(Qissa)
Men ayni damdagi ahvol-ruhiyam, xayolimni band etib olgan öy-fikrlar, yuragimni junbişga solayotgan tuyğularni oşkor etsam, ehtimol, kimgadir öta baçkana va eriş tuyulişi, hatto kimdir qarib miyasi suyulib qolib, oğziga kelganini valdirayapti, deya ustimdan masxaralab kulişi ham mumkin. Töğri-da, yoşi bir joyga borib qolgan, soçlarini oppoq qirov qoplagan, yuzini ajin bosgan, qaddi-qomati bukçayib borayotgan kişining kutilmaganda, xuddi alahsirayotgandek, özini unutgan kuyi muhabbat haqida gapirişi, tağin deng, jöşib ehtiros-u hayajonga berilişi, baʼzan gödakdek quvonib irğişlaşi odamga ğalati tuyiladi.
Albatta, men buni yaxşi tuşunaman, ammo kim qanday öylasa, öylayversin, bu uning işi, meni boşqalarning fikri zarraça qiziqtirmaydi, çunki men özimni çöği allaqaçon öçib qolgan öçoqning kulini umid va ilinj bilan titkilayotgan noşud-u notavon kimsa deb bilmayman.
Bilganim şuki, men har gal seni yodga olib, ismingni şivirlab takrorlaganimda, qirq yil muqaddam yuragim hayajon-u ehtirosga tölib, qanday potirlab urgan bölsa, hozir ham xuddi şunday tuyğular töpolonidan vujudim örtanib ketadi.
O, yillar şafqatsizlik bilan yuzimni bezab-bejab, özining ayançli izlarini qoldirayotgan, soçlarimga oppoq qirov soçayotgan, tanimdagi kuç-quvvatni surib olayotgan, közlarimning nuri asta-sekin sönib borayotgan bölsa-da, yuragim hamon sening ismingni eşitib, hayajondan hapqirib-hapqirib tuşadi.
Men qirq yildan buyon sening ismingni takrorlab, umid va ilinj bilan yöllaringga köz tikib yaşayman, göyoki hozir sen köz öngimda paydo bölib qoladigandek, yuragim öz-özidan orziqib ketaveradi.
Qirq yildan buyon sening ismingni umid va ilinj bilan takrorlab kelaman, köçalar, bozorlar, aeroport-u vokzallarda, qöyingki, qayerda yurmayin, hamişa nigohlarim bilan seni izlayman. Ehtimol, şu atrofda yurgandir, deya bezovta tortib, tevaragimga alanglab qarayman, baʼzan odamlar orasida kimnidir senga öxşatib qolib, yuragim hapqirgança şoşa-pişa uning izidan yuguraman, ammo oxir-oqibat hafsalam pir bölib ortimga qaytaman.
Baʼzan esa, menga dafʼatan röparamda sen paydo bölib qoladigandek tuyulaveradi va men ana şunday saodatli damlarda istiqbolingga peşvoz çiqib, seni qarşi oliş, hayajon va quvonçdan azbaroyi şoşib qolib, özimni yöqotib qöymaslik uçun özimni ruhan ming marta hozirlayman, senga aytadigan gaplarimni qayta-qayta xayolimdan ötkazib, pişitib olaman. Axir, tuyqus senga közim tuşgaç, hayajon bosganidan dovdiragança gapimni yöqotib qöyib, seni ham, özimni ham xijolatga qöyişdan doimo çöçib turaman.
O, sen aql ham, idrok etolmaydigan, şiddatli xayollar ham qamrab ololmaydigan, eng mohir musavvir ham şakl-şamoyilingni çizişga ojizlik qiladigan qanday sirli xilqatsan, nega örtanaverib ado bölgan yuragimni heç qaçon tark etmaysan?! Nahotki, qirq yildan buyon yuragimni bosib yotgan bu dard heç qaçon tözim topmaydi?!
* * *
Oradan qirq yil ötayotgan, har lahza, har daqiqada seni eslab, ismingni najotbaxş duodek şivirlab takrorlab yaşayotgan bölsam-da, lekin heç qaçon tabassumdan yorişgan çehrangni köz oldimga keltira olmayman, har gal butun fikr-u xayolimni jamlab, sening qiyofangni tasavvurimda jonlantirişga urinaman, ammo heç qaçon buning uddasidan çiqa olmayman, xuddi uquvsiz va nönoq musavvir kabi birpasda hafsalam pir bölib böşaşib ketaman.
Bir safar yaqin tanişlarimdan biriga çöçibgina şu haqida gap oçdim. U kutganimdan zid ölaroq, hayron ham bölmadi, taajjubga ham tuşmadi, ustimdan ham kulmadi, aksinça, xotirjam javob berdi:
– Buning sira hayron qoladigan joyi yöq, – dedi u. – Odam kimgadir qattiq köngil qöysa, uning qiyofasini butunlay unutib yuboradi. Keyin esa, uning qiyofasini tasavvurida yaratişga intilaveradi, intilaveradi… Bu esa, yurakdagi olovni battar alanga oldiradi. Axir, parda ortida turgan odam hamişa sirli tuyuladi… Çin muhabbat deganlari aslida şu.
Uning mulohazalarida jon bor edi, haqiqatan ham, men sening sirli jilmayib turgan holatingni tasavvurimda jonlantirişga juda köp marta uringan, har gal zavq va iştiyoq bilan işga kirişarkanman, hademay xayolimda sening muazzam siymongni yarataman, deb öylardim, ammo oradan heç qança fursat ötmay tasavvurlarim neçoğli şiddatli va uçqur bölmasin, baribir, sening çehrangni yaratişga ojizlik qilib xuddi tonggi tuman kabi tözğib ketayotganini sezib qolardim. Şundan söng beixtiyor sen eng çeksiz tasavvur ham, şiddatli xayol ham qamrab ololmaydigan sirli xilqat ekaningga iqror bölardim.
Ammo şunga qaramay sening tundan ulgi olgandek tim qora közlaring, yurakka sançilib botadigan ötkir nigohing xotiramda qattiq örnaşib qolgan edi. Sen haqingda öylaganimda, ismingni şivirlab, tilga olganimda, eng avvalo, tasavvurimda ana şu sirli nigohing paydo bölardi. Oradan qirq yil ötayotgan, yillar şafqatsizlik bilan har bir narsaga özining muhrini bosib kelayotgan bölsa-da, sen dafʼatan qarşimda paydo bölsang, men sira ikkilanmay, adaşmay-oğişmay ana şu nigohlaringga qarab, seni tanib olaman. Nazarimda, sening nigohing heç qaçon özgarmaydi, qarib-çirib, sönib bitmaydi, balki hamişa birdek – goho mahzun va ğamgin, gohida esa, quvonç bilan boqib turaveradi. Aslida ham sening sir-sinoatga töla nigohing quyoş yangliğ xotiram qaʼrini yoritib, doimo seni yodimga solib turadi.
* * *
Yana qayta aytaman: men sen haqingda özimni unutgan köyi jöşib gapirişim, ehtiros-u hayajonga berilişim, gödakdek quvonib, özimni qayerga qöyişni bilmay qolişim kimgadir kulgili tuyilişi, hatto kimdir meni qarib, miyasi aynib qolgan telbaga ham çiqarib qöyişi mumkin.
Ehtimol, yana kimdir dunyoda şunday sohir tuyğu borligiga, uning qudrati, istak-xohişi va mayli bilan çeçaklar çiroy oçib, dunyoga zeb-u ziynat bağişlaşi, quşlar betinim qöşiqlari bilan hammaga zavq ulaşişi, uning mayin va yoqimli epkinlari silab-siypalab ötişi bilan dağal va zada tortgan köngillar bir zumda xuddi zamzam suviga çayilgandek, poklanib, musaffo va tiniq tortişi, agar u yuraklarni tark etib ketsa, dunyo xuddi çala tuğilgan gödak singari birdan ayançli qiyofaga kirib qolişi, köngillarda qabohat va yovuzlik in qurib olişi, aslida u xuddi ohista beşik tebratayotgan ayol singari dunyoni tutib turganiga mutlaqo işonmasligi, bularning bari şunçaki çöpçak, deya qöl siltab ketişi mumkin.
Men aytaman: siz sözlarimga şubha-gumon bilan qarab inkor etişga, bemavrid xulosa çiqarişga aslo şoşilmang, bu tuyğuning möjizakor qudratini öz közingiz bilan körişni istasangiz, ortimdan yuring. Men sizga Ibrohim va Muazzam qissasini sözlab beraman.
* * *
Uni qişloqda, daryo yoqalab ötgan toşyölda uçratdim. Men keçki payt daryo böyiga çiqib, katta xarsang toş ustida xayolga tolib bölib ötirgandim. Qişloqda hali bahor tugab ulgurmagan bölsa-da, jazirama yozning tafti sezilib qolgan, yöl yoqalarida siyrak ösgan öt-ölanlar allaqaçon qurib-qovjirab, sarğiş tusga kirgandi. Daryoning ham suvi tortilgan, uning tubida bir ariqça suv toşlarni bazör kömgança jimir-jimir oqardi. Quyoş tobora ufqqa oğib borar, atrofga keçki salqin tuşa boşlagandi.
Men ança payt xayolga ğarq ötirdim, bir çoğ toşyölning kunçiqar tomonidan ikki ayol va bir yigit kelayotganiga közim tuşdi. Ular ildam-ildam qadam olib kelişar, yigit qölida qora rangdagi sumka kötarib olgandi.
Ular mening qarşimdan ötayotganda, haligi ayollar begonasiragan köyi köz osti bilan qarab-qarab qöyişdi, anavi yigit esa iljaygança qiziqsinib tikildi, hatto boşini irğab salom ham berdi.
Rosti gap, men qança sinçkov nazar taşlamay ularni tanimadim, könglimdan qöşni qişloqdan bölişsa kerak, degan öy keçdi.
Ular ötib ketişgaç, yana yolğiz qoldim. Ayni damda xayollarga ğarq bölib ötirişim özimga juda yoqar, ayniqsa, atrofdagi sokinlikdan ruhim orom olardi.
Oradan qança fursat ötganini bilmayman, bir payt toşyölda yana boyagi yigitning qorasi körindi. Çamasi, u anavi ayollarni kuzatib qöyib, iziga qaytib kelayotgandi.
U bu gal qarşimga kelib, qöl uzatib söraşdi.
– Aka, yaxşimisiz? – dedi u. – Qişloqqa yaxşi keldingizmi?
– Rahmat, – deya örnimdan turib, u bilan söraşdim. – Özingiz yaxşi yuribsizmi?
– Men sizni taniyman, – dedi u gödakdek soddalik bilan iljaygança. – Siz haqingizda köp eşitganman, şaharda yaşaysiz.
Menga öttiz-öttiz beş yoşlar çamasidagi, örta böyli, sarğişdan kelgan bu yigitning sodda va samimiy gap-sözlari, özini tutişi yoqib qoldi, unga qarab turib, könglimda allaqanday iliqlik uyğongandek böldi.
– Yöl bölsin? – dedim men.
– Qarindoşlarimiz mehmonga kelişgan ekan. Ularni kuzatib, qaytyapman. Özim huv anavi Polvontepa qişloğida yaşayman, – dedi u va boşi bilan kunçiqar tomondagi qişloqni işora qilib körsatdi.
Men Polvontepa qişloğidagi odamlarning köpçiligini yaxşi tanirdim, ammo unga qançalik razm solib tikilmay baribir taniy olmadim. Şu bois undan söradim:
– Kimning öğli bölasiz?
– Ey, asli men boşqa qişloqdanman, – dedi u negadir şoşib. – Taqdir ekan, Polvontepa qişloğida uylanib, şu yerda qolib ketdim.
– Polvontepada kimning qiziga uylangansiz?!
– Mahmud aka degan odamning qiziga uylanganman.
– Qaysi Mahmud aka? – dedim men va peşonamni tiriştirib, polvontepaliklarni bir-bir xayolimdan ötkaza boşladim.
– U kişining dunyodan ötib ketganiga ança yil bölgan, – dedi haligi yigit xayolimni bölib. – Ammo siz tanisangiz kerak, bir paytlar qişloğingizni podasini ham boqqan. Şu Mahmud akaning qiziga…
Hayotda baʼzan bir oğiz söz yoki kutilmaganda röy bergan arzimas voqea ham köngilning tub-tubiga çökkan va asta-sekin unutilib borayotgan xotiralarni dafʼatan uyğotib yuborişi mumkin. Men ham ayni damda şunday holatga tuşgan, qarşimda allaqaçon çim ustida çordana qurib ötirib olgan yigitning “Mahmud aka” degan sözlari birdan xayolimni ostin-ustin qilib yuborgan, köz öngimdan olis bolalik yillarim, Mahmud aka va uning telbasifat öğillari bir-bir öta boşlagandi.
Rostdan ham, men Mahmud va uning öğillarini yaxşi tanirdim, taqdir boşi ustidan barça şöriş-u azobi, kulfat-u ğussasini ayovsiz tökib solgan, ermaktalab odamlar uçun atay ovunçoq yaratgandek, hammasining birdek aql-u idrokini öğirlab qöygan bu oilani kim ham tanimasdi, deysiz?
Oradan köp yillar ötib ketgan bölsa-da, men ayni damda ham Mahmud akaning öğillari ismini adaşmay-oğişmay aytib beraman: tönğiçini Sulton, undan keyingisini Eljon deb ataşar, adaşmasam, qizlari ham bor edi.
Mahmud aka öta sodda, böş-bayov, hatto laqmatabiat kişi edi, ammo uning farzandlari barçasi birdek, aqli noqis, ularning telba-teskari gap-sözlari, beöxşov qiliqlari köngilda ayançli tasavvur uyğotardi.
Sira yodimdan çiqmaydi: Sulton, ehtimol, qaysidir kinoda körganmi yoki kimdandir eşitganmi, doimo bir gapni oğzidan qöymay aytib yurardi: Faşistlar bostirib kelmayaptimi?!
O, bu telba yigit yölda kimni uçratsa, albatta, şoşa-pişa şu savolni berar va közlari jovdirab javob kutardi.
Odamlar uning telba-teskari gap-sözlariy-u, beöxşov qiliqlariga könikib ketişgan, odatda, köpçilik uning könglini xotirjam qiliş uçun atay: “Sulton, sen xavotir olma, hammayoq tinç. Mabodo, faşistlarning qorasi körinsa, özimiz senga xabar beramiz”, deb qöyişardi.
Sulton bu gaplarga çippa-çin işonar va birdan közlari yovqur çaqnab ketardi. “Ha, aytinglar, tağin bexabar qolib ketmay. Faşistlar bostirib kelişi bilan uydan avtomatimni olib çiqib, hammasini tarillatib otib taşlayman”, derdi u.
