(Qissa)
– Ha-a, qursoğingni lorsillatib, tağin qöni-qöşnilarni şörini quritib kelayapsanmi, a, Boybichaxon?! Ha-a, Boybichcha bömaygina ölgin sen! Közlaring javdiramay ketgin sen!
Bu paytda bola ötov eşigi taşqarisida, közlari töla uyqu, oyoği bilan yerni paypaslagança, kavuşini qidirardi. Onasining andakkina zarda aralaş erkalab koyinişlari adoqlab ulgurmay, avval bir, söng tönkarilib yotgan ikkinçi poyini topib, oyoğiga ilarkan, söl tarafda qalaşib yotgan qoyatoşlar tomon zinğillaşdan burun ötovning öng yonida, tutayotgan öçoq boşida öziga orqa ögirib turgan onasi Saragulga şunçaki bir nazar taşlab qöyarkan, şunda ötovdan, çamasi, öttiz odimça naridan, kunçiqişdagi arçazor qiyalik sari oşiqmay bir maromda yörtib borayotgan, haybati örtaçadan ziyodroq, kulrang tusdagi ğoyatda körkam itga közi tuşdi. Ayni şu damda kulbet jonivor ham, kimsan sen, deganday ötkir közlarini ğalati çöğlantirib, aynan öziga ayriça qarab qöyganini bola sezgan esa-da, ölgudek zahartang qilib turgan emasmi, itning bu ğalati boqişiga ortiqça eʼtibor berib ötirmadi, nega deganda, tezgina qoyatoşlar panasiga ötib, söng qayta issiq körpa oğuşiga şönğiş ilinjida edi-da u. Biroq, şunga qaramay, dumi va quloqlariga tiğ tegmagan jonivor baribir diqqatini tortmay qolmadi, çunki özi bilgan va körgan ovul itlari orasida haligaça bu xildagisini uçratmagan, qara-ya, agar dumi va quloqlari kesilmasa, it degani juda körkam bölarkan-a, degan xayolda qoyatoşlar tomon zipilladi.
Bola tonggi epkindan eti junjikib, ötov yoniga qaytganda, boya körgan kulrang it allaqaçon qiyalikdagi arçazorda közdan ğoyib bölgan, onasi esa öçoq qoşida çökkalab, tutayotgan ötni qözğaş va puflaş bilan ovora edi. Biroq notaniş jonivorning kamdan-kam itlarga xos salobat-la yörtişi hamda kelişimli jussasi bolaning şuurida muhrlanib qolgan emasmi, uni qayta körmoq umidida, issiq örinni bir zumga unutib, onasidan söradi.
– Boyagi it qani, ena?
– Qanaqa it? – Saragul uning barvaqt turganidan ajabsinganday yelkasi oşa bir qarab qöyarkan, söng öçoqqa yuzlanib, öğil bola böla turib, börini itdan ajrata bilmadingmi, nodon, degan ohangda dedi: – Qanaqa it… jondor-ku u!
Bola tabiatan ança-munça jurʼatli esa-da, bu gapdan qovuği böşaşib, iştonini höllab qöyişga bir bahya qoldi. Uyqusi batamom öçib, dam onasi, dam arçazorga lolu hayron boqarkan, söng birov bexos ensasiga turtkanday, birdan huşyor tortdi. Közlarini alang-jalang qilganiça, odatda, har tun ötovning kunbotiş tarafidagi qötonda suruvni tevaraklab yotadigan öz itlarini qidirdi. Ammo uç birday itdan birortasi yöq – tong saharda otasi Çori çöpon tomonidan qözğatilgan qöy-qözilar ortidan allaqaçon yaylovga çiqib ketişgandi. Bolani taajjubga solgan yana bir hol – salgina burun bu yerdan nomining öziyoq har qanday yurakka adadsiz vahima solğuvçi yovuz bir maxluq yörtib ötmaganidek, quyida, qutondan naridagi keng soylik sahnida qantariqli töriq otdan taşqari, beş-olti qoramol bemalol ötlab yurar, girdi çöp va oğoç bilan öralgan beridagi çoqqina qörada esa dardmandligi tufayli suruvdan qolgan uç-tört uşoq jonivor hamda ikki buzoqça tinçgina kavş qaytarib yotar, qisqasi, atrof tinç va osoyişta edi.
Bolaning nazari qaçonki qötonni supurib-sidirib yurgan opasi – Barnoga tuşgaç, hayrati ming çandon ortdi, neçun çumçuq pir etsa, yuragi şiğ etadigan opasi jondordan hayiqmadi?
Yo onasi hazillaşdimikan?
Yöq, onasi hazil-huzul qiladigan ayollardan emas.
Boz ustiga, toğlar orasidagi bu ovloq makonda begona itga pişirib qöyibdimi? Bundan çiqdi, körgani çindan-da jondor ekan-da!
Bola, köngli töla hadik, ötovga kirdi.
Qalin körpani engagigaça tortib, qayta uxlaşga urinib kördi.
Biroq endi uyqu qayda.
Bola qavatida pişillab uxlab yotgan ukasini turtkilab uyğotgisi va hozirgina körganlarini oqizmay-tomizmay, boriça sözlab bergisi keldi. Ammo uyğotgani bilan inisi kuçukvaççaday ğingşib, ğaşiga tegişdan boşqasiga yaramasligini öylab, bu fikridan qaytdi. Yotgan joyidan ötov uvuqlariga, şiftdagi enli-ensiz qizğiş tuzmalarga, tepadagi yarim oçiq çanğoroqqa, keragalarga osilgan turli rözğor buyumlariga birma-bir köz taşlab çiqarkan, nigohi taroqi xurjun yonida iliğli turgan qöşoğiz miltiqqa tuşgaç, hadigi arib, yaroği bor odam ham jondordan hayiqadimi, deya xotirjam tortdi.
Ammo körganlarini kimgadir juda-juda aytgisi keldi.
Biroq kimga?
Bu yerda na bir jörasi, na biror yaqin sirdoşi bor uning.
Qani endi, şu tobda jini sevmas bu yaylovda emas, jonajon ovulida bölib qolsa-yu, körganlarini avvaliga Oynagul momosiga, söng andakkina oşirib-toşirib, xamirdayin köpçitib, jöralariga sözlab bersa, hayratdan ularning anqayişlarini körib, rosa huzur qilsa. Aytgança, özini jasur, şunçaki jasur emas, öta darajada jasur körsatiş uçun, köp emas, jindek yolğon işlatsa, yomon bölmaydi. Deylik, jondor bir odim, yöq-yöq, bunga ölaqolsa işonişmaydi, bor-yöği olti-yetti odim naridan menga bir qarab qöydi-da, qalaysan, deganday dumini bir-ikki tölğab ötib ketdi desa, bas – umrida jondorning özi tugul, uning soyasini-da körmagan jöralariga şu gapning özi yetib ortadi.
Bola, xayoli jondorda esa-da, özini jöralari orasida his etib, yuragi bir qalqib tuşdi, söng şimoliy dovon orti kengligidagi qadrdon ovulini köz oldiga keltirib, beixtiyor çuqur xörsinib qöyarkan, har yili erta köklamdan kuz örtasiga qadar ota-onasi qönim topadigan bu yaşil yaylov özi uçun ğoyatda begona, ğoyatda zerikarli maskan ekanini, magar inon-ixtiyori özida bölganida bormi, odam topmas bu ovloq makonda bir daqiqaga ham qolmay, butun yozni jonajon ovulida, döstlari bilan girdi daraxtzor taqir maydonda ertadan keçgaça koptok tepib ötkazişni miyasidan birma-bir ötkazar ekan, Rayimqul bobosidan juda-juda xafa bölib ketdi. Boisi, mana ikkinçi yildirki, yozgi taʼtilni kutmayoq bobosi uni özining çavkar otiga mingaştirib, toğlar orasidagi uşbu yaşil yaylovga – Suvliqsoy vodiysiga taşlab ketadi, tovlarga mehring iysin, deb.
Biroq toğu toşlarga bolaning mehri iymaydi.
Bu manzilda toriqişdan bölagini tuymaydi.
Birinçi kundanoq rangi siniqib, közlari maʼyus tortib, ovul çetidagi töp suradigan öşa taqir yalanglikni, ayni tuş mahal çömiladigan tiniq soyini, tergaşlari erkalaşga, xipçinlaşlari silab-siypalaşga öxşab ketadigan öta köngilçan Oynagul momosini, ularga devor-darmiyon qöşni bölmiş mehribon va çörtkesar Şahlo ammasini hamda ötgan yili köklam adoğida tuman markazida yaşovçi Qobilbek amakisi hadya qilgan serqiliq jimitdek iti – Qönğiroqni soğinadi. Bola köppaklarni unçalik jini sevmaydi, ammo Qönğiroqni butunlay bölakça qadrlaydi, çunki u juda tiyrak va ziyrak jonivor – öynatsang öynaydi, erkalatsang erkalanadi, sözlasang anglaydi, koyinar bölsang aqlli közlarini javdiratib, keçir meni, deganday boşini egadi. Mabodo, biror yoqqa ketar ersang, darvoza tirqişidan taşga möralab, uyga qaytişingni ilhaq kutadi.
Bola şularni öylarkan, soğinçdan köngli örtanib, bir xayoli, şartda örnidan turib, şu ondayoq ovuliga jönab qolgisi keldi. Biroq biror-bir jiddiy sababi bölmasa, bu harakatidan foyda yöq – bobosi tağin otda olib kelib taşlaydi. Bolani xunob qiladigan yana bir hol – u qançalik ovulga intilsa, buning aksi ölaroq, jöralari şunçalik unga havas qilişadi, nuqul, maza-maza, senga maza, deyişadi. Bola tevarakdagi viqorli toğlarga, yaşil yaylov kengliklariga mahzun-mahzun boqarkan, nimasi maza, deya doimo hayron böladi.
Bundan ham noçori – otasi qavatida böliş: bunday kezlarda na toğlar çöngligini, na yaşil arçalar tarovatini, na yengil epkin allalayotgan turfa çeçaklar çiroyini, na öynoqi jilğalar sasini tuyadi, göyo çöponlik taqdiri azaldek, lanj va tuşkun bir kayfiyatda suruv ortidan sudralib yurarkan, zör berib, öziça jonajon ovuliga qaytmoqning ming bitta rejasini tuzadi. Hadeb reja tuzaverişdan çarçagaç esa xurjun tubida özi bilan olib kelgan ola-bula çarm koptogini qömsab, yaylovning olis puçmoğida, oftobda oqargan döppidek, dömpayib turgan ötov tomon köz taşlab, öziça iç-içidan öksinib-öksinib qöyadi. Çori çöpon qançalik sabr-toqatli odam bölmasin, uning tumşayib yurişi oxiri joniga tegib, sen bola yurakni toza qon qip yubording-ku, deya uni ötovga haydab soladi. Biroq u ötovga qaytib ham halovat topmaydi.
