2 daqiqada öqiladi

329 marta körilgan

Sevsang agar mening qadar sev…

Sevsang agar mening qadar sev…

Bir xudoga, bir sevgiga işondim

 Pok sevgimning ikki nomi bor uluğ,

Bir Xudoga, bir sevgiga işondim.

Ikki oğa, ikki şohu ikki pir,

Bir Xudoga, bir sevgiga işondim.

 

Adaşmadim, tanladim Haq yölini,

Sevaverdim köksim ikki bölinib.

Qörğonimni qulatmadim qöl urib,

Bir Xudoga, bir sevgiga işondim.

 

Boşimni tark aylamadi tumanlar

Qanday sevgi istaganman, sumanbar?

Iç-içimda isyon qilsa gumonlar,

Bir Xudoga, bir sevgiga işondim.

 

Ayting, kimning böstoniga toş otdim,

Axir, qaçon yot yostiqqa boş otdim?!

Ölsam öldim, sof sevgini yaşnatdim,

Bir Xudoga, bir sevgiga işondim.

 

Mansur deydi: sev, yuragim, sev, dilim,

Sevsang agar mening qadar sev, gulim.

Hatto senga işonmadim, sevgilim,

Bir Xudoga, bir sevgiga işondim.

 

 

                                * * *

Eng şirin xayolim olursan mening,

Soçlaring umrimdek çigal köraman.

Kunduz közlaringni oftobim deyman,

Tunda qoşlaringni hilol köraman.

 

Keçaman könglingning gulşanlaridan,

Toblanaman işqning gulxanlarida,

Ne tong, azoblansam ol lablaringdan

Dardimga malhamu majol köraman.

 

Xayoldan ayrilmoq istamayman heç,

Bandi yuragimdan zanjirlarni yeç!

Sen qaydan bilasan, sahardan to keç

Naqadar özimni malol köraman.

 

Bilmadim, Mansurdan nega qoçasan?

Gohida şirinsan, goho öjarsan,

Qayda nodonlardan suhbat oçilsa,

Ul joyda özimni misol köraman.

 

 

                                * * *

Bir lahzada köz yoş qildi, lab osdi,

Sevgi emas ekanda bu, havasdir.

Endi sen-la tanişmoğim abasdir,

Laʼl umrimni qöy umrimning ustina!

 

Mening kabi kim qayğurdi, ğam çekdi?

Taskin berdim, umid berdim, içikdim.

Hayot taʼmi gohi aççiq-çuçukdir,

Bol umrimni qöy umrimning ustina!

 

Ruhing töymas, işqni qonib içarsan,

Qaytib kelib yana köngil oçarsan,

Balki mening yuragimga köçarsan,

Dol umrimni qöy umrimning ustina.

 

Umr qisqa, bu bir oniy hayotdir,

Gulim, senga sadqa jonim hayotdir,

Dunyo gözal, hayot foniy hayotdir,

Ol, umrimni qöy umrimning ustina.

 

 

      SYEVIB QOLDIM

 

Qismatim şu ekan-da, tilagimga aylanding,

Işqim töfon kötardi, bölagimga aylanding,

Köçamdan bir bor ötib, yuragimga aylanding,

Köçada sevib qoldim!

 

Sen falakdan tuşgan oy, yerda qayerda bu baxt?

Koinotning köksida yaşab yurganding xuşvaqt,

Röbarö kelganingda töxtab qolganmidi vaqt?!

Neçada sevib qoldim?

 

Muzga aylangan köksim omon çiqar to qişdan,

Milyon orzu tuğildi senga bir bor boqişda,

Tanimasang, bilmasang, najot bormi yoqişdan,

Qançada sevib qoldim?

 

Gullar yaxşi his qilar yozning xosiyatini,

Sevmaganlar anglamas qizning hissiyotini,

Toş urib tuşirolmas tilloning qiymatini,

Şunça-da sevib qoldim.

 

Sahargaça zavq bilan yeçding tunning çokini,

Kunduz yaraladingu, keça, ol, dard yukini!

Kunim kun bölmay qoldi, yaşayapman ökinib,

Keçada sevib qoldim.

 

Jilmayasan noz ila, tağin sevdirib meni,

Sof işqimni yaşnatding, jonim, sevdirib meni,

Qurbon bölay Xudoga, seni sevdirib, meni

ğunçada sevib qoldi…

 

Mansur Hasanzoda

 1981-yili Ozarbayjon Respublikasining Qazax şahrida tuğilgan. 1998– 2002-yillarda Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olgan.

 

Ozar tilidan

Faxriddin Hayit tarjimasi

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)