21 daqiqada öqiladi

443 marta körilgan

Işonç

Jek London

(Hikoya)

Barça qatnovlar jönab bölgan, “Sietl-4” esa sohildan asta-sekin uzoqlaşayotgan edi. Uning palubalari kema va yölovçi yuklari, turli hindular guruhi, itlar va ularning egalari, savdogarlar hamda uyiga qaytayotgan oltin qidiruvçilar bilan tölgandi. Dosenning köp sonli odamlari qirğoqda saf tortib xayrlaşardilar. Zinapoya olinib, kema oqim böylab sekin suza boşlagaç, xayrlaşuvning şovqin-suroni quloqni qomatga keltirdi. Sönggi lahzalarda oxirgi vidolaşuv sözlari yodiga tuşgan odamlar kattalaşayotgan suv kengliklari aro bir-birlariga baqira boşladilar. Luis Bondellbir qöli bilan sariq möylovini burab, boşqasini qirğoqdagi döstlariga böşaşgan köyi siltarkan, tösatdan bir nima yodiga tuşdi va tösiqqa sakrab çiqdi.

– Hoy, Fred! – baqirdi u. – Hoy, Fred!

Fred sohildagi olomonning oldingi qatorida uzun yelkalarini çözib, behuda baqirişdan yuzi qizarib ketgan Luis Bondelning gapini ilğaşga urinardi. Kema va qirğoq örtasidagi suv tobora kengayib borardi.

– Hey, sen, Kapitan Skott! – qiçqirdi u kema boşqaruv xonasiga. – Kemani töxtat!

Bong yangradi, kemaning quyruğidagi katta rul çambaragi orqaga burildi va kema töxtadi. Kema va qirğoqdagilarning barçasi bunday imkoniyatdan unumli foydalanib, sönggi, boşqa va muhim sözlarni yetkazişga kirişişdi. Luis Bondelning tuşuntirişga bölgan barça saʼy-harakatlari bekor ketdi. “Sietl-4” izidan çiqdi va uni oqim olib keta boşladi. Kapitan Skott esa kemani yana bir bor ortga burib, yölda davom etişi kerak edi. U boşqaruv xonasi tomon ğoyib böldi va birozdan söng katta megafon1 bilan çiqdi.

Keyin esa Kapitan Skott qatʼiy ovozda “Bas qiling!” – deya paluba va qirğoqdagi olomonga yuzlandi. Uning ovozi Muzhayd toğining çöq­qisidan Klondayk şahrigaça eşitilib turardi. Boşqaruv xonasi tarafdan kelgan bu rasmiy eʼtirozdan qiy-çuv biroz tingandek böldi.

– Xöş, nima deysan? – söradi Kapitan Skott.

– Fred Çerçilga ayting – u qirğoqda, Makdonaldga borsin, seyfda kiçik yuk çamadonim bor. Qaytişida uni olib kelsin.

Kapitan Skott xabarni megafonda qirğoqqa yetkazdi:

– Sen, Fred Cherchill, Makdonaldga bor, seyfdagi kiçik yuk çamadon – Luis Bondelga tegişli, juda muhim! Uni qaytişingda olib kel! Tuşun­dingmi?

Cherchill tuşunganini bildirib, qöl silkidi. As­lida Makdonaldgaça yarim mil yöl bölib, bu unga qiyinçilik tuğdirmas edi. Yana xayrlaşuv suroni kötarildi, bong çalindi va “Sietl-4” oqimda çayqalib, orqa çiroqlarini yoqqança, Yukon tomon ketib borardi. Bondell va Cherchill bir-biriga mehr bilan qöl siltab, uzoq xayrlaşib qolişdi.

Yozning örtalari edi. Öşa yili Vills bortida ikki yuz sayohatçi bilan Yukanga yöl oldi. Unda Cherchill ham bor edi. Uning kayutasida, kiyim-boşlar orasida Luis Bondelning ham yuk çamadoni turardi. U kiçik, pişiq çarmdan bölib, oğirligi naq qirq funt kelar, Cherchill undan uzoqlaşarkan, tamom xavotirga tuşardi. Qöşni kayutadagi kişida ham xuddi şunday kiyim çamadonlarida oltin zarralaridan iborat xazina bor edi, natijada ikkisi vaqti-vaqti bilan ularni qöriqlaşga kelişib olişdi. Biri ovqatlangani tuşib ketganida, boşqasi ikki kayutaning eşikla­ridan köz uzmasdan turardi. Cherchill qartada bir qöl öynaşni xohlagan kezlarida şerigi qorovullik qilar, u hordiq olgisi kelganda esa Cherchill ikki eşik örtasidagi sayyohlik kursisiga ötirib, tört oylik eski gazetani öqişga tutinardi.

