1 daqiqada öqiladi

244 marta körilgan

Bir kuni Mark Tven…

Mark Tven

Şyeʼr kötarib keldimikin?

Mark Tven işlayotgan tahririyatga bir kuni qurollangan bosqinçi kirib, tahdid qiladi:

– Qölingni kötar! Yo pulni berasan, yo ölasan! Qani, tezroq qimirla!

– Hayriyat-yey! – deydi muharrir kulib, – yana kimdir şeʼr kötarib keldimikin deb qörquvdim.

Imzoning özi keldi

Mark Tven gazetada muharrir edi. Kunlardan bir kun tahririyatga, çamasi, muharrirdan norozi bölib yurgan kimsadan bir oğizgina “Çöçqa” deb yozilgan xat keladi. Ertasi kuni gazetada muharrirning öşa xatga yozilgan şunday javobi eʼlon qilinadi:

“Tahririyatimizga köpinça imzosiz xatlar kelib turadi. Ammo kuni keça birinçi marta faqat imzoning özi keldi”.

Qaroqçining uzri

Mark Tven oqşomda uyiga qaytayotgan edi. Pastqam bir joyda nomaʼlum kişi uni töxtatib, köksiga töpponça tiraydi:

– Soatni çiqar!

Yozuvçi qaroqçiga sinçiklab tikiladi:

– Soatni ötgan hafta olgansiz!

– Keçirasiz, – deydi qaroqçi, – bu orada yangisini olgan bölsangiz kerak deb öylovdim.

Javob xat

Mark Tven bir gazetada muharrir ekanida tahririyatga kelgan yaroqsiz qölyozmalardan rosa bezor böladi. Şunaqa qölyozmani yuborgan muallifga bir kuni ğalati javob yuboradi: “Aziz döstim! Ming afsuski, gazetamiz sahifalarida joy yetişmaganligi uçun asaringizni bosolmadik. Ammo siz umidsizlanmang. Yaqin orada tahririyatimiz keraksiz qoğozlar solib qöyiladigan bir neça katta qop sotib olmoqçi. Öşanda bajonidil asarlaringizni öşa qoplarga joylab qöyamiz”.

Şodmon Otabek tarjimasi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (1)

  1. karaman

    Oran gowy şorta sozler

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)