Bu endi ötgan yilgi gaplar.
Bu dafʼa özini oldinda ne bir zerikarli kunlar kutayotganini avvaldan bilgani bois, keçadan buyon çiroyi oçilay demasdi. Biroq tongda yuz bergan bu voqea unga favqulodda qattiq taʼsir etib, vaqtinçaga bölsa-da, dilidagi bu noxuş kayfiyatni kunpayakun qilib taşlagandi. Axir böridek öta dahşatli bir maxluqning şundoqqina ötovlari yonidan emin-erkin ötib ketişi heç aqlga siğmaydigan hodisa edi-da. Buning ustiga, uzundan-uzun qiş keçalari kattalardan jondor zotining yovuz qilmişlari haqida ne bir gurunglarni eşitmagan u. Bu yerda esa jondor degani naq tumşuği tagida öralaşib yuribdi! Bunisi kamdek, onasi uni koyib va erkalab ötiribdi!
Yo jondor degani yolğonmikan?
Bola ortiq çözilib yotolmadi.
Örnidan ilkis qözğolib, apil-tapil kiyindi.
Taşqarilaşdan avval, dastlabki işi – mili quyiga qarata osilgan miltiqni silab-siypalaş böldi. Keyin bunga ham qanoat etmay, uni qöliga olib kördi. Agar ixtiyori özida bölganida bormi, katta yigitlardek, uni yelkasiga ilib çiqardi-yu, lekin bu qiliği onasiga yoqmasligini bilgani bois, bu şaştidan qaytdi.
U asta taşqariladi.
Bunday qarasaki, qozon töla sutni şopirayotgan onasining neçundir zardasi qaynabroq turibdi. Bola köproq momosi quçoğida ösganligi uçun azaldan onasiga baqamti kelavermasdi. Hozir ham uning köziga köringisi kelmay, ötovning söl qanotidan sekin aylanib ötdi-da, ötov hamda qöton oraliğidagi kaftdek yalanglikda qurilgan örmak belidan hatlab, qötonni tugatib, endigina qörani supurmoqqa kirişgan opasi qoşiga bordi va past ovozda söradi.
– Opa, boyagi… çindan-da jondormidi?
– Nima, gumoning bormi? – dedi Barno yumuşdan boş kötarmay.
– Men uni… itga öxşatdim-da…
– Mayli, unda it bölaqosin.
– Opa, siz bilan hazillaşayotganim yöq!
– Sen bilan hazillaşişga mening ham vaqtim yöq.
– Opa, köp qonimni qaynatmang!
Bu gapdan söng qaddini tiklagan qiz köklam quyoşidan qoraya boşlagan kulça yuzini tabassumga töldirib, voy-böy, hali sen menga jahl qiladigan böp qoldingmi, deya uning ustidan kulmoq istadi. Biroq qoşida közlarini öqdek qadab turgan bolaning gezargan afti bunga monelik qildi. Qiz uning bu qadar jiddiyligini endi körayotgandek, piça qarab turdi-da, söng xiyol terslanib dedi:
– Hay-y, jondor ham deylik, xöş?
– Nima, xöş? – bu safar bolaning közlari bejo olovlandi. – Agar u çindanam jondor bölsa, bu yerdan izini quritmoq kerak!
– Qanday qilib?
– Qoq manglayidan otib! – dedi bola ötovdagi yaroqni nazarda tutib.
– Oson ekan-da…
– Nimasi qiyin?
– Qölingga heç miltiq tutganmisan özi?
– Mana endi, tutamiz-da!
– Tutmaganing maʼqul.
– Neçun?
– Neçunligini, ana, enamdan, şomda otamdan söraysan…
– Özingiz aytsangiz puçuq bölib qolasizmi?
– Ha, puçuq bölib qolaman.
– Opa, açuvimni qözitmang! – bola ovozini bir parda kötardi.
– Qözitsam, nima qilarding?
Bola bu yoğini öylamagan ekan, ne deyarini bilmay, bir muddat turib qoldi. Keyin oğirligini u oyoğidan bu oyoğiga taşlab, öng muştini oğziga tutgança, avval tomoq qirib, söng ketma-ket yötalgan böldi. Barno, kuçing döq qilişga yetdimi, xolos, deganday kinoyamuz jilmaydi. Bu bolaga oğir botdi. U urmoq uçun toş qidirganday, beixtiyor, yon-veriga alanglarkan, şunda közi naridagi örmakka tuşib, zuğumli ohangda dedi:
– Nima qilardim, anovu örmak iplarini bitta qoldirmay, kesib taşlayman!..
Bu – bolaning qölidan kelişi tayin edi.
Bundan qiz huşyor tortdi.
– Enam teringni şiliydi söğin, – deya boşi bilan öçoq tomonga imo qildi. – Qara, şusiz ham açuvi qözib turibdi.
– Neçun?
– Qora tovuqni tulki ilib ketibdi…
Bola toşlardan naridan-beri tiklangan katakka, göng titkilab yurgan tovuqlarga boqarkan, ajabsinib dedi:
– Itlarning közi qayoqda edi?
– Tulki suruv qözğalgandan söğin katakka boş suqqanga öxşaydi.
– Katak oğzini mahkam bekitib qöyiş kerak edi, – dedi bola qora tovuqqa içi açib.
– Şuni unutibman-da, men ölgir…
– Endi enam etingizni nimtalasa kerak-ov.
– Yöq, bir tovuq uçun etimni nimtalamaydi.
– Unda neçun açuvlanayapti?
– Mendan emas, tulkining qiliğidan açuvlanayapti.
– Yomon tulki ekan lekin…
– Ha, yomon ekan…
Katakka boş suqmoqqa haddi yetgan tulkiga nisbatan ğazabi jöşgan bola bir damga jondorni unutdi. Tovuq öğrisini qidirib, avval atrofiga, söng vodiy tegrasidagi mahobatli toğlarga – şimoliy va janubiy dovonga, boya yirtqiç izsiz ğoyib bölgan arçazor qiyalik va uning tepasidagi qoyaga, hali töla boş kötarib ulgurmagan tonggi quyoş nuridan manglayi yorişgan mağribdagi çöng qoyalarga, keng ötloqning olis puçmoğida nuqtadek qorayib turgan otasi suruviga bir-bir köz taşlab çiqarkan, pirovardida, tevarakka çalğib, tulkini esdan çiqardi.
Borliq ğoyatda tarovatli edi.
Borliq ğoyatda fusunkor edi.
Borliq teran sukunat oğuşida edi.
Bola buning barini köradi, ammo zarraça his etmaydi.
Qaytaga sukunat yuragiga misli toşday oğir botadi.
Bundan qalbi behad örtanadi – nahotki kuzgaça şu sukunat oğuşida qolib ketsa?
Bunaqada siqilib, adoyi tamom böladi-ku!
Bola şu öyda şimoliy dovonga ğamnok boqadi: voajab, tunov kungina mana şu toğ ortida jöralari bilan maza qilib töp tepib yurgan edi-ya. Keça ertalab esa tösatdan bobosi: “Ov-v, senam kap-katta yigit böp qolding, borib, yaylovga el, otangga bel bösang-çi, qaçongaça orqa etagi tugilgan boladay, momong quçoğidan çiqmay yurasan”, deya otda uni yaylovga taşlab ketdi. Bola, ötgan yilgidek, bu gal ham özining sevimli ovunçoği – koptogini unutmadi, özi bilan olib keldi. Ana, turibdi ötov biqinida, taşlandiq bir buyumdek. Darvoqe, bu yerda uni kim bilan öynaydi? Anovu yiğloqi ukasi yoxud tongdan şomga qadar örmakdan boş kötarmaydigan manovu bodomqovoq, sertabassum opasi bilanmi? Yöq, töp surişda ikkisi ham raqiblikka yaramaydi – bolaga esa xuddi özidek çapdast şerik kerak. Bu kamdek, onasi neçundir koptogini jinidan battar yomon köradi, keça uni xurjundan olayotganida, ensasi qotib, bejo qarab qöygan.
Bir payt öng tomonida “döp-döp” etgan elasgina şovurni eşitib, bola ilkis yoniga ögirildi va ötov qavatida ğimirlab yurgan onasi tomondan atay tepib yuborilgan töpni, dik-dik sakragan köyi, quyidagi soylik sari dumalab borayotganini kördi.
Ayol ötiş-qaytişiga xalaqit bergani uçun emas, bu laʼnati koptokka nisbatan öğlining mehri haddan ziyodaligi tufayli, bolani undan qizğanib tepgandi. Bir xayoli, uni yonib turgan öçoqqa tiqmoqçi böldi-yu, biroq ötgan yili ayni şu qiliği bolaning yaylovni tark etişi bilan yakun topgani bois, bu gal onalik hissiyotiga ortiq darajada erk bermay, koptokni tepiş bilan çeklanib qöya qolgandi. Koptokni yoqar bölsa, bola yöq dardni öziga çorlab bölsa-da, bu yerdan qorasini öçiradi. Ayol esa bolaning toğu toşlarga singib-singişib ketişini, öğil boladay bölib, ular bağrida emin-erkin tentişini, kerak damda otasi suruvini bemalol eplab-seplaşini istardi. Aksiga olib, öğli bu yerda özini xuddi begonadek tutardi. Ayol – özi uçun ğoyatda aziz bölmiş bu yaşil olamning öğliga ola-bula töpçalik qadri yöqligidan alamda edi. Şuning uçun töp izidan çopib borayotgan bolaning ortidan qarab qolarkan, koptok degan baloni öylab topganlarni yanib, ular göriga ayamay ğişt qalay ketdi.
Bola soylik tubidagi tikanaklar orasida koptogini quvib yetarkan, alami toşgandan-toshib, bu keç özini atay kasalga solib bölsa-da, yaylovdan ketmoqni mahkam diliga tugdi.
Nega endi hozir emas, keçda?
Boisi hozir özini kasalga solar bölsa, onasi, nima balo, biror yomon narsa yeb qöydingmi, deya qatiq içiradi, çalop içiradi, oğziga öqlovdek qattiq barmoğini tiqib, qayt qilişga majbur etadi. Otasi esa bunga sira izn bermaydi: “Kasal qöyga çöpon, bemor bolaga esa döxtir qaraş kerak”, deya ortiqça şovqinsiz, zudlik ila otiga mingaştirib, uni ovul feldşeri bölmiş Şahlo ammasining huzuriga olib boradi. Bola közlarini yoşlab, yolğondakam inqillab-sinqillab, toğda neçundir boşim gir-gir aylanib, nuqul könglim ayniyveradi, deyar bölsa, bas – har kasal körganida, negadir doimo darrov jiddiy tortadigan ammasi, hammasi tuşunarli, senga toğ havosi yoqmas ekan, deya bolani momosi quçoğida qoldiradi. Ertasi tongdan esa uni daraklab jöralari kelişadi, avval maydonda obdon töp surişib, söng çuğurlaşgança soyga enişadi va şu bilan deyarli keçga qadar hovli yuzini körmaydi.