Erta qişning alomatlari köri­nib turar, muammo şunda ediki, agar ular muzlaşdan oldin jönab ketişmasa, kemani tark etişga majbur bölişar, keyin esa muzda harakatlaniş oğir keçişi tayin edi. Bu tongdan şomga qadar, baʼzan yarim tungaça muhokama qilinardi. Odamning jiğibiyronini çiqaradigan ortga surilişlar bölardi. Ikki marta motor buzilib qolib, tuzatişga urinib körişdi. Har zamon yaqin turgan qişdan ogoh etib, qor uçqunlab qöyardi. Vills töqqiz marta Beş Panja Girdobidan ötişga urindi, buning uçun qança jihozlarga zarar yetmadi deysiz?! Nihoyat, kema yetib kelganida, ularning xom jadvalidan tört kunga keçikkan edi. Şundan söng Boks Kenonning yuqorisida Flora kemasi uni kutib turgan böladimi yoki yöq, degan savol kötarildi. Boks Kenonning boşidan “Uayt Xors”ning oxirigaça bölgan oqim kemalar qatnovi uçun öta noqulay bölib, bu vaziyatda yölovçilarni bir qayiqdan boşqasiga ötkazib, oqimni aylanib ötişar edi. Şahar bilan heç qanday aloqa yöq, şu sababdan Villsning tört kunga keçikib kelayotganini Floradagilarga maʼlum qiliş imkonsiz edi.

Vills “Uayt Xors”ga kirib borganida ayon böldiki, Flora aytilganidan uç kun ziyod kutgan. Eng açinarlisi şuki, bor-yöği bir neça soat oldin jönab ketgan ekan. Bundan çiqdi u yakşanba kuni ertalab soat töqqizgaça Tagiş postiga yetib borişi kerak bölgan. Bu payt esa şanba kuni soat kunduzgi tört edi. Sayyohlar majlis qurişdi. Bortda katta Peterburg baydarkasi bölib, Bennet köli­ning boşidagi militsiya boşqarmasiga qaraşli edi. Ular qayiqqa javobgarlik qi­lişni va yetkazib berişni öz zimmalariga oldilar. Söngra köngillilarni çorladilar. Floraga yetişib oliş uçun ikki kişi kerak edi. Bir zumda yigirmataça kişi öz xohişini bildirdi. Ularning orasida Cherchill ham bor edi. Aslida birovlardan öz yordamini ayamaslik uning tabiatiga xos bölib, Bondel­ning yuk çamadoni xayolida ham yöq edi. Bu öy miyasiga kelganda, uni tanlamasliklarini umid qila boşladi. Lekin kollej futbol jamoasining sardori, yengil atletika klubining prezidenti va çana qöşilgan itlar boşqaruvçisi sifatida nom qozongan keng yelkali bu şaxsning ayni yuksak şarafdan boş tortişga haqqi yöq edi. Bu Cherchill va mahobatli nemis Nik Antonsenga bildirilgan işonç edi.

Sayyohlar jamoasi baydarkani yelkalariga qöygança bandargoh uzra yelib, kerakli nuqtaga joylaştirayotganidaga, Cherchill xonasiga yugurdi va poldagi yuk uyumini ağdargan köyi öşa kiçik çamadonni qöşni xonadagi kişiga işonib topşirib ketiş niyatida qöliga oldi. Keyin esa miyasiga bu öz çamadonim emas, şunday ekan, özimning şaxsiy buyumimdek taşlab ketişga haqqim yöq, degan öy keldi. Şunday qilib, yuk çamadoni bilan sohil tomon çopib ketdi. Uni bir qölidan ikkinçisiga ötkazarkan, özi qirq funt çiqar­mikan deya ajablandi.

Ikkalasi yölga tuşgan çoğ soat kunduzgi tört yarim edi. “Öttiz mil daryo”sining oqimi şu qadar şiddatli ediki, kamdan-kam hollarda eşkak eşa olardilar. Yelkalari oşa baydarkaga boğlangan arqon yeçilib ketar, qoyalarga uri­lişar, butazorlar içidan yöl oçişga zör berişar, goho sirpanişib, suvga qulaşar, sayoz joylarda tizzalari va bellarigaça suv keçişar, quturgan, talafotli tölqinlar ularni boşqa sohilga surib yuborardi.

Bu öta holdan toydiradigan holat edi. Antonsen bahodirlardek uzoq maşaqqat çekdi. Bu eşkakçi sabrli va matonatli edi, lekin Çerçil­ning ötkir zehni va qudrati uni boşqarib turardi. Ular sira dam olişmas, faqat olğa va yana olğa intilişardi. Daryoda qattiq şamol turdi, ularning qöllari muzlab, vaqti-vaqti bilan uvuşar, şuning uçun kaft va barmoqla­rini bir-biriga işqalab, qon yugurtirişga harakat qilişardi.

