(Hikoya)
Jaloliddin oilada kenja farzand. Biroz soddaligini aytmasa, juda qöli oçiq, xokisor yigit. Bir aka, tört opa-singilning biri qöyib-biri keksalarni körgani ota uyiga keladi, köpinça quruq qöl bilan… Lekin hammasi zör, aka şaharda, amaldor, maşina olib yuradi. Öşa yoqda öqib, uy-joy qilib qolib ketgan. Opa-singillar ham boru bardam joylarga tuşgan, hamişa zebu ziynatlarga burkanib yurişadi, katta-katta gapirişadi. Ular kelişsa, Jaloliddin borini bozor qilib, dasturxonga tökadi. Çöntagida bir mirisi qolmagan esa-da, mehmonlarning yonida askiya aytib, kulib-kuldirib ötiraveradi. Bu narsa xotiniga sira ham yoqmaydi: “Ota-onani körgani kelgan mardum bundoğ törttagina non bilan ikki kilogina göşt kötarib kelmaydimi? Bularingiz faqat yeb-içib ketiş uçun kelişadi. Uyalişmaydi”. Jaloliddin xuşomad tarzida xotinining yelkalarini silab qöyadi: “Bular bizni bobo bilan momoning nafaqasini yeb yotibdi, juda boy deb öylaşadi-da, xotin. Qöyaver, boy böp yuraylik”. “Ha, ye-yeb yotibmiz botmonlab. Keksa odamlar, biri qöyib, biri kasal böladi, deyişmaydi. Hamma keldi-ketdini biz kuzatsak”. Xotinining rostakamiga qahri kelsa, Jaloliddin yoş boladek ilojsiz şumşayib qoladi: “E-e, xotin, meni uyaltirma, iltimos!..”. Ammo-lekin, xotini unga har qança zahrini soçsa ham mehmonlarning yonida göyo unga heç narsa malol kelmayotgandek hamişa kulib turaveradi. Ayniqsa, şaharda yaşaydigan akasi ayoli bilan kelganda juda qiynalişadi. Mehmonlarni ziyorat qilib ketaylik, deb, hamma opa-singil bola-çaqasi bilan ularnikiga jamlanişadi. Bu mehmonnavozlik köpinça hafta-ön kun davom etadi. Yana ketişayotganda “Qöy göşti, mol göşti, tandir göşti, dumba, suzma, qorinyoğ, olma, anor, xurmo…”, xullas, özlari yilda bir marta dasturxoniga qöymaydigan noz-neʼmatlarga sumkalarini töldirib kuzatib qolişadi. Ular ketişgaç, xotini haftalab Jaloliddin bilan gaplaşmay yuradi. “Kenja farzand bölgaç, şu-da, xotin. Ota-onam tirik ekan, şu yerga kelaverişadi, nima qilay axir? Men ularni çaqirib olayotganim yöq-ku!”, deb neça bor yalinsa ham to özi oçilmagunça, tumtayib yuraveradi. Ammo ota-ona ötib ketgaç ham, ularning uylari “maşvaratxona”ligiça qolaverdi. “Ota-onamizdan qolgan uy, şu yerga kelsak, ularni körgandek, ovozlarini eşitgandek bölamiz”, deyişadi kelganlar.
Xotini hisob-kitobni, sayru sayohatni juda yaxşi köradi. “Ularni şunça yildan beri mehmon qilamiz, biz ham bir borib, mehmon bölib kelaylik. Şahar juda gözallaşib, özgarib ketgan deyişadi. Jondek jigaringiz böla turib, bir marta borolmaymizmi?” deb sira holi joniga qöymadi. Şu yil bolalar yozgi taʼtilga çiqişgaç, nihoyat yöl tadorigiga tuşişdi. Şaharlik yanga yaxşi köradigan göştlardan olib, muzxonada ikki kun muzlatib, bir sumkaga solişdi. Ikkinçi sumkaga höl meva, qand-qurs, non-patir olişdi. Beş-olti kun qolib ketsak, oğirimiz tuşmasin, deyişdi-da. Özi yölga çiqayotgani uçun xotini ham bu xarajatlardan malollanmadi.