Oynagul momosi mehribon – salga qöliga xiviç olavermaydi.
Rayimqul bobosiga kelsak, Şahlo ammasi tağin jiddiy tortib, bir talay tuşuniksiz tibbiy iboralarni tilga olib, bolaning soğliği xususida piça “maʼruza” öqisa, tamom – qaytib, “yaylovga bor” demaydi.
Eng muhimi, suyukli koptogi bu yerdagi kabi xor bölmaydi.
* * *
Oqşom – suruv qaytgandan söng, bola ertalabdan tuzib qöygan rejasini endigina amalga oşirmoqçi ham ediki, qöşni otarlik Jovli çöponning kutilmagan taşrifi bu işning beliga tepdi. Qönoq oldida inqillab yotişdan istihola qilgan bolaning uning ketişini kutişdan bölak çorasi qolmadi. Aksiga olib, Jovli çöpon sira oşiqay demas, har ikki gapining birida “amaki”lab, qoşida ötirgan Çori çöponga öz dardini bayon etayotgandek esa-da, aslida butun eʼtibori Barnoda edi. Köz qirida içkariga kirib-çiqib turgan qizga, kişi bilmas, zimdan qarab qöyardi. Çamasi, qiz ham yigitga beparvo emas şekilli, boşida yangi qirmizi durra, har ötovga boş suqqanida, yanoqlari alvonlanib, közlari ğalati çaqnardi.
Buni tuyqusdan payqab qolgan bola avvaliga ajabsindi, söng opasini qönoq yigitdan qizğanib, öz rejasini unutgança, odob bilan gurung berayotgan Jovli çöponning barça pinhona qiliqlarini qanşari ostidan kuzatişga tuşdi. Köp ötmay, gumoni çinligi ayonlaşgaç, qönoq yigitni jinidan battar yomon körib qoldi: qani endi, bu yaramas töp surayotganida öziga röbarö kelib qolsa-yu, boplab çalib yiqitsa! Bola şu otaşli öyda, öziga qarşi maydonga tuşgan raqibining kuç-qudratini çamalayotgan polvonday Jovli çöponga boşdan-oyoq qayta köz taşlarkan, tezda bu xayoli puçligini angladi. Bir qaraşda qönoq yigit böştobroq köringani bilan jussasi pişiq va çayir edi. Odatda, bunaqalarni töp öyini paytida ming çalib yiqitsang-da, xuddi heç narsa bölmaganday, bir-ikki dumalab, sakrab örnidan turib ketaveradi.
Bundan bolaning battar alami qözidi. U çekkasini qaşlay-qaşlay, bu yaramasni nima qilsam ekan, deya lablarini mahkam qimtigança, ötov içiga köz yugurtirarkan, nigohi keragada osiğli turgan yaroqqa tuşgaç, beixtiyor, quyidagi tasavvurga erk berdi: u jiyron otda kunbotişdan, çöng qoyalar ortidagi vodiydan itday sumanglab kelib qolgan qönoq yigitni yaylovning biror puçmoğida qölga tuşiradi-da, unga miltiq öqtalib, qani, otdan tuş, qölingni kötar, deydi. Raqibi öziga nisbatan harçand kuçli bölmasin, yaroğ oldida musiçaday ojiz qolib, sirğalib otdan tuşadi-da, hatto söz aytmoqqa haddi yetmay, darrov har ikkala qölini baland kötaradi. Bola esa hayallamay navbatdagi buyruqni beradi: “Qani, oldimga tuş!” Bola şu sozda Jovli çöponni örtadagi Kemtikqoya poyiga qadar haydab boradi-da, söngra momosining birda qöşni şöx yigitga qarata aytgan sözini tilga olib, deydi: “Uv-v, suyuqköz! Gapning erkagi şu – bundan söğin bu tomonda ortiq qorangni körmay! Agar tağin kelar bölsang, bilib qöy, naq manglayingdan otaman!” Qönoq yigit undan osongina qutulganiga ming bora şukrlar aytib, Kemtikqoya söl biqinidagi quyuq töqayzor oralab ketgan tor söqmoqqa özini urgança, qoçadi. Bola esa uning ketidan osmonga qarata, bir-ikki öq uzgan böladi.
Axir kinolarda şunday qilişadi-ku.
Bola bu huzurbaxş qasosli öylar girdobida öziça tebranib ötirar ekan, dafʼatan quloğiga çalina boşlagan qattiq-quruq gap-sözlardan xayoli bölinib, huşyor tortdi.
– Hay-y, maqsading uning boşiga yetişmi, a?
– Axir bizga kun bermay qöydi-da, amaki.
– Agar unga ziyon yetkazar bölsang, söng qöşni jondorlar bizga kun bermay qöyişi mumkin-ku. Şuni bilasanmi sen?
– Ularniyam bitta qöymay qirib taşlaymiz.
– Sen bola, yomon qirğiç çiqib qolding-ku, a!
– Keça tundayam…
– Uv-v, menga qara! – Çori çöpon, bosiq feʼliga xilof ravişda, ovozini yanada kötaradi.
– Agar bilsang, çöponning molida jondorniyam haqqi bor, uluşi bor. Bir-ikkita molingga jondor qotingani bilan qurib, kambağal böp qomaysan-ku axir!
– Töğri-kuya… – Jovli çöpon boş egib, iyak silab, avval körsatkiç, söng boş barmoği bilan burun qaşlab, xörsingan böladi. – Baribir odamga alam qiladi-da, amakijon.
– Hay-y, otang rahmatli yaqin jöram edi…
– Çori çöpon yomondan-yomon tönglanib, yonidagi baxmal löla bolişdan birini tizzasiga olib, unga ömrov tirarkan, har bir sözini salmoqlab-salmoqlab, etni junjikturivçi bir ohangda deydi: – Jondorni deb, endi uli bilan yovlaşar ekanmiz-da!
– E, e, unday demang, amakijon, undaylar demang! – Jovli çöpon çotidan ari çaqqanday, bir sapçib tuşarkan, ayni şu damda tögarak oqiş patnisda non va şirinliklar kötarib kirgan Barnoga yer ostidan köz taşlab qöyişni unutmagan holda, deydi: – Sizdek otaqadrdon bilan yovlaşmoqdan Xudoning özi asrasin! Siz bizga… otadek yaqinsiz, amakijon!..
Bu gap-sözlardan bolaning dastlab anglab yetgani şu böldiki, bugun tongda ötov yonidan, onasi aytganidek, qursoğini lorsillatib ötgan jondor tunda qönoq yigitning ikki oylik buzoğini böğizlab ketibdi. Bir ozdan söng bola yana qiziq holdan ogoh böldiki, dam-badam qöşni otarlarga oralab turadigan öşa yirtqiç otasi moliga aslo qotinmas ekan. Tabiiy, bu – bola uçun heç kutilmagan sinoat edi. Pirovardida, uning aqli şoşib, hayrati oşib, qönoq yigitga nisbatan bölgan ötli adovatini butkul esidan çiqardi.
Qiziq, neçun bu jondor otasining moliga qotinmaydi?
Bola qiz va yigit örtasida pinhon keçayotgan sirli “muloqot”ga ortiq ahamiyat bermay, tobora qizğin va qiziq tus olayotgan gurungni tinglaşda davom etdi.
– Otang rahmatli Surböri galasini quritib, köp xato iş qilgandi-da lekin…
– Aytmang… – Jovli çöpon çuqur söliş oladi. – Ammo otamning emas, Haydar amakimning işi bu…
–Bilmadim, ammo-lekin moliga qotinmay, çet-çaqadan uloqqan jondorlarniyam qotintirmay kelardi…
– Şunday-şunday…
– Lekin mening şörimni quritardi…
– Şundaymi?
– Şunday.
– Endi sizning Boybiçangiz bizning şörimizni quritayapti…
– A, endi çidaysan-da…
– Şu-u deyman, amaki, – Jovli çöpon muhim gapni aytmoqçiday tomoq qiradi, – bu jondorga boşqaça bir nom topsangiz bömaydimi, a? Boybiça… quloqqa qandaydir ğalatiroq eşitiladi-da…
– Bu nomni yangang topgan, – Çori çöpon kuladi. – Menga qolsa, uni “Kulbet” deb atardim.
– Bu… “aka”dan köra, qanjiği… Boybiça peşkirroqmi deyman?
Uzun qiş keçalari börilar xususida gurung ketganda, ayrim yoşi uluğ kişilar “jondor” örniga, neçundir andak hurmat, andak ehtirom bilan, “aka” sözini qöllaşlariga köp bora guvoh bölgan emasmi, endi gap qandaydir arlon böri tomon nişoblanganini bola zumda fahmlaydi.
– И-и, “ака” bömay ölsin u! – Çori çöponning zardasi qaynab, sökingan kişi böladi. – Haliyam yoşligi bormi, yo bögan böldiği şumi, qanjiğiga qaraşmaydi. Bolalarining bor ğam-taşvişi yolğiz Boybiçaning yelkasida…
– Bolalarini deb heç bir balodan tap tortmaydi deng?
– Şunday.
– Avval yöğidi bu…
– Ha, ötgan köklamda paydo böldi.
– Surböri tirik bölganida, ölaqolsa bularni doritmasdi…
– Ha, aslo doritmasdi.
– Endi qadri ötayapti…
– Qadri ötayaptimi? – Çori çöpon istehzoli kulimsiraydi.
– Ha, juda ötayapti.
– Sigir etini zaharlab yöliga taşlagan, benzin sepib, uyasiga öt qöygan kim? – deydi Çori çöpon çaqib oluvçi ohangda. – Özlaring-ku! Yana nimadan xafa bölasilar?
– Aytdim-ku, bari amakimning işi deb.
– Him-m, qilarini qip, yaylovni bulğab-sulğab, söğin özi qoçib qoldi de?
– Ha, çorva bizga töğri kemas ekan deb, qayta çölga jönavordi.
– Tuturiqsiz odam edi…
– Gapirmang…
– Boybiçaga kelsak…
– Şundan gapiring.
Bu gurung ovuldagi keçki suhbatlardan tubdan farq qilardi. Bunda gap börilarning qonli qilmişlari haqida emas, ularning öziga xos ğaroyib tabiati, feʼl-atvori xususida borardi. Suhbat asnosida bola quyidagi gapdan yanada töla voqif böldiki, ayrim jondorlar, ming bora oç qolsa-da, özlariga tegişli hududdagi çorvaga qotinmaganidek, uni özga börilardan tik turib himoya qilarkan. Agar tongdagi voqeaga guvoh bölmaganida, bola bu gap-sözlarga ikki dunyoda ham inonmasdi. Ammo öz közi bilan kördiki, onasi koyib erkalagan Boybiça otliğ jondor na soylik tubidagi mollarga, na qantariğli töriqqa, na qöradagi uşoq jonivorlarga, na qötonni supurib yurgan Barnoga qiya boqdi. Qöşnilardan birining sinaşta, yuvoş itiday, şundoq yonlaridan ötdi-ketdi. Qöşni otarlardan uluş olib turadigan bu jonivor yolğiz emas, öziga nisbatan ança yoş, öyinqaroq arloni hamda toğning kunçiqişidagi öngirlarda bir talay bolalari bor ekan. Mabodo, Jovli çöpon unga zarraça ozor yetkazar bölsa, otasi qönoq yigitni u dunyo-bu dunyo keçirmas ekan.
