8 daqiqada öqiladi

338 marta körilgan

“Farhod va Şirin” Ukrainaga yöl oldi

“Farhod va Şirin” Ukrainaga yöl oldi

Navqiron döstim!

Garçi, maqola ukrain tilida yozilgan bölsa-da, siz uni özbek tilida öqib turibsiz. Umid qilamanki, kun kelib, özbek va ukrain xalqlarining döstligi şu darajaga yetadiki, tilmoç va tarjimonlarga hojat qolmaydi.

Yoşi va martabasidan qatʼi nazar, har bir insonning hayotida şunday hodisalar yuz beradiki, ularni bemalol taqdir belgisi qatoriga kiritiş mumkin. Odatda, bu hodisalar inson hayotida yorqin iz qoldiradi, baʼzida oilaviy xotiralar sifatida avloddan avlodga ötadi.

Şunday bir vaziyatni tasavvur qilib köring. Ön yildan oşdi – Ukrainaning “ADEF-Ukraina” naşriyoti “Ukraina” jamğarmasi bilan birgalikda noodatiy loyiha – Şota Rustavelining “Yölbars terisini yopingan pahlavon” dostonini ukrain va gruzin tillaridagi naşrini tayyorlaşga kirişdi. Bu işga “Pahlavon”ning gruzin tilidagi ilk bosma naşrining 300-yilligi asos böldi. Gruziya Fanlar akademiyasi bilan “ADEF-Ukraina” naşriyot uyining hamkorlikdagi uç yillik sermaşaqqat işi muvaffaqiyat bilan yakunlanadi: mazkur ikki tilli naşr XII asrga mansub “Yölbars terisini yopingan pahlavon” dostonining xorijiy tillardagi eng yaxşi (Gruziya tomonining fikriga köra) va eng işonçli naşri sifatida tan olindi.

“Ukraina” jamğarmasidagi yangi kitobning taqdimotida men va Alla Istomina Özbekistonning Ukrainadagi Favqulodda va muxtor elçisi janob Alişer Abdualiyev bilan uçraşib qoldik. Aynan mana şu uçraşuv XV asrning yana bir fundamental asarining yangi naşrida muhim ahamiyat kasb etdi.

Uçraşuv tasodifiy xarakterga ega edi, deb ham aytiş mumkin-ku, lekin donolar aytmiş – “har bir tasodifda zarurat yotadi”. Tağin bu zaruratga, hayotning özi körsatib turganidek, uçraşuv iştirokçilarining yuksak darajadagi zavq va iştiyoqi qöşildi. Gap gapga ulanib, birinçi uçraşuvning özidayoq Alişer Navoiyning “Farhod va Şirin” dostoni naşr loyihasi – asarning ukrain, özbek va eski özbek tilidagi talqinlari deyarli tayyor böldi. Bu yoğiga uni naşrga tayyorlab, çop etiş qoldi, xolos.

Özgaça dunyo qaraşga ega yoş öquvçilarimiz uçun mazkur holat umuman haqiqatdan yiroq, ğayrioddiy bölib tuyulişi mumkin. Zero, XV asr özbek adabiyotining mumtoz siymosi va uning qahramonlari qayerdayu, özining butunlay boşqa anʼana va mentalitetiga ega Ukraina qayerda?

Oçiğini ayta qolay, atrof-olamga bölgan “moddiyunça” munosabat bilan uşbu loyiha iştirokçilarining holatini tuşuniş ham, tuşuntiriş ham amrimahol. Ustiga ustak, yuksak ideallar, mehr-muhabbat kabi ilohiy tuşunçalar bilan yöğrilgan insonning ruhoniy-maʼnaviy dunyosi boşlangan yerda zamonaviy pragmatizm nomaqbuldir, qolaversa, doimo mağlubiyatga uçraydi. Alişer Navoiyning ijodi esa – nafaqat falsafa kvintessensiyasi, balki hayotning ruhoniy-maʼnaviy tarkibini taşkil etuvçi olamdir.

