2 daqiqada öqiladi

271 marta körilgan

Muhabbat baxt berişi kerak

Gyustav Flober

Gyustav Flober hikmatlaridan

* * *

Yozuvçining butun isteʼdodi oxir-oqibat söz tanlaşi bilan ölçanadi.

* * *

Dramatik sanʼat musiqaga ötgan geometriyadir.

* * *

Ayollar erkaklarni buyuk işlarga ilhomlantiradilar, biroq ularni amalga oşirgani vaqt qoldirmaydilar.

* * *

Kitob – tirik jon. Begona qöl bilan qilingan har qanday jarrohlik amaliyoti, har qanday özgariş uni mayibga aylantiradi. Balki u yaxşilanar, lekin baribir ilgarigi kitob bölmaydi!

* * *

Agar reja juda uzoq vaqt va sinçiklab tuziladigan bölsa, u oxir-oqibat yöq böladi.

* * *

Umidsizlanganingda hamişa umid qilişing, umidlanganingda esa şubhalanişing kerak.

* * *

Vijdonni toza saqlaş uçun uni boşqalarning vijdonidan baland tutiş kerak.

* * *

Agar isteʼdodingni qadrlasang, ommani maftun etadigan vositalar ketidan çopmaysan.

* * *

Anglaş iştiyoqi – yoruğ qalblar uçun buyuk quvonçlar manbaidir.

* * *

Statistika – noaniq fanlarning eng aniğidir.

* * *

Xotirjam böliş – hazilakam gap emas, bu – deyarli baxtli böliş demakdir.

* * *

Bahslaşiş tuşunişdan köra osonroq.

* * *

Omadsizlikka uçragan yeringda bir ahmoqning muvaffaqiyat qozonayotganini körişdan köra oğirroq kamsitiş yöq.

* * *

Yolğizlikni xotiralar bilan töldirib bölmaydi, ular tanholikni çuqurlaştiradi, xolos.

* * *

Yaxşi yozilgan asar heç qaçon zeriktirmaydi. Uslub – hayotning özi, u fikrlarning yugurik qonidir.

* * *

Yozuvçi salohiyatining boş belgisi – nimani yozmaslikni bilişidir.

* * *

Muhabbat baxt berişi kerak. Baxt yöqmi, demak, adaşibsan.

* * *

Fikrning aniqligi ifodaning aniqligiga zamin yaratadi.

* * *

Mavzu tanlanmaydi. Şoh asarning siri şunda: mavzu – yozuvçining mijozi ifodasidir.

Rus tilidan Orif Tolib Tarjimasi

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)