(Hikoya)
Loysupada uyulib turgan eski-tuski poyabzallardan birini usta çarm fartugining etagiga soldi-da, mum surtilgan şordozni juvoldizga ötkaza boşladi. Supaga soya berib turgan zardoli barglarining şabadada sekingina şitirlaşi göyoki şivirlab gurung berayotgandek, usta esa boşini egib uni tinglamoqda. Goho pişib yetilgan meva uning diqqatini bölib har-har zamon yerga “tap” etib tuşgaç, yangi qabrga öxşab döppayib qoladi. Supa çetidagi ola-çolpoq soyada muşuk old oyoqlari bilan çarm qiytiğini turtkilab siçqon bilan öynayotgandek irğişlab umbaloq oşadi.
Katmanda har payşanba böladigan bozorning kiriş yölagiga toqa temir oyoqni teskari örnatib, poyabzalga mix qoqib ötiradigan usta oldidagi poyabzal uyumini ham öşanda yiğib oladi. Erinmagan mijoz joyida poyabzaliga mix qoqtirib yoki yengil taʼmirlatib olsa, köpçiligi kelasi hafta oliş şarti bilan qoldirib ketadi. Bozor haftada bir kun bölganidan usta, asosan, yiğiş bilan maşğul. Unga qişloq oradagini ham qöşsa, har kuni ustaning qölida bigiz-sözon. Bunday arzon-garov poyabzalning yirtilişi qança oson bölsa, uni yamab-tuzatiş şunça qiyin. Afsuski, eskini yamayman-eplayman deb, ustaning esi ketgan bilan xizmat haqi arzimas: ipak şordozni mumlab işlataman, yamoq solaman, vaqtim ketadi, xizmat haqim “falon” böladi desa, mijozning ensasi qotadi; usta, botinkaning xununi sörayapsiz, siz aytgan pulga yana şunça qöşsam, bilasizma, naqd yangisini beradi-ya, deyişadi ular. Kim köp, bozorda yamoqçi köp. Sal qaltisroq gapirib yuborsa, mijozdan ajrab qolişi heç gapmas. Şu bois tilni tiyadi-da, mijozning berganiga rozi bölib qolaveradi. Tirikçilik haminqadar bölganidan söng uyda böladigan minğir-sinğirlarga çidaş osonmas.
– Hoy otasi, çoy sovib qoldi. Nimaga öz vaqtida içmaysiz? – deya xotini ödağaylagança ustaning oldida paydo böldi, biroz oldin qöyib ketgan dasturxoni hamon joyida turganidan jahli çiqib. – Şu palakatni kamirmasdan siz ham odamlarga öxşab, bunday boşni kötarib atrofga qarang. Bolalarimning ertasi nima böladi deb öylab körasizma heç?
Oilaga yetarliça daromad keltirmaydigan iş bilan ustaning ivirsişi xotiniga yoqmaydi, goho eriga nisbatan odamlar nopisand munosabatda bölayotganini sezib ori keladi, keyin bor kuçi tiliga yiğiladi, taʼna-malomat yoğdiradi: odamlar birni birga uriştirib ikki qiladi, baland-baland uy solib, dabdabali töy beradi… Avvali peşonam qursin, tengim şu tepsa tebranmas böldi deya manglayiga şapatilaydi.
– Manavi tökilgan zardolilarni bolalar bilan terib olinglar, keyin qaynatasanma yoki yoyib quritasanma, özing bilasan, işqilib, uvol bölmasin, – dedi usta göyoki xotinining gapini eşitmagandek.
