(Hikoya)
Safarga çiqsam, ertasi kuni onam hol-ahvol sörab, albatta, telefon qiladi. Bu gal ham şunday böldi. Biroq nima deyişni bilmay qoldim. Böğzimga nimadir tiqildi. Göşakdan esa, “Voy, nima böldi senga, gapirsang-çi, bolam!” degan ovoz eşitilardi. “Zoya opa vafot etdi!” dedim içimda. Onam “Gapingni eşitmayapman, bolam” deya yana takrorladi. Bu sovuq xabarni qanday yetkazaman? Bölib ötgan voqeani qay yösinda sözlab beraman? Balki borganimda yotiği bilan tuşuntirarman? Ha, uyga qaytgaç, bir boşidan aytib beraman. Hozirça bölmay tursin, onajonim.
– Sizga özim telefon qilaman. Xavotir olmang!
– Zoya yaxşimi? Uzoq qolib ketmanglar.
– Xöp-xöp. Xayr endi.
– Zoyaga salom ayt.
Onamning könglini xotirjam qildim, lekin özim tinçimni yöqotgan edim. Ertasi kuni xayrlaşiş uçun Zoya opaning qabriga bordim. Nima deb vidolaşişni bilmay ikki qabr tepasida turib qoldim. Uzoq-uzoqdan esa paravozning hayqiriği, keyin vagonlarning bir-biriga urilib, poyezdning yölga tuşganini bildiruvçi ovoz eşitila boşladi…
Uruş boşlanib Ukrainadan köçirib keltirilganlarning köpçiligi bizning qişloqqa, hozirgina eslaganim marhuma Zoya opa esa yon qöşnimiz Olmosxon ayaning uyiga joylaştirilgan edi. Öşa yili birinçi sinfga borgandim. Maktabdan kelsam, onam yangi qöşnilarni yöqlab endigina çiqib ketayotgan ekan. Ortidan ergaşdim. Keçadan buyon “Ğoq-ğoq”lab hovlini boşiga kötarayotgan oppoq ğozni juda körgim kelayotgan edi.
Olmosxon aya işkom tagidagi yoğoçlari allaqaçon qurib-qaqşab, qiyşayib bir ahvolga kelib qolgan sörida öris kampir bilan nimalarnidir gaplaşib ötirgan ekan. Onam eski kigiz ustiga töşalgan şolçaga nigohi tuşib, mehmonlarning şarofatiga bölsa kerak, deb öyladilar çoği, qoşlarini sal uçirib qöydi. Darhaqiqat, Tölqin amakim olib kelgan yöl-yöl şolça töy-maʼraka yoki biror mehmon sabab yozilar, boşqa paytlarda önğib ketgan kigizning özi bölardi. Qöy junidan pişitilgan kigizning çetidagi şapaloqday kuygan joyi töşakning tagida bilinmas edi. Örtoğim Iqbol öyindan yutib olgan qand qoğozlarini ana şu teşikka qöl tiqib berkitar, ötirganida ham aynan öşa joyni egallardi.
Olmosxon aya onamga peşvoz çiqdi. Eri, ikki öğli uruşga ketib qaddi bukilgan bölsa-da, köpçilikning boşiga tuşgan musibat deb unçalar bilintirmas, ertayu keç oğzidan: “Nemisning uyi kuysin!” degan söz tuşmasdi. Öris ayollarni körmagan edim. Biroz hayiqib onamning ortiga berkinib tursam, kampir “Idi suda, сыночик” deb yoniga çorladi. Gapiga tuşunmadim, ammo qöl işorasidan oldiga çaqirayotganini angladim. Onam bor, bora qol, dedi. Ammo men tortinib bormadim.
– Keliningiz körinmaydi, – dedi onam rusçani yaxşi bilmasalar-da, amallab tuşuntirib.
– Boyaqiş, xonaga qamalib olib yiğlagani yiğlagan, – deya kampirning örniga javob qildi Olmosxon aya. – Birgalaşib ovqatga çaqirsak ham çiqmayapti. Juda xijolat bölib qoldim.
– Nega? – deb söradi onam şirmoy non hidi anqib turgan qölidagi durrani qöşnimizga tutqazarkan.
– Uyimiz… yoqmadimikin?
– Nega unaqa deysiz?
– Keçadan beri tuz totmadi-da, aylanay, – dedi Olmosxon aya közlarini jovdiratib.
– Yer yutkur nemislar uruş boşlab hammaning tinçini buzdi. Şörlik ham eridan, ham uy-joyidan judo bölganiga ezilib yiğlayotgandir, – deb qöşnimizni yupatgan böldi onam.
– Ezilib yiğlasa mayliga edi, qon-qaqşab yiğlayapti…
– Hammadan ham unga qiyin bölsa kerak-da. Ha, aytganday, issiqqina non yopgandim, çiqsa yaxşi bölardi, yo özim kirib çaqiraymi-a? – dedi onam söriga ötirişdan oldin.
– Mayli, urinib köring. Zora, sizga könsa.
Onam içkariga kirişdan avval öris kampirga yuzlanib, keliniga nima bölganini, nega bunçalar kuyinib yiğlayotganing sababini söradi.