Odatda, Sultonning katta-katta tim qora közlarida doimo allaqanday junun şarpasi öynab turar, u köpinça allanimalar deya öz-öziga ğödranib yurar, baʼzan kutilmaganda, qah-qah urib kulib qolar, uning sovuq va ayançli kulgisi könglida vahm uyğotar, baʼzan esa, qahr-u ğazabi, alam-u iztirobini içiga siğdirolmay qolgandek, butkul quturib ketardi, bunday paytda uning közlari qonga tölib, qip-qizil tortib ketar, yuzi böğriqib qörqinçli tusga kirar va u qölidagi poda tayoq bilan mollarni şunday ayovsiz savalaşga tuşardiki, tayoqning zarbidan beçora sigirlar bökirib yuborardi.
Mahmud akaning ikkinçi öğli Eljon esa, öta uyatçan va tortinçoq edi, u doimo odamdan özini olib qoçib yurar, agar yoniga yaqin borsangiz, birdan qöllari bilan yuzini bekitib olardi, uni gapga soliş, allanimalarni söraş öta muşkul edi.
Men olis bolalik yillaridagi bu oğir va ayançli, ayni çoğda ğaroyib xotirlarni yodga olarkanman, özimga dam-badam tikilib qöyayotgan haligi yigitga savolomuz qaradim. U qaraşimdan könglimda keçayotgan öylarni payqadi, şekilli, çuqur xörsinib qöygandek böldi.
– Ha, aka, – dedi u allaqanday maʼyus ovozda, – bularning bari peşonamda bor ekan.
Aftidan, u men bilan gaplaşgisi, yuragidagini tökib solgisi kelayotgan edi, şekilli, çim ustida bamaylixotir ötirib oldi.
– Mening aynan Mahmud akaning qiziga uylanganimni eşitgan odam yo hayron böladi, yo ustimdan kuladi, – dedi u ğamgin ovozda. – Mayli-da, kim qanday öylasa, öylayversin. Mening heç kimga oğirligim tuşib qolgan joyi yöq. Töğrisi, şu çoqqa qadar heç kimga oğiz oçib, yuragimdagini aytganim yöq, bugun sizga aytayapman: Mahmud akaning qizi Muazzamga uylanganimga heç qaçon puşaymon bölmaganman. Bundan keyin ham afsus qilmayman. Töğrisi, Muazzamni birinçi marta körganimdayoq hozir özim ham tuzuk-quruq tuşuntirib berolmayman, yuragimga qandaydir olov oqib kirgandek bölgan, butun tanim qizib ketgan, özimni juda ğalati sezganman. Boya sizga aytdim-ku, öşa paytda huv anavi pastdagi qişloqda yaşardim. Yoz boşlanişi bilan qişloqdagilar meni daryodan ariqqa suv boşlab kelişga yuborişardi. Ariqning quloği esa, Polvontepa qişloğining etagida edi.
Öşanda ham daryoga tuşib, toş-u şox-şabbalarni bostirib, ariqqa suv oçayotgandim. Işga juda berilib ketibman, bir çoğ boşimni kötarib qarasam, şunday boşim ustida – jarlik tepasida qandaydir begona qiz közini uzmay har bir xatti-harakatimni berilib kuzatib turgan ekan. Men peşonamdan oqayotgan terni qöllarim bilan sidirib taşlab, unga xijolat bölgandek siniq jilmayib qaradim. Qiz esa, tikilib turganidan xijolat bölib uyaldimi, birdan közlarini olib qoçdi, söng yuzini narigi tomonga ögirib oldi. Uning egnidagi qizil gulli köylagi öziga juda yaraşib turar, mayda örilgan soçlari yelkasini qoplagan edi. Men undan köz uzolmay tikilib qoldim. Bilasizmi, öşanda uning jarlik ustida munğayibgina ötirişiga mehrim toblanib qararkanman, yuragimga yoqimli iliqlik oqib kirib, butun tanim qizib ketgandek tuyulgan.
Şundan söng ötirsam ham, tursam ham u haqida öylaydigan böldim, uning jarlik ustida ojizgina qiyofada ötirişi sira xayolimdan nari ketmay qoldi. Men özimga nimalar bölayotganini tuşunmasdim, keça-yu kunduz şu qiz haqida öylar, uni dam-badam körgim kelardi. Şuning uçun nuqul oyoğim Polvontepa qişloği tomonga tortib ketaverardi. Öşanda qişloqdagilar aytsa-aytmasa, suv boşlab kelişni bahona qilib, şu tomonga yöl olardim.
Keyinçalik sörab-suriştirib bilsam, u har kuni jarlikka ikki boş qöyini ötlatgani haydab kelarkan.
Bilasizmi, öşanda juda qiziq holatga tuşib qolganman. Töğrisi, hozir sizga buni qanday aytişni ham bilmayman, nima desam ekan, har kuni Polvontepa qişloğiga yöl olarkanman, yöl-yölakay özimça öşa qizga juda köp narsalarni aytişni öylab borar, xayolimda bir-biridan çiroyli sözlar ğöjğon tortib aylanar, bundan özim ham zavqlanib ketardim. Ammo unga közim tuşişi bilan birdan hayajon bosganidanmi, dovdirab qolib, gapimni ham yöqotib qöyardim, yuragim köksimdan otilib çiqqudek şitob bilan urib qolar, peşonamdan şovullab ter quyilib kelardi. Boyagi dadilligim, jurʼatimdan asar ham qolmasdi, unga ança payt jimgina tikilib ötirib-ötirib, söng böşaşib izimga qaytardim.
Bir tomondan, unga dabdurustdan gapirgudek bölsam, jahli çiqib, qarğab berişidan, haydab solişidan çöçib turardim. Axir, u hali meni tanimasdi, könglimda nima borligini bilmasdi-da.
Qisqasi, men ança payt nima qilişni bilmay boşim gangib yurdim. Faqat kunlardan bir kun yurak yutib, undan ismini söradim.
– Muazzam, – dedi u eşitilar-eşitilmas ovozda va şu zahotiyoq quyoşda qoraygan yuzi birdan qip-qizil tortib ketdi, hatto jilmayib qöygandek ham böldi. Buni körib, mening ham yuragim hapqirib, iç-içimdan suyunib ketdim. Axir, nega quvonmay, uning uyalib-tortinib, erkalangandek ovozda ismini aytişida yurakka iliq tegadigan qandaydir mehr bor edi. Men şuni his etib, unga yana mehrim ortib ketgan, xuddi azaldan tanigandek, könglimga juda yaqin olgandim.
Öşanda men ham unga ismimni aytganman:
– Mening ismim Ibrohim, huv pastdagi qişloqda yaşayman.
Buni eşitib, u şiringina jilmayib qöygandi.
Biz şu taxlit tanişganmiz.
Öşa kun bor-yöği uning ismini bilib olganimdan quvonçim içimga siğmay qolgan, dimoğim çoğ, özimça allaqanday qöşiqni xirgoyi qilib qişloqqa qaytganman.
* * *
Aka, men yetim ösganman, onamni eslay olmayman, uç yoşligimda dunyodan ötgan ekanlar. Otamni esa es-es bilaman, meni tönining bariga solib, qayerga borsa, özi bilan olib yurardi. Keyin otam ham kasallanib dunyodan ötgaç, toğamning qölida qolib ketdim. Toğam badjahl odam edi, ammo meni biron marta ham urişib-sökmagan, yetimligimni öylabmi, doimo könglimga qarardi. Yangam esa, meni içida ölardek yomon körardi, lekin toğamdan qörqqanidan damini çiqarmas, ölganning kunidan çidab kelardi.
Xullas, quvonçimni içimga siğdirolmay yurgan öşa kunlari Muazzamga uylaniş niyatiga tuşib qoldim. Axir, yoşim öttizga borib qolgan, tengqurlarim allaqaçon uylanib, bola-çaqali ham bölgandi. Ammo buni toğamga qanday aytişni bilmay öylanib qoldim. Söng öylay-öylay toğamga bir oğaynim orqali ayttirdim. Toğam niyatimni eşitib, köramiz, deya indamay qöyibdi. Şundan söng bir neça kun uyalganimdan toğamning köziga körinmay yurdim. Axiyri, bir kun ertalab, dasturxon ustida toğamning özi gap oçib qoldi:
– Jiyan, uylanmoqçi ekansan, deb eşitdim. Topganing bormi?
Öşanda toğamning gapini eşitib, uyalganimdan yerga kirib ketgandek bölganman. Keyin özimni biroz tutib olib, tortingança könglimdagini aytganman:
– Polvontepa qişloğida bir qiz bor ekan. Ismi Muazzam…
– Ey, hali kelin ham topib qöyganman, degin, – dedi toğam yoyilib kulgança. – Sen ham balo ekansan. Mayli, men bir suriştirib köray-çi, keyin gaplaşamiz.
Öşa kuni keçga tomon öpkamni qöltiqlab, hovliqqança yana Polvontepaga yöl oldim. Bu gal qarorim qatʼiy, hammasini Muazzamga oçiq aytib, uning roziligini oliş edi.
Men Muazzamni odatdagidek, daryo böyida uçratdim, u qöylarini ötlatib yurgan ekan. Menga közi tuşib, u ham iç-içidan quvonib ketdi, şekilli, birdan yuzi yorişib, lablarining çetida kulgi şarpasi yugurgandek böldi, ammo buni sezdirmaslik uçun darrov boşini quyi solib oldi. “Kelişimni kutib turgan ekan” degan öy keçdi könglimdan. Men şundan dadillanib, töppa-töğri uning oldiga bordim.
– Muazzam, yaxşimisan? – dedim hayajondan entikib.
U “yaxşi” degandek, jilmayib qöydi.
– Muazzam, – dedim yana. – Senga aytadigan bir gapim bor.
U birdan sergak tortdi va hayron bölgandek, közlarini katta-katta oçgança tikilib qoldi.
– Muazzam, – dedim. – Yaqinda toğam uylaringga sovçilikka boradi…
U bir muddat heç narsani anglamayotgandek, kiprik qoqmay tikilib turdi, keyin esa, yuzi birdan qizarib ketdi, faqat közlarida allaqanday mamnun aks etgandek böldi.
– Uyatsiz, – dedi u allaqanday erkalovçi ovozda va şoşib qöylarini haydagança qişloği tomon ketdi.
Men uning ortidan qararkanman, yuragim quvonçga tölib borardi, nazarimda, öşa damda dunyoda özimdan baxtiyor va omadli odam yöqdek edi. Muazzamning erkalangan ohangda “uyatsiz” degan sözlari quloğim ostida jaranglab turardi.
Qişloqqa qaytarkanman, “Muazzamning ham menga köngli bor ekan. Erta-indin toğamni sovçilikka yuboraman” degan öy xayolimni band etib olgan edi.
Xullas, men özimça hamma iş bitdi, deb yurgan paytimda kutilmaganda, bari birdan çippakka çiqib ketişiga oz qoldi. Öşanda nazarimda, dunyo birdan teskari aylanib ketgandek böldi, qattiq qörqib ketganimdan nima qilişni ham bilmay gangib qoldim.
Qisqasi, Muazzam bilan gaplaşgaç, oradan ikki kun ötib, oqşom uyga kelsam, toğam ğazabi qöziganidan özini qayerga qöyişni bilmay turgan ekan. Menga közi tuşib, battar jazavaga tuşib qoldi.
– Hov ovsar, lattaçaynar, – dedi toğam menga közi tuşişi bilan. – Kimning ortidan ilakişib yurganingni bilasanmi özi?! Sen aytgan öşa Muazzaming ham, otasi ham ğirt jinni ekan-ku! Ularni qişloğida heç kim odam qatoriga qöşmaydi, bu ovsar şunga uylanmoqçi emiş… Hey, topgan qizingni….
Bu gaplarni eşitib, kimdir tuyqus boşimga bir muşt tuşirgandek, birdan gangib qoldim, hamon jazavaga tuşgança baqirib-çaqirayotgan toğamga qörqa-pisa qaradim.
Toğam hadeganda jahlini bosolmas, xuddi izzat-nafsi toptalgandek, tutaqib gapirar, jahldan yuzi böğriqib ketgan edi.
Men ança paytdan söng xiyol özimni tutib oldim va toğamga yolvorgandek, möltirab qararkanman: – Bunday demang toğa, Muazzam jinni emas, yaxşi qiz! – dedim bazör.
Buni eşitib, toğam battar tutaqib ketdi.
– Buning topgan gapini qarang: yaxşi qiz emiş, – dedi toğam böğilib. – Yaxşi emas, ğirt tentak. Oilasida bironta soğ odam yöq. Şuni tuşunasanmi, özi?!
Hozir öylasam, özim ham hayron qolaman, umrim böyi toğamning yuziga tik qaraş tugul biron marta ham gapini ikki qilmaganman, ammo öşa damda boşimga yoğayotgan taʼna-daşnomlarga toqat qilolmadim.
– Toğa, – dedim özimda jurʼat topib, – men baribir Muazzamdan boşqaga uylanmayman.
Aftidan, toğam mendan bunday gapni kutmagan ekanmi, birdan böşaşib, jimib qoldi va hansirab nafas olgança qahr bilan tikilarkan: – Hali şunaqa degin, – dedi. – Mayli, kimga uylansang, uylanaver. Jinniga uylanasanmi, telbaga uylanasanmi, bu sening işing. Faqat topganingni bu uyga olib kelaman deb xomtama bölma. Senga ham, topgan xotiningga ham bu uyda joy yöq. Endi közimdan yöqol!
Öşa oqşom men toğamning uyidan çiqib ketdim. Bundan boşqa ilojim ham qolmagandi. Ammo toğam quturib, qahr-u ğazabini soçgan, boşimdan taʼna-daşnomlarni yoğdirgan, hatto uyidan haydab solgan, eng yomoni, öşa paytda qora tortib boradigan tayin boşpanam bölmasa-da, sira tuşkun ahvolga tuşmagandim. Aksinça, toğamga könglimda borini oçiq-oydin aytganim, Muazzamning şaʼnini himoya qilganim uçun öz-özimdan xursand edim.
Aka, toğam bilan oramiz buzilib ketgani yaxşi bölmadi. Bu haqda özim ham köp öylayman. Öşanda toğam menga azbaroyi yuragi açiganidan atay urişib-sökib, niyatimdan qaytarmoqçi bölgan, hatto uyidan haydab yuborişgaça borgan, ammo qayoqqa ham borardi, ertaga közining yoşini oqizib, yana qaytib keladi, deb öylagan. Menga yolğiz jigarim, deb yuragi kuyganidan şunday yöl tutgan. Men buni yaxşi bilaman. Ammo mening şunday yöl tutişdan boşqa ilojim yöq edi. Axir, men qanday qilib Muazzamdan voz keçib ketardim?! Toğam esa Muazzamning nomini ham eşitişni istamasdi. Toğamning feʼlini yaxşi bilaman, u juda oriyatli odam edi, men Muazzamga uylangudek bölsam, qişloqdagilarning gap-sözi, malomatini eşitişdan çöçib turardi, şuning uçun u meni ölib-tirilib, niyatimdan qaytarişga uringandi.
