Myen oddiygina işçi oilasida tuğilganman. Juda yoş kezlarimdanoq öz xayolot olamimda kuçli xohiş-istaklar, şu mavjud hayotga bölgan beadad zavqu şavq hamda qöl yetmas orzular osmonini kaşf qildim, ha, bu yorqin niyatlarim mening bola boşim uçun neçoğlik mahol bölişiga ham rozi bölgan holda ularga butun qalbimni fido qildim. Holbuki atrofimdagi muhit ğoyatda açinarli, qöpol va quruq edi. Şunday bölsa-da orzumand közlarimni faqat yuksakka tikardim, öşa tegramdagi moddiy turmuş lavhalarini nazarim heç ilğamasdi. Tan olişim kerakki, jamiyatdagi mening örnim ança quyida edi. Bu yerdagi hayot ruh uçun ham, tana uçun ham qabihlik hamda baxtsizlikdan özga narsani ravo körmasdi sira. Vaholanki, qaşşoqlik iskanjasida ruhu tana barobar oçlikdan sillasi qurib, beayov azoblanmoqda edi.
Şu ğarib boşim uzra jamiyatning haşamatli turmuş tarzi böy körsatib, özini tinmay köz-közlab turardi, birdan içimda xuddi öşa fusunkor saroy tomon kötarilib çiqiş istagi paydo bölib qoldi. Men öşa saroyga qarab şu past joyimdan bor kuçimni sarflab bölsa ham örmalab çiqişga allaqaçon azmu qaror qilgandim. Qasrdagi barça erkaklar nafis kiyimda edilar, egnilarida qop-qora kostyum bilan ohorli köylak, xonimlari bölsa jozibali liboslar oğuşida xirom bilan yurişardi. Yana bu yerda eng sara taomlar hozirlanar, töyguningça maza qilib yeyişing mumkin edi. Bu ovqatlarning bari bitta odamga juda köplik qilardi. Hammasidan ham bu joyda ruhing orom topadigandek edi. Butun aqlu xayolimni öğirlagan öşa serhaşam hayot muhitida, men aniq bilardimki, ruhning ozodligi, toza va olijanob fikrlaş, risoladagiday umr keçiriş kabi hayotning nodir tuhfalari mujassam edi. Bularning barini men özim öqigan “Dengizböyi kutubxonasi” turkumidagi romanlar orqali yaxşi bilardim, albatta; kitoblardagi yovuz qahramonlar va sarguzaştsevar darbadarlarni hisobga olmaganda mazkur oliy tabaqa vakillari hamma vaqt ğoyatda teran mulohaza etişar, ravon tilda sözlaşişar, nazokatli harakatlar qilişardi. Muxtasar qilib aytganda, misoli quyoş çiqişini şodu xurramlik ila kutib olganim kabi tepamda yarqirab, jilolanib turgan gulgun hayot içida ham osudalik, ham aslzodalarga monand salobat va marhamat mavjud ekanligiga şaksiz işondim, garçi bu kabi tuşunçalar faqir qismatim uçun nomunosib bölib körinsa-da, biroq ular tiriklik mazmuniga xuşlik hamda viqor bağişlaşiga iqror bölgandim, eng muhimi, bu hayotda odamning yaşagisi kelardi.
Ammo kambağal işçi oilasining bolasi uçun yuqoridagi porloq toleʼ tomon kötarilib çiqiş oson emasdi, albatta, çunonçi biz kabi odamlar odatda xomxayollar va sarob orzular oğuşidan to ölgunimizça mosuvo bölmaymiz. Men Kaliforniyada, öz rançoyimda istiqomat qilardim, bor jon-jahdim bilan oliy tabaqa doirasiga çiqib oliş uçun mustahkam narvon qidirardim. Bolalik paytlarimdanoq pul dardida qiynalib yaşardim, öşa aslzoda kişilarning dunyoga qanday qilib badavlat, beğam bölib kelganlariga aqlim yetmay, hadeb bola ongimni azoblardim. Keyinçalik şuni anglab yetdimki, inson qança köp ter töksa, u şunça boyib ketadi, ana öşandagina uning tirikçiligi ham tökis şaroitda böladi. Uşbu xulosamdan zudlik bilan hisob-kitob qilib oldim, başarti men to ellik yoşimgaça tinimsiz ter tökib, mehnat qilsam va tuzukkina mablağ jamğara olsamgina mening jamiyatdagi örnim ham yuqorilaşib, dunyoning lazzat hamda baxt kabi mujdalaridan bahra olişimni tiniq idrok etdim. Şubhasiz, bu yölda qaşşoqlik tuşovidagi oğir toş singari uylaniş dahmazasini ham qatʼiy bir çetga surib qöydim.
