonasining oromi yöqolib, bir ahvolda yotganida özini aybdor sanardi. U Toşqul nima uçun Mengziyoning nomini qoraga çiqarganini taxmin qilar, şöro şunday qabohatga qöl urişiga işonişni ham, işonmaslikni ham bilmasdi. Oydin ança yillar avval uning asl qiyofasini körgan, öşandayoq Toşqulning neça pullik odamligini bilgan edi. Lekin baribir bunçalik past ketişini kutmagandi.
Öşanda Oydinning böyi yetib, qalbi gözal tuyğular oşyoniga aylangan payt edi. Barça tengdoşlari kabi muhabbat dardiga mubtalo bölgan, sevgisini esa qalb qalʼasida asrab-avaylardi. U boşqalar kabi öz dil tuğyonini oçiq-oşkora aytişni sira istamas, tuyğularini köz-közlab sözlaydiganlarni ölguday yomon körardi. Oydin muhabbatni Yaratganning eng katta inʼomi deb bilar, bu tortiqdan vujudi quşday yengil tortib, osmonda parvoz etgisi kelardi; quloçini keng yoyib yam-yaşil qirlar oşa yugurişni, azim toğlarni va keksa daraxtlardan yangi ungan maysalargaça bağriga bosişni xohlardi. Bu istak kuçaygani sari tanasi tobora töp ötmas qörğonga aylanib borar, beixtiyor sirini oşkor qilib qöymaslik uçun mum tişlaganday jim yurardi.
U aksari böz bolalar va tengdoş dugonalari bilan qişloq va daryo oraliğida mol boqar ekan, muhabbatiga sazovor bölgan yigitni zimdan kuzatişni, daryo sohilidagi köl yoniga borib, şirin orzular oğuşida ötirişni xuş körardi.
Bahorning seryoğin kunlari daryo qişloq yaqinigaça toshib oqardi. Yozga yaqinlaşgan sari suv orqaga qaytib, qişloq va daryo oraliğida keng maydon oçilardi. Bu maydonda katta köl hosil böladi. Daryoning yuqori qismidan bir ariq suv kölga oqib kelar va quyidan katta oqimga qöşilib ketardi.
Bu köl Oydinning köngli kabi tiniq va sirli edi. Suvning musaffoligidan tubidagi mayda toşlargaça aniq körinib turardi. Çöpon bolalar tuşlik payti uy-uylariga tarqaydi. Ular ketgaç, qizlar atrofini butalar örab olgan kölda çömilar edi.
Öşa kuni dugonalari kelmay, Oydin yolğiz bölib qoldi. Öğil bolalar uyiga ketişini poylab ötirdi. Bolalar qöyupodasini haydab jönagaç, atrofda heç kim qolmaganiga işonç hosil qilib, römolini yeçdi. Etagini xiyol kötarib suv keçdi. Uzun va böliq oyoği suvda egri-bugri va kalta bölib körindi. Bundan Oydinning zavqi keldi. Yana bir-ikki qadam taşlab kölning çuqurroq joyiga bordi. Saratonning issiğida tanga rohat bergan suv qalbiga ajib tuyğu inʼom etdi. Oydin etagini qöyib yuborib, nozik barmoqlari bilan quloq-burnini berkitgança suvga şönğib çiqdi. Suvdan boş kötarişi bilan harir libosi tanasiga çippa yopişdi. Soçidagi suv durday tomib köksiga tuşdi. Oydin kaftini suv yuzida yurğizib osmonga qaradi. Söng bir hovuç suvni olib, yuzini çaydi. U endi köldan çiqmoqçi bölib oldinga yurgan edi, butalar orasida qarab turgan kimsani körib dodlab yubordi. Kölning sayoz joyida ötirib olib, tanasini nomahram nigohdan yaşirdi. Boyagi kimsa esa: “Jim! Tuss! Jim bölsang-çi!” deb buta ortidan çiqib keldi. Oydin röparasida Toşqulni körib:
– Nomahramga köz tikişga uyalmaysanma, yeryutgur, – dedi. Toşqul esa sohilda turgan römolni olib yuziga bosdi va:
– Nimaga nomahram bölarkan? Ertaga enam sovçi bölib boradi, – dedi.
– Bekordi aytibsan!
– Bekormas, Oydin, senda könglim bor.
Oydin uning xotirjam gapirişidan negadir qörqib ketdi. Söng Toşqul avvaldan qizlarning çömilişini poylab yurgan bölsa-ya, degan xayolga bordi va:
– Nahs bosgan könglingga öt tuşsin! – dedi alam va iztirob bilan. – Senga tekkandan köra qaro yerga kirganim durust. Közimdan yöqol, zançaliş!!!
Bu gapdan Toşqulning jahli çiqdi.
– Kölda çömilayotganingni ongdan körib qolganimni birovga aytsam, seni maxov ham xotinlikka olmaydi, – dedi.
– Olmasa-olmas, közim uçib turgani yöq… iflos qölingni römolimga tekizma!.. Bömasa, hozir baqiraman.
