(Qissa)
Adirda ötlab yurgan mollarga Avaz qarab turadigan bölgaç, bolalar çuvillab tepalikka kötarilişdi.
Sobir beliga boğlangan arqonni yeçib, sarğaygan maysalar ustiga uzun qilib taşladi. Qolganlar mana şu öziga xos start çiziğiga yumalatib kelingan traktor balonlari içiga Usmon bilan Eralining joylaşib olişiga kömaklaşişdi.
Sobir bir qölini yuqoriga kötarib buyruq berdi:
– Diqqat! Közni yumiş yöq. Bir, ikki, uç… yetti… Ketdi!
Balonlar kuç bilan quyiga yumalatib yuborilgaç, bolalar baqir-çaqir bilan ularning ortidan çopişdi.
Yölidagi döngçalarga, toşlarga urilib, sakrayotgan balonlarning tezligi tobora oşib borardi. Ularning içida ğujanak bölib ketayotgan, köz oldilarida yeru osmon şiddat bilan aylanayotgan Usmon bilan Eraliga havas qilib bölmasdi.
Nihoyat balonlar yalanglikka tuşib kelgaç, tezligi pasaydi, çayqalib, maysalar ustiga quladi. Ularning içidan Usmon bilan Erali gandiraklab çiqib kelişdi. Biroq hali sinov tugamagan edi. Sobir arqonni yana yerga taşladi:
– Yetti qadam. Töğri ötgan yutadi. Boşladik!
Turgan örnida çayqalib ketayotgan Usmon arqonni bosib yura boşladi, Erali unga ergaşdi. Bolalar ğala-ğovur bilan dalda berişardi:
– Böl!.. Oz qoldi, Usmon!.. Oldinga qara, Erali!..
Arqonning yarmiga yetganda Usmon gandiraklab, bir tomonga surilib ketdi, oyoği çalişib, yerga ötirib qoldi. Bolalar afsuslanib ğuvranişdi:
– Eh-h… Yetay deganding-a!..
Erali qiynalib bölsa ham töğri yurişda davom etdi. Nafasi içiga tuşib ketgan bolalar endi unga diqqat bilan qarab turişardi. Axiyri Erali arqonning oxiriga yetib keldi, hansirab, çuqur nafas olgaç, engaşib, qöllarini tizzasiga tiradi. Bolalarning şodon hayqiriqlari yangradi:
– Qoyil!.. Dorboz bölib ket-e!
Jahldan rangi kökarib ketgan Usmon jöraboşiga im qoqqandi, buni tuşungan Sobir darhol qölini kötardi:
– Jim! Hali öyin tugamadi! Bu birinçi tur edi.
– Qanaqasiga? – hayron bölib söradi Tursun.
– Şunaqasiga! Ikkinçi tur Ajinaköprikda!
Buni eşitgan Eralining seskanib ketganini zimdan kuzatib turgan Usmon mamnun bölib, örnidan turdi.
– Mayli, ketdik emasa.
Erali dovdirab qoldi:
– Yöq… men bormayman. Biz… biz bunga kelişmagandik.
Sobir öz bilganida turib oldi:
– Kelişgandik. Quloqni tozalab yuriş kerak, jöra!
Erali atrofga noçor alangladi:
– Men… molga qaraşim kerak.
Usmon adirda tayoqqa suyanib ötirgan bolakayga qarab qiçqirdi:
– Avaz!
Avaz kaftini soyabon qilib şu tarafga ögirildi:
– Nima deysiz?
– Yana bir soat qarab tursang, “kola”ga qöşib ikkita morojniy ham oberaman.
Avaz xursand bölib joyida irğişladi:
– Qoğozga öralganidanmi?
– Öralganidan.
– Böpti!
Sobir Eraliga qaradi:
– Mana, masala hal böldi. Endi borasan-a?
Esankirab qolgan Erali zör berib jöyaliroq sabab qidirardi:
– E, yöq… men… haligi…
– Söqişda qoçiş bölmaydi, jöra, mard bölsang oxirigaça turib ber, – nasihatomuz ohangga ötgan jöraboşi tösatdan bolalarga keskin buyruq berdi: – Oldik!
Navbatdagi musobaqa zavqini öylab hayajonga tuşgan bolalar jon-jahdi bilan qarşilik körsatişga urinayotgan Eralini toğ tomonga sudraklab olib ketişdi.
Bir zamonlar, aniqroği bundan yarim asrça muqaddam haşar yöli bilan toğ yonbağridagi keng va çuqur jarlik ustiga yoğoç-taxtalardan omonat osma köprik qurilgan. Vaqt ötişi bilan yoğoçlari çirib, arqonlari quruqşab-mörtlaşa boşlagan köprik har Yilboşida oqsoqollar rahbarligida amal-taqal taʼmirlab qöyilardi. Biroq ön beş yilça bölib qoldi, beş-olti çaqirim pastga zamonaviy temir-beton köprik qurildiyu, bunisiga ehtiyoj qolmadi. Tubsiz jar ustida lopillab qolgan, taxta-yoğoçlarini öt-ösimlik bosgan, şamol esgan mahallari ojizona ğiyqillab qöyadigan köprik kattalarga bolalarni qörqitiş vositasi bölib qoldi: “U tomonga borma, ajinalar bor… Ajina yiğlab çaqiradi-da, keyin seni aldab olib ketib qoladi…” va hokazo. Alaloqibat unut köprik şu vahimali gap-sözlarga mutanosib tarzda “Ajinaköprik” deb atala boşlandi.
Mana şu köprik yonida gerdaygan Usmon bilan rangi quv öçgan Eralini qoldirgan bolalar ikki-uç qadam ortga çekinişdi.
– Diqqat! – eʼlon qildi Sobir. – U boşiga birinçi bölib borib kelgan yutadi! Bir, ikki, uç… yetdi… Ketdi!
Usmon birinçi qadamini qöygan palladayoq köprik vahimali lopillab ketdi. U ehtiyotkorlik bilan yurişda davom etarkan, ortiga ögirilib, Eraliga mazaxomuz qaradi:
– Marhamat, örtoq!
Közlari olayib, peşonasiga sovuq ter toşgan Eralining noiloj köprikka qadam qöyganini körgan Usmon atay çayqalib ketganday bölib, köprikni qattiqroq lopillatdi. Qörqayotganini sezdirmaslikka uringan köyi ikkinçi, keyin uçinçi qadamini bosgan Erali beixtiyor quyiga qaradiyu, tubsiz jarni körib, boşi aylanib ketdi.
Tursunali qöllarini kövaça qilib baqirdi:
– Jöra, pastga qarama! Qarama pastga…
Erali şoşib boşini kötarib öziga hamon mazaxomuz tikilib turgan raqibini körgaç, omonat köprik çetidagi arqondan mahkam uşlagança yurişda davom etdi.
Qadamini tezlaştirgan Usmon Erali masofaning yarmiga yetganida köprikni yanada qattiqroq lopillatib yubordi. Yiqilib tuşişiga bir bahya qolgan Erali jon holatda çökkalab ötirib qoldi, arqonga yopişib, dahşat oğuşida quyiga qaradi.
Bolalar çuvillaşdi:
– Yutqazdi!.. Yutqazdi!.. Tur!.. Pastga qarama…
Erali örnidan turişga urindi, ammo oyoqlari qaltirab, buni eplolmadi. Bu orada jarning narigi labiga borib qaytayotgan Usmon uning yonida töxtab, engaşdi-da, nafrat va ğazab bilan, tişlari orasidan şivirladi:
– Agar yana bir marta Nafisaning oldida körsam, öliging şu yerda qoladi! – Şu tahdiddan keyin u jilmayib, qölini uzatdi, baland ovozda söradi: – Yordamlaşvoraymi, örtoq?
Erali qölini çözgan mahal Usmonning keskin harakati bois köprik yana lopilladi. Usmon darhol qölini tortib olib, atrofga alangladi va vahima bilan dedi:
– Yoğoçlari çirib ketibdi. Ikki kişini kötarolmaydi-yov.
Usmon çaqqonlik bilan Eralining yonidan sirğalib ötdi va bolalarning şovqinli daldalari ostida ildam yurib köprik boşiga, joylarida sakrab “Ura!” deb baqirayotgan bolalar yoniga keldi.
Sobir Usmonning qölini baland kötardi:
– Usmon yutdi!
Bolalar jör bölişdi:
– Usmon yutdi!.. Yutdi!.. – Kimlardir mağlub tomonni mazaxlaşga ötdi: – Erali – qiz bola! Qiz bola!..
Sobir qölini kötarib, hammani jim qildi:
– Qizlarni haqorat qilmanglar! Men aniq bilaman, bu köprikdan qizlaram bemalol ötadi! Ikkita otni kötaradi bu…
Tursunali jahl bilan jöraboşining gapini böldi:
– Böldida-ey endi! – Söng Eraliga ögirildi: – Erali, qayt endi.
Sobir mağlubning ustidan kulişda davom etdi:
– Yo yordamlaşvoraylikmi, jöra?
Erali arang javob qaytara oldi:
– Yöq… özim…
Usmon közoynagini töğrilab olib, baland ovozda eʼlon qildi:
– Mendan hammaga morojniy! Ikkitadan!
– Ure-ye-ye!.. Ketdik!
Bolalar Usmon boşçiligida pastga çopişdi. Yolğiz özi köprik örtasida qolgan Erali şunça qaramayman desa ham baribir tubsiz jardan nigohini uzolmas, nimadir, irodasidan, ong-şuuridan ham kuçliroq bir kuç uni pastga çorlayotgandek, avrab-imlayotgandek, mudhiş xotirani köz öngida namoyon qilayotgandek edi.
Öşanda kuz edi. Namozşom palla ota-bola töydan qaytişdi. Toğ yonbağriga yaqinlaşganlari mahal izğirin şamol esib, kökda momoqaldiroq gumburladi. Qaşqa hurkib ketdi. Ğani aka jilovni tortib, uni tinçlantirişga urindi:
– Ha, jonivor-a… Özi şu töyga oyoğim tortmagandi-ya…
Tösatdan jala quyib berdi. Ota-bola birpasda ivib ketişdi. Tişlari takillayotgan Erali bazör gapira oldi:
– Oz qoldi, ota.
Ğani aka toqqa tomonga taşvişlanib qarab qöydi:
– Işqilib, köçki-pöçki kep qolmasin-da… Yölni kesib çiqmasak bölmaydiganga öxşaydi, ulim.
Çaqmoq çaqdiyu, uning bir lahzalik yoruğida toğdan şiddat bilan tuşib kelayotgan qora köçki körindi. Ğani aka vahimaga tuşib:
– Erali, mahkam uşla! – deya baqirgança otiga qamçi bosdi: – Çu! Çu, jonivor!..
Erali otasining belidan quçoqlab oldi. Qaşqa sirpançiq yölda yelib ketdi. Navbatdagi çaqmoq yoruğida köçki ança yaqinlaşib qolgani körindi. To beton köprikka qadar yetib borolmasliklari ravşan edi.
– Ajinaköprikdan ötamiz! – degan qarorga keldi Ğani aka. – Meni mahkam uşla!
Erali: “Ota!” – deyişga ulgurdi, xolos. Ğani aka Qaşqani köprik tomon qayirib, qamçi urdi.
Ot Ajinaköprikka yetib kelgan mahal birdan töxtab, ayançli kişnadi, ikkala oyoğini yuqoriga kötardi. Ğani aka Qaşqani boş-közi aralaş ayovsiz qamçilayverdi:
– Çu! Çu deyman!
Bu zarbalarga çiday olmagan ot özini Ajinaköprikka otdiyu, lopillayotgan osma köprikdan toyib-surinib ötayotib, narigi qirğoqqa yetay degan mahal munkib ketdi. Ğani aka Qaşqadan uçib ketguday bölgan Eralini jon-jahdi bilan uşlab qoldi. Ot gavdasining bir qismi pastga, tubsiz jarga osildi.
Erali çinqirib yubordi:
– Ota!
– Hozir, bolam, hozir. Qörqma! Faqat sen qörqma!..
Ğani aka Qaşqaning gavdasi tobora jar tomon siljib borayotganini körib-sezib turardi. Şu bois ota jon alpozda Eralining bilagidan çangallab, uloqni raqibidan tortib olganday örnidan yulqib oldi va qirğoqqa qarab otdi:
– Yo pirim!..
Erali loy qirğoqqa uçib kelib tuşdi. Biroq bu harakat otning gavdasi yanada köproq jar tomonga osilişiga sabab böldi. Ğani aka oyoğini uzangidan çiqarmoqçi böldi, ammo ikkinçi oyoğini Qaşqaning gavdasi bosib qolganini körib urinişi benaf ekanini sezdi.
Ğani aka momoqaldiroğu çaqmoq ovozlarini bosguday bölib baqirdi:
– Qoç, bolam! Qirğoq öpirilib ketadi! Qoç…
Qaşqa gavdasini tutib turolmadi: tubsiz jarga quladi. Otga qöşilib Ğani aka ham pastga uçdi.
Otaning tobora susayib borayotgan ovozi eşitildi:
– Qoç, bolam…
Nogoh çaqmoq çaqdi va Erali dahşat içida közlari olayib quyiga şiddat bilan uçib borayotgan, ammo hamon zör berib öğlini xavfdan qutqarişga urinib baqirayotgan otasini aniq-tiniq kördi.
– Ota-a-a!..
Hamon osma köprik örtasida, qalt-qalt titragança çökkalab ötirgan, baayni qandaydir afsun izmida tubsiz jardan köz uzolmayotgan Eralining quloqlari tagida “Ota-a-a!..” degan sado yangradi. Hatto mana şu sadoda ham ösmirni jarlikning tubsiz qaʼriga, padari huzuriga çorlovçi makkorona ohanglar bordek edi. Bu istak, bu xohiş asta-sekinlik bilan uning butun qalbini, ongini örgimçak töridek egallab kela boşlagan sayin özni quyiga otmoq, hammasidan bir yöla qutulmoq, hammasiga bir yöla qöl siltab ketmoq, hammasidan bir yöla mosuvo bölmoq va ayni paytda barisiga birdaniga erişmoqlikdek ğayritabiiy, ehtimolki, qalbning qay bir olis puçmoğida, ong ostida ğimirlab qolgan, qörquv-vahimaga asoslangan ahd serhosil zaminga tuşgan uruğdek niş urib, barg çiqardi, oniy soniyalarning özida hosil ham bera boşladi. Bir qadam va hattoki qadam ham emas, özi jon-jahdi bilan çangallab olgan çirik arqonni qöyib yuborib, salgina surilsa bas, jar uzra bor-yöği bir neça lahzalik parvoz va söng hammasidan qutuladi… Hammasidan! Ö, bu balkim qançalar manfur istak bölib körinar, ammo uning makriga, jilosiga doş bermoqlikning özi böladimi?.. Ösmirning arqonni mahkam çangallagan qöllari öz-özidan böşaşa boşladi va ayni şu lahzada qaydandir boşqa bir, xavotirga töla taniş ovoz eşitilganday böldi: “Qörqma! Faqat sen qörqma!..” Ha, bu Ğani çavandozning – otasining ovozi edi. Özining jonini berib, uning jonini qutqargan otasining ovozi edi. Ovoz tobora kuçayardi. “Faqat sen qörqma!” Bu tiriklikka çorlov edi. Baayni quyoş nurlari quyuq tumanni tarqatib yuborganday, akaşak bölib qotib qolgan qöl-oyoqlariga asta-sekin jon baxş etgança jumlayi jahonda faqat şu xavotirli çorlovgina qoldi. Ovoz quloq pardalarni teşib yuborguday darajaga yetganida Erali ortiq çiday olmadi: höngrab yiğlagança najotkor qirğoq tomon emaklarkan, köz yoşlariga ğarq bölgan köyi tinmay nola qilardi:
– Ota… otajon…
* * *
Böyniga durbin osib, qöltiğiga albomini qistirib olgan Erali qişloq yölida tonggi şabadada eti junjikibgina xayol surib ketayotgandi, kutilmaganda qarşisidan öroq tutgan sinfdoşi Nafisa çiqib qoldi. Salom-alikdan söng qiz odatdagi:
– Yöl bölsin? – savolini berdi.