– Men… men aytib berolmayman, – deb kampir ham közlariga yoş oldi. Uning quruqşagan, rangsiz lablari titraganini öz közim bilan kördim.
– Kiring, kira qoling. Qaniydi, uni yupata olsangiz. Lekin tilka-pora bölgan yuragiga malham böla olmaysiz deb qörqaman. Mabodo… alam ustida qattiqroq gapirib yuborsa, könglingizga olmang, xöpmi?
Onamga ergaşdim.
Deraza yonidagi temir karavotda dim tuşganiça ozğin ayol yotar, uning titrayotgan nozik yelkalardan bilinib turardi. Oyoq tomonida esa keçagi semiz ğoz turardi. Borib uşlamoqçi böldim. Ammo onam qölimda tutib qoldilar. Meni eşik oldida jim turişimni tayinlab, özlari aççiq köz yoşi tökayotgan ayolning oldiga bordilar. Ğoz bezovtalanib ovoz çiqardi, göyo begona odam yaqinlaşayotganini bildirib, egasini xavfdan ogoh qildi. Ayol qimirlab ham qöymadi.
– Doçinka, – dedi onam bisotidagi bor rusça sözlarni eslab, – Мы sosedi. Goryaçiy xleb prinos. Stavay, doçenka.
Ayol qimirlab ham qöymadi. Onam uning öksik qalbini tinçlaştiriş uçun oldida borişni ixtiyor qilar, ammo nari ketay demagan Ğozdan biroz çöçib turardi.
– Kiş! – dedi onam qölini kötarib.
Bir payt ayol yotgan yerida “Netrogayte, yemu!” deb baqirib berdi. Кейин “Выйдите, от сюда. Nemeşayte, mne!” deb deraza tomonga ögirilib oldi. Onam nima qilarini bilmay, kalovlanib qoldi. Ustiga töqilgan kattagina oq römol taşlangan ayolning nima deganiga töliq tuşunmadim, ammo onam mening oldimda ğalati ahvolga tuşib, turgan joyidan ança vaqtgaça qimirlamadilar.
– Ketdik! – dedim onamga rahmim kelib. Töğrisi, begona, buning ustiga juvonning qöpol muomalasidan aççiğim çiqqan edi. Onam beçora qiynalib yopgan nonlaridan singib pişganini unga ilinsa-yu… Borib qölidan tordim. Şundagina onam ortiga qaytdilar.
– Heç kimga quloq solmayapti, – dedi Olmosxon aya onamni xijolatdan qutqargan bölib.
– Ismi nimaykan? – söradi onam.
– Zoya, – dedi bu gal kampir yonidan onamga joy körsatarkan. – Ona maya nevestka. Муж и сын ушли на войне. Ostalis dvoyom.
– Ayting-çi, öğlingiz uruşda halok böldimi? – deb söradi onam kampirdan.
– Slava Bogu, poka jiv, – dedi kampir onam olib çiqqan nonga havas bilan tikilganiça.
– Balki ota-onasi bombaning tagida qolgandir?
– Нет, они тоже жыви.
– Unda, nega bunçalar kuyinib yiğlayapti? – qiziqib söraşini qöymasdi onam.
Kampir birdan boşini çangallab ökirib yiğlab yubordi. Şu holatda u kelinidan qolişmay köz yoşi tökardi. Lekin yiği sababi haqida oğiz oçmadi.
– Menga ham aytib bermayapti, boyaqiş, – dedi Olmosxon aya dasturxonga yangi uzilgan uzumlarni qöyarkan. Balki bir-ikki kundan keyin sal özlariga kelişsa sörarmiz. Qani, dasturxonga yaqinroq ötiring.
Şunday qilib biz kelinçak Zoyaning nima uçun bunçalar jon kuydirib bağrini tiğlayotganini bilolmay uyga qaytdik. Onam beçora keyinçalik ham buning tagiga yetolmadi. Kampir kelinim özi aytar deya, dardini oşkor qilmay bu yoruğ olamni ğamga botganiça tark etdi. Tört yildan keyin uruş tamom böldi. Xursandçilik boşlandi. Biroq Zoyaning rangpar yuzida kulgi körinmadi. Aksinça, battar qayğuga çömdi. Yurtiga qaytişga negadir şoşilmasdi. “Qaytib borolmayman u yerga” deganmiş qöşnimizga. Onam kabi men ham hayron böldim. Negaki, endi ança-munçaga aqlim yetadigan katta yigit bölib qolgandim. Aslida ham şunday, uruş bizlarni allaqaçon ulğaytirib qöygandi.
Maktabni tamomlab öqiş niyatida Toşkentga yöl oldim. Biroq univerisitetga kiriş nasib etmadi. Keyingi yili harbiy xizmatga çaqirildim. Ukrainaning Xarkov şahrida yigitlik burçimni ötay boşladim. Buni eşitib, qöşnimiz Zoya opa ham menga salom aytib yuboradigan böldi. U aynan şu şaharda tuğilgan ekan. Biroq sevgan yigiti qrimlik bölgani uçun öşa yoqqa turmuşga çiqqan ekan. Bir yildan keyin taʼtilga çiqişim kerak edi. Şunda onam bilan Zoya opani bu yerga taklif qiliş fikri tuğilib qoldi. Ularni ikki-uç kun aylantirmoqçi, söng birgalaşib qaytmoqçi edim. Biroq Zoya opa onamga qişloğimga qaysi yuz bilan boraman, unga nima deyman? Yöq, aslo bora olmayman!” deb qattiq yiğlaganmiş. Bu gaplardan könglim ğaşlandi. Zoya opaning bağrini örtayotgan hodisani bilgim keldi. Qiziq, u hamon na Olmosxon opaga, na qöni-qöşnilarga bu haqda oğiz oçmagan edi.