Keç tuşa boşlagaç, taqdirga tan berişdi. Tağin inson qadami yetmagan nişablikka qulab tuşişdi. Ular heç narsani körolmas, çakalakzorlar kiyimlarini timdalab taşlagandi. Har ikkisining öta qattiq tirnalgan tanalaridan qon sizib turardi. Daydi tölqinlar neça martalab ularni sohildan sohilga, tösiqlarga urib, ağdarib yubordi. Dastlab bu hol yuz berganida, Cherchill suvga şönğidi va uç fut çuqurlikda paypaslagança yuk çamadonini qidira ketdi. Uni topişga bir yarim soat vaqt yöqotdi, şundan söng çamadonni qayiqqa mahkam boğlab qöydi. Antonsen çamadonni tonggaça nafrat bilan laʼnatlab çiqdi, biroq Cherchill uni tinçlantirişni öziga ep körmadi.

Ularga uçragan omadsizliklarning poyoni yöq edi, göyo. Daryoning tez oqar, keskin muyulişida ikki soat vaqt yöqotdilar. Hatto ikki marta ağdarilib ham tuşişdi. Bu payt har ikki qirğoq ham çuqur jarlik bölib, ularda na arqon, na ilgak bor edi. Oqimga qarşi faqat eşkaklar bilan heç narsa qilib bölmasligini ham yaxşi bilişardi. Har eşkak eşganlarida katta kuç sarflab, jon-jahdlari bilan harakat qilişardi. Ularga tasodifan omad kulib boqdi. Kutilmagan tölqin qayiqning yönalişini özgartirib yubordi. Cherchill nazoratni yöqotdi, tölqin uni sohildagi daraga irğitib yubordi. Antonsen suv­dan çiqib olgunça, u bir qöli bilan botqoqdagi qayiqni uşlab turdi. Ular qayiqni tortib olgaç, hordiq olişdi. Eng asosiy nuqtada özlariga kelib, yölga tuşişdi. Yuqori sohilga çiqişgaç, arqon bilan tezda çakalakzorga ötişdi.

Kunduzi ular Tagiş Porti ança uzoq deb öylaşgandi. Biroq yakşanba kuni ertalab soat töqqizda Floraning jönash signalini eşitişga muyassar böldilar. Soat önlarda, ular ming maşaqqat bilan portga yetib kelganlarida, uzoq janub yölida ketib borayotgan Floraning tutunini bazör köra oldilar, xolos. Holdan toygan, juldur kiyimli bu ikki kişini Mounted politsiyasi Kapitan Jones samimiy kutib oldi va ovqatlantirdi. Söngra ikkisining ham juda-juda çarçaganini sezib, xoli qöydi. Ular peç yonida nam kiyimlarida yotib uxlaşdi. Ikki soatdan söng Cherchill uyğondi, Bondelning yostiq örnida foydalangan çamadonini olib, qayiqqa qöydi. Antonsenni turtib uyğotgaç, Floraning ortidan yölga tuşişdi.

– Ha, nima bölişini oldindan bilib bölmaydi, jihozlar işdan çiqadimi yoki boşqa. – Bu uning Kapitan Jones eʼtiroziga javobi edi. – Men bu kemaga yetib olib, albatta, bolalarga yubormoqçiman.

Tagiş köli kuçli börondan oppoq tusga kirib, sovuq ularning jon-jonidan ötib ketdi. Şiddat bilan çayqalayotgan tölqinlar baydarkani uçirib ketar, biri eşkak eşgani holda, ikkinçisi qayiqdagi suvni çiqariş bilan andarmon bölar, oldinga yurişning iloji yöq edi. Imkon izlagan suzuvçilar sayoz sohil tomon intilişdi, qayiqdan tuşib, biri oldinda arqonni tortsa, şerigi qayiqni itarib borardi. Kuçli börondan himoyalanişga urinişar, biroq bellarigaça muzday suv qoplar, gohida böğizlari­gaça, hatto boşlari uzra çiqar va baland pörtanalarda kömilib ketardilar. Oğir va behalovat, yurakni ezuvçi olişuvdan bir lahza bölsin tinim yöq edi. Öşa tun Tagiş kölining boşida, kuçli qor böroni zabtida Florani quvib yetişdi. Antonsen bortga behol yiqilgança hansirab nafas olib yotardi. Cherchill yovvoyi odamga öxşab qolgandi. Kiyimlari uning tanasini arang yopib turardi. Yuzi muzlab qotib qolgan, yigirma tört soat davom etgan azoblardan holdan toygan, qöllari şu qadar şişib ketgan ediki, hatto barmoqlarini buka olmasdi. Oyoqlarida esa kuçli oğriq turgandi.