– Bir joyga boryotgandim. Xohlasang, seniyam oboraman, – şoşib javob qaytardi Erali.
– Qayerga, bilsak böladimi?
Erali aniq javobdan özini olib qoçdi:
– Aytsam, qiziği qolmaydi-da.
Qiz qölidagi öroqqa işora qildi:
– Öt örib kelişim kerak.
– Keyin özim yordamlaşvoraman.
– Hm-m… – Nafisa bir zum öylanib qoldi, keyin Erali qöltiğida tutib turgan albomga işora qildi: – Xotira daftarimi?
– Şunga öxşaşroq, – mujmal javob berdi Erali.
– Körsatsang, boraman.
– Körsataman, – vaʼda berdi Erali. – Faqat borgan yerimizda. Yur, Nafis.
– Mayli…
Kunbotar tarafda, qişloq hududidan narida kiçikroq aerodrom joylaşgandi. Erali qizni öşa yoqqa boşladi.
Ikkovlon aerodrom çekkasida, tizza böyi öt-ölanlar orasiga yotib olib kiçik samolyot bilan vertolyotlarni rosa tomoşa qilişdi. Erali albomiga samolyot rasmini çiza boşladi. Qizning qölidan durbin tuşmasdi:
– Vuy, zör ekan!
Erali maʼqulladi:
– Zör, zör…
Nafisa albomga qaradi:
– Hammasini özing çizganmisan?
– Yöq, jurnallardan olinganlariyam bor.
Erali albomni varaqlab körsatdi. Uning sahifalariga gazeta-jurnallardan qirqib olingan samolyotlar, vertolyotlar fotosuratlari yopiştirilgan. Köplab sahifalarda esa rangli qalamlar, böyoqlarda çizilgan rasmlar. Erali şavq bilan samolyotlar haqida bilganlarini gapira boşladi.
Tösatdan albom sahifasiga soya tuşdi. Erali ajablanib boşini kötardi. Ellik yoşlardagi, qorni töntarilgan qozonday semiz, yuzi oftobda qorayib ketgan, soçi taqir olingan, keng şlyapa kiygan şopmöylov Farmon fermer öz közlariga işonmayotganday bolalarga oçgan oğzini yopolmasdan, ajablanib qarab turardi.
– Hoy, bu nima qilganlaring, a? – nihoyat zabon bitdi fermerga. – Kuppa-kunduzi-ya!
Erali bilan Nafisa ilkis örinlaridan turişdi.
– Uyat-puyat bormi özi senlarda? – Farmon fermer qizning ğijim köylagiga şubhalanib qaradi. – Rosa, a…bir-birlaringni, a…
Erali tuşuntirişga urindi:
– Farmon aka, biz…
– Gapirma-ye, badbaxt! – öşqirib berdi fermer. – Hammasi körinib turibdi-ku. Sen bolani tanidim, rahmatli Ğani çavandozning ulisan! Bu qiliğingni körib, otang görida tik turgandir öziyam…
– Farmon aka…
– Gapirma, dedim! Gapirma-ye! Başarangga sovoraman! – Eraliga muşt öqtalib qöygan fermer endi Nafisa diqqat bilan tikildi. – Sen… sen kelbatingdan Soliha momoning nevarasiga öxşab turibsan. Hozir töppa-töğri momomning oldiga boraman-da, ustlaringdan çiqib qolganimni aytib beraman… Öziyam teringga somon tiqar, uyatsiz! Şu yoşingda ersirab qoldingma, a?
Bu gapni eşitib, yuzi lovullab ketgan Nafisa bir lahza kalovlanib-angrayib qoldi, keyin höngrab yiğlab, kaftlarini yuziga bosgança qişloq tomon çopib ketdi.
Qiz ortidan qarab qolgan Farmon fermer mamnun işşaydi:
– Qörqib ketdi. Aybi bor-da, aybi. – U Eraliga ögirildi. – Qani, Ğani jöramning uli, gapir-çi, pana-panada şuytib yuribsan ekan-da, a?
– Farmon aka…
– Gapirma, dedim! Gapirma-ye! Oğzingni oçsang sovoraman! Hozir tuvri milisaga boraman-da, barisini aytib beraman. Keyin nima böladi? – Fermer barmoqlarini panjara qilib körsatdi. – Tuvri mana bu yerga opketişadi! U yerda senga öxşaganlarni nima qilişlarini eşitganmiz, ha, eşitganmiz.
– Biz axir…
Ammo fermer Eralini oğiz oçgani qöymasdi:
– Öçir ovozingni-ye! – U maysalar ustida yotgan durbinni qöliga oldi. – Bu nima, videoga oladiganmi?
– Yöq. Binokl. Durbin.
– Ha. Bilamiz, bilamiz. – Farmon fermer durbinni köziga yaqin olib borib, qişloq tomonga qaradi. – Hali çopib ketyapti bu enağar. Yomon abjir ekanda buning, a? Momomning oldiga özim bormasam bölmaydi baribir. Bilib qöysin, qöynida ilon asrayotganini.
– Farmon aka. Iltimos…
Fermer durbinni böyniga osib oldi:
– Buni jiyanlaring öynar.
– Olavering…
Farmon fermer yana öşqirdi:
– Şu bilan qutulmoqçimisan hali? Sen bola bu yoqqa yur-çi…
Farmon fermer şoşa-pişa albom, öroqni qöliga olgan Eralini ğalla dalasiga boşlab ketdi. Darvoqe, Erali esladi: aerodromga tutaş dala şu kişiga qaraşli edi.
Ikki tomonida daraxtlar böy çözgan beton nov böyida dala şiyponi joylaşgan. Şiypon yonida çala quriliş: aftidan, alohida oşxona qurilmoqda.
Farmon fermer Eralini tuproq uyulgan xandaq yoniga boşlab kelib, avval böş paqirlarga, söng beton novga işora qildi:
– Suvni anov yerdan taşiysan. Loyni şunday qorib taşlaki, xamirday yumşoq bölsin. Uşlagan payting, hi-hi-hi, qiz bolaning çoçiday mayin bölsin. Tuşunding, a? Özim tekşirib köraman.
Erali tuproq uyumiga qaradi. Eh-he… Ammo na iloj.
– Böpti, – dedi u şimining poçasini qayirib, köylagini yeçarkan.
Fermer pisanda qilib qöydi:
– Haliyam otangning hurmatiga indamadim, bola… Bu yaxşiligimni unutmassan…
* * *
Şu bilan Erali yarim keçasi uyga burnidan tortsa yiqilguday ahvolda, qotib qolgan belini uşlagança bukçayib kirib keldi.
Ona-bola körpa qavib ötirişgan ekan. “Tiq” etsa eşikka qarayotgan Oygul xola sal yengil nafas oldi:
– Voy, bormisan, bolam? Kuni bilan qayoqda eding?
Erali arang gapira oldi:
– Farmon aka… haşarga çaqirgandi. Guvala quyişdim. Şunga…
Barmoğiga igna sançib olib, alamini kimdan olişni bilmay turgan Gulzoda tutab ketdi:
– Kallang işlaydimi sening? Haşar emiş! Bu yoqda şunça iş turgan payti-ya?! Sigiram oç qolib, kuni bilan möradi…
Oygul xola qizining gapini böldi:
– Qorning oçmi, bolam?
Gulzoda battar tutaqdi:
– Oyi, öylab gapiryapsizmi? Haşarga borgan odam qanaqasiga oç böladi? Zakaz somsa bilan oşni körgandan keyin uyniyam esdan çiqargan-da buningiz. Dalada yurgan moy yutadi, uyda yurgan qon yutadi özi… – Hovli çetidagi molxonaga tutaş usti yopiq ayvonga boğlangan oriq ola sigir ayançli möradi, unga buzoqçasi jör böldi. Gulzoda şu tarafga işora qildi: – Kördingmi? Şularning uvoli tutadi seni…
Opasining hali uzoq javraşini tuşunib turgan Erali şoşib oraga gap qöşdi:
– Men hozir, opa. Ikki boğ örib qöygandim. Esimdan çiqibdi. Yugurib borib olib kelaman.
Erali qölidagi Nafisaning öroği bilan qaytib ketarkan, deraza raxida turgan non bölagini sezdirmasdan olib, çöntagiga soldi. Harna-da.
Oygul xola öğliga açinib qaradi:
– Bir kun ming kun bölmas, bolam. Ertan boqib kelarsan.
Asabiy Gulzoda oyisini gap bilan qayirib taşladi:
– Siz hadeb erkatoyingizning yonini olavermang! Oç sigir sutdan qoladi… Bor, Erali, orqangga qayrilmasdan ketaver. Ovqating ham biroz hazm böladi…
* * *
Baribir bu “temir qanot”larning boşqaça mehrigiyosi bor-da. Ularni kuzatmaslik, ulardan hayratlanmaslik mumkin emas. Hayotda bitta ignani suvga taşlasang, çökadi-ketadi. Bu yerda esa tonna-tonna temir heç zöriqmasdan, ukpar misoli havoga kötariladi, bulutlar bağrida sayr etadi. Möjiza emasmi bu? Inson aql-zakovati çöpçakni haqiqatga aylantirişining isboti emasmi bu?.. Şularni boşqarayotgan odamlarning ham armoni bormikan?..
Erali aerodrom çekkasida, tizza böyi öt-ölanlar orasida yotib olgança samolyot-vertolyotlarni havas bilan tomoşa qilarkan, albomiga ularning rasmini çizişga urinadi.
Aerodrom biqinidagi ğalla dalasiga yaqin joyda yalang ötloqqa arqonlab qöyilgan sigiri bir siltanganida qoziq yerdan suğurilganiniyu, sigir ğalla dalasiga şoşganini maşğulotiga berilib ketgan Erali körmay-sezmay qoldi. Ammo tasodiflar zanjiri bugun ösmirga qarşi işlayotgandi. Kun issiqligiga qaramasdan qora kostyum-şim kiygan, enli böyinboğ taqqan vakil qora xizmat maşinasining ort örindiğida çang va terga botib kelayotgan mahali buğdoyga tuşgan sigirni körib qoldi-ku! Vakilning közlari kosasidan çiqib ketguday böldi. Bu nima degan gap axir?
– Töxtat-çi.
Maşina töxtadi. Vakil şoşmasdan maşinadan tuşib, çöntagidan yondaftarça bilan ruçkasini çiqardi. Bu issiqda dala boşiga vakildan boşqa kim ham kelardi? Maşhur maşinani körgan zahoti Farmon fermer dala şiyponidan oyoğini qöliga olib çopib keldi. Yuzidan duvillab ter quyilayotgan, harsillab nafas olayotgan fermer ikkala qölini köksiga qöygança, nim egildi:
– Assa…
Vakil dalaga işora qildi:
– Senikimi?
Fermer vakil körsatgan tomonga qaradi va buğdoy içida bemalol yurgan sigirni körib, jinoyat ustida qölga tuşganday tipirçilab qoldi:
– Yöq-yöq, ölipmanmi endi, upolnomoçen akajon. Bu…
Vakil yana fermerning gapini böldi:
– Qaysi vallomatniki bölsayam göştga topşirib yubor! Keçqurun liçno özimga dolojit qilasan!
Farmon fermer yanayam egildi:
– Xöp böladi, upolnomoçen akajon!.. Keling, bir piyola…
Fermerning gapi uçinçi marta keskin bölindi:
– Bu qaysi kontur?
– Yetmiş ikkinçi, upolnomoçen akajon…
Vakil daftarçasiga nimanidir qayd etib qöygaç, maşinaga ötirdi, qudratini namoyiş qilmoqçiday eşikni qarsillatib yopdi. Maşina quyuq çang kötargança yurib ketdi.
Maşina ança uzoqlaşgandan sönggina egik qaddini rostlagan Farmon fermer tişlari ğijirlab, atrofga alangladi. Şundoqqina tuproq yöl yonida xuddi buyurtma qilinganday kattagina söyil yotardi. Fermer söyilni azot kötargança sigirga otildi.
– Ha, harom qotgur!
Samolyot-vertolyotlarni közlari yonib tomoşa qilayotgan Eralining quloğiga nogoh sigirning ayançli möragani eşitilganday böldi. U uçib örnidan turib, şu tarafga ögirildi.
Dala boşida söyil bilan uning sigirining biqiniga qarsillatib urib, şiypon tomon haydab ketayotgan Farmon fermer körindi. Gap nimadaligini tuşunib, yuragi orqasiga tortib ketgan Erali şu tomonga otildi.
Erali quloçini keng yoygança Farmon fermerning yölini tösib, yalinib-yolvorişga tuşdi:
– Jon aka! Farmon aka! Bilmay qopman! Xayolim ketib qopti. Jon aka, qaytarib bering sigirimizni. Öla-ölgunimça xizmatingizni qilaman!
Farmon fermer oğzidan tupuk saçratib bökirdi:
– Sen ahmoqni deb Toşkentdan kelgan tekşiruvçining xatiga tuşdim! Ötga tuşdim, bola, ötga tuşdim! Yerimni op qöysa nima qilaman?! Hökimat u, oğzining bir yeli: oladi-qöyadi! Yerimga köz olaytirib, menga tiş qayrab yurgan qança!? Ataganini kimga berarini bilmay yurgan qança!? Şuni tuşunasanmi, sen esipast?! Men misqollab yiqqan obröni botmonlab soçding-ku, tentak!..
– Jon aka! Meni tiriklay öldirmang! Bering qaytarib… Jon aka! Aytgan işingizni qilaman… Qaytaring sigirimni…
Farmon fermer boş barmoğini ikkala barmoği orasiga tiqib körsatdi:
– Mana senga sigir! Nima, keçqurungi naryadda özimni topşiramanmi göştga?..
Farmon fermer sigirni haydab ketayotganini körgan Erali jon alpozda arqoniga yopişdi. Ğazabi qözib turgan fermer söyil bilan uning yelkasiga tuşiradi. Erali “voy” degança yelkasini çangallab bukçaydiyu, tuproq yölga “gurs” etib ötirib qoldi. U jon alpozda örnidan turişga urindi, ammo oyoqlari unga böysunmasdi.
Erali tizzalab bölsa ham fermerga yetib olişga jon-jahdi bilan harakat qildi:
– Jon aka… jon aka… Undan köra meni öldirib keting, jon aka… jon aka…
Fermer tezlikda uzoqlaşib borardi. Erali nogoh tizza böyi tuproqqa “gup” etib quladi va alam bilan boşiga muştlagança höngrab yiğlab yubordi:
– Ota… otajon…
Qoronğulik tuşgan mahal ariqda oqayotgan loyqa suvga yuz-qölini çayib olgan Erali uyga sudralib kirib keldi. Hovlidagi supada yoniga sut çelakni qöyib ötirgan Oygul xola örnidan turib, çelakni qöliga oldi. Eralini tanidi çoği, hovli çetidagi buzoqça şodon maʼradi.
– Çarçamadingmi, bolam? – mehribonlik bilan söradi Oygul xola.
– …
Oygul xola bir öğliga, bir darvozaga qaradi, sigir negadir körinavermasdi.
– Govmiş qani, bolam?
Erali boş egdi. Içkaridan çiqib kelgan Gulzoda ukasini gap bilan öyib oldi:
– Gapir, tilingni içingga yutganmisan?
