1 daqiqada öqiladi

406 marta körilgan

Adiblar hayotidan

Manzili körsatil(ma)-gan xatlar

Yozuvçi Viktor Gyugo umrining sönggi yillari Parijda – hali hayotlik çoğidayoq özining nomi bilan atalgan köçadagi uyida yaşagan. U xatda manzilini qayd etar ekan,  “Janob Viktor Gyugo, uning Parijdagi avenyusi”, deb yozib qöygan.

Öz asari haqidagi inşo

Yozuvçi Valentin Katayevning nabirasi dugonasi bilan boğliq qiziq  voqeani aytib bergan. Gap şundaki, dugonasiga adabiyot darsidan  “Katayevning “Polk öğli” qissasi qahramoni Vanya obraziga yozuvçi qanday maqsad yuklagan?” degan mavzuda inşo yoziş topşirilgan böladi. U Katayevlar xonadoniga mehmonga keladi va bu haqda muallifning özidan sörab olib, inşo yozadi. Biroq yozma işiga “–3” baho oladi, öqituvçisi “Yozuvçi mutlaqo boşqa maqsadni közlagan”, deb izoh yozib qöygan böladi.

Eng qisqa yozişma

Viktor Gyugo 1862-yili taʼtilda dam olayotgan çoği yaqindagina çop etilgan “Xörlanganlar” romaniga kitobxonlarning munosabatini bilgisi keladi va öz noşiriga faqat “?” belgisidan iborat telegramma jönatadi. Noşir ham javob tariqasida bitta “!” belgisidan iborat telegramma yöllaydi. Şubhasiz, bu tarixdagi eng qisqa yozişma edi.

Foydasiz maslahat

Joan Rouling “Garri Potter va falsafiy toş” kitobini 1995-yili yozib tugallaydi. Adabiy agenti asarni 12 ta naşriyotga jönatadi va barçasidan rad javobini oladi. Oradan bir yil ötgaçgina, qölyozmani Londondagi “Bloomsbury” nomli kiçik naşriyot qabul qiladi. Garçi kitob çop etişga tayyorlangan bölsa-da, boş muharrir yozuvçining bolalar adabiyotida muvaffaqiyat qozonişiga işonmasdan, kelajakda boşqa iş bilan şuğullanişni maslahat beradi.

“Robot” yaratgan yozuvçi

“Robot” iborasini çex yozuvçisi Karel Çapek muomalaga kiritgan. U pyesasida odamsifat mexanizmlarni dastlab “labor” deb ataydi-yu (lotinçada «labor» – iş), ammo bu söz öziga yoqinqiramaydi. Şunda ukasi Yozefning maslahati bilan “robot” deb özgartiradi. Uşbu atamaga asos bölgan “robota” sözi çex tilida şunçaki işni emas, nihoyatda zahmatli mehnatni bildiradi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)