Floraning kapitani “Uayt Xors”ga qaytişni xohlamadi. Cherchill gapida qatʼiy turib oldi. Biroq kapitan ham qaysarlikda undan qolişmasdi. Oxiri u ortga qaytib, heç nimaga erişib bölmasligini, negaki, Deyadagi yagona dengiz paroxodi – “Afinalik” seşanba kuni erta bilan yölga çiqişini, biroq “Uayt Xors”ga kirolmasli­gini va qolib ketgan sayyohlar bilan mumkin qadar ertaroq aloqa örnatişini maʼlum qildi.

– “Afinalik” qaysi payt yölga çiqadi? – qatʼiy söradi Cherchill.

– Seşanba ertalab, soat yettida.

– Tuşunarli, – deya Cherchill, xurrak otayotgan Antonsenning qovurğasidagi tatiurovkasiga turtdi. – Sen “Uayt Xors”ga qaytib bor. Yölda davom etib, “Afinalik”ka yetib olamiz.

Antonsen qayiqda ahmoqlarday uxlab yotar, uning mudroq ongi heç nimani anglamas, ulkan dengizning muz zarralaridan jiqqa höl bölib ketgan edi. Qoronğuda Çerçilning baqirayotganini elas-elas anglay boşladi. Ungaça nima bölganini bilmasdi.

Eşkak eşiş qölingdan keladimi?! Yoki suv toşirmoqçimisan?!.

Kunduzi ular Karibou Çorrahasiga yetib ke­lişdi, şamol tingan edi. Antonsen jon-jahdi bilan eşkak eşdi va ular ança olislab ketişdi. Cherchill biroz uxlab oliş uçun qayiqni sayoz qirğoqqa töxtatdi. U ehtiyot çorasini körib, bir qölini boşining ostiga bukkança uyquga ketdi. Har beş daqiqada bukilgan qölida qoni yurmay, oğriqdan uyğonib ketar va darhol atrofga sinçiklab nazar taşlar, keyin esa ikkinçi qölini bukib, boşining ostiga qöygan köyi uyquga ketar edi. Ikki soatlardan söng Antonsen uni uyğotdi. Söng yana yölga tuşişdi. Uç mil uzunlikdagi Bennet Köli tegirmon havzasiga öxşardi. Yarim yölda janubda kuçli böron turdi. Tagişgaça uzoq, davomiy tösiqlarni yengişga töğri keldi. Qayiq bir tomonga oğib ketar, tölqin kötarilib, ularning beli, böğzi va boşigaça sovuq suv qoplar, oqibatda Antonsen tamomila holdan toygandi. Cherchill uni öziga kelişi uçun şafqatsizlarça turtib, baqirardi, biroq u tölqin zarbidan suvga tuşib ketib, çöka boşlagan edi. Cherchill uni bir amallab suvdan tortib olib, qayiqqa çiqardi. Şundan söng Cherchill bu ayovsiz kuraşni yolğiz özi davom ettirişga majbur böldi. Tuşdan oldin Bennet Köli­ning boşidagi politsiya postiga yetib keldi. Antonsenni qayiqdan çiqarişga urindi, biroq urinişlari zoye ketdi. U tinkasi qurigan odamning oğir nafas olişini eşitib turardi. Şu çoqqaça boşidan keçirganlarini eslab, unga hatto hasadi kelib ketdi. Antonsen uxlab yotardi, Cherchill esa avvalgidek qudratli Çilkat böylab davom etişi va dengizga çiqişi kerak edi. Haqiqiy kuraş hali oldinda edi. U özini şu köyga solgan azob-uqubatlardan söng ham tanasida kuç mavjudligi uçun negadir puşaymon bölib ketdi.

Cherchill qayiqni qirğoqqa sudrab çiqdi, Bondel­ning yuk çamadonini qöliga oldi va oqsagança politsiya postiga qarab yörtib ketdi.

– U yerda Dosendan sizga yuborilgan qayiq bor, – deya baqirdi peşvoz çiqqan ofitserga. – Unda ölim yoqasida turgan bir odam yotibdi. Xavfli heç narsa yöq, faqat öta holdan toygan. Öşandan xabar oling. Men şoşilişim kerak. Xayr! “Afinalik”ka yetib olişim lozim.