Kattalar gurungini jon quloği bilan tinglayotgan bolaga “Boybiça” sözi yoqmay, bora-bora ğaşiga tega boşladi. Nazdida, bu nom kelbati ğoyatda kelişimli jonivorga sira mos tuşmagan, uni xiralatib turgandek edi. Şu bois, bu jondorni bölakça nomlaş kerak, degan fikrga keldi. Biroq har qança boş qotirmasin, miyasiga durustroq biror nom kelmagaç, qoşlari tugun tortib, öyga çömdi. Ana şu payt tösatdan Jovli çöpon zabonidan yoqimli bir taşbeh yuzaga qalqidi-yu, bu ibora bolaga juda yoqib tuşdi. U iborani içida bir neça marta takror etarkan, bu suhbatning boş va asosiy mavzusi bölmiş Boybiça uning tasavvurida butunlay özgaça mahobat kasb etganday tuyuldi. Bola endi jondorni şu nom bilan ataşga jazm qildi.
Ena böri!!!
Bolaning tasavvur etgani şu böldi: – Boybiça – tili zahardan aççiq qöşni qiz kabi körimsiz.
“Ena böri” esa juda uluğvor edi!
Boybiça – keçayoq xalijoyga aylantirib olgan ötov yonidagi qoyatoşlar majmuasi kabi ğarib.
“Ena böri” esa – har tong quyoşning iliq nurlarini keng manglayi ila qarşilaydigan mağribdagi yuksak qoyalar yangliğ çöng va mahobatli edi.
Biroq qizğin suhbat tağin ini tevaragida lömbillab öynab yurgan böri bolalari tomonga qiyalagaç, sekin-astalik bilan şöxçan börivaççalar bolaning butun öy-xayolini zabt etib, sira kutilmaganda yuragida quyidagi iştiyoq alangasini öt olmoğiga sabab böldi: “Qani endi, böri bolalaridan birini qölga kiritsam! Uni asrab, özimga örgatib olsam! O-o, şunda jöralarimning bari havas va hasaddan xom tarvuzday dumalab-dumalab qolişardi-da öziyam! Ayniqsa, töp öynayotgan paytimda uni maydon çekkasidagi maymoq tutga boğlab qöysam, öyindan söğin uni köça-kuydan yetaklab ötsam… öh-öh, tozagina zör iş bölardi-da öziyam!”
Bu öydan söng bolaning tasavvurida şu manzara jonlandi: ana, öşa börivaçça hovli yuzida suyukli iti Qönğiroq bilan öynaşib va quvlaşib yuribdi. U eşikda körinişi bilan Qönğiroq, odatdagidek, unga talpinadi, atrofida çir aylanib, irğişlaydi. Buni körgan börivaçça ham erkalikda undan qolişmaslikka tirişadi va oqibat, bolani qizğanişib, ikkisi bir-biri bilan yumdalaşib ketadi. Bola, hay-hay, degança birini öng tizzasiga, ikkinçisi söl tizzasiga olib, obdon silab-siypalaydi va erkalaydi. Buning natijasi ölaroq, börivaçça ham, xuddi Qönğiroqday, yot desa – yotadigan, tur desa – turadigan jonivorga aylanadi.
Bola şularni xayolidan ötkazar ekan, hayajondan yuragi qinidan çiqar darajada hapriqib, bu niyatini kimgadir juda-juda oşkor etgisi keldi. Biroq soddadil Oynagul momosini hadeb aldayverganidan, quvlik bobida ança-munça pişigan emasmi, bir amallab özini bosdi va içidagini taşiga çiqarmaslikka qaror qildi, yaʼni orzusini bobosi kabi imi-jimida amalga oşirmoqni maʼqul topdi. Çunki bobosi biror-bir maʼquli yöqroq işga qöl urar bölsa, avvaliga öşa işni ado etib, söng tiş yorar va minğirlab koyinişga tuşgan kampiriga işora qilib, mana silarga tayyor radio – özi gapirib, özi tinadi, deya nevaralariga şöxçan köz qisib qöyardi.
Eşikda katta sopol laganda taom kötargan Barno paydo bölgaç, Jovli çöpon manglay qaşlab, panjalari orasidan tağin qizga sirli qaraş qildi. Keyin bunga qanoat etmay, boşidagi döppisini ensasiga surib, qaytadan boşiga qöndirarkan, bu safar, göyo eşikka qaragan kişi bölib, bot qizga köz taşladi. Barno oşiq yigitning yaşirin boqişlariga nisbatan beeʼtibor emasligini anglatgandek, yanoqlari yanada battar puştilanib, mayingina jilmayib qöydi. Butun fikr-yodi böri bolasida bölgan bola buni sezmadi. Atigi yarim soatgina burun heç narsa yemay va içmay, özini kasalga solmoqçi bölganini mutlaqo unutgan köyi dasturxon çetidagi qoşiqlardan birini qöliga olib, hamma qatori zör iştaha bilan taomlanişga tuşdi. Bola endi yaylovni tark etişni emas, aksinça, ertasi tongda jondor izidan soyaday ergaşib, arçazor qiyalik tepasidagi qoyaga kötariliş va yirtqiçning qaysi önqir-çönqirga qayrilişiga qarab, uning inini aniqlaş öyida edi. Boya Jovli çöponning xiyol katta ketib: “Aslida jondor inini topiş menga çöt emas, bir lahzalik iş. Ammo-lekin sizning izzatingizni qip, bu işga qöl urmay turibman-da, amakijon”, – degan gapidan öziça pişang olgan emasmi, bu iş juda jön tuyulmoqda edi. Buning ustiga, ötgan yili köklamda yaqin jörasi Elyor bilan Kattajardan tulki inini qidirib topib, bolalarini qölga kiritgan emasmi, bu işda özini ğoyatda omilkor sanardi. Esida, öşanda jarlik tubidagi torgina inni teşa bilan kavlab, kengaytirib, yettita tulki bolasini qopga joylaşsa hamki, xörak ilinjida daştga izğib ketgan tulkilardan darak bölmagan. Şunga köra, bola quyidagi xayolda edi: “Jondor deganiyam tulkidek bir gap-da, avvaliga inini aniqlab, söng biror yoqqa gum bölişini poylab turib, bir urinsam, bitta bolasi meniki-da!”
Bola emasmi, bugun gurungda eşitganlaridan öziça xulosa çiqarib, nazarida, börilarni beş qölday bilib olgandek edi. Holbuki, u heç vaqoni, jumladan, hamişa turli girdi-balolardan, çunonçi, otasining suruvidagi itlardan ham çetlanib yurişning obdon hadisini olgan Boybiça – endi Ena böri – mağribda qomat kerib turgan çöng qoyalar ortidagi qöşni vodiyga boş suqqan kezlarida, mabodo, iziga yarim tunda qaytar bölsa, yaylovning janubiy etagidan, yaʼnikim janubiy dovon poyi böylab maşriq tomonga çözilib ketgan Ilondara yoqalab, agar tongda – otasi suruvi qözğolgandan söng qaytmoğiga töğri kelib qolsa, ötloqning şimoliy sarhadida qönqayib turgan ötovni yonlab ötişini va öz navbatida, jonivorning bu “erkaligi” onasi Saragul tufayli bölib, ular örtasida yuzaga kelgan bu öziga xos “döstlik” inson va yovvoyi jonivorlar orasida kamdan-kam hollarda röy beradigan ğaroyib hodisa ekanini, tabiiy, bilmasdi.
* * *
Ayol Ena böriga ilk bora ötgan yili köklamda duç kelgandi.
Öşa kuni endigina yaylovga köçib çiqişgan bölib, ötov çöplarini tiklaş hamda oğir kigizlarni tortişga ozmi-köpmi qaraşgan Çori çöpon boyasaroq suruv izidan ketgan, qaynotasi boşçiligida qolgan mayda-çuyda yuklar bilan ana-mana kelib qolişi lozim bölgan qizi va öğilçasidan esa haliça darak yöq – ötovda Saragulning yolğiz özi edi. Ayol har köklamda takrorlanmiş bu yumuşning obdon hadisini olgan emasmi, özga birovning kömagiga ehtiyoj sezmay, ötovning kam-köstlarini töğrilaş bilan ovora edi.
Saragul boşqa yuklar qatori ötov taşqarisida turgan çiy töplaridan birining ipini böşatarkan, nogahon naq ensasida qandaydir ötkir nigohni his etadi. Ajabsinib, ammo öta xotirjamlik bilan ortiga ögiriladi va söldagi qoyatoşlar biqinida çönqayib, çöğdek yoniq közlarini öziga öqdek qadab turgan Ena börini köradi. Ammo ötovda tuğilib, ötovda ösib-ölğaygan va hali-hanuzgaça yilning iliq faslini ovulidan yiroqda – toğu toşlar bağridagi keng yaylovda ötkazib kelayotgan Saragul öz umri davomida bu kabi börilarga duç kelaverib, közi pişib ketgan emasmi, turgan gap, pinaginiyam buzmadi.
Inson va yirtqiç bir-biriga tikilgança turib qolişdi.
Ena böri ayolning nekbinligini sezganidek, Saragul ham çönqaygan jonivorning kelişgan kelbatiga, salqitob qizğiş köksiga, dam ötdek çöğlanib, dam maʼyus tortib turgan közlariga sinçkov boqarkan, uning bu hududga begona, siğindi ekanini darrov ilğadi va könglida jondorga nisbatan hamdardlik hisi çeçak otib, ha-a, yotlikdan yomoni yöq – köringan qoradan hadik tortib, doim joning halakda yuradi, deya öyladi. Ayni şu payt, göyo ayolning könglidan nelar keçayotganini uqqanday, yirtqiç, beixtiyor tarzda, sekin nola tortdi – ğingşidi. Bundan ayolning köngli yanada yumşab, uni erkalab dedi:
– Ha-a, Boybiça! Bola-çaqam deb tinim bilmay çovub yuribsanmi?!
Bu gapidan söng jonivorning tarang vujudi andak böşaşib, çöğdek yoniq nigohi yumşaganini ayol zumda payqadi. Öz navbatida, birdan irimi esiga tuşib qolib, kutilmaganda, murodi hosil bölganidan içida suyunib, jonivorga mehri iyib qaradi. Bu qaraşiga javoban Ena böri yana bir bora ğingşib qöydi-da, keyin ötovni bamaylixotir yonlab ötib, töğri arçazorga şönğidi.
