(Hikoya)
Adaşboy umr böyi yiqqan kitoblarini oğli bilan saraladi.
– Ernest Heminguey “Alvido, qurol”… yöq, “Dekameron” – Jovanni Bokaçço… hmm… qölingdagini körsat-çi, “Ötkan kunlar” va “Mehrobdan çayon”, yana “Sarob”, Qodiriy qoladi, “Sarob”ni ber.
Javon yengillab qolgan, ota bir neçta kitoblar orasiga ularni ham qöşdi. Keyin öğliga yuzlanib söradi.
– Iye, öğlim, şunça kitobni nima qilasan?
– Ötgan safar bularni bermaymiz degandingiz, qola qolsin!
– Böpti, orasidan özingga yoqqanlarini tanlab ol-çi.
Öğliga ularning deyarli hammasi yoqardi, şu bois kitoblarning bir-ikkitasini ajratib, qolganini öziga olib qoldi. Buni körgan ota:
– Sen ularning hammasini olib qolyapsan-ku, öğlim! – dedi.
– Hammasinimas, mana bular sizga, – deya javob berdi bola ajratib qöygan ikkita surati kamroğini körsatib, lekin ularni ham közi qiymayotgandi.
Ota ötirib, öğli oldidagi kitoblarni xuddi bölişgandek, bitta öğliga, bitta öziga ajrata boşladi. Bola buni sezib tumtayib oldi.
– Ana, böldi! Eng yaxşi – surati köp, qiziqarlilarini senga qoldiryapman.
Öğil tumşayib, otasiga qaradi va oldidagi kitoblarning barini uning oldiga surib:
– Hammasini olib ketavering, – dedi-da, arazlab çiqib ketdi.
Ota öziga ajratgan kitoblarni, yana bir qança eski gazetalarni olib, tezlik bilan sumkaga tiqdi. U ostonadan çiqarkan, öğlini urişayotgan ayolining:
– Nima qilasan şunça kitobni? Bulardan pul yasarmiding? – deganini eşitdi.
Ota içkariga gapirgan böldi:
– Bolani koyima.
Bola yiğlab taşqariga çiqdi:
– Dada, kitoblarimni bering, bering!
Ayol ham ostonada turib:
– Urişsam, sizning yoningizni olib urişyapman.
Ota öğliga oxirgi gapini aytdi:
– Senikiga tekkanim yöq, ana, uyda turibdi.
Onasi yana erining yonini oldi:
– Özingniki qolibdi-ku, huda-behuda nimaga ğişova qilasan?!
Ota eşikdan taşqariga yönaldi. Bola badtar avjiga mindi…
Rözğori tang ahvolda qolgan, hatto işxonasidan yarim yildan beri maoşini olmagan ota şu tariqa ostonadan çiqdi. Şu çoqqaça kimlarningdir muruvvati, kimlarningdir yordami – olgan qarzlari evaziga rözğorini tebratib kelardi. U har oyning boşi yoki oxirida butun oilasini entiktirgança, şu kunlarda oylik beriş ehtimoli borligini aytar, bu sözidan özining ham köngli toğdek kötarilib, ğam-taşvişi arib ketardi. Lekin köpinça bu xuşxabar yolğon bölib çiqar, şu köyi mana, keyingi uç oy ham oldingilaridek sas-sadosiz ötmoqda edi.
Adaşboy pistaçi kampir oldiga keldi. U özining kiçkina köçma rastasi bilan odam gavjum joylarda tirikçiligini ötkazar, ayni damda uning ahvoli Adaşboynikidan ança durust edi. Qariya sumkasi içidan bir neçta kitoblarni olayotgan Adaşboyga mayda çaqalardan uzatdi.
– Iye, sal köpaytirişning iloji yöqmi, opa?
– Kitoblar köpayib ketdi. Nima qilaman ularni? Peçkaga işlatay desam, bu yoği bahor. Keça Siddiq malim ham bir qançasini kötarib çiqibdi, – u yonidagi bir uyum kitobga işora qildi. – Savdo qilgan bor pulimni beryapman.