Harbiy xizmatdan keyin universitetning tarix fakultetiga hujjat topşirdim. Öqişni tamomlaganimdan keyin şu fakultetda işga olib qolişdi. Ayni paytda aspiranturada ham tahsil ola boşladim. Harbiy xizmatda ukrain va qrim tatar tillarini yaxşi örganib olgandim. Şu sabablimi, meni Taşqi işlar vazirligiga işga çaqirişdi. Bu yerdan dunyoning köplab mamlakatlariga borib turardim. Bir safar delegatsiya bilan Ukrainaga boradigan böldik, Kumuşkonga borib ota-onamning duosini oliş uçun qişloqqa borardim. Zoya opa yurtiga ketayotganimni eşitib, ança joygaça közida yoş bilan kuzatib qöydi.
– Yuring, sizni ham olib ketaman, – dedim navbatdagi safar çoğida.
Zoya opa unamadi. Yiğlamsirab ortiga qaytdi. Biroq keyingi gal şahar çetidagi qişloği va bir zamonlar yaşagan uyining manzilini berdi. “Uyimiz vayronaga aylantirgan bölsa kerak. Keyin Rasima ismli çaqaloq haqida ham sörab kör” deb tayinladilar. Lekin bu gapni aytguniça qora terga botib, huşidan ayrilişiga bir bahya qoldi.
Hayron böldim. Qişloğimizga köçib kelgandayoq uning kökimtir közlarida yoş körgandim, mana hozir ham hamon bu qayğuli nigohlarda, titrab çiqayotgan gap-sözlarida qandaydir ayançli va oğir judolikning mungli sadosi aks etib turardi. Qanday alamli hodisaki, uni hali hamon unutişning iloji bölmasa? Nima u – esdan çiqarişning umuman imkoni yöq baxtsizlikmi? Nima u – kindik qoni tökilgan vatandan ayiruvçi azob? Qanday his-tuyğuki, urib turgan yurakni tark etmasa? Uyğoq qalbni hamon titratib, larzaga solsa?
Vaʼdaga vafo qilib, vaqt ajratdim. Bu közda tutilmagan reja, deb delegatsiya rahbari mendan şubhalanib qoldi. Voqeadan uni ham xabardor qilişga töğri keldi. Bir amallab roziligini oldim, biroq ortimdan odam qöyilganini sezdim. Ammo özimni bilmaganga olib, Zoya opa yaşagan şahar çetidagi qişloqqa bordim. Odamlarning köpçiligi öz uylariga qaytgan, böş xonadonlarga esa boşpanasizlar köçib kelişgan ekan. Uylar ança tartibga keltirilgan bölsa-da, uruşning asorati hamon bilinib turardi. Zoya opa kelin bölib tuşgan uyni topişga unçalar qiynalmadim. Yarmi yangitdan qurilgan şekilli, uy ikkiga ajralib turardi. Birozdan keyin ovozimni eşitib, ellik yoşlar çamasidagi semiz xotin çiqib keldi.
Unga şu uyda yaşagan ayolning iltimosini aytgaç, bu yerga qaçon köçib kelganini söradim.
– Qirq oltinçi yilning bahorlarida, – deb xavotir ila javob qildi özini Almira Raufovna deb taniştirgan xotin. Keyin darhol uyning egasi qaytib kelmoqçimi, deb közlarimga tikildi. “Yöq” deganimdan keyingina uning nigohlaridan xavotir aridi.
Keyin Rasima ismli çaqaloq haqida söz oçdim.
Almira Raufovna ikki farzandi bilan yarmi vayronaga aylangan uyga noiloj kirib yaşay boşlaydi. Kunlardan bir kuni oyoğini sudragan bir çol kirib keladi. Köçib kelgan ayolning begonaligini körib indamay ortiga qaytadi, biroq Almira Raufovna çolning qandaydir aytmoqçi bölgan gapi borligini sezib, şundoq qöyib yubormaydi. Yaxşilab mehmon qiladi, töyguniça aroq quyib beradi. Mast böla boşlagan qariya nihoyat içidagini aytadi: odamlar qişloqni tark etişganida, u şu yerda yolğiz qolgan ekan. Keyin yemiş izlab har kuni bittadan uyga kira boşladi. Navbatdagi uy aynan öşa Zoya yaşagan xonadon edi. Ovqat taşvişida kirgan çol deraza oldidagi karavotda turgan yörgakka nigohi tuşadi. Asta borib qarasa, çaqaloq mayiti ekan. Şunday taşlab ketişga közi qiymaydi. Biroq qabriston qöşni qişloqda. U yerga kötarib olib bora olmaydi. Keyin bir amallab hov anavi tepalikka borib çuqur kovlaydi-da, murğakni kömadi. Holdan toygan qariya ertasi kuni bir parça taxtaga “Rasiya – uç oylik çaqaloq” deb yozişga arang qodir böladi. Şundan söng bir parça qotgan non topib yeydi va uning kuçi bilan taxtani qabr tepasiga suqib keladi. Keyingi kunlari, yaʼni uruş tugagunça u xorlikda kun keçiradi. Bu uyda odam yaşayotganini eşitib, kelgan ekan. U öşa kuni Almira Raufovnaning qöliga yörgak içidan topilgan “Tuğilganlik haqida guvohnoma”ni tutqazadi. Uy egalari qaytsa, berib qöyişni söraydi. Lekin çaqaloqni taşlab ketgan onani buralab rosa sökadi. Qariya öşandan keyin uzoq yaşamagan ekan.