Şu örinda, Saragulning irimçiligi xususida töxtalar bölsak, gap şundaki, yaylovda, ayniqsa, köçuvning dastlabki kunlarida böriga röpara kelişni, yaxşilik va omad belgisi, deb biladi.
Bu odat – unga onasi Sojida kampirdan ötgan.
Onasi yaylovga köçib çiqişlari bilanoq ötovdan xiyol uzoqlatib eçki boğlab qöyardi. Söng tunda yuz berişi lozim bölgan jarayonni intiqla kutib, sergak yotardi. Agar kutilgan hodisa tezda röy beravermasa, tong-azondan javraşga tuşardi: “Nima balo, jondor zotiga qirğin kelganmi, a?!” Keçda suruvni inisi Törğinga qoldirib, ertalab uni qabul qilib oladigan, yaʼni örin almaşadigan otasi – Böri çöpon yölga otlanayotib: “Ha-a, iriming qursin seni-ya!” – deya onasi ustidan oşkora mazaxlab kulardi. Boşda ne gap-sözligini tuzuk anglayolmay yurgan Saragul qizaloq oydin tunlardan birida nihoyat öşa hodisaga ilk bora bevosita guvoh böladi – avvaliga otasining uyqusirab tönğillab sökinişi, söng onasining hayajonli şiviri quloğiga çalinadi.
– Ana, aka keldi, aka keldi!
Kattalar qatori çiy tirqişidan taşga möralagan tiyrak qizaloqning közi eçki böynidagi arqonni tişlagança, dumi bilan uni haydab borayotgan böriga tuşadi. Bu orada Sojida, uyqusi buzilganidan norozi erining tönğillaşlariga ham eʼtibor bermay, quvonçdan entikib, deydi:
– Xudoga şukr-ey! Ana, akaniyam kördik, sadaqasiniyam berdik!
Saragul onasi kabi har bahorda jondorga “sadaqa” bermasa-da, ammo yaylov ahlidan farqli ölaroq, yirtqiçlarga ğanim közi bilan qaramaydi. Mabodo, köçuv boşida biror jondorga duç kelib qolar bölsa, irimçiligi tufayli, bundan hamişa boşi kökka yetadi.
Bu – uning onasidan orttirgani.
Böri çöpondan olgani esa – hozirda ham har qanday asov otni salt minişdan sira hayiqmaydi, şuningdek, har qanday çigal masalada tez va aniq qaror qabul qilişda unça-munça erkakni bir çöqişdayoq qoçiradi.
Xullas, Saragul özining öktam va şaddod feʼli, çörtkesarligiyu va töğrisözligi, aksariyat ayollarga xos bölmagan ötkir va viqorli qaraşlari bilan hammaga birdek maʼqul bölavermaganidek, özi ham odam bolasiga nisbatan, jonivorlarni köproq xuş köradi. Jondor zotining tantiligiga tan berganidek, ayyorligi vajidan tulkilarni yoqtirmaydi, bu uying kuygurlar, serqusur odamdek, na yaxşini, na yomonni biladi, nafsi yöriğida közingga çöp suqişdan ham toymaydi, deydi. Şunga qaramay, bu ayyor jonzotga sira yomonligi yöq. Ammo töriqni minib, yaylov kezinmoqni istab qolsa, qarşisidan çiqqan tulkini, oldiga solib quvlamasdan tinçimaydi. Aslida töriq ot – Çori çöponniki, ammo yaylovda köproq unga Saragul egalik qiladi, tomoğiga özi qaraydi. Şuningdek, şikast yegan qöy-qözilar böğziga heç qaçon darrov piçoq torttirmaydi, qölidan kelgança özi muolaja qiladi. Qiziği, har şomda suruv itlari uni ölgudek soğinib qaytişadi, qöy-qözilar qötonga yetib ulgurmay, ular ayol tomon misli öqdek uçişadi, bir-bir suykalişmasdan nari ketişmaydi. Azonda Saragul, boraqolinglar, demagunça birortasi suruvga ergaşmaydi, xuddi nimadandir umidvorday, taysallab turaverişadi.
– Senda qandaydir bir sehr bor… – deydi Çori çöpon buni körib.
– Tomoğiga qaragan men, – deydi gohida Barno qizi öpkalangan bölib. – Bularingiz nuqul sizga intilişadi. Işqilib, bularni jodu-podulab qöymaganmisiz, ena?
– Ha-a, çindan-da, enangda sehr-jodu bor, – deya Çori çöpon kulgan böladi.
– Men ham şu öydaman, – deya uni quvvatlaydi Barno qiz.
Ayolda esa, heç qanaqa sehr-jodu yöq, şunçaki borliqqa nisbatan, onameros, beqiyos mehr bor. Tabiatan kamdan-kam odamlardagina mavjud bölmiş bu noyob “mehr” – ayol botinida vulqon yangliğ otaşlanib, mavjlanib, köz ilğamas yoğdu kabi, jismi-jonidan tevarak-atrofga mudom taralib turgani sabab, jonivor zoti borki, bari unga talpinadi. Meʼyoridan oşiq erkalamasa-da, suruv itlarining ayol atrofida girdikapalak bölişi yoxud ötov tegrasida umrguzaronlik qiluvçi turli yovvoyi jonzotlarning dam-badam çiyillab, çirqillab, özlarining mavjudligidan ogoh etib turişining asl boisi şudir. Ayniqsa, ayol ötovda tanho qolgan kezlari ğaroyib bir holatni kuzatmoq mumkin: bunday paytda soylik tubini makon tutgan yumronqoziqlar bemalol qöton tomon örlab, öçoqboşida sariq ilonlar örmalab, örmak girdida toşbaqalar sudralib, qiyalik etagidagi butalar va tikanaklar orasidan hurkak tovuşqonlar möralab qoladi. Biroq hamişa yumuş bilan band bölmiş Saragul bunga köpda ahamiyat bermaydi, tabiiy hol deb biladi. Mabodo, şunçaki iş orasida qötondan berman ötib, örmak yonida ğuddaymoqqa jurʼat etgan birorta yumronqoziqqa “kişt” deyar bölsa, jonivor qoçmaydi, salgina nari jilgan bölib, tağin qoqqan qoziqday qöqqayib turaveradi. Ammo bu holat juda muvaqqat – ötovga kimdir taşrif buyurişi bilan birdan bari tezda eski holiga qaytadi – yumronqoziqlar quyiga enib, boşqa turdagi jonzotlar, yerga singganday, bir onda közdan ğoyib böladi. Ayoldagi bu ğayritabiiy kuçni öşanda Ena böri ham tuygandi.
Ammo, eng açinarlisi, yovvoyi jonivorlar his qila bilgan bu kuçni bola tuymaydi, qaytaga onasidan qattiq çöçiydi. Bundan taşqari, ovulidan ayro tuşgani sabab, bola tevarakka öta befarq – uni na törğaylar sasi, na jimitdek çumçuqlar töpoloni, na özga bir nuqtaga qadalib turgandek bölsa-da, aslida közi ostidan özi tomon yaqinlaşayotgan kimsaning bor xatti-harakatlarini zimdan kuzatmoqni ğoyatda qoyillatadigan soqçi yumronqoziq quvligi, na tikanaklar orasiga bekinişga ulgurgan tovuşqonni tutaman deya, bekorga tumşuğini yaralab olgan şoşqaloq tulkilarning nodonligi, na hudud talaşib, jang oldidan xuddi askarlarday saf tortgan ayrim turdagi çumolilar harakati qiziqtiradi. Bobosi otda yaylovga taşlab ketgan damdan boşlab, közlari munglanib, qanday bölmasin ovulga qaytişdan boşqasini öylamaydi.
Buni ayol sezadi.
Bundan ayol qahrlanadi.
Bugun ham öğli şu niyatda qandaydir nayrangni öylayotganini Saragul şomdayoq payqagandi. Afsuski, bola qorin çangallab, aftini tiriştirişga ulgurmay, Jovli çöpon kelib qoldi-yu, ayolning diqqat-eʼtibori boladan qönoq yigitga köçdi. Bejizga emas – Jovli çöpon zarurat yuzasidan qadam ranjida qilgandek esa-da, ammo toğ şaroitiga u qadar mos tuşmagan orasta engil-boşi, öta hafsala bilan qirtişlangan iyagi, burqsib turgan çuçmol atir hidi hamda u kelişi bilan darrov özgarib qolgan Barno qiziga, kişi bilmas, yer ostidan boqişlaridanoq uning ne niyatda taşrif buyurganini darhol sezgandi.
Bundan ayol miyiğida kuldi.
Uç kun burun qönoq yigit otda qöra yonidan ötayotib, qizidan uloqqan qandaydir jonliqlar xususida uni-buni sörab-suriştirganida ham ayol xuddi bugungidek kulgandi. Zero, çöng qoyalar ortidagi yaylovdan uloqqan jonivor zoti ikki dunyoda ham bu tomonga örlamasligini, uluğlar tugul, uvoqlar ham yaxşi biladi-da.
Jovli çöponning taşrifi ayolga jindek malol kelgan esa-da, baribir yigitni töğri anglaşga urinib, öziça oqlagan böldi: axir yaylov ovul emas-ku, biror-bir ovloqda yuzlaşib, yuragingdagi borini töksang. Buning ilojini topolmagaç, mana, jondor bahona, yuziga kul sepib bölsa-da, qönoqqa kelib ötiribdi. Şunga köra, ayol taomni xiyol keçiktiribroq suzdi, özining ötkir qaraşlari bilan yigit beçorani noqulay ahvolga solmaslik vajidan ötovga boş suqmadi, öz navbatida, qönoq yigitning gaplariga laqqa tuşib, jahl bilan Ena börini himoya qilmoqqa tuşgan erining soddaligi ustidan uzun yengini lab-lunjiga bosib, yelkalari silkinib-silkinib, rosa kuldi.
Ayol qalbi şuni sezdiki, bu keç yigit yölini topib, qiziga nimadir deydi, qiz ham şunga qarab öz javobini aytadi. Keyin kun oralatib, qöşni otardan sovçilar keladi. Qiz tomon esa, odatga köra, atay javobni dudmol qiladi. Sovçilar ketgaç, ayol qizning köngliga asta qöl solgan böladi. Zero, bunga aslo hojat yöq – qizi tuşmagur bekorga boşiga yangi durra öramadi, bekorga közlari yonib-yolqinlanib, ötovga kirib-çiqmayapti. Saragul barini sezib turgan esa-da, özini bilmaganga oladi. Qozon boşida u-bu totingan bölib, tönkarilgan eski çelakka çökkança, osmon töla yulduzlarga termilib ötiradi.
