8 daqiqada öqiladi

204 marta körilgan

Tarix bilan hamnafas ölka

Intiqom Yaşar

Kuzning havolari Bokuga öxşaydi…

Boku – Samarqand yönalişidagi olis yöl çorlayotir bizni. Avvalboşda Bokudan Moskvaga uçdik. Uç soatlik parvoz… yöl böyi kim bilandir suhbatlaşgisi keladi odamning. Lekin Moskvaga uçiş vaqtida biror hamsuhbat topilmadi…

Lekin Moskvadan Özbekistonga uçişda bir özbek qardoşim menga hamroh böldi. Suhbatlaşib ketdik… Yöldoşimning aytişiça, u qurolsozlik böyiça mutaxassis ekan. Bir muddat vatanida işlaganidan söng unga Moskvadan iş taklif qilişibdi va u mazkur şaharga kelib biroz işlabdi: töğriroği, u işlamagan, balki çindan ter tökkan. Uning özga yurtdan kelgani uçun zahmatli mehnat va soğinç çehrasiga iz solib turardi. Hamkasblari va iş beruvçilarning unga yot köz bilan qaraşi döstimizning jon-jonidan ötib ketibdi. Endi esa… oilasi yoniga qaytayotgan ekan. U bilan Ozarbayjon qurolli kuçlarining bugungi holati haqida biroz suhbatlaşgan böldik. Qoraboğ va unda keçayotgan ziddiyatlardan söradi. Qardoşimiz adabiyot muxlisi ekan. Ozarbayjon adibi Yunus Öğuzning asarlarini öqigani va ulardan olgan taassurotini hayrat bilan sözlab berdi. Quvondim. Yana tangalarni kolleksiya qilar ekan. Unga safarxaltamdagi Ozarbayjon tangalaridan berdim. Xursand bölib ketdi. Şoirligimni bilib biron kitobimdan berişimni söradi. Taassuflar bölsinki, kitobim solingan jomadon yukxonada edi, biroq yonimdagi xaltalardan birida döstim, yoş şoir Turol Turonning kitoblari bor edi. Ulardan birini mamnuniyat ila qardoşimga uzataman. Samolyot qönganida Turol kitobiga imzo qöyib beradi.

Nihoyat, Toşkent aeroportiga yetib keldik. Men pasportim va boşqa zarur hujjatlarni körsatib ötib ketdim. Ammo şerigim Turolga kelganda qandaydir muammo çiqdi. Siz çiqavering, döstingiz ortingizdan çiqadilar, deya meni qöyib yuborişdi. Yuklarimni olib taşqariga yönalaman. Turoldan xabar yöq. Boyagi özbek döstimizdan telefonini sörab oldim va bizni qarşilaşga çiqqan qardoşlar bilan aloqaga çiqişga urindim. Aeroportdagi Turizm markaziga yönalaman.

Xodimlar mening Ozarbayjondan ekanligimni bilib tabassum bilan kutib olişdi. Ularga muammoni tuşuntiraman-u, lekin uning tezda yeçilişini sezib turardim. Sal ötmay yoş şoir Mirzohid Muzaffarning qadrdon va biroz özbekça ohang aralaşgan “Selamualeykum” deganini eşitib quvonib ketdim. Körişdik… Mirzohidning yonida yana bir yigit bor edi, taniştirdi. Ismi Ikrom,

Özbekiston yoş ijodkorlar kengaşining rais örinbosari ekan.

Toşkentga qalin tuman tuşgan, biroz sovuq. Turol Turon hamon çiqmayotgani uçun xavotir ola boşlayman. Mirzohid va Ikrombek meni tinçlantirişga harakat qiladi. Nihoyat Turol çiqib keldi. Bizni kutib olişga tayinlangan maşinaga ötirib, Ikrombekning uyiga yöl oldik. Hali tong oqarişiga 3-4 soat bor, soat yettida “Afrosiyob” bilan Samarqandga ketişimiz kerak edi…

Ikrombekning issiq uyidamiz. Biz bu aziz mezbonlarning yarim keçada biz uçun tuzatgan dasturxoni ustida suhbat qura boşladik. Qarang, bir-biri bilan neça yillardan beri körişmagan birodarlar kabi gurunglaşa boşlaymiz. Qalblarimiz tili tarjimonga örin qoldirmaydi.