Çekinişga boşqa yöl qöymagan edi. Erali oçiğini tan oldi:
– Buğdoyiga… tuşgan ekan… Farmon aka… Farmon aka göştga… topşirdi…
Oygul xolaning qölidan paqir tuşib ketdi, daranglagan ovozni Gulzodaning çinqiriği bosdi:
– A?
Bu yomon zarba edi. Telbavor ahvolga tuşgan, gapirolmasdan, negadir tinmay boş çayqayotgan Gulzoda paqirni yerdan olib ukasining ustiga aqldan ozgan kalxatday bostirib keldi-da, paqir bilan Eralining boşiga tuşirdi. Paqir yana daranglab ketdi. Şundan keyingina entikib nafas olgan, rangi kökarib ketgan opaga zabon bitdi:
– Farmon bittayu bitta sigirimizni göştga topşirsa, sen indamay turaverdingmi, görsöxta? Heç bölmasa oş-qatiğimizga şu yarab turibdi, demadingmi?
Erali indamay boş egib turardi. Vahimadan adoyi tamom bölgan Gulzodaning butun vujudi titrardi.
– Indamagansan! Çunki ayb özingdan ötgan. Molga qaramagansan! Öynab yurgansan! Çömilgansan! Töğrimi? Töğrimi deyapman senga?
Erali yana indamadi.
– Gapir, gapir deyapman senga! Sigir qani? Qani sigir?
Gulzoda bu safar jon aççiğida paqir bilan Eralining boşiga urdi. Qattiq urdi. Öğliga joni açigan Oygul xola izillab yiğlab kelib qizining qöliga yopişdi, uni mahkam quçoqlab oldi:
– Qöy! Öldirib qöyasan ukangni!
Gulzoda jununvaş qiyofada faryod çekdi:
– Öldiraman! U avval boşlab bizni öldirdi. Endi uni öldiraman!
Gulzoda şu holida onasining quçoğidan çiqdi va böş paqirni daranglatib ukasining duç kelgan joyiga ura ketdi.
Erali çidab turolmadi – höngrab yiğlagança tiz çökib, boş egdi:
– Uring! Öldiring meni, opa! Men aybdorman! Men… men… faqat men… uring meni, opa… uring… öldiring…
Tuyqus Gulzoda paqirni otib yuborgança, bözlab yiğlayotgan ukasini mahkam quçib oldi. Opaning közlaridan ham şaşqator yoş oqardi. Bolalarining boşida karaxt ahvolda turib qolgan Oygul xola, ojizona mörayotgan buzoqça bu manzaraga yanada alam, umidsizlik va çorasizlik bağişlayotganday edi…
Tun böyi mijja qoqmay çiqqan Erali tong saharda Ajinaköprikka yolğiz keldi. U köprikka şaxt bilan qadam qöygaç, beixtiyor pastga, tubsiz jarga qaradi. Köz öngida yomğirli tun, momoqaldiroq va çaqmoqlar, jar tubiga oti bilan qulayotgan otasi paydo bölgan Erali yana bir qadam bosgandi, köprik qattiq lopillab ketdi. Yigitça joyida turib qoldi, söng asta pastga engaşdi. Bir lahzadan söng u jar tubiga uçadigandek edi göyo…
Nogoh tepada nimaningdir ovozi eşitilganday böldi. Erali boşini kötarib kökka qaradi. Moviy osmondan samolyotlar karvoni ötmoqda edi. Ular ortida esa pastlab uçayotgan vertolyotlar.
Erali bu manzaraga lol qarab qoldi. Bu nedan darak? Bu nening alomati? Nahot…
* * *
Hayot davom etardi. Yaşaş kerak edi.
Kişi baʼzan tasalliga muhtoj bölarkan. Heç bölmasa özing özingga aytadigan tasalliga. Erali mana şunday yöl tutdi: “Sigir göştga topşirilib ketdi, ammo bu oxirzamon böldi, hammasi tugadi, degan gap emas-ku. Yaşaş kerak…”
Buğdoy örildi. Rejasini ortiği bilan bajarganidan xursand bölib ketganidanmi yoki Ğani çavandoz bilan eski jöraçiligi yodiga tuşdimi, balki göştga topşirilgan sigirni eslab xijolat bölgandir, haytovur, heç kutilmaganda Farmon fermer “kapsan haqi” deya qöyarda-qöymay uyga tört qop buğdoy taşlab ketdi. Ungaça Gulzoda bilan Erali buğdoyi örilgan daladan uç qanor maşoq terib kelişgandi. Bunça buğdoy bilan qişdan çiqib olsa böladi.
Işqilib, hayot davom etardi. Fursat şu tarzda ötib borardi.
Kollejda öqiş boşlangan haftaning oxirida Erali tuman markaziga yöl oldi. Albatta, opasi bilan onasining qişloqdoşlarga körpa qavib, kiyim-keçak tikib berişi evaziga topayotgan uç-tört sömini yölga xarjlaş öziga ötaketgan noinsoflik bölib tuyuldi. Ammo bormasa ham bölmasdi. Içki bir daʼvat, tuşuntiriş qiyin bölgan havas tuyğusi uni sira tinç qöymayotgandi.
Muallimlar töğri aytişgan ekan: tuman markazidagi bolalar ijodiyoti saroyida boşqa tögaraklar qatori aviamodelçilar tögaragi ham işlarkan. Erali mana şu tögarakka yozilib keldi. Maşğulotlar haftasiga ikki marta ekan. Erali çamalab kördi: qişloqdan tuman markazigaça nari borsa ön beş çaqirim keladi. Agar qiçab yursa, bemalol ikki soatda piyoda bosib ötsa böladi. Demak, yölga pul sarflaş ham şart emas.
Şu bilan Eralining tögarakka qatnaşi boşlandi. Kuzda-ku, unçalik bilinmagandi, ammo qişga kelib tuman markaziga piyoda qatnaş ança oğir keçdi. Ayniqsa, qahraton sovuq bölganida u bir-ikki maşğulotga borolmay ham qoldi.
Nihoyat köklamning iliq nafasi kelganida Erali ança yengil tortdi. Harqalay, endi bu yoğiga çöçimasa ham böladi.
Şunday kunlarning birida ötgan tögarak maşğulotida Bahriddin aka topşiriqni bergaç, derazaga suyangança taşqariga öyçan tikilib qoldi. Stoldagi turli qiyqimlardan samolyot modelini yiğiş vazifasini birinçi bölib Erali bajardi. U örnidan turib:
– Böldi, ustoz, – dedi.
Derazadan nigohini uzgan Bahriddin aka yaqin kelib samolyot modelini sinçiklab közdan keçirgaç, mamnun bölib Eralining yelkasiga qoqib qöydi:
– Barakalla, Ğaniyev! – Söng modelni qaytarib berdi. – Endi buni bir uçirib keling.
Erali hayron böldi:
– Qayoqqa?
Ustoz kulimsiradi:
– Hozirça şu atrofga.
Erali modelni bir qölda baland kötargança samolyotni havoda uçirayotgandek harakatlar bilan şoşib xonadan çiqdi, yölak orqali hovliga ötayotgan mahal qarşi tarafdagi “Ingliz tili tögaragi” deb yozilgan eşikdan papka qöltiqlagan Usmon ustozi bilan çiqib keldi.
– Good bye, my teaçer! – deya xayrlaşdi Usmon.
Ustoz:
– Good bye, – dedi.
Çiqiş eşigi tomon yurgan Usmon Eralini körib qoldi.
– Iya, örtoq, özingmisan?
– Özimman, – dedi bunaqa uçraşuvni kutmagan Erali yoqtirmasdan.
– Bu yerda nima qilib adaşib yuribsan? – Usmon avval örtoğining qölidagi samolyot modeliga, keyin eşikka qaradi, yaqin kelib taxtaçadagi lavhani öqidi: – “Aviamodelçilar tögaragi”. – U huştak çalib yubordi. – Öh-hö! Gap bu yoqda degin… Aviatsiya… samolyot… osmon… Tuya hammomni orzu qilibdi-da.
Erali özini sinfdoşining piçingini eşitmaganday tutişga harakat qildi:
– Özing nima qilib yuribsan?
Usmon har bir sözni taʼkidlab javob qaytardi:
– Biz öz imkoniyatimizni töğri hisoblagan holda til örganayapmiz, repetitorga qatnayapmiz, ayrimlarga öxşab osmonga sakramayapmiz.
Qovoği uyilgan Erali yölakdan hovliga çiqdi, Usmon unga ergaşdi.
– Jöra, darsing tugagan bölsa yur, ketdik, qişloqqa olib ketaman. – Usmon hovlida özini kutib turgan “Neksiya”ga işora qildi. – Yurdikmi? Yo kutib turaymi?
Erali boş çayqadi:
– Men… özim qaytaman.
Usmon kulimsiradi:
– Harna avtobus puli ekonom-ku, jöra.
– Özim qaytaman dedim-ku.
– Ixtiyoring. – Usmon maşinaga yaqin borgan mahal ortiga ögirilib, közoynagini töğrilab oldi: – Senga bir aqlli gap aytaymi? Emaklab yuradiganlar heç qaçon uçolmaydilar. Şuni esingdan çiqarma!
Usmon orqa örindiqqa ötirdi, haydovçi motorni öt oldirdi, maşina ohista yurib ketdi. Kayfiyati buzilgan Erali maşina ortidan termulib turarkan, kabinet derazasidan ustozi öziga qarayotganini ilğadi. Erali şiddat bilan hovlini aylanib çopdi, holdan toygunga qadar qölidagi samolyotni goh kötarib, goh tuşirib öziça uni uçirdi…
Keyingi maşğulotga kelayotgani mahal Erali uzoqdan istirohat boğida aylanayotgan ulkan çarxpalakni körib qoldi. Kabinalarda ötirgan bolalarning şöx qiyqiriqlari hatto şu yergayam eşitilardi. Biroz ikkilanib qolgaç, Erali boğ darvozasi tomon yurdi.
Ha, bu öşa boğ edi. Bundan tört yil muqqaddam butun sinf bolalari Navröz bayramida tuman markaziga aylangani kelişganida kimningdir taklifi bilan hamma çarxpalakka çiqadigan böldi. Balandlikdan qörqişini hammadan yaşirib yuradigan Erali sirim oşkor bölib qolmasin degan xavotirda bahona ustiga bahona töqib taşlayotganini körgan, bundan şubhalangan Usmon uni majburlab yoniga ötqazib olgandi. Keyin… nima bölardi, çarxpalak tepaga kötarilgan sayin pastdan köz uzolmayotgan, tutqiçga tobora mahkamroq yopişib olayotgan Eralining peşonasiga sovuq ter toshib, közlari olaya boşladi, oyoq-qöllari qaltiradi. Usmonga esa şu kerak edi. Öşandan buyon u Eralining közini oçirmaydi, heç gap topolmay qolsa atay Eraliga eşittirib allaqanday “fobiya”lar mavzusida valaqlay boşlaydi…
Öşa boğ, öşa çarxpalak. Fikridan qaytib qolişdan çöçiyotgan Erali ildam borib ohista aylanib turgan çarxpalakning duç kelgan birinçi kabinasiga ötirdi. Uning qarşisidan ön yaşarlar çamasi ikkita bolakay joy olişdi. Kabina yuqoriga kötarilayotgan mahal Erali har ehtimolga qarşi örtadagi tutqiçni mahkam uşlab oldi. Bolakaylar esa xursand bölib yon-atrofga, pastga alanglaşadi. Joyida qotib ötirgan Erali sekin quyiga qaray boşlagandayoq boşi aylanib ketdi, peşonasiga sovuq ter toşdi. U közlarini mahkam yumib oldi. Bolakaylar bir-biriga Eralini körsatişib, piqirlab kulişdi hamki u közlarini oçmadi.
– Kap-katta bölib balandlikdan qörqarkan, – örtoğining quloğiga qattiq şivirladi bittasi.
Ikkinçisi ham şunday javob qaytardi:
– Birinçi çiqişi bölsa kerak-da…
Izza bölgan Erali közlarini oçdi, özini majburlab baland daraxtlarga, osmonga qaramoqçi böladi, ammo baribir nigohi yana pastga qadaldi. Yuragi orqasiga tortib ketgan Erali közlarini yana mahkam yumib oldi, tutqiçga jon-jahdi bilan yopişib oldi. Uning rangi öçganini körgan bolalar yana piqirlab kulişdi. Nihoyat ulardan biri söradi:
– Mazangiz qoçyaptimi? Döxtir çaqiraylikmi, aka?
Erali közlarini oçmasdan boş çayqadi:
– Kerakmas, men yaxşiman.
Aloha Eralini battar vahimaga solgan köyi baland nuqtada mangulikka qotib qolganday tuyulgan kabina asta-sekin pastga tuşdi. Rangi bözday oqarib ketgan Erali kabinadan çiqasola özini köçaga urdi.
* * *
Umidsizlikka tuşgan Eralini vahima bosdi: nahotki bir umr bu laʼnati qörquvdan qutulolmaydi. Unda orzulari nima böladi?..
Darsdan keyin yigitça öz-özidan Ajinaköprikka kelib qoldi. Haytovur, yaqin-atrofda heç kim yöq, demak, uning şarmandagarçiligiga ham heç kim guvoh bölmaydi.
Erali bu safar ehtiyotkorlik bilan bölsa ham köprikda bir neça qadam taşlagaç, qandaydir kuç izmida baribir pastga qaradi: odamning boşini aylantirib yuboradigan tubsiz jar… U şoşib nigohini olib qoçdi, özini majburlab narigi qirğoqdan köz uzmagan köyi oldinga yurdi va şu alfozda köprik örtasiga yetib keldi.
Tösatdan köprik dahşatli darajada qattiq lopilladi. Çöçib ketgan Erali salqi arqonga yopişgança ortiga ögirildi. Köprik boşida qöllarini beliga tirab olgan Usmon turardi.
– Men senga Nafisaning yoniga yaqinlaşma, deganmidim? Degandim! Agar yana bir marta oldiga borsang, öliging şu yerda qoladi, deganmidim? Degandim. Şunça gapdan keyinam bugun likillab yonida yuribsan. Vaʼda vafosi bilan, jöra. Sen bu qismatni özing özingga sotib olding. Közingni quzğunlar çöqiydi endi!
Usmon jahl bilan köprikni tepib, osma arqonlarini torta boşladi. Köprik battar lopilladi, nari borib-beri keldi. Erali jon aççiğida yopişgan omonat tutqiç sinib ketib, yigitça yiqilib tuşdi, oyoqlari havoda osilib qoldi.
– Qörqasan, a? Qörqasan!.. – böğilib baqirardi Usmon. – Sening bu yerga kelib, maşq qilib yurganingni körganlar bor. Özingça botir bölmoqçi bölgansan-da. Lekin mana, kunlardan bir kuni tap etib qulab tuşding-u, jarga uçding… Palakat-da, palakat… Nimayam qilardik…
Usmon pastga enib ketdi.
Gavdasini tubsiz jar öziga tortayotgan Eralining taxtalarga çangakday yopişgan qöllari tobora böşaşmoqda edi. Şu payt osmonda taniş ovoz eşitildi. Erali kökka qaradi. Moviy osmonda yolğiz samolyot.
Erali bir muddat emin-erkin uçayotgan samolyotni kuzatdi. Söng tirişib-tirmaşib gavdasini önglagaç, hansirab nafas olgança bir muddat uzala tuşib yotdi. Şundan keyin qirğoq tomon emaklay boşladi…
Tinka-madori qurigan Erali köçasiga qayrilgan mahal yöl boşida turgan taniş maşinani kördi. Rulda Usmonning özi edi.
Usmon öşşayib unga qarab turdi-turdi, söng jahl bilan kalitni buradi va maşinasini Eralining yonidan katta tezlikda, hammayoqni çangga kömib ötdi-ketdi.