Söng “mana kamiga” degandek, oldida uyilib yotgan, tuz qöşib qovurilgan pistadan voronkaga solib uzatdi. Adaşboy pista öralgan “voronka”ga qarab qoldi. Kampir uni Navoiyning qalingina “Topmadim” ğazallar töplamidan yulib olganini esa öramni olgaç bildi.
– Buni bollaringizga berarsiz!
Adaşboy qoğozga öralgan pistani olib, açinarli holda boş silkib qöydi. Yaxşiyam xotini pişiqçilik payti meva-çevalarni quritib qoqi, tökin kunlari ortgan nonlarni töğrab, qattiqnon qilib qöygan edi. Şu narsa Adaşboy oilasiga qişda bakor keldi. Baxtlariga bu yil bahor ham erta oraladi. Odamlar eski davrlardagidek qişdan çiqqaniga xursand. Ilikuzildi payt darmonga kiriş maqsadida sumalaklar tayyorlanmoqda boşlandi. Xullas, kunlar isib, hayot jonlanib, ğimir-ğimir boşlangan.
Qatnov yölidan ötarkan, u signalini vanğillatib kelayotgan maşinani körib, sapçib tuşdi-yu, şuvullab ötib ketganini sezdi. U vanğillagança ötib ketdi. Yölning narigi tomoniga yetmay, endi bu yonidan signal ovozi keldi. Qarasa, maşina içida Ğofur kirakaş, ha deb unga signal çalayotibdi. Adaşboy beixtiyor yugurgilagança, yöl çetiga ötdi. Kirakaş oynasini tuşirib, unga qaradi-da:
– Ö, domla! Közga qarang, közga! Meniyam bola-çaqam, bor! – deb labini burdi. Adaşboy aybdorlarça, kirakaş izidan qarab qoldi…
U bu gal ham el qatori hafsalasiz holda işga keldi. Işxonadagilarga bahor taʼsiri deb unçalik eʼtibor bermadi. Eşikdan kirayotib hamkasbi Siddiq muallimga yöliqdi.
– Adaşboy, yangilikni eşitdingizmi? – uning közlarida şodlik va bilinar-bilinmas yiği alomati körinardi.
Adaşboy topqirligini işga soldi.
– Yiğilişib sumalak qilmoqçisiz. Keça xotinim qarindoşlari bilan boşlab qöygan, “tekinga qöşilolmayman, yuzim çidamaydi” deb mendan pul söradi. Bu xotin zotining turib-turib yozda qor, qişda kökat sörab qoladigan feʼli bor. Urişib berdim. Hoziram uydan janjallaşib kelyapman.
Siddiq unga biroz açingan bölib, birdan özi istamagan köyi baland ovozda:
– Adaşboy, oylik berişyapti-i-i! – dedi.
Uning “berişyapti-i-i” degan sözi, ajabtovur eşitildi. Nahotki! Adaşboy bu yangilikdan esankirab qoldi.
– Oylik be-berişyapti?! – söradi hayron.
Qaradiki, Siddiq muallim qölida uç oylik maoşini quçoqlab turibdi. Adaşboy kassaga qadar uçib bordi. U yerda ğala-ğovur, tirbandlik, lekin bu uning kayfiyatiga zarra bölsa-da taʼsir qilmadi, çunki hisobçi hadeb, “Pul hammaga yetadi, navbat-navbat kelinglar” deya jumbişga kelgan olomonga qarab qiçqirib qöyardi. U bu holatni ilgari bir neça bor tuşida körgandi. Ayni paytda juda borsa ikki yarim-uç soatdan söng qöliga intiqib kutgan birmas, ikkimas, naq uç oylik maoşini olişi, uyga uç qop semirib borişi, jajji, ammo qiyinçiliklarga çidamli farzandlarining xursand qiyqiriqlarini eşitişi, u borgaç jaği tolmas xotini yana bir nima deydigan bölsa, çakagiga dasta pul bilan tortib yuborişi haqida öylardi. Mana, nihoyat, u bugun çinakam rözğorboşi qiyofasida xonadoniga kirib boradi. Naqadar serzavq onlar!
