6 daqiqada öqiladi

510 marta körilgan

Böri

Böri

(Hikoya)

Farangiston toğlarida heç qaçon qiş bunçalik sovuq bölmagan va uzoq çözilmagan edi. Bir neça haftadirki, havo oçiq, osmon tiniq, quruq sovuq zabtiga olgan. Kunduzlari oçiq, tiniq moviy  osmon ostida qor bosgan keng, poyonsiz nişab dalalar yaltirab, yastanib yotar, keçalari esa Oy yanada tiniqlaşib, qirçillama qiş sovuğida qor uzra  sarğiş yoğdu soçardi. Odamlar tepalik tugul hatto köçalarga ham çiqmas, uy-uylariga biqinib olişgan edi. Tunda esa Oy nurida qişloq kulbalarining yoniq derazalari  göyo  is  bosgandek xira körinar va tezda öçib qolar edi.

Hattoki, tevarak-atrofda yaşovçi jonivorlar uçun ham juda oğir davr boşlandi. Ularning kiçikroqlari töp-töp bölib muzlab qolişar, parrandalar   ham   qahraton qiş sovuğiga bardoş berolmay halok bölib, qirğiy va börilarga yem bölardi. Xullas, ayoz va oçlikdan barçaning sillasi qurigan edi. Böri tödasining bir qismi omon qolgan, bu kulfat esa ularni yanada jipslaştirgandi. Börilar kunduzlari yemiş topiş ilinjida yakka-yakka bölib izğişardi. Dam-badam oppoq  qor uzra ozib-tözib ketgan, şarpa yangliğ unsiz pusib borayotgan oç, biroq  öta huşyor böri körinardi. Qor bosgan dalada kaftdek soya unga ergaşadi. Şamolda bir nimani sezgudek bölsa, ötkir tumşuğini çözib, tinka-madori qurib, qisqa uvlab qöyadi. Tunlari esa töda-töda bölib ovga çiqişar, böğiq uvillab qişloq atrofida izğişardi. Mol va parrandalar oğillarga bekitilgan, darçalarga ov miltiqlari suyab qöyilgan. Onda-sonda itmi, şunga öxşaş mayda öljani hisobga olmaganda ahvol tang, şundoğam töda içidan ikki böri otib öldirilgan edi.

Izğirin sovuq hamon zabtiga olardi. Börilar iliqroq bölişi uçun köpinça yonma-yon yotar, huvillagan dalalarga majolsiz boqib, unsiz qulay payt poylaşardi. Şunda ulardan biri, oçlik azobiga doş berolmay uvillab yubordi. Unga boşqalari ham qöşildi, bir zumda çor-atrofni börilarning dahşatli uvillaşi tutib ketdi.

Nihoyat, tödaning çoğroqqina qismi yölga otlanmoqçi böldi. Erta tongda uyalarini tark etib, bir joyga töplangan börilar, sovuq havoni bezovta iskay boşladilar. Söngra ildam va baravar qözğalişdi. Orqada qolganlar oldindagilar ortidan ança joygaça ergaşib yörtib bordilar, söng ikkilanib töxtab, ular ortidan majolsiz termilib turişgaç, sekingina in-inlariga qaytdilar.

Yölda borayotganlar qiyom payti bir-birlaridan ajralişdi. Uçtasi şarq tarafga – Şveysariyaning Yura toğlari tomon, qolganlari esa janubga qarab ketdilar. Uçala böri kelişgan, kuçli, biroq nihoyatda ozib-tözib ketgan edi. Oqimtir qorinlari kamardek tarang tortilgan, qovurğalari ayançli tarzda turtib çiqqan, halqumlari quruqşab, közlari maʼyus va tuşkun boqardi. Uçovlon Yuraga yetib borişganning ikkinçi kuni bitta qöy, uçinçi kuni esa it bilan qulunni ölja olişdi, bundan darğazab bölgan qişloq aholisi yirtqiçlarni har tomondan taʼqib qila boşladi. Tevarak-atrofdagi qişloqlar va şaharçada vahimali gap-sözlar tarqaldi. Poçta taşuvçi çanalar qurollantirildi, miltiqsiz heç kim köçaga çiqmaydigan böldi. Uçala yirtqiç begona joyda avvaliga biroz hayiqqan bölsa-da, şunday ajoyib öljalardan söng özlarini qöyib yuborişdi; ular endi har qaçongidan ham  taptortmas bölib, qişloq hovlilaridan biridagi molxonaga kuppa-kunduzi hujum qildi. Torgina oğil bir zumda ari uyasidek tözib ketdi, sigirlar mörar, yoğoç oxirlar qarsillab sinar, ot tuyoqlari dupurlardi. Biroq bu gal odamlar yetib kelişga ulgurdi. Börilarni kim öldirsa, unga mukofot eʼlon qilingan, bundan dehqonlar jasoratiga jasorat qöşildi. Ular şu zahoti ikki börini tinçitdilar, birining böğziga ov miltiğidan otilgan öq tekkan bölsa, boşqasini oybolta bilan çopib taşlaşdi. Uçinçisi çap berib qoçib qoldi, joni halqumiga kelib, qor ustiga qulamagunga qadar orqa-oldiga qaramay yuguraverdi. Börilar içida u eng navqironi va eng kelişgani, baquvvat va çaqqoni edi. Yelkasi oybolta zarbidan jarohatlangani bois, oğir nafas olib, juda uzoq yotdi. Köz öngida qon bosgan qizil doiraçalar gir-gir aylanar, oğriq azobidan ahyon-ahyonda tölğanib qöyardi.