* * *
Bu paytda Ena böri ini joylaşgan örlik girdida jufti Tarxaşni kutib, haykalday çönqayib turardi. Jonivor bu yerga quyoş botişi oldidan kötarilgan bölib, ungaça kökiş, silliq toş sahnida soçilib öynab yurgan bolalarining har bir xatti-harakatini mehr-la kuzatgan köyi sokin çözilib yotgan, öngir nişobligidagi butalar orasida esa uşbu börivaççalar otasi bölmiş Tarxaş haligaça qaynab quyilmagan jufti oğzidagi oğoç bilan andarmon bölib, öz maylida tentirab yurardi. Keyin u birdan ğoyib bölib qoldi. Ena böri juftining qayon jilganini aniqlaş öyida öngir tepasiga kötarilgan va hididan kunçiqişdagi butazor oralab ketganini aniqlagaç, köngli joyiga tuşib, ovga otlanişdan avval uning yöliga köz tikib turgan joyi edi. Kutişidan maqsad, zora hamroh bölsa, degan umidda edi. Biroq Tarxaş hamişa ham uning rayiga yuravermaydi, mustaqil tentişni yaxşi köradi. Bu kamdek, bolalari bilan mutlaqo işi yöq – özini endigina kuçga kirgan ğör jonivordek tutadi.
Ena böri uning mana şu ahmoqona feʼlidan – bilib-bilmay, biror falokatni boşlab qöyişidan doimo hadikda yuradi. Çunki hududida “odob” doirasidan çetga çiqişda xavfli nuqtalar mavjud bölib, ana şunday nuqtalardan biri – Suvliqsoy vodiysi edi. Agar Ena böri huşyor turmasa, nodon jufti örtadagi omonat çiziqqa – odatda, inson aqli va jonivorlar fahm-farosati tufayli yuzaga keladigan muhim “bitim”ga daxl qilib, yaylov egalari mol-holiga qotinişi, pirovardida, Çori çöponni özlariga qarşi qilib qöyişi mumkin edi. Bu – bolalari taqdiriga nihoyatda masʼul bölgan Ena böri uçun fojeadan bölak narsa emasdi. Afsuski, haliga qadar özini jilovlamagan, boz ustiga, nomiga yaraşa xiyla qaysar bölgan Tarxaş qöni-qöşnilikning bu kabi öziga xos nozik sir-asrorlarini töla idrok etgisi kelmas – qimirlagan jon borki, bariga ölja sifatida qarardi.
Ena böri Tarxaşning köz oçib körgani bölib, juftiga nisbatan ançagina yoş hamda nodon edi. Nodonligi bois köklamda Çori çöponning moliga çovut solmoqqa bir neça marta urinib körgan va har safar qanjiğining jiddiy qarşiligiga duç kelgan. Ayniqsa, hafta burun yuz bergan töqnaşuv ğoyatda keskin tarzda keçdi – Ena böri tomonidan ayovsiz talangan Tarxaşning biqin va yağrinini ötkir tiş izlari tilimlagandek, bu jangda qanjiği ham öz nasibasini olmay qolmadi. Bu xil olişuvlarda Ena börining yagona ustun jihati – bolalari hayotiga xavf solişi ehtimoli bölgan har qanday nojöya amalga jon-jahdi bilan qarşi turar, yaʼni undagi onalik hissi, şusiz ham tabiatan kuçli bölgan jondorga yanada katta quvvat bağişlardi.
Bu voqeadan keyin Tarxaş öziça arazlab, bir neça kun öngirda qorasini körsatmadi, toğning kunçiqiş tarafida öz nasibasini terib-tergilab yurdi. Biroq yolğizlik yoxud soğinç tuyğusi kor qildimi, keça u yana yuz körsatdi. Ena börini tevaraklab, aylanib-örgilib, bir amallab qanjiği köngliga yöl topdi. Bolalariga esa, odatdagidek, qayrilib ham qaramadi. Yuqorida birrov tilga olinganidek, Tarxaş haliça özini ota sifatida his eta bilmas, topganini jiğildoniga urib, öz maylida sumanglab yuraverardi. Magar Ena böri örnida odam bolasi bölganida bormi, öz oilasiga nisbatan bu qadar beparvoligi uçun uni yumma talagan, bolalar taşvişi, nima, yolğiz mening boşimdami, deya oh-voh qilgan bölardi. Biroq odam bolasiga xos bu xil yozğirişlar yovvoyi jonivorlar tabiatiga butunlay yot – borini bor holiça qabul qilib, könikib ketaveradilar. Şunga köra, boya Tarxaşning ğör jonivorlarga xos qiliqlarini tinçgina kuzatib yotarkan, Ena börining birdan-bir ökinçi – avvalgi jufti Söpoqni qömsaş va soğiniş böldi.
Söpoq janubiy dovon ortida vohasining yetakçi jondorlaridan biri bölib, kiçik tödani binoyidek boşqarib kelardi. Ena böri esa öşa tödaning erka hamda aqlli malikasi edi. Biroq ölgudek qattol Söpoq bu “malika”ning fahm-farosatini çangda qoldirib, hamişa öz yöriğida iş tutar, yaʼni voha ahlini qon qaqşatib, qöradagi jonliqlarni bekordan-bekorga, ermakka böğizlab ketaverardi. Va tabiiy, ayni şu narsa tödaning boşiga yetdi – vodiy ahli ularni yöqotişga avval özlari urinib körişdi, evini qila olişmagaç, quyisoylik ikki ovçini yollaşdi va bu ikki ovçi vaʼda qilingan mukofot evaziga bundan avvalgi qişning qoq çillasida tödani tutday tökib taşlaşdi. Bu qirğindan omon qolgani şu – birgina Ena böri böldi. U tödasidan ayrilgaç, uloğib va suloğib, bu tomonlarga kelib qoldi-da, Söpoqdan orttirgan sönggi zurriyotlarini Toşlidara qiyaligi belida söppayib turgan ulkan qoya – Burgutboşi poyidagi kavakda tanho özi dunyoga keltirdi. Yolğizligi kor qildimi, yo bolalarining taşvişi jiddiy taʼsir etdimi, Ena böri şu qisqa davr içida ham jismonan, ham aqlan yanada peşlandi va sekin-astalik bilan bu hududni tamomila öziniki qilib oldi, erinmay sarhadlarini belgilab çiqdi va natijada, maşriqdagi qorli toğlar etagidan tortib Suvliqsoy vodiysidagi çöng qoyalargaça, şuningdek, şimoliy va janubiy dovonning maʼlum bir qismi uning hududiga aylandi. Ena börining baxtiga bu tomonga dam-badam boş suqib turadigan Surböri tödasi sal burun mavh etilgan bölib, endi bu hududda uning hukmronligiga monelik qilişi mumkin bölgan kuçning özi yöqdek edi.
Biroq şunday kuç bor edi.
Bu kuç köklam kunlaridan birida tösatdan özini namoyon etdi.
Öşa kuni şimoliy dovonning serbuta tizmalari böylab tentingan va topgan öljasi bilan qursoğini çala-yarim töldirgan Ena böri tuşdan ötib, Suvliqsoy vodiysining şimoliy-şarqiy etagidagi tor daradan yaylovga boş suqarkan, yaşil kenglik markazida yoyilib yurgan suruvga közi tuşib, hang-mang turib qoldi. Axir bugun ertalab ötloqda jon asari yöq edi-ku, bular qayerdan paydo bölib qoldi? Şu damgaça u turli yerteşar jonzotlarga boy bölmiş yaylovda emin-erkin kezinardi. Endi bu holga çek qöyilgani va yaşil vodiy odam bolasi tomonidan band etilganini darrov angladi. Uning şarqiy dönglik yoqalab olğa jilmoqdan bölak çorasi qolmagandi. Ena böri ini tomon eltuvçi eng yaqin yönaliş – qiyalikdagi arçazorni qoralab olğa jilarkan, kutilmaganda qoyatoşlar majmuasi ortidagi yassi dönglikda, xuddi osmondan tuşganday, qönqayib turgan yolğiz ötovga duç keldi.
U qönqayib turgan ötovdan emas, uning tösatdan qarşisida paydo bölib qolganidan bir lahza esankirab qoldi. Keyin esa, odatiga köra, avvaliga hid olib, söng tevarakka zimdan nazar solib, ötov qavatida azaliy va abadiy ğanimi ermiş itlar bor-yöqligini aniqlagan böldi. Bir ozdan söng ötovda, nazarida, jon asari yöqdek tuyulib, çekkadagi xarsang poyiga çönqaydi. Bir xayoli, issiği borida, imi-jimida iziga qayrilib ketmoqçi ham böldi. Biroq anglarsiz bir kuç negadir joyidan jilmoğiga izn bermay turardi. Bu yoğiga ne qilarini bilmay, taraddudlanib turganida, şu payt ötovdan bir ayol çiqib keldi-da, hali içkariga taşib kiritilmagan yuklar yonida töxtadi. U sobiq jufti Söpoqdan payt poylamoqning obdon hadisini olgan emasmi, ayolni körgaç, oşiqişga hojat yöqligini fahmladi. Çunki, öz tajribasidan şuni yaxşi biladiki, odam bolasi itdek sergak emas, goho u tumşuği tagidagi qorani ham darrov seza olmaydi.
Biroq ayol itdan sezgir çiqib qoldi.
Nigohlar töqnaşdi.
Bu xil kutilmagan damlarda, odatda, hamişa quyidagi ikki holatdan biri kuzatiladi: yo odam bolasi qörquvdan misli taraşaday qotadi, yo xuddi jin çalganday, “jondor-jondor”, deya darhol şovqin kötarmoqqa tuşadi.
Ammo bu dafʼa na unisi, na bunisi yuz berdi – ayol xavfli yirtqiçga emas, göyo olis otardan adaşib-uloqib kelib qolgan, ayni tobda andak mehrga muhtoj abgor itga boqqanday, şunday bir xokisorona qaraş qildiki, uning nazaridan Ena böri iliq bir taftni tuyganday böldi. Buning ustiga, yolğiz boşiga bolalari taşvişi ziyodalik qilib, şu kunlarda joni azobda yurgan emasmi, atigi bir lahzadan söng ayol közlarida oşkora jilolangan quvonç uçqunlari qatori, undan ufurayotgan bölakça bir taftni his etib, beixtiyor, ğingşib yuborganini özi ham sezmay qoldi. Biror muddatdan keyin ayolning, tahdiddan butunlay yiroq, erkalovçi ovozi quloğiga çalingaç esa, Ena böri navbatdagi iliq tölqin – taftni bu gal naq yuragida tuydi.
Bu örinda, yana şuni aytiş kerakki, agar hozir qavatida jufti Söpoq turganida bormi, turgan gap, Ena böri ayol botinidan balqiyotgan ğaroyib bu iliqlikni his qilmagan, tödaboşining yovuz qatʼiyatiga itoat etgan holda ayolga ğanim közi bilan boqqan bölardi. Söpoq tödasi odam bolasiga biron marta tajovuz qilmagan esa-da, ammo inson qavmi bu yoruğ olamda eng qudratli, eng xavfli ğanim ekanini Ena böri yaxşi biladi. Biroq nekbin qaraşli ayol bilan bölgan bu uçraşuv jonivorning şuuriga favqulodda keskin taʼsir etib, şu kezgaça yuragi tubida tönğib yotgan muhim bir tabiiy yöriqning qayta jonlanmoğiga sabab böldi.