Toşqul noiloj örnidan turdi. Lekin past kelgisi kelmay:
– Öylab kör, ertaga enam boradi, – deb nari ketdi.
Oydin höng-höng yiğlab sohilga çiqdi. U aççiq iztirob ila römolini oldi. Unga Toşqulning qöli tekkan deb loy va qumga işqalab qayta-qayta çaydi. Ammo baribir könglidagi ğubor tarqamadi.
Oydin hozir şu voqeani eslab, bir vaqtda ikki uydan sovçi kelgani va u Mengziyoni tanlagani uçun Toşqul alamini olayapti deb öyladi. Bundan xörligi kelgan Oydin: “Zançaliş… qörqoq!” dedi. Maryam momo uning tovuşidan sergak tortdi va:
– Kelin, tinçlikma? Nima deyapsiz? – dedi. Oydin beixtiyor ovoz çiqarib gapirib yuborganidan uyaldi va:
– Yomon tuş körippan, – dedi. Söng yiğisini qaynonasiga sezdirmaslik uçun römolining uçini tugun qilib qattiq tişladi va Elmurodni bağriga bosdi.
* * *
Yumuş bilan andarmon bölib yurgan Öktam uylari tomon kelayotgan uç-tört çoğli kişiga közi tuşdi. Bular şu qişloqning narigi uçida yaşaydigan qarindoşlari bölib, eşak minib kelayotgan momo – Tangriqul boboning opasi, yonidagi basavlat kişi Qobil aka – uning katta öğli, orqaroqdagi yoş yigit Şodiyor esa Öktamning bölasi edi. U mehmonlarni olisdan turib tanidi va:
– Çeça, – dedi uyga qarab.
Sigir soğib qaytayotgan Oydin qayin ukasining çaqiriğini eşitib, unga ters tamondan tovuş berdi:
– Çaqirdingizmi, kenja?
– Uyga odam kelyapti, – dedi Öktam qöli bilan yölni körsatib va yangasiga ögirilib qarab. Oydin mehmonlarni kutib oliş uçun uyga tomon yurdi. Öktam ham yumuşni taşlab, yangasining izidan ketdi.
Zarifa momo bilan öğli Qobil aka Mengziyoni olib ketgan kuni ham kelib, qarindoşlariga tasalli berib ketişgan edi. Bugun ham Mengziyoning ahvoli ne keçgani, undan biror darak bormi-yöqligi haqida biliş uçun kelişgandi. Zarifa momo eşakdan tuşar ekan, kutib olişga çiqqan Maryam momoga qarata:
– Qarindoşning tovuşi qoronğida taniş deb kelaberdik, – dedi.
– Binoyi, binoyi, egaçi, – dedi Maryam momo qaynopasining qoşida girgitton bölib. – Qani, uyga kiringizlar. Elmurod, qölga suv ol. Öktamjon, özing qara, bolam!
Maryam momo mehmonlarni uyga boşladi. Avval Zarifa momo, söng boşqalar yöl tortdi. U işonç bilan qadam taşlaşidan sakson yoşli kampirga sira öxşamas, yuzining tiniqligidan heç bir zahmat çekmaganday taassurot uyğotar, jussasini biroz egib yurgani bilan hamon novça bölib körinardi. Öğli Qobil ham onasi kabi böyçan, töladan kelgan qoramağiz kişi edi. Uçinçi mehmon esa örta böyli, oqsariq va doim kulib turuvçi Şodiyor edi. Ular yoşiga qarab izma-iz uyga kirişdi. Zarifa momo ortida kelayotgan öğliga:
– Öt, – deb uy törini qöli bilan körsatdi.
– Özingiz törlang, ena, – dedi Qobil.
– Erkak kişi bor joyda ayollar törga çiqmaydi, bolam!
Qobil şunday javob eşitişni avvaldan bilar, ammo hurmat yuzasidan kamtarlik qilgan edi. Şu bois onasining gapi tugamasdan burun epçillik bilan törga ötib oldi. U ikki qavat körpaçada çordona qurib ötirdi. Boşqalar ham yoşi va hurmatiga qarab joylaşdi. Zum ötmay örtaga dasturxon yozilib, uy sohiblari topgan-tutganlarini dasturxonga qöydi. Bu vaqtda allaqaçon oqşom çökkan edi. Zarifa momo ukasining qayerda ekanini söradi. Goh Maryam momo, goh Öktam navbatma-navbat gapirib, Tangriqul boboning qayoqqa ketgani va şu kunlarda ahvollari ne keçayotganini naql qildi. Mehmonlar ularning köngliga tegadigan söz aytib qöyişdan çöçib, ehtiyotkorlik bilan Mengziyoning kelgusi taqdiri haqida mulohaza qilişardi:
– Toşqul bir jugurdak, – dedi Zarifa momo yugurdak söziga urğu berib. – Hukumat nima desa, şuni qiladi. Oylanayin, Mengziyojonning begunohligini bilib qöyib yuboradi. Bovrungiz tölib, töy qilib qolasiz. Ana şunda Toşquldi yuzi qorayib, uzr sörab keladi.