Şunga qaramasdan, ozgina tin olgaç, yana örnidan qözğaldi. Şundagina u naqadar uzoq masofaga yugurib borganini sezdi. Atrofda na uylar, na odamlar körinardi. Şundoq oldida qalin qor bosgan ulkan toğ qad rostlab turardi. U Şasseral toği edi. Toğni aylanib ötmoqçi böldi. Taşnalik azobi ustun kelib, qorning muzlagan ustki qatlamidan bir parça sindirib yedi.

Bir amallab toğning narigi tomoniga ötgan ham ediki, qişloq ustidan çiqdi. Keç kirib borardi. Böri qalin ösgan arçazor içiga kirib, nafas rostladi. Qişloq molxonalarining iliq-imiq isi dimoğiga urildi-yu, asta boğqöralar oşa sakrab ötdi. Köçada heç zoğ yöq. Böri sölakayi oqib, qörqa-pisa özini uylar orasiga urdi. Şu zahotiyoq öq ovozi yangradi. Özini tutib, endi yugurmoqçi bölgan ham ediki, qarsillab ikkinçi öq uzildi. Öq nişonga tekkandi. Oqiş qornining quyi qismidan yirik qon tomçilari tirqiray boşladi. Böri bor kuçini töplab, hakkalay-hakkalay nihoyat, toğ bağrida joylaşgan örmonzorga yetib oldi. U yerda bir zum tevarak-atrofga diqqat bilan quloq solgan edi, ikkala tarafdan ham odamlarning ovozlari va qadam tovuşlari eşitildi. Qörqa-pisa toqqa razm soldi. Toğ nişab, serdaraxt, unga çiqib boriş ança muşkul edi. Biroq boşqa yöl ham yöq. Böri nafasi böğziga tiqilib, qiya toğ bağriga qapişvolgan köyi yuqoriga asta-sekin örmalab çiqa boşladi, pastda esa tobora yaqinlaşib kelayotgan olomonning ğala-ğovur ovozlari eşitilar, dam-badam çiroqlarning “yalt-yult” yoruği ham körinib qolardi. Yaralangan böri nimqoronği arçazor böylab dir-dir qaltirab borar, tanasidan jigarrang qon tizillab oqardi.

Sovuq böşaşdi. Ğarb tomonda osmon çang-tözonli, qor yoğişidan darak berardi. Holdan toygan, tinka-madori qurigan böri nihoyat tepalikka bir amallab çiqib bordi. U endi Mont Krosin degan joy yaqinida, özi arang qoçib ketgan qişloq uzra çözilgan yarim nişab, qalin qor bilan qoplangan keng maydonda turardi. Oçlikni sezmas, biroq jarohati simillab oğrib, benihoya azob berayotgandi. Osilib qolgan böğzidan asta, bilinar-bilinmas nido keldi, yuragi oğir ura boşladi, muqarrar ölim şarpasi zildek yuk bölib bosayotgandek tuyuldi. Şunda bexosdan şoxlari tarvaqaylab ösgan yolğiz arçaga közi tuşdi; arça tagiga borib, ğira-şira tun qaʼriga maʼyus tikilib qoldi. Oradan yarim soat vaqt ötdi. Kutilmaganda qor ustida ğalati va mayin, xira qizil doğ paydo böldi. Böri ğingşib, joyidan qözğaldi, yoruğlik tomon intildi. U janubi-şarq tarafdan katta va qip-qizil bölib çiqqan, ğira-şira osmon uzra tobora kötarilib borayotgan Oy nuri edi. Ança vaqtdan buyon u bu qadar qizarib, tölişmagandi. Asta-sekin jon taslim qilayotgan jonivor xira, tussiz Oy gardişiga maʼyus boqarkan, kuçsiz xirillagan ovozi tun qaʼriga singdi.

Çiroq kötarib olgan odamlar yetib kelişdi. Qalin palto kiygan dehqonlar, möyna telpak va besönaqay issiq poyabzal kiyvolgan ovçilar, yoş-yalang yigitlar qorni bir-bir bosib kelişardi. Hamma şodon qiyqirardi. Joni uzilayozgan börini körib, unga yana ikki marta öq uzişdi, ikkisi ham tegmaydi. Şunda unga tayoq va söyillar bilan yopirilişdi. Böri esa buni ortiq sezmadi ham.

Odamlar tilka-pora bölgan böri jasadini Sankt Immer tomon sudrab olib ketişdi.

Hammalari kulişar, bir-birlariga maqtanişar, aroq va qahva içib, xursandçilik qilişar, aşula aytişar, sökinişardi. Qalin qor qoplagan örmon gözalligini, baland yassi toğ yoğdusini, ov miltiqlarining millari va billur qor zarraçalari hamda öldirilgan börining sönik közlarini ğira-şira yoritib, Şasseral toği uzra osilib turgan yoruğ Oyni esa heç kim körmas edi.

Іyermann  HESSE  

(1877-1962)

nemis adabiyotining uluğ namoyandalaridan biri, Nobel mukofoti sohibi. Uning köplab roman, qissa, hikoyalari, şeʼrlari, siyosiy, adabiy-tanqidiy ruhdagi asarlari çop etilgan. Ular orasida, ayniqsa, “Çöl börisi”, “Marjonlar öyini”, “Ğildiraklar ostida”, “Demian” kabi asarlari dovruğ qozongan.

 

Nemis tilidan  Mirzaali AKBAROV

tarjimasi

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)