Şunga qaramay, jonimni jabborga berib, astoydil ter tökişimga töğri kelardi. Binobarin, ön yoşimdanoq şahar köçalarida gazeta tarqatib yuradigan bolakay qiyofasiga kirdim, sarsonlik va pul topiş maşaqqati menga yanayam köproq narsalarni örgatdi. Baribir atrofimdagi borliğimni qurşab turgan oçlik, yupunlik va miskinlik balosidan heç qutulib ketolmasdim, tepamda esa hamon oromijon jannat boği meni öziga tinmay çorlab turardi, şunda xayolimda boşqa narvon topiş fikri uyğondi. Yangi narvon – biznes narvoni edi. Xöş, men nima uçun arzimagan mayda çaqalarimni ham ming azob bilan hukumatning loy köçalaridan qidirib yurişim kerak ekan, ikki donagina gazetani beş sentga olib, keyin ularni atigi ön sentga pullaş orqali katta mablağ töplaşim mumkinmikan? Yangi öylab topganim biznes narvoni bölsa boşqa gap, bu fikrim özimga çunonam yoqib tuşdi, darhol soçlarimni oldirdim-da, omadi çopgan savdogar şahzoda qiyofasida uzoq safarga otlandim.
Çiğanoq qaroqçilari şahzodasi
Afsus! Körinişimni özgartirib çakki qilibman! Ön olti yoşimga tölib ulgurmasimdanoq “şahzoda” ham bölvoldim endi. Lekin bu unvon bir gala kallakesar hamda öğrilar tödasi tomonidan berilgandi, ana öşalar menga xuddi şu laqabni yopiştirib qöyişdi: “Çiğanoq qaroqçilari şahzodasi”. Ammo öşa damda men bu biznes narvonining birinçi zinasiga qadam qöyişga muvaffaq bölgandim. Endi men yaxşigina sarmoyaga ega edim. Öz qayiğim, çiğanoq ovlaş uçun hamma uskunalarim bor edi. Safarda hamrohlik qilişi uçun bir şerik ham tanlab olgandim. Qayiq egasi hamda kapitani sifatida qölga tuşirgan öljamizning uçdan ikki qismi mening hamyonimga tuşar, uçdan bir qismi esa şerigimga qolardi, lekin beçora miq etmay xuddi men kabi mehnat qilar, joni va ozodligini tahlikaga qöyişga hammavaqt şay turardi.
Biroq qismatimiz şör ekan, arang kötarilgan narvonimizning birinçi zinasi ham tez orada barbod böldi. Bir oqşom xitoylik yaramas baliqçilar hujumiga uçradim. Qayiğimdagi jamiki tör va arqonlarim menga allaqança dollarga tuşgandi. Bu rostakam öğirlik edi. Lekin men ham özimga yetguday haqparast edim. Ular bilan mening oramdagi yagona farq ham şu jihat bölsa kerak. Yulğiçlarga qarşi qurol işlatişga majbur böldim.
Ammo öşa tunda yonimdagi hamrohim bitta bölgani uçun yovuz tödaga qarşi bas kela olmadim, şerigim landovurlarça qayiq yoniga katta gulxan yoqdi va buning oqibatida butunlay qayiqni xarobaga aylantirib yubordi. Öşa keça heç qanaqa mablağim ham qolmadi, qaytanga biz saqlab qololmagan tör va arqonlarimizga iflos bosqinçilar ega bölib olişdi. Çorasiz qoldim, kutilmagan inqiroz aqlimni dovdiratib qöydi, kissamda qolgan oltmiş beş dollar bilan qanday qilib kun keçirişimni bilolmay tang ahvolda edim. Vayron bölgan qayiğimni taşlab, boşqa qaroqçilar kemasida Sakramento daryosi tarafga hujumga ketdim. Omadsizlikni köringki, bu safarimda ham yana bezorilar tödasi bilan töqnaş keldim, ular yangi qayiğimni ham talon-taroj qilişdi. Zöravonlar hamma narsamni ömarib ketişdi, hattoki langargaça çang solişdi; keyinçalik esa noiloj taqdirga tan berib, quruq qolgan qayiğimni arzon-garov pulga sotib yubordim. Bir amallab çiqib olgan biznes narvonimning birinçi zinasidan ana şu tarzda toyib ketdim va qaytib heç qaçon biznes narvoni töğrisida quruq xayol qilişni bas qildim.