– Iloyim, aytganingiz kesin, opajon! – dedi Maryam momo köz yoş qilib.
– Mengziyo bilan ariq qazişga borganim sira esimdan çiqmaydi, – dedi Qobil gap daromadini burib. – Huv, tegirmonga kelgan ariqdi daryogaça qazib borişimiz kerak edi. Ertalab Şoydullani uyidan sal balandda qazişdi boşladik. Kun çaşga bölaberib Şoyduldi ulini çaqirdim. Öziyam xotini bilan uyga kirib-çiğib turbedi… Uli bizga tomon jönayberib, birov çaqirdima, orqasiga qaytdi. Söng salom berib keldi. Bolani oldiga bir bel loyni qöyib, “Borib otangga ayt, öçoqtoş1 taşladim”, dedim. Ukkağardi uli közini pirpiratib, otam uyda jöq, desa bölama?! Bömasa, enangga ayt, dedim. Ikkoviyam momomlardi uyiga ketgan, deydi. Bilib turippan: eriyam, xotiniyam uyda!..
– Ha, ölmabdi. Bir çömiç ovqat bilan biri ikki bölib qolama? – deb gapga aralaşdi Maryam momo.
– Bu yoğini eşiting-da, çeça, – dedi labida kulgi öynab Qobil aka. – Bolaga oting kim, dedim. Vositmi, Qosimmi, dedi. Söng, ke, körişamiz, deb qölidan mahkam uşladim-da, otang qayerdaligini aytmasang, çöçoğingni kesib olaman, dedim. Şu qölimdan çiğib ketaman deb çiranadi, deng. Mahkam uşlab turaberdim. Oxiri közi girillab jilağiday bölib, uyda enam bilan otam daşinib ötiribdi, desa bölama!.. Borib otangga Qobil bobom çöçağingni kesib olaman dedi, uydan çiqmasangiz, sizdiyam şunday qilarkan, deb ayt, dedim.
Bu gapdan söng gurr etib kulgi kötarildi. Şodiyor içini uşlab yiqilguday bölar, Öktam ham ovozining boriça xoxolardi. Zarifa momo esa:
– Ha, işlaring tuşsin… Kap-katta odamgayam şunday deyma? – deb yuzini römoli bilan tösib kulardi.
– Keyin nima böldi? – dedi Şodiyor biroz özini önglab.
– Nima bölardi, ziğir moydi palovidan töydik, – dedi Qobil aka oşni hozir yeb tugatganday qornini siypalab.
– Odamlarda oqibat qomadi, – dedi Zarifa momo boyagiday salmoqdor ohangda. – Bömasa, şunça gap-gaştak orttirib ötirmay, oşini pişirib, bermon kenglar, desa, bir joyi kamayib ketama?!
– Özi bir hazil qilgisi kegan, – dedi Qobil aka Şaydullaning yonini olib.
– Haziliyam, çiniyam şu. Öçoqtoş degani eskidan qogan gap, bolam. Bir ovuz ovqat bilan birov bir narsa bölib qolmaydi. Lokin buyam odamdi sadağasiday gap… Şaydulga öxşagan qölidan xayri qoçgan, oqibatsiz odamlardi dastidan dunyo buzilib boryapti!
Qobil aka gapning yana bu tarafga burilib ketganidan noqulay ahvolga tuşdi. U neça kundan buyon Mengziyoning qayğusi bilan yonib yurgan qarindoşlarini biroz çalğitiş, inçinun, bu kabi sözlarni unutib, köngiloçar gurunglardan aytib, kayfiyatini kötarmoqçiydi. Şu bois onasining sözlarini tinglaş barobarida Elmurod bilan köz uriştirib, goh yuzini bujimaytib, goh tilini çiqarib, öyin qilib ötirdi. Qobil akaga taqlid qila-qila, axiri Elmurod kulib yubordi. Barçaning diqqati unga qaradi. Zarifa momo ham gapdan çalğib, bolani erkalay ketdi va har kim özi istagan odam bilan suhbatlaşa boşladi.
(Davomi kelgusi sonda.)
1 Janda – mato turi.
2 Qöli juqa – qöli kalta, kambağal maʼnosida.
3 Govara– vujudi, gavdasi.
1Töyaqorin – ildizi mört tikanakli ösimlik.
1 Kayitib – “çarçatib” maʼnosida.
1 Şunday odat bor – ariq qaziyotgan haşarçilar köngli tusagan odamga: “Öçoqtoş taşladik”, deb oşarga işora qiladi. Öziga xos mehmondöstlik va bağrikenglik bilan haşarçilarni oşarga taklif qiladi. Garçand qazilayotgan ariqning ularga aloqasi bölmasa ham.
Bobo RAVŞAN
(Ğoziddinov)
1988-yili tuğilgan.
Hikoya va esselari markaziy naşrlarda eʼlon qilingan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