Neça dovonlardan ötib, tongga yaqin şaharga kirib borişganda mudroq köçalar huvullab yotardi. Birinçi bölib akasi telefon qildi: “Yaxşi kelyapsilarmi? Qayerlarga yetib qoldinglar?”. Sal ötib xotinining telefoni jiringladi, yangasi ekan: “Kelay deb qoldinglarmi? Taksistdan sörang-çi, biznikigaça qança yurarkansizlar? Yana bir soat, deydimi? Eh-he, ayting, tezroq haydasin”. Xullas, er-xotin to uyga kirib borgunlariça biri qöyib, biri qönğiroq qilar, unga sari Jaloliddin xotini bilan taksistning oldida ularning bezovtaliklari va mehribonliklaridan ğururlanar, atrofga alang-jalang qarab, terisiga siğmay borardi: “Bizzi aka bilan yangaga gap yöq-da. Yanga döxtir. Juda köngli oçiq, mehribon ayol. Körişmaganimizga ham bir yil böldi. Har yili yozda özlari bizni körgani borişar edi. Bu yil biz sizlarni körgani boramiz, dedik. Rosa sevinişdi”.
Bu joylarda intizomga juda qattiq amal qilinar ekan. Ular uyga kirişlari bilan yanga sumkadagilarni sovutguçga joylab, tandir göşt bilan dumba va xöl mevalardan “Yölda onamga taşlab ötaman”, deya bir salafan xaltaçaga oldi-da, “Endi xafa böliş yöq, iş vaqtimiz bölib qoldi. Çarçagan bölsanglar, yotib dam olinglar. Çoy içaman, desanglar, gazda çoy qaynab turibdi, sovutgiçda ovqat ham bor. Tuşdan söng Sanobar darsdan kelib, oş-poş qiladi”, deya ulardan uzr söragan böldi-da, söng eriga “Böling. Böling, tezroq”, deb şoşa-pişa jönab ketişdi. Şunça xarajat qilib, özlariça işni döndirgandek bölib kelgan er-xotin bolalari bilan egasiz uyning örtasida anqayib turib qolişdi. Birinçi bölib xotini yorildi: “Hurmatimizni kördingizmi, otajonisi? Sahardan buyon yuz marta qönğiroq qilişdi, şuning örniga dasturxon yozib, tört taqsimçaga qand-qurs qöyib, bir çetga bir çoynakkina çoyni soçiqqa örab qöysa bölardi-ku! Bular boradigan bölsa, biz beçoralar ikki kun oldin pişir-kuydir qilib boşlaymiz. Iş degan narsani butkul unutamiz”.
Jaloliddin iştonini bulğab qöygan boladek közlari jovdirab qoldi. Xotini zahrini soçmasa ham bölari bölib turgan edi. Buniki qöşimça böldi. Xotiniga javoban bir narsalar deb ğuldiradi, ammo nima deganini özi ham tuşunmadi. Taxmondan körpaça olib, xonaning bir çetiga töşadi-da, çözilib ola qoldi: “E-ee, bor-ye, men çarçadim”. U rostdan ham juda çarçagan edi. Xotini esa bolalarni yetaklab xonadan çiqib ketdi. Biroz yotib, u ham bolalarining izidan oşxonaga ötdi. Uni körib, xotini istehzo bilan jilmaydi: “Ilon çaqqan uxlaşi mumkin, ammo oç odam uxlay olmaydi. Keling, yangajoningiz ajoyib moşxörda qoldirib ketgan ekan, isitdim”. Jaloliddin indamay oşxona stolining bir çetiga ötirdi. Dasturxonga özlari olib kelgan tandir kabob, qatlama patir, qand-qurslardan ham qöyilgan edi. Uning könglidan keçganlarini his qildi şekilli, xotini andişasizlarça izoh berib qöya qoldi: “Bularning keçadan qolgan moşxördasiga qarab ötiramizmi, heç bölmasa, özimiz olib kelgan narsalar bilan özimizni siylaylik”. Jaloliddin dasturxondan nigohini olmay, boş irğadi: “Menga moşxörda bera qol”. Xotini bir kosa ovqatni oldiga qöyayotib, yana çaqib oldi: “Ularga ham qolsin, deyapsizmi? Möl-köl qilib olganmiz-u, hammaga yetadi, yeyversangiz bölardi”. Jaloliddin boş çayqadi: “Şart emas”.
Asrdan söng yetib kelgan Sanobar – opasining şu yerda öqiydigan talaba qizi – bozorga otlandi: “Toğa, onam pul berib yubordimi?”. Uning öşa pulga bozorlik qilmoqçi ekanligini tuşungan Jaloliddin jiyaniga ergaşib, bozorga çiqdi: “Bozorligingni kötarişib yuboraman”. Xotinining közlari olayib ketdi, itining qiliği egasiga maʼlum, ammo indamadi. Xotini adaşmagan edi, Sanobar kerakli narsalarni olib ketaverdi, pulini u töladi.