Qora mehnat qöynida
Şundan keyin söqir qismatim meni nihoyatda berahm mulkdorlar qölida şafqatsizlarça ezğiladi. Misoli jallod zodagonlar muskuldor bilaklarimdan pul işlab, öz nafslari uçun farovon yaşaşni yölga qöydilar, holbuki mening peşonamga bu kabi yaşaş sira-sira nasib qilmasdi. Hayot boşimga bir-biridan maşaqqatli kunlarni soldi, avvaliga dengizda yugurdak, portlarda yuk taşuvçi bölib işladim, söngra konserva zavodi, fabrikayu kirxonalarda kuçim ketdi; ustiga ustak maysazorlarni ördim, gilam tozaladim, deraza yuvdim. Biroq şunça qilgan mehnatlarimga yaraşa haq ololmadim heç. Konserva zavodi direktorining bezatilgan izvoşda yayrab ketayotgan qiziga alam bilan tikilardim, u mening muskullarim tufayli rohat qilib borardi, öşa izvoş aravasi ham rezina şinalari ustida faqat mening quvvatim sababligina joyidan qözğala olardi. Fabrika xöjayinining nufuzli kollejga qatnaydigan öğliga boqib turib, yana bir karra ökinardim, u ham baquvvat muskullarim turtib turgan mana şu bilaklarim orqasidan taʼlim olardi oliy kollejida, uning kayfu safo qilib yurişlarida mening ham hissam ançagina edi.
Biroq men bulardan aslo ğazablanmadim. Axir, bu hodisalarning bari öyin-ku. Hayot-ku bu, axir. Öyindagi kuçli taraf esa hozirça ular edi. Mayli, dedim özimga özim, heçqisi yöq, men ham ojiz emasman, menam kuçliman. Ammo men jamiyatdagi öz örnimni ular singari boşqalarning peşona teri evaziga emas, aksinça top-toza va halol qöllarim bilan yaratmoqçi edim. Mehnatsiz hayot halokat edi men uçun. Tobora tez, tobora qattiqroq işlab, oxir-oqibat jamiyatga hattoki tirgoviç ham böla olardim.
Şunda taqdir yuzlarimga biroz kulib boqqanday böldi, orzu-xayollari xuddi menikiga öxşaş bir iş beruvçi bilan röbarö kelib qoldim. Halol ter tökişga mendagi iştiyoq neçoğlik baland bölsa u mendan-da qolişmaydigan mehnatsevar edi. Özimça tijoratni örganayapman-da, deb öylab yurgandim. Aslida esa har ikkalamiz uçun ham bir özim mehnat qilayotgan ekanman, haqiqatda bölsa, u meniyam haqqim bölgan ellik dollarni indamay çöntagiga urib qolayotgan ekan, ikki kişi uçun ter tökayotgan işimga esa men oyiga qirq dollargina olar, baʼzan buyam qölimga öttiz dollar bölib tegardi. Bu razil kimsa meni öldirguday qilib toza işlatdi. Odam dengiz çiğanoğini yaxşi körib yeyişi mumkin, ammo haddan ortiq çiğanoq ham darrov köngilga uradi. Ortiq iş degan dözax azobini körgim kelmay qoldi. Axiyri u yerdan qoçib ketdim. Endi eşikma-eşik sarğayib, köçalarda tilançilik qilib sarson böldim, butun boşli Qöşma Ştatlarni tentiragança yalangoyoq kezib çiqdim, xaroba kulbalar va zax qamoqxonalar içida aʼzoyi badanim çirib ketguday bölib, yomon qiynaldim.