Erining odatdagidek talmovsiraşidan uning battar alami keldi. Şunday odamga sadqayi gap, aslida, manavi muşuk ham undan avlo, bir tepsa miyov deydi, bu erga gapirding nimayu toşga gapirding nima deb öyladi-da, jahl bilan muşukni tepib yubordi. Haqiqatan ham, bir dumalab tuşib “vağ” deya qoçib qoldi. Şundan söng sal xumori bosilgandek, harqalay, ortiq ğingşimasdan bir siltanib keng köylagi pirillagança oşxona tomon ketdi. Muşukni tepayotganda xotini ustaning köziga alvastidek körindi. Alvasti degani ham şu xotinga öxşasa kerak deya usta miyiğida kuldi-da, tufliga qadalib turgan bigizni suğurib teşikka juvoldizni suqdi. Yana bir-ikki bor bigiz bilan yamoq ustidan teşib şordozni tugun qilgaç bilinmaydigan qilib kesib, botinkani aylantirib tekşirib körib, örnidan qözğoldi. Qölini çayqaganidan söng sovuq çoyni “xör-xör”latib, non kavşaşga tuşdi. Saldan keyin zahari-mahringga yut degandek xotini bir kosa zardolini “döq” etkazib qöyib ketdi. Beparvolik bilan usta kosani oldiga surib: “Oş bölsin, yamoqçi”, – deya öz könglini özi xuşlab ovqatlandi. Bozorgaça işini tugatib qöyiş maqsadida yana qayta joyiga ötirdi. Navbatdagi botinkaning yirtiğiga çamalab çarmdan bir parça qirqdi. Yamoqni tekislab joylaştirgaç, bigiz bilan sözonni qölga olib astoydil işga berildi. Bu orada qança vaqt ötgani bilan qiziqqani ham yöq. Birini tugatib, ikkinçisini qölga oliş bilan andarmon. Bir mahal qadam tovuşidan xotinining kelayotganini sezib huşyor tortdi. Qani endi imkoni bölsa-yu, quloqlarni bekitib olib tinçgina işingni bitirsang, heç qanday tovuş xalal bermasa deb öyladi.
– Bolalarning içi şilinib ketdi, ertayu keç yegani meva-çeva. Şildir şörva badanga yuqmasa, bozor kuni qöy göşt oling, bolalarga darmon bölsin, – deya u dasturxonni yiğiştirarkan, tepsa tebranmas er hamon miq etmaganidan keyin kesatiq bilan bobillab berdi. – Hö er kişi, siz özi meni eşityapsizma?.. Gödakkinalar maktabdan sumkasini zörğa sudrab kelişyapti. Borib bolalarning holini köring, qorakördek yerga qarab singalamang-da.
Rözğor deganlari eski törvadek gap ekan, qay joyiga barmoq ursang teşiladi. Kambağalning xotini şu eski törvani teşib öyin qilişdan rohatlanadimi, bilmay qoldi. Xudoyi-ma, bu dunyoda xotinni erkakning közini oçirmaslik uçun yaratganmisan deya öyladi-yu, miyasiga kelgan bu öydan qörqib ketib, astağfirulloh deya piçirladi.
– Nega mum tişlagandek gung bölib oldingiz yoki gapim notöğrima? – dedi erining hamon işdan boş kötarmayotganidan ğaşi kelib.
Xotini toza oşqinlayvergandan keyin noiloj usta işidan töxtab, ajablangan köyi unga qaradi.
– Bozorga boriş uçun işimni tugatib qöymasam, pulni qayerdan olaman? Göştni pulga beradi, xonim, – dedi. Yana nimadir demoqçi bölib oğiz juftlagandi, xotini dasturxonni zardoliga osilgan savatga irğitib, ögirilasolib şipillab qoldi. Aççiq ustida ketayotib jahl bilan römolini boşidan yulqib olib, qayta tanğiganini kuzatib turgan usta boşini sarak-sarak qilgança yana işiga kirişdi.
Bu xotin tuşunmaydi yoki tuşunişni istamaydi. Rözğor degani öz nomi bilan ğor bölsa. Nafs ber deyişdan çarçamagandan keyin qança topmagin, ğorga tuşib yöq bölib ketaveradi. Dunyo dunyo bölibdiki, rözğorning ğorini töldirdim degan inson bölgan emas. Şunday odamni topsam, oyoğidan tavof qilaman. Ana şu ğorning tepasida turgan odam menga öxşab toparmon-tutarmon bölmasa, uning ado bölgani şu ekan…
Bir tomonda qizlarning ham böyi yetib qoldi, ularni uzatiş uçun sarpo-suruq ğamlaş kerak. Yiqqan-terganini xotiniga tutqazyapti. Albatta, u beçora ham tejab-tergab latta-putta yiğadi, hayot şu ekan.
Hozirça ustaning bilgani şu: orta-toşa topmagandan keyin közni çirt yumib yaşayveradi. Ammo vaqt ötgani sayin oila taşvişi kattalaşib, xotinining egovi ham ötkirlaşmoqda. Qölidan kelganiça temtinib yotibdi. Holva degan bilan oğiz çuçimasa, biror narsa bölar degan umidda joni boriça bigiz-sözonga yopişadi. Boşqa nima ham qilsin? Bolalar ulğayaversin-çi, Xudo poşşo, rizqini yetkazar deb ovutadi özini.