Erali keyingi maşğulot uçun baland çöqqini tanladi. Avvaliga çöqqining tik yonbağridan quyiga kattaroq bir toşni taşladi. Toş uzoq uçdi, axiyri uning pastda boşqa toşga borib urilgani eşitildi. Erali özi yasagan samolyot modelini qöliga oldi va uçayotgandek harakatlar qilib çöqqida u yoqdan-bu yoqqa çopaverdi, çopaverdi.
* * *
Erali tuman markazidagi beş qavatli uy yonidan ötib borayotgan mahal tomdan qora tutun kötarilayotganini kördi. Işçilar saqiç töşaşmoqda ekan.
Ana, keksaroq işçi tom labiga kelib xotirjam ötirdi. U qop-qora paqirni yoniga qöyib, telefonida kim bilandir gaplaşayotgan mahal qöli tegib ketdi, şekilli, paqir pastga tuşib ketdi.
Bir öt-ölanlar orasiga “pop” etib tuşgan paqirga, bir işçiga qaragan Eralining xayoliga bir öy keldi. U paçaq bölgan paqirni olib podyezddan yuqoriga kötarildi, oxirgi qavatdagi narvondan tomga çiqdi-da, töğri keksa işçining yoniga bordi.
– Hormang.
– Bor böl, bolam, – dedi telefonini içki çöntagiga joylayotgan işçi.
Erali paqirni tutdi:
– Bu siznikimi?
– E, bu sabilni taşlab yuborsang ham bölardi. Ovora böpsan-da. Lekin baribir rahmat.
Erali paqirni bergaç, ohista yurib tom çetiga keldi, ehtiyotkorlik bilan pastga qaradi. Uni zimdan kuzatib turgan keksa işçi sarğaygan möylovini silagança miyiğida iljayib qöydi. Yigitçaning nogoh çöçib özini çetga olganini körgan işçi uning yoniga keldi.
– Qörqinçlimi?
Eralining tan olgisi kelmadi:
– Sal-pal.
Işçi xuddi hovlidagi supaga ötirganday xotirjamlik bilan tom labiga ötirdi.
– Er yigit qörquvini yengişi kerak. Ayniqsa, – u yuragiga işora qildi, – mana bu yerdagini emas, – işçi peşonasiga işora qildi, – mana bu yerdagisini.
Eralining öziga hayron bölib tikilib qolganini körgan keksa işçi muloyim jilmayib, döstona köz qisib qöydi.
Erali sahar palla uyğonib ketdi. Ufq endi yorişib kelmoqda edi.
U sport kiyimlarini kiyib köçaga çiqdi-da, toğ tomonga bir maromda çopib ketdi. Birpasda şudringdan ust-boşi höl bölgan Erali sof havodan töyib nafas olgança tepalikka yugurib kötarilgaç, avval toş otib maşq qildi, keyin çöqqi labiga kelib quyiga, tubsizlikka qadalib tikilib turaverdi.
* * *
Kollej bitiruvçilariga tantanali diplom topşirilgan kuni keçqurun uyda andakkina dilxiralik böldi.
Gapni Oygul xola boşladi:
– Endi qaysi fermerdan iltimos qilib köramiz, öğlim? Qaysi biri seni işga olar ekan?
Erali öylay-öylay, oxiri könglidagini aytdi:
– Oyi… men avval bir öqişga urinib körsam degandim.
Ona-ku, indamadi, ammo Gulzodaning jahli çiqib ketdi:
– Öqişga? Uyda şunça iş turganda sen öqiş bahona qoçvormoqçimisan? Aytib qöyay, hozir issiğida işga kirsang kirding, keyin seni biron fermer olmaydi.
Oygul xola ham bu fikrga qöşildi:
– Avgustda dalada iş ham qolmaydi-da, öğlim.
Ukasining munğayib boş egib qolganini körgan Gulzoda sal hovuridan tuşdi:
– Qöy, Erali. Öqiş boyning bolasiga yaraşadi. Biz ikki ayol sening kollejni bitirişingga köz tikib ötiribmiz. Endi oğzimiz oşga yetdi deganda öyinbuzuqlik qilma.
Erali yalindi:
– Oyi… opa… bir urinib köray.
Gulzoda azaldan jahli tez qiz. Hozir ham özini tutib turolmay, baqirib berdi:
– Hov, bola, bölmaydigan işga vaqtingni ketkazib nima qilasan? Şaharga borib kelişning özi böladimi?! Qadaming pul.
Oygul xola oraga tuşdi:
– Özi qaysinisiga bormoqçisan, bolam?
Erali oğir tin oldi:
– Uçuvçilikka… Uzoq emas… Jizzaxda öqitişarkan.
Gulzoda yana tutadi:
– Esing ketib qolibdi özi sen bolaning! Sen qayoqda-yu, uçuvçilik qayoqda?!
Erali özini oqlaşga urindi:
– Nima qipti? Uçuvçi bölsam, bir kun kelib sizlarni samolyotimda olib yursam yomonmi?
Gulzoda böş kelmadi:
– Öpkangni bosib ol, bola. Osmonga sakraşdan burun, yiqiladigan joyingga ham bir qarab qöy.
Hovliga sukut çökdi. Hamma öz xayoli bilan band edi.
– Opa… – iltijo qildi Erali.
– Bormaysan! Sening şaharda öynab kelişingga beradigan bir sömimiz ham yöq.
Yana sukunat. Oygul xola asta örnidan turdi, xonaga kirib, taxlangan körpalar orasidan nimanidir olib keldi.
– Ma, bolam. – Onaning kaftida bir dona enli tilla sirğa bor edi. – Bittasini… otangning qirqiga işlatgandim. Bunisini sening töyingga deb asrab yurgandim… Mayli, öqiş könglingda armon bölib qolmasin. Buni sot-da…
Gulzoda çinqirib yubordi:
– Oyi! Baribir kirolmaydi-ku. Osilgan dorini qarang.
Oygul xola öğliga ğurur bilan boqib, jilmayib qöydi:
– Otasining bolasi-da… Bir urinib körsin, keyin bizdan domangir bölib yurmaydi.
Gulzoda baribir özini bosib ololmay, tönğilladi:
– Buning puliga törtta qözi olsak…
Oygul xola qöllarini duoga oçdi:
– Omin, otangning ruhi qöllasin seni, bolam.
Uçovlon kaftlarini yuzlariga siypaşdi.
Ular namozşom palla, yöl böyidagi keksa daraxt tagida, har tarafga olazarak qaraganlari köyi bir neça daqiqaga uçraşişdi. Qiz Toşkentga borayapti ekan. Eralining ham urinib köriş niyatida ekanligini eşitgan qiz xursand böldi:
– Işqilib, ötib keting.
– Yaxşi bölardi. – Erali könglidigani aytib qolişga şoşdi: – Ötib ketsam… bilasanmi nima qilardim?
– Nima qilardingiz?
Yigit çuqur nafas oldi va sözlarni dona-dona qilib, xuddi tantanali vaʼda berayotganday dedi:
– Seni ZAGSga samolyotda oborardim.
Xijolatdan issiği çiqib ketgan qiz qöl siltadi:
– Qöying-e…
Çorraha tomondan şu tarafga yaqinlaşayotgan odam qorasi köringan zahoti qiz ildam yölga tuşdi:
– Mayli, men ketdim. – Keyingi gapini Nafis yöl-yölakay, ammo yigitga eşittirib aytdi: – Iloyim ötib keting…
Yuragi gupillab urib ketgan Erali beixtiyor qiz ortidan talpindi, ammo daraxtga yaqinlaşib qolgan şarpani ilğab, şu tomonda işi borday qizga teskari tarafga yurdi.
* * *
Holva degan bilan oğiz çuçib qolmaydi, deganlariday, bu bilim yurtiga öqişga kirişning özi bölmas ekan. Avval tuman harbiy komissariatida jangovar uçuvçi bölişni istagan yigitlarni tibbiy körikda elab taşlaşdi. Goh u şifokor tekşiradi, goh bunisi. Unisi “ötir” desa, bunisi “tur” deydi; unisi “gapir” desa, bunisi “jim tur” deydi…
Xullas, sillasi qurigan Erali barokameradan çiqib, keyingi kabinetga ötganida keksa şifokor bir yigitçani aylanma stulda çirpirak aylantirardi. Nihoyat stulni töxtatgan şifokor yigitçaga polga bör bilan çizilgan oq çiziqni körsatdi:
– Şundan yuring.
Joyida gandiraklab ketayotgan yigitça bir qadam bosar-bosmas çayqalib, boşqa tomonga oğib ketdi.
– Uf-f… Bölmadi… Boravering. – Şifokor norozi tarzda qoğozga belgi qöydi. – Navbatdagi.
Şifokor Eralini ötqazgan aylanma stulni bir neça daqiqa aylantirgaç, töxtatib, oq çiziqqa işora qildi:
– Şu liniyadan iloji boriça uzoqlaşmay yuring-çi.
Erali çiziqni töppa-töğri, heç bir qiynalmasdan, sovuqqonlik bilan bosib ötgandi, şifokor angrayib qoldi.
– Yo tavba… Qani, bolam, beri kel-çi. Yana bir sinab körsam böladimi?
Erali yelka qisib qöydi:
– Böladi.
Şifokor bu gal stulni tezroq va uzoqroq aylantirdi. Biroq Erali yana çiziqni xotirjam bosib ötdi. Talabgorni goh “siz”lab, goh “sen”layotgan şifokor hovliqib uni hovliga olib çiqdi. Bu yerda oddiy arğamçi bor edi, xolos. Şifokorning işorasi bilan ikki baquvvat yigit Eralini arğamçiga çiqarib, uning közini boğlaşdi-da, juda tez uçirişdi. Söng arğamçini töxtatib, Eralini pastga tuşirişgandi, boğiçni özi yeçgan yigit şifokor körsatib turgan çiziqni heç narsa bölmaganday bir tekis bosib ötdi: balonda yumalayverib, pişib ketgan yigit uçun bu sinov nima degan gap, axir…
– Yaşavor! – qiçqirib yubordi şifokor. – Ajoyib! Familiyang… familiyangiz nimaydi?..
Tibbiy tekşiruvlar şu bilan tugab qolmadi: bilim yurtida hammasi boşidan boşlandi. Navbatdagi maşaqqatli çiğiriqdan ötganlargina test imtihonlari topşirişga kiritildi.
Kattagina jomadonini kötargan Erali uyga jiddiy tarzda, qovoği uyilgan holda kirib keldi. Derazadan böylagan Oygul xola hovliga çopib çiqdi.
– Keldingmi, bolam!
Oygul xola öğlini quçoqlab körişdi.
– Ozib ketibsan. Rosa qiynalibsan-ov.
– Yöğ-e… Opam qani?
– Daladaydi. – Ona öğliga açinib qaradi. – Bolam, sen xafa bölma, hamma öqiyversa, podani kim boqadi. Ön ikki yil öqiding, yetadi…
Nihoyat Erali çiday olmasdan, baralla kulib yubordi:
– Oyi, men öqişga kirdim! Kirdim!
– A?.. – Oygul xola avval esankirab-dovdiradi, söng quyilib kelgan quvonç yoşlarini tiyolmasdan Eralini mahkam quçoqlab oldi, titrab-qaqşab şivirladi: – Ming şukr… ming şukr… Özingga şukr…
* * *
Omad bir kelsa qöşaloqlab kelaverarkan: Nafisaning öqişga kirib ketganini eşitib, boşi osmonga yetguday quvongan Erali darslar boşlangunga qadar Toşkentga birrov borib kelişga ulgurdi.
Ular Talabalar şaharçasida aylanib yurişganlari mahal Nafisa köp qavatli binoga işora qildi:
– Yotoqxonamiz. Şu yerdan joy berişdi.
– Yaxşi böpti… – Erali aytsammi-aytmasammi deganday biroz ikkilanib turgaç, oçiğiga köçdi: – Nafisa. Bizda intizom sal qattiqroq.
Nafisa tuşunganday boş irğadi:
– Armiya qatorimi?
– Şunga yaqinroq, deyişyapti… Şunga… har hafta oldingizga kelolmasman…
Nafisa tösatdan piqirlab kulib yubordi. Erali gapidan adaşib, unga ajablanib qaradi.
– Birinçi marta… – hamon kulardi qiz, – birinçi marta meni “siz”layapsiz. Ğalati eşitilarkan-u, lekin şuning öziyoq talaba bölişga arzirkan.
Erali qizarib ketdi:
– Ha, endi, katta bölib qoldik.
– Mayli, mayli… Darrov özingizga olavermang-da. Öqişmi, öqiş! Telefon bor-ku.
– Bor, bor… Endi sizni yotoqxonangizgaça kuzatib qöysam.
– Yöq, şu yerda xayrlaşamiz. Tağin keçikib yurmang. – Atrofga alanglab qöygan qiz xuddi muhim sirni aytayoganday Erali tomon sal engaşib, past ovozda maʼlum qildi: – Suriştirib bildim, anavi tarafda aerodrom bor ekan, şunday şahardan çiqqan joyda.
– Aerodrom? – garangsib söradi heç narsani tuşunmagan Erali.
Endi qiz duv qizardi. Aftidan, u yigit bir paytlar bergan vaʼdasini allaqaçon unutgan degan öyga bordi, şu sabab, noqulay ahvolga tuşganini yaşirişga uringan köyi şoşa-pişa:
– Şunçaki… Har ehtimolga qarşi aytib qöygandim-da. Mabodo… mabodo biron kun samolyotda kelib qolsangiz… Xayr. Yaxşi boring, – dedi-da, yotoqxona tomon çopib ketdi.
Şundagina hammasini tuşungan, alamdan peşonasiga şapatilay degan Erali qöllarini oğziga kövaça qilib qiz ortidan baqirdi:
– Kelaman, albatta samolyotda kelaman! Samolyotda!..
Yigitning nazarida yotoqxona eşigidan kirayotgan mahal Nafisa ögirilib qaraganday, hattoki jilmayib ham qöyganday tuyuldi.
* * *
Jizzax Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtida darslar boşlandi. Öquv maşğulotlari bilan jismoniy maşqlar uzluksiz almaşib turadi, orada amaliyot: kompyuterda samolyot-vertolyot boşqaruvini taʼminlaş; sal vaqt qolsa kutubxonaga çop. Bular-ku, mayli, çidasa böladi, ammo öquv yilining uç oyi ötar-ötmas baland tepalikka olib çiqib, pastga öquv paraşyutida sakratişlari yomon ekan.
Maktabdagi aççiq tajriba yodidan çiqmagan Erali jon-jahdi bilan birovga sir berib qöymaslikka urinardi. Şu bois baʼzan şoşqaloqlikka yöl qöyardi: u tepalikka çiqqan zahoti quyiga qarab qöymaslik uçun darhol özini pastga otar, natijada mayor Jöraboyevning dakkisini eşitardi.
Mana şunday kunlarning birida yotoqdagi ikki kişilik xonada dars qilib ötirgan Eralini navbatçi-posbon çaqirib qoldi: .
– Ğaniyev! Senga kelişibdi.
Erali hayron böldi:
– Menga?.. – U uçib örnidan turib, şoşa-pişa kiyimlarini tekislarkan, hayajon bilan şivirladi: – Oyijon! Opa…
Erali kiriş darvozasi yoniga uçib bordi. Bu yerda odam gavjum edi: yakşanba, kursantlarni körgani kelişgan. Içkaridan çiqib kelayotgan kursantlarni yaqinlari quçoqlab olişgan, sal narida, daraxtlar tagiga töşalgan dasturxonlar tomon boşlaşgan.
Közlari çaqnab turgan Erali atrofga alangladi, ammo darvozaga köz tikib turganlar orasida onasi ham, opasi ham körinmasdi. Şu payt yölak yoniga qöyilgan qora rangli “Mersedes” maşinasidan olifta kiyingan, qora közoynak taqqan Usmon tuşib keldi.