Bu loyihada odatdagi “moddiyunça” rağbat yöq edi. Loyihaning har bir “mötabar ahdlaşuvçi tomonlar”i Ukraina uçun ham, Özbekiston uçun ham “zarur va muhim” jabhalarni amalga oşirişga harakat qilgan ekan. Natija oldindan maʼlum edi, yaʼni u muvaffaqiyatli yakun edi.

Aynan “Farhod va Şirin”ni tanlab olişimizga asarning 1947-yildayoq uluğ ukrain şoiri Nikolay Platonoviç Bajan tomonidan ukrain tiliga ögirilgani va asarning tarjima bazasi tayyor ekani sabab bölgandi. Bundan taşqari, Bajanning tarjimalari, şak-şubhasiz, sanʼatdir.

Umuman olganda, boşlanişida loyiha juda yengilday tuyuldi: “osongina” tahrir qiliş, dizayn va “çop etişga topşiriş” qolganday edi. Lekin, kundalik hayotda bölganidek, oddiy taşabbus közga taşlanmagan holda murakkab jarayonga evriladi. Keling, hammasini bir boşidan boşlay.

Dostonning asliyatini tanlaş va işni taşkillaştiriş uçun öşa uçraşuvdan bir hafta ötib men Toşkentga uçdim. Elçi Alişer Abdualiyevning iltimosiga köra, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alişer Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida men muzey direktori, professor Saidbek Hasanov, akademik Aziz Qayumov, Til va adabiyot instituti direktori, professor Nizomiddin Mahmudov, professor Ibrohim Haqqulov, muzey jamğarmasi saqlovçisi Jaloliddin Jörayev, “Jahon adabiyoti” jurnalining sobiq boş muharriri Şuhrat Rizayev bilan uçraşib yangi naşrni birgalikda muhokama qildik. Barça mazkur xayrli işga ozmi-köpmi öz hissasini qöşişga, hamkorlik qilişga tayyor edi. Şu tariqa biz ilk uçraşuvdayoq hamkorlikdagi işlar rejasini kelişib oldik. Bunga köra, “Farhod va Şirin” dostonining yangi naşri uç muhim şartga asoslanişi kerak:

– doston qölyozmasi original, yuksak badiiy bezakka ega bölişi lozim;

– aynan mana şu qölyozma ukrain tiliga tarjima qilinişi (rus tiliga sözma-söz tarjima qilinişi, undan söng ukrainça matni tayyorlanişi);

– Bajanning tarjima matnlari batafsil qiyosiy tahlil etilişi lozim.

Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasidagi hamkasblar işning özlariga tegişli qismini tez surʼatda bajarib berişdi. Alişer Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi fondida Ibn Abu Mukarram Abdulvahhob al-Hijoziy köçirib olgan (hijriy 988-yil, rabiʼ ul-avval oyining 11 sanasi yoki qamariy 1580-yil 26 aprel) “Farhod va Şirin” qölyozmasining skaner qilingan nusxasi bizga berildi.

To biz Kiyevda kitobning maketini tayyorlagunimizça, Toşkentda Saidbek Hasanov, Qodir Ergaşev, Vahob Rahmonov iştirokidagi tarjimonlar guruhi matnning rus tiliga sözma-söz tarjimasi bilan şuğullanişdi. Qönğiroq jiringlab, uzoq kutilgan “Hammasi tayyor böldi”, degan xabar bölişi bilanoq “ADEF-Ukraina”ning tahririyat xodimlari – Alla Istomina, Ruslan Kobis va kaminadan iborat naşriyot guruhi va Sergey Yeseninning şeʼrlarini mahorat ila ukrain tiliga ögirgan maşhur ukrainalik şoir Boris Çip Toşkentga yöl oldik.