Men ortimga qaytarkanman, Zoya opaning bir umrlik ğamga botganligi sirini anglaganday böldim: demak, u bolasini qoldirib ketgan! Lekin qanday qilib? Axir, qaysi ona özining uç oylik gödagini taşlab ketadi? Nahot, tinçini öylab, keyinroq bemalol turmuşga çiqişni közlab şunday mudhiş işga qöl urgan bölsa? Işongim kelmasa-da, Zoya opadan nafratlanib ketdim. Qilğilikni qilib qöyib, doim köz yoş tökiş nimasi? Odamlarning rahmini keltirmoqçimi? Lekin şu payt Zoya opani nohaq haqorat qilayotgan bölmayin tağin, deb öylab qoldim. Negaki, beva ayol umuman turmuşga çiqmadi. Öynab-kulgani ham yöq. Uruşdan söng darhol yurtiga jönab qolmadi.
Butun bir xalqlar tarixini: ötmişini bugungi kunini, dinini va madaniyatini örganib olim bölibman-u, yonimda yaşagan oddiy bir ayolning xatti-harakatini tuşunolmay aqlim lol. Boşida onamga qilgan qöpol muomalasidan bola könglim ranjib, keyinroq taqdiriga qiziqmadimmi? Balki şundaydir. Axir, uning özi ham qandaydir sirli va odamovi edi-da. Na Olmosxon opa, na onam bilan oçilib-soçilib gaplaşib ötirganiga közim tuşmagan.
Ha, bu mungli va qayğuga botgan holda yaşab yurişning sababini endi bilgandayman. U çaqaloqni taşlab ketgani uçun ham özini keçira olmayapti. Qaytib yurtiga ham ketolmayapti? Nahot şunday bölsa?..
Zoya opa meni körib, bağrimga otildi. Ança paytgaça qöyib yubormadi, bu orada töyib-töyib yiğladi. Biroq bu köz yoşlar bemehr ayolning soxta yiğisiday tuyuldi va undan özimni nari olişga çoğlandim. Zoya opa buni sezib battar yiğladi. Keyin “Bu sen öylaganday emas!” dedi ovozi titrab.
– Nima bölmasa? – dedim qahrlanib.
Köngli yarimta musofir ayol bilan nega bu tarzda gaplaşayotganim onam beçorani ham öylantirib, ham taşvişga solib qöydi. Zoya opa nihoyat köz yoşlarini artdi.
– Nima xabar keltirding? – deb söradi nogoh ğijimlab olgan kostyumimning yoqalarini qöli bilan asta töğrilarkan.
– Avval siz aytasiz?
– Yöq, sen gapir.
Onam bizlarni içkariga boşladi. Kuz endi boşlaganiga qaramay, havo biroz salqin edi. Şunday bölsa-da, işkom tagidagi sörini tanladik.
Men safar çoğida körgan va eşitganlarimni sözlab berdim. Gap oziqa ilinjida uylariga kirgan qariyaga kelganda, Zoya opaning köz yoşlari şaşqator böldi. Deraza oldida yotgan jonsiz çaqaloq haqida gapirayotganimda özini tutib turolmadi. Özini onamning bağriga otib jon aççiğida yiğladi. Onam hamon gap nimada ekanligini tuşunolmay turardi, ammo uning ajin bosgan qöllari endi baralla höngrab yiğlayotgandan ojizaning titroq bosgan yelkasini, tözğib ketgan soçini silar, lekin nima deb yupatişni bilolmay jovdiragan nigohlari bilan oğzimga tikilgan edi. Hikoya çolning qişloq çetidagi tepalikka gödakni kömganiga kelganda, Zoya opa birdan boşini kötarib:
– Rasiyaning qabrini kördingmi? – dedi.
– Kördim. Qabr tepasiga qizaloqning ismi ham yozib qöyilgan. Mana bu esa uning hujjati.
Zoya guvohnomaga qarab qotib qoldi. Ançadan söng öziga kelib, titragan qöllari bilan asta mendan oldi-da, yuzlariga bosdi. Şu turişda u bölib ötgan haqiqiy voqeani eslab, jim bölib qoldi.
* * *
… Qişloq oqsoqoli va bir qölidan ayrilgan ellik yoşlardagi mayorning tong saharda uyma-uy yurib tarqatayotgan xabari şundoq ham sarosimada yaşayotgan odamlarni battar dovdiratib qöydi.