– Qalaysan, bölğusi general!
Erali quçoq oçib turgan sobiq sinfdoşi, guruhdoşiga noiloj qöl uzatdi. Biroq Usmon baribir uni quçoqlab oldi.
– Unaqa emas-da endi, örtoq. Har qalay, begona emasmiz-ku. Yo harbiylar şunaqa diydasi qattiq bölib ketişadimi?
Erali aniq javobdan özini olib qoçdi:
– Nega endi?!.
Usmon qölidagi boşqaruv kaliti tugmaçasini “çiq” etkazib bosgandi, maşinaning yukxonasi ohista oçildi.
– Qisqasi, tandir-pandir, şaşlik. Komandirlaringga tozasidan ham bor. Hammasi senga, örtoq.
Bunaqa saxiylikni kutmagan Erali battar hayron qoldi:
– Rahmat-u, lekin bu yerda mumkin emas.
Usmon beparvo qöl siltadi:
– Iloji yöq narsaning özi yöq, örtoq. Agar hozir anavi ğödayib turgan soqçiga tört söm qistirsam, narsalarni özi xonangga oborib qöyadi…
Erali qatʼiy turib oldi:
– Rostdanam mumkin emas. Tartib-qoida şunaqa.
Usmon yon berdi:
– Böpti, böpti. Tartib-qoida senga öxşagan loxlarga çiqarilgan özi. Qisqasi, oğayni, bir maslahatli iş çiqib qoldi. – U Eralini qöltiqlab çekkaroqqa olib ötarkan, odatiga köra yöl-yölakay közoynagini töğrilab qöydi. – Endi gapni aççiq içakday çözib ötirmayman… Bitta aqlli gap aytaymi? Men erkin tadbirkorman. Qölida pul öynaydigan işbilarmonman. Men birovning buyruği bilan tong saharda örnimdan turişni, çopişni, maşq qilişni, ğödayib qorovullikda turişni, hojatxona tozalaşni özimga ravo körmayman…
Gap özani qayoqqa ketayotganini tusmol qilgan Erali unga eʼtiroz bildirişga urindi:
– Menga qara…
Usmon darrov şaxdidan tuşdi:
– Böpti, böpti, faqat vatanparvarlikdan maʼruza öqimay qöya qol. Özi şaroitingni körib turibman. Har yakşanba tört soatga şaharga çiqişga ruxsat, şunaqami?
– Nima edi?
– Şunaqa! Allaqaçon sörab-suriştirganman. Demak, beş yil umring şu rejimda ötadi. Bu yoqda esa gulday bir qiz seni kutib sölib ötirişi insofdanmi? Xohlagan payting oldiga borolmasang, xohlagança birga yurolmasang. Şuyam hayotmi? Qölingdan kelgani “alyo… salom… xayr…” Şu, xolos. Bir kun kelib general bölganingda esa, hayot allaqaçon ötib bölgan böladi.
Jahli çiqib borayotgan Erali özini oğirlikka soldi:
– Tuşunmadim.
– Hozir tuşunasan. Qisqasi, – Usmon közoynagini olib, Eraliga tik boqdi: – men Nafisanikiga odam yuboryapman.
Titrab ketgan Eralining közlari qisildi:
– U senga tegmaydi!
Usmon xotirjam edi:
– Tegadi. Bu yerga kelganimning sababi, mabodo, telefon qilib qolsa, yana minğirlab ötirma demoqçiman. Erkakçasiga kelişib olaylik. Yana közingning suvini oqizib “Senga özim uylanmoqçiydim…” deb ötirma-ya. Bilasan, qiz bolaning köngli böş böladi. Buning ustiga “Yöqolgan piçoqning sopi oltin” degan gaplaram bor…
– U senga tegmaydi dedim! – tişlari orasidan takrorladi Erali.
Usmon oçiqdan-oçiq mazaxga ötdi:
– Nima, vaʼdasini olib qöyganmisan? Yo ixtiyori sendami?
Nimadir demoqçi bölgan, lekin lablari titrab, gapirolmagan Erali jahl bilan qöl siltagança, darvoza tomon yurdi. Usmon uning ortidan baqirib qoldi:
– Hoy jinni! Tandir-çi? “Tentak suv”-çi?
Erali bu gaplarni eşitmaganday içkariga kirib ketdi.
Yigit xonasiga çopib borgan zahoti telefonida qayta-qayta öziga yod bölib ketgan raqamlarni terdi. Aksiga olib telefondan “Abonent xizmat körsatiş doirasidan taşqarida”, degan javob kelaverdi. Eralining bölari bölib, fiğoni falakka çiqib turganida xonaga ikkita katta-katta sumka kötargan navbatçi terlab-pişib kirib keldi.
– Ğaniyev, senga bervorişdi. Örtoğing ekan. Hidini qara, hidini… Sölak bezlarim işlab ketdi-ya…
Navbatçi gapini tugatib ulgurmasidan burun Erali şartta sumkalarni uning qölidan yulqib oldi-yu, oçiq derazadan pastga otib yubordi. Sumkalar asfalt yölakka gursillab tuşdi, şişalarning jaranglab singani eşitildi. Yotoqxona yonidan ötib borayotgan mayor Jöraboyev töxtab, jahl bilan tepaga, ikkinçi qavat derazasiga qaradi.
– Kim bu? Qaysi xona? Qirq ikkimi?
Endi baribir yaşirinib bölmasdi. Tajribali mayor xonalarning joylaşişini yoddan bilardi. Erali derazadan böyladi.
– Kursant Ğaniyev! Özimam siz bölsangiz kerak deb öylovdim. Qani, tez bu yoqqa tuşing-çi.
Erali oyoğini qöliga olib yugurgança bir daqiqada mayorning qarşisida hozir böldi:
– Örtoq mayor. Birinçi bosqiç kursanti Ğaniyev buyruğingizga binoan…
Mayor uning gapini bölib, sumkalarga işora qildi:
– Avval mana bu yerni yoğ tuşsa yalaguday qilib tozalaysiz, tuşuntiriş xati yozib, menga topşirasiz, keyin esa uç sutkaga gauptvaxtaga ravona bölasiz. Tuşunarlimi?
– Xuddi şunday, tuşunarli, örtoq mayor.
– Tuşunarli bölsa, bajaring.
Mayor havoni hidlab-hidlab qöygaç, afsuslanganday boş çayqadi-da, yölida davom etdi. Erali engaşgan mahal buning sababini bilganday böldi: sumkalardan biridan aroq sizib oqmoqda edi.
* * *
Sarmoyadorroq oilada erkatoy bölib ösgan, özi istagan narsani doimo qölga kiritib örgangan Usmon sovçilarning ikkinçi gal ham quruq qaytişganini eşitib, özini qöyarga joy topolmay qoldi. Qanaqasiga? Birinçi safarni-ku, onasi aytganiday, qizi borning nozi bor, qabilidagi hikmatga yöygandi, ammo ikkinçisi-çi? Hatto “Yoşlar bir uçraşib körsin” ham deyişmabdi. Uyalmay-netmay “Qizimiz könmadi” deyişibdi. Bu… bu unga nisbatan haqorat emasmi? Kim bölibsanki… He öşa senga tarbiya berganlarning…
Ha, aynan şunday: kim bölibdiki… Bir köngli şartta qöl siltayu, ket, deydi; ana, hammayoq suluvlaru barnolar, daraxtni tepsang kamida törtta malikayi Husnobod yoğiladi. Lekin, ikkinçi tomondan qarasa, bu qiliği bilan qiz Usmonni pisand qilmasligini körsatmayaptimi? Agar şunaqa manmanlik qilayotgan ekan, bu öziga zarar: Usmon jimgina böyin egib ketaveradiganlardan emas. Illo, qaysi bir muallim aytganiday, qarşilik qarşilik tuğdiradi. Mana endi sen bilan boşqaça gaplaşamiz, yaxşi qiz!..
Azaldan ayon haqiqat bu: qasdlaşgan köngilda badbin rejalar patos boylay boşlaydi…
Usmon viloyat markazidagi şohbekatga borib turdi. Toşkentdan kelib töxtagan avtobusdan yölovçilar gurillab tuşişdi. Maşinasini çekkaroqda qoldirgan Usmon sumka kötargan Nafisaning yoniga bordi.
– Yaxşimisiz, Nafisaxon.
Nafisa yigitni körib xijolat çekdi:
– Voy, Usmon, assalomu alaykum.
– Vaalaykum. Uygami?
– Ha.
– Opketay. Menam qişloqqa.
– Rahmat. – Qiz böynini çözib, katta yölga qaradi: – Men marşrutkada…
Usmon iljaydi:
– Mayli, juda qöymasangiz marşrutka pulini olarman. Özi bu yerga singlimni opketişga kelgandim, bir dugonasinikida ekan, yölga çiqib turaman dedi.
– Rohilami?
– Ha. Ketdikmi?
Nafisa ikkilanib turib qoldi.
– Işonmasangiz Rohila bilan gaplaşing, u meni qayrilişda kutib turibdi. – Usmon telefonini uzatdi: – Nomerini teraymi?
– Yöğ-e, – xijolat çekdi Nafisa. – Rohila bölsa… mayli. Birga…
– Ha-da. Yuring. Manavi yoqda aravam…
Nafisa ort örindiqqa ötirdi. Katta yölga çiqişgaç, Usmon örindiq yonidagi termosdan çaşkaga şarbat quyib uzatdi.
– Marhamat. Onam öz qöli bilan tayyorlagan. Samarqand gilosidan.
– Rahmat.
– Avval içib köring, rahmatni keyin aytasiz. Çet elliklarga bergandim, jinni bölib qolişdi özlariyam. “Bunaqa şirin sokni umrimizda içmaganmiz”, deyişdi. Tabiiy-da.
Nafisa çaşkani olib, şarbatdan höpladi.
– Bemalol “oq” qilib taşlayvering. Qörqmang, spirti yöq.
Nafisa kulimsirab qöygaç, şarbatni içdi.
– Rostdanam şirin ekan.
Usmon kötarinki ohangda qizning gapini maʼqulladi:
– Şirin ham gapmi, asal, asal!
Nafisa ming istihola bilan, uzr sörayotganday ohangda dedi:
– Usmon. Rohila yöqligida aytib olay. Mendan xafa bölgandirsiz. Lekin…
Usmon qizni gapirgani qöymadi:
– Asli özim notöğri iş qildim. Avval oldingizdan bir ötişim kerak edi. Bekorga şunça odamni ovora qilib… Qaytanga özim uyalib qoldim… Lekin, eşitişimça, uydagilaringiz “Şunday odamlardan sovçi keldi”, deb rosa xursand bölişgan ekan.
Nafisa kulimsiradi:
– Siz ularga emas, menga odam qöygansiz şekilli…
– Bu gapingizam töğri. – Közoynagini töğrilab qöygan Usmon tezlikni pasaytirib, ortiga ögirildi: – Bir aqlli gap aytaymi?
– Ayting. – Jilmayib turgan Nafisa beixtiyor esnadi, bundan xijolat tortdi. – Voy uzr.
– Heçqisi yöq.
Yigitning yana ögirilib yölga qarab olganini körgan qiz söradi:
– Aqlli gap… aytmoqçi edingiz.
– Aytamanam! – mamnun iljaydi Usmon. – Qölga kelib qöngan quşni uçirib yuboriş yo boşqa birovga qöşqöllab tutiş – ğirt nodonning işi.
Heç narsani tuşunmagan Nafisa böşaşib:
– Yaʼni… – dedi, aftidan, nimanidir aniqlaştirmoqçi böldi, ammo boşqa gapirolmadi. Buning örniga közlari suzilib, boşi “şilq” etib tuşdi: qiz uxlab qolgandi.
Usmon maşinani orqaga qayirib olib, birdan tezlikni oşirdi:
– Mana şunaqa!
* * *
Bir haftaça bölib qoldi, Nafisaning telefoni öçgan. Köngil – duşman; xayolga nimalar kelmaydi.
Erali keçki ovqatdan keyin kiyim-boş yuviladigan xonaga qamalib olib, raqamlarni teraverdi, teraverdi. Ammo bundan nima naf?..
Erali şu holatda yuragi siqilib ötirganida xonaga ikki kursant kirib keldi. Ozğin, nimjonroq Tohir bilan xirsday baquvvat Nosir deyarli hamişa birga yurişadi. Nosirday tanqöriqçisiga işonsa kerakki, Tohir unça-bunça kursantni pisand qilmaydi, bemalol osmondan kelib muomala qilaveradi. Şungami köpçilik uni orqavoratdan “Çirançiq” deb ataydi. Ammo Tohirning kallasi baloday işlaydi, ayniqsa, çet tilidan olgani “aʼlo”. Tohir bilganlarini himoyaçisiga örgatsa kerakki, hozir ham ular özaro inglizça ğujurlaşişardi. Tohir köylak-yoqalarni içkariga taşlab, maxsus joyga kir yuviş kukunidan solgaç, tugmaçani bosgan edi, maşina avtomat ğirillab işlab ketadi.
Nosir tumtayib ötirgan Eralidan hol söragan böldi:
– Tinçlikmi?
Erali xuşlamaygina javob qaytardi:
– Tinçlik.
Nosir tirğalişini qöymadi:
– Hozir biz nima deganimizni tuşundingmi?
– Yöq.
– Ertaga uçiş amaliyoti dedik.
Tohir istehzoli iljaydi:
– Şu oddiygina gaplarniyam tuşunmadingmi, nodon?
Erali asabiylaşdi:
– Senam menga öxşab maktabda tört yil nemis tili, beş yil fransuz tili, kollejda uç yil ingliz tili öqiganingda körardim ahvolingni.
Tohir maqtandi:
– Men maxsus maktabda öqiganman.
– Şunga çuldirayapsan-da, – böş kelmadi Erali ham.
Tohirning avzoyi buzildi:
– Menga qara, tuşunmadim, sen menga döq uryapsanmi?
Eraliga baribir edi:
– Tuşunganing.
– Hov bola, – Tohir Eraliga yaqin keldi, sal engaşib, uning iyagidan tutdi: – men bilan öynaşma, bir ursam naq qişloğingga borib tuşasan-a!
Bu çirançiqning özini qanday urişini tasavvur etib, kulgisi qistagan Erali örnidan turdi:
– Özing birga bir çiqasanmi, – deya u Nosirga işora qildi, – yo telexingni örtaga solasanmi?
– Seni özim ezib taşlayman!
Tohir hezlanib, Eralining yuziga muşt tuşirmoqçi böldi, ammo u özini çaqqonlik bilan çetga olgandi, muşti böş havoga yöllangan çirançiqning özi munkib ketdi. Bundan foydalangan Erali çap qölda uning iyagiga muşt soldi. Tohir böş qopday orqaga uçib ketdi. Nihoyat aralaşmasa bölmasligini tuşungan Nosir osonlik bilan Eralini özi tomon qayirib olib, bir urişda uni eşikka qapiştirib taşladi.
Şovqinga navbatçi çopib keldi.
– Nima gap?
Nosir kir yuviş maşinasiga diqqat bilan qarab turgan holda javob qaytardi:
– Negadir yaxşi işlamayapti. Kursant Ğaniyev şuni sizga aytişga borayotib, toyib ketdi. Şu.
Navbatçi avval Eraliga, söng iyagini çangallab turgan Tohirga qaradi:
– Kursant Isomiddinovga nima qildi unda?
Nosir Tohirga bir qaradi, ikki qaradi, ammo nima deyişni bilmasdan peşonasini qaşladi.
– Hali yolğon töqib ulgurmadingizmi?