Uvol bölgan quvvatim…
Qismatimga kambağal bölib tuğiliş bitilgan ekan, na çora, mana hozir, umrimning avji barq urgan çoği – ön sakkiz yoşimda bu alamni yana-da teran, yana-da ökinç bilan his etardim. Men tamomila jamiyatning eng xilvat yertölasida qolib ketgandim, mutlaq noçorlik hamda notavonlik qurboniga aylangandim. Hatto hasrat qilişga ham arzimaydigan noxuş vaziyat beçorasi edim. Butun jismu jonim bilan tubsiz jarlik qaʼrida ingrar, jamiyat taraqqiyotining tomir-tomirlariga çirmaşib ketgan tartibbuzarlik, parokandalik va çirkin qonunlar botqoğidan qutulolmasdim. Hayotning yana bir haqiqati şu ekan, közlarim bu haqiqatga ters qarayolmadi. Omadsizligim va baxtsizligim oqibat öz orzularimga xiyonat qilişga, ulardan yuz ögirişga majbur etdi, bori körganlarim va anglaganlarim şu böldiki, oliymaqom tabaqa vakillarini qurşab turgan yorqin şuʼla gardişi endi dilimga ğaddor bir qörqinçni solib qöydi. Men hatto orzu qilişga-da qörqib qoldim. Özim nafas olayotgan mukammal taraqqiyot doirasidagi eng oddiy, eng oşkora qoidalarni aniq körib turardim. Hayot aslida bir boşpana va bir kosa yovğondan iborat jarayon ekan, xolos. Qorin va uy ğamida esa odamlar bor narsalarini pullar edilar. Savdogar oyoq kiyimini, siyosatçi odamgarçiligini, sözsiz baʼzi bir davlat vakillarini hisobga olmaganda, ular hatto öz eʼtiqodlarini-da ziğirça andişasiz indamay sotib yuboraverardilar; umuman olganda, hamma bozorda va bu bozorda inson nafsoniyatigaça sotilar edi. Sotuvçilik yölida ayollar ham harakatga tuşib qolişdi, ular torköçalar içida yoxud xilvat göşalarda oppoq tanalaridan istaganlariça foydalanişar, afsuski, bilmas edilarki, ular makruh lazzatlari bilan ayollikning muqaddas va ezgu maqomini-da yer bilan bitta qilib poymol etişardi. Hayot misoli faqat mollar sotiladigan dökonga öxşab qolgandi, hamma odamlar sotişar va sotib olişardi. Yolğiz mehnatninggina sotiladigan moli bitta: u ham bölsa kuç edi, xolos. Jadallaşib borayotgan taraqqiyot bozorida birgina oğir mehnatning bahosi yöq edi. Uning tanho mulki kuçli muskullar va yana şu muskullar edi faqat.
Ammo bu yerda muhim bölgan katta tafovut ham bor edi. Sotib yuborilgan oyoq kiyimlar va yo eʼtiqod, boringki, nafsoniyat ham özlarini yangilab, qayta yaraliş imkoniyatini topa olardilar. Ular beqaror, özgaruvçan oddiy narsalardir. Biroq odamning kuç-quvvati bu boşqa masala, ketgan kuçni yana qaytarib, uni yangilab bölmaydi. Poyabzal tijoratçisi oyoq kiyimlarini pullagani bilan u yana öz savdosini yurgizib ketaveradi. Lekin qora işçining baquvvat muskullari vaqt ötişi bilan borgan sayin yupqalaşib, tobora kuçsizlaşib boraveradi. U qança mehnat qilsa, şunça köp kuçini yöqotadi. Beçora nima ham qilsin, yagona davlati mana şu ğudruş qöllari bölsa, boşqa nimayam qila olardi, ötayotgan har bir kuniga muskuldor bilaklarini qurbon qilgança tirikçiligini bir amallab ötkazişdan bölak iloji yöq edi uning. Nogahon joni osongina uzilib qolmasa, şörlik mehnatkaşlarning umri to adoğigaça şu zaylda mehnat va mehnat bilan ötib ketardi. Bordi-yu kuçdan qolguday bölsa, noiloj kulbasi derazalarini yopib, özini aççiq kulfat izmiga topşirişdan bölak çorasi qolmasdi. Qora işçining muskullari inqirozga uçragan on unda hayot nişonasidan ham heç qanday belgi qolmaydi, bemajol va behol ruhda jamiyatning öşa çirkin yertölasiga yiqilib tuşib, baxtiqaro holida jimgina ölib ketaveradi.
