5 daqiqada öqiladi

623 marta körilgan

Yigirma yildan söng…

Yigirma yildan söng…

Navbatçi politsiyaçi katta şohköça böylab yurardi. Soat çamasi tungi önlar atrofida, ammo sovuq şamol köçadagi  odamlarni bugun uylariga ertaroq haydagandi. U kelganda politsiyaçi eşiklarni tekşirayotgandi.
Köçada sukunat hukm surar, eşik va darvozalarning aksariyati yopilganiga ança bölgan biznes binolariniki edi. Bir bino oldiga kelganda politsiyaçi tösatdan sekinladi. Dökon eşigi oldida bir odam hali yoqişga ulgurmagan sigarasini oğziga solgança tik turardi.
Politsiyaçi yaqinlaşgani zamon haligi odam şoşa-pişa söz boşladi:
– Hammasi joyida, ofitser, – dedi u. – Men bir döstimni kutyapman, xolos. U bilan yigirma yil oldin uçraşuv belgilagan edik. Balki sizga kulgili tuyular, ammo hammasi joyidaligiga işonç hosil qilmoqçi bölsangiz, sizga tuşuntirib berişim mumkin. Öşa paytlarda hozirgi “Katta Joye” dökoni örnida Breydi restorani bölardi.
– Beş yil oldin buzib taşlangan, – dedi politsiyaçi.
Narigi odam gugurt çaqib, sigarasini tutatdi. Uçqun uning oqarib ketgan, törtburçaksimon jağli yuzini, öng qoşidagi oq çandiq va ötkir nigohlarini bir zum yoritdi. Böyinboğiga esa katta olmos donasi qadalgan edi.
– Yigirma yil avval oqşom pallasi, – davom etdi u, – Hozirgi “Katta Joye”, yaʼni Breydi restoranida eng yaqin döstim, dunyodagi eng yaxşi döst – Jimmi Uvels bilan birga keçlik qildik. U bilan Nyu Yorkda xuddi aka-ukalardek birga ösib-ulğaydik. Men ön sakkizda edim, Jimmi esa yigirmada. Men Ğarbga pul işlab topgani jönadim. Jimmi esa Nyu Yorkda qoldi. Uning fikriça, u yer butun Yer yuzidagi yaşasa böladigan yagona joy edi. Öşa oqşom biz qay şaroitda va qança masofa olisda bölişimizdan qatʼi nazar, yigirma yildan söng xuddi şu joyda uçraşişga kelişdik. Öşanda biz şunça vaqt ötib, öz mol-mulkimiz va hayot yölimizga ega bölgan holda bölamiz, deb işonardik.
– Juda qiziq-ku, – dedi politsiyaçi. – Ketganingizdan beri döstingizdan biror xat-xabar olmadingizmi?
– Töğri, ozgina muddat xat yozişib turdik, ammo bir-ikki yildan söng izimizni yöqotib qöydik. Töğri, Ğarb juda katta joy, ammo agar Jimmi hayot bölsa, albatta keladi, çunki u dunyodagi çin döstim edi. U heç qaçon unutmaydi. Men bu eşik oldiga ming mil masofadagi joydan keldim va bu döstim bilan körişişimga arziydi.
Odam soatining kiçik olmos donaçalari bilan bezalgan qopqoğini oçdi.
– Uç daqiqa kam ön, – dedi baland ovozda. Öşanda restoran eşigida ajralganimizda soat roppa-rosa ön edi.
– Ğarbda işingiz öngidan kelgan çoği, şunday emasmi? – deb söradi politsiyaçi.
– Ha, albatta! Jimmi ham heç bölmaganda bularning yarmiga erişgan deb umid qilaman. U judayam mehnatkaş edi. Men Ğarbda boyligimga köz tikkan qança vahşiy odamlar bilan kuraşişimga töğri keldi. Nyu Yorkda böş-bayov bölib qolarkan kişi. Ğarb esa odamni tarbiyalaydi.
Politsiyaçi bir-ikki qadam taşladi.
– Men yölimda davom eta qolay. Umid qilamanki, döstingiz bu yerga albatta keladi. Siz uni faqat soat öngaça kutmoqçimisiz?.
– Yöq, – deb javob berdi u. – Heç bölmaganda ön yarimlargaça kutaman uni. Agar Jimmi tirik bölsa, albatta keladi. Xayrli tun, ofitser!
– Xayrli tun, janob, – dedi politsiyaçi va eşiklarni tekşirişda davom edi.