– Bir soat içida vokzalga yetib borişlaring kerak! Poyezd roppa-rosa oltida jönaydi. Faqat eng zarur narsalarni olinglar. Eşityapsizlarmi, hujjatlaringiz va bir-ikki kunlik oziq-ovqat!
– Körpa-töşak-çi? – söraydi şu töpolonda kimdir.
– Heç qanaqa körpa-töşak mumkin emas. Böla qolinglar, vokzalda odam juda köp. Oltidagi poyezdga ulgurmasalaring, qolib ketasizlar. Nemislar esa juda yaqin qolişdi! Tez, tezroq harakat qilinglar!
Baqirgan ovoz endi Zoyaning hovlisida eşitila boşladi.
– Ğozim-çi? Uni olib ketsam böladimi? – deydi Zoya qayerga borsa ortidan qolmaydigan ğozini körsatib. Axir, hademay qölidagi çaqaloği yurib qolsa…
– Esing joyidami seni? Hali özing bilan bolangga joy topiladimi-yöqmi?! Yöqot, uni! Nega angrayasan, anavu kampirning laş-luşini tugib, tezroq qöliga tutqazmaysanmi?
Ovozining boriça baqirgan mayor endi qöşni uyning derazani taqillata boşlaşdi.
– Uy içida nima qilyapsizlar. Tezroq vozkalga, vokzalga yetib boringlar!
Zoya tipirçilab qoldi. Qaynanasining ustiga qalin jemperini kiygizdi, boşiga issiq römol öratib, uçlarini beliga aylantirib mahkam boğlab qöydi. Şu çop-çopda oyoğiga kigiz etigini kiygazişga ham ulgurdi.
– Siz ildam boravering! Men Rasiyani kiyintirib, ortingizdan yetib olaman! Turing, turaqoling.
Kampir yölga tuşişdan oldin dorilari esdan çiqib qolmasligini tayinladi.
– Xöp, albatta, olaman. Odamlarning ortidan boring!
Zoya içkariga otildi, ortidan ğoz ham lapangladi. Eski servant tagini titkilab, sarğaygan gazetaga qayta-qayta öralgan hujjatlarni oldi. Şoşib içini oçdi: hammasi joyida. Endi çaqaloğini uyğotib, kiyintirsa ham böladi. U yoqdan bu yoqqa çopib, issiqroq kiyimlarini topdi, uyqusiragan gödakni bir sidra kiyintirgaç, qolganlarini yelkasiga osib oladigan tugunga taşladi. Ğoz tipirçilayotgan egasining xatti-harakatidan falokat yaqinligini sezdimi, odatdagidan boşqaçaroq ovoz çiqarib, Zoyaga soyadek ergaşar, oyoği tagidan nari ketmasdi. Yotoqqa kirsa, orqasidan çopdi, dahlizga ötsa, yana ergaşdi. Zoya zarur kiyim boşlarini olarkan, dam-badam ğozga nigoh taşlab qöyar, uni yolğiz özini qoldirib ketayotganiga içi açişa boşlagan edi. Keçagi ovqatni olmay unga qoldirsa-çi? Mana bu nonning yarmini ham taşlab ketadi. Keyin amallab bir kunini… Yöq, qanday ham özini qoldiriş mumkin? Axir, bosqinçi nemislar öylab ham ötirmay uni söyib… Zoya şu yugur-yugurda bu ayançli manzarani köz oldiga keltirdi şekilli bir seskanib tuşdi. Yöq, uni berahm faşistlarga qoldirmaydi. Vokzalga olib çiqadi, u yoği bir gap bölar. Şu payt uning xayoliga ğozni ham yörgaklab oliş fikri kelib qoldi. Oğzini ip bilan mahkam boğlasa, böldi, ovoz çiqarmay ketaveradi. Yölda pitirlab yubormasligi uçun oyoqlarini ham boğlab qöyadi. Poyezdga çiqib olgaç, kimning ham işi bölardi. Zoya topqirligidan xursand bölib, eski adyolning örtasidan ikkiga böldi. Bir xil qilib örasa, egizak bolasi bor ekan, deb öylaşadi va tekşirib ham ötirmay pozdga çiqişiga navbatsiz yöl berişdi. Unga jon kirdi. Avval ğozni yörgakladi. Jonivor ketişini sezdi çoği, qarşilik qilmay jim turdi. Hali öziga kiyim qidirayotganda, oyna örniga oq çitdan parda tutilgan şkafida qişda öraydigan issiq römoliga közi tuşgandi. Bir-biriga öxşaş ikkitasini oldi-da, işga kirişdi: ğozni qimirlamaydigan qilib boğlagaç, navbat çaqaloğiga keldi. Uni ham adyolga yaxşilab öradi, söng belidan çimdib römol boğladi. Poyezdda hujjat sörab qolsa, qidirib yurmaslik uçun bolaning tuğilganlik haqidagi guvohnomasini yörgakka soldi. Ana endi yölda oç qolmasliklari uçun u-bu yegulik olsa böladi.
– Böldingmi, Zoya!
Taşqarida qişloq oqsoqolining vahimali ovozi eşitildi.
– Ketyapman! – dedi pitirlagan Zoya kattagina tugunni yelkasiga osarkan.
– Hamma ketib böldi-ku, nima qilib haliyam ivirsib yuribsan!