Oradan biroz vaqt ötib, xuddi sotilajak mollar singari inson miyasi qudratini, mulkini kaşf etdim. Odamning ongi esa uning bilaklaridan mutlaqo farqli bölgan bebaho boyligi hisoblanardi. Ong “sotuvçisi” esa dastlabki davrni endigina ellik-oltmiş yoşga kirganidagina boşlagan böladi, uning haqqi ham boşqa mablağlardan köra borgan sari kötarilib boraveradi. Beçora qora işçilar kabi qirq beş-ellik yoşlaridayoq işga yaroqsiz bölib qolmaydi. Jamiyatning zax yertölasida yaşab kelarkanman, butun umrimning şu xarob yerda ötib ketişiga aslo-aslo rozi bölolmasdim. Bu joydagi quvurlar va uskunalar umuman yaşaş tartibiga javob bermas, hammayoği isqirtlikka botib ketgan, havosidan esa umuman nafas olib bölmasdi. Omadim kulib, istiqbolim gullaganida bormi, jamiyatning muhtaşam mehmonlariday yaşay olmagan taqdirimdayam istagan narxda özimbop birorta boşpana sotib olgan bölardim. Töğri, u yerda ham yaşaşning öziga yaraşa masʼuliyati bölardi, albatta, biroq jilla qursa, erkin nafas olişim uçun loaqal toza havodan bahra oliş baxtiga erişardim. Şunday qilib, ortiq bilaklarimdagi kuç-quvvatimni behuda sarf etmay, endi aql “sotuvçisi” bölişga qaror qildim.
Isyonçi jamiyatşunos
Mazkur qarorimdan söng belimni mahkam boğlab, ilm ketidan şiddat bilan quvişga kirişdim. Kaliforniyaga qaytib kelib, kitoblarimni oçdim. Aql va miya “savdogari” bölib şakllanarkanman, öz-özidan şaxsimni jamiyatşunos qilib tarbiyalaşim muqarrar bölib qolgandi. Bir qator kitoblar içidan ongimda özim yaratgan jamiyatga oid tuşunçalarning ilmiy rejasini tuzib çiqdim. Şaksiz, mendan avval ötgan va mening tafakkurimdan-da şuurlari ötkir bölgan kimsalar ham bu xil nazariyalarga eʼtibor qaratgan bölişlari mumkin. Biroq men öz nazarimda insoniyat uçun bağoyat kerakli bölgan ulkan qoidalarni yaratmoqda edim. Özimni jamiyatşunos bölib yetişayotganimni payqardim.
Aslida jamiyatşunos degani bu isyonçi odamlar demakdir men uçun, şu sababdan ular hozirgi davr şaroitini tubdan özgartirib, kelajak yillar uçun yaxşi bir tuzumni barpo qilişni közlardilar. Men ham ular kabi haqiqiy jamiyatşunos va ularday çinakam isyonçi bölib qolgandim. Bir qança dunyoqaraşi keng isyonçilardan tarkib topgan işçilar guruhiga qöşilib oldim va ilk marotaba ong bilan yaşaşni boşdan keçirdim. Bu yerda men ötkir mulohazalar va çuqur idrokka töla muşohadalardan voqif böldim, kuçli, aqli yuksak, mehnatkaş odamlar bilan topişdim. Muqaddas ibodatxonalarda quruqdan-quruq safsata sotib, voizlik qilayotgan vaʼzxonlaru dorilfunun ostonasini oyoqosti qilayotgan bilimsiz professorlarni ham öz qobiliyatlari hamda çuqur ilmlari bilan mot qiladigan şunday kuçli doira vakillarini topdim, ular bor şijoatlari bilan odamzodni çeksiz botqoqlik çangalidan qutqarib qolişga harakat qilardilar.
Mana şu haqgöy odamlar orasida men insonga xos bölgan iliq eʼtiqodni, orzuparastlikni, xudbinlikdan çekinişni, bor illatlarni rad qilib, mehnat uçun jafokaşlikni, ruhning bor saodatini anglab yetdim.