Navbatçining bu gapiga javoban Nosir oçiqköngillik bilan kulib yubordi:
– Töğrisi, ulgurmadim. Juda tez yetib keldingiz-da. – U navbatçining yoniga bordi: – Örtoq navbatçi. Ertaga haqiqiy samolyotda birinçi uçişimiz. Şunga bolalar hayajonlanişyapti-da. Bölib turadi. Boşingizdan ötgan-ku…
Nosir navbatçini qöltiqlagança yana nimalarnidir gapirgan köyi xonadan olib çiqib ketdi.
Tohir Eraliga öqrayib qarab, döq urdi:
– Hali kuningni körsataman! Menga qöl kötarganingga ming puşaymon bölasan!
Allaqaçon özining taşviş-xavotirli öylariga ğarq bölgan Erali loqayd javob qaytardi:
– Qölingdan kelganini qilmaysanmi?!
Darhaqiqat, bu kun kursantlar uçun özgaça hayajonlarga töla kun edi. Ular ertalabdan harbiy maşqlar aerodromida yöriqçi-uçuvçi boşçiligida samolyotlarda uçişga tayyorgarlik köra boşlaşdi.
Safni oxirgi marta közdan keçirib çiqayotgan mayor Jöraboyev Eralining bir tomoni kökargan yuzini körib qoldi.
– Kursant Ğaniyev! Bu yana nimasi?
Erali darhol javob qaytardi:
– Yiqilib tuşdim, örtoq mayor!
Mayor unga şubhalanib qaradi, ammo gumonini aytib ötirmasdan, taʼkidlab söradi:
– Uçolasizmi işqilib?
– Xuddi şunday, örtoq mayor, uçolaman.
Mayor işonqiramasdan boş çayqab qöygaç, safni körikdan ötkazişda davom etdi.
“Erkin!” buyruği yangraganidan keyin kursantlar hayajon bilan samolyotda uçiş navbati kelişini kutib, uymalaşib turişdi. Şu mahal Eralining telefoni jiringlab qoldi. U şoşib çöntagidan apparatni oldiyu, ekrançadagi “Nafisa” yozuvini körib, hayajon bilan çekkaroqqa çopib ötdi. Erali şovqinni bosiş uçun baqirib gapira boşladi:
– Yaxşimisiz, Nafisa… Nega telefonni kötarmaysiz? Yuz marta qönğiroq qildim öziyam… Alyo, eşityapsizmi? Alyo… Nafisa…
Samoga kötarilgan samolyot uzoqlaşdi. Birdan atrofga jimlik çökdi. Va mana şu sukunat içida Nafisaning piçirlagani aniq-tiniq eşitildi:
– Bugun… bugun töyim…
– A?
Qisqa gudoklar. Köz oldi qoronğilaşib, qalt-qalt titrayotgan Erali qayta qönğiroq tugmaçasini bosdi. Telefon öçgan…
Allaqayoqdan, uzoq-uzoqdan mayorning ovoz kuçaytirgiçda aytayotgani eʼloni eşitilardi:
– Kursant Ğaniyev!.. Ğaniyev! Karmisiz, nima balo? Sizning navbatingiz! Ğaniyev deyapman!
Erali birdan oğirlaşib qolgan oyoqlarini bazör sudrab, mast odamday çayqalgan köyi harbiy samolyot yoniga bordi, sudralib kabinaga çiqdi, uçuvçi joyiga ötirdi. Uning harakatlarini ensasi qotib kuzatib turgan mayor norozi tarzda boş çayqadi va röyxatga nimanidir belgilab qöydi.
Quloği şanğillayotgan Erali minglab bölaklarga bölib taşlangan, parça-parça bölib ketganday tuyulayotgan tanasini, eng muhimi, parokanda öylarini bir joyga yiğib olişga urinarkan, qarşisida öziga muloyim jilmayib turgan yöriqçi-uçuvçi Qöldoş akani kördi. Ellik yoşlardagi, qöy közlari kulib turadigan Qöldoş aka, kursantlarning mehribon ustozi.
– Hammasi joyidami? – deb söradi yöriqçi-uçuvçi.
Erali bir amallab javob qaytardi:
– Joyida.
– Unda ketdik.
Parraklar işga tuşdi, ular tobora tezroq aylana boşladi. Nihoyat yöriqçi samolyotni örnidan qözğatiş ruxsatini berdi. Samolyot aerodrom çetiga qadar şiddatli tezlikda bordi va yuqoriga kötarildi.
– Yaxşi. Birinçi parvoz muborak bölsin, Ğaniyev!
– Rahmat.
– Davom etamiz…
Parvoz bir maromda keçmoqda. Erali neça yillar intiqib kutgan parvoz quvonçiga qöşilgan nogahoniy ayriliq alami uning qalbini ostin-ustun qilib taşlagan edi. Nahot orzulari sarobga aylangan bölsa. Nahotki…
Yöriqçi-uçuvçining luqmasi Eralini öziga keltirdi:
– Xayoling joyida emasga öxşaydimi, Ğaniyev?
Erali xörsindi, beixtiyor tan oldi:
– Yuragim kuyyapti, Qöldoş aka.
Qöldoş aka jilmaydi:
– Yerda döxtirlar kutib turişsinmi?
– Şart emas… – Erali çuqur nafas oldi, pastga, quyida qolgan bulutlar qatlamiga qaradi. – Qiziq, tepadan qaralsa, bulutlar… şudgorlangan yerga yoqqan qorga öxşarkan, a.
Qöldoş aka boş irğab, bu öxşatişni maʼqulladi:
– Şunday.
– Örtoq yöriqçi-uçuvçi, boşqarişni töla zimmamga olişga ruxsat bering.
Qöldoş aka bir zum öylanib qoldi, söng, yigitning ovozidagi hazinlik, ğussa taʼsir qildimi, boş irğab, yonidagi tugmaçani bosdi:
– Ruxsat.
Nimagadir ahd qilgan Erali bulutlar orasini yorib ötdiyu, kursni qişloği tomon oldi.
Qöldoş aka beozor tönğillab qöydi:
– Obbo, sening yuragingni deb boşimiz baloga qolmasaydi hali.
Erali bu gapni eşitmaganday samolyotni pastlataverdi.
Qişloqdan çiqib kelgan töy maşinalari safidagi qora “Mersedes”da kelin-kuyov ötirardi. Oldingi örindiqda, haydovçining yonida allaqaçon kayf bölib qolgan kuyovjöra Sobir.
Tösatdan tiniq osmonda paydo bölib, şiddat bilan şu tarafga uçib kelgan samolyot pastlab, maşinalar karvoni ustidan ötdi. Maşinadagilar baqir-çaqir qilib öz quvonçlarini izhor qilişga şoşişdi. Ammo kelinçakning rangi oqarib ketdi, şoşib orqaga ögirilib, samolyot izidan qarab qoldi.
Sobir oynadan boşini çiqarib, şodon qöl silkidi:
– Eh-he-hey!.. – U boşini içkariga olib, ortga ögirildi, kuyov yigitga hasad aralaş havas bilan qaradi. – Samolyotni özing zakaz qildingmi, oğayni? Soqqasi qança böldi? Yo Erali qaraşvordimi? Bira töla bir eskadrilyasini çaqirmabsan-da. Osmonda “Usmon plyus Nafisa” degan yozuvni yozişardi. Dahşat bölardi öziyam!
Usmon bu maqtovlarning öziga daxli yöqdek yöldan köz uzmay, miq etmasdan ketaverdi.
Samolyot aylanib, ikkinçi bor kelganida vahimali darajada pastlab uçdi. Videoçi kamerasida, kuyovjöralar esa qöl telefonlarida jon-jahdlari bilan samolyot tomoşasini suratga olişardi.
Samolyot maşina qarşisidan uçib ötayotganida Nafisa kabinada ötirgan Eralini kördi. Aniq kördi. Yigit ham qizga köz taşlaşga ulgurdi.
Samolyot şiddat bilan tepaga kötarildi. Kelinçak ort oynada oppoq doğ misoli kökka termulib qolaverdi.
Usmon közoynagini töğrilab olib, Nafisaga ögirildi:
– Bir aqlli gap aytaymi?
Ammo kelinçak uni eşitmayotgandek hamon moviy kökdan, uzoqlab, nuqtaga aylanayotgan samolyotdan köz uzmasdi…
Eralining közlari jiqqa yoş edi.
– Sal bosildimi, öğlim? – mehribonlik bilan söradi Qöldoş aka.
Erali boş çayqadi.
– Heçqisi yöq, özi şunaqa böladi, – uni yupatişga urindi Qöldoş aka. – Yara bir lovullab oğrib, keyin tuzaladi. Har qalay, u endi birovning xasmi. Baxtli bölsin… Xöş, endi real hayotga qaytaylik.
Yöriqçi-uçuvçi aloqani işga tuşirdi. Şu zahoti mayor Jöraboyevning fiğoni falakka çiqib baqirayotgani eşitildi:
– Yöriqçi-uçuvçi Jalilov! Jalilov! Jalilov!
– Örtoq mayor, – aybdorona ohangda izoh berdi Qöldoş aka. – Kutilmaganda aloqa uzilib qoldi deng. Mana, hozirgina tiklandi.
– Şuning uçun kursni özgartirdingizmi? Bu nima özboşimçalik? Tez bazaga qayting!
– Xöp böladi, örtoq mayor! Aloqa tugadi. – Qöldoş aka Eraliga qarab jilmayib qöydi. – Ruxsatingiz bilan boşqaruvni öz zimmamga olaman, jigit.
Erali unsiz boş irğadi. Samolyot keskin buriliş yasab, aerodrom tomon uçdi.
Bir muddat aloqa yöqolgan samolyotni kursantlar aerodromda şovqin-suron bilan qarşi olişib, ekipajni savollarga kömib taşlaşdi: “Nima böldi?.. Ayb qayerda ekan?.. Qörqmadilaringmi?..” Faqat qovoğidan qor yoğayotgan mayorning:
– Bu nima şovqin? Bozormi bu yer senlarga? – degan baqiriğidan sönggina hamma jimib qoldi.
Hatto telefoniga qarab, birdan hovliqib qolgan, endi mayorga murojaat qilmoqçi bölgan Tohir ham tilini tişladi. Hamma öz joyini egalladi va maşğulot davom ettirildi.
Albatta, bu masala şunday qolib ketişi mumkin emas edi. Mayor Jöraboyev ham amaldagi tartib-qoidalarga böysungan holda maşğulotlar tugab, bilim yurtiga qaytişgan zahoti muassasa rahbari polkovnik Rasulovga murojaat qildi.
– Örtoq polkovnik. Bularga nisbatan qatʼiy intizomiy çora körmasak bölmaydi.
Yöriqçi-uçuvçini neça yillardan beri yaxşi biladigan polkovnikning bu gapga işongisi kelmadi.
– Qöldoş aka tajribali yöriqçi. Juda tajribali. Balki çindan ham aloqa uzilib qolgandir.
Mayor istehzoli iljaydi:
– Şu arzimagan balandlikda-ya. Bölişi mumkin emas.
– Texnika bu, örtoq mayor. Har narsa bölişi mumkin.
– Unda bunga nima deysiz? – Mayor qandaydir qoniqiş bilan qöl telefonidagi videoyozuvni körsatdi. Unda kelin-kuyovning maşinalar karvoni ustidan şiddat bilan, juda pastlikda uçib ötayotgan harbiy samolyot körindi. – Kasalni yaşirsang isitmasi oşkor qiladi, deganlari şu-da. Aloqa uzilgan emiş. Bizni ahmoq deb öylaganmi bular… – Polkovnikning qoşlari çimirilayotganini körgan Jöraboyev birdan jiddiy tortdi: – Bu ustavni, barça yöriqnomalarni hamda texnika xavfsizligi meʼyorlarini atay hamda qasddan buziş hisoblanadi, örtoq polkovnik.
Polkovnik kumuş soçlarini silagança öylanib qoldi. Söng qiziqib söradi:
– Aytganday, siz bu video yozuvni qayerdan oldingiz, örtoq mayor?
– Internetdan, pryamoy reportaj qilib kiritib yuborişibdi azamatlar.
– Hm-m… Nima, özingiz internetga kirib turasizmi? Iş paytida.
– Yöğ-e, vaqt qayda. Kursantlarimizdan biri tasodifan körib qopti… Xullas, mana mening raportim. Men kursantni bilim yurtidan haydaşni, yöriqçini esa uç oylik sinov muddati bilan mexaniklikka ötkazişni talab qilaman.
Polkovnik raportni oldi.
– Men bir öylab köray.
Mayor örnidan turdi:
– Ketişga ruxsat bering.
Polkovnik xörsindi:
– Ruxsat.
Polkovnik raportga tezgina köz yugurtirib çiqqaç, deraza yoniga borib, taşqariga qaradi, kursantlarning maşğulotini biroz kuzatgan böldi, söng qaytib joyiga kelib ötirdi-da, stoldagi tugmaçani bosdi.
– Jalilov kelgan bölsa, ayting, kirsin.
Eşik ohista oçilib, Qöldoş aka kirdi.
– Çaqirtirganmidingiz, örtoq polkovnik.
Rasulov şoşib örnidan turdi:
– Keling, Qöldoş aka, keling. Siz bilan bir gaplaşib olay deb çaqirdim-da… Marhamat, ötiring.
* * *
Hammasi tamom böldi…
Erali xonasida tuşkun kayfiyatda, hukmni kutib ötirardi. Nizomga köra bilim yurtidan haydaşlari tayin. Işqilib, Qöldoş akaga gap tegmasa böldi edi. “Mening kasrimga…”
Eşikdan böylagan Tohir yoş boladay tilini çiqarib, mayna qilayotganday boşini çayqadi:
– Bay-bay, kursant Ğaniyev… Iye, nega haligaça narsalaringni yiğiştirmading?
Muşt bölib tugilgan barmoqlari qisirlab ketgan Erali asta örnidan tura boşladi:
– Kir, yordamlaşvorasan.
Tohir huşyor edi – qoçib qolişga önğay bölsin uçun gavdasini sal orqaroqqa oldi, ammo gapdan qolmadi:
– Özlari bahuzur.
Endi mazax qiliş navbati Eraliga ötdi:
– Yoningda telexing bölsa kirarding-a.
Bunaqa piçinglarni eşitaverib, beti qotib ketgan Tohir pinagini buzmadi:
– Sen yaxşisi özingning kelajagingni öyla, nodon.
– Senam men haqimda qayğurmay qöya qol.
Tohir bilağonlik qildi:
– Ölibmanmi qayğurib! Hammasi kaftdagiday körinib turgan bölsa. Seni mardikorlik, qora iş quçoq oçib kutib turibdi, tönka. Endi bundan keyin kimga sakramaslik kerakligini bilib olarsan. Lekin keç!
Közi qonga tölgan Erali içkariga taklif qildi:
– Bu yoqqa kirib gapir-çi?!
Uning vajohatini körgan Tohir jon alpozda juftakni rostlab qoldi. Erali eşikni mahkam bekitdi-da, narsalarini yiğiştira boşladi.
Bu safar eşikni navbatçi oçdi:
– Kursant Ğaniyev. Sizni sörab kelişibdi.
Bu xabarni eşitgan Erali garangsib qoldi. Kim ekan? Nahotki yana öşa ablah… Nega keladi?
Nazorat-ötkaziş postidan ne xayollarda çiqib kelgan Erali daraxt bahaybat eman daraxti yonidagi örindiqda ötirgan onasi bilan opasini kördi.
– Voy, örgilay bolam…
– Ukajon!..
Ular quçoqlaşib körişdi.
– Battar ozibsan-ku, bolam.
– Qorayibsan. Endi haqiqiy yigitga öxşabsan.
Hayajonli hol-ahvol söraşişlar, piça köz yoşi ham tökib olişlardan söng Oygul xola öğliga diqqat bilan qarab turib söradi:
– Kayfiyating yöqmi, bolam?