Odamlar omonlik yetgan kunga şukrona aytib, tartibni saqlaşga uqtirilayotgan bölsa-da, kassa darçasi oldida tiqilinç qilişar, yulib-yulqinib, maoş olişar, navbati yaqinlar böşagan darça teşigiga boşqasidan oldinroq qölini tiqib olsa, özini yana-da baxtiyor his qilardi. Darçadan bitta qöl dasta pulni mahkam siqib çiqqan zahoti, örniga yana törtta qöl sançilardi. Ayni dam kimdir möljalni sal notöğri oldi çoği, darça tagida baqiriq eşitildi.
Adaşboy turfa yaxşi xayollarga berilib, öz navbatini kuta-kuta, uç yarim soatdan söng, özidan oldin yana sakkizta odam borligini kördi. U olijanoblik qilib, özidan keyin kelgan yana bir neçta xodimani ham oldinga ötkazib yubordi. Tortişuv va talaşuvlar tinib, sal-pal havo yurib qolgan kassa darçasidan endi hisobçi boşini körsa bölardi. U yuzlari tirnalgan, qizarib şişgan burniga paxta tiqqan köyi pinqillagança familiyalarni öqib, pul tarqatardi. Aftidan boya adaşgan qöl uning burniga kirib ketgan.
…Adaşboyning navbati ham yetib keldi. Navbatda turgan kişilar ham unçalik tiqilinç qilmay qöygandi. Baribir, oyligini olayotgan mahal ortidan bir-ikki turtişlar böldi, albatta, va nihoyat, özi hamda uning oilasi intiq kutgan maoş egasining qöliga tegdi.
Şu kuni hamma pul oliş bilan band böldi. U kassadan çiqib, oyoqlari yerga tegmay ketib borarkan, birdan köça çetida lahzalik lotereya sotib ötirgan kampirga közi tuşdi. Adaşboy televizorda xuddi mana şunday lotereya öynab avtomobil yutgan odamni körgani va unga rosayam havasi kelganini eslab qoldi. Umri bino bölib, biror marta maşina haydamagan Adaşboyni endi uyiga ana şunaqa avtomobil bilan kirib boriş haqida öylamayapti, deb birov ayta olmasdi.
Birinçi lotereyadan heç vaqo çiqmagani Adaşboyni uyiga avtomobil yoki sotuvçi kampir aytganidek, şahardan tört xonali kvartira egasi bölib qaytiş fikridan qaytara olmadi. Agar uning bu niyati amalga oşsa, kim biladi, Adaşboyning qanday alqov, eʼtirof-u şon-şuhrat tagida qolişini! Tamom, u ketadi, şaharga ketadi. Barçasidan töydi axir. Öz qadriga kuydi axir. Eng muhimi, xotini bilan bir paytlar – yoşliklarida qilgan orzulari röyobga çiqadi… Eh, bu gal ham lotereya yutuqsiz! Yöq, böş kelma, Adaşboy! Sovima! Axir osonmi şunday yutuqning egasi böliş!? Qurbonlik talab qilinadi, albatta. Xöp… bunisidayam yutuq yöq, lekin mana yana bir uriniş…
Sotuvçi kampir Adaşboyni har xil lotoreyalarga qiziqtirib, unga tinmay yangi-yangi lotereya biletlarini uzatib, öşa zahoti pulini sanab olar, öyinçi çöntagidan çiqarib, sotuv stoli ustiga qöyib olgan pullar taxlami tobora kamayib borardi. U taslim bölişni istamasdi. Boş-ketiga qaramay, biletlarni bir-bir öçirib taşlayverardi… Haş-paş degunça kampir rastasi tepasida töplangan ötkinçilar davrasi kengayib, Adaşboy bir gala tomoşatalab olomon içida qoldi. Ammo u bunga köp ham