– Mana, hozir!
Zoya ikki yörgakni bir amallab qöllariga oldida köçaga otildi. Sal narida turadigan qöşnisi beş yoşli öğilçasini sudragança çopqilab ötib ketdi. На салом, на алик бор. Yuz-közlaridan vahimaga tuşgani, birgina ilinjda – tezroq poyezdga çiqib oliş uçun odimlayotgani bilinib turibdi. Zoya endi qöşnining ortidan yölga tuşmoqçi edi, nogoh halloslab kelayotgan mayorni körib, nafasi içiga tuşib ketdi: “Tamom sezib qoldi!” Ha, mayor Zoyaning bir qölidagi yörgakda ğoz borligini fahmlagan edi.
– Bilganingdan qolmabsan-da! – baqirdi ança yaqin kelib qolgan mayor.
– Axir…
– Xomtama bölma, baribir poyezdga çiqarmayman! Menga faqat odamlarni evakuatsiya qiliş topşirilgan! Tuşunarlimi, senga! Töxta, qani yaqinroq kel-çi, qaysi biri bolang, özi?
Mayor şunday deb, avval yörgaklarni uşlab kördi, keyin içiga nazar taşladi. Tumşuği boğlangan ğozga közi tuşib, Zoyaning çap qölidan şartta yulqib oldi-da, yoğoç panjaradan oşirib hovliga uloqtirdi.
Zoyaning jon-poni çiqib ketdi, ammo ğazabkor mayorga qarşi heç gap aytolmadi. Qasdlaşib poyezdga çiqarmasa, nima böladi? Çaqaloği bilan nemislarga asir tuşsa… Xudo körsatmasin!
– Mayli, olmayman. Faqat iplarini yeçib qöyay! Bu holda…
– Faqat tez böl. Ortimdan yetib olmasang, özingdan kör! – deb közlari jovdiragan Zoyaning gapini böldi oqsoq mayor.
Zoya qarşisida turgan harbiyning jirraki odam ekanligiga ahamiyat bermay şitob bilan ortiga qaytdi. Dahlizga kiriboq yelkasidagi tugunni polga taşladi. Qölidagi yörgakni esa örtadagi dumaloq stolga qöydi. Hovliga çopdi, yörgakni oçmoqçi edi xayoliga ğozni yeçib yuborsam, baribir ortimdan qolmaydi-ku, degan fikr kelib, niyatidan qaytdi. Nima qilsa ekan? Ha, aytganday, şu holiça tugunning içiga yaşirsa-çi? Amallab poyezdga yetib olar? Şunday ham qildi, ammo tugun haddan ziyod katta bölib ketdi. Anovu jahldor mayor bu safar payqab qolsa, ğozni ayab ötirmasa kerak. Bir tepib mayib qiladi yoki şartta otib taşlaşi mumkin. Zoya biror qarorga kelolmay torgina xonada aylana boşladi. Demak, iloj yöq ekan-da? Örganib qolgan ğozi bilan şu yerda xayrlaşadimi-a?
Derazadan köça tarafga qaradi. Mayor körinmadi. Sal nari ketsa orqasidan çiqarman, balki mening ham qaysarligimni körib rahmi kelar, deb öyladi va oçiqib yiğlay boşlagan gödagini kötarib, yotoqxonaga kirdi. Temir karavotga ötirib bolaning oğziga kökragini tutdi. Mayli, töyib emib olsin, bir yugursam yetib olaman. Oltida degani bilan öz vaqtida jönarmidi? Zoya xayolida keç qolmaydiganday bemalol emiza boşladi. Hali yoş, jadal-jadal qadam taşlasa, mayorga bir zumda yetib oladi. Balki undan öti ham ketar. Qizaloq töydi. Zoya bolani karavotga yotqizib, ğozning oldiga bordi. Uni qölga olganiça bir zum öy surib qoldi.
– Zoya!
Zoya eşik oldida qöli muşt qilib tugilgan mayorni körib taraşaday qotib qoldi.
– Tuguningni ol-da, közimdan yöqol!
Zoya beixtiyor tugunni yelkasiga osdi.
– Ketging kelmayaptimi? Nima, nemislarga taslim bölmoqçimisan? Balki ularning ayğoqçisidirsan? Gapir! Agar şunday bölsa, seni özi otib taşlayman!
Mayor şunday deb yoniga osilgan töpponçani qöliga oldi.
– Gapir, yaramas!
Zoya dağ-dağ titragança hovliga otildi. Mayor uyda odam bormikan, degan xayolda xonalarga boş suqdi. U yotoqxonaga qadam bosganda oçiq derazadan şabada kirib, darpardani uçirdiyu bir zumga yörğakdagi çaqaloqning ustiga yopilib, mayorning ötkir va şubhali nigohidan tösdi. Odam zoti körinmadi. Mayor ortiga qaytdi…
Tinka-madori qurigan Zoya amallab vagonga çiqib oldi, söng yördakdagi bolasini şundoq bağriga olganiça orqasiga suyandi. Ğala-ğovur, bolalarning yiği-siğisi quloğiga kirmadi. Poyezddan qolib ketmaslik uçun öziyam rosa çopdi-da. Ortiga qarasa, közlariga qon tölgan mayor xuddi otib taşlaydiganday tuyulaverdi: töxtamay yugurdi. Xayriyat, ulgurdi! Ana endi birpas mizğib olsayam böladi. Çaqaloğining qorni töq, uyam lökillab çarçagandir? Mayli, uxlasin.
