5 daqiqada öqiladi

606 marta körilgan

“Ot öğrisi”

“Ot öğrisi”

Toştepada kutilmagan voqea sodir böldi. Nima böldi, deysizmi? Dard böldi, çipqon böldi! Qişloqning oldi bölgan Norboy çavandozning boylovdagi oti yöqoldi. Yöq, yöqoldimas, öğirlandi.

Norboy çavandoz hazil odammi, “hap, senimi”, deb oyoqqa qalqdi, beş öğlini beş tarafga quvaladi. Toğ qolmadi, daşt qolmadi.

Ozgina şubhada bölganlar kuzatuvga, qistovga olindi. Şu orada folçi-romçilarga ham borib kelişdi.

Natija yöq, natija bölmadi.

Izla-izla, yugur-yugurlar bilan ikki hafta ötdi. Toştepaliklarning orasida: “Öğri kim ekan, kim bölsayam yuragi ikkita” degan gap-söz örmaladi.

Kunlarning birida çavandozning darvozasi tagiga kimdir xat taşlab ketdi:

“Boy bova, otni izlab sarson bölmang, Yaratgan egam barçani teng qilib yaratgan, biz suyunçiga qizingizni söradik”…

Norboy çavandoz xatni qayta-qayta öqidi. Öğrining anoyi emasligini sezdi: “Balki qizi Sayyoraga oğiz solgan yigitning işidir?”…

Ha, esladi, Böronov domla Sattor podaçining öğlidan sovçi bölib kelganda, “Podaçi tengimmi?” deb rad javob bu bergandi.

 * * *

Keyin bu uyga boşqa sovçi kelmadi. Aslida Sattor podaçining öğli Mahmud yomon yigit emasdi. Kimsan, şoir. Ikkita kitobi ham çiqqanmiş.

Duşman könglida, qöşnilaridan suriştirdi: “Yigit yaqin orada uyiga kelmadi”, deyişdi.

Ötgan kunlar orasida ne ötdi, ne qoldi Norboy çavandoz bildi, xotini bildi, ne ajabki, qizi Sayyora esa parvoyifalak ösmasini qöyib maktabiga borib-kelib yuraverdi.

Norboy çavandoz ahvol sörab kelgan Böronov domlaga boyagi xatni körsatdi, kimning yozuvi deb söradi. Domla sinçkov odam, köznoynagini taqib xatga diqqat qildi. Uzoq öyladi, söngra

“Bu Mahmudning imlosi emas”, deb javob berdi.

Ammo domlasi tuşmagur bir narsani payqadi, lekin buni çavandozga aytib bölmasdi. Domla qaytar çoği hovlini supurayotgan qizga maʼnoli qaradi, qiz esa duv qizardi, yerga boqdi…

* * *

Norboy çavandozning beş öğlidan söng tilab olgani Sayyora edi. Çavandoz qizini oltinçi sinfga ötgunça yelkasida kötarib, tizzasida öynatib yurdi. Erkatoy bolalarga yaraşadigan çapaniça sökişlarni örgatdi. Mehmonga kelgan oşna-uzangidoşlari qoşida “sayratib” qiyqirib kuldi. “Otasining qizidan!” deb zavq topdi.

Köpkarili töylarga çopon, telpak kiydirib, otga mingaştirib olib bordi.

Ay, birodarlar, çavandozning ham sizu biz bilmagan dardi alami bor edi-da… Beş öğildan bittasiyam ot minmasa, uloq çopmasa, ayting, umr böyi köpkari çopib ötgan ota beçora qayga borsin?…

Qizning tomirida otasining qoni oqdi. Otga işqiboz böldi, otga mehr qöydi. Ola qaşqa uning sirdoşi, egaçisi böldi.

Yillar ötib qiz böyga yetdi, bolalikdagi qiliqlarini taşladi. Vazmin, karaşmali nozaninga aylandi. Şahardagi kollejda öqib muallima böldi, kuraş, dzyudo deganlarini örganib keldi. Maktabda kuraş tögaragini oçdi.

Sayyora Mahmud bilan şaharda topişdi. Yöq, qiz avval ham yigitni tanirdi. Axir, ular qişloqdoş edilar. Öşanda kollejda adabiy uçraşuv bölgandi. Mehmonlar bilan birga Mahmud ham kelib, talabalarga qişloq qizlariga atalgan şeʼrlaridan öqib bergandi.

Şunda qizning yuragi entikib, orziqib ketdi-yov…

Qiz tortinçoq emasdi, töğri borib Mahmud bilan körişdi, kitobiga dastxat yozdirib oldi.

* * *

Mahmud ham qizni yoqtirib qolgandi. Ular u sabab, bu sabab tez-tez uçraşib turişdi. Ana şunday kunlarning birida yigit qizga mahzun bölib dedi:

– Sayyora, siz köngli toza qizsiz, menga bölgan tuyğungizni ham bilaman, lekin otangiz nima derkin, axir, Norboy çavandoz otda yurgan odam, yolğiz qizini bizga ravo körarmikin?

Yigitning sözlari Sayyorani unçalik taşvişlantirmadi:

– Bu yoğini menga qöyib bering, siz sovçi jönating, qolganini özim… faqat bu gap örtamizda qolsin.