Harqalay, nima bölganda ham, endi toğamning uyiga qaytiş niyatim yöq edi. Ayniqsa, öşa oqşom toğamning Muazzam haqidagi haqoratomuz gaplari könglimga juda oğir botgan, iç-içimdan hamma-hammasini yomon körib qolgandim. Agar bilsangiz, öşa paytda könglimdagi niyatim şu qadar qatʼiy ediki, Muazzamga yetiş uçun heç qanday kuç yölimdan qaytarolmas, Muazzamdan boşqa heç kimni körişni ham, nomini eşitişni ham xohlamasdim; Muazzamni öylagan sayin qop-qoronği tortgan könglim yorişib borardi.
Qisqasi, toğamning uyidan boş olib ketgaç, ikki-uç kun qişloqdagi oğaynilarimning uyida yotib yurdim. Keyin xayolimga qayerdan keldi, bilmayman, töppa-töğri Polvontepa qişloğidagi qassobning oldiga borib, boşimdan keçirganlarimni oqizmay-tomizmay gapirib berdim va undan yordam berişni iltimos qildim. Qassob gaplarimni sabr bilan eşitgaç, ança payt öyga tolib qoldi. Keyin esa u ham niyatimdan qaytarişga urinib kördi. – Buni umr savdosi deyişadi, – dedi u. – Kimga oğiz solayotganingni yaxşilab öylab kör, tağin ertaga afsus qilib yurma.
Qassob yana allanimalar deya uzoq nasihat qildi. Ammo men öjarlik bilan aytganimga turib oldim, nima bölsa, peşonamdan köraman, dedim. Şundan söng qassob noiloj Mahmud akaning uyiga sovçilikka borişga rozi böldi.
Muazzamning otasi Mahmud aka qassobning gaplarini eşitgaç, yöq, demabdi, faqat rözğorimning tirgagi şu qizim, uni uzatib yuborsam, battar xarob bölamiz. Agar qizimga uylansa, biz bilan birga yaşaydi, deb şart qöyibdi.
Öşanda qassob öziça hazil qilgan böldi: maşoyixlar yetimning yöldoşi Xudo, deb bejizga aytmagan ekan. Qara, bir kunda ham uylik, ham kelinlik bölding…
Aka, öşa paytda Mahmud akaning şartiga rozi bölmasdan boşqa ilojim yöq edi. Özimga boşpana topilganidan umuman xursand bölganim ham yöq, yakka-yu yolğiz ilinjim Muazzamga uylaniş edi, şuning uçun har qanday şartga rozi edim. Qassobga ham rozi ekanimni aytdim. Dunyoda yaxşilar köp, buni odam boşiga taşviş tuşganda bilar ekan. Qassob savobtalab, tanti odam ekan. Meni yetim ekanimni bilgaç, uyidan joy berdi, xuddi öğlidek boşimni silab, mehribonlik qildi, qölidan kelgan yordamini ayamadi. Töyga ham özi boş-qoş böldi, tört-beş söm xarajatini ham özi kötardi.
Toğamga uylanayotganimni aytmadim, balki özi eşitgandir. Çamasi, öşanda toğamning mendan qattiq köngli qolgan ekan, şu paytgaça yöqlab kelmadi. Nasib bölsa, biron kun özim oldiga boraman. Oradan ança yil ötdi, balki endi toğam meni keçirgandir.
Şundan söng oradan köp ötmay Muazzam bilan töyimiz böldi. Buni rosmana töy deb ham bölmaydi. Mahmud akaning hovlisida qişloqning beş-ön çoğli odami yiğildi. Meni kuyov sifatida qassobning öğli boşlab bordi. Mahmud aka hovlisining çetidagi tomi osilib qolgan, körinişidan omborxonaga öxşab ketadigan ikkita kiçkina xonali uyni bizga ajratib bergan ekan. Töygaça Muazzam bu uyni supurib-sidirib tozalabdi, devorlarini oqlab qöyibdi. Töy kuni uy içiga çimildiq ham tortib qöyişgan ekan. Öşa kuni ayollar qöşni hovlidan Muazzamni yasantirib olib çiqişdi. Unga qarab turib, rosti gap, taniy olmay qoldim: uning egnida çöğdek toblanayotgan atlas köylak, soçlari mayda örilgan, boşida katta oq şoyi römol taşlab olgandi. Muazzam juda çiroyli kelin bölgan, hovlida töplangan ayollar ham piçirlaşib şu haqida gapirişar, hatto ularning: – Xudo aqldan qisgan bölsa ham, qurğurning husniga qarab, köz töymaydi-ya, deb aytgan sözlari quloğimga çalingandi.
Öşa kun qişloqning mullosi nikohimizni öqib qöygaç, oldin Muazzam, söng men çimildiqqa kirdik.
* * *
Aka, men Muazzamga uylanganimga öşanda ham, hozir ham sira afsus qilmayman. Axir, nega puşaymon bölay, Muazzamdek oqila qiz bilan taqdirim qöşilganiga doimo şukr qilaman. Töyimiz ötgaç, bunga qayta-qayta işonç hosil qildim. Faqat töydan söng qişloqdagilarning işqilib, kuyovning aql-u huşi joyida ekanmi yoki u ham jinnimi, degandek menga qattiq qiziqib qolişgani, hatto darvoza-yu devor tirqişlaridan tinimsiz poylaşgaça borişganiga sira könikolmay yurdim. Öşa kunlari uydan taşqariga çiqişga yuragim bezillab qolgandi, har qadamda odamlar nigohi bilan tinimsiz taʼqib qilayotgani, köçada töqnaş kelib qolganda, surbetlarça aft-angorimga qaraşlari, turli kesatiq gap-sözlari, baʼzan oçiq-oydin kulişlari jonimdan töydirib yuborardi. Ammo men könglimga qançalik oğir botmasin, bariga çidadim, ustimdan kulgan, hatto masxara qilganlarga ham qattiq gapirmadim, şunçaki indamay qöya qoldim. Keyin-keyin hammasi iziga tuşib ketdi.
Odamlar meni jinni emas, tört muçam soppa-soğ, aql-u huşim joyida ekanimga işonişdi, Muazzamga mehrim balandligi uçun bu yerga kelib qolganimni ham tuşunib yetişdi. Şuning uçun köpçilik hurmat bilan qaray boşladi.
Hozir qişloqda heç kim bizning ustimizdan kulmaydi, masxara-yu mayna qilişni xayollariga ham keltirişmaydi, faqat bizga rahmlari kelibmi, açinib qarab qöyişadi. Köpinça esa, yaxşi gapirib, könglimizni kötarişga harakat qilişadi.
Bilasizmi, aka, töyimiz ötgaç, men Mahmud akaning yuragini qanday dard-u balo kemirib, ado qilganini tuşunib yetdim. Beçora Mahmud aka dunyodan kuyib-kuyib armon bilan ötdi, farzandlarining aqli noqis, jinni tuğilgani, qişloqdagilarning oçiq-oşkora masxara-yu mayna qilişi, hatto odam örnida körmay xuddi bedavo dardga yöliqqan kimsaga qaragandek, irğanib qaraşlarini öylab, dardi içiga siğmay ketar, tursa ham, ötirsa ham, Xudo qaysi gunohim uçun meni bunday jazoladi, deya tinimsiz yozğirardi.
U ölimi oldidan qöllarimni mahkam uşlab olib, bolalarimni taşlab ketmang, deya qayta-qayta yolvorib söragani sira köz öngimdan nari ketmaydi.
Aka, nimasini aytay, öşanda nafaqat Mahmud aka va Muazzam, hatto qişloqdagi odamlar ham meni bu dard-u balolarga çidayolmay ertami-keç, kelgan tomoniga ketib qoladi, deb kutib yurişardi. Ayniqsa, Muazzam hammadan köproq şu haqida öylaganidanmi, könglidan sira xavotir-u hadik arimasdi. Baʼzan köçaga çiqib ketsam, u yölga qarab, közlari tört bölganini, xavotirga tuşganidan bezovtalanib özini qöyarga joy topolmay qolganini, hovliga kirib kelganimda, tipirçilab, u yoqdan-bu yoqqa yugurgança könglimni olişga urinişini sezardim. Ammo men bu hovlidan boşimni olib, allaqayoqqa ketib qolişni heç qaçon xayolimga keltirmaganman. Bunday fikr xayolim köçasidan ham ötmagan.
Qisqasi, Mahmud aka dunyodan ötgaç, hovlida özim boş bölib qoldim. Mahmud akaning xotini ança yil burun qazo qilgan ekan. U nuqul xotinim şörlik bolalarining etagiga yopişgan dardni kötarolmay dunyodan közi oçiq ketdi, zorlanib gapirardi. Oilaning tönğiç öğli Sulton esa men uylanişimdan xiyol ilgari boşi aylanib, uydan çiqib, dom-daraksiz ketgan, u hali-hanuz qaytib kelmagandi. Rahmatli Mahmud aka hali közi tirik paytidayoq Sultonning qaytib kelişidan umidini uzib qöygan, nuqul şörlik bolam endi tuğilgan uyini ham topib kelolmasa kerak, deb kuyinardi. Baʼzan kimdir Sultonni qaysidir uzoq şaharda körganini, soç-soqoli ösib, bir ahvolda yurganini aytib qolar, buni eşitib, Mahmud akaning bitta dardi mingta bölardi. Eljon esa, öta yovvoyi, doimo odamdan qoçib yuradi, otasining ölimidan söng kiçkina uyçaga qamalib olib, sira taşqariga çiqmaydi. Muazzam har kuni bir kosa yovğon-u yarimta nonni uyga kiritib beradi.
Bilasizmi, aka, men uylangaç, şuni anglab yetgandimki, Muazzam akalari singari butkul aql-u huşidan ayrilgan, na xatti-harakati, na gap-sözlarini idora qilolmaydigan jinni emasdi. Işonsangiz, uning tört muçasi soppa-soğ, aql-u huşi ham joyida, hamma-hamma narsani tabiiy va töğri idrok etadi. Faqat bilasizmi, qişloqdagilarning oilasi ustidan oçiq-oşkor kulişi, köça-köyda “jinni, jinni” deya masxara-yu mayna qilişi, oçiq jirkanib qaraşi, hatto bir lagandan oş yeyişdan or qilişi uning hali bolaligidan qalbini butkul qabartirib, zada qilib taşlagan edi. U odamlarning ana şunday köz oçirmay qöygan taʼqib-u malomatlarini eşitaverib, heç kimga işonmay qöygan, hamma narsaga hadik va qörquv bilan qarar, köça-köyda özini savdoyidek tutar, örni kelganda oğzidan tupuk saçratib bobillagança, şallaqilik qiliş, hatto öğil bolalar bilan ham teppa-teng yulişişdan tap tortmasdi. U hayotda oddiygina mehr, andişa, hayo borligini allaqaçon esidan çiqarib yuborgan, doimo odamlardan qoçib yurar, heç kimga işonmas, hamma narsani yomon körardi. Baxtsizlikni qarangki, u onadan soppa-soğ, aql-u huşi joyida tuğilgan, ammo qattol qismat boşiga ayovsiz yoğdirgan körgiliklarni köraverib, oğziga kuçi yetmagan odamlarning taʼna-daşnomi, malomatlarini eşitaverib, aqldan ozişiga, jinni bölib qolişga bir baxya qolgandi.
Töğrisi, töyimizdan söng dastlabki kezlarda Muazzamning hurkak va yovvoyiligiga, arzimagan narsalarga ham baqirib taşlaşiga, baʼzan kurakda turmaydigan qarğişlariga könikolmay rosa qiynalganman. Hatto öşanda asablarim qaqşab, yuragim siqilib ketganidan bu hovlidan boş olib ketiş haqida ham öylaganman. Ammo darrov fikrimdan qaytganman. Axir, men ketib qolsam, Muazzam butkul aqlini yöqotib, rostdan ham, jinni bölib qolişi tayin edi. Öşanda Muazzamni öylab turib, bunga heç qaçon jazm qilolmasligimni tuşunib yetganman.
* * *
Aka, men umrimda köp kitob öqimaganman, kitob titkilaşga vaqt qayda deysiz, erta-yu keç yugur-yugurdan böşamayman. Ammo yorining işqida kuyib-kuyib, oxir-oqibat savdoyi bölib qolgan oşiqlar haqida eşitganman. Bilasizmi, bu savdoyilikning daʼvosi mehr-muhabbat ekan. Hatto hayvonlarga ham mehringizni bersangiz, erkalab boşini silasangiz, ular ham buni sezmay qolmaydi, oyoqlaringizga suykalanib, sizga ham mehr körsatadi, özining minnatdorligini bildiradi.
Muazzam ham har kun, har daqiqada mening mehr-muhabbatim, yuragim tafti, işonç-u umidimni his etib, asta-sekin sokin hayotga qayta boşladi. Uning kundan-kun ruhan soğayib, hayotga işonç va umid bilan qarayotgani, uzoq yillardan buyon yuziga soya taşlab kelgan qörquv va vahm şarpalari örnini xotirjam va mahzun ifoda egallayotganini his etib turardim.
Sizga buni qanday tuşuntirsam ekan, Muazzam şunday köz öngimda asta-sekin özgarib borardi, baʼzan unga qarab turib, keçagi Muazzamni taniyolmay qolardim, çunki u keçagi yovvoyi va qörs, hamma narsaga nafrat va şubha bilan qaraydigan, doimo nimadandir hadiksirab turadigan, közlari qörquv va vahima bilan boqadigan Muazzamdan oğir va bosiq, andişali, har bir sözini öylab gapiradigan, mehr-şafqatli, rahmdil va mehribon ayolga aylanib borardi.
Uning könglida özimga nisbatan çeksiz mehr uyğongan, u faqat mening işonç-u hurmatimni qozoniş, qaynoq mehrimga munosib javob qaytariş uçun butun vujudi bilan intilar, intila turib, ruhan soğayib borardi. Men buni uyda keçgan har daqiqada yurak-yuragimdan his etib turardim.
Ayniqsa, Muazzam keçagi irkit, öziga umuman qaramay qöygan, hamişa kir-çirga botib yuradigan qizdan saranjom-sarişta, orasta va noziktaʼb ayolga aylangan edi. Çunki uning yuragida işonç va umid çeçaklari böy körsatgan sayin tözğib, xarobaga aylanib qolgan, allaqanday vahimali va qörqinçli tuyiladigan hovlimizga birdan fayz kirib borardi, u erta tongda turib, hammayoqni supurib-sidirib, çinnidek top-toza qilib qöyardi. Uyimiz oldidagi bir parça yerga rayhon ekkan, uning xuşböy hidi butun hovliga taralib turardi.
Aka, Muazzam bilan birga yaşay boşlagaç, yana bir voqea röy berganki, şuni eslasam, hozir ham könglim ğalati bölib ketadi. Nima desam ekan, har kuni ertalab uydan çiqayotganimda tuflimni top-toza, artib qöyilganini körardim.
Avvaliga bunga unça eʼtibor bermadim. Keyin esa, kimdir tundami yoki tong azon payti çang-çöngga botgan tuflimni tozalab, artib qöyayotganini sezib qoldim. Bir kun erta tongda uyğonib, taşqariga çiqsam, Muazzam berilib tuflimni tozalayotganini körib qoldim. Işonasizmi, u şunçalik mehr va iştiyoq bilan tuflimning çang-çöngini aritar ediki, hatto men tikilib turganimni ham sezmasdi.