Tuşdan keyin havo dim bölib qoldi. Engaşib borayotgan oftob nurlari supaga töliq tuşgan, soya esa tomorqa oralab çözilib boryapti, usta isib ketayotgan bölsa ham, bugunga ajratgan sönggi poyabzalni hafsala bilan yamamoqda. Işini yakunlab, örnidan turganida ğarq terga botgan edi. Köz oldi qoronğilaşib, boşi gir-gir aylanganidan daraxtga suyanib ança vaqt joyida turdi. Köz oldini qoplagan tuman tarqaganidan keyin qölansa hid taratayotgan fartugini yeçib şoxga ildi. Ust-boşini qoqib, u yoq-bu yoqqa yurib oyoq çigilini yozdi. Quyoş tafti pasayganiga qaramay, hamon mudroq holat hukmron. Tek qotgan daraxtlar xuddi ğamga botgan ustadek qovoq uyib çuqur öyga tolgan. Ğir etgan şabada esmaydi, ammo terak barglarining qaltiragança devonadek ğinğillaşi, haşarotlarning horğin çirillaşi kişini battar lanj qiladi. Usta horğin holda atrofga siniq nazar solib, supa çetida yotgan ketmonni uşlagança tomorqa oraladi. Şiğillab gulga ötirgan pomidor puştalarida yakka-dukka kökargan begona ötlarni çopib, qotib qolgan muşaklarini böşaştirişga harakat qildi. Tayinli bir iş qilmasa ham tomorqada keçgaça ketmon uşlab vaqt ötkazdi.
Keçki dasturxon atrofida oila yiğilib, şildir şörvani “qur-qur” içib bölişganida rözğorning yana bir yoriği oçildi.
– Ota, ota, – deb öğli erkalanib arzi holga ötdi. – Dam oliş kuni şaharga tomoşaga borarkanmiz. Hayvonot boğini, muzeyni körsatişar ekan. Şungaça sinfdoşlarim “zebra” mayka olişmoqçi. Öğil bolalar bir xil kiyinişga kelişdik. Menga ham obering. Ularga men ham olaman deb qöydim, ota-a. Oberasiz-a?
Taşvişli jaranglagan bu gapdan ustaning eti jimirlab ketdi. Uning göşt va bozor-öçarga möljallab turgan xarji nima böladi? Bu savilning oti mayka bölgan bilan falon pul turadi. Öğliga nima deb javob qaytarişni bilmay qoldi; göşt puliga mayka olib bersa, haftalik bozor-öçar xarjini yöl puliga beradi. Şildir şörva yana suyuqlaşadi-yu, minğir-minğir köpayadi.
Ikki öt orasida qoldi. Uzun-kalta, yöğon-ingiçka qilib öylayotgan edi. Oğziga talqon solib olgan erining qiliğiga xotin çidolmadi. Buning ustiga, bola otasining oğziga mahtal möltirab ötiribdi, buni kuzatib ötirgan xotin indamas erni çaqib-öyib gapirdi.
– Bolam, sen heç ğam yema, – dedi onasi zaharxanda qilib, – eski maykangni kun çalgan bölsa ham binoyidek butun. Otang donği ketgan usta bölsa, anavi teri-pöstaklarining qiytiğidan quroqlab beradi. Zebraning özi bölasan-qolasan.
Usta xotinining kesatiqlariga mutlaqo eʼtibor qilmadi. Unga yaraşiqli javob berganda ham, bir narsa özgarib qolmaydi, şu bois odatdagidek özini eşitmagan yoki anglamaganga oldi.
– Hey polvonim-yey… bozor kuni ertalabdan avval senga “zebra” olamiz, keyin menga yordamlaşib yuborsang, birga-birga qaytaveramiz. Maʼqulma?
Ukasining xursandligini körgan ikki opasi ham şodlanib ketdi. Çunki erta-indin qizlarning ham arz-holi bor. Ammo beöylarça vaʼda berayotgan eridan nafratlangan xotini gezarib ötirardi…
Oradan bozor ötib usta zardoli soyasida bir uyum poyabzallarni saralayotganida xotinining şarpasini sezib afti bujmayib ketdi.