eʼtibor bermadi. Ha, mana öşa uy! Hozir… hozir… ikkita bor. Yana bitta kerak… Xöş? Eee… voyvayakning bolasiyam yöq… ha, balki, oxirgi uriniş qolgandir. Qirqiga çidab, qirq biriga çidamasdan ketib qolsa, ğirt nodonlik qilgan bölmaydimi? Avtomobil yo şahardagi uyga ega bölişiga bir neça marta “bir baxya” qoldi. Nega endi niyatiga yetişiga sal qolganda odimlaşni bas qilişi kerak? Bir qadam qolganda-ya, bir qadam-a! Unga agar öyinni bas qilgudek bölsa, keyingi biletda yutuq qolib ketadigandek tuyilaverardi. Adaşboy xayolidagi avtomobil hamda kvartirasidan köngil uzib ketolmadi. Xöp, mömayroq pul yutsa ham nima? Katta-katta summadagi yutuqlarni ham yutay-yutay deyapti. Nima qiliş kerak? Davom etiş kerak! U özining yutuğini boşqa birovga taşlab ketolmaydi-ku! Yöq, hozir stoldan uzoqlaşguday bölsa… kimdir kelib, öşa yutuqli biletni oladi-da… öylaşning özi dahşatli. Bugun juda köpçilik oylik olgan. U çekinmadi. Lekin… bir neçta biletning öz puli miqdorida çiqqan yutuğini hisobga olmaganda, şaşvaram yutmadi. Sotuvçi kampir navbatdagi lotereya biletini tutganda, u rasta ustidagi pullar taxlamiga qöl çözib, ularni topolmay qoldi.
– Pullarim qani? – Adaşboy uni örab olgan olomonga yuzlandi, – Mening oyligim qani?..
U öziga hayron baqrayib turgan turfa qiyofalarni kördi. Bu özi yaşayotgan joyning, u bezgan, lekin qoçib ham ketolmaydigan nihoyatda taniş, oddiy odamlar edi. Quruq çöntagiga qöl solgan Adaşboyning badanidan muzdek bir narsa yugurib ötdi. Nahotki? Kampir buni sezdi. Qölida tutib turgan navbatdagi lotereyani qaytib joyiga qöydi va böşaşib qoldi.
…Keça xotinining kiçkina toğasi çet eldan qaytibdi. “Uni yöqlagani boramiz. Ozroq göşt olib keling”, degan. Ötgan safar olib çiqqan bir dasta gazetasiga Neʼmat qassob bir burda göşt berib, uni rosa xafa qilgandi. Qaytib gazetaga göşt almaşmayman, deb söz bergandi öziga-özi. Lekin… uyda “Maʼrifat”ning ayrim sonlari qolgan. Öğli öziga qoldirilgan kitoblarni körib böldimikin? Bola-ku, bir narsadan tez zerikadi. Pistaçi xolaning atagani ham harna yordam. Keyin javonida qolgan sanoqli kitoblarini esladi. “Alvido, qurol”, “Dekameron”, özimizning Qodiriy qolgandi… mayli, Qodiriyni olib qolib…
…Muyulişdagi bozor rastalari yonidan olişi kerak bölgan narsalarga öyçan qarab ötayotgan Adaşboyni sabzavotfuruş qaynoğasi körib, qöyarda-qöymay ozroq kartoşka va piyozni yelimqopga solib berdi. Keyin Adaşboy bilan maktabdoş bölgan, doim mardikorlik qilib, topmaganda yuz, topganda yarimtani dardiga darmon qiladigan oşnasi uçradi.
…Adaşboy uyiga tunda gandiraklagança söppayib kirib bordi. Bugun oylik berişgani esa xotinining quloğiga yetib borgandi…
Alişer Nazarov
1991-yili tuğilgan. Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutini tamomlagan.
“Yoşlik” jurnaliga obuna böling · indeks 822
Obuna haqida