Xöş, bu qanday yöriq?
Tabiatdan maʼlumki, aksariyat yirtqiçlar öz hududidagi çorvaga tiş qayramaslik, yaʼni qöni-qöşniçilik munosabatiga daxl etmaslik yöriğiga deyarli hamişa amal qilib keladi. Bu esa kişilar orasida jondor zotining öziga xos mardligi va tantiligi xususida turli gap-sözlarning tepçimoğiga asosiy sabab bölib keladi.
Aslida-çi?
Aslida, bu yöriqning boş omili – xavfsizlikdir. Aql-idrokli jonivorlar, asosan tajribali tödaboşilar bunga doimo rioya qilib keladi. Öz navbatida, buning aksi ham kuzatiladi.
Endi Ena böriga kelsak, jonivorning ong-şuurida azaldan, yaʼnikim tabiatan mavjud bölgan bu yöriq Söpoqning yovuz feʼli vajidan, tönğib, yuragi qaʼrida muz qotib yotardi. Buni qarangki, uşbu “muz” ayol botinidan qalqigan iliq taftga bardoş berolmadi – “erib”, qaytadan jonlandi. Bu jonlaniş tufayli, Ena böri inson qiyofasidagi qudratli kuçning xavfli ğanimga evriliş va evrilmasligi köp jihatdan öziga boğliqligini idrok etarkan, ayol qoşida köp qotib turmay, izzati borida, imi-jimida qorasini öçirmoği lozimligini angladi. Ötov sohibasiga nisbatan sira yomonligi yöqligini namoyiş etib, jumladan, özi ham ayoldan biror noxuşlikni kutmay, ötovni yonlab, töğri qiyalikdagi arçazorga oraladi.
Biroq Ena böri bir narsadan – bu röyi zaminda odam bolasidan ming çandon qudratliroq yana bir kuç – tabiiy ofat degan balo mavjudligidan hali mutlaqo bexabar edi. Oradan hafta ötib-ötmay, bu kuçdan ham boxabar böldi. Dastavval inlarini tark etgan tevarakdagi mayda jonivorlarning qattiq bezovtalanişidan halizamon nimadir sodir bölişini sezganday böldi. Söng esa…
Bu paytda Ena böri qursoğini çala çaynalgan etga töldirgan köyi ini tomon oşiqmoqda edi. Bolalarini oziqlantirib, söng özi ham andak orom oliş ilinjida edi. U toşloq muyulişdan jadal qayrilib, endigina iniga röbarö bölgan ham ediki, tuyqusdan oyoği ostidagi yer titrab, toğu toşlar qasir-qusur qilgança, tebranmoqqa tuşdi. Oqibat, köçkilar köçib, ulkan qoya – Burgutboşi poyi qiyalikdan qulagan toşlarga töldi va Söpoqning eng sönggi zurriyodlari bölmiş bolalari uning köz öngida toşlar tagida qolib, nobud böldi.
Bu paytda qavatida Tarxaş yöq edi. Tarxaşni bu yilgi qişda uçratdi. Allaqayerdandir yolğiz özi uloğib kelib qolgan va haliça urğoçi hidini tuyişga ulgurmagan bu böz böri Ena börining didiga unçalik ötirişmagan esa-da, ammo özidan nasl qoldirişdek qudratli tabiiy maylga böysinib, Tarxaş bilan juftlaşdi. Zehi butalar bilan qoplangan öngir törida joylaşgan uyadagi börivaççalar şu mosliqning birinçi zurriyodlari edi. Mana endi, ham bolalarini yolğiz özi parvarişlaş, ham Tarxaşning tayinbetayin qiliqlariga doimo köz-quloq bölib yurişga majbur edi.
Ena böri juftini kutişdan foyda yöqligini anglagaç, tağin yolğiz özi ovga jönarkan, bu safar şimoliy dovonni möljal tortdi.
* * *
Bola içini ötday yondirayotgan orzusiga tezroq yetişmoq öyida arçazor qiyalikka örlaganida, ertalabki salqin epkin tinib, köklam quyoşi endigina toğu toşlarni qizdirmoqqa tuşgandi.
U imi-jimida yuqorilarkan, pastda qolgan enasining har lahzada “qayoqqa” deb qolişidan hadiksirab, öz navbatida, nima, men sizga manqosi oqqan bolamidimki, hadeb bosgan qadamimni ölçayverasiz, demoqqa özini çoğlab, göyo kimgadir iddio qilganday, örlanib-sörlanib borardi. Holbuki, onasi ayrim jonsarak onalardek heç qaçon uning bosgan qadamini ölçamas, şunga köra, dilidagi rejasini pinhon tutgan holda, istagan bir bahonani rökaç qilib, qiyalikka tirmaşmoq uçun onasidan bemalol ruxsat olmoği mumkin edi. Biroq esini tanişi bilanoq, barça ovul bolalari kabi heç bir iznsiz qirma-qir, adirma-adir daydimoqqa odatlangan emasmi, xuddi qiz bola kabi onasidan ruxsat söramoqni öziga or deb bildi. Çunonçi, u endi gödak emas, şu yozda önni adoqlab, ön birga qadam qöyadi. Rayimqul bobosi aytmişli, yettidan sakrab, sakkizga manglay urgan öğil bola özini haqiqiy yigit sanamoği lozim ekan. Ana, otasi keçadan, yaylovga qadam qöyganidan beri avvalgidek şunçaki “ulim”lamay, oğzini töldirib “jigit”layapti-ku. Onasiga qolsa, u haliyam orqa etagi tugilgan bola… Axir bunga toqat qilib böladimi!
Biroq u kutgan keskin xitobdan hadeganda darak bölavermagaç, bola yerbağirlab ösgan serbutoq arça yonida bir zumga tin olib, ajabsinib, quyiga köz taşladi. Qarasaki, özi bilan birovning işi yöq, hamma öz işi bilan ovora – onasi ötovning öng biqinida, kelinçaklarday, ğayrat bilan kuvi pişmoqda, örmak beliga minib olgan Barno opasi qölidagi oğoç qiliçni gursa-gursa urib, har galgidek, berilib gilam töqimoqda, yiğloqi inisi esa ötov biqinidagi koptokni mazza qilib tepkilaş örniga, qiz boladayin, öçoqboşida sermalanib yuribdi. Buni körgan bola darrov quyidagi xulosaga keldi: “Bunaqada ikki toğ oşib ketsam-da, birov payqamasligi mumkin”. Biroq çuçvarani xöp xom sanagan ekan – navbatdagi arça poyiga yetib-yetmay, kerak onlarda, közi qolib, ensasi orqali köra oladigan onaning öktam ovozi izidan quvib yetdi.
– Berdiqul, köpam olislab ketma!
Buni sira kutmagan bola avvaliga bir qalqib tuşdi, söng quşday yengil tortdi, nega deganda, bu – “tuşov” emas, “izn” edi-da. Mana endi, öngu söliga qaramay, bemalol şataloq otmoği mumkin. Zero, bugun tongdan beri şuning ilinjida edi: dastlab suruv örnidan qözğalib ulgurmay, oyoğiga töp tepadigan yengil va qulay sport poyabzalini kiyib, avvaliga zör intiqlik bilan Ena böri yöliga köz tikdi. Ammo yirtqiçdan darak bölavermagaç, har safargidek, oftob yuz körsatmayoq, qötonni supurişga tuşgan opasiga göyo qaraşgan kişi bölib, astagina qöyniga qöl solib kördi. Qizdan Ena börini kunda emas, özi xohlagan kunida ötişini eşitgaç, hafsalasi pir bölib, qöra devoriga suyangança turib qoldi. Keyin özini qölga olib va xayolini bir yerga jamlab, dastlab qiyalikdagi arçazorga, söng uning tepasida burjli köhna qalʼa devori yangliğ böylanib turgan qönğir-qizğiş tusdagi qoyaga ğamnok termilarkan, içidan qirindi ötayotgan esa-da, baribir bolalarça orzulandi. Qani endi, şu tobda Ena böri yonidan ötib qolsa-yu, keçagiday qiyalikka örlasa, özi esa uni qoralab, albatta, sezdirmay, izidan tuşsa-da, anavi qoyaga kötarilib, uning qaysi öru görga kirganini aniqlab olsa. Bola nazarida, qoya orti örliklardan iborat bölib, böri ini öşa örliklardan birida joylaşgandi.
Bola şunga umid qilgandi.
Bolaga bu yumuş juda oson tuyulgandi.
– Köpam içikaverma, – deya bolaning xayolini böldi Barno. – Erta yo indin tağin ötib qolar. Bilmadim, uning nimasiga bunça qiziqib qolding. Menga heç bir qiziq joyi yöq. Jondorligini aytmasa, itga öxşaş bir jonzot-da…
Opasining bu qadar bepisand gapirişidan taajjublangan bola unga tikilgança, serrayib turaverdi.
– Siz undan heçam qörqmaysizmi? – dedi söng tilga kirib.
– Nimasidan qörqaman, – dedi qiz uni battar ajablantirib.
– Çindanam qörqmaysizmi?
– Yöq, heçam qörqmayman.
– Enam?..
– Enam uçun ham itdan nari-beri bir hayvon-da, – dedi qiz qayta işga tutinib. – Xohlasa urişadi, xohlasa erkalaydi… Qörqma, u bizga qotinmaydi.
Barnoning bu gap-sözlaridan öziça ruhlangan bola bu gal qoyaga özgaça bir nigoh bilan boqarkan, Ena börining kim-qaçon ötişini poylab-soylab ötirmay, hoziroq qoyaga kötarilişga ahd qildi. Biroq çatoq jihati, bu yerni toğu toş deb qöyibdi, bu işiga onasi monelik qilmasmikan?
Bola birdan sergak tortdi, qiziq, onasining ruxsat beriş-bermasligi neçun şu paytgaça xayoliga kelmadi? Bu haqda neçun avvalroq öylamadi?
Buning sababi quyidagiça edi: yarim tungaça, közi ilingunga qadar jajjigina börivaççani öylagan, tuşida esa uni quçib va erkalab çiqqan bola şu damgaça ötli istak, olovli jahd oğuşida edi. Bundan taşqari, omadi çopib, bugun böri bolalaridan birini qölga kiritar bölsa, ötovga qaytib ötirmay, tor dara orqali töğri ovuliga jönab qolmoqçi edi. Jondor bolasini kötarib borar bölsa, bobosi, neçun yaylovni taşlab kelding, demaydi, qaytamga uni maqtaydi. Momosi esa, turgan gap, voy, mengina ölay, buning kattargaç, işqilib, bizni yeb-yutib qöymaydimi, deya oh-voh qilgan böladi. Xullas, böri bolasini olib borganligi birpasda butun ovulga gap bölib, u çinakam qahramonga aylanadi.