Dastlab iş silliq ketayotgan edi. Kitobni tayyorlaş uçun barça zarur materiallarga ega böldik, kitob dizayni va muqovasi kelişib olindi. Biroq qiyosiy tahlilda tafovutlar közga taşlanaverdi. Ayniqsa, Allohning nomi tilga olingan joylarda bu yaqqol közga taşlanardi.

Baʼzida loyihadan voz keçişga rozi bölgan paytlarimiz ham böldi, ammo… Bugun yaxşi anglaymizki, 1947-yili Sobiq ittifoqning ideologik doktrinasining asosiy pozitsiyasi Xudoni inkor etişga asoslangan edi. Nikolay Bajanning tarjimalarida Xudoning yöqligi ham – zamonga böysunişdan boşqa narsa emas. Ammo-lekin Alloh taolo Alişer Navoiyning barça asarlarida tilga olingan. Binobarin, “Farhod va Şirin” dostonidagi asosiy ğoyalardan biri – muhabbat va döstlik – Allohning bandalariga inʼomi ekanligidir.

Xullas, “osongina tahrir” jarayonida biz “tarixiy haqiqatni konseptual tiklaş” bilan şuğullanişga majbur böldik. Yaşirib ötirmayman, bu öziga xos kaşfiyot butun jamoaga yangi ijodiy ilhom berdi: biz taklif qilgan iş algoritmi işonçli bölib, töğri yölda edik.

Ana şundan keyingina matn asliyati va uning tarjimasidagi bandlar soni aniq-tiniq mos kelişiga erişdik. Işning kölami kengayişi munosabati bilan Boris Çip Toşkentda yana ikki oy qolib, yetişmayotgan bandlar tarjimasi bilan şuğullanadigan böldi.

Nikolay Platonoviç Bajandagi “ğoyaviy tafovut”larga qaramasdan, biz “Farhod va Şirin”ning yangi tarjimasida aruzning uslubi, qofiya va hijolariga ergaşişga qaror qildik. Bu bizning uluğ ukrain farzandining mohirona işiga minnatdorligimiz edi.

Oradan ikki oy ötib, Boris Çipni Kiyev aeroportida Alişer Navoiyning “Farhod va Şirin” dostonini xorijiy tildagi eng töliq variantining qoralamasi bilan kutib oldik. Zero, bu tarjima aynan ukrain tilida ekanligidan faxrlanamiz!

Keyin yarim yildan köproq vaqt davomida şeʼriy tarjima matnning tahrir işlari davom etdi, bir yilga yaqin muddatda dizaynerlar, muharrirlar va kitobni tayyorlaşda iştirok etganlarning serdiqqat va sermaşaqqat işlari yakunlanib qoldi.

Taklif etilgan dizayn borasida ham bir-ikki oğiz söz aytsak. Zamonaviy öquvçini Alişer Navoiy darajasidagi mumtoz siymolar asarlariga jalb etiş oson iş emas. Bunday holatlarda dizayn öta muhim örin tutadi.

Şu bois kitobni tayyorlaşda öquvçini Qadim Şarqqa “eltadigan” dizaynni qöllaşga qaror qilindi: bezak berişning asosiy qismi asliyatdagi qölyozma şaklida qoldi, qolaversa, kitobning har bir sahifasiga maxsus bezaklar qöşimça qilindi, muqova ğilofi milliy naqşlar, maxsus zarqoğoz bilan boyitildi.

2016-yilning may oyida Alişer Navoiyning “Farhod va Şirin” dostonining uç tildagi maketi tayyor böldi, endi kitobni bosiş işlariga ham ötilsa bölardi.

“Farhod va Şirin” dostonining “dastlabki bosma qoğozlari” tantanasi 2016-yilning 16 mayida Buça şahridagi (Kiyevdan 30 km. narida) korxonamizda bölib ötdi. Biz bu bayramga Özbekiston Respublikasi elçisi, naşr loyihasining mualliflaridan biri janob Alişer Abdualiyevni taklif qildik.