Akasi oşning ustida “yarimta” oçdi: “Kelişlaringni bir yuvmasak bölmaydi”. Yanga ijirğandi: “Şusiz bölmaydimi?”. Aka unga javob qaytarmasdan Jaloliddin ikkisi uçun qadah töldirdi: “Qani, ol, uka! Senday jigarim borligi uçun va sening soğliğing uçun!”. Jaloliddin kun böyi xotinining minğirlayverişidan yuragi biroz siqilib turgan edi. Qadahni bir kötarişda sipqorib yubordi. Jaloliddinning nazarida negadir akasining ham kayfiyati yöqqa öxşab körindi. Keyin juft qilişdi: “Akaning soğliği uçun”, “Bolalarning kelajagi uçun”… Xullas, aka-uka bir şişani dumalatişdi. Söng biroz şamollab, oyoqning çigilini yozib oliş uçun ayvonga çiqişdi. Akasi taşqariga olib çiqadigan eşikning yonida ötirib, uzoq çekdi. Uning iç-içiga botib ketgan közlari allaneçuk ğamgin edi. Söng qayerdandir narda olib çiqdi. Öyin ularning kayfiyatini kötarib yubordi. Xuddi bolalik paytlaridagidek toşlarni yoğoç doskaga urib, ozroq kayflari bor emasmi, qiy-çuv qilib öynay boşlaşdi. Köp ötmay tanbeh eşitişdi: “Muhtaram erkaklar! Bu uyda yagona mavjudot sizlarmassizlar-ku! Sekin, bolalar uxlab qolişdi”. Keyin ular hovliga çiqişdi. Hovli çetidagi çoqqina çorpoyaga ötirib, yana çekişdi. Allaqaçon elning yotar payti bölgan esa-da, havo issiq va dim edi. Aka qölidagi papiros qoldiğini bir çetga uloqtirib yubordi-da, bir qöli bilan uning yelkasidan quçdi. “Kiçkinaligingda ham doim şunday ötirardik. Şunday yumşoq, şunday şirin bola edingki!.. Lekin tuğilgan payting seni rosa yomon körganman. Öşanda men sakkiz yoşda edim. Sen – uç qizdan keyin tuğilgan öğil, eh-he, hamma atrofingda parvona, otam tinmay senga hali kiyimça, hali öyinçoq taşiydi. Mening esa içim yonadi. Seni öldirib qöygim keladi. Otamdan qörqqanim uçun indamayman”. Aka xöngrab yiğlab yubordi: “Meni keçir, uka, ana şu yomon xayollarim uçun. Meni keçir!”
Orqadan yanganing ovozi eşitildi: “Böldi-da endi, dadasi! Bir kamimiz qöşnilarga gap bölişimiz qoluvdi. Ertalab işga borişingiz kerak, uyga kirib yotsangiz bölmaydimi?!”
Aka közlarini yengiga artib örnidan turdi: “Rostdan ham… Endi yotiş kerak. Yaxşi yotib tur, uka”.
Ertasi kuni ham ular şoşib işga ketişdi: “Keçirasizlar-da, rahbarlarimiz juda qattiqqöl. Ovsinim kelgan, ikki kungina javob bering, desam, unda joyingizga yangi xodim olişga töğri keladi, şunga çidasangiz, istagança qolavering, dedi. Köçaga çiqsanglar, taksi köp, istagan joylaringga olib borib qöyadi. Bozorga borasizlarmi, istirohat boğini aylanasizlarmi, köça töla maşina. Xudo xohlasa, keçqurun körişamiz” – yanga ostonada turib uzrini aytdi. “Sovutgiçda hamma narsa bor, Sanobar darsdan qaytgaç, istagan narsangizni pişirib beradi”.
Xotini yana javrab-javrab kiyindi, bolalarni kiyintirdi: “Hozir bozor aylanaylik. Keyin parkka borib, bolalarni halinçak-palinçak uçirtiramiz. Men bu yerda uzoq qola olmayman. Sira kerak emas”.
Keçki payt Jaloliddin zerikdi. Akasi ham “ha” deganda kelavermadi, xotini oşxonada Sanobar bilan pişir-kuydir qilib yotibdi. Yotgan xonasining törida turgan kompyuterni oldi. Işxonasidagi kompyuterlarda baʼzan karta-parta öynab turardi. Kompyuterni yoqqan edi, ekranda ğalati yozuvlar paydo böldi. Hayron bölib, öçirib, qayta yoqdi. Yana şu ahvol. Söng akasining öğlini çaqirdi: “Ahror, manaviga bir qara, negadir işlamayapti”. U ham öçirdi-yoqdi, yoqdi-öçirdi, keyin “Buzilibdi, şekilli”, deb xonasiga çiqib ketdi.