Men öşanda Muazzamga qarab turib, ayolga mehringizni bersangiz, uning işonç-u eʼtiborini qozonsangiz, u sizni Xudodek körişini, özini butkul sizga bağişlanişini anglab yetganman. Balki men xato öylayotgandirman, ammo odamga bundan ortiq baxt bölmasa kerak…
* * *
Töyimizdan söng oradan ikki yilça ötgaç, bir kun Muazzam omborxona şiftida osib qöyilgan, çaqaloqligida özi yotgan beşikni olib çiqib, kir-çirlarini artib tozalabdi. Söng allaqayerdan körpaça-yu bolişi va yopinğiçlarini ham topib kelib, beşikni yasantirib, uyning töriga qöyibdi. Öşa kun oqşom men daladan horib-çarçab uyga kelgaç, uy törida turgan beşikka közim tuşdi-yu, rosti gap, könglim juda ğalati bölib ketdi. Nima gap ekanini darrov tuşundim, ammo sir boy bermay Muazzamdan atay söradim:
– Beşik nimaga kerak böp qoldi?
Muazzam ovozimni eşitib, menga yalt etib qaradi, qarab turib, yuzi va közlarida quvonç şarpasi jilvalandi, bir zum şunday – baxtdan sarmastdek tikilib turdi-da, söng uyalganidan yugurib taşqariga çiqib ketdi.
Muazzam ayol edi, u butun vujudi bilan ona bölişni, jajji farzandini dunyoga keltirib, bağriga bosişni istayotgandi. Bu istak uning butun vujudini çulğab olgan, men buni uning har bir xatti-harakati, gap-sözlaridan his etib turardim. Keyinçalik u tong-azonda, men uxlayotgan mahalda, boşiga römolini yoyib taşlab olgança, böm-böş beşikni tebratgança past ovozda alla aytadigan odat çiqardi. Bir safar hali tong oqarmagan payt Muazzamning yiğlagan kuyi alla aytayotgan ovozidan uyğonib ketdim. Ey, aka, uning öşa paytdagi holatini eslasam, hozir ham könglim öksib ketadi, yuragim böşaşib, yiğlagim keladi. Öşanda Muazzam şunçalik hazin va dardçil ovozda alla aytardiki, uning özi emas, balki yuragi ezilib-ezilib yiğlar va bu iztirob, nola-yu fiğonni eşitgan har qanday toşbağir odam ham çidayolmay “dod” deb yuborardi. O, bu şunçaki alla emas, balki yurak-bağrini ezib taşlagan dard-u hasratini qöşiq qilib aytardi, özini unutib yiğlagan köyi nola qilarkan, Xudodan marhamat-u inoyatini ayamaslikni, öziga farzand ato etişni agar niyati ijobat bölsa, bu dunyodan armon-u ökinçsiz ötişini aytib yiğlardi. Uning seldek köpirib-toşayotgan nola-yu fiğoni, dard-u hasratini eşitiş juda oğir va azobli edi. Men ham bunga uzoq çidab turolmadim, könglim erib ketgandek böldi, yuzimga körpani tortib, qon bölib yiğladim va yiğlab turib, Xudodan bizga farzand ato qilişni söradim.
* * *
Oradan tört yil ötayotgan bölsa-da, biz hali farzand körmagandik. Muazzam keça-yu kunduz şuni öylaganidan ğam-ğussaga botib, maʼyus tortib qolgan, tinimsiz toqatsizlanar, dam-badam yuragi hasratga tölib ketganidan çuqur-çuqur “uf” tortib qöyardi. Men ham uning ahvoliga qarab, iç-içimdan qiynalardim va özimça unga allanimalar deya taskin-tasalli bergan bölardim.
Bir kuni u dardini içiga siğdirolmadi, yuragidagini aytdi:
– Meni döxtirga olib borib körsating…
Öşa kunlari özim ham şu haqida öylab yurgandim. Ertasi kun ertalab qişloğimiz yaqinidagi şaharçada joylaşgan döxtirxonaga bordik. Döxtirlar bizni qariyb bir hafta tekşirişdi. Ular mening soğligim töğrisida arzigulik bir gap aytişmadi. Faqat buyragingizda ozroq şamollaş bor ekan, davolansangiz ötib ketadi, deyişdi. Muazzamni esa, qandaydir ğalati apparatlar bilan qayta-qayta tekşirib körişdi. Öşanda Muazzamni tekşirayotgan közoynakli döxtirning vahimali ovozda “Yo, tavba, buyoği qanday böldi?!” – degan gaplari hali ham quloğim ostidan nari ketmaydi.
Qisqasi, öşanda döxtirlar Muazzamni uzoq tekşirişdi, özlariça piçirlab, allanimalarni muhokama qilişdi. Keyin esa, haligi közoynakli döxtir Muazzamga “Siz taşqariga çiqib turing”, deya mening yolğiz özimni olib qoldi.
Döxtir kursiga ötirarkan, menga közoynagi ostidan ğalati qarab, Muazzam haqida sörab-suriştirişga tuşdi: u kimning qizi, ota-onasi, qarindoş-uruğlari kimlar… Xullas, döxtir tösatdan şunaqa köp savollarni qalaştirib taşladiki, men javob berolmay, gangib qoldim. Buning ustiga döxtirning har bir savoli qandaydir qörqinçli tuyilganidan yuragim xavotirga tölib borardi. Öşanda döxtirning savollariga bilganimça javob berdim. Nihoyat, döxtir Muazzamni Polvontepadagi Mahmud akaning qizi ekanini eşitgaç, xuddi özini qiynayotgan jumboqqa javob topgandek, birdan közlari çaqnab ketdi.
– Şuni oldinroq aytmaysizmi? – dedi u hovliqqan köyi. – Böldi, böldi, hammasi tuşunarli.
Ammo men heç narsani tuşunmay angrayib qolgan, qörquv va xavotir bilan döxtirga qarab turardim.
Birozdan söng döxtir menga yuzlanib, tağin savolga tutdi:
– Siz uylanayotgan paytingizda heç narsani bilmaganmisiz?
– Yöq, nimani bilişim kerak edi? – dedim jahlim çiqib.
– Ey, uka, özingizni bosing, – dedi döxtir. – Avval yaxşilab sörab-suriştirib, söng uylaniş kerak edi. Bilsangiz agar, Mahmud akaning oilasi röyxatda turadi, farzandlarining bari ruhiy xasta bölib tuğilgan. Tibbiyotda hali bu kasallikning daʼvosi topilmagan. Bundan ham yomoni, bu kasallik suyak suradi. Şuning uçun bu kasallikning oldini oliş maqsadida kasallikka çalingan öğil bolalar uruğsizlantiriladi, qizlarning esa onajoyi olib taşlanadi… Ulardan nasl qolmaydi…
Men döxtirning xonasidan qanday çiqqanimni bilmayman, huşim özimda emas, butkul karaxt tortib qolganimdan boşim heç narsani idrok etmasdi. Ammo bunga qaramay eşik oldida toqatsizlanib, çiqişimni kutib turgan Muazzamga közim tuşişi bilan bazör jilmayişga urindim, biroq bir oğiz söz qotişga tilim aylanmadi. Döxtirning gaplarini qayta xayolimdan ötkazarkanman, böğzimga bir oğriq kelib qadalgandi. Ey Xudo, deyman içimda, bu şörlik ayolni nega bunça qiynaysan, şunça jabr-u sitaming yetmasdimi? Bu gapni eşitsa, u aqldan ozmaydimi? Endi uni qanday yupataman, nima deb ovutaman?!
Muazzam bilan jimgina uyga qaytdik. Yöl böyi unga heç nima demadim. Ammo u bezovtalanib dam-badam yuzimga qarayvergaç, axiyri sabrim çidamadi.
– Muazzam, – dedim atay xotirjam ovozda, – döxtir aytdiki, ikkalamiz ham soppa-soğ ekanmiz. Faqat biroz davolanişimiz kerak. Şundan söng albatta, farzandli bölamiz.
Aka, Muazzam – könglida ğubor ham yöq, gödakdek sodda va işonuvçan ayol, ayniqsa, mening gaplarimga heç qaçon şubha-gumon bilan qaramaydi, nima aytsam, hammasini röy-rost qabul qiladi. Bu gal u içimdan töqib-biçib aytgan gaplarimga çippa-çin işondi, birdan çiroyi oçilib, yuziga qon yugurdi va qöllarimni mahkam uşlab oldi.
Muazzamga hozirga qadar heç nima deganim yöq. U dam-badam qaçon davolanişga borişimni sörab qoladi. Men esa hali uni, hali buni bahona qilib, atay orqaga taşlab kelayapman.
Aka, sizga aytsam, baʼzan özim ham bu sirni içimga siğdirolmay qolaman, yuragim tölib ketganidan “dod” deb yuborgim keladi, keçalari öylab, uyqum qoçib ketadi. “Ey Xudo, bu azobni qaçongaça içimda saqlab yaşayman?!” deyman. Özining tanidagi sirdan bexabar, hamon umid va ilinj bilan yaşayotgan, Xudoga tinimsiz yolvorib, farzand ato qilişni sörayotgan Muazzamni öylasam, dard-u alamim battar ortadi, dunyoga siğmay qolgandek bölaman.
Bir kuni bu dardni içimga siğdirolmay yolğiz özim yana haligi döxtirning oldiga bordim-da, Muazzam heç qanday ruhiy xasta emas, soppa-soğ ekanini, işonişmasa, qayta tekşirib körişlarini aytdim.
Döxtir mening gaplarimni diqqat bilan eşitdi, keyin xayrixoh ovozda gap boşladi:
– Uka, men hammasini yaxşi tuşunib turibman. Ayolingiz ruhan soğlom ekaniga ham işonaman. Ammo bir paytlar qaysidir döxtirning xatosi tufayli beçora ayolingiz bir umr baxtsiz bölib qolgan. Afsuski, endi bu xatoni tuzatişning umuman imkoni yöq. Iltimos, meni töğri tuşuning, – dedi u.
Men dard-u dunyom battar qoronği tortib, izimga qaytdim.
Aka, bunday öylab qarasam, bu dunyoda meni Muazzamdan, Muazzamning mendan bölak heç kimi yöq. Şuni öylasam, unga mehrim yana-da ortib ketadi. Uni taşlab ketişni heç qaçon xayolimga ham keltirmayman.
Özi bu gaplarni şu çoqqa qadar oğiz oçib heç kimga aytmagandim. Bugun negadir sizga yuragimni böşatib olgim keldi…
U şunday deya hikoyasini tugatdi va negadir aybdordek közlarini jovdiratib menga qarab qöydi.
Uning sözlari, o, yöq, bular şunçaki oddiy, jön sözlar emas, balki oğir, doğuli, iztirob va ğam-anduhga yöğrilgan, ayni damda nurli keçmiş meni butkul kör-u karaxt qilib taşlagan, yuragim hayrat-u hayajonga tölib borar, qarşimda boşini quyi solgança ötirgan, peşonasiga bitilgan qismat-u aʼmoldan zorlanmay-nolimay, buning uçun na dunyodan va na hayotdan biron-bir narsa taʼma qilmay yaşayotgan bu yigitga nisbatan könglimda havas-u hayratim, hurmat-u mehrim tobora oşib borardi.
Ha, aniq bilaman, u aynan şunday yaşaşni allaqaysi kitoblardan öqib-örganmagan yoki kimlardandir saboq ham olmagan, balki özining beğubor, sodda va samimiy qalbi bilan anglab yetgan, bundan heç qaçon afsus-nadomat çekib, zorlanmagan, balki behalovat urib turgan yuragi faqat şundan taskin topayotgan edi.
Men yana şuni aniq bilamanki, köngli ğayr kimsalar közlari tört bölib qançalik kutmasin, u heç qaçon Muazzamni taşlab ketmaydi, balki bu dalli-devona qizni muqaddas yalov kabi boşi uzra ozod kötarib yaşaydi, bu qarimsiq dunyoda u özining yelib-yugurib, talpinib-intilib topgan baxt-u quvonçini ham, ökinç-u armoni va umrining mazmun-mohiyatini ham şunda deb biladi.
Men ana şunday xayollarga ğarq bölgança Ibrohimga uzoq tikilib qoldim. Bir çoğ u kutilmaganda, örnidan qözğalib, ketişga çoğlandi.
– Aka, – dedi u jilmayib, – men endi uyga boray. Biznikiga ham mehmonga öting.
– Rahmat, nasib bölsa, ötarman, – dedim men şoşib.
U xayr-xöşlaşgaç, toşyöl böylab Polvontepa qişloği tomon ketdi.
Men uning ortidan qararkanman, tuyqus yana sen yodimga tuşding va sening ismingni iztirob va armon bilan şivirlab takrorladim, ismingni takrorlay turib, yuragim nohaq tanbeh eşitgan yetim boladek öksib ketdi: taqdir şu dali-ğuli yigitni siylagan, uning umr yölini bezab taşlagan, könglini quvonç-u umidga töldirgan baxtni nega menga ravo körmadi?!
Yana sening ismingni muqaddas bitikdek ehtiros va hayajon bilan takrorlarkanman, hamma-hammasi qayta yodimga tuşdi-yu, birdan ruhim, o nafaqat ruhim, balki butun jism-u jussam iztirob-u alam içida qoldi. Va ayni damda özimni şunçalik noşud, notavon va ojiz his etdimki, alam öti vujudimni örab-çirmab olganidan özimni qöyarga joy topolmay qoldim. Ruhim qaqşab ketgan, yuragim alam-u iztirobga töla, göyo yer bilan bitta bölib ötirardim.
Ehtimol, öşanda jurʼat-u şijoat topib, qalbimni tinimsiz örtayotgan, inon-ixtiyorim, xohiş-u irodamni butkul öz izmiga solib olgan bu öjar va şafqatsiz tuyğularga seni ham işontirganimda, tilsimlangan qalbingga adaşmay yöl topganimda qismat-u aʼmolim boşqaga keçarmidi?!
Qirq yildan buyon yuragimni bosib yotgan va tinimsiz iztirobga solayotgan bu dard qaçon intiho topadi, tilsimlangan bu qörğonning eşiklari qaçon oçiladi?! Yana qança payt bu öjar tuyğular öz holimga qöymay hayotning qoronği va qörqinçli söqmoqlarida sarson-sargardon adaştirib yuradi?!
Nahotki, mening murod-u muddaom heç qaçon hosil bölmaydi, umid-u işonçim bahorgi çeçak kabi gurkirab oçilib, böy körsatmaydi, yuragim quvonç-şodlikdan entikib, sarğaygan yuzim yorişmaydi?
Nahotki, umrimning sönggi nafasigaça yöllaringga umid va ilinj bilan köz tikib ötaman?! Yuragimni şafqatsizlik bilan tinim bilmay kemirayotgan bu dard-u iztirob, ğam-ğussa va armon-u ökinçning adoği bormi?!