Samarqand – yaxlit moziyning uluğ parçasi bizni kutayotir. Sal ötmay yana yölga çiqişimiz kerak. Tong otgaç, Şimoliy vokzal deb ataluvçi poyezdgohga bordik. U yerda ham boşqa turkiy ölkalardan kelgan qardoşlar töplanib turişgan ekan…

Bizni manzilga qadimiy Afrosiyobning uçqur pölat oti “Afrosiyob” olib bordi. Poyezdga ötirgaç, ertaklardagi kabi köz oçib yumgunça muazzam Samarqandga yetib keldik va bu yerdagi gözallikdan ham hayrat, ham iftixor tuydik. Samarqandlik maktab öquvçilari, mutasaddilar bizni karnay-surnay, non-tuz bilan qarşi olişdi. Şeʼrlar, qöşiqlar, kulgi ovozlari, kuy jaranglari ruhimizda ajib hislarni uyğotadi. Mitti yuraklardan olamga olam-olam mehr va quvonç yoyiladi. Bir paytlar butun bir millatni birlaştirgan Afrosiyob öşa millat farzandlarini yana bağrida jamladi.

Buyuk Temur

yurtida

Köçalarga nigoh taşlayman. Qadimiy binolar peştoqidagi har bir yozuvni tuşunişga urinaman… Hamma narsa taniş, hamma narsa qadrdondek körinadi. Birozdan söng festivalning oçiliş marosimi bölişi kerak edi. Şu sababdan maxsus avtobusga ötirib qisqa manzilga otlandik. Şaharning naqd yuragida viqor tökib turgan muhtaşam Registon majmuasi xuddi yaxlit şeʼrga öxşaydi! Har toşi bir naqş, har naqşi – sanʼat asari. Men bu yerdagi minoralarni Samarqandning kökka uzangan qöllariga öxşataman…

Xullas, festival öz işini boşladi. Örtaga taniqli adabiyotşunoslari, Xalq şoirlari va mehmon ijodkorlar sözga çiqişdi. Yolğon gapirib nima qildim, özim garçi zalda bölsam-da, fikru zikrim Registon maydonida edi. Taşkilotçilarning közini şamğalat qilib Mirzohid va Turol bilan maydonga çiqamiz. Men tarixni qöllarim bilan uşlab körgim keladi. Köhna devorlarni silayman. Barmoqlarim titraydi…

Tadbirlar poyon topgaç, yana boyagi avtobuslarda mehmonxonaga yöl olamiz. Qarang, mehmonxonaning nomi ham Registon ekan. Bu yurtda öz tarixini asraş şu qadar kuçliligini körib juda quvondim!

Festival rejasiga köra, restoranga boramiz. Kuy-qöşiq, odamlar yuzidagi samimiy tabassum qalbingga anglatib bölmas nekbinlik soladi. Taşkilotçilar quvonçli xabarni oçiqlaydi. Ertaga Samarqandning boşqa tarixiy obidalarini körişga borar ekanmiz.

16.11.2018… Hammamiz Sohibqiron qoşiga çiqmoqqa şaymiz. Yölga tayyorgarliklar puxta. Yönalişimizning ilk manzili buyuk muhaddis Imom Buxoriy hazratlarining maqbaralari böldi. Ziyoratçilar köp. Ular bu yerda köngil tili ila suhbat qurişardi. Duolar öqildi. Duoyi fotihadan söng şu maqbara yonidagi muzeyga kirdik. Bu yerda özga yurtlarning Özbekistonga hadya qilgan Qurʼoni karim kitobini körib, könglimiz allaqanday ilohiy sakinat topganday böladi.