Töğri, muşakbozlik, TV-reportajlar, tantanali yiğilişlar bölgani yöq, lekin Alla, Alişer va kaminaning – uşbu hodisaning asosiy sababçilarining kayfiyati toğdek kötarilib, iç-içimizdan his etdikki, ehtimolki, bugungi kun uçun emas, balki bizning mehnatimizni tuşunib, munosib baho beradigan odamlar paydo böladigan istiqbol uçun biz ğoyat muhim işni amalga oşirdik.

Gözal va biz uçun qadrli bölgan 300 nusxadagi Alişer Navoiyning “Farhod va Şirin” kitobini omborimizga topşiriş bilan “işlab çiqarişdagi behalovatliklar”imiz yakunlandi. Uzoq davom etgan jiddiy işdan söng xuddi bizni unutib qöyişgandek jimjitlik paydo böldi.

Lekin bu xato öy edi. 2016-yilning 17 dekabrida Özbekistonning Kiyevdagi elçixonasida Alişer Navoiy tavalludining 575-yilligiga bağişlangan tantana va ilmiy-amaliy konferensiya ötkazildi.

Biz, yaxşi bilardikki, bu barça tantanavor tadbirlar – Özbekiston tomonining va şaxsan janob Elçi A.Abdualiyevning şarofati ila amalga oşirildi.

Şunday bölsa-da, bizni bayramning vakillik tarkibi lol qoldirdi: Özbekiston va Ukraina Respublikasi ilm-fani, madaniyati va sanʼatining atoqli namoyandalari, Prezident administratsiyasi, TIV, Madaniyat vazirligi, Ukraina Milliy Fanlar akademiyasi vakillari, 20 ta xorijiy mamlakatlarning diplomatik korpus vakillari, Ukrainaning turli oliygohlari talabalari, OAV vakillari, şuningdek, özbek diasporasi va özbek talaba yoşlari. Ular orasida Özbekiston Respublikasidagi yetakçi navoiyşunos, Özbekiston Qahramoni, professor Suyima Ğaniyeva, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alişer Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyi direktori, professor Saidbek Hasanov, Toşkent pedagogika universiteti kafedra mudiri, professor Karomat Mullaxöjayeva, Ukraina Qahramoni, Ukraina Milliy Fanlar akademiyasi akademiklari Ivan Dzyuba va Boris Oleynik, Ukrain tili va adabiyoti instituti direktori, professor Pavel Gritsenko va boşqalar ham bor edi.

Elçi janoblari A.Abdualiyev özining nutqida uşbu loyihaning barça taşabbuskorlari va iştirokçilariga qisqa vaqt içida (tört yildan oşiqroq!) bir butun bölib atoqli Ukraina şoiri Nikolay Bajanning işi – Navoiyning “Farhod va Şirin” dostonini ukrain tilidagi tarjimasini mantiqiy yakunlay olişdek halol mehnatlariga taşakkur bildirdi.

Yana köplab çiqişlar va tabriklar bölib ötdi, ammo-lekin samimiyat, özbekona mehmondöstlik bayramga çinakamiga unutilmas şukuh berdi…

Maqola boşida aytib ötganimdek, tasodif meni uluğ iş sari yetakladi. Özbeklarning yana bir katta şoiri Usmon Nosirning şunday misralari bor:

Keyin bilsam, tasodiflar zarur ekan,

Hodisani yetaklarkan sababiyat.

Çindan ham, tasodif sabab katta hodisa – uluğ mutafakkir Alişer Navoiyning işq, vatanparvarlik, odamiylik kabi uluğ tuşunçalar tarannum etilgan gözal dostonidan mening yurtdoşlarim ham bahramand böldi. Şu işda ozmi-köpmi hissam borligidan baxtiyorman.

 

Igor Şpak

“ADEF-Ukraina” naşriyot uyi direktori. Kiyev, Ukraina.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)