Men toşyöldan tobora uzoqlaşgan sari kiçrayib borayotgan Ibrohimdan köz uzmay turarkanman, yana sening ismingni şivirlab takrorladim va yana iztirobli xotiralar yodimga tuşdi.
* * *
Öşanda men hali bu tuyğular qalbimda makon tutmagan, hayotim tinç va osuda keçayotgan kunlarning birida ğaroyib tuş körgandim. Tuşimda zim-ziyo tun qaʼrida yolğiz özim yelkamda tobut orqalab allaqayoqqa ketib borayotgan emişman. Tobut şunçalik oğir, zil-zambil ediki, tobora yelkamdan bosib kelar, oyoqlarimni sudrab, bazör qadam taşlardim. Buning ustiga tobutning vahimasidan qattiq qörquvga tuşgan, qöl-oyoğim tinimsiz qaltirar, jism-u jussamdan şarros ter yoğilib kelardi. Men bu azobga çidayolmay kimnidir yordamga çaqiriş uçun atrofimga alanglab qarar, ammo tevaragimda biron-bir tirik jonning qorasi körinmasdi. Men zulukdek qop-qora tun qaʼrida tobutni yelkalab ketib borar, ammo yölning adoği ham körinay demasdi. Buning ustiga tobut içida kim yotganini ham, uni orqalab qayoqqa olib borayotganimni ham bilmasdim.
Bu qörqinçli tuş uzoq davom etdi, söng tunning allaqaysi pallasida qop-qora terga botgan köyi vahm bilan uyğonib ketdim. Men körgan tuşimdan qattiq qörquvga tuşgan, töşakda qimir etişga majolim yetmay yotardim. Bu tuş haqida öylagan sayin yuragim battar qörquv va vahimaga tölib borar, nazarimda, erta yo indin hayotimda qandaydir falokat röy beradigandek tuyilardi. Men özimça bu tuşning taʼbirini turli xil narsalarga yöyar, ammo heç qaysidan könglim taskin topmasdi.
Şundan buyon köp tuşlar kördim, ammo ular qançalik sirli va ğaroyib bölişiga qaramay, barini tezda unutib yubordim, ammo bu tuş xotiramda şunday mahkam örnaşib qolgandiki, har qança urinmay baribir uni unutolmasdim.
Öşa damda bu tuş fikr-u xayolimni butkul band etib olganidan tanişlarimdan uning taʼbirini sörab-suriştirar, qadimgi kitoblarni titkilab özimni qiynayotgan savollarga javob izlardim, ammo könglimni qoniqtiradigan biron-bir jöyali fikr topa olmasdim.
Faqat bir gal eski şahardagi kitob dökonida tasodifan oppoq soqoli köksini qoplagan bir çol bilan suhbatlaşib qoldim va unga ham tuşimni aytib berdim. Çol gaplarimni diqqat bilan eşitgaç, negadir uzoq öyga tolib qoldi. Keyin xörsingandek, oğir tin oldi-da: – Bu tuşning taʼbirini izlab ovora bölmang, – dedi u, – baribir topolmaysiz. Tuşning taʼbiri umringiz qatida yaşirib qöyilgan. Umringiz ötgan sayin tuşning ham taʼbiri ayon bölib boraveradi. Yana yaratganning özi barçasini bilguvçidir…
Çol boşqa heç narsa demadi, nazarimda, u birdan maʼyus tortib qolgan, yuzi va közlarini allaqanday tuşuniksiz ifoda qoplab olgan edi. Keyin esa, u menga eʼtibor bermay qöydi, biroz muddat öziça allaqaysi kitobni titkilab turdi-da, kutilmaganda indamay-netmay dökondan çiqib, odamlar orasiga singib ketdi.
Rosti gap, çolning allaqanday sirli sözlari, özini tutişi meni battar qörquvga solib qöygan, könglim ğaş tortib, hamma narsaga çöçib qaraydigan bölib qolgandim.
Şundan söng har gal bozorga borganimda odamlar orasidan öşa çolni izlar, baʼzan dökonlarga bir-bir boş söqib çiqardim, ammo uni heç qayerda uçratmadim.
Qisqasi, men ana şu tuş taʼsirida yurgan kezlarim sening dorilfununga öqişga kirganingni eşitib qoldim va ilgaridan taniş ekanimiz, bitta qişloqda ösib-ulğayganimiz haqqi-hurmati sendan şunçaki hol-ahvol söraş maqsadida oldingga borgandim. Sira yodimdan çiqmaydi: aftidan, sen hali bu serşovqin va halovatsiz şaharga könikolmay qiynalganingdan toqatsizlanib turgan ekansan, şekilli, menga közing tuşişi bilan birdan suyinib ketgan, u yoqdan-bu yoqqa yugurgança ötirğizgani joy topolmay qolganding. Sen xuddi yöqotgan qöğirçoğini kutilmaganda, topib olgan qizaloqdek, quvonib ketgan, közlaring zavq bilan boqar va menga mehring toblanib qarab-qarab qöyarding.
Öşanda sening hali şaharning nuqsi-nafasi urmagan buloq suvidek tiniq yuzing, sodda va samimiy gap-sözlaring, egningdagi odmigina köylaging, soçlaringni uquvsizlik bilan turmaklaşing, umuman, butun borliğing dafʼatan menga özim doimo soğinib, qömsab yaşagan olis qişloqni yodimga solib yuborgan, senga zavq bilan qararkanman, yuragim orziqib ketgan edi.
O, yöq, sen xuddi ovçi taʼqibidan qoçib, kutilmaganda, şaharga kelib qolgan, közlari jovdirab, hamma-hamma narsaga qörquv bilan hurkak nazar taşlayotgan ohuga öxşarding, qarşingda yastanib yotgan va seni betinim bağriga çorlayotgan bezab-bejalgan, yaltiroq, özing ilgarigi könikkan tabiiy va sokin hayot oqimiga mutlaqo öxşamagan şaharga xavotir va hadik bilan qarab turarding.
Öşanda men sening torgina xonangda buloq suvi singari tiniq qalbingdan otilib çiqayotgan sözlaringni tinglab, uzoq vaqt rohatlanib ötirdim. Keyin esa, men ketişga çoğlangaç, sen xuddi mehribon singlimdek izimdan ergaşib, katta köçagaça kuzatib çiqqan va tez-tez kelib turing, deya qayta-qayta tayinlagan eding.
Men dorilfununning orqa tomonidagi mahallada joylaşgan kaftdek ijara uyimga qaytarkanman, göyoki uzoq yillardan buyon özim anglamagan holda izlab yurgan, gohida xayolimning olis öngirlarida köriniş berib ötgan, hali özim ham nomini tuzuk-quruq bilmagan muqaddas narsamni dafʼatan topib olgandek, yuragim hapqirib urar, sening boyagi kulib qaraşlaring, sodda, samimiy sözlaring xayolimdan sira ketmasdi. Öşa oqşom sen haqingda öylarkanman, yuragimga yoqimli iliqlik oqib kirib, asta-sekin butun vujudimga yoyilayotganini his etgandim. Bu şunçalik qudratli, rohatbaxş va yoqimli tuyğu ediki, u asta-sekinlik bilan butun jism-u jussamni mahv etib borardi. Öşa tun tongga qadar közimga uyqu kelmadi va ilk marta hayajon bilan sening ismingni şivirlab takrorladim.
* * *
Töğrisi, avvaliga men bularning bari şunçaki ötkinçi xomxayol, deb öylab, tan olişni sira istamagan va hatto öşa tunda allaqanday yengiltaklik bilan ehtiros-u hayajonga berilganimni öylab, öz-özimdan uyalib ketgandim. Keyin esa, bu haqida ortiq öylamaslikka, özimni boşqa narsalar bilan çalğitişga, oxir-oqibat hammasini esdan çiqarişga urindim.
Ammo kunlar ötgan sayin negadir xayollarim tözğib, özim anglamagan holda beixtiyor sen haqingda öylaydigan, hatto baʼzan soğinib, qömsaydigan bölib qoldim. O, yöq, men butun vujudim bilan qançalik tan olişni istamay baribir yuragimni allaqaçon zabt etib olgan bu öjar tuyğular junbişga kelib, tinimsiz sen haqingda öylaşga va ismingni şivirlab takrorlaşga undardi. Öşanda arzimas narsalarni ham vaj qilib, dovdiragança sening oldinga borişimni, alahsiragandek, allanimalar haqida uzoq gapirganimni eslasam, hozir ham xijolatga tuşganimdan özimni qayerga qöyişni bilmay qolaman.
Bu – öşanda sening bilganlaring, bilmaganlaring esa, tunlari daraxt yoki butaning ortida bekinib, sening uçinçi qavatdagi sarğiş nurga çulğangan derazangga tikilar, göyo sen hozir derazadan qarab qoladigandek, yuragim hayajonga tölib, köz uzmay turardim. Odatda, sen tun allamahal bölgan, atrofni quyuq qoronğilik qoplagan mahal xonang çiroğini öçirib, uyquga ketarding. Men ham sekin örnimdan qözğalib, ijara uyimga yöl olardim. Men har tunni şunday öğridek pösib ötkazar, baʼzan ziyoga çulğangan derazangga tikilib tongga qadar qolib ketardim.
Öşanda meni bir narsa qattiq hayratga solgan: çamasi, sen özingni kimdir yaşirinça kuzatib turgani, nigohi bilan tinimsiz taʼqib etayotganini zohiran sezarding şekilli, baʼzan kutilmaganda bezovta tortib, şoşgança, deraza tabaqasini oçar va kimnidir izlagança alanglab, tun qaʼriga uzoq tikilib qararding.
Buni körib, men azbaroyi çöçib ketganimdan şoşa-pişa daraxt ortiga yaşirinar va hatto nafas olişga jurʼatim yetmay qolardi. Baʼzan esa, tun böyi derazang qilt emas, tikilaverib közlarim tolib ketardi.
Öşanda özimni butkul izm-u ixtiyoriga solib olgan, bir dam hol-jonimga qöymayotgan bu tuyğularni senga aytişga köp marta çoğlangan, hatto nimalar deyişni oldindan öylab, xayolimda pişitib qöygan, biroq bunga heç qaçon jurʼatim yetmasdi. Har safar sening oldinga yöl olarkanman, tuni bilan qayta-qayta xayolimdan ötkazgan öylarni bugun albatta, aytaman, deb könglimdan keçirar, hatto bu juda oson va yengil tuyular, ammo senga közim tuşişi bilan birdan xayolim ostin-ustin bölib, tözğib ketar, boşim heç narsani idrok etmay dovdirab qolardim. Söng esa, xayolimga kelgan butunlay boşqa narsalar haqida aljiragan köyi gapirar va oxir-oqibat böşaşgança izimga qaytardim.
Öşanda neça marta sening oldinga qatʼiyat va işonç bilan yöl olganimni, ammo har gal böşaşib, şalviragan köyi izimga qaytganimni bugun sanab adoğiga yetolmayman. Oxir-oqibat esa, sening yuzingga qarab turib, yuragimni örtayotgan bu tuyğularni oçiq-oşkor aytişga heç qaçon jurʼatim yetmasligiga, har safar ayni şu holat takrorlanişiga közim yetgaç, oddiygina xat yozişga ahd qildim. Nazarimda, eng oson va qulay yöli ham xat yoziş edi. Ammo öşanda bor-yöği tört sözdan iborat xatni, işonasanmi, yuz marta öçirib, yuz marta qayta yozdim. Har gal xatni yozib bölgaç, kutilmaganda, senga nimasidir yoqmay qoladigandek tuyular va darrov uni yirtib taşlab, yangisini yozişga kirişardim.
Keyin, öşa kun keçga tomon xatni avaylab tumor singari buklab, çöntagimga soldim-da, sening oldinga oşiqdim. Sira yodimdan çiqmaydi: öşa pallada göyoki qismat-u aʼmoli hal böladigan kimsadek, qöl-oyoğim özimga böysunmay tinimsiz qaltirar, azbaroyi hayajonga tuşganimdan peşonamdan şarros ter yoğilib kelardi.
Öşanda meni hayrat-u taajjubga solgan narsa şundaki, sen men uzatgan xatni hayron ham bölmay, biron-bir söz ham qotmay indamaygina olding, faqat kutilmaganda yuzing birdan qip-qizil tortib ketdi, menga uyalibgina qararkansan, negadir sirli jilmayib qöyding. Töğrisi, öşanda men yuragim xavotirga tölib, buning mutlaqo aksini kutgan, sen xatni körişing bilan közlaringni katta-katta oçib hayron bölişing, söng nima gap ekanini anglagaç, birdan jahling qözib ketişi, hatto azbaroyi diling oğriganidan yuzing-közing demay haydab solişing, haligi maktubni esa burda-burda qilib yirtgança yuzimga otişingni öylab, çöçib turgandim.
Ammo sen xatni indamay olib, egningdagi xalating çöntagiga solib qöyganingni körib, könglim birdan xotirjam tortdi, hatto quvonçdan yuragim entikib ketgandek böldi.
Faqat şundan söng örtamizda oğir sukunat tuşdi, biron-bir söz qotişga na sening va na mening jurʼatim yetmas, göyoki ikkalamiz ham tubsiz öy-xayollarga ğarq bölib qolgandek edik. Oradan imillab qança vaqt ötganini bilmayman, axiyri, mening sabrim çidamadi, ketişga çoğlandim.
– Men endi boray, keyin kelaman, – dedim men. – Yaxşi qoling.
– Mayli, – deding sen jilmayib. – Yaxşi boring.
Men köçaga çiqqaç, xuddi yelkamni bosib turgan zil-zambil yukdan xalos bölgandek, birdan yengil tortgan, köksimni töldirgança yutoqib nafas oldim. Keyin eʼtibor bersam, boya sening oldingda azbaroyi hayajonga tuşganimdan, şunday ter bosgan ekanki, köylagim nam tortib ketibdi. Öşa damda men özimni göyo hayotning qaltis va xatarli sinovidan omon-eson ötib olgan kimsadek, yengil his etar, kayfiyatim çoğ, közimga hamma-hamma narsa çiroyli va yoqimli körinar, azbaroyi quvonganimdan lab-lunjimni yiğiştirolmay yöldan ötib-qaytayotgan odamlarga nuqul kulib qarardim.
Keyinçalik men sening xatni olayotgan paytdagi holating, yuz-közlaringda qalqib çiqqan ifodalar haqida köp öyladim, xayolan qayta-qayta tahlil-u muşohada qildim va oxir-oqibat şunga amin böldimki, sen hamma-hammasini – mening ahvol-ruhiyam, xayolimni band etib olgan öy-fikrlar, özingga ipsiz boğlanib qolganim, keça-yu kunduz faqat seni öylab yaşayotganimni allaqaçon sezgan va kunlardan bir kun qarşingga kelib, hayajonga tuşganimdan gödakdek dovdiragança barça-barçasiga iqror bölişimni zimdan kutib yurgansan. Sening öşa damdagi holating, özingni tutişing va yuz-közlaringni qoplab olgan ifodalarni bundan boşqaça izohlab bölmaydi, hamma-hammasi sen bu sirdan allaqaçon voqif bölganing, hatto bunday hayajonli damda şoşib, özingni yöqotib qöymaslik uçun ruhan hozirlik körganingdan darak berib turardi.