Keyin esa qiz otasining Böronov domlaga “Podaçi tengimmi?” deganini eşitdi. Mahmudning fikri jöyali ekaniga işondi.

Ammo qiz tuşmagur noumid bölmadi, “reja”sini pinhona amalga oşirişga ahd qildi.

Yoz keçalarining birida otni darvozadan yetaklab çiqib mindi-da, ammasinikiga olib boradigan yölga burdi.

Darvoqe, qişloq çekkasidagi uylardan birida Norboy çavondozning beva opasi yaşardi. Köp oqila, mehribon ayol edi, ammo befarzand edi, boyoqiş. Norboy çavandoz negadir unikiga kam kelar, ammo opa ukasini tez-tez yöqlab turardi. Ukasi opasini körgan çoğda, “Qalaysiz, boy momo?” deb hazillaşib qöyardi. Opa şunga ham şukr qilar, “Öligimga egalik qilsa bölgani”, deb duo qilib, alqab yurardi.

Sayyora esa ammasini yaxşi körib, bot-bot xabarlaşib turar, hatto sirlarini ham aytardi. Xullas, öşa keçasi qiz otni ammasining çorboğiga yaşirgandi.

 * * *

Toştepada esa miş-mişlar töxtamadi. Norboy çavandoz esa köksini yostiqqa bosib yotar, goh ğazablanar, gohida “özimdan ötdi-yov”, deb nadomat çekardi.

Axir, elçilik, kun peşindan oqqanda yana Böronov domla kelib, çavandozga taskin berdi: “Ot topiladi, qayğurmang”, – dedi.

– Agar otim çiqsa, mayli Sattor podaçi bilan quda bölişgayam rozi edim…

Norboy çavandozning dilidagi niyati tiliga çiqdi!

Böronov domla esa unga qarab: “Holing şu ekan-ku?”, degandek jilmaydi.

Yarim tunda supada bezovta, tölğonib yotgan Norboy çavandozning quloğiga otning kişnagani eşitilgandek böldi.. “Köp öylaganim sabab, xayolimda eşitdim-ov”, deya örnidan turmadi. Ot yana kişnadi. Çavandoz şoşib örnidan turdi, yalang oyoq, yalang boş sayisxonaga çopdi. Ne köz bilan körsin, oti joyida boğloqlik turardi. U közlariga işonmay qiyqirib yubordi, baland tovuşda xotini Hanifa bilan qizini uyğotdi.

Ertasiga Norboy çavandozning uyida töy boşlanib ketdi. Toştepaliklar ot qulluq bölsinga birin-ketin, uzun-qisqa bölib kelaverdi, kelaverdi…

* * *

Alqissa, sunbulaning oxirida Mahmud bilan Sayyoraning töyi böldi. Kelin qaytar payti ajabtovur voqea yuz berdi.

Bostirmadagi otning bezovta kişnoğini eşitgan kelinçak jonivor bilan xayrlaşiş uçun burildi.

Sayyora otning yollarini siladi, erkaladi…Ey, yoronlar! Balki işonarsiz, öşanda tulporning közidan yoş yumaladi, yoş emas, alam, soğinç oqdi.

Bu holni körib turgan xaloyiq yerga boqdi, köngli böşroqlarning mujdasi namlandi.

Norboy çavandozning ham diydasi toş emasdi, borib qizini bağriga bosdi, şunda otaning yelkalari silkindi, ammo közi namlanmadi.

Keyin çavandozning tantiligi tutib ketdi: “Ol, qizim, otim seniki!” deb yubordi.

Otga egar bosildi, guldor turkman gilami yopildi, ota qizini otga mindirib, jilovini kuyovga tutdi.

Toştepadan yor-yor bilan kelin çiqdi.

Örolboy Qobil

 1955-yili tuğilgan.

Toşkent davlat universiteti(hozirgi ÖzMU)ning tarix fakultetini tamomlagan. “Keçikkan karvon qönğiroği”, “Adir ortidagi qişloq”,  “Jonbözsoyliklar” kabi kitoblari çop etilgan.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar (1)

  1. Çageyasga

    Ajayyp eser. Oran gyzygyp okadym.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (258)

Suv. Hikoya

– Öz oyoği bilan jildirabgina kelmagan suv suvlik qiladimi?! Ketaman bu Cahroyi kabirdan… ketama-an-n! Dilşod şunday deya örnidan sapçib turdi-yu, derazadan taşqariga termildi. U avval hovlisidagi qovjirab qolgan…

“Eynşteyn jumboği”

Dekabrning asov şamoli tun bağrida özini har yonga urib, böriday uvillaydi. Uylar ham sovuqdan junjikkanday bağridagi çiroqlarini öçirib, şamolga jör bölib, qoranği tun vajohatini yanada orttiradi. Biroq şu imoratlar…

Uluğbek Hamdam. Yöl (falsafiy roman

Men bir ojiz tomçiman, ammo yuragimda ummon soğinçi yaşaydi. Mavlono Rumiy TUŞDAN OLDINGI VOQEA Ovoz keldi! Ovo-o-oz!.. Eşityapsizmi, ğoyibdan bir ovoz keldi! Dunyolarni töldirib emas, yöq, balki yöl kabi uzun, yöl kabi…