Zoya poyezd qattiq tebranganda çöçib uyğonib ketdi. U yonida munkayib ötirgança “Iloya, uying kuysin, sen Gitlerni!” deya piçirlab qarğanayotgan xotindan qança yurganini söradi.
– Ikki soatdan oşdi.
Zoya qizaloğiga quloq tutdi. U jim edi. Uyqusini buzgisi kelmadi. Orom olsin, gödakkina! Poyezdning şovqini, bezovta odamlarning ğam-ğussaga botgan nigohlari, qarilarning oh-vohiyu, turli yoşdagi bolalarning töpolon va injiqliklari uning jajji yuragiga vahm solmasin. Qança köp uxlasa, şunça yaxşi.
Biroq oradan taxminan bir soatlarça vaqt ötsa hamki, gödak jim. Töğri, vagonning gohida asta tebranişi bolalarni göyo allalaganday ham edi. Lekin nahot şunça paytdan beri qorni oçqamagan bölsa? Qani…
Zoya baqaday qotib qoldi. Közlari qinidan çiqib ketguday kattalaşdi. Keyin birdan boşini çangalladi. U gapirmoqçi, yöq, yöq, baqirmoqçi bölar, ammo nafasi içiga tuşib ketgani bois, böğzidan havo çiqmas edi. U yörgakning bir çetini oçganidayoq yuragi töxtab qolganday böldi. Atrofdagi odamlarning deyarli barçasi özi bilan özi ovora. Kimdir qotgan bir burda nonni kaftlari orasida yaşirganiça mayda çaynaydi. Ovoz çiqarib yonidagilarning eʼtiborini tortişni istamaydi. Kimdir çanqoqdan tomoği qaqragan begona bolaga temir krujkada bir höplam suv tutqazadi. Birov yöqotgan singlisini qidiradi, birov qunişib olganiça közlarini oçişni istamaydi.
Ayni şu mahalda vagonning içini öta vahimali çinqiriq ovozi tutdiyu katta-kiçikni birday larzaga solib, ötakalarini yordi. Karaxt holatidan öziga qaytgan Zoyaning içiga töplagan havo göyo dahşatli vulqonning portlaşini eslatdi. Yurakning tub-tubidan otilib çiqqan nido vagon içidagi har qanday şovqin-surondan ustun kelgandi:
– A-a-a-aaa!
Zoya çuqur nafas oldi-da, ovozining boriça yana baqirdi:
– Aa-aaa-aaaa!
Odamlar heç narsaga tuşunmadi. Faqat Zoyaga yaqin ötirgan xotingina uning bolasidan ayrilib qolibdi şekilli deb taxmin qildi va qörqibgina yörgakning bir çetini kötardi.
Tumşuği boğlagan ğoz!
– Poyedning töxtating!!! Poyezdni töxtatinglar, deyapman sizlarga!
– Poyezdni töxtatiş mumkin emas, – dedi sal narida ötirgan qariya. – Vaziyat oğir qizim. Tahlika ostida qolgan hududdan çiqib olmagunça…
– Unda men tuşib qolaman! Ha, vagondan sakraşim kerak! – Zoya şunday deb otilib örnidan qözğaldi. Odamlarni turtib-surtib vagon eşigi tomon intildi.
– Nima gap, nima böldi?
– Uyda qizim qolib ketibdi! Qizaloğimni qoldirib kelibman! Eşityapsizlarmi, uç oylik gödagimni taşlab kelibman!
Ayrimlarning yuzida açiniş, baʼzilarda esa nafrat ifodasi zohir böldi.
– Voy, nega qolib ketadi?
– Ona degan ham şunaqa hardamxayol böladimi? Qanday qilib çaqaloqni taşlab ketiş mumkin?
– Közing qayoqda edi?
Atrofdan şunga öxşaş haqli savollar yoğila boşladi.
– Atay qilmadim, axir. Şoşganda qizim örniga ğozni kötarib kelibman.
– Ğozni?!
– Yöğ-ye?
– Ana xolos!
– Eşikni oçinglar! Yordam bermay nega qarab turibsizlar? Men qişloqqa qaytişim kerak! Uyda Rasiyam yolğiz qolgan. Uning oldiga borişim şart! Agar bormasam u ölib qoladi! E, Xudo menga madad ber. Uning oldiga borişimga kömak ber özing. Men borgunça qizçamning jonini omon saqla!
– Kamida tört soatça yurdik, – dedi haligi qariya Zoyaning qölidan tutib. – Bu ikki yuz-ikki yuz ellik kilometr degani, qizim. Birinçidan, poyezddan sakraşing xavfli. Joningni xatarga qöyişing mumkin. Oyoğingni sindirib olsang nima böladi? Sudralib qaçon yetib borasan? Biror joying lat yemagan taqdirda ham uyingga ikki kunsiz yetib borolmaysan.
– Mayliga, poyezddan tuşib qolsam bölgani!