Ha, şunday, bundan boşqaça bölişi mumkin emas. Agar sen bu sirdan bexabar bölganingda, heç qursa, xatni körgan zahoting ajablangan köyi bu nima, deya söragan bölar, hatto izzat-nafsing tahqirlangandek, birdan jahling çiqib, arazlagan köyi ketib qolarding. Sen esa, xatni körib, sira ajablanmading, hayron bölib, taajjubga ham tuşmading, aksinça, barçasi risolada şunday bitilganini bilgandek, iymanibgina xatni olding-da, çöntagingga solib qöyding.
Demak, sen ham uzoq paytdan buyon yuraging hayajon-u orziqişga tölib şunday xuşsaodat damlarni kutib yurgan, yolğiz qolgan kezlarda tubsiz xayollarga berilgan, xuddi men seni har daqiqada öylaganim kabi sen ham men haqimda öylab yurgandirsan. Öşa kun men ketgaç esa, sen ham nihoyat niyating ijobat bölganidan quvonçingni içingga siğdirolmay yugurgilab xonangga kirgan va şoşa-pişa xatni öqişga tuşgandirsan. Bularning bari mening taxmin-u farazlarim, öşa kun xatni olgaç, könglingdan nimalar keçgani, xayolingni qanday öylar band etib olganini bilmayman.
Harqalay, nima bölganda ham, öşa kun men xuddi qismat kutilmaganda saxiyligi tutib, yölini oçgan va armon-u ökinçi barham topib, murodi hosil bölgan kimsadek, baxtdan butkul sarmast edim, xayolimni sening xatni olayotgandagi holating, iymanibgina jilmayişing band etib olgan edi.
Öşa tun allamahalgaça uxlamadim, sen haqingda öyladim va ismingni şivirlab, qayta-qayta takrorladim.
* * *
Öşanda oradan roppa-rosa bir hafta ötgaç, men yana umid va ilinj bilan yana sening oldinga yöl oldim: bu gal mening könglim ança xotirjam tortgan, hatto sen meni körişing bilan birdan suyunib ketib, mehr bilan qarşi olişingga qattiq işonib turardim.
Biroq sen menga közing tuşişi bilan göyoki allanimadan sarosimaga tuşgandek, birdan bezovta tortib qolding, şoşa-pişa nigohlaringni dib qoçarkansan, yaxşimisiz, deya şunçaki nomiga mulozamat qilgandek bölding. Nazarimda, seni nimadir qattiq xavotirga solib turar, xayoling ham özingda emas, butkul tinçingni yöqotib, bezovta tortib turarding. Seni bunday ahvolda körib, mening ham yuragimga xavotir oraladi, ammo nima böldi, deb söraşga botinolmadim. Ammo tezda sening holating özgardi, yuzingdagi boyagi sarosima-yu xavotir örnini birdan allaqanday kibrli va bepisand ifoda egallab oldi, sen göyoki örtamizda heç narsa bölmagandek, özingni öta beparvo va loqayd tutar, istamaygina gapirar, baʼzan zöraki jilmayib qöyar, közlaringda esa, allaqanday mahvum ifoda şarpalari suzib yurar, ulardan biron-bir maʼnoni uqib bölmasdi. Men senga qarab turib, keça yonoqlari loladek qip-qizil tortib qarşi olgan, qaraşlaridan mehr, ibo va hayo yoğilib turgan qizni topolmasdim, oradan ötgan bir hafta içida nimalar röy berganini bilmayman, ammo sen birdan özgarib, göyoki boşqa odamga aylanib qolganding. Sen meni qanday maqsadda kelganim, murod-u muddaom nima ekanini juda yaxşi bilar, biroq bila turib, özingni atay göllikka solib turgandek, butunlay boşqa narsalar haqida gapirarding.
Yöq, yöq, sen göyoki mening sabr-toqatim, şijoat-u irodam va qurb-u quvvatimni sinab körayotgandek, umuman boşqa narsalar haqida allaqanday ezmalangan köyi gapirar va gaplaring ohangida iç-içingdan masxara-yu mayna qilib, kulib ötirganing sezilib turardi. O, yöq, sen mening yuragimdagi sir-asrorni bilib olgaç, endi şaddodlik va quvlik bilan ustimdan kulib ötirganga öxşarding.
Men özimni bunday alfozda kutib olasan, deya mutlaqo kutmagan edim, şundan umid-u işonçi kutilmaganda sarobga aylangan kimsadek tuyqus dovdirab qolgan, qarşingda öta ojiz va noçor ahvolda ötirardim.
Öşanda sening oğzingga mahtal bölib termilgança qança vaqt ötirganimni bilmayman, ammo sening yuz-közingni qoplab olgan öşa sovuq va kibrli ifoda özgaray demas, nigohingda ziğirça bölsa-da, mehr-şafqat uçqunlari körinmas, istamaygina gapirar, aftidan, iç-içingdan meni tezroq ketişimni kutib turarding. Axiyri, sabr-toqatim çidamadi, senga yolvorgandek iltijoli qaray-qaray ketişga çoğlandim. Sen esa, ilgarigidek “ötiring, borarsiz-da, qayerga şoşasiz”, deya iltifot ham qilmading, aksinça, ketayotganimni körib, yuzingda birdan mamnunlik ifodasi yugurib, yengil tortgandek bölding.
– Mayli, yaxşi qoling, – dedim men ökinç bilan.
– Yaxşi boring, – deding sen istamaygina.
Ketdim, umidsizlik va tuşkunlikdan yuragim vayron bölib ketdim.
O, hozir ham bu haqida öylasam, azbaroyi umidsizlikka tuşganimdan yuragim muzlab, butun vujudim sovuq tortib ketgandek tuyiladi, öşanda sening mavhum va sirli ifodalar şarpasi suzib yurgan yuzingga, közlaringga qarab turib, özimga nisbatan na mehr-şafqat va na rağbat-u xayrixohlik körgan, sening kiprik qoqmay kibrli va bepisand qaraşlaring yuragimdagi xuddi bahorgi maysa kabi mavj urib ösib jönagan umid-u işonçimni bir zumda yakson qilib taşlagan, nazarimda, sen nigohing bilan xuddi sen kimsan-u men kimman, körpangga qarab oyoq uzat, deb aytayotgan eding.
Öşa kun yuragim alam va ökinçga şunçalik tölib ketgandiki, öz yoğimga özim qovurulgança endi sen haqingda heç qaçon öylamaslikka, ismingni qayta tilga olmaslikka, hamma-hammasini unutib yuborişga öz-özimga söz bergandim.
“Töğri-da, – deya alam bilan öylaganman, – men kimman-u u kim?! Men bazör kunini körib yurgan qaşşoq va noçor odamman. Dorilfununda saboq olişim hali heç narsani anglatmaydi. Men şunçalik noçormanki, uni boyvuççalar tanda qöyib olgan anavi şohona qahvaxonalarga taklif etişga, körgan közni yondiradigan tilla-yu durlar bilan siylaşga, hatto örni kelganda bir quçoq gul tuhfa qilişga ham qurbim yetmaydi. U buni juda yaxşi biladi va şuning uçun taqdirdan mendan köra boy, omadli, oğzidan çiqqanini bir zumda muhayyo qilişga qodir, hamişa malika singari kaftida kötarib yuradigan yigitni kutayotgandir. Ehtimol, u meni heç qaçon nazariga ilmagan, hamişa bepisand qaragan, şunçaki tanişligimiz uçun ölganning kunidan muomala-yu murosa qilgan, har gal quvonçdan özimni yöqotib qöygança oldiga borganimda sirtdan jilmayib özini xuşnud körsatgan bölsa-da, aslida iç-içidan ustimdan kulgandir”.
Men ana şunday sovuq va noxuş öylarni xayolimdan ötkazarkanman, tobora tuşkunlik girdobiga ğarq bölib borar, iç-içimdan özimni yomon körib ketar, könglimdagi hammasiga qöl siltab, seni butkul unutib yuboriş, ismingni heç qaçon qayta tilga olmaslik haqidagi fikrim tobora qatʼiy tortib borardi.
Men bir hafta, nari borsa, ön kun öz-özim bilan ana şunday ayovsiz olişib yurar, özimni butkul boşqa narsalar bilan çalğitişga urinar va hatto ismingni qayta tilga olmayman, deya qasam ichardim. Ammo men butun vujudim bilan sen haqingda öylamaslikka, nomingni tilga olmaslikka qançalik urinmay bari bir oxir-oqibat qurb-u quvvatim va irodam qalbimni tinimsiz örtayotgan öjar va sarkaş tuyğular qarşisida ojiz qolardi, söng öz-özidan xayolimga yana sening yoding bostirib kirar va beixtiyor yana ismingni şivirlab takrorlaşga tuşardim.
O, sen bamisoli afsungarga öxşarding, mening könglimda tinimsiz ğalayon kötarayotgan tuyğularni, xayolimni band etib olgan öy-fikrlarni, özingga butkul ipsiz boğlanib qolganim, bugun eşigingdan quvib solsang, ertaga bari bir heç narsa bölmagandek, yana boşimni egib, qaytib borib marhamat-u inoyat söraşimni juda yaxşi bilarding. Şuning uçun sen xuddi ertaklardagi qahri toş qotgan malika singari şafqat-u iltifot, mehr va marhamat körsatişni, qalbing eşiklarini oçişni heç qaçon xayolingga keltirmas, meni atay qiynaş, yuragimni azobga soliş uçun pinak buzmay turarding.
O, sening sir-sinoat töla közlaringga qaragan sayin yuragimdagi olov battar alanga olar, sening heç qursa bir marta marhamat-u eʼtiboringga sazovor böliş, mehr-u muhabbat va işonçingni qozoniş uçun hamma-hamma narsaga tayyor mute va notavon bir kimsaga aylanib qolgandim.
O, sen aql ham idrok etolmaydigan qanday sirli va joduli xilqatsan, nega inon-ixtiyorim, jurʼat-u şijoatim, qurb-u irodamni butkul mahv etib, qöl-oyoğimni ipsiz boğlab taşlading?!
Öşa paytda nazarimda, yer şunçalik toş qotgan, osmon esa, şunçalik uzoqlaşib ketgan ediki, sening şafqatsiz nigohlaringdan qoçib yaşirinişga, közlaringga heç qaçon körinmaslikka biron-bir imkon topolmasdim.
Buning ustiga öşa damda men özimni butkul yölini yöqotib, arosatda qolgan kimsadek his etar, yurak yutib, sening oldingga borişga ham jurʼatim yetmas, şuning barobarida seni körmasam ham turolmasdim.
* * *
Öşanda tumordek kiçkina xatim qoronğilik qaʼriga otilgan toşdek, izsiz ketgan, könglimni qoplagan şubha-gumonlar taʼsirida qanday yöl tutişni bilmay butkul gangib yurgan bölsam-da, keyinçalik senga yana köplab xatlar yozdim. Bu xatlar dugonang orqali sening qölingga yetib borayotganini bilardim, ammo sen ularni öqiganing yoki közing tuşgan zahotiyoq asablaring çatnab ketib, azbaroyi jahling çiqqanidan yirtib-yirtib axlat qutiga taşlab yuborganingni bilmasdim.
Kim biladi, balki sen yolğiz qolganingda heç kimga sezdirmay pinhona bu xatlarni takror va takror öqigan, mening ötli sözlarim, iqror-u ötinçim sening köngling torlarini mayin chertib ötgan va sen ham vujudingni çölğab olgan tuyğularning jilvakor raqsidan mast-u mustariğ bölib, çeksiz xayollarga berilgan, hatto dafʼatan könglingda uyğongan şafqat tufayli menga rahming kelgan, şunga azob-uqubat, jabr-sitam yetkazganingdan puşaymon bölib, közingga yoş ham olgandirsan.
Kim biladi, ehtimol, sen xuddi ertaklardagi malika singari ming bitta şart qöyib, mening mehr-u muhabbatim, irodam va sabr-toqatimni obdan sinab körayotgan, hamma vaqt özingni atay beparvo va bepisand qiyofaga solib körsatgan, aslida esa, behalovat urayotgan yuraging butunlay boşqa narsalarni aytayotgandir.
O, sening qalbingda qanday sirli va nozik tuyğular kezinayotgani, masʼum xayolingni qanday öylar band etib olganini qani endi bilsam edi. Hayotimda eng uşalmas orzu-armon öşanda ham, hozir ham, sening xuddi tilsimlab taşlangandek, sirli qalbingga bir qur nazar taşlaş edi…
Nahotki, menga bu baxt heç qaçon nasib etmaydi?!
* * *
Uç yil umrim ana şunday arosat içida keçdi, na sen iltifot-u marhamat körsatib, zada tortgan könglimni quvontiradigan bir gap aytding va na men ahd-u iqrorimdan tonib, hamma-hammasiga qöl siltagança boşimni olib ketdim.
Uç yil umrim ana şunday tuşkun va umidsizlik girdobida ğarq bölib ötdi, mening murod-u muddaom, ahd-u işonçim va umidim xuddi havoda muallaq qotgan şardek lopillab öynar, bevaqt qözğalgan şamol yoki dovul uni çilpirrak qilib aylantirgança allaqayoqlarga uçirib ketişi tayin edi. Aslida men ham şundan qörqar, şuni öylab, doimo xavotir va hadik içida yuragimni hovuçlab yaşardim.
Men oradan köp yillar ötgaç, bu haqda qayta-qayta öyladim va öşanda sening qalbingda umid-u işonç uyğotgança, qöllaringdan tutib özim tasavvurimda yaratgan sirli dunyoga boşlab kirişga, sening öta noziklik bilan urayotgan yuraging sas-sadosi, talpinişini anglab yetişga aql-u şuurim, quvvai hofizam ojizlik qilgani, şubha va badgumonlikning çilvir töridan xalos bölolmay közlarim butkul söqir bölib qolganiga dafʼatan iqror bölarkanman, yuragim birdan ökinç-u armonga tölib ketar, jism-u jussamni alam öti örab-çirmab olganidan özimni qöyarga joy topolmay qolardim, baʼzan tunlari azobli öylar qurşovida töşakda tölğonib çiqardim.
* * *
Öşanda hammasi qora şarpaning ijara uyimga kutilmaganda kirib kelişidan boşlandi.
Şahar keç kuz oğuşida yaşar, daraxtlar yoppasiga yaproqlarini tökkan, yölak çetlarida xazonlar uyilib yotar, oqşomgi izğirin etni junjiktirib yuborardi. Daraxtlarning baland şoxida qönib olgan qarğalarning noxuş qağillaşi sovuq kunlar kelayotganidan darak berib turardi.