Onasi kelişi bilan suyunçilagan şekilli, yanga ust-boşini ham almaştirmayoq kompyuterga yopişib ketdi. Keyin darhol usta qöşnisiga qönğiroq qilib, kompyuterni unikiga çiqarib yubordi. U yoqda kompyuterning vençestrimi, allambalo qimmat narsasi kuyibdi, degan javob kelgaç, yanga tutab ketdi: “Uf, özi tuşunmagan narsasiga tegingan odamni yomon köraman-da. Axir vençestr kuydi degani kompyuter tamom böldi, degani-ku. U kompyuterdan qimmat turadi. Bugun kompyutersiz hayotni tasavvur qilib bölmaydi. Bu qurğur hammamizga kerak, dadasiga ham, menga ham, bolalarga ham…”
Xullas, ne bir hafsala bilan qilingan ovqat ham, mehmondorçilik ham zahar-zaqqum böldi. Yanganing qovoği oçilmadi. Unga qarab aka ham mum tişlagandek jim ötirdi. Keyin eru xotin mehmonlarni dasturxon boşida qoldirib, ança vaqt yöq bölib ketişdi. Özlari dasturxonga fotiha öqişdi, Sanobar idiş-tovoqlarni yiğiştirib oldi. Bir vaqt akasi xonasidan çiqib, indamay hovliga ötib ketdi. Kattayu kiçik noqulay ahvolda qoldi. Xotini Jaloliddinni yozğirdi: “Kompyuter kovlamay öling-da siz, işkalçi. Qölingiz tekkan narsa buzilmasa, hisobmas. Palakat”. Bu indamay akasining izidan hovliga çiqdi. Aka hovlida körinmadi. Darvoza ortidagi örindiqda çekib ötirgan ekan. Ukasini körib, nariroq surilib joy berdi. Ular ança vaqtgaça jim ötirişdi. Nihoyat aka yorildi: “He, ukkasini!.. Şu kompyuteriga teginmasang bölar ekan. Baloga qoldik endi”. U indamadi. Aka turib-turib yana öziga özi gapirayotgandek sözlandi: “Şunday kamtar, kamsuqum, mehribon qiz edi bir vaqtlari, endi esa jodugarning xuddi özi. E-e, bor-ye, deb ketvoray deyman baʼzan, bolalar bor… Bu ayol menga qismatning juda qöpol hazili böldi”. “E-e, aka, bularning hammasiyam bir gör”, öziça akasini qöllab quvvatlamoqçi böldi. “Endi uni sozlaş uçun kamida million söm pul zarur. Agar puling bölsa, biron 500 berib turolmaysanmi, qolgan beş yuz mingni özim qarz havola qilib topardim. Sozlatmasam, qöymaydi bu”. U içkariga kirib, akasi aytgan pulni olib çiqib berdi: “Mana, aka, siqilmang. Uyga borsam keyingi oylikdan yana beş yuz jönataman”. Aka pulni olib, çöntagiga soldi: “Böladi, uka”.
Öşa keça Jaloliddinning tobi qoçdi, uxlayolmadi. Ertasi kuni yölga çiqişdi. Ular çiqqan maşina toğlar orasidan ötgan asfalt yöl uzra yelib borarkan, ertalabki quyoşning mayin nurlari yuzlarini ohista silab-siypalar, xiyol oçiq derazadan anvoyi giyohlarning xuşböy hidlari dimoqqa urilar, sözamolgina haydovçi yigit zerikkanidanmi, u yoq bu yoqdan gap taşlar, ammo borgunlariça heç kimga gap bermagan Jaloliddinning bir söz aytişga-da holi yöq, boşini orqaga taşlagança, közlarini yumib, jim ketib borardi.
Uyga yetib kelişgaç, keçki dasturxon ustida xotini yana bir çaqib oldi: “Dunyoda sizdek böşang, noşud odam bölmasa kerak. Nimaga pul berasiz, axir? Balki siz tegingunça öşa kompyuter ölgurning özi buzilib turgandir! Eh, tavba-yey!.. Xudo körsatmasin, öğlimiz sizga öxşamasin-da, işqilib!”
Jaloliddin ham tölib turgan edi: “Qizimiz senga öxşamasin, işqilib. Erini kuydirib ado qiladi”, dedi.
Xotini kulib yubordi.
Jamila ERGAŞEVA
1956-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Izhor”, “Intiqom”, “Tanazzul”, “Ayol jodusi”, “Zulfizar”, “Qir ustidagi ayol” nomli roman, qissa va hikoyalar jamlangan kitoblari çop etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


