(Hikoya)
Odilbek kutayotgan yangi yil – yangi tong bilan kirib keldi. Quvonç olib kelgan bugungi quyoş öz çarxi bilan aylanib borar edi.
Odilbek derazadan taşqariga boqar ekan, boğça opasining taʼriflab bergani “Yangi yil”dan nom-nişon ham körmadi. U kun sanab bu lahzalarga yetdi. Turli suratlar orqali ertaklar olamida kaşf etgan Qorboboni körişga qançalik yuragi oşiqmasin, u kutgan qor yöqligidan öksinardi. U keça tasavvuridagi “Yangi yil”ni oq qoğozga tuşirdi: uç aylana qator qilib terilgan Qorboboga çelak kiygizib ham qöyilgan. Tugmalarini ham erinmay çizgan bolakay osmonu bulutlarni, qor parçalarini tasvirlagandi. U arçani ham esdan çiqargani yöq. Orzusidagi sovğalarni unga ilib çiqqan!
Odilbek derazaga Ayozboboning muzdan “rasm çizişi”ni dadasidan eşitgan edi. Lekin derazada heç qanaqa böyoq rangini körmagaç, taşqariga çiqdi. U keça tayyorlab qöygan qalin kiyimu qölqoplarini olgisi ham kelmadi, töğri-da qor bölmasa, nima qiladi?! Endi Qorboboni qanday köradi? Bu öydan bolakayning boşi gangib qoldi: axir, undan köp sovğalar olmoqçi va… va aytadigan tilaklari bor edi. Oyisi aytgan-da: “Qorbobo aqlli bolalarning tilaklarini bajo keltiradi”.
U oyoğidagi etigiga uzoq tikilib qoldi. Axir, uni keça öz qöllari bilan yoğlagandi-da! Qorlarni ğijirlatib bosib, bepoyon oppoq qorlarni keçib, yugurmoqçi va yana osmon uzra soçib yuzini tutmoqçi edi!
Keyin u osmonga tikildi – öşa qöl yetmas quyoş tobora ildamlab borar edi. Şunda bolakay böyi ösişini juda-juda istadi: “Hozir möjiza röy berib, hammadan böyim ösib ketsa-ya, köm-kök osmonga oppoq bulutlarni çizib çiqsam! Keyin ulardan oppoq qor yoğaversa!”
U umid bilan çeksiz osmonga boqib turar, göyo hozir Qorbobo çanasida uçib borib bulut çizadigandek, hayajon bilan tikilar edi.
Oyisi uni yuz-qölini yuvişga undadi.
U kutgan tort ham yöq.
Odatdagidek boşqaça hislarsiz kun. Na Qorbobo, na tort va na sovğalar bor.
– Bugun hammamiz şaharga Qorbobosi bor uzun arçaga boramiz! – deya oyisining tölib aytgan sözlaridan aka-ukalar quvonganidan sakrab-sakrab oldilar.
– Urra! “Katta alçaga” bolamiz, – dedi Komilbek. U ukasining quvonçiga şerik bölib:
– Qorbobolar şahriga boramiz, ura!!!, – dedi.
Mana yetib kelişdi. Odilbek esa bu yerda ham qor yöqligi uçun qovoq-tumşuğini osib oldi. U yonidan ötib qolgan qizil kiyimli, oq soqolli Qorboboga tikildi. Yonidan beparvo ötgan Qorboboga u endi maʼyus qarab qoldi. Axir, undan sovğa olmoqçi edi! Qizğançiq ekan Qorbobo!
U yana şu kabi Qorbobolarni köp kördi. Hatto boğçasi yonida har kuni tilançilik qilib ötiradigan öşa amakiga öxşab gapirayotgan ana u yölakdagi gado ham Qorbobo kiyimida edi. U bunday qorbobolarning köpini kördi. Ammo heç biri u tasavvur qilganidek: “Tila tilagingni”, deb aytmadi. Töğri, sovğa berişdi, ammo baxil ekan – pul oldi evaziga! Dökondagi sotuvçilar ham pul oladi-ku? Bular ham savdogarmi? Axir, Qorbobo saxiy bölişi kerak emasmi? Ular bolalarga şirin orzular, sovğalar ulaşişi, tilaklarni bajo qilişi kerak-ku!
Kuylab va hatto raqsga tuşayotgan Qorbobolar endi uning köziga soxta bölib körina boşladi. Bolakay tezroq ketişni xohlardi.
Unga tort ham tatimadi. Baland va betakror qilib bezatilgan arça ham endi uni hayratga solmasdi, qaytaga zeriktira boşladi. Qop kötarib yurgan Qorbobolar soxtaligini foş qila boşladi.
U xarxaşa qilişga ötdi. Uyiga qaytişni juda-juda xohlardi…
Odilbek yana oppoq qoğoz yuzini böyay ketdi. Bu safar qoğozga – yalanğoç daraxtga osilgan xunuk sovğalar va tartibsiz böyalgan sariq yaproqlar tasviri jonlanar edi. Yana uç aylana Qorboboning boşi yerda yotar, sariq quyoşning nurlari göyo bu Qorboboni “suv”ga aylantirayotgan edi…
“Katta bölsam, izquvar bölib, soxta Qorbobolarni foş qilaman!” – deb öyladi u.
Keçga yaqin qor yoğa boşladi. Bolakay esa bu mahalda özi yoğlagan etigini kiyib, oy yoğdusida dadasi, oyisi va ukasi bilan Qorbobosini yasaşga kirişib ketgan edi…
Rohilabonu ĞÖÇÇIYEVA
2000-yili tuğilgan.
Respublika yoş ijodkorlarining Zomin seminari iştirokçisi.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