Men keçki payt odatdagidek, ijara uyimda yolğiz özim, hozir aniq eslay olmayman, allaqanday kitobni hafsalasiz varaqlab ötirgandim. Şu çoğ kutilmaganda, köça eşigini kimdir taqillatgandek böldi. Men şoşib uydan çiqdim va eşikni oçdim: ostonada qora şarpa turardi. Unga közim tuşib, rosti gap, birdan ajablandim, könglimdan bemahalda nega kelibdi ekan, degan öy keçdi.
Töğri, men uni ilgaridan tanirdim, biz, u garçi qöşni qişloqda yaşasa-da, bitta maktabda öqigan, özimdan bir yoş katta edi, ayni damda esa, dorilfununning nomdor fakultetida tahsil olardi. Şu paytga qadar u bilan oramizda biron-bir iliq munosabat yoki bordi-keldi bölmagan, baʼzan köça-köyda yoki dorilfununda tasodifan uçraşib qolsak, azbaroyi taniş ekanligimiz uçun şunçaki boş irğab, salomlaşgan bölar va indamay öz yölimizga ketardik.
Uning otasi tumanda kattagina amaldor edi, şuning uçun u bolaligidan sirkasi suv kötarmaydigan erka va tantiq ösgan, maktabda ham öqituvçilar doimo uning qoş-qaboğiga qarab turar, hamişa uning istak-xohişiga qarab iş tutişar edi. Dorilfununda öqiy boşlagaç, uning dimoği yanada kötarilib ketgan, odamga kibr bilan bepisand qarardi. U doimo sönggi rusumda kiyinardi, rosti gap, qaddi-qomati kelişgan ekanidan kiyim-boş ham unga yaraşib turardi.
Ehtimol, men kutilmaganda uning ismi qolib, qora şarpa deb atayotganim seni ajablantirgan, hatto bu senga qandaydir eriş va hatto baçkanalikdek tuyulayotgandir. Yöq, men uni yoqtirmaganim, jinim suymagani uçun atay ustidan kuliş, masxara-yu mayna qiliş maqsadida şunday atayotganim yöq. Bunday öy öşanda ham, hozir ham xayolimga kelgani yöq. Buning boşqa sababi bor. Gap şundaki, öşa oqşom u boş-oyoq qora libosga burkanib olgan edi: egnida oyoqlarigaça yopib turgan qora çarm kamzul, boşida qimmatbaho qora qunduz telpak va qölida esa, dasti uzun qora soyabon kötarib olgan edi. Uni ayni şu qiyofada qoronğilik qaʼridan dafʼatan ilğab oliş juda muşkul edi. Men unga közim tuşgan zahotiyoq, könglimdan xuddi qora şarpaga öxşaydi, degan öy keçgan edi, şuning uçun uni qora şarpa deb atagandim.
Qisqasi, öşa oqşom u bemahalda nega keldiykin, degandek hayron bölib qarayotganimni sezdi, şekilli, birdan özi gap oçdi:
– Şu tomonga yölim tuşgan edi, – dedi u xijolatomuz ovozda. – Sizni ham bir körib ketay deb keldim.
– Yaxşi qilibsiz, – dedim men. – Qani, uyga kiramiz.
Biz izma-iz uyga kirdik. Men ğaribgina yaşar, bir dahliz va kattagina xonadan iborat ijara uyim ança eski, hatto devorning suvoqlari ham köçib tuşgan, bir paytlar jimjimador naqş solinib, böyalgan şifti esa, yillar taʼsirida rang-tusini yöqotib, qorayib qolgan edi. Bu ijara hovlining sohibasi bölmiş yoşi bir joyga borib qolgan kampir öğli va kelini bilan şahar çekkasidagi yangi mahallada yaşar, men har oyning birinçi kuni unga ijara haqini olib borib berardim. Aslida kampir ham, uning öğli ham ijara puliga qarab qolmagan, ular öziga töq yaşaşar, öğli öziga qolsa, bu hovlini allaqaçon sotib yuborgan bölar, faqat onasining raʼyidan ötolmay indamay turardi. Kampirning kundan-kun puturidan ketayotgan kaftdek bu hovlini uşlab turişdan maqsadi boşqa edi: rahmatli çolimning tobuti şu hovlidan kötarilgan, ertaga qazoyim yetsa, mening ham tobutimni şu yerdan olib çiqişsa deyman…
Kampir qarib-çirib qolganidan ança paytdan buyon hovliga kelmay qöygan, faqat men borganimda u ezmalanib bu göşadagi har bir narsani qayta-qayta sörab-suriştirar, sözining oxirida köziga yoş olib, hovliga köz-quloq bölib turişimni qayta-qayta tayinlardi. Men qariyb beş yildan buyon bu hovlida yolğiz özim yaşab kelardim.
Qisqasi, öşa oqşom qora şarpa seskangandek közlarini alang-tajang öynatib içkariga kirarkan, hamma narsaga qayta-qayta sinçkov nazar taşlab çiqdi. Söng burçakdagi yopinğiçlarining rangi öçib, hilvirab qolgan kursiga omonatgina ötirarkan, zöraki kulgança, koşonangiz yomon emas ekan, dedi u. Uning sözlarida allaqanday istehzo va kesatiq ohangi sezilib turar, hatto u uydagi buyumlarga burnini jiyirgandek ijirğalanib qaraganini yaşirmasdi. Ammo men uning istehzoli sözlari könglimga oğir botayotgan bölsa-da, eʼtibor bermaslikka urinardim. Biz bir muddat u yoq-bu yoqdan gaplaşib ötirdik, biroq gapimiz hadeganda qovuşib ketavermas, örtaga oğir jimlik tuşardi. Mening xayolimni hali-hanuz u bemahalda nega keldiykin, degan öy band etib olgan, şu bois unga dam-badam savolomuz qarab qöyardim.
U endi kursida oyoqlarini çaliştirib bamaylixotir ötirib olgança, uçi töğdek ötkir soyabonini xuddi hassa kabi qölida aylantirib öynarkan, diplom işi yoziş bilan band ekani, kitob titkilayverib, miyasi açib ketganidan biroz özini çalğitiş uçun köçaga aylangani çiqqanini aytdi.
– Dilpomni himoya qilsam, iş tayyor, – dedi u öziga yaraşmagan maqtançoqlik bilan. – Qişloqqa ketiş niyatim yöq, şaharda qolaman.
U yana allanimalar haqida uzoq gapirdi. Keyin vaqt allamahal bölganda, uning ketişga çoğlanganini körib, töğrisi, xiyol yengil tortgandek böldim.
Qora şarpa hovliga çiqqaç, kutilmaganda, ilkis men tomonga ögirildi-da, negadir menga qattiq tikilgança allaqanday tahdidli ovozda sen haqingda söradi:
– …ni ham körib turibsizmi? – dedi u kiprik qoqmay yuzimga tikilarkan. Uning nigohi qahrli va sovuq edi, şundan yuragim seskanib ketgandek böldi. Ammo men hali savoliga javob berişga ulgurmay turib, u yana söz qotdi:
– Ey uka, oyga qöl uzatgan odamning oyoqlari baquvvat bölişi kerak, – dedi u oçiq istehzo bilan menga boş-oyoq qararkan.
U bir muddat aynan şunday – kiprik qoqmay kibr bilan tikilib turdi-da, söng ters ögirilib, xayr-xöşlaşişni ham ep bilmay tez-tez yurgança qoronğilik qaʼriga singib ketdi.
Men qora şarpaning tahdidli sözlari-yu yurakka sançilib botadigan sovuq nigohidan şunçalik karaxt tortib ketgandimki, eşik oldida ança payt nima qilişni bilmay serrayib turib qoldim. Söng sudralib qadam olgança uyga kirarkanman, iç-içimdan qandaydir azobli oğriq qalqib-qalqib kötarilib kela boşladi, men özimni xuddi şafqatsizlarça haqoratlangan va qadr-qimmati toptalgan kimsadek his etar, ayniqsa, qora şarpaning “Oyga qöl uzatgan kişining oyoqlari baquvvat bölişi kerak” degan sözlarini qayta xayolimdan ötkazarkanman, nafrat-u alamim battar ortib borardi.
Öşa paytda mening ong-şuurim birdan yorişib ketib, hamma-hammasini anglab yetdim. Ha, ha, qora şarpa hamma-hammasini sörab-suriştirib bilgan va bir hamladayoq meni yölidan supurib taşlaş maqsadida atay ijara uyimga kelgan. Boya uning yovuz çaqnab turgan közlari, bepisandlik bilan oçiq-oşkor irğanib qaraşi şundan darak berib turardi.
Men bularni xayolimdan ötkazarkanman, yuragim battar alam-u iztirobga tölib ketdi va dardimni içimga siğdirolmay telbalardek gandiraklab hovliga çiqdim-da, qoronğilik qaʼriga qarab, sening ismingni aytib çaqirdim. Men sira özimni bosolmas, jism-u jussamni xörlig-u malomat örab-çirmab olganidan özimni unutgan köyi yiğlab yubordim, yiğlab turib, nola qilarkanman, sening ismingni aytib, qayta-qayta çaqirdim.
Öşa tunda yuragimdan qaynab-köpirib çiqayotgan bu iltijo-yu nolam, alam-u iztirobim, ötinç-u faryodlarim senga yetib bordimi yoki qop-qora tun yuho singari yutib yubordimi, bilmayman.
Bilganim şuki, şundan söng qora şarpa xuddi bir hamladayoq öljasini mahv etişga şaylangan quşdek qanotlarini keng yoyib, vahm va salobat bilan sening boşing ustida aylana boşladi.
Bu noxuş va sovuq xabarlar mening bezovta tortgan ruhimga yomon taʼsir qilar, yuragimga tiğdek sançilib, asablarimni qaqşatar edi.
Ammo ana şunday umidsiz va ojiz ahvolga tuşib qolganimga qaramay yuragimning tub-tubida mubham bir işonç xira tortib, miltirab turar, sen hamma-hammasiga tez va osongina qöl siltab, meni taşlab ketmasligingga, qora şarpa yovuz afsungar singari afsun öqib, qançalik urinmasin, baribir, sening qalbingni zabt eta olmasligiga, yöllaringni boğlab, aql-u huşingni tilsimlab taşlaşga ojizlik qilişiga, bir soadatli kunda sen xuddi uzoq vaqt davom etgan uyqudek dafʼatan çöçib uyğongan malika singari şuuring birdan yorişib, bularning bari yolğon va röyo ekani, bezovta tortgan yuraging butunlay boşqa narsalarni aytib, urayotganini anglab yetişingga va şunda tuyqus meni yodga olib, şoşib yölga tuşişingga, uzr va xayrixohlik bilan tölin oydek ziyo taratib, kulbamga kirib kelişingga, mayin jilmayişing va jonbaxş şivirlaşlaring bilan kuyib ado bölgan yuragimga malham qöyişingga işonib turardim.
Öşa paytda mening tuşkunlik va umidsizlikka tölgan yuragimga faqat ana şu omonatgina öy işonç bağişlab turardi.
* * *
Öşa yil qişni xavotir va qörquv içida behalovat ötkazdim. Nazarimda, bugun yoki ertaga yana qandaydir qörqinçli voqea sodir böladi-yu, men seni bir umrga yöqotib qöyadigandek tuyulardi.
Buning ustiga öşa kunlari qora şarpa tinimsiz sening atrofingda girdikapalak bölib yurgani, hatto uning tannoz onasi va singlisi atay şaharga kelib, seni körib ketişgani, endi bahorga çiqib, sizlarni unaştirib qöyişlari haqida eşitgandim.
Bu xabarlar neçoğlik sovuq va noxuş bölmasin men xuddi çökayotgan odam xasdan najot izlagandek, öjarlik bilan öz bilganimdan qolmas, qora şarpa qançalik yaltoqlanmasin, dur-u gavhar, tillo-yu kumuşlarini yöllaringga soçib, boşingni aylantirişga urinmasin, baribir, heç qaçon sening qalbingga yöl topa olmasligiga, sen oxir-oqibat hammasidan hafsalang pir bölib, uni itdek quvib solişingga va meni qoşingga çorlaşingga umid qilib turardim.
* * *
Şaharda bahorning iliq va yoqimli nafasi sezilib qolgan, kutilmaganda şitob bilan esgan şamollar yap-yalanğoç dov-daraxtlarni turtib-silkitib uyqudan uyğotayotgan, ariqlar böyida va yöl çetlarida yam-yaşil maysalar böy körsatayotgan paytda sen hali taʼtillar boşlanişiga ança vaqt borligiga qaramay negadir kutilmaganda şoşib qişloqqa jönab ketding.
Menga aytişdiki, qora şarpa ham sen bilan birga qişloqqa yöl olgan ekan. Yana aytişdiki, uyingga sovçilar kelib, oyoq tirab olişibdi, onang, akang, xullas, uydagilaringning barçasi rozi, faqat sening bir oğizgina “xöp” yoki “yöq” degan sözing qolgan ekan. Şu bois sen şoşib qişloqqa yöl olibsan, ortingdan yaltoqlanib ergaşgan qora şarpaning ham raʼyidan qaytarmabsan.
O, gap topguvçilar yana aytişdiki, sen şunça yöl bosib, horib-toliqib kelganingga qaramay, qişloqda bor-yöği bir oqşom qolibsan, keyin ertasi kun ertalab yana şaharga yölga tuşibsan.
O, Xudo qarğagan öşa oqşom uyingda nimalar röy bergani, taqdirning qora qozonida qanday savdolar qaynagani, uning ostiga kim jonini jabborga berib öt qalagani menga butkul qoronği edi. Ehtimol, öşa oqşom uydagilaring sening oğzingga mahtal bölib tikilgan, onang esa, qarşingda ötirib, bu savdo har bir qizning boşida bor, tag-tugli oila ekan, qolaversa, yigit ham seni yaxşi tanirkan. Sovçilar kelib, holi-jonimizga qöymayapti. Sening özing nima deysan? – deya söragandir.
Sen esa, onangning sözlarini eşitib, azbaroyi uyalganingdan birdan yuzing qip-qizil tortib ketgan va söng ança payt sukut saqlab turib, boşingni quyi solgança eşitilar-eşitilmas ovozda: – Sizlar nima desangiz – şu! – degandirsan.
O, sening ana şu bir oğizgina sözing qattol qismatning olmos şamşiri yangliğ bir zarb bilan hamma-hammasini uzil-kesil hal etgan, biron-bir eʼtiroz-u ötinçga hojat qoldirmagandi.