Bir mil keladigan port Bennet va Linderman kölini boğlab turardi. U oqsoqla­nib yugurib borarkan, ortiga ögirilib, ofitserga sönggi bor baqirdi. Yuguriş unga azob bersa-da, tişini tişiga qöyib davom etar, çamadonga qararkan, unga bölgan hurmatining taʼsiridan köp hollarda hattoki oğriqni ham unutib yuborardi. Aslida çamadon jiddiy xalal berardi. Bir qölidan boşqasiga ötkazar, qöltiqlaşga tutinar, gohida bir qöllab yelkasi oşa ortmoqlab olar, yugurganida esa orqasiga gursillab urilardi. Uni momataloq bölib, şişib ketgan barmoqlarida arang kötarib yurardi. Neça marta tuşirib ham yubordi. Bir gal qöldan qölga ötkazayotib, old tarafga nogoh tuşirib yubordi, şiddatli qadamini töxtatolmay, unga qoqildi va jon holatda yerga yiqildi. Portning olis çekkasidan eski boğiçli yuk sumka sotib oldi va çamadonni unga joylaştirdi. Şuningdek, Linderman kölining yuqori çegarasigaça bölgan olti milni bosib ötiş uçun kater yolladi. U yerga tuşki soat törtda yetib keldi. Ertasiga ertalab soat yettida “Afinalik” Daidan yölga tuşişi kerak edi. U yergaça yigirma sakkiz mil masofa bölib, örtada Çilkat yastanib yotardi. U oyoq kiyimlarini uzoq yölga moslab oliş uçun ötirdi – öttiz soniyadan söng uyğondi. Garçi uxlamagan bölsa-da, ötirgan köyi mudray boşlagan edi. Endigi hordiq onlari uzoq davom etişi mumkinligidan qörqardi, şu­ning uçun işini tezda yakunlab, örnidan qözğaldi. Hatto şundan söng ham biroz muddat özini bilmay turdi, heç narsani his qilmas, havoda muallaq turganga öxşardi. Böşaşgan vujudi uni yerga tortardi, şu payt özini qölga olib, tortişib qolgan muskullarini sil­tab, tetiklaşdi va yotib qolişdan saqlandi. Kutilmagan qözğaliş uni öziga keltirdi, titroği va dardini aritdi. Karaxt miyasini uyğotiş uçun kafti bilan boşiga urdi.

Jek Bernsning yuk karvoni Kretr Köliga qaytib ketayotgandi, Çerçilni ham özlariga qöşib olişdi. Berns Çerçil­ning sumkasini boşqa yuk xaçiriga qöyişini aytgandi, biroq Cherchill uni özi bilan egar oldiga olib, yölga tuşdi. Egar ustida mudrab, uni mahkam tutgança uyquga ketdi va har zamon u yer-bu yerda köngli aynib, uyğonib ketardi. Söng şom tuşmasdan burun Çerçil­ning xaçiri lunjini şişirib, rejadagi yölga teskari yurib ketdi. Buning ustiga xaçir söqmoqda qöpol harakatlanib, yiqilib, yölovçisini uloqtirib yubordi, yuk sumka esa qoyatoşlar ustiga tuşdi. Şundan söng Cherchill piyoda holda qoqilib, xaçirni boşqarib borardi, söqmoqda oltin izlaşda yöldan adaşib qolgan va halok bölgan otlarning qoldiqlaridan öta badböy hid anqib turardi. U qattiq uyqu bosganidan bunga eʼtibor bermasdi. Ayni paytda “Uzun köl”ga kelib qolgan edi. Bazör uyqudan boş kötardi. Keyin esa xira yulduzlar yoğdusida Bernsga köz tikib yotdi. Yuk sumkasi bilan boğliq ortiq baxtsiz hodisa kutilmayotgandi.

Yuk karvoni Kretr kölidagi oromgohga bo­rişi kerak edi. Cherchill esa yuk sumkani orqasiga osib, tik çöqqiga çiqa boşladi. Öşa tik jarlikda, ilk qadamlaridayoq qay darajada çarçaganini his qildi. Butun gavdasining oğirligi tuşib, dengiz qisqiçbaqasi kabi sudralib tirmaşar, har bir yuqoriga kötariliş undan kuçli iroda va matonat talab qilardi. Şu payt unda gallyutsinatsiya2 boşlandi, Cherchill özini dengiz qaʼriga şönğuvçi ğavvoslardek his qilar, azbaroyi tubsizlikka şönğişga intilar va undan bahramand böliş istagidan özini tiya olmasdi. Bon­delning yuk çamadoni haddan ortiq oğirlik qilar, göyoki toğday bosib turardi. U tirmaşib borarkan, ötgan bir yilni esladi, xuddi şu söqmoqdan bir yuz ellik funt yukni olib ötganiga aqli bovar qilmasdi. Agar öşa yuklar bir yuz ellik funt oğirlikda bölsa, Bondelning yuki, uningça, beş yuz funt kelişi kerak edi.