Bu yerdagi hayot halol, pok va jonli keçardi. Nahotki yer yuzida mana şunday hayot ham mavjud bölsa, ğaroyib, şonli; qayta tirilganimdan neçoğlik baxtiyor edim!.. Nihoyat izlay-izlay topganim bağoyat buyuk qalblar bilan hamnafas yaşayotgandim, zotan bu dillarning ruhi ğaram-ğaram dollarlaru millionlab aqçalar ustidan masrur, beparvo uçib öta oladi, biroq jami jahon tevaragidagi iqtisodiy tanglik borasida ular zinhor sukut saqlamaydilar, qahatçilikda halok bölayotgan bolakaylar faryodiga quloqlarini berkitib olmaydilar. Hayot naqadar gözallaşib ketdi, ana olijanobligu ana oliyhimmatlik, ana qahramonlik qudrati, endi kunlarim quyoş nuriga çömilgan holda, tunlarim yulduzlar şuʼlasi içra çaroğon ötardi; bir dam köz oldimdan mislsiz qiynoqlarga töla, bir-biridan ötli, bir-biridan oğriqli keçgan qora kunlarim öta boşladi, nahot bir odam bolasiga şunça zulm, şunça körgilik yoğildi, berahmlik qurboni böldi u, ammo oqibat şörlik baribir öşa yovuz muhitdan, aççiq hayot iskanjasidan qutulib çiqdi va hamma-hamma körganlarini ortga taşladi. Men ahmoq bölsa öşa mudhiş balolarning barini rohat-faroğatga erişiş yölidagi arzimas zahmatlar deb tuşunibman va öşa zahmatlar meni bir kunmas bir kun jamiyatning baland şohsupasiga kötarib çiqadi, deya xomtama bölibman, behuda röyo ortidan çopibman. Kaliforniyadagi rançoyimga kelib endi özgaça mulahazalar bilan “Dengizböyi kutubxonasi” romanlarini qaytadan mutolaa qilişni boşlagan kunimdanoq xayolimdagi köp quruq dahmazalarni, töğriroği, röyolarning barini çiqarib taşladim. Şundagina butkul amin böldimki, içimda to şu kunlarimga qadar saqlab kelgan öşa xomxayollarning barçasini öz idrokim bilan tamoman barbod qilibman.
Anglaş
Ong “sotuvçisi” sifatida ança omadim keldi. Jamiyat bor eşiklarini mening istiqbolimga lang oçib berdi. Ana endi bemalol, töğri muhtaşam mehmonxonalarga kirib borar, qöl tekkizişim mumkin bölmagan narsalarni behadik uşlay olardim, biroq, biroq tezda yuragimni yana sovuqqonlik, bu xil turmuşdan ixlossizlik, bezganlik hislari qurşay boşladi. Men oliymansab janoblar bilan bitta dasturxonda ovqatlanar, ularning serhaşam ayollari va qizlari bilan birga taom yerdim. Tan olaman, bu kibor xonimlar did bilan kiyinişgan, yaxşilab bezanişgan edi, ammo sodda bir hayrat bilan şu narsani nogoh kaşf qilib topdim, mening asl tabaqamdagi qora işçi ayollarning ham badani şu xonimlarniki bilan bir xilda edi. Mana, polkovnikning sertamanno xotini bilan oddiygina işçi Judi ÖGredining tanalari bitta tusda ekan, faqat xonimning yaltiroq liboslari uni yaşirib turardi, xolos.
Aqlimni lol qilgan narsa faqat bu emasdi. Rost, maloikalarday körinişga urinayotgan bu boylikka öç ayollar, pulsevar erkaklar çiroyli tilda sözlaşar, fikrlarini ravon ifodalay olişardi; ammo şunday bölsayam ular yaşayotgan hayot lavhalari nihoyatda rasvo, yemaklari harom edi, özlari esa ölguday xudbin edilar! Qilib qöygan ozginagina xayr-saxovat işlarini ham ming martalab oğiz köpirtirib maqtanişar, holbuki, egnilaridagi allaqança dollar turadigan bebaho kiyimlarini, qimmat taqinçoqlarini, oğizlaridagi şirin taomlarini kiçkina işçi bolakaylarning peşona teri orqasidan, neçoğlik oğir mehnat evaziga kelayotganini bilişmasdi. Bu kabi asoslar xayolimda birdan Judi ÖGrediga tanadoş mana bu xonimlarning tösatdan insofga kelib, göyo qonga böyalgan köylaklari va tilla taqinçoqlarini ustilaridan yulqib olişib, qattiq darğazab bölgan qiyofalari jonlanib ketdi negadir, men emas, göyoki endi ularning özlari uvollik va zavollik töğrisida vaʼz öqişar, jamiyatning zax yertölalarida halok bölayotganlar qismatiga dil-dillaridan açinişardi. Biroq real hayotda bu lavha heç qaçon akslanmasdi, albatta, olti yoşli bolakayning har tunda ön ikki soatlab qora terga botib işlayotgan taqdiri bilan ularning bir mirilik işi yöq edi, aslida mening hayotimni kulfatga aylantirayotganlar ham şular – Judi ÖGredidan bir poğona ham yuksakda turmaydigan kalondimoğ xonimçalar edi.