Hazrat Imom Buxoriy ziyoratlaridan çiqib, yengilmas sarkarda Amir Temur mangu makon tutgan manzilga odim otamiz. Endi hayajonimizni tasavvur qilavering. Kitoblardan öqib, bir zamonlar körişni orzu qilgan va bugun öşa baxtga muşarraf bölib turgan tarix – Amir Temur xilxonasida turiş… Sohibqiron maqbarasini aylanarkanmiz, özbek döstlarimiz bu yerdagi har bir toşning tarixi haqida maʼlumot berişadi. Suhbatlar turli afsona va rivoyatlarga qorişib ketadi. Ularni eşitarkanman, voqealar köz oldimda röy-rost jonlanadi. Xayolan XIV asrda yaşayotgandek his etaman.

Tarix közgusi bölmiş Samarqand obidalarini tomoşa qilişga heç töymasak-da, “Samarqand şeʼr oqşomlari”ning asosiy tadbiri böladigan joyga ketdik. Men avvaliga mazkur tadbirda, nari borsa, 100-150 odam qatnaşsa kerak, deb öylagandim. Biroq… zaldagi qariyb ming kişini körib, butunlay lol qoldim. Xalq taʼbiri bilan aytganda, igna otsang, yerga tuşmaydigan darajada tirband davra. Şeʼrga, sözga bu qadar mehrini körib özbek xalqiga hurmatim çandon oşdi. Tadbirdagi eng mayda detallar, muşoiraning har bir daqiqasiga qadar puxta taşkillangani ham tahsinga loyiq.

Ozarbayjon vakili sifatida men va Turol Turonning çiqişi Yoş ijodkorlar kengaşi xodimlari tomonidan nihoyatda nozik did ila rejalaştirilgan ekan. Mamlakatimiz nomi eʼlon qilingaç, zaldagi qarsaklar guldurosi olamni tutib ketgandek böldi…

Xullas, Turk dunyosining turli nuqtalaridan taşrif buyurgan katta-kiçik şoirlarning rangorang manzumalari ila muşoira boşlanib ketdi. Biz uşbu manzaralar taʼsirida umrini Turkiy xalqlar birligi yölida fido qilgan uluğ ajdodlar ruhini yod etib, Yaratganga ming bor şukrona keltirdik. Esdalik uçun suratlarga tuşganimizdan keyin bu ertaknamo kunga yakun yasaldi. Barçamiz könglimizda çeksiz muhabbat va Samarqand soğinçini tuyib, azim Toşkentga qaytiş uçun hozirlik köra boşladik.

Biz joylaşgan mehmonxonaning dahlizida yiğilgan, şeʼr öqigan mehmon şoirlarning çehrasida qandaydir xafalik bor edi. Çunki tez orada bu jannatmonand yurtdan uçib ketamiz… Mana şu tadbirning barça oğirligini nozik jussasiga yuklagan va ulkan qalbiga qardoşlar birligidek uluğ maqsadni joylagan Mehrinoz xonim Abbosova butun çarçoqlar va turli muammolarga qaramay, uning yuzlaridan bir lahza bölsin tabassum arimadi. Umuman olganda, biz körgan özbek qardoşlarimizning bari xotiramizda iliq va öta samimiy tabassumi ila manguga muhrlanib qoldi.

17.11.2018… xotiranomamizning boşida aytib ötganimiz öşa uçqur “Afrosiyob” poyezdining “oyoq”lari yana temiryölga tuşadi. Közlarimni çeksiz çöllar va baxmal adirlardan ola olmayman. Har bir daraxt, toş va maysani eslab qolişga urinaman. Sirdaryo özanidan ötayotganimizni adabiyotşunos Bahodir Karim aytib qoldi. Tarixiy kitoblarda öqiganim – nomlar yana tirila boşlaydi: Amudaryo… Sirdaryo… Amir Temur… Buyuk sarkarda mana şu ikki daryo orasida – Movarounnahrda tavallud topgan, bu yerni obod va ozod Vatanga aylantirgan.