Kretr kölidan ajralib turuvçi nişablikning narigi tomoni muz bilan qoplangani yaqqol köri­nib turar, biroq muz qatlamlarining yuqorisi heç narsa ösmaydigan taqir yer bölib, yalanğoç qoya va ulkan toğ xarsanglari qalaşib yotardi. Zimistonda söqmoqni körişning iloji yöqligi bois, gandiraklab, qoqilib, atrofdagi har bir narsaga diqqat qilib borardi. Şamolning uvullaşi va kuçli qor böroni zabtida çöqqiga yetib keldi. Ayni şu payt tasodifan kiçkina, qarovsiz bir çodirni topib oldi va sudralib içkariga kirdi. U yerda juda eskirib qolgan qovurilgan kartoşka va beş-oltita pişmagan çala-xom tuxumlarni topib, şoşa-pişa yutoqib yeya boşladi.

Qor tinib, şamol pasaygaç, umuman yurib bölmaydigan qiyalikdan tuşişga urindi. Söqmoq yöq bölib ketgan, u esa qoqilib, gandiraklab borardi. Goho ilojsiz bir holat – uning hukmi ötmaydigan tik qiyaliklar tubiga va qoyatoşlar qirrasiga kelib qolardi. Yölning bir qismi ortda qolib, yulduzlarni yana bulut qopladi. Qoronğuda sirpanib, dumalab ketdi va yuz qadamlarça toyib borib, keng, lekin sayoz çuqurlikning etagiga qontalaş va momataloq holda yiqildi. Uning butun atrofidan ölgan otlar­ning badböy, qölansa hidi kötarilardi. Çuqurlik söqmoqqa şu qadar qulay joylaşgandiki, yuk taşuvçilar muntazam ravişda bu yerga kasalmand, çalajon otlarni keltirişga odatlanişgan, ölik otlar ayqaş-uyqaş bölib ketgan edi. Qölansa hid uni tamoman yengib, ölar holatda mazasini qoçirar, u yomon tuşdagi kabi jon holatda yuqoriga tirmaşardi. Yarim yölga yetganda Bondelning çamadoni esiga tuşdi. U ham özi bilan çuqurga qulagan edi, demakki, boğiçi uzilgan, Cherchill esa buni esdan çiqargan. Ölat tarqagan öşa çuqurga yana qaytib bordi. U yerda tizzalab va qöllari bilan atrofni emaklab, bir yarim soatça vaqt içida çamadonni qidirdi. Çamadonni topgunça jami ön sakkizta otga duç keldi. (Bitta ot esa hali tirik edi, uni revolveri bilan otib taşladi.) Hayotni jasorat va ğalabalarsiz tasavvur qilib bölmaydi. U yuk sumkasiga qaytib kelişini umri davomidagi qilgan eng mardonavor iş deb bemalol ayta olardi. Xullas, uning qahramonligi şunda ediki, çuqurlikdan çiqişidan oldin ikkinçi bor ölişiga bir baxya qolgandi.

Bu payt u Skeylzga yetib kelgan, Çilkatning tik nişabliklari ortda qolgan edi. Yöl esa birmunça yengillaşgan-u, baribir qulay emasdi, biroq çidasa bölardi. Agar u bunçalik holdan toymaganida edi, vaqtini çoğ ötkazişi mumkin edi. Agar qadami yengillaşib, Bondelning çamadoni bölmaganida, uning bu darmonsiz holiga battar oğirlik tuşmasdi. Şu bois zörğa sudralib yurar, sumkaning ortiqça yuki uni irğitib yubo­riş uçun kifoya edi. Deyarli har zamon qoqinib, turtinib borardi. U yiqilmaslikka tirişarkan, butoqli zulmat ğoyat çözilib ketgan edi. Sumkani yelkalari oşa ortqilab olgan va u yölçini orqaga tortar edi.

Çerçilning xayoli özida edi. Agar “Afinalik” ötib ketsa, bu yuk sumkasining aybi böladi. Asli­da uning ongida ikki narsa qolgandi: Bon­delning sumkasi va kema. Faqat şu ikki tuşunçanigina tan olardi. Çunki ular Çerçilni uzoq sayohatga va maşaqqat çekişga majbur qilgandi. U göyoki tuşida, qiynalib yölda davom etayotganga öxşardi. Tuşining davomi sifatida u Şip Kempga yetib keldi. Çayqalib pivoxonaga kirib bordi. Yelkalarini qayişlardan böşatdi. Yuk sumkasini oyoqlariga qöyayotgan edi, nogahon barmoqlaridan sirğanib ketdi va oğir taqillagan tovuş çiqarib, polga quladi. Lekin bu ayni payt çiqib ketayotgan ikki kişiga sezilmadi. Cherchill bir stakan viski içib, bar xizmatçisiga ön daqiqadan keyin uni çaqirişini aytdi. Boşini tizzasiga, sumkasini esa oyoğiga qöyib ötirdi.