Albatta, bularning bari mening taxmin-u farazlarim, xayolimni band etib olgan şubha-gumonlar, aslida esa, öşa kun sen kutilmaganda nega şoşib qişloqqa yöl olganing va yana tezda şaharga qaytganing sababini bilmayman. Ayni damda bu men uçun unçalik muhim va qiziq ham emas. Muhimi şundaki, sen öşa kun ertalab şaharga qaytiş uçun yölga çiqqansan. Şunda senga qişloq oqsoqolining közi tuşib qolgan. Sen uyalibgina oqsoqolga salom bergaç, u balli, qizim, degan. Söng u qayoqqa ketayotganingni söragan. Sen tabiiyki, şaharga, öqişga borayotganingni aytgansan. Buni eşitib, oqsoqolning ğamgin yuzi birdan yorişib ketgan va şoşa-pişa şunday degan: ey, qizim, seni Xudoning özi yetkazdi. Nima qilişni bilmay boşimiz qotib turgandi. Şaharga yetib borgan zahotiyoq uni topib, aytginki, zudlik bilan yölga tuşsin. Otasining ahvoli juda oğir, uç kundan buyon yölga qaraganidan jon berolmay arosat içida yotibdi…
Öşanda oqsoqoldan bu noxuş xabarni eşitib, sening könglingdan nimalar keçganini bilmayman. Ehtimol, sen meni öylab, yuraging ezilib ketgandir?! Balki menga azbaroyi açinganingdan şaharga yetib borgan zahotiyoq bu xabarni yetkazişingni oqsoqolga aytgandirsan.
Öşanda oqsoqol yelkasidagi oğir yukdan xalos bölgandek, köngli xotirjam tortib, sen bilan xayrlaşgan. Sen esa, öşa kun avtobusda sakkiz soat-u öttiz daqiqa yöl bosib, qora şarpa bilan birga şaharga kirib kelgansan. Ammo sen negadir bu xabarni menga yetkazişga şoşilmagansan. Qora şarpa xonang ostonasigaça kuzatib qöygaç, sen yölda qattiq toliqqaningdan közlaring öz-özidan yumilib kelta boşlagan va özingni töşakka taşlab, toş qotib uxlab qolgansan.
Ertasi kun ertalab esa, sen şoşa-pişa dorilfununga, öqişga borgansan, haligi xabarni menga yetkazişga yana vaqt topolmagansan.
Faqat öşa kun keçga tomon men seni dorilfununga olib boradigan torgina yölakda tasodifan uçratib qoldim. Sen menga közing tuşgan zahotiyoq, negadir çöçib ketgandek bölding, közlaringni katta-katta oçib, qörquv bilan qarading. Söng esa, siniq jilmayib, şunday deding:
– Keça qişloqdan kelgandim. Otangizning tobi yöq ekan. Siz tezda yetib borarkansiz…
Men bu xabarni eşitib, birdan yuragim oğir qalqib tuşdi, tuyqus köz öngimda köp yillardan buyon xastalanib, töşakdan turolmay yotgan otamning ozib-tözib, qoqsuyak bölib qolgan qiyofasi paydo böldi. Böğzimga iztirobmi, ökinç qadaldi. Va senga qararkanman, alamli ovozda, nega şuni keça aytmadingiz, dedim bazör.
Öşanda sen nimalar deganingni hozir eslay olmayman, huşim özimda emasdi, boşim birdan karaxt tortgandek, heç narsani idrok etmay qöygandi. Sen bilan xayrlaşişni ham unutib, ijara uyi tomon yugurib ketdim.
Öşa paytda şunday ojiz va imkonsiz ahvolga tuşib qolgan edimki, hozir ham öylasam, “dod” deb yuborgim keladi. Qani endi, qanotim bölsa-yu, otamning qoşiga uçib borsam, uning boşida ötirib, heç qursa, azob-u oğriqdan qurib-qaqrab yotgan lablariga bir qultum suv tutsam… Yöq, nazarimda, qişloq şu qadar olis va uzoqda ediki, qança yugurib-yelmay baribir yetib berolmasdim.
Men öşa kun keçqurun soat ön bir-u qirq beşda jönaydigan poyezdga çiqib, qişloqqa yöl oldim. Yöl-yölakay Xudoga iltijo-yu nola qilib ketdim: otamning jonini olmay turgin, Xudojon?!.
Mening ohu nolam, iltijo-yu ötinçlarim Xudoga yetib bormadimi, yöldagi daydi şamollar tözğitib, allaqayoqlarga uçirib ketdimi, bilmayman, keçikib yetib bordim. Otam öşa, sen qişloqdan yölga çiqqan kun oqşom payti uç kun arosatda yotib, jon taslim qilgan, ertasi kun qabrga qöyişgan ekan.
Qişloq oqsoqoli meni bağriga bosarkan, keça sen kelib qolasanmi, deya köp yölga qaradik. Ammo sendan darak bölavermagaç, noiloj otangni uyiga qöyib keldik, bolam, dedi. Öşanda oqsoqol negadir xabar yuborgandik, aytişmadimi, deb söramadi, men buni boşqalardan eşitdim.
Öşa paytda uyimiz, o, nafaqat uyimiz, balki hayhotdek keng dunyo ham otamsiz huvullab qolgan, boşimni toşga urib, qançalik dod solib yiğlamay bari bir yuragimdagi alam-u armon va iztirob öti sira bosilay demasdi.
Qişloqda bir hafta turdim, söng yana şaharga qaytdim. Öşanda sen haqingda öylarkanman, könglimdan ilk marta alamli öylar keçdi: uning menga qanday qasdi bor edi? Nega öşa oqşom şaharga yetib kelgan zahotiyoq otam kasal ekanini aytmadi? Yo anavi qora şarpa uni yöldan urdimi?!
Men ana şunday alam-u iztirob ötiga qovurilgan köyi şaharga qaytib keldim.
Sen esa, oradan bir kun ötib, kutilmaganda dugonang bilan birga köngil söragani ijara uyimga kirib kelding.
O, agar bilsang, öşanda mening ahvol ruhiyam, yuragimni örtayotgan alam-u ökinç, dard-u iztirob seni yuzim quvonçdan yorişib, qarşi olişga, ğoyibdan kelgan bu baxtga işonmagandek dovdiragança istiqbolingga peşvoz çiqişga sira imkon bermasdi.
Öşanda dugonang negadir taşqarida qoldi, seni yolğiz özing içkariga kirib, kursiga omonatgina ötirding.
– Bunday bölişini bilmagandim. Öşa oqşom…
Ammo sening uzrxohlik bilan aytgan sözlaring böğzingda qolib ketdi, men qahr bilan senga qararkanman, yuragimda köpçib yotgan alam-u iztirob birdan qaynab-toshib yuzaga çiqdi:
– Öz otasining qadriga yetmagan odam boşqaning qadriga yetardimi?!
Bor-yöq gap şu. O, men şafqatsizlik bilan aytgan sözlar seni şunçalik titratib yubordiki, birdan yuzing oqarib, közlaring maʼyus tortib qoldi, nazarimda, sen dafʼatan munğayib, çökib qolgandek tuyilding. Keyin esa, kutilmaganda közlaringda nafrat öti çaqnadi, bir muddat şunday tikilib turding, ammo biron oğiz söz qotmading, balki şaxd bilan örningdan turib, otilib taşqariga çiqib ketding.
Bilaman, men öşanda öylovsiz gaplarim bilan sening nozik qalbingga ozor yetkazgan, aççiq, iztirobli va alamli xotiralarni qayta yodingga solib qöygandim. Bir paytlar amaldor otang kutilmaganda allaqanday suyuqoyoq ayolga ilakişib qolgani, hatto uni deb sizlarni taşlab ketgani, keyin oradan bir neça yil ötgaç, abgor ahvolda boşini egib qaytib kelgani, ammo onang uyga kiritmagani, beçora bunday xörlikni kötarolmay içkilikka berilib ketgani va oxir-oqibat allaqayerlarda ölim topganini öşanda sening yuzingga solganimni, şuni rökaç qilib, alamdan çiqişga uringanimni hozir ham öylasam, xuddi jirkanç va tuban işga qöl urgan kimsadek, öz-özimdan nafratlanib ketaman, buning uçun özimni heç qaçon keçirolmayman.
Öşanda dard-u dunyong qop-qoronği tortib, yiğlab-yiğlab ketding. Men sening ortingdan kuzatib çiqolmadim, bunga özimda na kuç va na jurʼat topdim.
* * *
Bundan ham yomoni, oradan bir hafta ötgaç, röy berdi. Öşanda adaşmasam, haftaning çorşanba kuni edi, men keçga tomon dorilfunundan toliqqan köyi ijara uyiga qaytdim. Köça eşigini oçayotib, allanima “tap” etib, oyoğim ostiga tuşganini kördim. Men hayron bölib, qarasam, yerda kattagina kulrang konvert yotgan ekan. Men uni darrov qölimga olib, sirtiga köz taşladim: özimning ism-şarifim yozilgan ekan. Demak, kimdir meni izlab kelgan, ammo topolmagaç, bu konvertni eşik tirqişiga qistirib ketgan, degan öy keçdi könglimdan.
Men konvertni kötarib uyga kirarkanman, könglimda bu xat kimdan kelibdiykin, degan qiziqiş tobora ortib borardi. Şuning uçun uyga kirgan zahotiyoq apil-tapil haligi sirli konvertni oçdim: uning içidagi tumordek buklangan bir talay qoğozlarga közim tuşib, rosti gap, avvaliga heç narsani tuşunmadim. Söng xayolim sal yorişib, tuyqus anglab qoldim: bu senga tört yil davomida yozgan xatlarim edi…
O, sen bu xatlarni xuddi muqaddas tumor yangliğ şunçalik ehtiyotkorlik bilan asrab-avaylab saqlagan edingki, ular xuddi hozirgina yozilgandek, bus-butun, rangi ham sarğayib ketmagan edi.
Men butkul özimni yöqotgança, uy örtasida ötirib, xatlarga tikilarkanman, tuyqus aqldan ozib, savdoyi bölib qolgan kimsadek, qah-qah urib, kulib yubordim, kulib turib yiğladim, yiğlab turib kuldim…
Men bari bir sening aqlli, oqila va dono, favqulodda jurʼatli va qatʼiyatli ekanligingni öylab turib, beixtiyor haratga tuşaman. Öşanda yuraginga qattiq ozor yetgan, qadr-qimmating ayovsiz toptalganidan közinga dunyo qoronği köringan, vujudingni alam-u iztirob öti yondirayotgan bölsa-da, sen öta bosiqlik bilan iş tutgan, haqorat-u daşnomlarimga aynan şunday javob berişni özinga ep bilmagan, aksinça, uzoq yillar yuraging qatida asrab-avaylab yurgan, najotkor tumordek muqaddas, deb bilgan xatlarimni qaytarib bera turib, göyoki yuzimga bir şapaloq tortib yuborgan eding.
Hozir ham bu haqida öylasam, yuragim xuddi töxtab qolgandek tuyuladi, sen bu xatlar bilan birga qalbingdan meni ham xuddi eski buyumdek supurib taşlagan eding, endi buning örnini nafrat va alam egallab olgan edi.
Yöq, yöq, sen xatlarimni qaytarib bera turib, qançalik ojiz, notavon va noşud ekanimni, sening pok-pokiza mehr-muhabbating, yuragingning nozik talpinişi, közlaring quvonçiga arzimasligimni dafʼatan anglatib qöyganding.
Bundan ham yomoni, keyinçalik öşanda sen nega şoşib qişloqqa berganingni asl sabablarini bilgaç, göyo oyoğim ostidagi yer teskari aylanib ketgandek böldi, dard-u dunyom qop-qoronği tortib, aqldan ozişimga bir bahya qoldi.
Öşanda, haqiqatan ham, qora şarpaning otasi ustma-ust sovçilar yuboraverib, uydagilaringni hol-joniga qöymagaç, onang: “qizimning özi biladi, u nima desa, şu böladi”, degan va seni zudlik bilan qişloqqa çaqirtirişgan.
Qöni-qöşnilarning aytişiça, öşa oqşom uyingda naq qiyomat qöpgan: sen oqşom sovçilarga uzil-kesil rad javobini berib yuborgaç, allamahalda kutilmaganda, qora şarpaning otasi, uning özi aytgandek, katta boşini kiçik qilib, salobat bilan uyingga kirib kelgan. Uni körib, tabiiyki, uydagilaring birdan nima qilişni bilmay şoşib qolgan, hatto akang senga injiqliging bilan şunday katta odamni ham bezovta qilding, deya öpka-gina qilgan.
Qora şarpaning otasi qilni qirq yoradigan quv va ayyor odam edi, u uydagilaring bilan xuddi yaqin qarindoşdek quyuq söraşgan, hatto öziça allanimalar deya hazil-huzil qilib, hammani kuldirgan.
Keyin esa, sen bir çekkada uyalibgina turganinga közi tuşib, alohida iltifot bilan gap boşlagan:
– Qizim, öqişlar bilan çarçab qolmadingizmi?! Yaxşi, öqigan, bilim olgan yaxşi. Xöş, nima desam ekan, xullas, bugundan boşlab men sizni özimning qizim deb bilaman. Nasib bölsa, heç narsaga zoriqmay, ğam-taşviş nima ekanini bilmay yaşaysiz. Şunça yil yiqqan mol-davlatim sizlarniki böladi. Şunga nima deysiz? Uyat bölsa ham, sizning gapingizni öz quloğim bilan eşitay deb atay keldim…
O, öşa oqşom nafaqat qora şarpaning otasi, balki onang, akang va devor tirqişidan poylab turgan qöni-qöşnilar ham kiprik qoqmay senga mahtal bölib tikilib qolgan.
Sen esa, qismat-u aʼmoling hal bölayotgan pallada dovdirab, özingni yöqotib qöymagansan, balki jurʼat va qatʼiyat bilan şunday degansan: – Könglimdagini öğlingizga aytganman. Boşqa gapim yöq!
Aftidan, sen qora şarpaga nima deganingni otasi yaxşi bilardi, şuning uçun u birdan böşaşib ketgan, senga avzoyi buzilib qaragan. Ammo u garçi gapi yerda qolgan, obröyi bir pul bölgan esa-da, sir boy bermagan: – Mayli, qizim, nima deymiz, zorimiz bor, zörimiz yöq, – degan va eşikni jahl bilan yopgança hovlidan çiqib ketgan.
* * *
Men yillar ötgan sayin öşanda sening qalbinga şafqatsizlik bilan ozor yetkazganimni, bahor çeçaklari singari böy körsatayotgan orzu-umiding, quvonç-u şodliging va mehr muhabbatingni toptab taşlaganimni iztirob bilan anglab borayapman. Yöq, yöq, sen uzoq yillardan buyon yuraging tub-tubida asrab-avaylab kelayotgan, hatto öz-özingdan ham sir tutgan bu tuyğu oxir-oqibat sarob va röyo bölib çiqqanidan qançalik oğir ahvolga tuşganingni, qalbing alam va iztirobga tölib qolganini xayolimdan ötkazar ekanman, mudhiş xato va gunoh yelkamdan bosib turgandek, közimga dunyo qop-qoronği körinib ketadi.
Sen baribir, Masih nafasida ham, Xizr nazarida ham baralla böy körsatib turgan öşa muqaddas tuyğuning özi kabi aziz, mukarram va uluğsan. Men sen tomonga talpina turib, şundan kuç-qudratga tölaman, xato-yu gunoh, iztirob-u alam va çeksiz oğriqlardan qabarib ketgan könglim asta-sekin poklanib, taskin topayotganini his etaman.
Sen şunçalik qudratli, uluğ va azizsanki, qarşingda hamişa boş egaman.
Şodiqul HAMRO
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