Professor Bahodir oğa bilan suhbatimiz qizğin tus oldi. Moziydan to hozirga qadar özbek-ozar adabiy aloqalarini mustahkamlaşga hissa qöşgan, ikki xalqning maʼnaviy ustozlari bölgan yoruğ siymolar haqida fikr almaşdik. Suhbat davomida ustoz Bahodir Karimning Ozarbayjonga çeksiz hurmat va muhabbati borligini his qildim.

Yana Toşkentdamiz…

Taşrifimizning dastlabki kunidagi kabi tuman-rutubat Toşkentni tark etibdi. Quyoşning beozor şuʼlalari içra poytaxt bor gözalligi va salobati ila körkam bölib turgandi.

Birinçi bölib Özbekiston – Ozarbayjon döstligini mustahkamlaşda xizmat qilayotgan “Kitob dunyosi” gazetasi tahririyatiga yöl olamiz. Biz bilan Samarqanddan birga qaytgan özbekning taniqli şoirasi Xosiyat Rustamova özi rahbarlik qiluvçi uşbu gazeta tahririyatida bizni körib şu qadar quvondiki… Bu ayolning bizga körsatgan samimiy munosabatidan behad xursand böldik. Tahririyat bilan tanişgaç, Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasiga yöl oldik.

Bizning til bilan aytganda, Yozarlar birligining sölim xiyoboni Prezident Şavkat Mirziyoyevning qaroriga binoan bunyod qilinibdi. Bu qadar yuksak eʼtiborga sazovor bölgan Uyuşmaning aʼzolariga içimizdan havas qildik. Qardoşlar ölkasida ahli adabiyotga bu qadar ğamxörlik körsatilsayu, quvonmay böladimi?! Yozuvçilar uyuşmasi binosidagi tahririyatlar bilan bir-bir tanişa boşladik. Dovruği Hazar dengizidan ötib bizga qadar yoyilgan “Yoşlik” jurnalining boş muharriri Faxriddin Hayit bilan hamsuhbat böldik. Suhbat zamonaviy şeʼriyat, jurnal faoliyati va öquvçilar saviyasi haqida böldi. Şu örinda aytib ötiş kerakki, u kişi ham zamonaviy turkiy şeʼriyat namunalarini özbek tiliga tarjima qiliş bilan maşğul ekan.

Söng “Jahon adabiyoti” jurnali tahririyati bilan tanişdik, şundan keyin Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi, Özbekiston xalq şoiri Sirojiddin Sayyidning iş xonasida töplandik. Sirojiddin Sayyid janoblarining özbekona lutfi va samimiyati, Turkiy dunyoga bölgan mehri bizning u kişiga bölgan hurmatimizni yanada orttirdi. Otaşnafas şoir yurtimizdagi zamonaviy adabiyotdan söz oçdi, özi taniş bölgan ijodkorlarning holini söradi. Suhbat asnosida Ozarbayjonning taniqli adiblari Anor, Feruz Mustafoning Toşkentga kelganlarini sözlab berdi.

Uçiş vaqti yetgunga qadar Toşkentni aylandik. Qadrdonlar bilan dasturxon atrofida jam böldik. Barçalari bizga samimiy hurmatini izhor etiş uçun ozarbayjonçalab “gardaş-gardaş” deb yelkamizga qoqib qöyişardi…

Biroz ötgaç, ota yurtda döstlaşgan qadrdonlarimizga omonlik tiladik.

Yölda yana bir yöldoşga ehtiyoj bor. Ilinj bilan ob-havo yangiliklariga köz tikaman. Moskva yana sovuq… izğirin… U yerdan Bokuga yöl olamiz. Axir, bizni ona Vatanimiz va Hazar dengizi kutayotir!

Omon bölgin, Ota yurt!

Intiqom Yaşar

1990-yili Ozarbayjonning Kedabek şahrida tuğilgan. Ozarbayjon davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan. “Ilk uçraşuv”, “… va yana sukunat”, “Uyda yöqman” nomli kitoblari naşr etilgan.

Mirzohid Muzaffar

tarjimasi.

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)