Noqulay joylaşgan tanasi şu holiça qotib qolgan edi. Ön daqiqadan söng, özi aytganidek, uni uyğotişdi. Ikkinçi stakandagi viskidan söng böğimlari va muşaklarini yozib, yengil harakat bilan dam berdi.

– Hoy! Bas qil! – baqirdi bar xizmatçisi. Söng uni zimistonda Kanʼon Sitiga tomon quvib yubordi. Oltinçi hissiyot unga töğri ketayotganini aytar, hamon zabtiga olayotgan uyqu esa Kenon söqmoğiga yetaklardi. Ança yurib, oldinda qandaydir xavfni sezdi va revolverini çiqardi. Hamon tuş holatida turarkan, ikki kişining qorasini kördi va unga yaqin töxtagani eşitildi. U revolveridan tört marta öq uzdi. Öziga qarata ularning ham qurollaridan uçqun saçraganini kördi. Şuningdek, Cherchill kimningdir böksasiga qattiq urdi va bir kişi qulaganini kördi. Boşqasi yaqinlaşayotganida oğir revolveri bilan yuziga qaqşatqiç zarba berdi. Keyin ortga yugurib ketdi. Birozdan söng u xayolini yiğib oldi. Söqmoqda egilib, sudralib qadam taşlab borarkan, dastlabki xayoli yuk sumkasida edi. U hamon yelkasida osiğliq turardi. Revolveri yöqolganini bilgunga qadar bölib ötgan barça işlarning tuşligiga işonardi. Keyin sonining qattiq açişayotganini sezdi, uşlab körgan edi, qöliga issiq qon urildi. U yuzaki jarohat edi, biroq buni rad etib bölmasdi. Birdan huşyor tortdi va Kanʼon Siti tomon oqsoqlanib keta boşladi.

Yölda bir töda otlari va aravasi bor kişini uçratdi, yigirma dollar evaziga otni aravaga qöşdi. Cherchill arava yotoğiga sudralib kirdi, sumkasi orqasiga osilgan köyi uyquga ketdi. Aravada suv yuvib kelgan şağallar ustida oğir harakatlanib, Dai vodiysi tomon tuşib bori­şar, Çerçillesa arava döngliklarga urilgandagina örnidan turar, baʼzi döngliklar uni yotoqdan kötarib yuborar edi. Lekin uni oçlik qiynoğiçalik bezovta qilmasdi. Sönggi mil bir tekis, ravon bölib, u miriqib uxladi.

U ğira-şira tong yorişayotganda örnidan turdi, haydovçi uni qattiq silkitar, “Afinalik” ketib bölganini aytib, quloğiga baqirardi. Cherchill qarovsiz bandargohga talmovsirab qarab turardi.

Skaugaydan tutuni körinyapti, – dedi öşa odam.

Cherchill közlarini katta-katta oçib, uzoqqa qaradi va dedi:

Bu öşa, meni qayiqda oborib qöying.

Haydovçi heç bir işdan böyin tovlamas, haqqini tölaşsa bölgani edi. Kiçik qayiq topildi, ön dollar evaziga öşa kişi eşkak eşadigan böldi. Cherchill oldindan tölov qildi, uning yordamida qayiqqa ötib, orqa tomoniga ötirdi. Skaugaygaça olti mil edi, bu unga uxlaş imkonini berişidan xursand edi. Ammo öşa kişi qanday eşkak eşişni bilmasdi. Cherchill eş­kaklarni qöliga oldi va yana uzoq ter tökdi. U sira olti milning bunçalik uzoq va maşaqqatli bölişini bilmas ekan. Körfazda huzurbaxş şabada turib, uni uyqu elitdi, özini zörğa tutib turardi. Uning barça xayollari sarobga aylandi, holsizlik va karaxtlikdan azob çekardi. Uning xohişi bilan şerigi kurakçaga şör suv olib, yuziga sepdi.

Ular “Afinalik”ka yaqinlaşişganida uning langari pastdan yuqoriga kötarilar va Cherchill vujudidagi oxirgi kuçini sarflamoqda edi.

– Töxtang! Töxtang! – baqirdi u xirillagan böğiq bir ovozda.

– Muhim xabar! Töxtang!

Keyin u iyagini köksiga qöyganiça behol uyquga ketdi. Uni beş-olti kişi kötarib, kema narvoniga olib ötişganida uyğondi va sumkasiga talpindi. Göyoki çökayotgan odam xasga intilganiday unga yopişib oldi.