Sovuq şamol esib, yomğir yoğardi. Ahyon-ahyonda közga taşlanib qoladigan yölovçilar esa sovuqdan paltolarining yoqasini kötarib, qöllarini çöntaklariga solgança qayerlargadir jimgina şoşişardi. Dökon ostonasi oldida esa ming mil uzoqlikdan bolalikdagi döstini körgani kelgan odam sigarasini tutatgança uni kutardi. U çamasi yigirma daqiqa kutgaç, köchaning narigi tomonida uzun plaş kiyib, yoqasini kötarib olgan bir novça kişi paydo böldi va yölni kesib öta boşladi. U töğri uning yoniga kelib töxtadi.
– Bob, bu senmisan? – söradi u biroz şubha aralaş.
– Sen Jimmimisan? – baqirib yubordi eşik oldidagi odam.
– Albatta-da!
Ikkovi ham quvonçdan baqirib, bir-birlarining qöllarini mahkam siqqança körişa ketişdi.
– Bu – Bob, ha, xuddi özi! Tirik bölsang, seni şu yerda albatta topişimga işonçim komil edi. Qanday yaxşi! Yigirma yil uzoq muddat-da. Bu yerdagi oldingi restoran ham buzilib ketibdi, Bob. Qani endi buzilmaganda edi, biz yana şu yerda birga keçlik qilardik. Ğarb qanday ekan, oqsoqol? – deb söradi Jimmi.
– Yaxşi. U men söragan hamma narsani berdi. Sen esa rosa özgarib ketibsan, Jimmi. Seni bunçalik novça deb sira öylamagandim.
– Ha, yigirma yoşdan keyin ança ösdim.
– Nyu Yorkda işlaring yaxşimi, Jimmi?
– Yomon emas. Şahar muassasalaridan birida işlayman. Yuraqol, Bob, Seni özim bilgan bir yerga olib boraman va öşa yerda mazza qilib oldingi vaqtlarni eslab suhbatlaşamiz.
Ikkovlari bir-birlarining yelkalariga qöl taşlab yurib ketişdi. Bob özining işlari, körgan-keçirganlari haqida sözlay boşladi. Jimmi esa uni katta qiziqiş bilan tinglardi. Köchaning burçagidagi dorixonaning çiroqlari ötkir, hamma yoqni yoritib turardi. Şu yerga kelganda bir zum bir-birlarining yuzlariga boqişdi. Bob tösatdan töxtadi-yu, qölini darrov tortib oldi.
– Siz Jimmi Uvels emassiz, – dedi u. – Yigirma yil uzoq muddatdir, ammo kişining uzun burni yassiga aylanib qolişi uçun yetarli emas.
– Ammo yigirma yil yaxşi insonning yomon odamga aylanişiga yetarli muddat, – dedi novça kişi. – Siz ön daqiqa mobaynida politsiya kuzatuvi ostida böldingiz, muloyim Bob. Biz Çikagodan telegramma oldik. Ular sizni suhbatga çorlaşyapti. Tinçgina öşa yerga borasiz, şundaymi? Ha, bu oqilona iş. Stansiyaga borişdan oldin sizga berib qöyişim söralgan xat bor. Bu politsiyaçi Uvellsdan.
Ğarblik kişi kiçik bir qoğoz parçasiga yozilgan xatni oldi. Bamaylixotir öqiy boşladi, ammo tugatarkan, qöllari qaltiraşga tuşdi. Xat qisqa va lönda edi:
“Bob, men kelişilgan paytda uçraşuv joyida edim. Sen sigarangni tutatgani gugurt çaqqaningda esa, Çikagoda qidiruv eʼlon qilingan kişining yuzini kördim. Seni uşlab berişga özimning qölim bormadi, şuning uçun boşqa detektivni jönatdim.
Jimmi”.

O. Henri

 1862-1910
Asl nomi Uilyam Sidni Porter bölgan amerikalik yozuvçi. O.Genri taxallusi bilan ijod qilgan.
“Qirollar va karam” romani sarguzaşt-yumoristik novellalardan taşkil topgan.
O.Genri amerika hikoyaçiligining öziga xos tipini yaratdi. Yumorning kuçliligi, kinoya, qiyos, parodiya kabi usullarning köp işlatilganligi, eng muhimi, muallifning oddiy mehnatkaş – “kiçik inson”ga samimiy muhabbati, olijanoblik va sofdillikni madh etişi olamşumul şuhrat keltirdi.
Asarlari özbek tiliga tarjima qilingan.

Ingliz tilidan
Dilşoda MAHKAMOVA
tarjimasi

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)