Yaxşisi, ular bilan mening ham işim bölmagani maʼqul edi. Men orasta kiyingan, aslzoda, aqlli körinadigan erkaklar bilan tanişişga kirişdim, ularning orzu-öylari ham xuddi körinişlari kabi tiniq, asl va jonli bölişi kerakday edi, nazarimda. Jamiyatning eng baland kursilarini egallab ötirgan bir guruh voizlaru siyosatçilar, biznesmenlaru professorlar hamda noşirlar bilan ulfatçilik qilib yurdim. Ular bilan birga ovqat yer, birga şarob içar, bitta maşinalarda yurar va şu asnoda ularni örganib ham borardim. Töğri, kiborlar orasida rostdanam aqlli, aslzodalarni uçratdim ham, biroq ular benihoya kam edi, bölganlari ham u qadar jöşqin emasdilar. Goho şu qadar ongim xiralaşib ketardiki, hatto ikkala qölimdagi barmoqlarim hisobidan adaşib ketardim. Baribir bu xil omma vakillarining bari çirik muhit içida jonlana olmasdilar, harom turmuş bağriga butunlay qorişib ketişgandi, faqat ahyon-ahyonda aslzodalarça madaniyat qirralarini namoyon qilib qöyişardi, xolos. Lekin şunçaki edi bular. Ayniqsa, men tanişib olgan universitet professorlarining gaplarini aytib ötmasam bölmasdi, ularça “köp aqlli bölişdan heç foyda yöq edi”.
Jaholat uruşlariga ğoyalari qarşi bölgan Tinçlik Şahzodalari deb ataluvçi “qahramonlar”ni uçratganimda, balki endi fikrlarim özgarib ketar, deb öylagandim, ammo keyin bildimki, bu “tinçliksevar” kişilar öz fabrikalaridagi iş taşlaşga çiqqan xodimlarini kiprik qoqmay otib yuboraverişar ekan. Yanayam dahşatlisi, öz olçoqligi bilan şafqatsizlarça, tuturiqsiz vaysagan odamning qörqinçli hikoyasi böldi, öşa yovuz kimsa har yili tuğruqxonalardagi çalajon tuğilgan gödaklarni öğirlab, ularni öldirar, evaziga kelgan mömay daromaddan qornini qappaytirib yurar edi.
Men yölimda uçragan har bir klublaru uylardagi, mehmonxonalardagi odamlar bilan hamsuhbat bölaverdim, sanoat fabrikalarining zarhal kursilarida yastanib ötirgan boşliqlari bilan yuzma-yuz keldim va hayron qoldim, nega bu boşliqlar şunça oz fursat içida bunçalik boyib ketişdiykin? Bir tomondan ulardagi aql, yaʼni biznes tuyğusining yaxşigina rivojlanganini kördim. Yana ularning ruhiyatlarini ham tuşunib qoldim, bizneslari nol bölgan kun ularning ham paytavalariga qurt tuşib, tipirçilab qolişardi.
Mana bu oriqqina, kibor qiyofadagi qöğirçoq-maniken fabrikasi va turli asbob-uskunalar korporatsiyasining direktori maxfiy ravişda beva ayollarni va yetimlarni öğirlab kelardi. Eng sara naşriyotlarni egallab olgan mana bu janob bölsa özini göyoki adabiyot homiysi kabi tutar, şaharçadagi barça bosmaxonalarni ham öziniki qilib olgandi. U öşa naşriyotlarida tibbiyot böyiça maslahatlar çop etişdan hayiqmasdi-yu, ammo yonidagi bir varaq qoğozga özining naqadar xudbin va olçoq ekanligini yozişga jurʼat qilolmasdi.
Qarşimdagi bu janob esa, allaqança işçi va asboblarga ega odam, haromdan haq olişda ustasi farang, haqiqatni aytganda, tarbiyasiz bir xöjayin; manavi hokim bilan oliy sud hakami ham xuddi şunday; uçalasi ham bitta tovoqdan luqma yeyişardi. Idealizmning gözalliklari hamda Yaratganning marhamati töğrisida jon kuydirib sözlayotgan janob esa hozirgina biznes işida öz döstlarini sotib kelgandi. Ibodatxonalar dahosiga aylanib qolgan mana bu kişi bölsa özini behad saxovatpeşa qilib körsatişga taraddudlanardi hadeb, holbuki uning xususiy magazinlarida kuniga ön soatlab işlaydigan bokira qizlarni oçlikdan sillasi qurigança çunonam işlatar, keyin esa töppa-töğri fohişaxonalarga ravona qilardi. Oliy taʼlim boşqarmalaridan birining boşliği esa daromad soliği böiça sudda yolğon guvohlik berib, ikki nafar begunoh noçorni nohaqdan-nohaq ölimga röbarö qilgandi.