U palubada qörquv va qiziqiş markazida edi. “Uayt Xors”dan çiqayotgandagi kiyimlari bir uyum juldurga aylangandi. Uning özi ham, asablari ham çarçagan edi. U katta sabr-bardoş bilan qirq beş soat sayohat qildi. Bu vaqtda bor-yöği olti soat uxladi. Avvalgidan yigirma funtga yengillaşgan edi. Yuz-qöllari va tanasi tirnalib, kökarib ketgan va zörğa körardi. Örnidan turişga urindi, biroq harakati bekor ketdi va palubaga uzala tuşib ötirib qoldi. Yuk sumkasini mahkam quçib, xabarni yetkazdi.

– Hoziroq meni yotoqqa olib boring! – deya sözini tugatdi. – Uyğonganimdan söng ovqatlanarman.

Uning izzatini joyiga qöyişdi. Kir, eski-tuski kiyimlaridan soqit qilib, kemadagi eng katta, serhaşam, töy marosimlariga möljallangan xonaga çamadoni bilan joylaştirişdi. Deyarli ikki marta uxlab turdi, duş qabul qildi, soqolini qirtişladi va tamaddi qildi, söng tösiqqa suyanib sigareta çekdi. Bu paytda “Uayt Xors” dan kelayotgan ikki yuz sayohatçi yaqinlaşib qolgan edi.

“Afinalik” Sietlga yetib kelganida, Cherchill butunlay soğayib ketgan edi. U Bondelning yuk çamadonini uşlagança qirğoqqa keldi. Öşa çamadon bilan özida faxr tuydi. Bu uning vijdoni va burçi ğalaba qilganini aks ettirardi. “Men yukni olib keldim”, – dedi mağrur turib. Hali keç tuşişiga bor edi va u töğri Bondelning uyiga yöl oldi. Luis Bondell uni körib xursand böldi, ikki qöli bilan baravar salomlaşiş asnosida, uyiga sudradi.

– Eh, rahmat, qariya, buni olib kelganing juda ajoyib böldi, – dedi Bondell yukni qabul qilarkan.

Uni divanga eʼtiborsiz otib yubordi. Cherchill yukning urilib sapçiganini ötkir nigohlari bilan kuzatib turar, Bondell esa uni savol bilan kömib taşlardi.

– Qanaqasiga uddalading?! Qolganlar qanday? Bill Smitersga nima böldi? Dell Bişob haliyam Piers bilanmi? U kuçuklarimni sotib yubordimi? Salfer Bottom qanday kelib qoldi? Körinişing ajoyib. Qaysi kemada kelding?

Cherchill hamma savollarga javob berdi. Bir yarim soatlar ötib, suhbatlaridagi ilk sukunat paydo böldi.

– Uni yaxşiroq körib olmaysanmi?! – dedi u yuk çamadoniga imo qilib.

E-e, hojati yöq, – javob berdi Bondell. – Mit­çelning qurollari kutganidan ham aʼlo holda.

– Yaxşilab körib olişing kerak! – undadi Cherchill. – Men biror narsani egasiga yetkaz­ganimda, albatta, hammasi yaxşiligiga işonç hosil qilişim kerak. Uyqudaligimda qulay fursat tuğilib, kimdir tegingan yoki boşqa bir nima yuz bergan bölişi mumkin, axir.

– Muhim narsaning özi yöq, qariya, – Bon­dell kulib javob berdi.

– Muhim emas, – Cherchill zaif, past ovozda takrorladi.

Keyin u hukm ohangida gapirdi:

– Luis, bu çamadondagi nima?! Bilişni xohlayman.

Luis unga sinçkovlik bilan qaradi, xonadan çiqib ketdi va bir şoda kalitlar bilan kirib keldi. Uni oçdi va oğir “44-Kold” revolverini oldi. Keyin bir neça qutida revolver uçun öq-dori va yana bir neça qutida vinçester patronlari çiqdi.

Cherchill çamadonni olib, içiga qaradi, keyin ağdarib, ehtiyotlab qoqdi.

Qurollarning hammasi zanglagan, – dedi Bon­dell, – yomğirda qolib ketgan bölsa kerak-da.

Ha, – javob berdi Cherchill. – Ança ivib qoldi. Biroz ehtiyotsizlik qilibman.

U örnidan turib, taşqariga çiqib ketdi. Bir neça daqiqadan söng Luis Bondell ham çiqdi va uning zinapoyada, tirsaklarini tizzalariga, qöllarini iyagiga qöyib, zulmatga qattiq tikilib ötirganini kördi.

2 Alaxsiraş, yöq narsalarning körinişi, eşitilişi va sezilişi.

Jek London

Ingliz tilidan Şahlo Obloqulova tarjimasi

“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822

Obuna haqida

Izohlar

Hozirça izoh yöq. Birinçi bölib fikringizni yozing.

Siz nima deysiz?

Izoh tahririyat körib çiqqaç, eʼlon qilinadi.

Şu ruknda köp öqilganlar

Barçasi (164)