Zoya endi “dod” solganiça vagon eşigini siltab oçişga tirişa boşladi. Qariya esa jabrdiyda onani töxtati qoldi. Ayollar çolning gapida jon bor deyişib, Zoyani taqdirga tan berişga undar, içkariga olişga harakat qilişardi. Ammo qani endi yuragi lovullab yonayotgan ayolni töxtatişga kuçlar yetsa, hovuridan tuşira olişsa.
Birdan Zoyaning köz oldi qoronğulaşdi. Holdan toydimi yoki huşidan ayrila boşladimi, özini polga taşlaydi…
* * *
Zoya opaning hikoyasidan yuragim dahşatga tuşdi. Uruşning azob-uqubati uning nozik vujudida öçmas jarohat qoldirgan edi. Nima sabab közlaridan doimo yoş quyilişining sababini endi angladim. Beçora öşa kunni aslo unutmagan. Unutolmasa ham kerak.
– Sendan birgina iltimosim bor, – dedi Zoya opa közlarimga iltijo bilan boqib.
– Bajonidil.
– Endi qişloqqa qaytmasam bölmaydi. Meni kuzatib borsang, degandim.
– Butunlay… ketmoqçimisiz?
– Hozirça bir nima deya olmayman.
– Qişloq odamlari sizni keçirişarmikin? Axir, ular…
– Ular nima deb öylasalar öylayverişsin. Men qizimdan nom-nişon qolmagan bölsa kerak deb yurardim. Xudoga şukrlar bölsinki, qabri bor ekan. Endi qabrini ziyorat qilişim, unga boş qöyib, keçirim söraşim kerak. Undan yolvorib sörayman, men gunohkor onasini keçirişini. Agar şu işni qilolmay ötib ketsam… yana özimni keçira olmayman. Iltimos, keyingi borişingda meni ham olib ket.
Zoya opaga vaʼda berdim. U birinçi marta mening peşonamdan öpib qöydi.
Ayni bahor paytida yana xizmat safariga otlandim. Zoya opani qaytib kelsa kerak degan öyda turist sifatida rasmiylaştirib, çipta oldim.
…Qişloqqa yaqinlaşarkanmiz, qadamlar sekinlaşdi. Barmoqlari titray boşlagan, oyoğidan tobora mador ketib borayotgan Zoya opaning qölidan tutdim. Ança keksayib qolgan Zoya opa qarşilik qilmadi. Yoşga töla közlari bilan minnatdorlik bildirdi.
– Tepalikka yaqin qolgan sari yuragim ezilib ketyapti. Kelişga kelyapmanu, ammo uning qabriga qay köz bilan qarayman. Şu yoğini öylamabman.
– Bardam böling. Axir, atay qilmabsiz-ku. Rasiya sizni allaqaçon keçirgan bölsa kerak.
– Zora şunday bölsa…
Zoya opa asta közga taşlana boşlagan tepalikdan köz uzmas, tomoğiga tiqilib kelayotgan ökirikni arang bosar, oyoqlari oğirlaşib zörğa qadam bossa-da, heç nimaga parvo qilmas edi. Nihoyat, tepalik va uning çetidagi kiçkina qabr yoniga yetib keldik. Zoya opa bir bölak eski taxtaga öyib yozilgan yozuvni körganda, özini tutib tura olmadi: höngrab yiğlagança maysalar kökara boşlagan jajji qabrga özini otdi. U endi hamma narsani unutgan edi, faqat zorlanib yiğlardi, xolos.
Uruş tufayli keçirilmas xatoga yöl qöygan, bu judolikdan bir umr azob tortgan, hayoti zaharga aylangan va yurak yutib marhuma qizaloğining qoşiga kelgan, tinmay: “Meni keçir, keçira qol” deb qalbini tirnayotgan onaizorning mahzun holatiga çiday olmay nari ketdim.
Nazarimda oradan bir munça vaqt ötdi. Borib Zoya opani qabr ustidan olgim keldi. Axir, qaçondan beri namiqqan yerga köksini berib yotibdi. Yana kasal bölib qolsa…
– Zoya opa, turing endi. Gödakning ruhini köpam qiynamang.
Biroq Zoya opa gapimga javob qilmadi. Eşitmagandir deb yelkasiga qölimni qöydim. Birdan xayolimga… Negaki, uruş sababli biror kun ham röşnolik körmagan, yuragi adoyi tamom bölgan muştipar onaning vujudi endi titramayotgan edi-da. Qölidagi tomirga asta barmoğimni qöydim. Xayolimga kelgan sovuq fikr tasdiğini topgan edi: judolikdan qon qaqşab “tirik jasadga aylagan” Zoya opa turqi sovuq harbiyning dağ-dağasidan titragan paytida oçlik girdobida qoldirib ketgan uç oylik jigarporasining qabrini quçoqlagança bu foniy dunyoni tark etgan edi.
Şu kuni keçga tomon tepalikda yana bir qabr paydo böldi.
Akbar Mirzo
1961-yili tuğilgan.
Özbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. “Qalb isyoni”, “Ayozi çözilgan bahor”, “Najot kemasi” kabi hikoya va qissalari töplamlari, “Oqtepalik öğri” va “Ajal bilan yuzma-yuz”, “Suiqasd” va “Sönggi nido” kabi bir qator romanlari naşr etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