– Yöğ-e, – şoşib javob qaytardi Erali, – sal çarçagan bölsam kerak-da.
Oygul xola yengil tin oldi:
– Unda mayli… Kamandirlaringga rahmat aytib qöy, bugun bozor bölmasayam seni çaqirib berişdi. Biz özi Jizzax bozoriga kelgandik. Yöl-yölakay seniyam bir körib ötaylik dedik.
Erali hayron böldi:
– Bozorga. Tinçlikmi, oyi?
Oygul xola mağrur tarzda, hattoki qaddini sal rostlabroq dediki:
– Opangga non sindirdik. Xudo xohlasa, – ona uyalib, özni çetga olgan qiziga qarab, kulimsirab qöydi, – Xudo xohlasa köklam töy. Şunga mato-çöbarak deganday…
Erali ham yayrab ketdi:
– Poçça kim?
– Yaxşi odamlarning bolasi. Olmalidagi Tirkaş muallimning kenjasi. Sen tanimasang kerag-ov. Ular asli nayman uruğidan…
KPPdan çiqib, atrofga alanglagan navbatçi şoşib Eralining yoniga keldi:
– Kursant Ğaniyev. Zudlikda polkovnik Rasulovning kabinetiga kirarkansiz.
Jazolaniş fursati yetib kelganini anglagan Erali böşaşib örnidan turdi:
– Xöp böladi.
– Mayli, bolam, boraqol. Bizni deb gap eşitib yurma tağin. – Oygul xola imlab qizini çaqirgaç, örindiq yonidagi rözğor sumkalarini öğlining qöliga tutqazdi: – Bu yerda ozroq turşak, mayiz, çakki… Mumkin-ku, a?
Eralining ikkilanib turganini körgan navbatçi javob qaytardi:
– Mumkin, xolajon, mumkin.
Erali narsalarni oldi, hamon yaqin kelmasdan, nariroqda turgan opasiga qöl silkib qöydi:
– Baxtli böling, opa.
Gulzoda ham bunga javoban qöl silkidi.
Navbatçi bilan maʼmuriy bino tomon borayotgan Erali yöl-yölakay söradi:
– Hammasidan xabaring bordir?
Navbatçi boşi ham kursantga açinib qaradi:
– Bunaqa gaplar tez yoyiladi.
– Demak, hozir pattamni qölimga tutqazişadi, şundaymi?
– Buyruqni de.
– Nima farqi bor… – Erali sumkalarni navbatçiga berdi. – Ol. Eslab yurarsan. Olaver…
Keng-möl kabinetda Rasulovdan taşqari mayor Jöraboyev, fuqaro kiyimidagi yöriqçi-uçuvçi Jalilov ham bor ekan.
Polkovnik heç qanday savol-javob ötkazmadi, voqea tafsilotlarini ijikilab sörab ötirmadi, gapni ham qisqa qildi:
– Yuz bergan hodisa yuzasidan suriştiruv işlari olib borildi. Yöriqçi-uçuvçi Jalilov yozib bergan tuşuntiriş xatida hamma aybni öz zimmasiga olgan.
Tumşayib ötirgan Jöraboyev ajablanib, örnidan turib ketdi:
– Lekin…
Polkovnik mayorning gapini böldi:
– Jalilov öz xohişi bilan işdan böşaş haqida ariza yozgan. Biz bu iltimosni qanoatlantirdik. Kursant Ğaniyevning hali tajribasizligini hisobga olgan holda unga ogohlantiriş eʼlon qilinadi.
Mayor yana:
– Lekin… – deyişga ulgurdi, xolos.
Polkovnik keskin ohangda maşvaratga yakun yasadi:
– Hammaga javob!
Voqea bunaqa yakun topişi mumkinligi yetti uxlab tuşiga kirmagan Erali maʼmuriy binodan garangsib çiqqaç, maşq maydoni yonida ança turib qoldi. Nihoyat eşikda Qöldoş aka körindi. Erali çopib uning yoniga bordi.
– Qöldoş aka! Nega bunday qildingiz?
Sobiq yöriqçi-uçuvçi maʼyus kulimsiradi:
– Özi… özi pensiyaga çiqsam deb turgandim.
– Qöldoş aka, – deya titrab-qaqşab yolvordi Erali. – Siz ketmang. Men örtoq boşliqning oldiga kiraman, hammasini tuşuntiraman.
– Bu endi heç narsani özgartirmaydi, çunki buyruq muhokama qilinmaydi, – deya Eralining yelkasiga qoqib qöydi Qöldoş aka. – Poyezd ketib böldi, jigit. Endi bu yoğiga huşyor böl! Xayr!
Qöldoş akaning ortidan angrayib qarab qolgan Eralini kimdir turtganday böldi. U şoşib ortiga ögirildi va qarşisida öziga qadalib tikilib turgan mayorni kördi. Jöraboyev nadomat bilan piçirladi:
– Qöldoş aka… osmon jinnisi edi… Sen şu qurbonlikka arziysanmi, kursant?
Ovozi titrab ketgan mayor javob ham kutmasdan öquv binosiga qarab tez yurib ketdi. Oyoqlaridan mador qoçgan Erali devorga suyanib qoldi.
* * *
Birinçi imkoniyat tuğilişi bilanoq Erali şaharga çiqib, Qöldoş akani izladi. Beş qavatli uyning eng yuqori qavatida yaşarkan. Ammo eşik könğiroğiga heç kim javob bermadi. Erali qöni-qöşnilardan suriştirib bildi: uy egasi ayoli bilan qişloqqa ketibdi. Bunaqa paytlari tabiiy ravişda aytiladigan “Bola-çaqasi-çi?” degan savol har safar muallaq qolaverdi. Axiyri, uzoq suriştirişlardan sönggina Qöldoş aka yoşi qirqqa yaqinlaşganda ukasining qizçasini asrab olganligini, qiz böy yetib, tört-beş yil burun öşa qişloqqa turmuşga çiqib ketganligini aniqladi. Xullas, hozir Qöldoş akaning ikkita suyukli nevarasi bor ekan: bir öğil, bir qiz.
Bilim yurtida esa maşğulotlar davom etmoqda edi. Endi Erali yanada astoydil öqişi, joni boriça maşq qilişi, sport zalida, trenajyorda terlab-pişib şuğullanişi şart edi. U çarçab-horigan mahallari öziga mayor Jöraboyevning iztirobli savolini berardi: “Sen şu qurbonlikka arziysanmi, kursant?” Javob… javob qanday ham bölardi! Bunaqa mahallari Erali sakrab örnidan turib ketar va darsni qayta boşdan öqişga özini majbur qilardi.
Ammo özlaştiriş oson keçmasdi. Ayniqsa, yozma işda savodi haminqadarligi yaqqol sezilardi-qolardi. Bu safar ham şunday böldi. Mayor Jöraboyev sinov natijalarini eʼlon qilarkan, faqat kursant Tohir Isomiddinovning işi “aʼlo” bahoga arzişini alohida taʼkidlab ötdi.
– Kursant Ğaniyev.
Erali uçib örnidan turdi:
– Men.
– “Uç”. Minusi bilan.
Kursantlar kulib yuborişdi, hatto hazil aralaş çapak çalganlar ham böldi. Erali qizarib-bözarib mayorning qölidan yozma işini oldi, joyiga ötirib, varaqlab kördi. Deyarli har bir jumlaga qizil ruçka tekkan edi.
Şu tun Erali mijja qoqmadi hisob. U xonada közlari qizargança yozma işi matnidagi har bir sözni kitobga qayta-qayta soliştirib çiqdi. Hatto hamxonasining örnida ağdarilib:
– Sen uxlaysanmi özi, boyquş? – deb tönğillaganiga ham eʼtibor bermadi.
Ha, tan oladi: xatolari möl edi. Haliyam mayor ayabdi: bemalol “ikki”, hatto “bir” qöysa ham bölarkan. Uyat…
Baayni Eralining ezilib yurganini sezganday ertasi kuni kursantlar yasagan samolyot modellarini sinçiklab tekşirib çiqayotgan katta leytenant Dovurov kutilmaganda:
– Kursant Ğaniyev. Bahoyingiz “aʼlo”, – deb qolsa böladimi!
Erali quvonçdan özini yettinçi osmonda his qildi. Bölarkan-ku…
* * *
Tez orada harbiy öquv aerodromida amaliy maşğulotlar boşlanib ketdi. Yuragi taka-puka bölib turgan bölsa-da, Erali qattiqqöl yöriqçilar kömagida samolyot-vertolyotlarni xotirjam, sovuqqonlik bilan boşqarişni örgandi.
Navbatdagi amaliyotdan keyin maşğulot sport zalida davom etdi. Kimono kiygan kursantlar murabbiy rahbarligida şarq yakkakuraşi bilan şuğullanişayotgan payt tasodifan Erali sparingga Nosir bilan tuşib qoldi.
Paytdan foydalanib qolişni istagan Tohir zipillab kelib, Nosirning quloğiga şivirlab ketdi:
– Bir taʼzirini berib qöy, bu jöjaxörozning!
Murabbiy ikkala raqibga qarab, öziça ularning kuçini çamalab kördimi, Eralidan söradi:
– Vazn kategoriyalaring töğri kelmayapti. Almaştiraymi?
Hammaning quloği ding bölib, uning javobini kutayotganini sezgan Erali qatʼiy boş çayqadi:
– Yöq. Hammasi joyida, sensey.
“Özing bilasan” deganday yelka qisib qöygan murabbiyning ruxsatidan söng tatamida “jang” boşlandi. Nosir baquvvat, tajribali sportçi. Bu uning xotirjam, öziga işonç ufurib turgan harakatlaridan ham yaqqol sezilib turardi. Erali jon-jahdi bilan unga böş kelmaslikka tirişdi, hatto ikki-uç marta aniq zarba ham berdi. Buni kutmagan kursantlar ikkiga bölinib, işqibozlikka, baqir-çaqir qilib dalda berişga ötişdi:
– Ursang-çi tuzukroq!.. Joning bormi özi?.. Sol…
Raqibini sanoqli soniyalarda bir yoqli qilaman deb öylagan Nosir jahl bilan hujumni kuçaytirdi, Erali himoyani. Olişuv yanada qizidi.
Nosirning keskin oyoq zarbalaridan biri kutilmaganda peşonasiga qarsillab teggan Erali tatamiga “gup” etib quladi. Tohir badxohlik bilan eʼlon qildi:
– Tamom!
Bu maşʼum hukmdan söng zalga birdan ölik sukunat çökdi. Hatto rangi qorday oqarib ketgan murabbiy ham bir oğiz söz aytişga ojiz edi. Erali nafas olmasdi. Hamma lol-hayron.
Tuyqus qoğoz ustida qalam yurgan kabi nimadir qitirlaganday böldi. Yer bilan bitta bölib yotgan kursantga jon bitmoqda edi. Ana, avval u qöllarini yiğiştirib oldi, keyin ularga tayangança qaddini rostladi. Söng oyoqlarida mahkam turdi-da, muşt qilib tugilgan qöllarini yorilgan lablari yoniga olib borgaç, murabbiyga qaradi, sözlarni dona-dona qilib dedi:
– Tayyorman. Davom ettiramiz, sensey.
Lablari pir-pir uçayotgan murabbiy Eralini asta yelkasidan quçib olib, şivirladi:
– Sen yutib bölding, kursant…
* * *
Öqişning qolgan davri şuvillab ötdi-ketdi. Bitiruvçilarga tantanali ravişda diplom topşiriş marosimiga kursantlar özlariga yaraşib turgan leytenant formalarida kelişdi.
Bayramga ota-onalar, qarindoş-uruğlar yiğilişdi. Ular orasida közyoşlarini yaşirib yiğlayotgan Oygul xola, erining yonida katta guldasta bilan qappaygan qornini yaşirib turgan Gulzoda ham bor edi.
Jangovar harbiy uçuvçilarga qismlarga yöllanmalar berildi. Bu tasodifmi, Tohir Isomiddinov, Nosir Toşboyev, Erali Ğaniyevlar bir qismga tuşib qolişdi.
Ular belgilangan paytda qismga yetib kelişdi, podpolkovnik Rahimov tomonidan qism jangçilariga taniştirildi. Şundan söng harbiy xizmat boşlandi.
Keç kuzning badqovoq kunlaridan biri edi. Kutilmaganda harbiy uçuvçilar qismida trevoga yangrab qoldi. Uçuvçilar, ekipajning boşqa aʼzolari çopib kelişib samolyot va vertolyotlar qarşisida saf tortişdi.
Qism komandiri podpolkovnik Rahimov buyruq berdi:
– Jangovar topşiriq! Zudlikda desantçi askarlarni vertolyotlarimizda toğli hududga yetkazib borişimiz şart! Zudlikda!.. Ekipajlar, harbiy maşinalarga!
Ekipaj aʼzolari vertolyotlar tomon çopişdi. Usti yopiq maşinalarda yetib kelgan desantçi askarlar komandirlar buyruğiga köra guruhlarga bölinib, allaqaçon parraklari aylana boşlagan vertolyotlarga çopib çiqişdi.
Desantçilar oşiğiç joylaşib bölişgaç, samoga uçta harbiy vertolyot kötarilib, yonma-yon uçib keta boşlaşdi.
Oradan çorak soat ötar-ötmas havo keskin aynidi. Qora bulutlar hamma tomonni qoplab oldi, momoqaldiroq gumburladi, çaqmoqlar çaqdi. Bular ham kamday kuçli böron kötarildi. Qudratli şamol zabtida xuddi öyinçoqday goh pastga tuşib, goh tepaga kötarilayotgan vertolyotni boşqariş tobora qiyinlaşib borardi.
Çap tarafdagi yaşil çiroqça pirpiraganini körgan Tohir radioaloqaga çiqdi:
– Baza, birinçi eşitadi! Qabul.
Uçişni boşqariş markazidan navbatçining taşvişli ovozi eşitildi:
– Birinçi! Hozirgina meteorologiya xizmatidan şoşilinç xabar oldik. Sizlar uçayotgan hududda keskin havo özgarişi kutilmoqda. Jala, çaqmoq. Zudlikda bazaga qayting!
– Tuşundim. – Tohir qarşisidagi tugmaçalardan birini bosdi. – Ikkinçi! Eşityapsanmi meni?
Qaydandir uzoqdan Nosirning taniş ovozi keldi:
– Eşityapman.
– Baza bilan boğlandingmi?
– Ha.
– Orqaga qaytiş kerak!
Taşqarida şiddat bilan jala quya boşladi.
– Boşqa iloj yöq, – xörsindi Nosir. – Bölmasa qulaşimiz aniq.
Qora bulutlar bağrida çaqmoq, momoqaldiroq gumburladi. Jala dölga aylandi.
Uçinçi vertolyotni boşqarib ketayotgan Eralining yoniga kelgan desantçilar guruhi boşliği, yoşgina leytenant baqirib söradi:
– Nima gap, komandir?
– Qaytişga buyruq berildi. – Erali taşqariga işora qildi: – Xavf maksimal darajada. Çaqmoq ursa, bir hovuç kulga aylanamiz.
– Çaqmoq urmasa-çi?
Erali tuşuntirdi:
– Unda böron vertolyotimizni surib borib toqqa uradi.
Leytenant afsuslanib boş çayqadi:
– Eh, attang… Heç iloji yöqmi, komandir?
– Ozgina iloji bölsa ham jonim bilan edi. Yöriqnomaga köra ham hoziroq ortga qaytişimiz şart! Şunça odamning hayotini xavf ostiga qöyolmaymiz!
Leytenant hammasini tuşunganday boş irğadi-yu, birdan yolvorib iltimos qilişga tuşdi:
– Bir yölini qiling, aka. Biz yetib bormasak, u yoqda döstlarimiz halok bölişadi.