– Kattangizga köylak kerakmiş, bitiruv keçasiga, – taşvişli xabar bilan xotini kelib supaning bir çetiga omonat çökdi. – Men yemay-içmay qizlarning sepini butlayman deb ölib-tirilsam, siz öylamay soçasiz. Öğil bola tomoşadan qolsa kindigi çiqmasdi, biroq qiz bolaning yöriği boşqa, buyoği böy yetib turgan bölsa, teng-töşlaridan ortda qolsa, nomus böladi. Oldindan aytganim şu bozor kuni matosini olişi kerak, çevarning ham odami köpayib yotibdi ekan, öşangaça zörğa tikib bersa ham. Bundan taşqari, tufli olişi bor, mayda-çuydasiga ham pul kerak.
– Pul özingning qölingda-ku, birga boringlar-da, bolalaring köngliga yoqqanini olsin.
– Bolalar nima desa olaver deyişingizga qaraganda, biz bilmagan xazinangiz borga öxşaydi, usta. Bigiz-sözonga işonib katta gapirmayotgandirsiz?..– deya xotinning jazavasi qözidi. – Siz öylab gapiryapsizma heç, bunça pulni qayerdan olaman yoki bir hafta tişning kirini sörib ötiramizma? Xuddi olam-jahon pul tutqazib qöygandek oğzini töldirib gapirişini qarang-a. Men şunça eplamasam, allaqaçon oyoğingizdan jitib ketardingiz, şuni bilasizma? Oğzi-boşi qiyşaymay tağin pul berib qöydim deyişiga ölayma?
Usta jilmaydi. Yöq desa ham baloga qoladi, xöp desa ham. Nima qiliş kerak?
Xotini javrab-javrab ketganidan keyin ustaning qöli işga bormay qoldi. Asboblarini bir tomonga qöyib, tomorqa oraladi. Şu yoşga kirgunça ança-munça joyga boş suqib kördi. Açinarlisi, heç biridan naf çiqarolmadi. Peşonada bori şu ekan deb, bigiz-sözonni qayta qölga oldi. Özi ham xuddi bigiz-sözondek turmuşni yamab-yasqaş bilan ovora gohida…
Göyo butun borliq töxtab qolgandek, ösimliklar tek qotgan, ahyon-ahyonda qoraçigirtkaning çirillaşi quloqqa çalinadi. Oğir yuk ostida qolgan usta bazör oyoğini sudrab tomorqada maqsadsiz sermaljiydi. U aylanib yurib nafas olişga-da holi yöqligidan ne qilarini bilmay terak soyasiga kelib töxtadi. Terak barglari öz-özidan qaltirar… Nimadan bunça bezovta bu teraklar, axir, şamolning epkini ham sezilgani yöq-ku, deb öylanib qoldi. Yoki uning ham dardlari menga öxşab içida qolganmikan? Öylagani sayin battar yuragi siqilib, quloqlari çippa bitib, miyasi açigan xamir kabi köpçigandek böldi. Turgan joyida çökkalab, rangsiz, hidsiz va tovuşsiz olamga nursiz közlari bilan baqraygança ötirdi…
Oradan qança vaqt ötdi – bilmaydi. Asta-asta quloğida şanğillaş paydo bölib öziga keldi. Hammasi öz örniga qayta boşladi. Quloğidagi şanğillaş terak qaltiraşiga öxşaş ovozga almaşdi, ammo bu tovuş taşqaridan emas, öz köksidan kelardi. Yuragi duk-duk etibmas, göyoki terak bargidek dir-dirlardi. Noxuş sukunat qöynida usta öz qalbining qaltirayotganini tingladi. Juda taniş, ammo şu paytgaça umuman eşitmagan bu ovozdan ajablandi. Ajablandi-yu… örnidan irğib turib, özini ham eşitmaslik uçun minğirlab xirgoyi qilgança ildam yurib borib joyiga ötirdi-da, bigizni qöliga oldi. Şunda “tap” etib tuşib, yangi qabrdek döppayib qolgan zardoli diqqatini tortdi. Unga uzoq tikilib qolib, dunyo ajoyib-a, deya öyladi. Gullaysan, pişasan, tökilasan, tuşasan…
Xolmuhammad KARIMIY
1966-yili tuğilgan. Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan. “Hurayro”, “Hurliqo”, “Buni hayot deydilar…” nomli qissa va hikoyalar töplamlari naşr etilgan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