Biroq bu tong Ena böri qora bermagaç, boz ustiga, opasidan uning qaçon ötişi notayinligini eşitgaç, barça rejalari bir soniyada sarobga aylanib, qaynoq jahdi muz tortgan va oqibatda, es-huşi joyiga kelib, onasining olovli feʼli dabdurustdan esiga tuşib qolgandi. Şunga köra, nonuştadan söng darrov qiyalikka intilmadi – şu atrofda tentib yurişiga enasini köniktirmoq uçun, öziça, avvaliga qoyatoşlar tevaragida öralaşdi, keyin bir neça muddat qötonda ivirsidi, söng yomğirdan keyin daştga qöziqorin tergani çiqqan bolakayday, bir maydon soylikda izğidi. Bir mahal bunday qarasaki, nima qilib nima qöyyapti, özi bilan birovning işi yöq – onasiyam, opasiyam özlarining kundalik yumuşlari bilan band. Bundan bolaning yomon ori qözidi: “Nima, öz erkida yurolmaydigan yoş bolamidim men!” – deya qayta jahdlanib, qiyalikka tirmaşgan joyi edi.
Şunga qaramay, baribir onasidan xavotirda edi.
Mana endi, yöl oçiq – istagança daydişi mumkin. Biroq bu – bemalol qoyaga tirmaşaver degani emasdi.
Şu bois, niyatini sezdirib qöymaslik vajidan, göyo şunçaki arçalar oralagan bölib, sekin-asta yuqorilay boşladi.
Bu orada dastlab yaqin tuyulgan qoyaning xiyla uzoqligidan ajablanib, toğda hamma narsa yaqin körinadi-ya, deb qöydi.
Arçalar ança pastda qolib ketgan ötovni közdan yaşirişgaç esa, ildamlaşga tuşdi. Biroq qiyalik u yurib örgangan qirlik emas – yuqorilaş xiyla noqulay edi. Bola past-baland arçalarni yonlab, katta-kiçik toşlarni oralab, tikanaklarga tilinib, uzoq-yaqindan dam-badamda sayrab qoladigan kakliklar ovoziga çalğib, öt-ölanlar orasi turli haşarotlarga mölligidan ajablanib, jadal yuqorilardi.
Qoya pastdan devordek tik va tekis köringan esa-da, ammo yuzasi enli-ensiz ungurlar bilan bejalgan, ingiçka yölakçalar ila tilimlangan ekan. Bola duç kelgan yölakçalardan biriga dadil tirmaşib, zumda qoya labidagi pakana arça poyiga yetarkan, qiziqsinib ortiga nazar taşladi va quyidagi ötovning yağir döppidek juda kiçirayib qolganini körib, avvaliga hayron böldi, söng esa ança olislab ketganini angladi. Ammo ötovdan uzoqlagan esa-da, qörada mörayotgan buzoqning ovozi nargi betdagi kakliklar sayroği kabi bemalol eşitilib turardi.
Bola bu haqda boş qotirib ötirmadi.
Zero, yöq-bor narsalar haqida boş qotirmoqqa na vaqti, na toqati bor edi. Boisi u özi uçun butunlay notaniş bölgan olam bösağasida turardi-da. Nazarida, bugun tongda köriniş bermagan Ena böri qoya tepasida çözilib yotgandek edi. Qisqasi, xayolida turli noxuş öylar ğujğon öynamoqda edi.
Bola arça butoqlaridan birini tutgança, quloğini ding qildi. Uzun-qisqa yötalib, tağin bir zumga tek qotdi.
Bola andak çöçib, hayajondan tizzalari qaltirab, qoya labiga birinçi qadamni qöydi. Ammo salgina yurmay, yaralangan quş yangliğ yer quçib yotgan çoğroq, kulrang qoyatoşga röbarö böldi. “Quş”ning öng qanoti issiq-sovuq taʼsirida çatnab, çetlari uvalanib tuşgan qönğir tusdagi örtaça xarsang hamda kiçkina butaga taqalgani bois, bola oyoği ostidagi maysalarni bosib-yançib, söl qanotdan aylanib ötarkan, özi kutmagan holda girdi va yuzasidagi taram-taram enli va ensiz yoriqlari dağal maysalar bilan qoplangan oç qizğiş tusdagi yassi toş, aniqroği, toşmaydon qarşisidan çiqdi va uning bu qadar kengligidan hayrati toshib, voy-böy, bemalol voleybol öynasa bölarkan-a, deb öyladi. Toşmaydon sahniga oyoq bosgaç, boyadan beri yuragini ğijimlayotgan hadikdan asar ham qolmadi.
Toşmaydon qoyaning eng yuqori nuqtasi bölib, şimolda u qöşni qoyaga bahuzur yelka tiragan holda janubga tomon sekin-asta qiyalanib, mağribdan maşriqqa çözilgan janubiy dovon poyidan örin olgan çuqur dara böyidagi ensiz yaşil sayhonlik sari, çamasi, bir çaqirimça örkaçlab borgan kiçik tizma – arçazor qiyalikning davomi bölmiş serbuta dönglikka iyak suyagandi. Bu dönglik Suvliqsoy vodiysi şarqiy sarhadining maʼlum bir bölagi, dara böyidagi ensiz sayhonlik esa qöşni Burmali vodiyga olib kiruvçi yölak – “darvoza”si hisoblanardi.
Bola toşmaydonni ildam kesib ötib, quyida yastanib yotgan Burmali vodiyga betlanarkan, köz öngida namoyon bölgan manzaradan yuragi orqasiga tortib ketdi. Bir-biriga mingaşib va çirmaşib ketgan katta-kiçik toşloq dönglik va öngirlardan iborat möjaz vodiy bağri tik va çuqur jarliklar bilan ham böyiga, ham eniga ayovsiz ravişda tilimlagan bölib, raftori sovuq, juda sovuq edi. Buni sira kutmagan va öziça bir tekisda taramlagan öngirlarga duç kelmoqni öylagan bola bu noxuş manzara qarşisida dong qotdi va bağri çuqur jarliklar ila tilkalangan bu manzildan jondor inini ming yilda ham qidirib topolmasligiga darrov amin böldi.
Bola vahimali tarzda qorayib turgan çuqur jarliklarga, ular tubidagi quyuq butalarga, misli qöriqçilardek qönqayib turgan turli tus, turfa hajmdagi qoyatoşlarga, qiyalanib va ungurlanib tuşgan öngirlarga birma-bir boqarkan, umidi birdan singan emasmi, vodiyning narigi betini çegaralab, köndalang tuşgan baland dönglikka, kökiş hovur oğuşida sirli yösinda yastanib yotgan past-baland tizmalarga, olisdagi qorli çöqqilarga ruhsiz nazar taşlab turgan ediki, kutilmaganda közi vodiyning dara böyi yalangligidagi kiçik tepaliklar orasida ğimirlayotgan qoraga, bu manzilda hamişa möl-köl bölmiş semiz-semiz yerteşar jonivorlarni ovlaş dardida yurgan Tarxaşga tuşib qoldi. Agar u arlon börini tasodifan ilğamaganida, jondor bolasini qölga kiritmoq özi öylagançalik oson emasligini fahmlab, bu niyatidan qaytgan bölarmidi? Yana kim biladi, har holda saldan keyin tepaliklardan biri ortida közdan ğoyib bölgan Tarxaş sabab, bola qaytadan jonlandi, Tarxaşni Ena böri gumon qilib, ah-ha, mana, ini qayerda ekan, deya özida yöq sevinib ketdi. Biroq ertalabki olovli jahdining aksi ölaroq, quyiga enmoqni xayoliga ham keltirmadi. Vaholanki jondor degani tulki emas, borib bemalol iniga qöl tiqsang. Boz ustiga, kim qaçonlardir jondorlarning şörini quritgan va bu işi bilan hozirga qadar davralarda maqtanib yurişni xuş köradigan qöşni ovullik Boyqul uzunning gurungi, sira kutilmaganda lop etib esiga tuşib qolsa böladimi: “…şu-u desangiz, boşda jondor uyasi qayerdaligini yaxşilab aniqlab oldim, söng ertasi pana yerni tanlab, şamol köziga teskari yotib oldim. Sovuqdan tanam uvişib, qança yotdim, bilmayman, ammo-lekin bir kadiça nosni otib tugatganim çin. Şu-u desangiz, bir mahal jondorlar jörtib ovga jönab qoldi. Qimir etmay yotaverdim. Qaçonki, jondorlar ikki-uç gaza oşib ketganiga könglim işongaç, yo pirim deya, uyasiga asta urib bordim, özim bilgan amalni qöllab, indagi bolalarini bitta qöymay qopga tiqdim…” Voqea davomi böri bolalari uçun ayançli yakun topgani bois bola bu yoğini eslagisi kelmaydi: “Yöq, jondor bolalariga sira ziyon yetkazmayman men, – deya öylaydi Boyqul uzunning qilmişi uçun kimdandir uzr söraganday. – Menga faqat bittasi kerak. Bittasini asrab olsam bas, qolgani bilan işim yöq…” Bola şularni xayolidan ötkazar ekan, bu orzu-niyati yölida sabrning etagidan mahkam tutmoqni, tutganda ham qöşqöllab tutmoqni yuragiga tugib, göyo hozir ini oğzida lömbillab öynab yurgan böri bolalarini ilğay oladigandek, kaftini manglayiga tutgança, tepaliklar tomon qayta-qayta nazar taşlaydi. Agar şu payt onasining xiyolgina elaslangan çorlovi tösatdan quloğiga çalinmaganida, u haliveri örnidan jilmas, turaverardi tepaliklarga tikilib. Çorlovdan söng darrov es-huşini jamlab, magar hozirroq iziga qaytmasa, keyingi urinişlariga onasi jiddiy tösiq bölmoğidan xavfsirab, tezda iziga qayrildi. Buning ustiga, bugungi harakati besamar ketmaganidan, yaʼni öziça jondor inini aniqlay olganidan köngli töq, dimoği çoğ edi. Buning ustiga, balandlikdan turib, bundan söng onasining köziça qoyaga tirmaşib yurmay, qöşni vodiyga “darvoza” orqali kiriş mumkinligini ham bilib olgandi.
(Davomi kelgusi sonda)
Normurod Norqobilov
1953-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tugatgan. “Zangori köl”, “Unutilgan qöşiq”, “Yuzma-yuz”, “Paxmoq”, “Bekatdagi oq uyça”, “Jöşqin daryo”, “Ovul oralagan böri”, “Böron qöpgan kun” kabi qissa va hikoyalardan iborat töplamlari, “Daştu dalalarda” va “Qoraquyun” romanlari naşr etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