Hamma joyda ahvol şu edi: jinoyat va xiyonat, xiyonat va jinoyat – jöşqin odamlar bor edi-yu, ammo ular çinakamiga na pok va na olijanob edilar, illo pok va olijanoblari esa jöşqin va haqparast emasdilar. Örtada notavon ulkan olomon ham turardi, ular na olijanob va na jöşqin edilar, oz-moz halol edilar, xolos. Ehtimol heç kimni ayblab bölmas ham, jamiyat holatini uzil-kesillik yoxud ehtiyotkorlik bilan mutlaq bir yoqli qilib bölmaydi, bu beqaror va betizgin jarayon, lekin ayni damdagi axloqsizlik, şarmisorlik, yuzsizlik hamda olçoqlik kabi illatlarga-da aslo sustkaşlik bilan yöl qöyib bölmasdi. Zotan hali haqsevar, vijdonli, oliyhimmat insonlar tirik ekanlar, xiyonat va jinoyat dunyosi uçun foydali bölgan bor amallarni tag-tomiri bilan yöqotib taşlaş zarur edi.
Vanihoyat, şuni anglab yetdimki, men jamiyatning bu singari haşamatli saroyi içida yaşaşni istamas ekanman. Miyam juda oğrib ketgandi. Aqlan va ruhan bemorga aylanib qolgandim. Banogoh özimga safdoş, fikrdoş va qöldoş döstlarim yodimga tuşdi, yuzsiz voizlaru vijdonsiz professorlardan köra yuragimga özimning öşa ongli, halol işçi örtoqlarim azizroq edi, öşa quyoş nuriga çulğangan kunlarim, öşa yulduzlar çaraqlagan fayzli tunlarim xotiramni yoritdi, menga özim izlagan rostakam saodatni ato etadigan, mehru muhabbat hamda xokisor hayot nafasi ufurib turgan jannatiy göşamni behad soğindim. Yolğiz şu soğinçgina kuygan dilimga tuganmas harorat bağişlab turardi. Kelajakka boqarkanman, endi meni oldinda hamişa yaraqlab, hamişa porlab turuvçi qutluğ kunlarim kutayotganiga astoydil umid qildim.
Özlikka qaytiş
Şunday qilib, özim tuğilib ösgan oilaga, soddagina işçilar davrasiga qaytdim. Ortiq tepaga kötariliş töğrisida öylamay qöydim. Bir paytlar özini köz-közlab boşim uzra tovlangan mahobatli saroy şu tobda könglimga heç qanday havas ötini solmadi. Qasr içidagi botqoqlik, çirkin muhit – aqlimni kirgizdi. Zotan endi öz qöllarim bilan, şu muskuldor bilaklarim bilan, şu qöldoş, fikrdoş döstlarim yonida yelkama-yelka turib, hammamiz birgalikda, özimizning muhtaşam saroyimizni quramiz. Biz yaratgan qasr içida aslo çirik hayot sarqitlari, tiriklayin yerga tiqilgan jonlar nolasi, vahşatli xudbinligu badbin tuşunçalar hukm surmaydi. Biz, eng avvalo, zax yertölalarni yaxşilab tozalaymiz va u yerda odamzod uçun yangi bir yaşaş makonini yaratamiz, u makonda heç qanday haşam, heç qanday jimjimali bezaklar bölmaydi, hamma xonalari musaffo va çaroğon böladi, biz nafas oladigan havoda esa poklik, oliyjanoblik, halollik harorati ufurib turadi hamişa. Axir, çinakam hayot nafasi şunday bölmaydimi?
Men anglagan hayot
Ertangi kundan şunday beadoğ baxtiyor damlarni tiladim va işondimki, tokim inson öz nafsidan köra nimanidir yuqoriroq qöyib, öşa yuksak orzusi yölida kuraşa boşladimi, şubhasiz, u albatta baxtli böladi. Odam bolasining ana öşanday saodatmand onlariga boğlangan işonç tuyğularimni dilimga mahkam qilib tugib qöydim. Yana şunga qattiq amin böldimki, ruhiy oromijonlik hamda xokisorlik hammavaqt irkit meçkaylik, olçoqlik, tubanlikni zabt eta oladi. Mening esa bor eʼtiqodim, bor mehru muhabbatim alaloqibat oddiy mehnatkaş odamlar uçun fido böldi.
Nyuton, Iova
1905-yil, noyabr
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