Erali hayron böldi:
– Nima gap özi, tuşuntirib gapiring.
Leytenant oğir uf tortdi:
– Toğdan bir guruh jangarilar oşib ötişga urinişmoqda. Ularning hujumini çegaraçilarimiz qaytarib turişibdi. Lekin agar ulgurmasak… Eh, yetib borsak edi…
Erali qarşisidagi tubsiz zulmatga, ora-sira çaqnayotgan çaqmoqlarga, döl-jalaga bir muddat tikilib qoldi, söng ikki yoniga qaradi. Ikkala vertolyot çiroqlaridan ularning orqaga qayrilayotgani ravşan edi.
Radioaloqa işga tuşdi:
– Uçinçi! Uçinçi!
Erali yaşil tugmaçani bosdi:
– Uçinçi eşitadi.
– Qaytişda ham ehtiyot böling. Böron kuçaymoqda.
– Tuşundim, baza.
Vertolyot yanada qattiqroq silkina boşladi. Dastakni bir amallab uşlab turgan Erali ortida boşini çangallab ötirgan desantçiga ögirildi.
– Örtoq leytenant!
U birdan jonlanib qoldi:
– Nima gap, komandir? Buyruq özgardimi?
– Yöq, buyruq öz kuçida qoldi… – Erali ikki yonga qarab, tobora uzoqlaşayotgan qizil çiroqlarni kördi. – Yetib borsak, qança odamni asrab qolamiz?
– Bir rota askarni!
Negadir ayni lahzada Eralining köz öngidan mudom muloyim jilmayib turadigan yöriqçi-uçuvçi Qöldoş aka ötdiyu, u şaxt bilan radioaloqani öçirdi.
– Örtoq leytenant, negadir aloqa işlamay qoldi-ya…
Leytenant unga hayron bölib qaradi. Erali davom etdi:
– Şunga buyruqni yaxşi eşitolmay qoldim. Eşitsam ham anglolmadim. Qayta söray desam, ahvol bunaqa.
Şundagina leytenant nimanidir anglaganday böldi:
– Aytmoqçisizki…
Erali özi öziga buyruq berdi:
– Olğa!
Leytenant hayajonlanib Eralining yelkasiga qoqib qöydi. Mitti vertolyot junbuşga kelgan çeksiz osmon bağrida ojiz xas misoli uçib ketdi.
Şu soniyalarda harbiy uçuvçilar qismining boşqaruv pultida vaziyat tarang edi. Zero, pult yonida ötirgan Rahimovga navbatçi:
– Uçinçi bilan aloqa uzildi, – deya raport bergandi.
Podpolkovnik örnidan ilkis turdi:
– Qanaqasiga uziladi?
– Bilmadim, aniq bir narsa deyolmayman, – çaynaldi navbatçi. – Balki… balki halokatga uçragandir…
– Yomon nafas qilma! – jerkib berdi uni Rahimov. – Nima qilib bölsayam aloqani tikla. Hoziroq!
– Xöp böladi, – degan navbatçi ovozi xirillab qolgunça mikrofonga baqiraverdi: – Uçinçi! Uçinçi! Baza gapiryapti! Qabul! Qabul…
Oxiri toqati toq bölgan podpolkovnik buyurdi:
– Birinçi bilan ikkinçiga xabar qiling.
Navbatçi endi:
– Birinçi! Birinçi! – deyişga ötdi.
Tohir darhol aloqaga çiqdi:
– Birinçi eşitadi.
– Uçinçi bilan aloqa uzildi. Vaziyat haqida xabar bering.
Tohir atrofga alanglab, öng tarafida öziga parallel ravişda kelayotgan chiroqni kördi. Orqada esa uzoqlaşib ketayotgan mitti yoruğ nuqta. Tohir jahl bilan yelka qisib qöydi.
– Baza. Ikkinçi öng yonimda uçib ketyapti. Uçinçi körinmayapti. Vaziyat: xavf maksimal.
Rahimov mikrofonga egilib, horğin ovozda buyruq berdi:
– Birinçi, bazaga qayting… Nima qilib bölsa ham eson-omon yetib keling!
– Harakat qilaman, örtoq podpolkovnik! – biyron javob qildi Tohir.
– Harakat qilaman emas, bajaraman deng, Isomiddinov!
– Xuddi şunday, örtoq podpolkovnik, bajaraman!
Navbatçi endi ikkinçini aloqaga çaqirib, uçinçi bilan aloqa uzilganini xabar qildi va vaziyat borasida hisobot söradi.
Nosir yon-atrofga, orqaga qarab olgaç, raport berdi:
– Baza. Birinçi çap yonimda uçib ketyapti. Uçinçi… hozir… uçinçi ortimda, uzoqda köringanday böldi. Menimça u kursni özgartirmagan…
Podpolkovnik mikrofonni navbatçining qölidan deyarli yulqib oldi, hovliqib söradi:
– Nima dedingiz, ikkinçi? Uçinçi omonmi?
Nosirning şovqin-suron içidagi ovozi arang eşitildi:
– Uzoqda köringanday bölgandi. Qani, yana bir qaray-çi… Yöq, örtoq podpolkovnik, heç narsa körinmayapti. Heç narsa.
Umid şami bir yonib öçgan Rahimov noiloj buyruq berdi:
– Ikkinçi. Zudlikda bazaga qayting!
– Xöp böladi.
Peşonasiga sovuq ter toşgan podpolkovnik stulga behol ötirib qoldi.
Yana bir muddat mikrofonga:
– Uçinçi!..Uçinçi!.. Qabul!.. – deb qiçqirib turgan navbatçi öziga özi gapirayotganday asta dedi: – Menimça biz uçinçini yöqotdik…
Boşqaruv pulti markaziga oğir sukut çökdi.
Qaltirab-titrayotgan vertolyotni arang boşqarayotgan, ortiga şunça tikilib ham biron yoruğ nuqtani körmayotgan Nosir axiyri birinçi bilan aloqaga çiqdi.
– Eşitdingmi, uçinçi bilan aloqa uzilibdi.
– Aytişdi.
– Bir qaraganimda kurs böyiça ketayotganday köringandi. Endi heç narsa körinmayapti.
Tohir gapni kalta qildi:
– Demak yetib kelgan.
Nosirning yuragi şuvillab ketdi:
– Unaqa dema, Tohir.
– Bu maşq emas, Nosir, nega tuşunmaysan? – kuyinib gapirdi Tohir. – Bu haqiqiy jang. Uruş esa qurbonsiz bölmaydi.
Nosir ikkilangan ohangda söradi:
– Yo orqaga qaytib, xabar olaymi?
– Tentakmisan? – baqirib berdi Tohir. – Şunça odamning hayotini xavf ostiga qöyasanmi? Buning uçun seni tribunalga berişadi! Agar tirik qolsang, albatta!
Nosir oçiğiga köçdi:
– Baribir könglim ğaş.
– Könglingga emas, buyruqqa quloq sol! Qayt deyişdimi, qaytiş kerak! Tuşundingmi, ikkinçi!
– Tuşundim, birinçi!
Tohir tez hovuridan tuşdi:
– Bu boşqa gap…
Tim qora osmonda böronu jala qöynida yonma-yon uçib ketayotgan ikkita mittigina vertolyot uçuvçilari to ne maşaqqatlar bilan, bir amallab bazaga yetib kelgunlariga qadar boşqa bir oğiz ham gaplaşişmadi.
* * *
Tim qora osmon bağrida, böronu jala zabtida qolgan vertolyot uçuvçisiga yönalişni aniq oliş oson emas. Erali ham desant guruhi boşliğining xaritasiga qarab kör-körona yöl tanlardi.
– Böş kelma, komandir, – deb qöyardi uyam xaritaga damo-dam qarab. – Yana bir soatça çidab bersang, obyektda bölamiz.
Kutilmaganda birdan motor öçib, parraklar aylanişi töxtadiyu, vertolyot böron izmida nomaʼlum tomonga uçib ketdi. Erali jahl bilan dastakni urdi:
– Laʼnati!
– Nima böldi, komandir? – xavotirlanib söradi leytenant.
Erali oçiğiga köçdi:
– Motor işdan çiqdi.
– Endi nima qilamiz? Sozlab bölmaydimi?
– Havoda-ya. Yöq… Ikkinçi motorni işga tuşirişga urinib köraman.
Erali kalitni buradi. Bir neça urinişdan söng nihoyat zaxira motor işlab ketdi, varraklar aylandi. Vertolyot çayqalib-qaltirab yönaliş böyiça uçişda davom etdi. Leytenant xursand bölib ketdi:
– Yaşavor, komandir!
Erali baqirib tuşuntirdi:
– Bu motor tinç havoda bir soat uçişga çidab beradi. Bunaqa böronda esa… bilmadim…
– Bir amalla, komandir. Axir, u yoqda…
Erali uning gapini böldi:
– Ortiqça yuklarni taşlaş kerak.
– Hozir.
Leytenant boşçiligidagi askarlar vertolyot eşigini oçib, zarur emas buyumlarni, yuklarni pastga irğita boşladilar. Bir pasdan söng yomğir-döl içkariga ham ura boşladi: vertolyotni yengillaştiriş uçun askarlar oğir eşikni ham qöporib olib, taşlab yuborişgandi.
Ğarq terga botgan Erali yoniga çopib kelgan leytenantga qaramasdan ham gapirdi:
– Heç narsa körinmayapti. Bu ahvolda toqqa borib urilişimiz mumkin.
– Çiroqlarni nega yoqmayapsiz?
Erali izoh berdi:
– Motorga ortiqça zöriqiş kerak emas. Çiroqlarni qöniş oldidan yoqamiz. Xaritani köring-çi, agar rostdanam siz aytgan joyda bölsak, qönişga tekisroq joy bormikan?
Desantçi xaritaga qaradi.
– Mana, mana bu yer yalanglik ekan.
– Yetib borarmikanmiz…
Erali şu sözlarni aytgan mahal vertolyot lapanglab ketib, motor yana öçdi. Vertolyot pastga, zulmat qaʼriga qulay boşladi. Şunça urinib ham zaxira motorni yurğaza olmagan Erali jon aççiğida çiroqlarni yoqib yubordi. Ularning xira yoruğida quyida toğ çöqqisi körindi.
Vaziyat öta qaltisligini, omon qolişga umid qolmaganini anglab turgan bölsa-da, Erali desantçilarga iloji boriça xotirjamlik bilan körsatma berdi:
– Sakraşga tayyorlaninglar!
Böron vertolyotni yonlamasiga surib ketarkan, kutilmaganda yalanglikda gulxan şuʼlasi közga taşlandi. Leytenant qiçqirib yubordi:
– Biznikilar!
Erali bor kuçi bilan vertolyotni şu yalanglikka qöndirişga urinar, ammo böron vertolyotni jarlik tomon surib ketaverardi. Vertolyot yalanglikka, taxminan, olti-yetti metr yaqinlaşganida Erali askarlarga işora qildi:
– Sakranglar!
Boşliqning buyruğidan söng desantçilar birin-ketin özlarini quyiga ota boşlaşdi. Vertolyot pastlab borib, yalanglik çekkasiga ğiçirlab qöndi. Bir qadam narida tubsiz jar. Vertolyot yana ozgina surildi va jar çekkasida lapanglab turib qoldi.
Leytenant Eraliga:
– Sakra, komandir! – deb baqirgança özini pastga otdi.
Vertolyot jar labida bir soniya lapanglab turdi, söng quyiga quladi. U çuqur jar tubiga şiddat bilan uçib borib, toşlarga urildiyu, yonib ketdi.
Jar labiga çopib kelgan leytenanat xirqiroq ovozda pastga qarab baqirardi:
– Komandir! Komandir!
Vertolyot portlaşidan hosil bölgan şuʼla desant guruhi boşliğining yuzini yoritdi. U yiğlardi…
Şu payt jar labiga pastdan bir qöl yopişdi. Keyin ikkinçisi. Buni körib desantçilar boşliği avval qotib qoldi, söng şoşib tiz çökdi. Qöllar ortidan Eralining boşi körindi.
Leytenant jon alpozda uçuvçini tortib oldi.
– Omonmisan, komandir!
Erali hansirab, arang javob qaytardi:
– Şunaqaga öxşaydi, leytenant.
– Xudoga şukr-e! – Yuzini yengiga artgan leytenant şoşib örnidan turdi. – Sen özingga kelib tur. Biz anavi yaramaslarning taʼzirini berib kelaylik. Keyin bir otamlaşamiz.
Guruh boşliği askarlari tomon çopib ketdi.
Erali emaklab jar labiga keldi va yonayotgan vertolyotiga uzoq tikilib qoldi…
* * *
Harbiy uçuvçilar qismi maydonida bayram libosidagi harbiylar saf tortişdi. Odatdagidek, Tohir bilan Nosir yonma-yon turişdi.
Halidan buyon asabiylaşayotgan Tohir ğijinib vişilladi:
– Nima, yap-yangi vertolyotni portlatib yuborgani uçun mukofotlaşyaptimi?
Bu gapni eşitib seskanib ketgan Nosir birinçi marta Tohirga qattiq, sinçkov tikildi.
– Ha, nima böldi? – ensasi qotib söradi Tohir.
– Öşanda… öşanda Eralining orqasidan borişim kerak edi, – dedi Nosir dabdurustdan.
Tohir battar tutaqdi:
– Xöş, borganingda nima bölardi? Ölarding-ketarding. Haliyam menga rahmat de.
Nosir boş çayqadi:
– Erali ölmadi-ku. Menam eplardim. Bu… qörqoqligim uçun heç qaçon özimni keçirmasam kerak.
Tohir maynavozçilikka ötdi:
– Hay-hay, özingni bos. Yuvoş, örtoq, yuvoş.
Nosirning rangi özgardi, közlari nafratdan qisildi:
– Men senga örtoq emasman. Sening yoningda turişniyam istamayman!
Nosir jahl bilan nari ketdi. Tohir önğaysizlanib atrofga alangladi, öziga tikilib turganlarga qarab noçor kulimsiradi.
Minbarga qism komandiri podpolkovnik Rahimov kötarildi.
– Aziz hamkasblar! Muhtaram harbiylar! Bugun bizning qismimiz uçun, hammamiz uçun juda quvonçli kun. Özbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga köra harbiy operatsiyani amalga oşiriş paytida körsatgan alohida jasorati uçun jangovar uçuvçimiz, leytenant Erali Ğaniyev “Jasorat” medali bilan taqdirlandi!
Erali şaxdam qadam taşlab maydonga çiqib keldi. Podpolkovnik uning kökragiga “Jasorat” medalini taqib qöydi. Erali harbiylar tomon ögirilib, çest berdi:
– Özbekiston Respublikasiga xizmat qilaman!
Gulduros qarsakka harbiy orkestr ijro etayotgan tanatanali musiqa sadolari qöşilib ketdi.
Tantanali marosimdan söng harbiylar tribuna qarşisidan saf-saf bölib öta boşlaşdi. Kökragiga “Jasorat” medali taqilgan leytenant Erali Ğaniyev ularning oldingi qatorida edi.
Şu kuni Erali bir erkalik qildi: qism komandirining ruxsati bilan onasi, opasi, poççasi, jiyançasi va ustozi, özi atay çaqirtirgan Qöldoş akani samolyotga olib çiqib, ularni osmon bağrida rosa sayr qildirdi.
Abduqayum YÖLDOŞEV,
Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi
1962-yili tuğilgan. Toşkent davlat texnika universiteti (avvalgi Toşkent politexnika instituti)ni tamomlagan. “Sunbulaning ilk şanbasi”, “Timsohning köz yoşlari”, “Bir tun va bir umr”, “Alvido, gözallik”, “Bankir”, “Puankare”, “Hali vaqt bor” kabi kitoblari çop etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


